Научная статья на тему 'IRFON FALSAFASIDA “NAFS” TUSHUNCHASINING GERMENEVTIK TALQINI'

IRFON FALSAFASIDA “NAFS” TUSHUNCHASINING GERMENEVTIK TALQINI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
34
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasavvuf / Irfon falsafasi / nafs / “Nafs” tushunchasi / nafs tarbiyasi / nafsni anglash / germenevtik talqin. / Sufism (tasawwuf) / Irfan philosophy / nafs (self / ego) / the concept of “nafs” / education of nafs / knowledge of nafs / hermeneutical interpretation.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xolmominov, Jafar Muhammadievich, Shermataliev, Omonullo

Nafs insonning moddiy o'zligi, “men”ligidir. “Nafs” sо‘zining lug‘aviy ma’nosi biror bir narsaning mavjudligi, haqiqati, zoti va о‘zligi demakdir. Oddiy xalq orasida nafs sо‘zi turli ma’nolarda qо‘llanilgan bо‘lib, goho ular bir-biriga zid mazmunni aks ettirgan. Masalan, bir toifa olimlar nafsni “ruh” deb, boshqa toifa “jon” deb tushuntirishgan bo`lsa, yana boshqa bir guruh “muruvvat”, “samimiylik” deb, yana bir jamoa esa “vujud”, “qon” ma’nosida ham talqin etishgan. Sо‘fiylarning nuqtai nazariga kо‘ra nafs barcha yomonliklarning ibtidosi, gunohlarning manbaidir.Tasavvuf ahlidan bir jamoaning xulosasi buyicha, nafs gunohlarning doyasi, ikkinchi toifa qarashlariga kо‘ra-kibr, hasad, g‘azab, adovat kabi yomon xulqlarning sababkoridir. Gunohlardan tavba bilan poklanilsa, yomon xulqlar nafsni qiynash, ya’ni riyozat bilan yо‘q qilinadi. Nafsga qarshi kurashish barcha ibodatlarning kamolidir. Shu ma’noda “Nafsini tanigan kishi Robbini tanigay” mazmunidagi hadis sо‘fiylarning nafsga oid qarashlarniga asos sifatida xizmat qilgan. Ushbu maqolada Tasavvuf ta`limoti va irfon falsafasidagi “Nafs” tushunchasi falsafiy-irfoniy jihatdan muxtasar tarzda tahlil va talqin etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HERMENEUTICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF “NAFS” (“SELF”) IN THE PHILOSOPHY OF IRFAN

Nafs is the material “I” (ego) of a person. The literal meaning of the word nafs is the existence, reality, nature and identity of something. The word "nafs" is used in different meanings, sometimes reflecting conflicting meanings. For example, one group of Sufi scholars explain “nafs” as “spirit”, another group as “soul”, a third group as “kindness”, “sincerity”, and a fourth group as “body”, “blood”. According to Sufis, nafs is the source of all evil, the source of sins. According to the conclusion of one group of Sufis, nafs is the primary source of all sins, and according to the views of the second category, it is the cause of such vices as arrogance, envy, anger, and enmity. If sins are cleansed by repentance, bad habits are destroyed by self-torture, that is, torture. For Sufis, the fight against nafs is considered the perfection of all prayers. In this sense, the hadith “He who knows his nafs (soul) knows his Lord” served as the basis of the Sufi theory about nafs. This article briefly analyzes and philosophically and mystically interprets the concept of “Nafs” in Sufism and the philosophy of Irfan.

Текст научной работы на тему «IRFON FALSAFASIDA “NAFS” TUSHUNCHASINING GERMENEVTIK TALQINI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

IRFON FALSAFASIDA "NAFS" TUSHUNCHASINING GERMENEVTIK

TALQINI

Xolmo'minov Jafar Muhammadievich,

falsafa fanlari doktori (DSc), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi" kafedrasi professori;

Shermataliev Omonullo,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Manbashunoslik va tasavvuf germenevtikasi" kafedrasi magistranti

Nafs insonning moddiy o'zligi, "men "ligidir. "Nafs " so 'zining lug'aviy ma 'nosi biror bir narsaning mavjudligi, haqiqati, zoti va o 'zligi demakdir. Oddiy xalq orasida nafs so 'zi turli ma 'nolarda qo 'llanilgan bo 'lib, goho ular bir-biriga zid mazmunni aks ettirgan. Masalan, bir toifa olimlar nafsni "ruh " deb, boshqa toifa "jon " deb tushuntirishgan boisa, yana boshqa bir guruh "muruvvat", "samimiylik" deb, yana bir jamoa esa "vujud", "qon " ma 'nosida ham talqin etishgan.

So'fiylarning nuqtai nazariga ko'ra nafs barcha yomonliklarning ibtidosi, gunohlarning manbaidir.Tasavvuf ahlidan bir jamoaning xulosasi buyicha, nafs gunohlarning doyasi, ikkinchi toifa qarashlariga ko 'ra-kibr, hasad, g 'azab, adovat kabi yomon xulqlarning sababkoridir. Gunohlardan tavba bilan poklanilsa, yomon xulqlar nafsni qiynash, ya 'ni riyozat bilan yo 'q qilinadi. Nafsga qarshi kurashish barcha ibodatlarning kamolidir. Shu ma'noda "Nafsini tanigan kishi Robbini tanigay" mazmunidagi hadis so'fiylarning nafsga oid qarashlarniga asos sifatida xizmat qilgan.

Ushbu maqolada Tasavvuf ta^limoti va irfon falsafasidagi "Nafs" tushunchasi falsafiy-irfoniy jihatdan muxtasar tarzda tahlil va talqin etiladi.

Kalit so zlar: Tasavvuf, Irfon falsafasi, nafs, "Nafs" tushunchasi, nafs tarbiyasi, nafsni anglash, germenevtik talqin.

HERMENEUTICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF "NAFS" ("SELF") IN THE PHILOSOPHY OF IRFAN

ANNOTATSIYA

Kholmuminov Jafar Muhammadiyevich,

Doctor of Philosophical sciences (DSc),

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Tashkent State University of Oriental Studies, professor of chair "Source studies and Hermeneutics of Sufism" j afarmuhammad@mail .ru

Shermataliev Omonullo,

Tashkent State University of Oriental Studies, master of chair "Source studies and Hermeneutics of Sufism"

Nafs is the material "I" (ego) of a person. The literal meaning of the word nafs is the existence, reality, nature and identity of something. The word "nafs" is used in different meanings, sometimes reflecting conflicting meanings.

For example, one group of Sufi scholars explain "nafs " as "spirit", another group as "soul", a third group as "kindness", "sincerity", and a fourth group as "body",

According to Sufis, nafs is the source of all evil, the source of sins. According to the conclusion of one group of Sufis, nafs is the primary source of all sins, and according to the views of the second category, it is the cause of such vices as arrogance, envy, anger, and enmity.

If sins are cleansed by repentance, bad habits are destroyed by self-torture, that is, torture. For Sufis, the fight against nafs is considered the perfection of all prayers. In this sense, the hadith "He who knows his nafs (soul) knows his Lord" served as the basis of the Sufi theory about nafs.

This article briefly analyzes and philosophically and mystically interprets the concept of "Nafs " in Sufism and the philosophy of Irfan.

Key words: Sufism (tasawwuf), Irfan philosophy, nafs (self; ego), the concept of "nafs ", education of nafs, knowledge of nafs, hermeneutical interpretation.

ГЕРМЕНЕВТИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ КОНЦЕПЦИИ «НАФС» («САМОСТЬ») В ФИЛОСОФИИ ИРФАНА

Холмуминов Джафар Мухаммадиевич,

доктор философских наук (DSc), профессор кафедры «Источниковедения и герменевтики суфизма» Ташкентского государственного университета востоковедения;

ABSTRACT

blood".

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Шерматалиев Омонулло,

магистрант кафедры «Источниковедения и герменевтики суфизма» Ташкентского государственного университета востоковедения

АННОТАЦИЯ

Нафс - материальное «Я» (эго) человека. Буквальное значение слова «нафс» - существование, реальность, природа и идентичность чего-либо. Cnово «нафс» употребляется в разных значениях, иногда они отражают противоречивые значения. Например, одна группа суфийских ученых объясняют «нафс» как «дух», другая группа как «душа», третья группа как «доброта», «искренность», а четвёртая группа как «тело», «кровь».

По мнению суфиев, нафс - источник всех зол, источник грехов. По заключению одной группы суфиев, нафс - первоисточник всех грехов, а по воззрениям второй категории - причина таких пороков, как высокомерие, зависть, гнев, вражда.

Если грехи очищаются покаянием, вредные привычки уничтожаются самоистязанием, то есть мучением. Борьба с нафсом считается для суфиев совершенство всех молитв. В этом смысле хадис «Кто знает свою нафса (душу), тот и знает своего Господа» послужил как основа суфийской теории о нафсе.

В данной статье в кратком образе анализируется и трактуется философско-мистически понятие «Нафс» в суфизме и философии Ирфана.

Ключевые слова: суфизм (тасаввуф), философия Ирфан, нафс (самость; эго), понятие «нафс», воспитание нафса, познание нафса, герменевтическая интерпретация.

Muqaddima

Tasavvuf nafsning nimaligini anglash, yani"marifat etish" va uni yengishga xizmt qiluvchi о'ziga xos bir ta'limot yaratdi. Tasawufiy-irfoniy asarlar va tasavvuf masalalari talqin etilgan turli xaraktyerdagi kitoblarda nafsning yetti turi va yetti martabasi mavjudligi aytilgan hamda ular birma-bir ta'rifu tavsif etilgan.

Tasavvuf talimoti tarkibida shakllangan Irfon falsafasida "Nafas" va "Nafs tarbiyasi" masalasi birinchi o'ringa qo'yiladi. Aytish mumkinki, "Nafs" tasavvuf talimotining barcha tariqatlarida "ofat" sifatida qaraladi, uni tarbiyalash va jilovlash esa asosiy shartlardan biri sifatida belgilanadi. Irfon falsafasida falsafiy-irfoniy kategoriya darajasiga ko4ariladi. Irfon falsafasida nafsni tizginlash va tarbiyalash masalalarini olz ichiga olgan "Tazkiyat un-Nafs" nazariyasi ishlab chiqildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Asosiy qism

Nafsni anglash va uni tarbiyalash yo'lida boshlang'ich usul sifatida foydalanilgan "Nafsni tahqirlash Tasavvuf ahlining turmush va tafakkur tarziga aylangan. Ushbu ulkan ta'limotda taxminan biror bir so'fiy va orif yo'qki, nafsni mazammat va malomat qilmagan bo'lsa. Jumladan, Imom Abdurahmon Sulamiy naqli bo'yicha: "Muhammad ibn Ahmad Bag'dodiy aytadi: "Kim so'fiylarga suhbatdosh bo'lsa, ularga nafs xohishisiz, qalbsiz va ixtiyorsizlik bilan ergashsin! Bas, kimda nafs nasibasi va talablariga nazar tashlashi bo'lsa, bular maqsadiga yetishishida monelik qiladi". [1, 5]

Tasavvuf ta'limotida Nafs ma'rifati Borliqni bilib olishning birinchi bosqichi, boshqacha ta'bir bilan aytganda, Allohni ma'rifat etishning birinchi sharti hisoblanadi" [6, 214]

Shubhasiz, Insonni ikki dunyoda saodatli qiladigan, ilm va tajriba bilan bir qatorda diyonat, bilimdonlik va balog'at baxsh etadigan, to'g'ri yo'lga, ezgu amallar va ma'qul ishlarga undaydigan ta'lim-tarbiyadir. Aql ilmga naqadar to'lib toshsa ham qalb va ko'ngilni sira unutmaslik kerak, inson o'zidagi ma'naviy jihatlarni, vijdon va nafsini tarbiyalashi, ehtiroslarini boshqara olishi, xunuk odatlarini tark etishi, mavjud ilmiy yutuqlarini insoniyat foydasiga yo'naltira oladigan zehniyatga ega bo'lishi zarur. Hech narsadan kamimiz yo'q. O'sha "hech" narsa ketidan yugurib g'am tashvishda ham emasmiz. Egnimizda janda, orqamizda go'riston, agar o'lsak hech bir motam kerak emas. [2] Tasavvuf-so'fiylik insonni o'rganar ekan, avvalo, kishining ko'ngliga, diliga tayanadi, ko'ngilni, qalbni tarbiyalashga, ko'ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi, chunki Alloh faqat kishining pokiza qalbidagina jilva qiladi.

Nafsga qarshi kurashda birinchi usul sifatida foydalanilgan "nafsni mahqur aylash (tahqirlash), uni shayton vasvasi deb bilish Tasavvufning ilk namoyandalaridan boshlab to so'nggi vakillarining turmush va tafakkur tarzida kuzatiladi. Masalan, Shayx Farididdin Attorning "Tazkirat ul-avliyo"sida bergan ma'lumotga ko'ra Shayx Junayd Bag'dodiy Tasavvufni shunday ta'riflagan ekan: "Tasavvuf ko'ngil sofligi, nafs talabidan voz kechish, ruhoniyat sifatlarni kasb etish va haqiqat (Alloh) ilmlaridan voqif bo'lishdir" [3, 300]

Imom Muhammad G'azzoliy "Kimiyoi saodat" asarida "ma'rifat" - bilishni to'rt qismga ajratgan:

1. Nafs ma'rifati.

2. Alloh ma'rifati.

3. Dunyo ma'rifati.

4. Oxirat ma'rifati.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, nafsini ma'rifat etmasdan, uning haqiqatiga yetmasdan turib Allohni ma'rifat etib bo'lmaydi. Nafs ma'rifati masalasi ham boshqa ko'pgina masalalar qatori Tasavvuf ta'limotiga Islom dinidan kirib kelgan. Nafs va nafs ma'rifati haqida ham Qur'oni karimdan, ham Hadisi sharifdan ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, Qur'oni karimda nafsning bir necha turi zikr etilgan:

1. Nafsi ammora (gunoh va yomonlikka sababchi bo'ladigan nafs). - "Yusuf ' surasi, 53-oyat.

2. Malomatgo'y nafs (ibodatga qusur yetkazguvchi nafs). - "Qiyomat" surasi, 2-

oyat.

3. Vasvasa qilguvchi nafs. - "Qof ' surasi, 16-oyat.

4. Sokin nafs (osoishta nafs). - "Fajr" surasi, 27-oyat. [6, 215]

Tasavvuf nafsni bilish, tanish va yengishga xizmt qiluvchi o'ziga xos bir ta'limot yaratdi. Tasavvuf masalalari talqin etilgan turli xaraktyerdagi kitoblarda nafsning yetti turi va yetti martabasi mavjudligi aytilgan hamda ularga birma-bir ta'rifu tavsiflar berilgan.

Nafsning turlari quyidagilardir:

1. Nafsi jamodiy - moddiy nafs.

2. Nafsi nabotiy.

3. Nafsi hayvoniy.

4. Nafsi insoniy.

5. Nafsi notiqa.

6. Nafsi qudsiy.

7. Nafsi kulliya - olamning joni, koinotning ruhi bo'lgan nafs.

"Atvori sab'a" - yetti tavr deyilgan nafs martabalari esa quyidagilardir:

1. Nafsi ammora - ta'qiqlangan va gunoh hisoblangan ishlarga tashviq aylovchi nafs. Bu nafs martabasidagi solik yaxshilikka rag'bat etmaydi, yomonliklardan ham o'zini tiya olmaydi. Shayx Junayd Bag'dodiyning: "Kufrning asosi — nafsning murodi erur", - degan fikrlari aynan nafsi ammora haqidadir.

2. Nafsi lavvoma - qilgan yomonlik va tubanliklardan pushaymon bo'lib, vaqti-vaqti bilan nadomatga yon beradigan va sohibini ayblab tavbaga chorlaguvchi nafsdir.

3. Nafsi mulhama - ilhom va kashfga mahzar bo'la boshlagan, nima yaxshi, nima yomon, nima gunoh, nima savob ekanligini idrok aylash malakasiga ega., shahvoniy istaklarga qarshi turishga quvvati yetadigan nafsdir.

4. Nafsi mutmaina - chirkin va yaramas illatlardan xalos bo'lib go'zal xulq bilan axloqlangan nafsdir. Bu nafs inson ko'ngliga favqulodda sokinlik, xotirjamlik bag'ishlab, uni nur zavqlariga oshno etar.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

5. Nafsi roziya - bu bir, so'z bilan aytganda, har qanday ilohiy amrlarga taraddudsiz taslim bo'lib, rizo xosiyati va farog'atiga yetishtiruvchi nafs erur.

6. Nafsi marziya - Alloh bilan banda o'rtasida rizoning mushtarak bir sifat ekanligi, bandaning Allohdan, Allohning quldan roziligini isbotlovchi nafs.

7. Nafsi komila - buni "nafsi sofiya" ham deyishadi. Bu maqomda solik to'la-to'kis ma'rifat sifatlariga ega bo'lib irshod mavqeiga erishar. Nafsning sifat, hol va ma'nolari yuqoridagi yetti martabada o'zgarib borganidek, ranglari ham o'zgarib borar ekan.

Nafs holatlarining turli ranglar orqali ko'rinishi o'ziga xos psixologik hodisa sanaladi. Ushbu rangin jilvalanishlar jarayonida Nafsi ammora moviy rangda, nafsi lavvoma - sariq, nafsi mulhama - qirmizi, nafsi mutmaina - qora, nafsi roziya -yashil, nafsi marziya - oq , nafsi komila esa rangsiz ko'rinishda sodir bo'lar ekan. Buning sabab va haqiqatlari tasavvuf kitoblarida atroflicha sharhlab berilgan.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli, diyonatli, iymonli bo'lishga chaqirishda foydalanish o'rinli. Yassaviy inson hayotidagi katta kurash nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. [4, 72] U nafsga mag'lub bolgan shoh - qul, nafsdan ustunlikka erishgan qul shohdir, deydi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo'lmagan kishining g'ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi. deb bilgan. O'z hikmatlaridan birida shunday deydi:

Nafs yo'liga kirgan kishi rasvo bo'lur, Yo'ldan ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur. Yotsa - tursa shayton bilan hamroh bo'lur...

U nafs bandalariga qarata «Nafsni teygil, nafsni teygil, ey badkirdor» deb murojat etadi, va "Nafsim meni yo'ldan urib xor ayladi. Termultirib xaloyiqqa zor ayladi" deb nafs bandalarini tanqid etadi. Nafs insondagi butunlikni parchalaydi, iymonni sindiradi. Shu bois "Nafsni tanib mehnat etsa rohat"- deb xitob qiladi.

Hadislarda insonning manaviy kamolotga yetishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo'lib, bular mehr-oqibat ko'rsatish, sahiylik, ochiq ko'ngillilik, ota-ona va kattalarga, qarindoshlarga g'amxo'rlik, hurmat, faqir-bechoralarga muruvvat, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug'lash, halollik, poklik, o'zaro do'st, tinch-totuv bo'lish va boshqalardan iboratdir. Bundan tashqari, insonning o'zini yomon illatlardan tiyish, yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand nasihatlar ham o'z ifodasini topganki, bularning barchasi Qur'oni Karim ko'rsatmalaridan kelib chiqadi va komil insonni shakllantirish mezoni sanaladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Avvalo, Islom aqidasiga binoan har bir musulmon iymonli bo'lishi kerakdir. Qur'oni Karimda ta'kidlanganidek, hadisning ham birinchi kitobi iymon kitobidir. [2]

Rasululloh (s.a.v.)ga nisbat beriladigan bir qancha hadisda nafs ma'rifati haqida so'z boradi. Masalan, keltiradilarki, u kishidan:

- Parvardigorni tanimoqning qanday yo'li bor, - deb so'raganlarida:

- Ma'rifat un-nafsi, ya'ni: nafs ma'rifati, - deya javob bergan ekanlar. Yana bir xabarda qaysidir bir jangdan qaytayotgan chog'larida Rasululloh buyuradilar:

j^VI jI^JI Jl ji^VI JI^JI o- ^^

Ya'ni: Qayturmiz kichik jihoddan ulug' jihodga.

U kishidan so'raydilar:

- Yo Rasululloh, "jihodi akbar" nedur?

Hazrati Rasuli akram (s.a.v.) bu savolga shunday javob bergan ekanlar:

- O'z nafsing bilan kurashmoq (jihod qilmoq).

Rasuli akram (s.a.v.)ga nisbat beriladigan mashhur bir hadisi qudsiyda shunday deyiladi:

"Man 'arafa nafsahu faqad 'arafa rabbahu" Ya'ni: Kimki o'z nafsini ma'rifat etgan bo'lsa, batahqiq, u o'z Rabbini ham ma'rifat etadi (O'z nafsini tanigan kishi Rabbini tanigay).

Tasavvuf tabiatiga mos bo'lgan bu hadis Tariqat ahlining eng sevimli shioriga aylangan. Bu hadisda "nafs" so'zi "o'z" va "o'zlik" ma'nosini ham bildiradi:

4?j ^ 4^13 ^jc - Kimki o'zini tanisa, batahqiq, o'z Rabbini ham

"O'zini tanigan kishi Xudoni ham taniydi" Har ikkala mazmunning mohiyati bir: Inson o'z vujudidagi "Men"ni tanimasdan turib Allohni taniyolmaydi. Inson kabir olam ichida sag'ir olam hisoblanib, o'z vujudida kabir olam xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Demak, Mutlaq haqiqatni, Borliqni anglash uchun birinchi navbatda u o'zining ichki olamiga murojaat etishi, o'zini kimligi-yu nimaligi, qayerdan kelganligi-yu qayerga ketajagini chuqur anglab yetishi lozim" [6, 216-217] Nafsni yengishni, umuman, yeb-ichmaslik, yaxshi kiyinmaslik, mutloq tarkidunyochilik mano'sida, yani yalong'och tarizda tushunmaslik kerak. So'fiy ruhini shu darajada rivojlantirishi lozimki, u hech qachon va hech qanday boylikka,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

tanigay.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

umuman, bu dunyoga bog'liq biror narsaga bog'lanib, uning quliga aylanmasin. Aksincha, nafs uning quli bo'lsin. Shunday qilmasa, nafs uni yengib, oyoq-qo'lini bog'lab oladi.

Shayx Abu bakr Abu Barrok mana bunday hikmat aytadilar: "To'rt dushman bordir va ulardan qutilmoqning tort yo'li bordir: shayton, nafs, dunyo sevgisi, xalqqa aralashmoq. Shayton va nafsga muxolifat, (qarshilik) etmoq kerak, dunyodan cheklanmoq, xalqdan ham qochmoq kerak. Kishi bu to'rt yordamchi bilan qutulgaydir, yo'qsa xalok bulur". Bu yerda bir izoh berib o'tish kerakki, xalq, yani aksariyat odamlar o'z nafslarining quli bo'lganliklari uchun ham sufiylar o'zlarini xalqdan qochishga chog'lagan. Bu yerda xalqdan qochmoqni aynan nafs bandalaridan yiroq yurish deb tushinish kerak. Dostonda Farhodning Ahraman devini yengishi voqeasi bor. Tasavvufiy adabiyotda dev - nafs ramzi. So'fïylik yo'lini tutgan kishi, avvola, ishni nafsini yengishdan boshlanishi kerak. Farhod ham-sufiy timsoli. U Iskandar tilsimini ochish yo'lida devni mahv etadi. Nafs devini inson o'z-o'zicha yenga oladimi? Yo'q, bu bir insonning qo'lidan keladigan ish emas. Chunki nafs o'ta shirin narsa. U jismning ichiga yaxshilab o'rnashib olgan. Uni o'z badaningizdan quvib chiqarish yakka o'zingizning qo'lingizdan kelmaydi. Tasavvufda pir bo'lishi shart qilib qo'yilishiga asosiy sabab shu. Nafsni biz tushunganday faqat yeb-ichish, yotib-turish deb anglamaslik uchun asos yetarli bo'ldi. Kibr-havo, nafsoniyat hamnafs. Uni ham yengmasa, insonni ko'p yomon yo'llarga yetaklayveradi...

Irfon falsafasi insonning butun ruhiy-aqliy quvvatini Tavhid mohiyatini anglashga safarbar etadi, buning uchun avval ruhiy quvvatni jamlashga o'rganish kerak bo'ladi. Xuddi shu amalni, ya'ni ruhiy quvvatni bir nuqtaga jamlay bilish usullarini ikki nuqtaga jamlay bilish usullarini ikki yo'nalishda ishlab chiqa boshlagan so'fiylardan Zunnun Misriy (796-861) va Horis Muhosibiy (781-857)larni eslash mumkin. Ularning birinchisi ma'rifat yo'lining hol va maqomlarini ishlab chiqqan bo'lsa, ikkinchisi o'z nafsini kuzatish va nazorat qilish (muroqaba musohaba) qoidalarini, "Ilm al-qulub va al-xatarot" (qalb va uning ma'rifati yo'lidagi xavf-xatarlardan saqlanish ilmi)ni ishlab chiqdi. Horis Muhosibiyning fikricha, asosiy narsa niyatda, ammo insonning poklanishi yo'lida turli xatarlar, masalan, kibr, riyo va boshqalar mavjud. Ularni yengib o'tish uchun inson har bir qadamini Alloh irodasiga muvofiq bosmog'i va faqat Alloh roziligini sidq va ixlos bilan tilamog'i kerak. Muhosibiy fikricha, inson ko'nglida ilohiy muhabbat chirog'ini yoquvchi ham Allohning o'zi, insonning ruhiy kamaloti tasavvufning asosiy maqsadi bo'lib, bu yo'nalishda har bir ulug' Shayx o'z tartib-qoidalarini ishlab chiqdi va shu asosda turli tariqat suluklari shakllandi. Masalan: solik o'z nafsini yengib o'tish yo'lida qanday

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

maqomlarni bosib o'tadi, degan savolga turli tariqat pirlari turlicha javob beradilar. Abu Nasr Sarroj 7 maqom (tavba, vara, ya'ni parhezkorlik, zuhd, faqr, sabr, rizo, ya'ni Alloh taqdiriga rozilik, tavakkul, ya'ni o'zni haqqa topshirish)ni sanab ko'rsatgan bo'lsa, ba'zi olimlar bundan oltitasini, ba'zilari xavf va rajoni qo'shib to'qqizta maqomni tilga oladilar, Abu Bakr al-Kalobodiy (vafoti 990-yil) 17 maqomni, Abu Said Abulxayr Mayhanaiy (967-1049) 40 maqomni, Abdulloh Ansoriy (1006-1089) esa 100 maqomni eslaydi. Ibn al-Arabiy "Futuhot ul-Makkiya" asarida 19 maqom, 360 ta manzil va rabotni ajratib ko'rsatadi. Agar maqomlar so'fiyning o'z harakati, riyozati bilan bog'liq bo'lsa (tadbir), "hol" t ushunchasi Alloh barakati va marhamatiga aloqador (taqdir) hisoblangan. Bunday "fayzi ilohiy" solikning pokizalik kasb etgan dilini bir lahzada chaqmoqdek yoritib, yana g'oyib bo'lishi mumkin. Ba'zan holni ham darajalarga ajratadilar. Nazarimizda, gap maqomlar soni va holning darajalarida emas. Asosiy masala ko'ngilning poklanishida. "Bilgilki, ko'ngil sayqallangan ko'zgudir", deb yozadi Ibn al-Arabiy. [5, 95] Bir hadisda "Qalb temurdek zang bosishi mumkin", deyiladi..

Inson botinida "nafs" degan narsa mavjud bo'lib, u aslida insonning o'z menligidir. Tarbiya ko'rmagan, past saviyadagi nafs yomonlikka moyil va shaxvatga ko'p rag'batlidir: yemoq, ichmoq, uxlamoq, ayshu ishrat qilmoq, kayfu safoga berilmoq, boshqalar tomonidan maqtalmoq, zo'ravonlik qilmoq va hokazolarni istaydi. Jiddiy ish vazifalardan o'zini olib qochadigan, biron qonun-qoidani tan olmaydigan nafs egasini asir qilib, o'z orzu-istaklari ketidan sudraydi. Nafs mazkur illatlarga egaligicha qolsa, ko'chaysa, uni islox etish, yo'lga solish qiyin bo'ladi va dushmandan kutilmagan zararlar nafsdan kelaveradi. Insonni turli-tuman moddiy va ma'naviy xavf-xatarlarga giriftor qiladi. Masalan, aroqxo'r, qimorboz, behayo qilib qo'yadi, kezi kelganda o'g'rilik qildiradi, hatto odam o'ldirishga undaydi, oila-ro'zg'orlarni buzdiradi, boshqalarga zulm qildiradi, qamoqxonaga olib boradi... Nafsni yoshlikdanoq tarbiyalash kerak. Chunonchi, yosh bolaga har istagan narsasini olib bermaslik, uni ayrim mahrumiyatlarga kuniktirish kerak. Bir oz yoshi ulg'aygach, qiynalsa ham oz-oz qiyin ishlarga o'rgatish lozim.

Mutasavviflarning aytishlaricha, «Banda qo'rquv va umid orasida guyo bog'langan ikki arslon o'rtasidagi tulkidek bo'lishi kerak». Xavf va rajo Qor'oni Karim nafs tarbiyasi uchun dasto'r qilgan usuldir. O'zlikni tanish va yangilash yo'lidir. "Kim nafsini tanisa, bilsa, Parvardigorini ham taniydi, biladi". O'z fitratidagi kamolotni ko'ra olgan kishi albatta yaratuvchisini topadi. Borliqladi har bir mavjudlik va mavjudot haqida tafakkur qilish, shubhasiz insonni o'zligini anglash va yaratguvchisini marifat etishga undaydi. Bu haqda Qurhoni karimda koplab oyatlar bor. Jumladan: "Osmonlar va yerning yaralishi hamda kecha va kunduzning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib to'ruvchi zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir". [7]

Orif bir zotni o'ziga rahbar qilib olish va unga taslim bo'lish, o'z aybi nuqsonini uning ko'rsatmalariga binoan tuzatish tasavvuf talimotida eng maqbul va keng tarqalgan yo'l bo'lib, islom payg'ambari(s.a.v.)ning yo'lidir. Payg'ambar Muhammad (s.a.v.) sahobalarni suhbat usuli bilan tarbiyalaganlar, chunki bu usul eng yaxshi, eng qulay va eng ta'sirli usuldir. Shunga ergashgan holda bay'at qilish, yani, qo'l berish, takyayu dargohlar, tariqatlar paydo bo'lgan. Bu tariqatlarning har biri o'ziga xos uslub bilan faoliyat ko'rsatganlar. Oralaridagi juz'iy farqlar tufayligina tariqat nomlari to'rlicha bo'lgan, xolos. Usullari esa ayri-ayri bo'lgan. Tasavvufiy asarlarda aytilishicha, "Allohga eltuvchi yo'llar, banda va maxluqlarning hatto nafaslarining adadi qadar ko'pdir" Ammo bu yo'llarning qisqa va eng to'g'risi qaysi biri, degan masala ham bor. Aziz Mahmud Xudoiy hazratlari Bursa shahri qozisi bo'la turib, Uftoda hazratlarining amriga binoan Bursa kuchalarida jigar sotishi bizlarga o'rnakdir. [2] Chunki, hokimlik, qozilik tufayli paydo bo'lgan nafsoniy g'urur va kibrni faqatgina ana shu qattiq usul orqali yengish mumkin edi. Xoja Bahouddin Naqshband yillar davomida faqat insonlar emas, kasalu yarador hayvonlarga, jonivorlaru qushlarga ham xizmat qilganlar. Chunki maxluqlarga mehru shafqati bo'lmagan kishi Allohning rahmatiga loyiq bo'lmaydi.

Tasavvufda insondagi jamiki xudbinlklar,va tubanliklar razolat dunyosiga hirs qo'yishdan jism ehtiyoji va nafs xohish-istaklaridan kelib chiqadi, deb talqin etiladi. Manavan Komil inson bo'lish uchun avvalo, jism va nafs ehtiyoji va ta'masini yengish kerak. Mol-dunyoga, boylik va mansabga ko'ngil qo'yish kishini nafsiga qul qilib qo'yadi. So'fiy kishi nafsni rad etadi. Nafs barcha falokatlar sababchisi, insonni tubanlashtiruvchi narsa. Insonni falokat botqog'idan, tubanlik jaridan qutqarib, uni poklashning birdan-bir yo'li nafsning istaklarini yengishdir. Buning uchun dunyo muhabbatidan voz kechish va Alloh muhabbatiga ko'ngil bog'lash darkor. So'fiylikda buni dunyo mohiyatini va o'zligini, insoniylikni anglash yo'li deb qaralgan. O'zligini anglagan kishi esa dunyo va uning boyliklari o'tkinchi ekanligini anglaydi. Xoja Bahouddin aytadilar: "O'z nafsining yomonligini tanish o'zligini tanishdir" Demak, tasavvuf ilmi - inson haqidagi ilm, inson qalbiga sayqal berish ilmi ekan.

Xullas, nafs bilan bog'liq qarashlar tariqatlarda sayru suluk uchun asos qilib olingan me'yorlar bilan birga murid va soliklarning tarbiyasi hamda ularning maqsad manziliga yetishish xususida keng bahs yuritiladi.

Xulosa

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Имом Абдурахмон Суламий. Тасаввуф ва унинг хакикати хакида. Мукаддима. / Таржимон ва изохлар муаллифи: Абдулхамид Мухаммад Турсун. - Тошкент: "NIHOL-NASHR" нашриёти, 2020.

2. Махмуд Асъад Жушон. Тасаввуф ва гузаллик. - Тошкент: "Адолат", 2004.

3. V ♦♦ - . ) VVV '¿JIJ^J - .^д^тпМ ЛЛ^Л ^^JSIJ .pljjjVI ÖJ^^J ùj^ll^jj c^jjjl^j

4. Кныш А.Д. Мусульманский мистицизм. - М.: С.П.: «Диля», 2004.

5. Мухйиддин ибн ал-Арабий. Футухот ул-Маккия. Ж.1. - 1392.

6. Холмуминов, Жаъфар. ^иёсий тасаввуфшунослик (Монография). - Тошкент: Тошкент давлат шаркшунослик университети, "Yosh avlod matbaa", 2021.

7. Quroni karim, Oli imron, 190.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.