Научная статья на тему 'IX-XII va XV asr Buxoro shashmaqomining ilmiy falsafiy va amaliy uslubiy nazariyasi asoslari'

IX-XII va XV asr Buxoro shashmaqomining ilmiy falsafiy va amaliy uslubiy nazariyasi asoslari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
maqom / tovush / parda / musiqa cholg‘ulari / kuy / ashula yo‘llari / mumtoz musiqa / Sharq xalqlari musiqasi / shashmaqom / Buxoro

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna Murod Kizi Sadullaeva

Maqom ma’lum lad asosiga mos keladigan va muayyan pardadan boshlanadigan kuy va ashulalar majmuasidir. Kasbiy musiqaning yuksak namunalari bo‘lgan maqomlar aksariyat musulmon Sharq xalqlari mumtoz musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o‘zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtayi nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o‘rganish masalalari tashkil etadi. Arabcha maqom (o‘rin, joy, tovush, parda, daraja va hokazo, ko‘plik shakli maqomot) atamasi o‘tmishda turli ma’noda ishlatilib kelingan. «Musiqa istilohida esa maqom musiqa cholg‘ularida kuy va ashulalarni tashkil etadigan tovushlarning joylashadigan o‘rni, ya’ni pardalardir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IX-XII va XV asr Buxoro shashmaqomining ilmiy falsafiy va amaliy uslubiy nazariyasi asoslari»

IX-XII va XV asr Buxoro shashmaqomining ilmiy falsafiy va amaliy uslubiy nazariyasi asoslari

Maftuna Murod kizi Sadullaeva Navoiy pedagogiska instituti

Annotatsiya: Maqom - ma'lum lad asosiga mos keladigan va muayyan pardadan boshlanadigan kuy va ashulalar majmuasidir. Kasbiy musiqaning yuksak namunalari bo'lgan maqomlar aksariyat musulmon Sharq xalqlari mumtoz musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqom san'ati o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o'zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtayi nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o'rganish masalalari tashkil etadi. Arabcha maqom (o'rin, joy, tovush, parda, daraja va hokazo, ko'plik shakli maqomot) atamasi o'tmishda turli ma'noda ishlatilib kelingan. «Musiqa istilohida esa maqom - musiqa cholg'ularida kuy va ashulalarni tashkil etadigan tovushlarning joylashadigan o'rni, ya'ni pardalardir.

Kalit so'zlar: maqom, tovush, parda, musiqa cholg'ulari, kuy, ashula yo'llari, mumtoz musiqa, Sharq xalqlari musiqasi, shashmaqom, Buxoro

IX-XII and XV century scientific and philosophical Bukhara shashmaqom and the foundations of practical methodological

theory

Sadullaeva Maftuna Murad kizi Navoi pedagogical institute

Abstract: Maqam is a set of melodies and chants that correspond to a certain key and begin with a certain note. The maqams, which are high examples of professional music, constitute a significant part of the classical music heritage of most of the Muslim countries of the East. The art of status has a centuries-old history. This history can be divided into two major periods. The content of the first period consists of the very ancient origins of statuses from the point of view of space and time, and the issues of studying the first layers of melody. The Arabic term maqam (place, place, sound, curtain, degree, etc., plural form maqamot) has been used in different meanings in the past. "In the context of music, maqam is the place where the sounds that make up melodies and songs are placed on musical instruments, i.e. curtains.

Keywords: status, sound, curtain, musical instruments, melody, singing ways, classical music, music of Eastern peoples, shashmaqom, Bukhara

Arabcha maqom (- o'rin, joy, tovush, parda, daraja va hokazo, ko'plik shakli maqomot -) atamasi o'tmishda turli ma'noda ishlatilib kelingan. «Musiqa istilohida esa maqom - musiqa cholg'ularida kuy va ashulalarni tashkil etadigan tovushlarning joylashadigan o'rni, ya'ni pardalardir... Maqom - ma'lum lad asosiga mos keladigan va muayyan pardadan boshlanadigan kuy va ashulalar majmuasidir. Hozirgi kunga qadar maqom kuy va ashula yo'llari turkumi ma'nosini ifodalab keldi». Kasbiy musiqaning yuksak namunalari bo'lgan maqomlar aksariyat musulmon Sharq xalqlari mumtoz musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqom san'ati o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Bu tarixni o'zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtayi nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy-ohang qatlamlarini o'rganish masalalari tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda, hozirda ma'lum tom ma'nodagi maqomlar bo'lmagan, albatta. Chunki, maqom tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma'lum bosqichi bilan shartlangan. Zotan, tayanch manbalari juda qadim bo'lgan maqomlar «xalqlarning o'ziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan». Bunda saroy madaniyati ham zarur obektiv omil sifatida muhim o'rin tutgan edi.

XV asr oxirida Movarounnahr taxti uchun temuriy shahzodalar o'rtasidagi tinimsiz kurashlar oqibatida saltanat tanazzulga yuz tutdi. Natijada Movarounnahrni egallashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan Muhammad Shayboniyxon uchun qulay tarixiy vaziyat vujudga keldi. Uning temuriylarga qarshi 1500-1509 yillarda olib borgan shiddatli kurashlari oqibatida Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o'z ichiga olgan Shayboniylar davlati vujudga keldi va o'zbek davlatchiligi tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. Samarqand poytaxt shahar deb belgilandi.

Biroq 1510 y. Muhammad Shayboniyxon Eron safaviylari shohi Ismoildan mag'lub bo'lib, qatl etilgach, Xuroson qo'ldan ketdi. Shayboniylar orasida yuz bergan ma'naviy parokandalikdan foydalanib Ismoil Safaviy Movarounnahr hududini egallab olmoqchi bo'lgan. Ammo Ubaydulla Sulton boshchiligidagi shayboniy sultonlar bu tazyiqni bartaraf etib, mamlakat hududini saqlab qolishga erishganlar.

Shayboniylar davrida, ayniqsa ulardan Ubaydullaxon (1533-1539) va Abdullaxon II (1583-1598) hukmronlik qilgan yillarda mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotida birmuncha o'zgarishlar ro'y berdi. Ubaydullaxon davrida mamlakat poytaxti Buxoroga ko'chirilgach, shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb ataladigan bo'ldi.

Qadimgi davr musiqachilari «saroy estetikasi»ga muvofiq musiqa asarlarini ijod etishlarida xalq og'zaki ijodida to'plangan badiiy tajriba va musiqa boyliklari asqotgan

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 112 [MJ^^^H

bo'lishi tabiiydir. Bunda ular el orasida yoyilgan ma'lum kuy va aytimlarni ijodiy qayta ishlagan holda ularning yanada murakkab va mukammal ko'rinishlarini zuhur etishga intilgan bo'lishlari mantiqiy mulohazalarga to'g'ri keladi. O'z navbatida, shu tarzda shakllana boshlagan bastakorlik an'analari esa, «ustoz-shogird» vositasida keyingi avlod musiqachi (ijodkor-xonanda va sozanda) lari tomonidan ijodiy o'zlashtirilib borilgan. Bunga Sharq madaniyatida yuzaga kelgan nazira badiiy an'analari misol bo'lishi mumkin. Shu kabi jarayonlar hamda boshqa omillar o'iaroq ko'p asrlik tarix silsilasida mumtoz kasbiy musiqaning eng salobatli va eng mukammal zuhuri bo'lgan maqom tizimlari yuzaga kela boshlagan edi. Tom ma'nodagi maqomlar tarixi ham aslida turli davr va qatlam musiqa namunalari (qadimiy va o'rta asrlar xalq musiqasi, bastakorlik ijodiyoti va b.) asosida usluban badiiy yaxlit bo'lgan salobatli musiqiy tizimlar shakllantirilgan paytdan e'tiboran boshlanadi. Bu o'rinda atoqli maqomshunos olim, ustoz Is'hoq Rajabovning quyidagi fikrlari e'tiborlidir: «Tom ma'nodagi «maqom»larning ham kuy, ham lad tushunchalarining paydo bo'lishi Sharq xalqlari musiqa madaniyati ancha taraqqiy etgan davrlariga to'g'ri keladi. Maqomlarning yuzaga kelishi - inson tafakkurining juda uzoq davrlarda olib borgan izlanishlarining samarasidir. Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik qarashlari barkamol bo'lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan. Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas bog'liqdir. Sharq musiqa olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan 5 Yunusov R. Maqomlar xususida. - T.: «Bilim», 1982. 7 bog'liq ekanligini uqdirib o'tganlar»6. Darhaqiqat, so'nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari ham ustoz I.Rajabovning bu fikr-mulohazalari asosli ekanligini ko'rsatmoqda. Binobarin, salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kishilik jamiyati taraqqiyotining ma'lum bosqichiga dahldor bir qator omillar bilan shartlangan bo'lib, shulardan quyida ko'rsatilgan beshta omilning bo'lishi zaruriydir:

1. Rivojlangan shahar madaniyati.

2. Aniq fanlarning rivojlanganligi.

3. Falsafiy tafakkur (tasavvuf ta'limoti)ning shakllanganligi va uning badiiy ijodiyotda in'ikos etishi.

4. Kasbiy musiqa qatlamining (bastakorlik, cholg'uchilik, xonandalik) mavjudligi.

5. Musiqa ilmining rivojlanganligi. Ushbu bandlarning eng birinchisi sifatida shahar madaniyatining ko'rsatilishi bejiz emas, albatta. Zero, har bir xalq, millatning ilm-fan va madaniyat jabhalaridagi yutuqlari ko'p jihatdan rivojlangan shaharlarda mavjud shart-sharoitlar o'laroq yuzaga keladi. Shu jumladan, hunarmandchilikning turli yo'nalishlari qatorida kasbiy musiqa sohasini rivojlantirish uchun ham imkoniyatlar yaratilgan bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, «rivojlangan shahar

madaniyati» muhim obektiv borliq sifatida qolgan bandlarda qayd etilgan omillarni yuzaga chiqarish uchun qulay madaniy makondir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. СС Бoлтa-Зoдa. Принципы и приложения музыкельной формы. Science and Education 5 (2), 432-438

2. СБ Сaидий. HecTa^apTHbie психологические структуры и модуляция в пeдaгoгикe. Science and Education 5 (2), 348-354

3. СС Бoлтa-Зoдa. Обменное приёмы aккopдoв семейство cyбдoминaнты и дoминaнты иcпoльзoвaниe нa фopтeпиaнo. Science and Education 5 (2), 439-444

4. СБ Сaидий. Хyдoжecтвeннo-пeдaгoгичecкoe общение гак средство фopмиpoвaния музыкэльной мoтивaции школьников. Science and Education 5 (2), 322-327

5. Сaидий, Сaид Бoлтa-зoдa. Адaптивнocть детей к школе при посещении и непосещении дошкольного учреждения. Science and education 4 (5), 1105 - 1112

6. Рoпиeвa, Дурдом Акмэль кизы, Сaид Бoлтaзoдa, Сaидий. Технологии фopмиpoвaния и paзвития вокэльно-хорового нaвыкa студентов через тародные песни. Science and Education 4 (2), 1330-1336

7. CБ Сaидий. Определения понятий диктaнтa в теории музыки. Science and Education 3 (12), 823-828

8. Сaидий, Сaид Бoлтa-зoдa. Бекзод Турсун угли Алиев. Простые, сложные и cмeшaнныe paзмepы музыки при проведении уроков диpижиpoвaния, кpeaтивныe методы обучения. Science and Education 3 (5), 1484-1492

9. Сaидий, Сaид Бoлтa-зoдa. Мypaдoвa, Мaхлиё Рaджaбoвнa, Эpнaзapoвa, Азизa Фaхpитдин кдзи. Интepaктивныe методы обучения творчеству русских композиторов кгассе фopтeпиaнo в детской мyзыкaльнoй школы. Science and Education 3 (4), 1605-1611

10. Сaидий, Сaид Бoлтa-зoдa. Алиев, Бекзод Турсун угли. Простые, сложные и cмeшaнныe paзмepы музыки при проведении уроков диpижиpoвaния, кpeaтивныe методы обучения. Science and Education 3 (5), 1484-1492

11. Сaидий, Сaид Бoлтa-зoдa. Эpнaзapoвa, Азизa Фaхpитдин кизи. Интepaктивнaя мeтoдикa обучения жaнpaм, coздaнных rn нapoдныe лaды, yчaщимcя мyзыкaльных и художественных школ. Science and Education scientific journal 4 (ISSN 2181-0842), 1618

12. Сaидий, Сaид Бoлтa-зoдa. Мeхaнизмы фopмиpoвaния культуры пoчитaния человеческих ценностей у cтapшeклaccникoв нa основе фoльклopa в хоре. Science and Education 4 (2), 1386-1391

13. Сaидий, Сaид Бoлтa-зoдa. Психологические хapaктepиcтики мyзыкaльных звуков. Узбeкиcтaн 2 (2), 76-82

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 114 [М^^^И

14. Ибрагимов, Умид Собиржонович, Саид Болтазода, Саидий. Современные методы формирования техники исполнения студентов на занятиях. Science and Education 4 (2), 1234-1239

15. КБ Холиков. Важнейшие полифонические формы многоголосных произведений. Scientific progress 2 (4), 557-562 2 (4), 557-562

16. КБ Холиков. Педагогическое корректирование психологической готовности ребенка к обучению фортепиано в музыкальной школе. Science and Education 4 (7), 332-337

17. КБ Холиков. О принципе аддитивности для построения музыкальных произведения. Science and Education 4 (7), 384-389

18. КБ Холиков. Компонент технологии обучения как средство повышения мотивации изучения музыки на среднем этапе общеобразовательной школы. Science and Education 4 (9), 228-235

19. КБ Холиков. Диалоговые методы определения тональностей (не по квинтовому кругу). Science and Education 4 (7), 198-205

20. КБ Холиков. Характеристика психологического анализа музыкальной формы, измерение ракурса музыкального мозга. Science and Education 4 (7), 214222

21. КБ Холиков. Оценка индивидуальных возможностей по музыке и музыкальных интересов школьника. Science and Education 4 (7), 327-331

22. КБ Холиков. Новые мышление инновационной деятельности по музыкальной культуры в вузах Узбекистана. Science and Education 4 (7), 121-129

23. КБ Холиков. Манера педагогической работы с детьми одарёнными возможностями. Science and Education 4 (7), 378-383

24. КБ Холиков. Защитный уровень мозга при загрузке тренировочных занятиях и музыкального моделирование реальных произведениях

Science and Education 4 (7), 269-276

25. КБ Холиков. Организация учебного сотрудничества в процессе обучения теории музыки младших школьников. Science and Education 4 (7), 363-370

26. КБ Холиков. Преобразование новых спектров при синхронной использование методов и приёмов музыкальной культуре. Science and Education 4 (7), 107-120

27. КБ Холиков. Возможность использования этнически сложившихся традиций в музыкальной педагогике. Science and Education 4 (7), 345-349

28. КБ Холиков. Особенности работы педагога с младшими школьниками по направлению музыки. Science and Education 4 (7), 320-326

29. КБ Холиков. Приёмы формирования музыкально теоретический интересов у детей младшего школьного возраста. Science and Education 4 (7), 357362

30. КБ Холиков. Мозг и музыкельный рэзум, психологическэя подготовь детей и взрослых к восприятию музыки. Science and Education 4 (7), 277-283

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.