Научная статья на тему 'YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA MAQOMLARNING O‘RNI'

YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA MAQOMLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
22
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
o‘zbek musiqasi / maqom san’ati / musiqiy tafakkur / idrok / badiiy timsol. / узбекская музыка / макомное искусство / музыкальное мышление / восприятие / художественное изображение.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Q.Xudayberganov

maqomlar o‘zbek xalqining oliy musiqa merosi. Uni o‘rganish, tahlil qilish, mazmun va mohiyatini anglash, turli tadqiqotlar olib borish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Sharq xalqlarining musiqiy estetikasi, tarixi va tafakkuri rivojlanishi, ayniqsa, maqomlar muhim o‘ringa ega. Maqomlarning tarkibiy tuzilishi, musiqiy timsol va idrok qilish kabi masalalar yoshlarning musiqiy tafakkurini rivojlantirishda o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HE ROLE OF MAKOMS IN FORMING YOUNG PEOPLE'S MUSICAL THINKING

макомы – высшее музыкальное наследие узбекского народа. Сегодня важно изучать, анализировать, понимать ее содержание и суть, проводить различные исследования. Важное место занимает развитие музыкальной эстетики, истории и мышления народов Востока, особенно статусов. Такие вопросы, как структурная структура ролей, музыкальное представление и восприятие, могут оказать влияние на развитие музыкального мышления молодежи.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA MAQOMLARNING O‘RNI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.Q.Xudayberganov1^_

1Urganch davlat universiteti, Urganch, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqomlar o'zbek xalqining oliy musiqa merosi. Uni o'rganish, tahlil qilish, mazmun va mohiyatini anglash, turli tadqiqotlar olib borish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Sharq xalqlarining musiqiy estetikasi, tarixi va tafakkuri rivojlanishi, ayniqsa, maqomlar muhim o'ringa ega. Maqomlarning tarkibiy tuzilishi, musiqiy timsol va idrok qilish kabi masalalar yoshlarning musiqiy tafakkurini rivojlantirishda o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin.

MAQSAD: mazkur tadqiqotning maqsadi maqomlar xususidagi ma'lumotlar to'plash, tahlil qilish va musiqiy estetika tamoyillarini o'rganish. Shuningdek, asosiy e'tibor bugungi yoshlarini maqomlar, mumtoz musiqa namunalarini qay tariqa targ'ib qilish muammolarini aniqlashga qaratiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda maqomlarga oid ilmiy manbalar, maqolalar va shu mavzuga oid olimlarning fikrlari tahlili o'tkaziladi. Materiallar musiqa tarixi, maqomshunoslik, musiqa psixologiyasi kabi turli sohalarga oid ilmiy ishlarni qamrab oladi. Usullar tadqiqotning asosiy mavzusi va natijalarini tasniflash, izohlash va umumiy xulosalash orqali ko'rib chiqiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqotchi olimlar maqomlarning tarixiy rivojlanishi va madaniy hamjamiyatdagi o'rnini muhim deya ta'kidlashadi, uning milliy ideallarni shakllantirishda ustuvor ahamiyatga egaligi qayd etiladi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, maqomlar mazmun va musiqiy tafakkuri orqali yoshlar ongiga ta'siri katta, ularning keyingi musiqiy dunyoqarashini rivojlantirishda maqom musiqasidan keng foydalanish mumkin.

XULOSA: tadqiqot xulosasiga ko'ra, maqomlar musiqiy tafakkurining ham ijodiy, ham ilmiy-tarixiy jihatlari o'zaro munosabatida namoyon bo'ladi. Musiqa ta'limida yoshlarning maqomlar musiqasini o'rganishi va to'laqonli idrok etishga erishishi natijasida ularda musiqiy tafakkur hamda idrok xususiyatlari to'laqonli shakllanib, maqomlar estetikasi va milliy o'zlikni anglash orqali barkamol shaxs tarbiyalash imkoniyatlari yanada kengayadi.

Kalit so'zlar: o'zbek musiqasi, maqom san'ati, musiqiy tafakkur, idrok, badiiy timsol.

РОЛЬ МАКОМОВ В ФОРМИРОВАНИИ МУЗЫКАЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ МОЛОДЕЖИ_

Iqtibos uchun: Xudayberganov S.Q. Yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirishda maqomlarning o'rni. // Inter education & global study. 2024. №6. B.377-382.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

© С.К.Худайберганов1Н

1Ургенчского государственного университета, Ургенч, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: макомы - высшее музыкальное наследие узбекского народа. Сегодня важно изучать, анализировать, понимать ее содержание и суть, проводить различные исследования. Важное место занимает развитие музыкальной эстетики, истории и мышления народов Востока, особенно статусов. Такие вопросы, как структурная структура ролей, музыкальное представление и восприятие, могут оказать влияние на развитие музыкального мышления молодежи.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является сбор, анализ и изучение принципов музыкальной эстетики. Также основное внимание сосредоточено на определении статуса современной молодежи, способах пропаганды образцов классической музыки.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании проведен анализ научных

WW W I—у

источников, статей и мнений ученых по данной теме. В материалах освещаются научные работы в различных областях, таких как история музыки, этнология, музыкальная психология. Методы рассматриваются путем категоризации, интерпретации и обобщения основных тем и результатов исследования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: ученые-исследователи подчеркивают важное значение исторического развития статуса и его места в культурном сообществе, отмечается его приоритет в формировании национальных идеалов. Анализ показывает, что макам оказывает большое влияние на сознание молодых людей через содержание и музыкальное мышление, а музыка макама может быть широко использована в развитии их дальнейшего музыкального мировоззрения.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: согласно выводу исследования, статусы проявляются во взаимодействии как творческой, так и научно-исторической сторон музыкального мышления. В результате обучения молодежи музыке макомов и достижения полного понимания в музыкальном образовании у них полностью формируются особенности музыкального мышления и восприятия, открываются возможности воспитания всесторонне развитой личности путем осознания эстетики макомов и национального самосознания расширены.

Ключевые слова: узбекская музыка, макомное искусство, музыкальное мышление, восприятие, художественное изображение.

Для цитирования: Худайберганов С.К. Роль макомов в формировании музыкального мышления молодежи. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 377-382.

HE ROLE OF MAKO MS IN FORMING YOUNG PEOPLE'S MUSICAL THINKING

© Samandar K. Khudoyberganov1^

1Urgench State University, Urgench, Uzbekistan_

Annotation

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: maqoms are the highest musical heritage of the Uzbek people. Today it is important to study, analyze, understand its content and essence, and conduct various studies. An important place is occupied by the development of musical aesthetics, history and thinking of the peoples of the East, especially maqoms. Issues such as role structure, musical performance, and perception may influence the development of youth's musical thinking.

AIM: the purpose of this study is to collect, analyze and study the principles of musical aesthetics. Also, the main attention is focused on determining the maqoms of modern youth, ways of promoting classical music samples.

MATERIALS AND METHODS: the study analyzed scientific sources, articles and opinions of scientists on this topic. The materials highlight scientific work in various fields, such as music history, ethnology, and musical psychology. Methods are addressed by categorizing, interpreting, and summarizing the main themes and findings of the study.

DISCUSSION AND RESULTS: Research scientists emphasize the importance of the historical development of status and its place in the cultural community, and its priority in the formation of national ideals is noted. The analysis shows that maqam has a great influence on the consciousness of young people through content and musical thinking, and maqam music can be widely used in the development of their further musical worldview.

CONCLUSION: according to the conclusion of the research, maqoms are manifested in the interaction of both creative and scientific-historical aspects of musical thinking. As a result of young people learning the music of maqoms and achieving a full understanding in music education, musical thinking and perception characteristics are fully formed in them, and the possibilities of educating a well-rounded personality by realizing the aesthetics of maqams and national identity are expanded.

Key words: Uzbek music, maqom art, musical thinking, perception, artistic representation.

For citation: Samandar K. Khudoyberganov. (2024) 'He role of makoms in forming young people's musical thinking', Inter education & global study, (6), pp. 377-382. (In Uzbek).

Xalqimizning musiqa merosi juda keng, ko'p qirrali bo'lib, sermazmun va rang-barangdir. Maqomlar sharq xalqlari musiqa merosi negizini tashkil qiladi. Ular xalqning milliy musiqasi va tafakkurinining shakllanishini belgilab berib, uning nazariy-amaliy asoslari hamda sharq xalqlari musiqa san'atining ustozona uslubi namunalarida yaqqol namoyon bo'ladi. Ustoz sozanda va xonandalar keyingi avlodlarga ko'z qorachig'idek asrab-avaylab bizgacha yetib kelgan maqomlar hozirgi kunda nafosat dunyosidagi eng sara, beqiyos qiymatga ega bo'lgan mumtoz musiqa namunasidir. Ohangdor kuylarimiz kishiga quvonch, xursandchilik bag'ishlaydi, og'ir damlarni yengil qiladi. U insonning oliyjanob fazilatlari, his-tuyg'ularni ifodalab beruvchi kuchga ega.

Maqomlar jamiyatning boshqa hodisalari kabi davrning ijtimoiy, badiiy-estetik talablariga va ehtiyojlariga bog'liq holda yashab keldi va o'z taraqqiyoti jarayonida katta

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'zgarishlarga uchradi. O'zbek musiqasining mumtoz namunasi bo'lgan Shashmaqom, taxminan, XVIII asrning birinchi yarmida mustaqil musiqa janri sifatida uzil-kesil yuzaga keldi.[3, 39] Maqomlar ma'lum tartibda yaratilgan turkumli musiqiy majmua bo'lib, o'tmish bastakorlik ijodiyotining o'ziga xos sayqal berilgan turidir. Keng ma'noda esa maqomlar xalq musiqasining qomusidir. Chunki ularda, xususan Shashmaqomda, o'zbek xalqi musiqasiga xos ohanglar, ritmik xususiyatlar, doira usullari, she'riyat bilan xalq ashula yo'llarining bog'lanish qoidalariga asoslangan qator jabxalar o'z ifodasini topgan.

Bugungi kunda maqom masalalarini o'rganishga, maqom ijrochiligidagi uslublarni aniqlash va o'zlashtirish ishiga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Shashmaqom o'zbek xalqi musiqa merosida juda katta o'rin tutadi. Xalq musiqa asarlarining qaysi birini olib qaramang, ular u yoki bu maqom, yoki uning sho'ba pardasi, kuy tuzilishi, doira usuliga o'xshashligini bilib olish qiyin emas. Keyingi kuzatuvlar Shashmaqom xalq musiqa merosining asosini tashkil etadi deyishga imkon beradi.

XIX asrda Xorazm musiqasida qayta uyg'onish yuzaga keldiki, muhtasham saroy maqom an'analarining rivoji natijasida el orasidagi azaldan iste'molda bo'lgan mumtoz kuy va ashulalar, Dutor maqomlari, doston yo'llari, maqom suvoralari izchil taraqqiylasha boshladi. Shashmaqom va Olti yarim maqom mumtoz musiqamizning yuksak ko'rinishi sifatida o'zining ustivor qonun-qoidalari, tartib va nizomlariga ega. Dutor maqomlarining ham o'ziga yarasha ichki qonuniyatlari mavjud.

Taniqli manbashunos va maqom bilimdoni Ishoq Rajabov ta'kidlaganidek, -"Maqomlarning kishi ruhiyatiga ijobiy ta'sir etish xususiyatini al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Abdulmo''min, Qutbiddin ash-Sheroziy, Jomiy va keyingi davrlarda yashagan musiqa olimlari qayta - qayta uqtirib o'tganlar. Masalan, (o'n ikki maqomdagi) Ushshoq, Busalik, Navo maqomlari va Mohur, Nihovand sho''balari shaxsga shijoat va jasorat bag'ishlaydi. Buzruk, Zirafkand, Rahoviy, Zangula maqomlari, Gavasht va Shahnoz ovozlari, Hisor, Humoyun, Mubarqa', Rakb, Sabo, Bastai Nigor, Navro'zi arab, Ro'yi Iroq sho''balari g'amginlik, ruhiy horg'inlik, alamni ifoda etadi. Maqomlardan Hijoz, Husayniy, ovozlardan Moya, Salmak, sho''balardan Nuhuft, Navro'zi Bayotiy, Dugoh, Uzzol, Avj, Javziy, Nayrez kabilar eshituvchida ham quvonch, ham qayg'u kayfiyatini qo'zg'atadi".[3, 32] Shuningdek maqomlar ilohiy aytim va chertim yo'llari sifatidagi badiiy ta'siri ham muhim hisoblanib, uning inson ruhiyatiga ta'siri va estetik ahamiyatini oshiradi. Ayniqsa, o'rta asr sharq allomalarining asarlarida mazkur fikr ko'p tilga olinadi.

Ohirgi yarim asr davomida o'zbek kompozitorlik ijodiyoti har tomonlama ulg'aydi, kamol topdi va jahon musiqiy dunyosida o'z o'rniga ega bo'ldi. Aksariyat kompozitorlarimiz ijodiga nazar solar ekanmiz, ularda milliylik va an'anaviylik yanada ustuvorlik ahayamitga egaligini guvohi bo'lamiz. Musiqiy ijodiyotning uslub va omillari bisyor. Shular orasida milliy musiqa me'rosini asos qilib zamonaviy asarlar yaratish, yangicha vositalar bilan talqin etish hozirgi kompozitorlar ijodida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Zamonaviy o'zbek san'ati dialektik ravishda rivojlanib bormoqda. Kompozitorlarimiz hozirda mavjud maqom namunalari va turkumlari zaminida noyob asarlar yaratmoqdalar. Ijodiy yetukligi urushdan keyingi yillarga to'g'ri kelgan o'zbek kompozitorlaridan M.Ashrafiy,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

M.Burxonov, I.Akbarov, S.Boboev, M.Leviev, X.Raximov, D.Zokirov, D.SoatquIov, O.Xalimov, I.Hamroev, SH.Ramazanov, S.Yudakov, I.Akbarov, F.Nazarov, A.Muhammedov, M.Yusupov, S.Jalil, R.Hamroev, M.Tojiev, M.Mahmudov, A.Otajonov, M.Bafoev, N.Norxo'jaev, A.Mansurov, F.Olimov, A.Ergashev E.Solixovlarning asarlari buni yaqqol tasdiqlaydi.

Masalan, M.Burxonovning "Alisher Navoiyga qasida" nomli vokal-simfonik musiqasida "Navoiy" mavzusi "Saraxbori Navo" va "Navo" maqomi orqali Navoiy siymosini mohirona ochib bera olgan. Kompozitor B.Umidjonovning "Dilbarim" lirik syuitasida klassik maqomga asoslangan. Ikkita solist va jo'rsiz xor uchun mo'ljallangan asar bo'lib, bunda "Chorgoh", "Segoh", "Saraxbori Navo" kabi maqomlarni o'z asarida qo'llaydi. Mazkur asar 1978-yilda Samarqandda bo'lib o'tgan "Zamonaviy kompozitorlar ijodida maqom va mug'om" xalqaro simpoziyumda ijro etilgan. A.Kozlovskiyning "Doston" poemasi dramaturgik rejani kompozitor "Saraxbori Navo" (Navo maqomining ashulla yo'lidan) maqom kuyiga murojaat qildi. S.Boboev "Segoh" poemasi o'zida "Segoh" va "Ufori Segoh" cholg'u yo'li kuyini mujassam etgan. M.Tojievning "Shoir muhabbati" poemasida "Segoh" maqomi, T.Qurbonov polifonik asarga "Buzruk" va "Saraxbori Buzruk" maqomini, Hamzaga bag'ishlangan Beshinchi simfoniyasida "Segoh" maqomi mavzu qilib olingan. D.Soatqulov o'zining "Farg'ona kvarteti"da bosh partiyasining birinchi qismida "Tanavor" va final qismida "Mo'g'ulchai Munojot" cholg'u kuyidan foydalangan. Kompozitor va bastakorlar tomonidan maqomlarga bo'lgan bunday yondoshuv mumtoz musiqamizning keyingi rivojida hamda yoshlar ongida simfonik musiqa va maqom ohanglaring sintezligini singdirishda muhim qadamlar deyish mumkin. Maqomlar musiqasini tinglash va uning mazmunini idrok etishda hissiy ta'sirchanlik bilan musiqiy tafakkur sintezi, ya'ni, mavhumlik va aniqlik, mantiqiylik va hissiy anglash, ijodiy tasavvur va badiiy yondoshuv talab etiladi. Yoshlarning maqom musiqasini tinglashi ularning o'ziga tanish bo'lgan musiqiy-eshitish tasavvurlari bilan, badiiy bilim, ko'nikma va malakalarni yangi sharoitlarda, musiqiy faoliyatning turli ko'rinishlarida qo'llay olishi bilan bog'liqdir.Maqomlarni ijro etish malakalarining shakllanishi undagi badiiy musiqiy obraz mazmunini ochishga yo'naltirilgan vazifalarga qaratilishi maqsadga muvofiq. Bunda tinglash va ijro malakalarini egallash -maqomlarni badiiy ijro etishga erishish vositasi bo'lib qoladi. Musiqa amaliyoti ko'rsatishicha, mumtoz musiqa asarlarining badiiy g'oyaviy mazmuni ichiga kirib borish faqatgina tinglovchining ushbu asarda nimanidir ko'rishi, kashf etishi va bu uning ichki olamida, kechinmalarida aks etishi orqali namoyon bo'ladi. Bu borada maqomlar keng imkoniyatlarga egadir.Hozirgi kunda bo'lajak musiqa o'qituvchilari o'quv mashg'ulotlarida turli xarakterdagi musiqalarni tinglab, tahlil qilishadi. Ularning ayrim hollarda mumtoz musiqa namunalarini mukammal darajada mazmuni va ijrosini bilmasligi, uni tinglashga ehtiyoji talab darajasida namoyon bo'lmasligi soha mutaxassislarini xavotirga soladi. Zero, mumtoz musiqa namunasi bo'lmish maqomlar xalqimizning, qolaversa, insoniyatning davrlar chig'irig'idan o'tgan ma'naviy merosidir. Uni o'rganish, tushungan holda idrok etish tafakkurni, musiqiy tarbiyani, estetik dunyoqarashini faollashtiradi, hissiy bilish - sezgi va idrok esa yoshlarning ruhiy salomatligini yanada mustahkamlaydi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ta'kidlash zarurki, mumtoz musiqa, maqomlar yoshlarning nafaqat aqliy qobiliyatlariga, balki yaxlit ravishda oliy asab faoliyati, bosh miyaning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Professional musiqachilar va bolaligidan mumtoz musiqani sevib tinglovchi shinavandalar tadqiq etilganda, ularda xotira va tillarni o'rganishga kuchli qobiliyat rivojlanishi aniqlangan.

Maqomlarni tinglab, biz ularning kuyini, ritmini, tembrini, ohang yo'nalishini alohida tarzda idrok etmaymiz, balki, musiqiy obrazda musiqiy ifodaning alohida vositalarini umumlashtiramiz. Maqomlar musiqasini tinglab, ularni ma'lum kategoriyalarga ajratamiz va agar ma'lum tinglovchilik tarjibasiga ega bo'lsak, dastlabki taktlaridan boshlab uning Xorazm maqomlariga, Shashmaqomga yoki Farg'ona-Toshkent maqom yo'llariga tegishli ohanglar ekanligini darhol bilib olamiz. Musiqiy tafakkur yaxlit tarzda shaxs shakllanganligining muhim ko'rsatkichi sanaladi va uni ma'lum maqsadga yo'naltirgan holda takomillashtirilsa, ma'naviy barkamollikka erishish hamda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Hozirgi kunda musiqiy tafakkurga insonning badiiy faoliyatlarini aks ettiruvchi produktiv ijodiy tafakkur sifatida baho beriladi.

Xulosa qilib aytganda, maqomlar negizida shakllangan musiqiy tafakkur - borliqni badiiy aks ettirishning o'ziga xos ko'rinishi, ya'ni, borliqni yagona maqsadga yo'naltirilgan, bilvosita va umumlashtirilgan maqom tafakkuri va uning ilohiy mazmunini bilish, ijodiy yaratuvchanlik, maxsus o'ziga xos musiqiy tovush obrazlari (ohanglar)ni chuqur anglash, idrok etish va uzatish faoliyatidir. Maqomlarning musiqiy tafakkur ham ijodiy, ham ilmiy-tarixiy jihatlar munosabatida namoyon bo'ladi. Oliy musiqa ta'limida tahsil olayotgan talabalarning maqomlar musiqasini o'rganishi va to'laqonli idrok etishga erishishi natijasida ularda musiqiy tafakkur hamda idrok xususiyatlari to'laqonli shakllanib, maqomlar estetikasi va milliy o'zlikni anglash orqali barkamol shaxsni tarbiyalash imkoniyatlari yanada kengayadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Matyakubov O. Maqomot. -T., 2004

2. Fitrat A. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. -T., 1993

3. Rajabov. I. Maqomlar. T., 2006

4. Matyakubov O. Xorazm Dutor maqomlari va Olti yarim maqomi. -T., 2018

5. Петрушинм В. Музыкальная психология. М., 1997.

6. Кадцын Л. Музыкальное искусство и творчество слушателя. М., 1990.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HSamandar Xudayberganov Qo'zievich, "San'at" kafedrasi professori, [Самандар Худойберганов Кузиевич, профессор кафедры «Искусство»], [Samandar Khudoyberganov Kuzievich, Professor of the Department of Art]; manzil: O'zbekiston, Urganch sh., Najmiddin Kubro ko'chasi, 19-uy [адреа Узбекистан, ул. Нежмиддин Кубро, 19, г. Ургенч], [address: Uzbekistan, 19, Najmiddin Kubro st., Urgench city] E-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.