O'quvchilarni musiqiy - estetik tarbiyalashda maqom namunalarining o'rni va ahamiyati
Maftuna Beshimovna Davronova Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti
Annotatsiya: Ta'lim jarayonida muntazam ravishda qo'llaniladigan, har doim maqbul og'ish darajasi bilan bashorat qilinadigan ta'lim natijasiga erishishga olib keladigan shakllar, usullar, o'qitish va tarbiya vositalarining maxsus to'plami. Uzoq vaqt davomida "texnologiya" atamasi pedagogikaning kontseptual apparatidan tashqarida qoldi va texnokratik tilga ishora qildi. Pedagogik texnologiyalarni tavsiflovchi ko'plab atamalar mavjud: ta'lim, tarbiya, o'qitish, ta'lim va an'anaviy texnologiyalar, dasturlashtirilgan va muammoli ta'lim texnologiyalari, mualliflik texnologiyasi va boshqalar. Pedagogik texnologiya - bu muvaffaqiyatni kafolatlaydigan qat'iy ilmiy loyihalash va pedagogik harakatlarning aniq takrorlanishi.
Kalit so'zlar: maqomni o'rgatish, ta'lim, tarbiya, o'qitish, ta'lim va an'anaviy texnologiyalar, dasturlashtirilgan va muammoli ta'lim texnologiyalari
Musical and aesthetic education of students the role and significance of macom models
Maftuna Beshimovna Davronova Turkestan University of New Innovations
Abstract: A special set of forms, methods, means of training and education, regularly used in the educational process, which always lead to the achievement of a predictable educational result with an acceptable degree of deviation. For a long time, the term "technology" remained outside the conceptual apparatus of pedagogy and belonged to the technocratic language. There are many terms that describe pedagogical technologies: education, training, training, educational and traditional technologies, programmed and problem-based learning technologies, author's technologies, etc. Pedagogical technology is a rigorous scientific construction and exact repetition of pedagogical actions that guarantee success.
Keywords: makom education, upbringing, training, education and traditional technologies, technologies of programmed and problem-based learning
Estetik tarbiya - bu bolaning atrofdagi dunyo, san'at go'zalligini ko'rish va uni yaratish qobiliyatini rivojlantirish uchun uning shaxsiga ta'sir qilishning maqsadli, tizimli jarayoni. Bu hayotning birinchi yillaridan boshlanadi.
Estetik tarbiya juda keng tushunchadir. U tabiatga, mehnatga, ijtimoiy hayotga, kundalik hayotga, san'atga estetik munosabatni tarbiyalashni o'z ichiga oladi.
Maqom o'zbek san'atining eng go'zal yo'nalishlaridan biridir. Maqom ijrochiligi yuksak kasbiy mahorat, mahorat va tajribani talab qilgani uchun xonanda bir necha yil tarbiyalanadi, ta'lim oladi. Maqom asarlarini ijro etish murakkab jarayon bo'lgani uchun uning katta qismlarini ansamblda bir necha xonandalar ijro etgan. Bo'lajak maqom san'atkorlarini ansambl shaklida tayyorlash va rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada talabalar tomonidan maqomlar ansambl kuylashning rivojlanishi va ularni o'qitish usullari haqida so'z boradi. Shuningdek, o'quv jarayonida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar haqida ham ma'lumotlar beriladi.
Maqomlar Sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo'lagn musiqa janridir. Ular bu xalqlarning o'ziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy- tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan. Maqomlar Sharq xalklarining musiqa merosida juda katta o'rin tutadi. Shu sababli maqomlar masalasi musiqashunos va sharqshunos olimlarning diqqatini ko'pdan beri o'ziga jalb etib, Sharq xalqlari musiqa madaniyatida juda katta tarixiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan biri bo'lib qoldi.
Maqomlar Sharq xalqlari musiqasining asosini tashkil etadi. Shu sababli maqomlarni atroflicha o'rganilishi musiqa madaniyatimiz tarixida muhim ahamiyatga zga. Maqomlarning taraqqiyot tarixi o'rganilishida o'tmishda mashxur bo'lgan fanning turli soxalari bilan bog'liq juda murakkab masalalarga duch kelinadi. Bu Aol esa, maqomlarni o'rganishda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Maqomlarning nazariy Aam amaliy tomonlari bor. Ularning nazariy jihatlari Sharq musiqasiga bag'ishlangan risolalarda o'z ifodasini topgan. O'zbek-tojik xalqlaridagi maqomlarning amaliy tomonlarini esa, ustoz sozanda va xonandadan shogirdga og'zaki o'tib, bizgacha yetib kelgan maqomlar turkumidagi birdan-bir janr - Shashmaqom ko'rinishida tasavvur etish mumkin. Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat Aamda o'zbek- tojik xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu jumladan, Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam o'rganilgan sohalardandir. Ularni o'rganish, nazariy taxlil qilish ishi esa, yuqorida aytilganidek, juda murakkab muammodir.
Sharq musiqa nazariyasini sharxlab beruvchi ko'pgina yozma manbalarda maqomlar tushunchasini, xos belgilarini, ularning ba'zi amaliy tomonlarini anglashga yordam beradigan qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Maqomlarning nazariy ham amaliy
WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1008 EEH^^^Hl
asoslariní, ularning o'zbek-tojik xalqlari musiqa madaniyatida tutgan mavqeini, badiiy-estetik qimmatini aniqlash, Shashmaqomning tub moxiyatini imkoniyat doirasida ochib berish bu asar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biridir. Sharq xalqlarida maqomlarning uzoq o'tmishdagi jonli namunalarini o'rganishga imkon beradigan nota yozuvlari bo'lmagani uchun ularning amaliy masalalarini o'rganish doirasi ancha cheklangan. Shu bois maqomlar masalasini o'rganish ishida biz ularning tugal bir tarixiy tarakqiyot yo'lini ochib berishni da'vo etmaymiz. Muallif bu masalani ko'prok manbashunoslik nuqtai nazaridan hal etishga harakat etadi.
Qadimiy madaniyat o'choqlaridan biri bo'lgan O'rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo'shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida Aam juda boy qadimiy merosga ega. O'rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeolog olimlar tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo'lib xizmat etadi Aamda bu xalqlarning qadimdan boshlab yuksak madaniyat egalari bo'lganligini tasdiqlaydi.
Fanning boshqa sohalarida ham o'lmas ilmiy asarlar yaratgan buyuk olimlar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy va ularning davomchilari musiqa nazariyasi ("Ilmi musiqiy" ) bo'yicha xam ilmiy asarlar yaratdilar hamda Sharq musiqa fani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlarning faoliyati Sharq xalqlarida qo'llanilgan musika nazariyasining yuzaga kelishida hal etuvchi axamiyat kasb etadi.
O'rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixi hali yetarli o'rganilmagan. Bu masalani, shu jumladan maqomlarning taraqqiyot yo'lini izchil yoritib beradigan yaxlit asarlar yaratilmagan'. Umuman musiqa madaniyatiga doir tarixiy materiallar turli tillarda yozilgan manbalarda va boshqa xarakterdagi asarlarda sochilgan holdadir. Bu materiallarni to'plab, O'rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati tarixini yaratish esa juda murakkabdir.
Musiqa ilmi bunda matematika fanlarining biri sifatida qaralgan edi. Bunga sabab, musiqani tashkil etgan tovushlar bir-biriga nisbatan ma'lum nisbatda bo'lib, matematikadagi ba'zi qonun-qoidalar vositasi bilan tushuntirilar edi. Dastlab, intervallarni tashkil etadigan tovushlar baland-pastligi darajasi torning uzun-qisqaligi bilan o'lchangan. Bunda tor qismlari geometriya yo'li bilan aniqlanib, uning ma'lum bo'laklaridan turli intervallar chiqarib olinadi. Masalan, ikkini birga nisbati (ya'ni ochiq torning yarmidan Aosil etiladigan tovush uning o'ziga nisbatan) oktava davrajasidagi intervalni tashkil etadi va matematikada 2:1tarzida ifoda etiladi. Xuddi shu ma'noda torning 9 bo'lagining 8 bo'lagiga nisbati - katta sekundani, uning 4:3 nisbati - kvartani, 3:2 nisbati - kvintani, 8:3 - undesimani, 3:1 duodesimani, 4:1 kvintdesimani tashkil etadi. Intervallarning turlari juda ko'p bo'lib, ularning tashkil etgan tovushlar nisbati matematika koidalari asosida tushuntirilar edi. Hatto jins, jam va maqomlarni tashkil etgan ayrim tovush (pog'ona)larning o'zaro nisbatlari raqamlar
vositasi bilan tushuntirilar edi. Shu sababli xam arifmetika, geometriya, astronomiya qatori musiqa ilmi ham matematika fanlaridan biri hisoblanardi.
Navoiy va Jomiy zamonasidagi musiqa madaniyati tarixini o'rganish borasida, musiqa bilan bilvosita bog'liq bo'lgan tarixiy, adabiy xarakterdagi asarlar ham asosiy manbalar sifatida juda katta ahamiyatga ega. Bu asarlarda sozanda, xonanda va bastakorlar nomi, o'sha vaqtlarda iste'molda bo'lgan sozlar, xon saroylaridagi bazmlar, ommaviy sayil va bayramlarda ijro etilgan ashula va raqslar to'g'risida gapiriladi. Sulton Husayn davrida bayramlarda jamiyatning boshqa tabaqalari qatori xunarmandlar ham qatnashib, ko'chalarda va jamoa to'planadigan yerlarda ashula hamda o'yinlar uyushtirardilar.
Ma'lumki, Alisher Navoiy musiqa nazariyasi va amaliyoti masalalariga bag'ishlab, maxsus asar yaratmagan. Uning "Mahbubul qulub" asaridagi sozanda va xonandalarga bag'ishlangan qism bundan mustasnodir. Ulug' san'atkorning musiqa to'g'risidagi fikrlari va musiqaviy-estetik qarashlarini aks tgtiruvchi faktlar uning adabiy, tarixiy va ilmiy xarakterdagi asarlarida sochilgan holdadir. Navoiyning asarlari bilan tanishar ekanmiz, musika san'atiga taalluqli qator masalalarga duch kelinadi. U yirik madaniyat arbobi sifatida, san'atning xamma soAalarini yuksak badiiy did bilan baholay olgan, shu bilan birga musiqa amaliyoti va nazariyasi masalalarida chuqur bilimdon edi. Shuning uchun Aam o'zining asarlarida musika masalalarini chuqur aks tgtirib, musiqaga doir atamalarni ongli ravishda, tushungan holda ishlatadi. Bunday atamalar Navoiy davridagi musiqaning nazariy va amaliy masalalari bilan bog'liq bo'lib, zamonasining musiqaviy Aayotini yoritishda qimmatli manba Aisoblanadi. Navoiy tilga olgan boshqa masalalar ham borki, ularni musiqaga oid boshqa manbalar vositasi bilangina tushunish mumkin. Musiqa cholg'ulari - musiqa madaniyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonini aniqlashda xal etuvchi omillardan xisoblanadi. Musiqa cholg'ulari turli tarixiy sharoitlarda musiqa madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilab beruvchi zo'r, ko'rgazmali manbalardandir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Юнусов Р. ^xoq Ражабов - XX аср MaqoM алломаси. Туплам. Самъатшунослик масалалари. Т., 1998
2. Фитрат А. Учбек классик мусиqаси ва унингтарихи. Т., 1993, 3-бет.
3. ^xoq Ражабов. Устоз na олим. «Ражабийхоплик» илмий-амалий анжуман материаллари. Т. 1994.
4. Успенский В.А. Классическая музыка узбеков. / В кн.: Успенский В.А. Научное наследие. Воспоминания современников / Под ред. И. Акбарова. -Ташкент: Издателство литературы и искусства, 1980. - 380 с.
5. Успенский В.А. Классическая музыка узбеков /Научное наследие. Воспоминания современников. Композиторское твор-во. Писма /Сост. и
WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 1010 [Щ^^^И
авт.проф. И.А. Акбаров. - Ташкент, 1980; Он же. Ауджи тюрк и его рол в развитии народной песни Бухары: там же. - C. 39-46; Он же. Катта ашула: там же. - C. 48- 51.
6. Узбекская классическая, профессионалная музыка устной традиции -маком на уроках музыкалной културы в 5-7 класса/ Методическое пособие для учителей музыкалной културы школ узбекистана /Ташкент - «Мехнат» - 2002
7. Рауф Кадыров. Музыкалная педагогика. Издателство «MUSIQA» Ташкент — 2009
8. Рустамбек Абдуллаев. Обряд и музыка в контексте културы Узбекистана и Централной Азии. Научный редактор - доктор искусствоведения, профессор Н. С.Янов-Яновская.Ташкент 2006.
9. Гордин В. Э., Матецкая М. В. Културные кластеры как генераторы инноваций в развитии туризма в дестинации // Рол туризма в модернизации экономики: сборник научных статей по материалам Международной научнопрактической конференции. - Петрозаводск, 2011. - С. 195-199
10. Акинфеева Е. В. Формирование и развитие регионалных кластеров // Наука. Инновации. Образование. - 2008. - № 7. - С. 177-19
11. Ражабоп Исхоq. Маqомлар масаласига доир. Т., 1963, Узадабийнашр, Г26-бет.
12. К.Б. Холиков. Психолого-социальная подготовка студентов. Социальный педагог в школе: методы работы. Science and Education 4 (3), 545551.
13. К.Б. Холиков. Эволюция эстетики в условиях прогрессивный модели музыкальной культуры, из опыта работы КБ Холикова 30 школы г. Бухары Республики Узбекистан. Science and Education 4 (3), 491-496.
14. К.Б. Холиков. Проблематика музыкальной эстетики как фактическая сторона повествования. Science and Education 3 (5), 1556-1561.
15. К.Б. Холиков. Проблема бытия традиционной музыки Узбекистана. Science and Education 3 (5), 1570-1576
16. К.Б. Холиков. Взаимосвязь музыкального развития, между воспитанием и обучением детей дошкольного образования. Science and Education 3 (2), 12271232.
17. К.Б. Холиков. Место творческой составляющей личности преподавателя музыки и её роль в обучении детей общеобразовательной школе. Science and education 3 (8), 145-150
18. К.Б. Холиков. Отличие музыкальной культуры от музыкального искусства в контексте эстетика. Science and Education 3 (5), 1562-1569.
19. К.Б. Холиков. Пение по нотам с сопровождением и без него по классу сольфеджио в высщех учебных заведениях. Science and Education 3 (5), 13261331.
20. К.Б. Холиков. Значение эстетического образования и воспитания в общеобразовательной школе. Science and Education 3 (5), 1549-1555
21.К.Б. Холиков. Музыкальная педагогика и психология. Вестник науки и образования, 58-61
22. К.Б. Холиков. Неизбежность новой методологии музыкальной педагогике. Science and Education 4 (1), 529-535.
23. К.Б. Холиков. Детальный анализ музыкального произведения. Science and Education 4 (2), 1069-1075
24. К.Б. Холиков. Математический подход к построению музыки разные условия модели построения. Science and Education 4 (2), 1063-1068.
25. К.Б. Холиков. Особенность взаимосвязанности между преподавателем и учащимся ракурса музыки в различных образовательных учреждениях: детском саду, школе, вузе. Science and Education 4 (2), 1055-1062.
26. К.Б. Холиков. Нарастание педагогического процесса посредством тестирования на материале предмета в рамках специальности музыкальной культуры. Science and Education 4 (3), 505-511.
27. KB Kholikov. Передовые формы организации педагогического процесса обучения по специальности музыкальной культуры. Science and Education 4 (3), 519-524.
28. К.Б. Холиков. Психолого-социальная подготовка студентов. Социальный педагог в школе: методы работы. Science and Education 4 (3), 545551.
29. К.Б. Холиков. Эволюция эстетики в условиях прогрессивный модели музыкальной культуры, из опыта работы КБ Холикова 30 школы г. Бухары Республики Узбекистан. Science and Education 4 (3), 491-496.
30. К.Б. Холиков. Перенос энергии основного голоса к другим голосам многоголосной музыки. Science and Education 3 (12), 607-612.