Научная статья на тему 'ISLOM HUQUQINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI'

ISLOM HUQUQINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
2205
184
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islom huquqi / shariat / islom harakati / tizimlashtirish / kodifikatsiya / islomlashuv jarayoni / ijtihod / jamoaviy ijtihod. / Islamic law / Sharia / Islamic movement / systematization / codification / the process of Islamization / ijtihad / collective ijtihad

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Raxmanov, Abdumuxtor Rejjabbaevich

Islom dinining jahon hamjamiyati oldida tutgan o‘rni beqiyosdir. Aholisining ko‘p qismi an’anaviy ravishda islom dinida bo‘lgan O‘zbekistonda ma’rifiy islom g‘oyalari ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash amaliyoti mavjud bo‘lib, bu tendensiyaning sababi, tarixan islom nafaqat din sifatida namoyon bo‘lgan, shuningdek, odamlarning turmush tarzi, tafakkuri, davlat tuzilishi, huquqi, madaniyatining asosi hisoblanib urf – odat sifatida saqlanib qolgan. Maqolada shariat qoidalarining tizimlashtirishga qaratilgan rasmiy va norasmiy urinishlar hakida so‘z boradi. Shuningdek, islom huquqi rivojlanish jarayonida jamoaviy ijtihodning tutgan o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN DEVELOPMENT OF ISLAMIC LAW

The role of Islam in the eyes of the world community is incomparable. In Uzbekistan, where the majority of the population is traditionally Muslim, there is a practice of social support for enlightened Islamic ideas, which is due to the fact that historically Islam was not only a religion, but also the basis of people's way of life, thinking, state structure, law and culture that has been preserved as a custom. The article discusses formal and informal attempts to systematize Sharia law. The role of collective ijtihad in the development of Islamic law is also discussed.

Текст научной работы на тему «ISLOM HUQUQINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

ISLOM HUQUQINING ZAMONAVIY RIVOJLANISHI

Raxmanov Abdumuxtor Rejjabbaevich

Toshkent davlat yuridik universiteti «Xalqaro huquq va inson huquqlari»

kafedrasi dotsenti, y.f.f.d e-mail : rabdumukhtor@mail. ru O'zbekiston, 100047. Toshkent shahri, Sayilgoh ko'chasi, 35.

Tel: (90) 936 11 22, (97) 137 11 22

ANNOTATSIYA

Islom dinining jahon hamjamiyati oldida tutgan o 'rni beqiyosdir. Aholisining ko'p qismi an'anaviy ravishda islom dinida bo'lgan O'zbekistonda ma'rifiy islom g 'oyalari ijtimoiy qo 'llab - quvvatlash amaliyoti mavjud bo 'lib, bu tendensiyaning sababi, tarixan islom nafaqat din sifatida namoyon bo 'lgan, shuningdek, odamlarning turmush tarzi, tafakkuri, davlat tuzilishi, huquqi, madaniyatining asosi hisoblanib urf - odat sifatida saqlanib qolgan. Maqolada shariat qoidalarining tizimlashtirishga qaratilgan rasmiy va norasmiy urinishlar hakida so'z boradi. Shuningdek, islom huquqi rivojlanish jarayonida jamoaviy ijtihodning tutgan o'rni to 'g 'risida to 'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: islom huquqi, shariat, islom harakati, tizimlashtirish, kodifikatsiya,islomlashuv jarayoni, ijtihod,jamoaviy ijtihod.

СОВРЕМЕННОЕ РАЗВИТИЕ ИСЛАМСКОГО ПРАВА

Рахманов Абдумухтор Режжаббаевич

Ташкентский государственный юридический университет, доцент кафедры «Международного права и прав человека», к.ю.н. e-mail : rabdumukhtor@mail.ru Республика Узбекистан, 100047. г. Ташкент, ул. Сайилгох, 35.

Тел: (90) 936-11-22, (97) 137 11 22

АННОТАЦИЯ

Роль ислама в глазах мирового сообщества несравнима. В Узбекистане, где большинство населения традиционно составляет мусульмане, существует практика общественной поддержки просвещенных исламских идей, что связано с тем, что исторически ислам был не только религией, но и основой образа жизни людей, их мышления, государственного устройства, права и культуры, которая сохранилась как обычай. В статье рассматриваются формальные и неформальные попытки систематизировать правила шариата.

334

Scientific Journal Impact Factor

Также обсуждается роль коллективного иджтихада в развитии исламского права.

Ключевые слова: исламское право, шариат, исламское течение, систематизация, кодификация, процесс исламизации, иджтихад, коллективный иджтихад.

MODERN DEVELOPMENT OF ISLAMIC LAW

RakhmanovAbdumukhtorRejjabbaevich

Tashkent State University of law, Associate Professor of the Department of «International Law and Human Rights», Doctor of Philosophy law.

The role of Islam in the eyes of the world community is incomparable. In Uzbekistan, where the majority of the population is traditionally Muslim, there is a practice of social support for enlightened Islamic ideas, which is due to the fact that historically Islam was not only a religion, but also the basis of people's way of life, thinking, state structure, law and culture that has been preserved as a custom. The article discusses formal and informal attempts to systematize Sharia law. The role of collective ijtihad in the development of Islamic law is also discussed.

Keywords: Islamic law, Sharia, Islamic movement, systematization, codification, the process of Islamization, ijtihad, collective ijtihad.

Bugungi kunda islom dini dunyodagi ikkinchi yirik din hisoblanadi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, dunyodagi islom diniga e'tiqod qiluvchilarning umumiy soni ikki milliard kishiga yetgan. [1].

Islom jamoalari mavjud bo'lgan dunyoning bir yuz yigirmadan ortiq mamlakatlarida musulmonlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Jahon huquq tartibining zamonaviy islom konsepsiyasi, asosan, islom uchun an'anaviy bo'lgan huquqiy tushunchalarni hisobga oladi, bunda huquq axloqiy va diniy me'yorlar bilan chambarchas bog'liq.

Islom huquqi me'yorlari va axloqiy va diniy qoidalar yagona diniy -huquqiy tizimni - islom huquqini tashkil qiladi. U umumiy huquqiy ko'rsatmalar va xulq -atvor qoidalarini belgilaydi, ular xalqaro huquq sohasiga ham ta'sir qiladi. Biroq,

e-mail: rabdumukhtor@mail. ru

35 Sayilgoh, Tashkent, 100047, Uzbekistan. Tel: (90) 936-11-22, (97) 13711 22

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

islom huquqining o'ziga xos me'yorlari tashqi siyosat va xalqaro huquqiy tartibga solish sohasiga avtomatik ravishda o'tkazilmaydi.

Islom ulamolari nazarida bu musulmonlarning turmush tarzi, tafakkuri, mehnat va mulk muvozanatidir. Payg'ambarimiz Muxammad (SAV): "Oqni qoradan, arabni arab bo'lmagandan ustun emas", "Hamma odamlar birodarlar, ular yagona Alloh olida tengdirlar" degan so'zlarini odil va ahloqiy tizim sifatida qabul qilish mumkin.

Aholisining ko'p qismi an'anaviy ravishda islom dinida bo'lgan O'zbekistonda ma'rifiy islom g'oyalari ijtimoiy qo'llab - quvvatlash amaliyoti mavjud. Gap shundaki, tarixiy sabablarga ko'ra, islom nafaqat din sifatida namoyon bo'lgan, shuningdek, odamlarning turmush tarzi, tafakkuri, davlat tuzilishi, huquqi, madaniyatining asosi hisoblainib urf - odat sifatida saqlanib kolgan.

O'zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining zamonaviy bosqichi konstitutsiyaviy asosida demokratik, huquqiy dunyoviy jamiyatni shakllantirishda mahalliy va xorijiy tajribaga tayanadi.[3]. Umuman olganda Konstitutsiya jahon sivilizatsiyasining eng katta yutug'idir. U tarixiy rivojlanish va milliy mentalitetga qarab davlat shaklining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi, davlat va din o'rtasidagi insonparvar huquqiy munosabatlarni rivojlantiradi.

"Biz islom madaniyati buyuk merosining vorisimiz ... Biz diniy jaholatga qarshi kurash haqida ko'p gapiramiz, lekin biz buning uchun hamma narsani qilmaymiz ... Islomning haqiqiy insonparvar mohiyatini yetkazish uchun yanada kerakli ishlarni amalga oshiramiz". - degan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh Mirziyoev.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy davrda islom huquqining rivojlanishi, uning xarakterli xususiyatlari islomlashuv tendensiyalarining kuchayishi va ba'zi islom davlatlarining huquqiy tizimlarining an'anaviy kelib chiqishiga qisman qaytishi bo'lib, yigirmanchi asr ikkinchi choragidan boshlab to hozirgi kungacha tarixiy davrni qamrab oladi.

Keyingi davrlarda islom huquqi rivojining asosiy shart-sharoitlari avvalroq sodir bo'lgan va islom olamida nafaqat ijtimoiy-siyosiy inqirozga, balki diniy tafakkur inqiroziga ham sabab bo'lgan voqealar edi.

Islom huquqi me'yorlarini qayta ko'rib chiqishga eng katta ta'sir ko'rsatgan voqea musulmon mamlakatlarining mustamlaka qilinishi bo'ldi, buning natijasida islom huquqi amaliy sohadan butunlay yoki qisman chetlashtirilib, dunyoviy huquq bilan almashtirila boshlandi. 1860 yilda Hindistonda, 1899 yilda Sudanda, 1918 yilda

[2].

[3].

Scientific Journal Impact Factor

Iroqda, 1914 yilda Tunisda, 1874 yilda Marokash va Jazoirda, 1924 yilda Usmonli imperiyasida va hokazo. [4]

Yuqoridagilami ta'sirida islom olamining turli mintaqalarida musulmonlarning birlashishi va tiklanishini targ'ib qiluvchi islom harakati shakllana boshlaydi. Bu harakat taqliddan voz kechish, ijtihod (qonun ijodkorligi) eshiklarini ochish g'oyasiga asoslangan edi. Biroq, bu harakat izdoshlarining ko'pchiligi mazmunli natijaga erishib, mantiqiy xulosaga kelishmagan. Shunga qaramay, islom qonunchiligiga islom huquqining klassik tamoyillari va normalariga moslashtirishga urinishda namoyon bo'lgan islomlashuv jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.

Klassik islom huquqining ta'siri bu davlatlar fuqarolarining huquqiy mafkurasi, huquqiy madaniyati, huquqiy ongi va huquqiy mentalitetiga ko'proq yaqqol ko'zga tashlanadi Shunga qaramay, shariatning yagona to'g'ri huquqiy tizim sifatidagi g'oyasi ilohiyotchilar va fakixlarning diniy qismini jonlantirishda davom etdi. Bu g'oya ta'lim tizimini isloh qilish, shariat qoidalarini tizimlashtirishga urinishlar, entsiklopediyalar va atamalar lug'atlari kabi ilmiy ommabop asarlar yaratish, jamoaviy ijtihod g'oyasini amalga oshirishga urinishlarda o'z ifodasini topdi.

Al-Azhar universiteti birinchi islohotchilardan edi. Keyinchalik, 1923 yilda Damashq universitetida huquq fakulteti tashkil etilgan bo'lib, uning dasturlarida shariat muammolari ochib berilgan, 1945 yilda butunlay alohida fakultet tashkil etilgan. [5]. 1958 yilda Bag'dodda davlat universiteti tashkil etilgan bo'lsa, undan oldin 1946 yildan alohida shariat fakulteti mavjud edi. 1961 yilda fakultet ushbu universitet tarkibiga kiritildi.

Xuddi shu narsa Iordaniyada ham sodir bo'ldi, universitet 1962 yilda, shariat fakulteti 1964 yilda tashkil etilgan va u faqat 1971 yilda ushbu universitet tarkibiga kirdi [6]. Ulardan keyin 1967 yilda Quvaytda, 1965 yilda Sudanda (Umm Darman universitetida) shariat fakultetlari ochildi. Saudiya Arabistonida Imom Muhammad bin Saud universiteti, Umm al-Qur'a universiteti va Madina universitetida uchta fakultet ochildi.

Islom huquqining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatgan yana bir amaliy qadam bu shariat qoidalarining tizimlashtirish ishlarini yo'lga qo'yish bo'ldi. Islom huquqi tarixida tizimlashtirishga qaratilgan rasmiy va norasmiy urinishlar farqlanadi.

Shariat qonunlarining rasmiy tizimlashtirishga kelsak, bu ularga teologik va huquqiy asosga ega bo'lgan fuqarolik masalalarini tizimlashtirish va tuzish imkonini berdi. Tizimlashtirish jarayoni ko'rib chiqilayotgan davr doirasidan oldinroq boshlangan va "Al-Majalla" matnini tuzish bilan bog'liq bo'lgan.

Scientific Journal Impact Factor

Norasmiy tizimlashtirish Muhammad Qadri Posha (1886-1951) , Muhammad Amir va Ahmad ibn Abdulloh al-Qoriy al-Makkiy kabi olimlarning tizimlashtirishga urinishlarini o'z ichiga oladi. Muhammad Qadri Posha o'z asarini uch jildda rasmiylashtirgan: - fuqarolik munosabatlari (941 modda), - fuqarolik holati (647 modda) va - vaqflar (646 modda). Ushbu me'yorlar hanafiy mazhabiga asoslangan.

Muhammad Amirning asari to'rt qismdan iborat bo'lgan: - sud ishlari, oila huquqi va fuqarolik holati, fuqarolik munosabatlari va vaqflar, va meros huquqi. Umumiy soni 928 ta modda bo'lib, ular Molikiy mazhabi qoidalariga asoslanadi. Va nihoyat, Ahmad ibn Abdulloh al-Qoriy al-Makkiy, uning to'plami yigirma bir kitob, jumladan, 2382 ta moddadan iborat bo'lib, hanbaliy qonuniga asoslanadi [7].

Norasmiy kodifikatsiya ko'proq nazariy xususiyatga ega bo'lishiga qaramay, keyinchalik u amaliy qo'llanilishini topdi. Muhammad Kadri Posha asarlari asosida Misr, Suriya, Quvayt va boshqa davlatlarning fuqarolik kodeksi matnlari tayyorlandi.

Islom huquqi taraqqiyotining zamonaviy davrining o'ziga xos xususiyati jamoaviy ijtihoddir. Jamoaviy ijtihod quyidagi sabablarga ko'ra mumkin va dolzarb bo'lib qoldi:

birinchidan, eng mashhur ilohiyot va fikx olimlarini bir joyda osonlik bilan to'plash imkonini yaratgan yuqori tezlikdagi transport turlari,

ikkinchidan, aloqa vositalari va imkoniyatlarining takomillashgani. ilohiyotchilar o'rtasida axborot almashish uchun zamonaviy elektron qurilmalardan foydalanish,

uchinchidan, musulmonlarning Yevropa, Amerikaga ko'chishi musulmonlar uchun G'arb jamiyatiga integratsiyalashuvning yangi muammolarini keltirib chiqardi.

Jamoaviy ijtihodni amalga oshirish ilmiy markazlar tashkil etish, turli xalqaro konferensiyalar o'tkazish va diniy maslahat organlarini tashkil etish orqali amalga oshirildi. Ulardan eng muhimi Al-Azhar universitetining Islom tadqiqotlari markazidir [8]. Mazkur ilmiy-tadqiqot markazi 1961 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Markazda to'rtta komissiya tashkil etilgan bo'lib, ularning har biri ilohiyotning ma'lum bir yo'nalishi bo'yicha ixtisoslashgan: Qur'on va Sunna komissiyasi, Fiqh tadqiqotlari komissiyasi, Islom merosi komissiyasi va gumanitar tadqiqotlar komissiyasi.

Bundan tashqari bir qancha turli markazlar tashkil etilgan va faoliyati asosan islom dini va huquqiga yo'naltirilgan. Keyingi maslahat diniy organi Islom Olami Ligasi qoshidagi Makkadagi Fiqh tadqiqot markazidir [9]. Ushbu markazning asoschisi Jahon islom tashkiloti bo'lib, markaz 1978-yilda tashkil etilgan. Markaz

Scientific Journal Impact Factor

faoliyati ko'proq islom huquqining turli hududlardagi musulmonlar uchun dolzarb bo'lgan masalalarini hal etishga qaratilgan.

Markaz tomonidan o'rganilayotgan muammolar qatorida bank ishi, lotereyalar, sug'urtaning turli turlari, islom dini talablari asosida zamonaviy iqtisodiy faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq masalalar bor.

Yana bir tashkilot - Jidda shahridagi Islom huquqi markazi 1981- yil Islom Konferensiyasi Tashkiloti [10] tomonidan navbatdagi yig'ilishi natijalariga ko'ra tashkil etilgan. Markaz oldiga ikkita asosiy vazifa - shariat qonunlarini hayotga tatbiq etish orqali musulmonlarning g'oyaviy-amaliy birligini ta'minlash, -musulmonlar uchun dolzarb muammolarni o'rganish va yechimini topish vazifasi yuklatildi.

Navbatdagi tashkilot - Musulmon Olimlari Xalqaro Ittifoqi 2004-yilda Londonda (shtab-kvartirasi Dohada joylashgan) tashkil etilgan xalqaro islomiy nodavlat tashkilotdir. Tashkilot filiallari Osiyo, Afrika, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerikaning yetmishdan ortiq mamlakatlarida joylashgan. Tashkilot islom dini va huquqi o'ziga xosligini saqlab qolish, mo'tadillik g'oyalarin yoyish va radikalizmga qarshi kurashish, eng muhim masalalarni hal etishda musulmon ilohiyotchi va fakixlarining intellektual salohiyatini birlashtirish[11], turli mintaqalardagi musulmon ozchiliklar muammolarini hal etish, tinchlik, yaxshi qo'shnichilik, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash kabi maqsadlarni ko'zlaydi. [12].

XX asrning ikkinchi yarmi - XXI asr boshlarida migratsiya jarayonlarida Yevropa va Shimoliy Amerikada musulmonlar sonining sezilarli darajada oshishiga olib keldi, bu esa tegishli diniy tashkilotlarning tashkil etilishiga olib keldi. Fatvolar va tadqiqotlar bo'yicha Yevropa kengashi va Shimoliy Amerika Fiqh Kengashi shular jumlasidandir.

Bundan tashqari zamonaviy konferensiyalarga kelsak, ulardan eng muhimi 1937-yilda Gaagada bo'lib o'tgan Xalqaro qiyosiy huquq kongressi bo'lib, unda mashhur islomshunos olim Mahmud Shaltut (1893-1963) al-Azharning 43- shayxi ishtirok etgan. U islom huquqshunosligida jinoyat va fuqarolik huquqi masalalari, shuningdek, shariat va romano-german huquqiy tizimi o'rtasidagi munosabatlarga bag'ishlangan ma'ruzasi bilan ishtirok etgan. Ushbu konferensiya natijasida islom huquqi nafaqat mustaqil huquqiy tizim, balki zamonaviy huquq tizimining asoslaridan biri sifatida ham e'tirof etilgan.

1976-yil 24-oktabrda Saudiya Arabistoni poytaxti Riyozda islom huquqi bo'yicha birinchi islom konferensiyasi bo'lib o'tdi. Anjumanda dunyoning 26 davlatidan 124 nafar fakix olimlar va qozilari ishtirok etib, 60ta dan ortiq ma'ruzalar

Scientific Journal Impact Factor

tinglandi. Konferensiya doirasida ijtihod muammolari, shariat jinoyati me'yorlarini qo'llash, islom sud tizimi, shariat normalarini amalda qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari, islom huquqiy tafakkurining o'ziga xosliklari, islom iqtisodiy tizimi kabi masalalar haqida so'z yuritildi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, zamonaviy islom huquqi o'z ahamiyatini yo'qotmagan va rivojlanishda davom etayotnagiga guvox bo'lamiz.. Shu bilan birga zamonning yangi masalalari ilohiyot va fiqx olimlari oldiga islom ummati hali duch kelmagan muammolar bo'yicha izlanish va qarorlar qabul kilish turibdi. Bu masalalarning ba'zilari yangi sharoitlarda ibodat va munosabat qilishning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq, masalan, samolyotda, kosmik stansiyada namoz o'qish, ro'za tutish paytida ba'zi turdagi dorilarni qo'llash kabilardir.

Yangi masalalardagi savollarning yana bir qismi iqtisodiy munosabatlar bilan bog'liq bo'lib, xususan, islom sug'urtasi, lizing, ipotekaning xususiyatlari bilag bog'liq. Ulardan tashqari, ilohiyotchilar klonlash, evtanaziya va boshqa ko'plab tushunchalarga ham e'tibor berishdir. COVID-19 virusi bilan bog'liq karantin choralariga oid bir qator fatvolar mavjud. Bu muammolarni hal qilish uchun musulmon mamlakatlari hukumatlari, jamoat va ilmiy tashkilotlar yangi ish uslublariga murojaat qiladilar, davra suhbatlari, anjumanlar o'tkazish tashabbusi bilan chiqishadi, turli diniy kengashlarda faol qatnashadilar. Mamlakatimizda ham ushbu masalalarga etibor berish va keng ommaga yetkazish maqsadga muofiqdir deb o'ylaymiz.

Bu jarayon doirasida ta'lim tizimini va islom fiqxi masalalarini doimiy modernizatsiya qilish, ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish, islom huquqiy merosini qayta baholashga harakat qilish davr talabidir. Islom huquqining zamonaviy dolzarb masalalarini hal qilish uchun konferensiyalar va islom huquqi haftaliklari o'tkazilmoqda. So'nggi yillarda O'zbekiston fikhiy olimlari ham bu jarayonlarda tobora faol ishtirok etib, zamon talabiga javoban diniy qarorlar qabul qilishda o'z hissalarini qo'shishini yanada takomillashtirish lozimdir .

REFERENCES

1. Raxmanov A., Yunusov X., Qaratash M. Islom huquqi darslik. -Toshkent: TDYU, 2021 -28 b.

2. Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi' as-sahih" asari. - Toshkent: «Hilol-nashr» nashriyot, 2019. -356 b.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

3. Аллаберганова Н., Камалова Д. Процессуальные гарантии адвоката //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 4/S. - С. 63-68.

4. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йил 19 сентябрь куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида сузлаган нущи [Электрон манба] URL:https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-а88ашЬ1еуав1-20-09-2017й.(Мурожаат санаси:05.01.2022 йил)

5. Ал-Бадавий Ю. Маддал ал-фикх ал-исламий ва усулуху. Оман: Дар ул-Хамид; 2007. -360 б. (араб тилида).

6. Ал-Бадавий Ю. Маддал ал-фикд ал-исламий ва усулуху. Оман: Дар ул Хамид; 2007. -263 б..

7. Ал-Бадавий Ю. Маддал ал-фикд ал-исламий ва усулуду. Оман: Дар ул Хамид; 2007. -268 б.

8. Адыгамов Р. Islamic law in modern times. // Islamic studies. 2020. 13(2):349 Р-362. (инглиз тилида).

9. Исламский исследовательский центр университета аль-Аздар. [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http://www.аzhar.еg/magmaa (дата обращения: 29.12.21).

10. Адыгамов Р. Исламское право в новейшее время. // Islamic studies. 2020;13(2): Р- 349-362.

11. Исследовательский центр по вопросам фикда в Священной Мекке при Всемирной исламской организации. [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http://аr.thеmwl.оrg (дата обращения: 29.12.21).

12. Алмосова Ш. Защита прав интеллектуальной собственности по Конституции и государственным программам //Review of law sciences. - 2020. -Т. 2. - №. Спецвыпуск.

13. Центр исламского права в Джидде. [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http : //www. iifa- аЛ1ощ (дата обращения: 29.12.21).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.