Научная статья на тему 'ISLOM DUNYOSIDA AYOLLAR HUQUQLARI'

ISLOM DUNYOSIDA AYOLLAR HUQUQLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayol / erkak / nikoh masalasi / adolat / din / oila / tenglik / zo’ravonlik / talim / meros. / woman / man / marriage issue / justice / religion / family / equality / violence / education / inheritance.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Valiyev, Lochin Azamatovich, Abduqayumova, Feruzaxon Rayimjon Qizi

Islom dinida ayollar haqidagi tushunchalar, ularning huquqlari, oilada tutgan o’rni va oiladagi vazifalari. Islom dini kirib kelishidan oldin ayollarga nisbatan ularni huquqlarini kamsitish. Ayollarga nisbatan zo’ravonlik. Islom dinida nikoh masalasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WOMEN'S RIGHTS IN THE ISLAMIC WORLD

Concepts of women in Islam, their rights, their role in the family and their duties in the family. Discriminating the rights of women before the introduction of Islam. Violence against women. The issue of marriage in Islam.

Текст научной работы на тему «ISLOM DUNYOSIDA AYOLLAR HUQUQLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ISLOM DUNYOSIDA AYOLLAR HUQUQLARI

Valiyev Lochin Azamatovich

Toshkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti Tel:+998946227632 e-mail:valiyevl33@gmail.com

Abduqayumova Feruzaxon Rayimjon qizi

Toshkent davlat transport universiteti "Xalqaro huquq" kafedrasi talabasi Tel:+998942083513 e-mail: : feruzaxonabduqayumova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Islom dinida ayollar haqidagi tushunchalar, ularning huquqlari, oilada tutgan o'rni va oiladagi vazifalari. Islom dini kirib kelishidan oldin ayollarga nisbatan ularni huquqlarini kamsitish. Ayollarga nisbatan zo'ravonlik. Islom dinida nikoh masalasi.

Kalit so'zlar: ayol, erkak, nikoh masalasi, adolat, din, oila, tenglik, zo'ravonlik, talim, meros.

ABSTRACT

Concepts of women in Islam, their rights, their role in the family and their duties in the family. Discriminating the rights of women before the introduction of Islam. Violence against women. The issue of marriage in Islam.

Key words: woman, man, marriage issue, justice, religion, family, equality, violence, education, inheritance.

KIRISH

Islom dinimizda har bir insonning jamiyatda o'ziga yarasha o'rni va hurmati bor ekanligi bayon etilgan. Shunungdek bugungi zamonaviy dunyoda ham har bir shaxs o'z o'rni va o'z huquqlariga ega. Islom dinimizda ayollarga va erkaklarga birdek tenglik bilan muomala qilinadi.

Ammo johiliyat davrida ayollarni kamsitish holatlari ko'p kuzatilgan. Islom dini paydo bo'lishidan oldin ayollarga zulm qilish, ularni odam o'rnida ko'rmaslik, meros masalalarida ularni chetlab o'tish hamda ta'lim olishda ham cheklovlar bo'lgan. Shuningdek johiliyat davrida ayollarga shu darajada past nazar bilan qaralganki, ularni yoshlik paytidayoq tiriklayin ko'mish holatlari ham kuzatilgan chunki ular uchun qiz farzand dunyoga kelishi isnod hisoblangan.

Research BIB / Index Copernicus

Islom dini taraqqiy etishni boshlagandan so'ng ayollarga e'tibor oshdi, yani ular erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lganlar. Shuningdek muqaddas kitobimiz Qur'oni karimning katta suralaridan biri "Niso" ("Ayollar") deb nomlangan va Qur'oni karimning 35 ta sura va 100 dan ortiq oyatlarida ayol so'zi ishlatilgan.

Alloh taolo "Niso " surasida bunday marhamat qiladi: Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig'i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba'zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o 'z oilasiga) o Z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir..." (Niso surasi 34-oyat).

Ushbu oyatda Alloh taollo soliha ayolning sifatlarini sanab o'tgan va shuningdek soliha, itoatkor ayolga nisbatan zulm qilmaslikni ham takidlab o'tgan.

Islom dini jamiyatni o'zgartirdi ayol qizlarga ko'plab imkoniyatlar berdi. Ularga nisbatan zo 'ravonliklar, ularni kamsitish, shuningdek ularning huquqlarini cheklash holatlari anchagina kamaydi. Islomda ayollarga berilgan huquqlarning yana bir muhim jihati ularning ta'lim va ilm-fandagi ishtirokidir. Islom madaniyati va an'analari ta'lim va ilm-fanni qo'llab-quvvatlaydi va rag'batlantiradi va Islomda ayollar ta'lim olishda keng imkoniyatlar va huquqlarga ega. Bunday ayollarga 9-10-asrlarda yashagan Alisiya Al-Xannu yoki Fotima al-Fihriy kabi mashhur olim va faylasuflarni misol qilib keltirish mumkin. Alisiya Al-Xannu matematik va astronom bo'lgan, shuningdek, 20-asr boshlarigacha islom olamida qo'llanilgan kalendarni ishlab chiqqan. Fotima al-Fihriy hozirgacha musulmon olamidagi yetakchi ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Fez universitetining asoschisi edi. Bugungi zamonaviy dunyoda ham ko'plab musulmon ayollar oliy ma'lumotga ega bo'lib, siyosat, biznes, tibbiyot va huquq kabi turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular musulmon jamiyatlari va iqtisodlari rivojida muhim rol o'ynaydi va ularning hayotning turli sohalariga qo'shgan hissasini e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotchilar Islomga ko'ra ayollar XX asrgacha bo'lgan ba'zi G'arb mamlakatlariga qaraganda ko'proq huquqlarga ega ekanligini ta'kidlaydilar. Masalan, fransuz qonunchiligiga muvofiq ayollarning huquq layoqatini cheklash faqat 1965-yilda bekor qilingan. Garvard universitetining huquqshunos professori Noa Fildman, qayd etadiki: inglizlar barcha mamlakatlarda bo'lgani kabi, o'z qonunlarini musulmonlarga ham qo'lladilar, maqsad esa bitta edi-ayolni islom qonunlari bergan huquqlaridan mahrum qilish. Buni gender tengligi yo'lidagi rivojlanish deb atash mushkuldir1.

^SLOM DINIDA AYOLLARNI EHTIROM QILISH BORASIDA KELGAN HADISI SHARIFLAR. Proceedings of International Conference on Modern Science and Science Studies, 2(12), 579-584. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icmsss/article/view/3347

Research BIB / Index Copernicus

Nikoh masalariga to'xtaladigan bo'lsak, islomda ayolning nikoh huquqi, ya'ni erga tegish va ajrashish (taloq) huquqi mavjud. Islom dini kirib kelishidan avval, qizlarni majburan turmushga berishgan. Ammo Islom dini buni qoralaydi va nikoh ayol roziligi majburiy bo'lgan "shartnoma" sifatida ko'riladi. Shu bilan birga, ayol erining zimmasida ta'minot va himoya bilan bog'liq majburiyatlarga ega. Islom huquqiga ko'ra nikohning haqiqiyligi quyidagi 4 shartning uyg'unligi bilan belgilanadi:

Oila (urug'-aymog') g'ururi va nomusini sharmanda qilgan ayollarni o'ldirish or-nomus qotilligi deb ataladi. Bunday qotilliklar ba'zi musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan bo'lsada, boshqa mamlakatlarda ham sodir bo'ladi. Ayrim musulmon ulamolari bu qotilliklar Islomga hech qanday aloqasi bo'lmagan an'ananing bir qismi, xolos, deb ta'kidlaydilar. Eron va kurd ayollarining huquqlarini himoya qilish tashkiloti hisobot e'lon qildi. Bunga ko'ra 2010-yilda 2829 yosh ingliz musulmon ayollari kaltaklangan, kislota bilan azoblangan, o'g'irlangan yoki o'ldirilgan. Bu ayollarning kelib chiqishi asosan, Pokiston, Hindiston va Bangladeshdan3. Shu o'rinda Rasululloh (s.a.v.) hadislaridan misollar keltirib o'tsak: "Ey insonlar, ayollar haqlariga rioya etingiz. Ular bilan mehr-shafqat ila muomalada bo'lingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qo'rqingiz! Ayollar sizlarga Allohning omonatidir, ularni Alloh nomi bilan oldingiz. Ular amri ilohiy ila sizlarga halol bo'ldi. Sizlarning xotinlaringiz ustida haqlaringiz bo'lgani kabi, xotinlaringizning ham sizlarda haqlari bor"4.

Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki ayollarga nisbatan zulm qilish qoralanadi. Ammo, bugungi kunda ko'pchilik bu masalaga yuzaki qaragan holda ayollarga nisbatan tazyiq va zo'ravonliklar ko'payib borayotgani barchamizga ma'lum. Bularning bari huquqiy ong va huquqiy madaniyatning darajasi past ekanligidan dalolat beradi.

Ma'lumki, insoniyat doimo har tomonlama mukammallikka intilib kelgan. Lekin, afsuski, jamiyat bir maromda rivojlanmaydi. Ba'zan taraqqiyot turli urush va zo'ravonliklar bilan o'rin almashib keladi. Umuman olganda, zo'ravonlik ham aynan mana shunday buzilish holatlaridan biri sanaladi. Zo'ravonliksiz jamiyat mukammal

2 https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/huquqshunoslik/islom-huquqida-oila-nikoh-va-meros-masalalari

3 ISLOM DINIDA AYOLLARNI EHTIROM QILISH BORASIDA KELGAN HADISI SHARIFLAR. Proceedings of International Conference on Modern Science and Science Studies, 2(12), 579-584. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icmsss/article/view/3347

4 https://m.kun.uz/news/2018/11/27/islom-aelni-ezozlagan-din-din-islari-buiica-kumita-aellarni-ezozlasga-cakirmokda

1. Bevosita monelik qiladigan holatlarning yo'qligi;

2. Muayyan shaxslarning roziligi;

3. Mahrning belgilanishi;

4. Rasmiy qoidalarga rioya etilishi2.

Research BIB / Index Copernicus

jamiyat bo'lardi. Shu sababli zo'ravonlik hodisasini ijtimoiy va individual hayotning ajralmas elementi sifatida ilmiy jihatdan o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

A.A.Guseinov va R.A.Apresyan kabi bir qator olimlarning fikricha: "Zo'ravonlikning mohiyati odamlar o'rtasidagi iroda erkinligini yo'q qilish jar ayoni bo'lib, bir tomonning kuch ishlatish va tashqi majburlash yo'li bilan o'z irodasini boshqalarga yuklashidir" Zo'ravonlik va tazyiq tushunchasini har tomonlama o'rganish va ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday munosabatlar doimiy ravishda davlatlar, millatlar, alohida guruhlar, shaxslar va oila a'zolari o'rtasida sodir bo'lishi kuzatiladi.

Ayollardagi jismoniy zaiflik qoralanmaydi. Chunki ular bunga aybdor emas. Qalblarining nozikligi, his-tuyg'ularining kuchliligi esa, mo'tadil bo'lsa, maqtovga loyiqdir. Bu narsa ulardagi latofat va go'zallikni ziyoda qiladi. Payg'ambarimiz alayhissalom ayollardagi mana shu zaiflikni doim e'tiborga olar va ularni himoya qilishga haris edilar. Hatto vidolashuv hajlaridagi mashhur xutbada ham, ayollarga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lishni qayta-qayta vasiyat qildilar. U Zot alayhissalom ayollariga qo'l ko'tarmadilar, ularga yaxshilik qilishda ummatga ibrat bo'ldilar va shu ishga targ'ib qildilar: "Yaxshilaringiz - oila ahliga yaxshi bo 'Iganidir. Men - ahli ayoliga eng yaxshingizman ".

Endi esa hozirgi davrda ayollar huquqlariga ham biroz to'xtalib o'tsak. Bugungi zamonaviy davrga kelib ayollarga bo 'lgan e'tibor oshdi, ularga yangidan yangi imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda va ularning huquqlari ham kafolanmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 4-yanvardagi 4-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-noyabrdagi "Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o'rtasida tadbirkorliknir rivojlantirish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 919-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi "Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to'liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 285-son qarorini e'tirof etish mumkin5. Shunungdek, 11-sentyabr 2023-yildagi PF-158-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasining 25-maqsadida Gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish to'g'risida ko'plab qarorlar, qonunlar qabul qilindi. Ushbu

5 https://uzmarkaz.uz/news/ozbekistonda-ayollar-huquqlarini-himoya-qilishning-huquqiy-asoslari

Research BIB / Index Copernicus

qonun va qarorlarning barida ayollar huquqlari mustahkamlangan. Bular faqat O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan hujjatlar bo'lsa xalqaro miqyosda ham shu kabi ko'plab qonunchilik hujjatlari qabul qilingan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, islom dinida ayollar huquqlariga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, ular inson qadr-qimmatini himoya qilish va ijtimoiy adolatni ta'minlashga yo'naltirilgan. Islom dini kelgandan so'ng, o'sha davrning odatlariga zid ravishda ayollar huquqlari yaxshilandi va ular jamiyatda hurmat qozonishdi.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. http://old.muslim.uz/index.php/ayollar-sahifasi/item/2440-aiollar-islom-nigo-ida. J. Hamroqulov "Islom ayollar nigohida".

2. https://uzmarkaz.uz/news/ozbekistonda-ayollar-huquqlarini-himoya-qilishning-huquqiy-asoslari

3. ISLOM DINIDA AYOLLARNI EHTIROM QILISH BORASIDA KELGAN HADISI SHARIFLAR. Proceedings of International Conference on Modern Science and Science Studies, 2(12), 579-584. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icmsss/article/view/3347

4. https://m.kun.uz/news/2018/11/27/islom-aelni-ezozlagan-din-din-islari-burica-kumita-aellarni-ezozlasga-cakirmokda

5. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/huquqshunoslik/islom-huquqida-oila-nikoh-va-meros-masalalari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.