Научная статья на тему 'IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARNI YURIDIK TAHLILI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR'

IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARNI YURIDIK TAHLILI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
15
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoyat / huquq / iqtisodiy jinoyat / oldini olish / tovlamachilik / firibgarlik / o‘g‘irilik / bosqinchilik / talonchilik / o‘zlashtirish / rastrataqilish / Ichkiishlarorganlari / Boshprokratura / huquqiy ong

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Jumaqulov Og‘abek Alisher O‘g‘li, G‘aniyev Farrux Taxirjanovich

Ushbu maqolada iqtisodiy jinoyatlarning turlari va asosiy tushunchalar, ularning yuridik tahlili haqida qisqacha ma’lumotlar va ularni oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining asosiy yo‘nalishlari, faoliyat yo‘nalishlari va hozirgi texnalogik jarayonlarda iqtisodiy jinoyatlarning xavflilik darajasi ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARNI YURIDIK TAHLILI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR»

IQTISODIYOT SOHASIDAGIJINOYATLARNIYURIDIK TAHLILI BILAN BOG'LIQ AYRIM MULOHAZALAR Jumaqulov Og'abek Alisher o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quvkursi 321-guruh kursanti G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston, e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X https://doi.org/10.5281/zenodo.14604035

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 2ndJanyary 2025 Accepted:4th January 2025 Published:6th January 2025 KEYWORDS

Ushbu maqolada iqtisodiy jinoyatlarning turlari va asosiy tushunchalar, ularning yuridik tahlili haqida qisqacha ma'lumotlar va ularni oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarining asosiy yo'nalishlari, faoliyat yo'nalishlari va hozirgi texnalogik jarayonlarda iqtisodiy jinoyatlarning xavflilik darajasi ko'rsatib o'tilgan.

jinoyat, huquq, iqtisodiy jinoyat, oldini olish, tovlamachilik, firibgarlik, o'g'irilik, bosqinchilik, talonchilik, o'zlashtirish, rastrata qilish, Ichki ishlar organlari, Bosh prokratura, huquqiy ong

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi. Mulk mutloq dahlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo'riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi. Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. Ijtimoiy jinoyatlarga: 1) o'zgalar mulkini talon-toroj qilish; 2) o'zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlar; 3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar; 4) xo'jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi. Moddiy ne'matlar va mehnat mahsuli bo'lgan boyliklarni taqsimlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlardan eng xavflisi o'zgalar mulkini talon-toroj qilish hisoblanadi. O'zgalar mulkini o'zlashtirish usuliga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi JKda talon-toroj qilishning: bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o'zlashtirish (rastrata), firibgarlik, o'g'rilik kabi shakllari ajratilgan (164—169-moddalar). Talon-torojning predmeta moddiy qiymati, pul bahosiga ega bo'lgan va o'zgalar mulki hisoblangan pul, qimmatbaho qog'ozlar va sh.k.dir. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoyatlarga aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan mulkiy zarar yetkazish, jinoiy yo'l bilan topilgan mulkni olish yoki o'tkazish, mulkni qo'riqlashga vijdonsiz munosabatda bo'lish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, axborotlashtirish qoidalarini buzish kabi qilmishlar kiradi (O'zbekiston Respublikasining JK, 170—174-moddalar). Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar sirasiga O'zR manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, qalbaki pul yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish, valyuta bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, chet el valyutasini yashirish, soxta tadbirkorlik, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, bojxona to'g'risidagi qonunlarni buzish, rangli metallar, ularning parcha va rezgichiqitlarini tayyorlash,

olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish kabilar kiradi. Xo'jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar esa sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish, etil spirtli, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda yoki muomalaga kiritish, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug'ullanish, savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish faoliyati bilan litsenziyasiz shug'ullanish, qonunga xilof ravishda axborot to'plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchilikni ob-ro'sizlantirish kabilardan iborat.

Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalasida "Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat protsessual va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslariga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'zR qonuni (2001-yil 18 okt.) ga asosan ko'proq iqtisodiy ta'sir choralarini qo'llash nazarda tutilgan. Mazkur qonunda ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'rniga ko'proq jarima jazosini qo'llash belgilangan. Bundan tashqari, Iqtisodiy jinoyatlarga jazo tayinlashda jazoni og'irlashtiruvchi holatlarga alohida e'tibor berilgan. Shuningdek, yetkazilgan zararning va undan kelib chiqqan oqibatning xususiyati ham hisobga olinishi qayd etilgan. Yuqoridagi qonunga binoan, JKga jabrlanuvchi bilan yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi 66-modda kiritildi. Ushbu moddaga Iqtisodiy jinoyatlardan bir nechtasi kiritilgan bo'lib, unga ko'ra shaxs ushbu turdagi qilmishlarni 1-marta sodir etgan, o'z aybiga iqror bo'lgan, yetkazilgan zararni qoplagan va jabrlanuvchi bilan yarashgan bo'lsa, jinoiy jazodan ozod qilinishi nazarda tutilgan.

Bosqinchilik-1) ijtimoiy xavfli, o'ta og'ir jinoyat, o'zganing mol-mulkini talash maqsadida oshkora hujum qilish. O'zbekistonda Bosqinchilik jinoyati jabrlanuvchiga zo'rlik ishlatib yoxud unga zo'rlik qilish bilan qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, jinoyatchi mol-mulki musodara etilib, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi (O'zR JK 164modda). Boqinchoning xavflilik darajasiga qarab, jazoning yana ham og'ir turlari belgilangan. Masalan, Bosqinchilik juda ko'p miqdordagi mulk talontaroji bilan bogliq holda o'ta xavfli residivist yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilsa, jinoyatchilar molmulki musodara qilinadi va ularga 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish haqida jazo belgilanadi; 2) hozirgi xalqaro huquqdagi tushuncha (qarang Agressiya). Bosqinchilik jarayonida aybdor tomonidan ruxsatnoma talab qilinadigan o'q otar qurol ishlatilganda hamda qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo'lgan boshqa narsalarni (portlovchi, zaharli moddalarni va h.k.) ishlatib bosqinchilik sodir etilganda uning harakatlarini ushbu jinoyatlar majmui bilan tavsiflash lozim. Tovlamachilik — mulkiy jinoyatlardan biri. O'zbekiston jinoyat huquqiga ko'ra, Tovlamachilik jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'z mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish demakdir. Tovlamachilikda faqat moddiy boyliklargina emas, balki mulkiy maqomdagi hujjatlar, qarz (tilxat), merosdan voz kechish to'g'risidagi hujjat, moddiy boyliklarni olish uchun ishonch qog'ozi, sanatoriylarga yo'llanma va hokazo ham tajovuz buyumi bo'lishi mumkin. Tovlamachilik jinoyati tamagirlik motivi bilan sodir qilinadi. Tovlamachilikda mulk zo'rlik ishlatilib tortib olinmaydi, balki uning egasi tomonidan o'z ixtiyori bilan beriladi. Shuningdek, Tovlamachilikda jabrlanuvchiga nisbatan qo'llaniladigan do'qpo'pisa, agar jabrlanuvchi tovlamachining talabini bajarmasa, keyinchalik amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Ko'pgina hollarda Tovlamachilik shantaj, reket nomi bilan ham ataladi. Lekin shantaj ham, reket ham Tovlamachilikdan farq qiladi. Shantaj—shaxsiy sharmanda qiladigan ma'lumotlarni oshkor etish bilan qo'rqitib, biron bir harakatni sodir ettirish bo'lsa, reket bir necha shaxslar tomonidan do'q qilish, zo'rlik ishlatish va qo'rqitish orqali amalga oshiriladigan qilmishdir. Tovlamachilik uchun O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan.

Talonchilik — jinoyat huquqiga ko'ra o'zganing mulkini talontoroj qilish. Talonchilik oshkora yoki yashirin ravishda sodir etilishi mumkin. Agar aybdor jabrlanuvchilar yoki boshqa shaxslar ko'z o'ngida Talonchilik qilayotganligini va ular aybdorning harakatlari xususiyatini tushunayotganligini bila turib, Talonchilikni amalga oshirsa, u oshkora deb hisoblanadi. Agar talon-toroj qilinganligini odamlar sezmasalar yoxud buyum olinganligi faktini ko'ra turib, uni qonuniy hisoblasalar va aybdor ham shunga umid qilgan bo'lsa, u holda Talonchilikni oshkora deb tan olinishi mumkin emas. Yashirin ravishda boshlangan talontoroj ba'zan o'zgalar mulkini ochikdanochiq egallashga aylanib ketadi. Bunday hollar, mulkni egallash jarayonida jinoyatchini sezib qolishganida, lekin jinoyatchi buni tan olmay o'z harakatlarini davom ettirib, mulkni oshkora egallab olganda sodir bo'ladi. Talonchilik mulkdorga mulkiy zarar yetkazishdek ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqaradi. Mulkni amalda egallab olish, ya'ni jinoyatchida talontoroj qilingan narsadan foydalanish imkoniyati paydo bo'lishi vaqtidan boshlab bu jinoyat tugallangan hisoblanadi.

Talonchilik uchun O'zbekiston Respublikasi JKning 166moddasida javobgarlik masalasi berilgan. Bunda Talonchilikning kvalifikatsiya tarkibi sog'liq va hayot uchun xavfli bo'lmagan zo'rlik ishlatish, yoxud shunday zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish kabi o'ziga xos belgini o'z ichiga oladi. Xuddi jismoniy zo'rlik kabi, jismoniy zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish orqali ruhiy zo'rlik ham Talonchilikning kvalifikatsiya belgisi hisoblanadi. Talonchilikda zo'rlik mulkdorga, shuningdek, real holda yoki aybdorning fikricha, talon-torojga to'sqinlik qiluvchi boshqa shaxslarga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Insonga nisbatan zo'rlik ishlatish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish Talonchilik turining mohiyatini o'zgartiradi. Bunday hollarda jinoyat 2 ob'yektli bo'lib qoladi: mulk munosabatlari bilan birga sog'liq, shaxsiy erkinlikni va badan daxlsizligini ta'minlovchi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetadi yoki ularga bevosita xavf tug'iladi.

O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish- aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo'lgan o'zganing mulkini o'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan talon-taroj qilganlik uchun Jinoyat Kodeksining 167-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan.Aybdorga ishonib topshirib qo'yilgan yoki uning ixtiyorida bo'lgan mulk deganda - mansab vazifalari yoki shartnomaviy munosabatlarga ko'ra yoxud maxsus topshiriq munosabati bilan o'zganing mulkini tasarruf qilish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash bo'yicha qonuniy vakolatlarni amalga oshiruvchi shaxsning egaligida bo'lgan mulkdir.Aybdor tomonidan ushbu jinoyat sodir etishning ikki shakli mavjud, ya'ni o'zlashtirish yoki rastrata qilish.O'zlashtirishda -aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo'lgan o'zganing mulkini huquqqa xilof, bepul ushlab qolish va keyinchalik mulkdorga yoki bu mulkning boshqa shaxslarning foydasiga qaratishda ifodalanuvchi, agar aybdor mazkur mulkni hali sarflamagan yoki begonalashtirishni amalga oshirmagan bo'ladi.Rastrata qilishda esa - bu aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo'lgan o'zganing mulkini mulkdor yoki mulkning boshqa egalariga zarar yetkazgan holda, agar aybdor talon-toroj hodisasi aniqlangan paytiga qadar ko'rsatilgan mulkni begonalashtirishni amalga oshirib bo'lgan bo'lsa, o'zining foydasiga yoki boshqa shaxslarning foydasiga g'ayriqonuniy ravishda, tekinga qaratishida ifodalanuvchi talon-tarojning bir shakli hisoblanadi.Ushbu jinoyatlarni bir-biridan farqlashda muayyan qiyinchiliklar mavjud.O'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan talontoroj qilishni o'zganing mol-mulkini o'g'irlashdan farqlashda Jinoyatning sub'ektining talon-taroj qilgan mol—mulkka nisbatan huquqiy vakolatini to'g'ri aniqlash zarur.O'zganing mulkini o'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan talon-toroj qilishda, mulk aybdorga ishonib topshirilgan bo'lib, uning ixtiyorida turadi va aybdor shaxs mol-mulkni tarqatish, boshqarish, tashish yoki saqlash bo'yicha huquqiy vaklatlarga ega bo'ladi.O'g'irlik yo'li bilan talon-torojni sodir etishda esa, shaxsning talon-toroj qilingan mol-mulkka hyech qanday aloqasi bo'lmaydi yoxud ishlab chiqarish zarurati, topshirilgan ish munosabati bilan undan foydalanish huquqiga esa bo'ladi, xolos Bundan tashqari, o'g'rilikda mulkdor vakolatlarining uchtasi ham, o'zlashtirish yoki rastratada esa, faqat ikkitasi, ya'ni mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf

etish vakolatlari buziladi. Egalik qilish vakolatidan esa, sub'ekt qonuniy asoslarda foydalanadi, chunki tegishli mol-mulk unga ishonib topshiriladi.O'zlashtirish yoki rastrata qilish va firibgarlik jinoyatining o'xshash xususiyatlari mavjud, ikkala jinoyatni sodir etishda ham jabrlanuvchi o'z mulkini jinoyatchiga ixtiyoriy ravishda beradi.Ikkala holatda ham mulkdor yoki mol-mulk boshqa qonuniy egasining ishonchi suiiste'mol qilinadi.Ushbu jinoyatlarni o'rtasidagi farq shundan iboratki, o'zlashtirish yoki rastratada mol-mulk aybdorga qonuniy asoslarga ko'ra taqdim etiladi, bunda bitim o'zining shakli bo'yicha ham, mazmuni bo'yicha ham qonuniy tusga ega bo'ladi, firibgarlikda esa, mol mulk aybdorga aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish natijasida o'tadi.Ushbu jinoyat ko'p miqdorda, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan,Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqyeini suiiste'mol qilish yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa,Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.Agar ushbu jinoyat juda ko'p miqdorda, o'ta xavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo'lsa- Bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik-jinoyati iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga kirib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasida mazkur jinoyatga ta'rif berilgan.Firibgarlik-aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li orqali o'zganing mulkini yoki o'zganing mulkka bo'lgan huquqini qo'lga kiritish demakdir. Aldash-bu aybdor tomonidan jabrlanuvchining mulkini yoki mulkka bo'lgan huquqini qo'lga kiritish maqsadida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan yolg'on ma'lumotlardan foydalanish yoki mulk egasi bilishi lozim bo'lgan haqiqiy faktlarni yashirish tushuniladi.Ishonchni suiiste'mol qilish-aybdorning mulk egasi bilan o'rtasidagi ishonchli munosabatlarda g'arazli maqsadlarda foydalanishdir. Ishonchga turli holatlar masalan aybdor shaxsining xizmat mavqei yoki uning shaxsiy yoki qarindoshlik munosabatlari sabab bo'lishi mumkin. So'nggi yillarda firibgarlik jinoyatning umumiy jinoyatchilikdagi salmog'i ortib borayotganligi sababli 2016 yil 26 dekabr kunidagi Qonun bilan Jinoyat Kodeksining 168-moddasidagi jinoiy javobgarlik og'irlashtirildi.Unga ko'ra mazkur turdagi jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan agarda jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararlar jabrlanuvchilarga to'liq qoplab berilmasa, 3 yildan 15 yilga qadar ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishi belgilab qo'yildi.Lekin, shunga qaramasdan aksariyat holarda aynan jabrlanuvchilarning soddaligi, ishonuvchanligi va beparvoligi natijasida mazkur jinoyatlar hali ham ko'plab sodir etib kelinmoqda.Firibgarlikning boshqa mulkiy jinoyatlardan farqi - firibgarlikda jabrlanganlar firibgarga mol-mulkini, mol-mulkka bo'lgan huquqini o'z xohishi bilan topshiradi.Fuqarolar pullarini o'z qo'llari bilan olib kelib beradi. Jabrlanganlarning aksariyati yengil boyib ketish, qonuniy yo'llar orqali erishishi mumkin bo'lgani maqsadlariga osonlik bilan yetishishlari to'g'risidagi fikr ular mulklarini oson va o'ylamagan holda firibgar tasarrufiga o'tkazishlariga va natijada ular o'zlari emas, aynan firibgarlar oson yo'llar bilan daromad orttirishlariga yo'l ochib beradilar. Shuningdek, firibgarlarda aktyorlik qobiliyati ham bo'ladi. Shu sababli "Firibgarlik" jinoyatlari aqlli jinoyatlar turiga ham kirib ulgurgan.

O'g'irilik-O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida o'g'rilik tushunchasiga ta'rif berilgan. Unga binoan, o'g'rilik o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishdir. Talon-tarojning eng ko'p tarqalgan shakli aynan "qo'li egri"lik hisoblanadi. Tergov amaliyotida ham o'g'rilikni ochish foizlari uncha katta emas. Chunki u yashirin ravishda sodir etiladi.

Ushbu jinoyatning subyekti 14 yoshga to'lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo'lishi mumkin.

Shuni ta'kidlash lozimki, mulkni yashirin talon-toroj qilish o'g'irlanayotgan mulkka nisbatan uni tasarruf etish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash bo'yicha muayyan vakolatlarga ega shaxs tomonidan sodir etilgan bo'lsa, bu qilmish Jinoyat kodeksi 167-moddasi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) bo'yicha kvalifikatsiya qilinadi. Ushbu moddaning birinchi qismi bo'yicha jinoiy javobgarlik faqatgina tashkilot, muassasa va korxonalardan xodim tomonidan o'g'irlangan mulkning umumiy qiymati eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yuqori bo'lganda kelib chiqadi. Aks holda shaxs Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 61-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Agar o'g'irlangan mulkning umumiy qiymati Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks 61-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan miqdordan oshib ketmasa (talon-toroj qilingan mulk qiymati eng kam ish haqining o'ttiz baravaridan oshmasa), necha marotaba mayda o'g'rilik sodir etilganidan qat'i nazar, shaxs faqatgina ma'muriy javobgarlikka tortiladi. O'g'irlangan mulkning miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda bo'lgan, Respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. O'g'irlangan mulk qiymatini aniqlashda ishning muayyan holatlariga qarab, huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi shartnomaviy, bozor, birja baholariga asoslaniladi. Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismida o'g'rilik, ya'ni o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko'rsatilgan.

Kissavurlik, ya'ni kiyim, sumka yoki boshqa qo'l yukidagi ashyoni o'g'irlash respublikamizning jinoyat qonuniga yangi kiritilgan og'irlashtiruvchi holatdir. Kissavurlikning ijtimoiy xavfliligi, birinchidan, uning ancha ko'p tarqalganligi bilan, ikkinchidan, aybdor bevosita jabrlanuvchining o'zida turgan mulkni tortib olishi, agar egasi o'z mulkiga suiqasd qilinayotganini payqab qolsa, unga nisbatan zo'rlik ishlatilishi xavfi tug'ilishi mumkinligi bilan izohlanadi.

Masalaning bir jihati, o'g'rilik sodir etilayotgan vaqtda kiyim jabrlanuvchining egnida yoki qo'lida bo'lishi kerak. Agar aybdor garderob yoki ilgichda osig'liq turgan kiyim cho'ntagidan ashyoni qonunga xilof ravishda olsa, kissavurlik tarkibi mavjud bo'lmaydi. Agar sumka yoki qo'l yuki jabrlanuvchining qo'lida bo'lsa yoki jabrlanuvchining o'zida yoxud uning yonida bo'lsa (masalan, jomadon, sumkani jabrlanuvchi xordiq chiqarish, nimadir sotib olish va hokazo uchun yoniga qo'ygan bo'lsa), ya'ni bu ashyolar yana yo'lga tushganida uning o'zi bilan birga bo'ladigan bo'lsa, bu holda Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi "a" bandi qo'llanadi.

O'g'rilikni ochiq joyda emas, balki uy-joyga, omborxonaga yoki boshqa xonalarga g'ayriqonuniy ravishda kirib sodir etishning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori. Buni shunday asoslash mumkin. Birinchidan, ochiq joylarda sodir etilganda, talon-toroj qilinishi mumkin bo'lgan mulkning miqdori cheklangan bo'lib, jinoyatchi o'sha yerda borinigina oladi. Uy-joyga, omborxonaga va boshqa xonalarga kirib o'g'rilik qilganda esa, jinoyatchining imkoniyatlari kengayib ketadi. ya'ni, uyda saqlanayotgan qimmatbaho narsalar, zeb-ziynat buyumlari, jamg'arilgan pullarga egalik qilish imkoniyatlari paydo bo'ladi.

Ikkinchidan, o'g'rilik ochiq joyda yuz bersa, jinoyatchining imkoniyatlari kamroq, jabrlanuvchining tajovuzdan qutulib qolish sharoiti kengroq bo'ladi. YA'ni, jabrlanuvchi mulkni o'zida saqlab qolish uchun qarshilik ko'rsatishi, qochib qutulishi, atrofdagilarning yordamiga tayanishi, himoya qilishni so'rab atrofdagi odamlarga murojaat qilishi, sodir etilgan jinoyat yuzasidan tezkor choralar ko'rish uchun ichki ishlar xodimlariga murojaat qilishi mumkin. Uy-joy, omborxona yoki boshqa xonalarga o'g'ri oralaganda esa aksincha: jabrlanuvchi barcha imkoniyatlardan mahrum bo'lib, chorasiz qoladi. Qolaversa, mazkur holatda o'g'rilikdan bosqinchilik jinoyati ham "o'sib" chiqishi mumkin.

Takroran o'g'rilik jinoyatini sodir etish deganda, shaxsning ikki yoki undan ko'p marta o'g'rilik jinoyatini sodir etganligi, ammo ularning birortasi uchun ham sudlanmagani tushuniladi. Birinchi o'g'rilik jinoyatini sodir etishda tamom bo'lgan yoxud jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki suiqasd qilish bosqichida to'xtatilgan yoki ishtirokchilikda sodir etilgan bo'lsa, o'g'rilik takroran sodir etilgan hisoblanadi.

Bundan tashqari, o'g'rilik kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib ham amalga oshiriladi. Bunda aybdor kompyuter tizimiga yashirincha kirib, undagi mol-mulkni o'zi yoki boshqa shaxslarning nomiga o'tkazadi. Shuningdek, bu jinoyatlar

internet tarmoqlari orqali sodir etilishi ham mumkin.

Bu harakatlar asosan yashirin sodir etilgani sababli o'g'rilik kabi baholanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan qat'iy narx belgilash imkoniyati yo'qligi sababli talon-toroj qilingan narsalarning qiymatini aniqlashda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shuning uchun talon-toroj etilgan mol-mulkning qiymati shu qilmish sodir etilgan paytda mazkur mintaqadagi o'rtacha bozor narxlari bo'yicha belgilanadi. Qiymatni belgilashda mol-mulk holati, ishlab chiqarilgan vaqti, eskirgani, tovar ko'rinishi, shu narsalardan foydalanish imkoniyatlari darajasi va hokazolar e'tiborga olinadi.

O'g'rilik jinoyatini sodir etgan shaxslarning javobgarlik masalasini hal etish jarayonida surishtiruv, tergov va sud amaliyotida jinoyatchi shaxsini aniqlab, qilmishini yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi barcha holatlar yetarlicha baholangach, adolatli jazo tayinlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Zero, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish tayinlanadigan jazoning adolatli bo'lishiga ham ko'p jihatdan bog'liq.

Jinoyatchilikning oldini olish obyektlari - jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi turli xil jarayonlar va omillar; huquq shuningdek ijtimoiy hamkorlik normalariga mos kelishi shart bo'lgan faoliyat; jinoyatchi shaxsi; mansabdor shaxslar, yuridik hamda jismoniy shaxslarga xos hislatlar.

Jinoyatchilikni oldini olish tizimida profilaktika shakllariga mos keladigan turli jihatlar mavjud. Profilaktikaning umumijtimoiy darajasiga kiradigan davlat va jamiyatning faoliyati faqat iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ziddiyatlarni hal qilish; axloqiy-ma'naviy sohadagi ziddiyatlarni hal qilish; tashkiliy-boshqaruv sohasidagi ziddiyatlarni hal qilishni o'z ichiga oladi.

Ushbu jinoyatlarni oldini olish har bir huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Jumladan 16.09.2016 yilda qabul qilingan "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonunning 4-moddasida quyidagicha keltirib o'tilgan:

Ichki ishlar organlari faoliyatni o'z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiradi:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash;

tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o'tkazish;

jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qo'yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo'li bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;

huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash;

ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta'sir ko'rsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish bo'yicha ishlarni tashkil etish;

ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish, ma'muriy jazolarni qo'llash to'g'risidagi qarorlarni ijro etish; yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash;

pasport tizimi talablarining bajarilishini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;

fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o'q-dorilarining, sanoat uchun mo'ljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi sohasini nazorat qilish; ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;

davlat obyektlarini, o'ta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo'riqlash;

litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va

ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;

harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;

qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni

yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.

Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari:

• vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;

• fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;

• O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

• tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

• jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;

• sudlarda jinoyat ishlari ko'rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni ko'rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo'lgan sud hujjatlariga protest keltirish;

• soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga etkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;

• ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog'ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;

• qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish.

Xulosa: ushbu jinoyatlarni oldini olishda har bir davlat organi ma'sulyat bilan qaramog'i lozim. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni oldini olishda bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, ularni amaiyotga joriy qilinishi sezilarli darajada ushbu jinoyatlarning dinamikasi, darajasi kamayishiga olib keladi. Hozirgi kunda ushbu jinoyatlar bilan bog'liq bir qator kamchiliklar, muammolar mavjud bo'lib, amaliy yechimlar talab qiladi. Xususan, aholing ko'p qismining ish bilan ta'minlanmaganligi, ishsizlik darajasining balandligi, ayrim mehnat kasblarida oylik maoshi kamligi, aholining ko'p qismini huquqiy ongi va madaniyati yetishmasligi, tan jarahatyetkazib yoki zo'rlik ishlatib sodir etilayotgan joylarda ko'chalarning yoritilmaganligi, ayrim korxona, muassasa, tashkilotlar shuningdek, uy-mavzelarida kameralarning yo'qligi dolzarb muommo hisoblanadi. Ushbu muammolarni oldini olishda ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, har bir ko'chaning

yoritilmagan qismlarini yoritish choralarini ko'rish, uy-mavzelarini, do'kon, bozorlar, ko'ngil ochar dahalarda kameralar o'rnatish, ularning sonini ko'paytirish yechim sifatida e'tirof etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 30.04.2023y \ https://lex.uz/docs/-6445145

2. "Ichki ishlar to'g'risidagi" qonun 16.09.2016y \ https://lex.uz/acts/-3027843

3. "Bosh prokratura to'g'risidagi" qonun https: //lex.uz/docs/-106197?ONDATE=02.09.2022

4. Jinoyat kodeksi\ https://lex.uz/docs/-111453

5. Jinoyat-protsessual kodeksi\ https://lex.uz/docs/111460

6. "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi" qonun\ https://lex.uz/ru/docs/-2055680?otherlang=1

7. O'ZGALAR MULKINI O'G'RILIK, TALONChlLIK VA BOSQINChlLIK BILAN TALON-TOROJ QILISh JINOYAT IShLARI BO'YIChA SUD AMALIYOTI TO'G'RISIDA\ https://lex.uz/docs/-1448644

8. G'aniev F. T. Turkiya respublikasi: tabiyati, madaniyati va an'analari //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 101-116.

9. G'aniev F. T. O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy preventiv mexanizmi //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 8490.

10. Ganiyev F., Ganiyeva G. O'g'irlik haqida tushuncha, o 'g 'irlikning psixologik genezisi va mehanizmlari //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 43-47.

11. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2.-С. 131-134.

12. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2.-С. 131-134.

13. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023.-Т. 3.-№.4.-С. 37-42.

14. Ганиев Ф. Т. Угрилик жиноятининг жиноят-хукуций жих,атлари ва олдини олишга доир фикр-мулох,азалар //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 301-313.

15. Ганиев Ф. Профилактика инспекторлари томонидан угриликларнинг олдини олиш фаолиятини ташкил этиш йуналишлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.

16. Ганиев Ф. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойилига асосланган тизимни жорий этишда фу;оролар йигинларини фаолиятини тизимли йулга ;уйиш //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 3. - С. 96-98.

17. Ганиев Ф. Ахборот хавфсизлиги х,амда мух,офазаси таъминланганига ;арамасдан содир этиладиган жиноятлар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.