TOVLAMACHILIK JINOYATINI OLDINI OLISH FAOLIYATI
Jumaqulov Og'abek Alisher o'g'li O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan 3-o'quvkursi 321-guruh kursanti G'aniyev Farrux Taxirjanovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston, e-mail: [email protected] orcid.org/0009-0005-2423-050X Narziyev Shaxzodbek Zoyirovich O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi o'qituvchisi Toshkent, 100197, O'zbekiston, orcid.org/0009-0001-9304-2263 https://doi.org/10.5281/zenodo.14604934
ARTICLE INFO
Received: 2ndJanyary 2025 Accepted:4th January 2025 Published:6th January 2025 KEYWORDS tovlamachilik, zo'rlik ishlatish, profilaktika inspektori,
huquqbuzarliklar profilaktikasi, qonuniy chora-tadbir, Ichki ishlar organi, jinoyat, huquqiy nazorat, ijtimoiy xavfsizlik.
ABSTRACT
Ushbu maqolada mavzuning dolzarbligi, tovlamachilik jinoyati tushunchasi va ahamiyati, yuridik tahlili, huquqiy asoslari, tovlamachilik jinoyatini oldini olishda umumiy, maxsus, viktimologik hamda yakka tartibdagi profilaktika chora-tadbirlari va ularning tovlamachilik jinoyatini oldini olishdagi o'rni, O'zbekiston Respublikasi tovlamachilik yo'li bilan sodir etilgan jinoyatlarning umumiy ko'rsatgichlar haqida muhokama qilingan.
Kirish:
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 65-moddasida fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi deb belgilab qo'yilmoqda.Mulk har bir shaxsning farovonligi oshiruvchi, uning iqtisodiy tayanchi hisoblandi. Unga tajovuz qilish jinoyat sifatda belgilanganligi, uning huquqiy himoyasi milliy qonunchiligimizdagi normalar bilan mustahkamlab qo'yilgan. Xususan biz so'z yuritayotgan O'zgalar mulkini tovlamachilik yo'li bilan egallashga qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun javobgarlikning ayrim masalasi muhokama qilamiz. So'nggi yillarda ushbu turdagi jinoyatlar ham oshib bormoqda. Tovlamachilik yo'li bilan o'zgalar mulkini egallash jinoyatning eng zaruriy belgilardan biri jabrlanuvchi qo'rquv ostida, erki cheklangan tarzda mulkni aybdorga topshiradi. Ushbu jinoyatlarni ijtimoiy xavfliligi shundaki ayrim holatlarda jabrlanuvchi yillar davomida o'zning erkiga qarshi ravish mulkini aybdorga o'tkazib beradi. Aksariyat holatlarda ushbu qilmishda aybdor jazolanmay qolib ketishi mumkin. Jabrlanuvchi aybdorning talabalari sababli ushbu jinoyatlar haqida huquqni muhozafa qiluvchi organlarga xabar bermaydi,natijada aybdor jabrlanuvchidan mutassil ravishda o'z manfaatlari yo'lida foydalanib yuradi.
Tovlamachilik jinoyati tushunchasi: Tovlamachilik — mulkiy jinoyatlardan biri. O'zbekiston jinoyat huquqiga ko'ra, Tovlamachilik jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, yoxud jabrlanuvchi uchun sir
RR1
saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'z mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish demakdir. Tovlamachilikda faqat moddiy boyliklargina emas, balki mulkiy maqomdagi hujjatlar, qarz (tilxat), merosdan voz kechish to'g'risidagi hujjat, moddiy boyliklarni olish uchun ishonch qog'ozi, sanatoriylarga yo'llanma va hokazo ham tajovuz buyumi bo'lishi mumkin. Tovlamachilik jinoyati tamagirlik motivi bilan sodir qilinadi. Tovlamachilikda mulk zo'rlik ishlatilib tortib olinmaydi, balki uning egasi tomonidan o'z ixtiyori bilan beriladi. Shuningdek, Tovlamachilikda jabrlanuvchiga nisbatan qo'llaniladigan do'qpo'pisa, agar jabrlanuvchi tovlamachining talabini bajarmasa, keyinchalik amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Ko'pgina hollarda Tovlamachilik shantaj, reket nomi bilan ham ataladi. Lekin shantaj ham, reket ham Tovlamachilikdan farq qiladi. Shantaj—shaxsiy sharmanda qiladigan ma'lumotlarni oshkor etish bilan qo'rqitib, biron bir harakatni sodir ettirish bo'lsa, reket bir necha shaxslar tomonidan do'q qilish, zo'rlik ishlatish va qo'rqitish orqali amalga oshiriladigan qilmishdir. Tovlamachilik uchun O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi turlari va chora-tadbirlari: Huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo'llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi.
Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi o'rtasidagi huquqiy targ'ibot;
Huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish hamda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida taqdimnomalar kiritish..
Huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o'z ichiga olishi mumkin.
Huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo'ladi: ayrim turdagi huquqbuzarliklarning, shaxslar toifalarining ko'payishi;
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tajovuz qiluvchi xatarlar va tahdidlarning yuzaga kelishi.
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: profilaktika suhbati; rasmiy ogohlantirish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar to'g'risida xabardor qilish;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish; profilaktik hisobga olish;
majburiy davolanishga yuborish; ma'muriy nazorat.
Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o'z ichiga olishi mumkin.
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
Huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini o'tkazish;
aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar o'rtasidagi nizolarni hal etish usullarini o'rgatish;
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ko'rish;
huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatuvchi ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan o'zini o'zi mudofaa qilish usullari va vositalari to'g'risida xabardor qilish;
G'ayriijtimoiy xulq-atvor nisbatan tez-tez kuzatiladigan yoki huquqbuzarliklar tez-tez sodir bo'lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam ravishda nazorat qilish;
hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi ma'lumotlarni keng tarqatish yo'li bilan aholiga huquqiy tarbiya va ta'lim berish;
g'ayriijtimoiy xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan huquqbuzarliklar to'g'risida axborot olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa huzurida ishonch, tezkor aloqa telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini tashkil etish;
profilaktika dasturlari va tadbirlari loyihalarining ommaviy muhokamalarini tashkil etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida jahon Internet axborot tarmog'ida veb-saytlar, bloglar, chatlar tashkil qilish;
Huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy usullari to'g'risida elektron adabiyotlarni tarqatish.
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o'z ichiga olishi mumkin.
Tovlamachilik jinoyatini oldini olish faoliyati: Tovlamachilik jinoyati bugungi kunda dunyo miqyosida keng tarqalgan va iqtisodiy tizimlar uchun katta xavf tug'diradigan jinoyatlardan biridir. Ushbu jinoyat turining oldini olish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki barcha ijtimoiy qatlamlar, davlat va jamiyatning birgalikdagi faoliyatini talab qiladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasida alohida turdagi jinoyatlar uchun sanksiyalar qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga nomuvofiqligi, jumladan jazoning muqobil turlari, rag'batlantiruvchi normalar va jamoat ta'sir choralari yetarli darajada qo'llanilmasligi va samarasizligi kabi muammolar sabab o'tilgan. O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra[2] 2022 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko'ra iqtisodiy jinoyatlar ichida tovlamachilik (0,8 %) o'sgan, ya'ni 364 ta tashkil etgan.(2021-yil 354 ta, 2020-yilda 206 ta). Tovlamachilik jinoyatlarning 2022-yilida 4028 ta shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa, ularning 284 tani voyaga yetmaganlar(14-17) shaxslar tashkil etadi. Raqamlardan ko'rinib turibdiki tovlamachilik jinoyatlar asosan bir guruh shaxslar yoki jinoiy guruh bo'lib sodir etilishi holatlari ko'p uchramoqda. Shuningdek voyaga yetmagan shaxslar tomonidan tovlamachilik bilan bog'liq jinoyatlar oshganini ko'rishimiz mumkin. masalan, 2020-yilda 7 ta holat qayd etilgan bo'lsa, 2022-yil jami 16 ta holatda jinoyatlar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan.
Natijalar: Tovlamachilik jinoyatini jinoyat-huquqiy jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi dispozitsiyasida tovlamachilik, ya'ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo'rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib o'zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o'z mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo'yish deb ta'rif berilgan. Qonun mazmuniga ko'ra, aybdor jabrlanuvchidan uning tasarrufiga noqonuniy yo'l bilan (jinoyat sodir etish yo'li bilan ham) o'tgan mulkni talab qilganda uning harakatlari tovlamachilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozimligi, obyektiv tomondan tovlamachilik aybdorning mulkdordan bila turib, g'ayriqonuniy ravishda o'ziga yoki u ko'rsatgan shaxslarga muayyan mulkni, mulkka bo'lgan huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud ular foydasiga muayyan mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni talab qilishda ifodalanadi va u o'z talablarini quyidagi harakatlar orqali amalga oshiradi, ya'ni zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish, bunda qo'rqitish o'z ichiga jabrlanuvchini o'ldirish, badaniga shikast yetkazish, nomusiga tegish va boshqa turdagi harakatlarni sodir etish bilan qo'rqitish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish bilan qo'rqitish, bunda mulk mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida jabrlanuvchiga yoxud uning yaqin kishilariga tegishli bo'lishi mumkinligi, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish usuli qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyat kasb etmasligi, jabrlanuvchini mulki yoki mulkka bo'lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoit yaratishda ifodalanadi. Tovlamachining talablari og'zaki, telefon, faks, xat orqali va boshqa shaklda bo'lishi mumkinligi, talab tovlamachining jabrlanuvchidan mulkni yoki mulkdan o'z mulkidek foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etishini taklif qilishni anglatadi. Talablar pul olish, yerdan, do'kondan, avtomobildan foydalanish huquqini qo'lga kiritish, tovlamachini sherik sifatida muntazam dividendlar va boshqa mulkiy manfaatlar olishi uchun kooperativ, korxona a'zoligiga kiritib qo'yishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Shuningdek, tovlamachilikni sodir etishda zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish deganda, urish, zarba berish, badanga yengil, o'rtacha og'ir va og'ir shikast yetkazish bilan qo'rqitish tushunilishi, agar aybdorning talabi bajarilmasa, shunday zo'rlik ishlatish xavfi yetarli bo'lishi kerakligi, tovlamachilik jinoyatini kvalifikatsiya qilishda qo'rqitishni amalga oshirish shakli (og'zaki yoki yozma, bevosita yoki vositachi orqali aytilgan, ochiqchasiga yoki kesatib aytilgan) ahamiyatga ega emasligi, ammo uning mazmuni jabrlanuvchi tomonidan qo'rqitishning to'g'rilikcha ifodalangan ma'nosi bilan tushunilishi lozim.
Muhokama: O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi "Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha sud amaliyoti haqida"gi 9-son qaroring 3-bandiga muvofiq qanday bo'lmasin mulkiy manfaatdor bo'lish maqsadida tovarlarni bozorga erkin kirib kelishiga har qandayyo'sinda to'sqinlik qilish, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozordan siqib chiqarish, o'ta yuqori narxlarni sun'iy ravishda saqlab turish to'g'risida talab qo'yish va tovar egasiga,
bozor ma'muriyati yoki o'zga shaxslarga nisbatan zo'rlik ishlatish, ularni zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish, mulkiga shikast yetkazish yoki mulkini nobud qilish bilan bog'liq boshqa harakatlar tovlamachilik (reket) tariqasida Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinmog'i lozim deb tushuntirish berilgan. Tovlamachilik mulkiy manfaatdor bo'lish maqsadida talab qo'yishda yoxud tovlamachi foydasiga mulkiy xarakterdagi harakatlarni sodir etishda (tovarni past narxda yoxud tekinga berishda, tovarni zo'rlik ishlatib olib qo'yishda va shunga o'xshash harakatlar ifodalanishi mumkin deyilgan. Tovlamachilik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga, aybdorning zo'rlik ishlatish to'g'risidagi tahdidini amalga oshirgan bo'lishi shartbo'lmay, bunday talab qo'yilishining o'zi yetarlidir. Oliy sud Plenumining 1999-yil30-apreldagi "O'zgalar mulkini o'g'rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi 6-sonli qarori 4-bandiga ko'ra Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda tovlamachilikda zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish mulkni zo'rlik ishlatayotgan vaqtda emas, balki kelajakda ko'lga kiritishga qaratilishiga e'tibor berish lozimligi ta'kidlangan. Agar qo'rqitish amalda ishlatilsa, qilmish JKning tovlamachilik haqidagi moddasi bilan va asoslar bo'lganda qo'rqitish amalga oshirilayotganda sodir etilgan harakat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ham qo'shimcha tavsiflanishi lozimligi belgilangan. Tovlamachilikdan (JK 165-moddasi) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchi qo'rquv ta'siri ostida harakat qiladi, erki sindirilgan bo'ladi deb tushuntirgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi "Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo'yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to'g'risida"gi 11-sonli qarorining 12-bandiga ko'ra tovlamachilik (reket) nafaqat fuqarolarning, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo'pol buzuvchi, balki iqtisodiyot sohasida ham katta zarar keltiruvchi jinoyat bo'lib, jiddiy ijtimoiy xavf tug'dirishi sudlarga ko'rsatilsin. Shu bilan birga, qonunga binoan (JKning 165-moddasi) tovlamachilik o'zganing mulkini yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo'sindagi harakatlar sodir etishni taqozo qilishini sudlar e'tiborga olishlari kerak. Shu sababli, qarzdordan qarzni talab qilish Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emas, lekin ayrim hollarda o'zboshimchalik (JKning 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim. Qarzdor va qarz beruvchi o'rtasida foizlar to'lash bo'yicha oldindan kelishuv bo'lmagan bo'lsa berilgan qarz uchun foiz talab qilish tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil qilishi belgilangan.
Xulosa: Oliy sudi Plenumining rahbariy tushuntirishlariga ko'ra tovlamachilik nafaqat fuqarolarning,tadbirkorlarning manfaatlarini qo'pol buzuvchi, balki iqtisodiyot sohasida ham katta zarar keltiruvchi jinoyat bo'lib, jiddiy ijtimoiy xavf tug'dirishihaqida alohida ta'kidlab o'tilgan. Amaldagi Jinoyat kodeksining tovlamachilik(165-m) jinoyati uchun engyengil jazo 3 yil ozodlik cheklash, og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga olganda maksimal 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolar belgilangan. Jinoyat sodir etgan jismoniy shaxs 16 yoshga to'lgan aqli raso shaxs hisoblanadi. Tovlamachilik jinoyatlari uchun xorijiy davlatlardagi maksimal jazolar haqida to'xtaladigan bo'lsak Qirg'izistonda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, Qozog'istonda mol-mulki musodara qilinib, yetti yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan[6], Turkmanistonda 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, Tojikistonda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, Rossiyada 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolandi. Jinoyat kodeksining 165-moddasiga(tovlamachilik) oxirgi marta 2015-yilda o'zgartirish kirilgan, xususan 165-moddaning 1-qismining sanksiyasi yengilroq jazo bilan ozodlikni cheklash jazosi bilan to'ldirilgan. O'zgalar mulkini tovlamachilik bilan egallashga qaratilgan harakatlarning so'nggi yillarda sodir etish usullari yangilanib borayotgani hisobga olib ushbu normaga boshqa og'irlashtiruvchi holatlar va aniqlashtiruvchi tushunchalarni kiritish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi https://meningkonstitutsiyam.uz/konstitutsiya uz.pdf
2. Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy veb sayti. link: https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/21516-2022#yanvar-dekabr
3. O'zbekitson Respublikasi Jinoyat kodeksi(2023-yil 28-martgacha o'zgartirish va qo'shimchalar bilan.)/ O'zbekiston Respublikasi OliyKengashining Axborotnomasi, 1995-y., 1-son. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son link: https://lex.uz/docs/-1114534
4. O'zbekistan Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharxlar. Maxsus qism/M. Rustambaev. -Toshkent: «Yuridik adabiyotlar publish», 2021. -744 6..5.O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlari www.sud.uz6.https://online.zakon.kz/Document/?doc id=31575252
5. G'aniev F. T. Turkiya respublikasi: tabiyati, madaniyati va an'analari //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 101-116.
6. G'aniev F. T. O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy preventiv mexanizmi //Results of National Scientific Research International Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 84-90.
7. Ganiyev F., Ganiyeva G. O'g'irlik haqida tushuncha, o 'g 'irlikning psixologik genezisi va mehanizmlari //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 43-47.
8. Ganiyev F., O'zoqboyev S. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyat ishlarini yuritish //Евразийский журнал технологий и инновatsiй. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2. -С. 131-134.
9. Ганиев Ф. Угирлик жиноятларининг профилактикаси тушунчаси ва турларига оид айрим мулох,азалар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. -2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 37-42.
10. Ганиев Ф. Т. Угрилик жиноятининг жиноят-хукукий жих,атлари ва олдини олишга доир фикр-мулох,азалар //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 12. - С. 301-313.
11. Ганиев Ф. Профилактика инспекторлари томонидан угриликларнинг олдини олиш фаолиятини ташкил этиш йуналишлари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 159-162.
12. Ганиев Ф. "Обод ва хавфсиз мах,алла" тамойилига асосланган тизимни жорий этишда фукоролар йигинларини фаолиятини тизимли йулга куйиш //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 3. - С. 96-98.
13. Ганиев Ф. Ахборот хавфсизлиги х,амда мух,офазаси таъминланганига карамасдан содир этиладиган жиноятлар //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2023. - Т. 3. - №. 1. - С. 129-138.
14. Taxirjanovich G. F., Qizi M. F. M. EKOLOGIYA SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING O 'ZIGA XOSLIGI //Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 8-10.
15. Ganiyev F., O'zoqboyev S. ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЖИНОЯТЧИЛИГИГА КАРШИ КУРАШИШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШ-ДАВР ТАЛАБИ //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2023. - Т. 1. - №. 12 Part 2. - С. 125-130.
16. Ganiyev F., Ganiyeva G. O 'G 'IRLIK JINOYАTI TUSHUNCHASI VA PROFILAKTIKASI //Евразийский журнал академических исследований. - 2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 173177.
17. G'aniyev F. PREVENTION OF OFFENSES RELATED TO RELIGIOUS EXTREMISM //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 125-128.
18. G'Aniyev, F. "DINIY EKSTERIMIZM BILAN BOG'LIQ BO'LGAN QONUNBUZARLIKLARNING PROFLAKTIKASI." Science and innovation 1.C7 (2022): 125128.
19. G'aniev F. T. O 'ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MILLIY PREVENTIV MEXANIZMI //Results of National Scientific Research International Journal. -2024. - Т. 3. - №. 3. - С. 84-90.
20. Нарзиев Ш. З. и др. КИБЕР-ЖИНОЯТЧИЛИК ВА УНГА КАРШИ КУРАШИШ //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. - 2024. - Т. 44. - №. 2. -С. 9-13.
21. Нарзиев Ш. З. Профилактика инспекторларининг илгари судланган шахслар билан ху;ук;бузарликларнинг якка тартибдаги профилактикаси чора-тадбирларини амалга ошириш фаолияти х,а;ида айрим масалалар //zamonaviy fan, ta'lim va ishlab chiqarish muammolarining innovatsion yechimlari. - 2022. - С. 159-162.
22. Нарзиев Ш., Абдумаликов Р. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ Х,УКУКБУЗАРЛИКЛАРДАН жабрланган шахслар билан ишлаш ФАОЛИЯТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ //Инновационные исследования в науке. - 2024. - Т. 3. - №. 4. - С. 63-70.
23. Нарзиев Ш., Омонов Н. ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ТАЯНЧ ПУНКТЛАРИ НЕГИЗИДА ХДМКОРЛИКНИ ХУКУКИЙ ТАЪМИНЛАШНИ ТАШКИЛ ЭТИШ //Development of pedagogical technologies in modern sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 7. - С. 184-188.
24. Нарзиев Ш., Кодирова И. БАРКАМОЛ, ЖИСМОНИЙ ВА РУХИЙ СОГЛОМ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШДА ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН УКУВ-ТАРБИЯ МУАССАСАЛАРИНИНГ УРНИ //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 20. - С. 152155.
25. Нарзиев Ш., Зокиров Н. ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ЖАМОАТ ТАРТИБИНИ САКЛАШ ВА ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ БУЙИЧА ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ТУГРИСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР //Академические исследования в современной науке. - 2024. - Т. 3. - №. 20. - С. 156-164.