Научная статья на тему 'FIRIBGARLIK JINOYATI TUSHUNCHASI VA JINOYAT-HUQUQIY TAVSIFI'

FIRIBGARLIK JINOYATI TUSHUNCHASI VA JINOYAT-HUQUQIY TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1257
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
firibgarlik / o‘zganing mulki / talon-toroj qilish / aldash / ishonchni suiiste’mol qilish / faol aldash / nofaol aldash. / fraud / other people's property / robbery / deception / abuse of trust / active deception / passive deception.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turgunboyev, Eldorbek Odiljonovich

Mazkur maqolada muallif tomonidan firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning ayrim o‘ziga xos jihatlari xususida umumiy tavsif berilgan. Bundan tashqari, firibgarlik jinoyati tarkibi elementlari tahlili amalga oshirilgan. Muallif mazkur jinoyatni sodir etish usullari uning kvalifikatsiyasiga ta’sir etishi haqida ham to‘xtalgan. Jumladan, hujjatlarni qalbakilashtirish orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalarini yoritgan. Shuningdek, mazkur mavzuda tadqiqot olib borgan olimlarning fikrlarini o‘rganib, firibgarlikning jinoyat-huquqiy tavsifini bayon qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF FRAUD AND CRIMINAL LEGAL CHARACTERISTICS

In this article, the author gives a general description of the concept of a crime related to fraud, some of its features. In addition, an analysis of the elements of the crime related to fraud was carried out. The author also touched upon the fact that the methods of committing this crime affect his qualifications. In particular, it addressed the issues of quantification of the crime of fraud committed by forgery of documents. He also studied the opinions of scientists who conducted research on this topic, and described the criminal and legal characteristics of fraud.

Текст научной работы на тему «FIRIBGARLIK JINOYATI TUSHUNCHASI VA JINOYAT-HUQUQIY TAVSIFI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FIRIBGARLIK JINOYATI TUSHUNCHASI VA JNOYAT-HUQUQIY TAVSIFI

Turgunboyev Eldorbek Odiljonovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: eldorbekturgunboev9898@gmail.com

Mazkur maqolada muallif tomonidan firibgarlik jinoyati tushunchasi, uning ayrim o'ziga xos jihatlari xususida umumiy tavsif berilgan. Bundan tashqari, firibgarlik jinoyati tarkibi elementlari tahlili amalga oshirilgan. Muallif mazkur jinoyatni sodir etish usullari uning kvalifikatsiyasiga ta'sir etishi haqida ham to'xtalgan. Jumladan, hujjatlarni qalbakilashtirish orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalarini yoritgan. Shuningdek, mazkur mavzuda tadqiqot olib borgan olimlarning fikrlarini o 'rganib, firibgarlikning jinoyat-huquqiy tavsifini bayon qilgan.

Kalit so'zlar: firibgarlik, o'zganing mulki, talon-toroj qilish, aldash, ishonchni suiiste'mol qilish, faol aldash, nofaol aldash.

ПОНЯТИЕ ПРЕСТУПЛЕНИЯ МОШЕННИЧЕСТВА И УГОЛОВНО-

ПРАВОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА

Тургунбоев Элдорбек Одилжонович,

Магистрант Ташкентского государственного юридического университета E-mail: eldorbekturgunboev9898@gmail.com

АННОТАЦИЯ

В данной статье автор дает общее описание понятия преступления, связанного с мошенничеством, некоторых его особенностей. Кроме того, был проведен анализ элементов состава преступления, связанного с мошенничеством. Автор также коснулся того факта, что способы совершения этого преступления влияют на его квалификацию. В частности, в нем рассматривались вопросы количественной оценки преступления мошенничества, совершенного путем подделки документов. Он также изучил мнения ученых, которые проводили исследования на эту тему, и описал уголовно-правовую характеристику мошенничества.

Ключевые слова: мошенничество, чужое имущество, хищение, обман, злоупотребление доверием, активный обман, пассивный обман.

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

THE CONCEPT OF FRAUD AND CRIMINAL LEGAL CHARACTERISTICS

In this article, the author gives a general description of the concept of a crime related to fraud, some of its features. In addition, an analysis of the elements of the crime related to fraud was carried out. The author also touched upon the fact that the methods of committing this crime affect his qualifications. In particular, it addressed the issues of quantification of the crime of fraud committed by forgery of documents. He also studied the opinions of scientists who conducted research on this topic, and described the criminal and legal characteristics of fraud.

Key words: fraud, other people's property, robbery, deception, abuse of trust, active deception, passive deception.

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni himoya qilar ekan, shaxs, uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy marfaatlarini muhofaza qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Ayniqsa, hozirgi kunga kelib, Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish jarayonida bu yanada o'z dolzarbligini namoyon etmoqda O'zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir, har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Mulkchilikni barcha shakllarini daxlsizligi va rivojlanishiga teng sharoit yaratishga kafolat beradi. Ushbu mulkchilik shakiining torligi jinoyat qonunida "o'zgalar mulki" tushunchasini beradi.

O'zgalar mulkini talon-toroj qilish deganda, huquqqa xilof ravishda o'rnini qoplamasdan, g'arazgo'ylik niyatida mulkdorga zarar yetkazib, o'zganing mulkini aybdorning o'zi yoki boshqa shaxslar foydasiga egallab olish yoki o'tkazish tushuniladi. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining bevosita ob'ekti mulkini o'zgaga tegishlilik huquqini ta'minlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan ham mazkur turdagi jinoyatlarning predmetini o'zganing mulki tashkil qiladi.

O'zganing mulki deganda - boshqaga tegishli bo'lgan ashyolar, pullar, mulkka egalik huquqini beruvchi - qo'lga kiritilishi, mulkni qo'lga kiritish bilan teng bo'lgan hujjatlar tushuniladi. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarida mulk davlat,

Turgunboyev Eldorbek Odiljonovich,

Master student of Tashkent State University of Law E-mail: eldorbekturgunboev9898@gmail. com

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xususiy, aralash, ommaviy va boshqa mulk bo'lishidan qat'i nazar u o'zganing mulki deb baholanadi [1].

Quyidagilar esa o'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining predmeti bo'la olmaydi:

- yovvoyi holda o'sadigan o'simliklar, ularning mevalari, yovvoyi qushlar va hayvonlar, yer ostidan kovlab olinmaydigan foydali qazilmalar;

- mulkdor uchun o'z qiymatini yo'qotgan narsalar;

- muayyan qiymatga ega bo'lmagan mulklar;

- o'zgalar ixtiyoridan tasodifiy holda chiqib qolgan mulklar;

- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma va boshq.) talon-toroj predmeti bo'la olmaydi [1].

Ob'ektiv tomondan o'zgalar mulkini talon-toroj qilish o'zganing mulkini qonunga xilof ravishda, tekinga o'zi yoki boshqa shaxs foydasi uchun olishda ifodalanadi.

Firibgarlik jinoyati iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga kirib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi dispozisiyasida quyidagicha aks ettirilgan: "Firibgarlik, ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini yoki o'zganing mulkiy huquqini qo'lga kiritish".

Ilmiy adabiyotlarda firibgarlik tushunchalariga turlicha ta'riflar berilgan. Firibgarlik tushunchasiga ilk doktrinal ta'rifni N.S.Tagansev tomonidan berilgan bo'lib, u "firibgarlik - shaxs tomonidan o'zganing mulkini aldov yo'li bilan o'zlashtirish bo'lib, firibgarlik maqsadi shunda ifodalanadiki, jabrlanuvch ida firibgar mulkni egallashga, o'ziga foydali shartlarda bitim tuzishga huquqiy asosga ega degan fikrda bo'ladi" [2] degan.

Yuridik fanlar doktori, professor Q.Abdurasulova "...firibgarlik boshqa o'xshash jinoyatlardan farqlari, bu jinoyat tarkibining to'la yoritilmaganidadir" deb fikr bildirib, "firibgarlik-bu birovning mulkini yoki mulkka bo'lgan huquqini aldash yo'li bilan egallashdir" deb ta'rif berganlar [3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq jinoyatlarni to'g'ri kvalifikatsiya qilish talon-toroj uchun zarur bo'lgan bir qator belgilarni aniqlash lozim. Ushbu belgilarning birortasining aniqlanmasligi qilmishni talon-toroj sifatida kvalifikatsiya qilishni istisno etadi. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining quyidagi belgilari mavjud:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1. Mulkni egallashda g'arazli niyatning (g'arazgo'ylik) mavjudligi. G'araz niyat foyda olish, naf, manfaat ko'rishni nazarda tutadi. Qonunga ko'ra, g'arazgo'ylik deganda, sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo'sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat tushuniladi.

2. O'zganing mulkini huquqqa xilof ravishda egallash. Huquqqa xiloflik -aybdorning mulk egasi emasligi, qilmishni sodir etishga huquqiy asos va huquqi yo'qligi, bunday mulkni o'z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga aylantirishiga huquqi yo'qligini anglatadi.

3. O'zgalar mulkini talon-toroj qilishning navbatdagi belgisi bu o'rnini qoplamaslikdir. O'rnini qoplamaslik deganda, aybdorning talon-toroj qilingan mulk uchun ijtimoiy foydali mehnat yoki uning o'rnini bosuvchi qiymatga ega harakatni amalga oshirmaslik, mulk qiymatidan kam haq to'lash tushuniladi.

4. Qilmishni o'zgalar mulkini talon-toroj qilish deb baholash uchun mulk o'zganing tasarrufida bo'lishi va mulk o'zganing tasarrufidan olinganligini baholash kerak. Chunki o'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatida aybdor tajovuz qilgan mulk, mulkdorning bevosita egaligida bo'lishi lozim.

O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatining yana bir muhim belgisi bu mulkdorga moddiy zarar yetkazishdir. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining barcha shakllari sodir etilishida mulkdorga moddiy zarar yetkaziladi.

Moddiy zarar deganda, to'g'ridan-to'g'ri zarar yetkazishni (ijobiy) va boy berilgan zararlar (egri zarar) tushuniladi.

Ijobiy zarar (to'g'ridan-to'g'ri yetkazilgan zarar) talon-toroj qilingan mulkning bahosi bilan aniqlanadi.

Talon-toroj qilingan mulkning miqdorini belgilashda mulkning qiymatidan kelib chiqib, jinoyatni sodir etish vaqtida bazaviy hisoblash miqdori bilan taqqoslash asosida aniqlanadi. Jinoyat predmeti bo'lgan mulkning qiymatini aniqlashda, uning mulkdor tomonidan qay yo'sinda sotib olinganligiga qarab, jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo'lgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan chakana, bozor yoki komission narxlardan kelib chiqish lozim. Narx mavjud bo'lmaganda va talon-toroj miqdori to'g'risida nizo kelib chiqqan hollarda, mulk qiymati ekspert xulosasiga asosan aniqlanadi [4].

O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining sub'ektiv tomoni faqat to'g'ri qasdda ifodalanadi. G'arazgo'ylik motivi barcha talon-toroj jinoyatlarining zaruriy belgisi hisoblanadi. O'zgalar mulkini talon-toroj qilish jinoyatlarining sub'ekti har qanday 16 yoshga to'lgan shaxs bo'lishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Firibgarlikda yolg'on ma'lumotlarga jabrlanuvchini yanglishtirishga olib kelishi mumkin bo'lgan har qanday holatlar, jumladan, yuridik fakt va voqealar, mulkning sifati, narxi, aybdorning shaxsi, uning vakolati, niyati (masalan, aybdor shaxs o'zini mansabdor shaxs yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida ko'rsatishi) taalluqli bo'lishi mumkin.

Firibgarlikda jabrlanuvchini yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etiladigan harakatlar jumlasiga, masalan, bitim yoki to'lov predmetini soxtalashtirish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni o'ynash chog'ida aldov usullarini qo'llash va hokazo kiradi.

Aldashni, firibgarlikning usuli sifatida quyidagi ikki turga ajratish mumkin:

1) faol aldash;

2) faol bo'lmagan aldash (passiv).

Faol aldash, yolg'on bo'lgan ma'lumotlarni yetkazish vositasi yordamida mulkdorni chalg'itishida tashkil topadi. Masalan: qalbaki hujjatlarni namoyish qilish yoki boshqa harakatlar bilan mulkdorning mulkini aybdor egaligiga o'tkazishda jabrlanuvchida xato tasavvurga ega bo'lishi.

Faol bo'lmagan aldash (passiv), jabrlanuvchiga yuridik ahamiyatga ega faktik holatlar haqida aybdor xabar berishi shart bo'lgan, ma'lumotlarni gapirmaslik va bu kabi xabarlarni yetkazmasligida tashkil topadi [5]. Bu kabi holatlar natijasida aybdorga mulkni berayotgan shaxsda, mulkni berish uchun qonuniy asoslar borligiga chalg'ishi mumkin bo'lgan holatlarni tushunish kerak. Masalan: mulkdor hayotidan mahrum etishidan avval advokatga o'ziga tegishli bo'lgan mulklarni yaqin qarindoshlariga o'tkazib berish to'g'risidagi ma'lumotlarning uning yaqin qarindoshlariga aytmasdan o'z foydasiga o'tkazish bilan bog'liq harakatlarni sodir etishi. Aldash jabrlanuvchida mulkni aybdor egaligiga o'tkazishida, tashqi tomondan qonuniy asoslar mavjud bo'lgani holda kelishuvga olib kelishi mumkin. Masalan: aybdorlar ichki ishlar idoralari kiyimini kiyib qalbaki hujjatlarni namoyish qilgan holda jabrlanuvchining xonadonida tintuv o'tkazadi va muayyan qimmatliklarga ega bo'lgan mulklarni olib, mulkni olib qo'yish to'g'risida bayonnoma tuzadi hamda voqea joyidan yashirinadi.

O'zganing mulkiga bo'lgan huquqni egallashga qaratilgan firibgarlik aybdorda o'zganing mulkiga egalik qilish yoki tasarruf etish uchun yuridik jihatdan tasdiqlangan imkoniyat paydo bo'lgan paytdan (masalan, ko'chmas mulkka nisbatan mulk huquqi yoki qonunga muvofiq ro'yxatga olinishi shart bo'lgan boshqa mulkka nisbatan huquq ro'yxatga olingan paytdan; shartnoma tuzilgan vaqtdan; mulkka nisbatan shaxsning huquqi tan olingan sud qarori kuchga kirgan kundan; vakolatli

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

davlat organi aybdorda yoki boshqa shaxslarda mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish uchun asoslar mavjudligi to'g'risida qaror qabul qilgan kundan) tugallangan hisoblanadi.

Agar shaxs o'zganing mulkini yoki unga bo'lgan huquqni mazkur mulk yoki huquq unga berilishi sharti bilan bog'liq majburiyatlarni bajarmaslik niyatida olgan yoki egallagan bo'lsa, qilmish aybdorda o'zganing mulkini yoki unga bo'lgan huquqni qo'lga kiritishga nisbatan qasd faqat o'zganing mulki yoki unga bo'lgan huquq qo'lga kiritilgunga qadar paydo bo'lgan holdagina firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Q.Abdurasulova "jinoyat sodir etish vaqtida g'araz ham ta'magirlik niyati kabi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish asosida, moddiy foyda olish istagida yotadi. Ta'magirlik maqsadi firibgarlikning zaruriy belgisi hisoblanadi, [6] deb ta'kidlaydi.

M.X.Rustambaev firibgarlik sub'ektiv tomondan to'g'ri qasddan g'araz maqsadda sodir etiladi, g'araz maqsadning mavjudligi firibgarlikning zaruriy belgisi hisoblanadi, deb yozadi [7].

Aldov shaxs tomonidan o'zganing mulkini qo'lga kiritishni yengillatish maqsadida ishlatilgan bo'lib, mulkni olib qo'yish jarayonida mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni olishni yoki ushlab turishni davom ettirgan hollarda, qilmish talonchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, shaxs mobil telefonni uning egasidan vaqtincha foydalanish uchun so'rab olib, so'ngra talon-toroj qilingan telefon bilan yashiringan holda). Aybdor tomonidan talon-torojni yashirish maqsadida talon-toroj qilingan mulk o'rniga boshqa, qiymati kamroq mulk almashtirib qo'yilgan hollarda ham qilmish talon-toroj qilingan mulk qiymatidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi. Bunda talon-toroj qilingan mulk o'rniga taqdim etilgan mulk qiymati aybdordan moddiy zararni undirish, shuningdek jazo turi va miqdorini belgilash chog'ida hisobga olinadi [8].

Amaliyotda qalbaki hujjatdan foydalangan holda firibgarlik jinoyati sodir etilishi ko'p uchraydi. Bunda hujjat kim tomonidan tayyorlangan yoki soxtalashtirilganligidan kelib chiqib, jinoyatlar majmui tarzida Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 228-moddasi tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Firibgarlikni iqtisodiyot sohasidagi qator jinoyatlardan, shu jumladan, o'zganing mulkini talon-toroj qilishning boshqa shakllaridan farqlash lozim. Firibgarlikning o'g'irlikdan (JK 169-m.) farqi shundaki, firibgarlikda aybdor mulkni o'zganing egaligidan olib qo'ymaydi, balki u tomonidan yanglishtirilgan jabrlanuvchining o'zi

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

mulkni yoki mulkka bo'lgan huquqni berishiga erishadi. Tovlamachilikdan (JK 165-m.) firibgarlik shu bilan farqlanadiki, tovlamachilikda jabrlanuvchining erki sindirilgan bo'ladi va u qo'rquv ta'siri ostida harakat qiladi, firibgarlikda esa aldov natijasida jabrlanuvchining erki yanglishadi. Firibgarlik jinoyatidan o'tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalari, shuningdek qimmatli qog'ozlar yoki chet el valyutasi yoxud chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish (JK 176-m.) qasd yo'nalishi va soxtalashtirish xususiyati bilan farqlanadi. Bunda pul belgisi yoki chet el valyutasi pul aylanmasiga kiritish uchun soxtalashtiriladi.

REFERENCES

1. Муаллифлар жамоаси. Жиноят хукуки(Махсус кисм) ИИВ Академияси. Т.:2016.

2. Таганцев Н.С. Уложение о наказаниях уголовных и исполнительных 1885 г. СПб, 1906. С.867.

3. Абдурасулова КП. Фирибгарликнинг жиноят хукукий муаммолари. Юрид.фа.номзоди...дисс. -Тошкент: 1996. -14б.

4. Узбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Фирибгарликка оид ишлар буйича суд амалиёти тугрисида»ги 2009 йил 24 июль 8-сонли карори // Узбекистон Республикаси Олий суди Пленуми карорлари туплами (2006-2014 йиллар). - Т., 2014. - Б. 183.

5. Уголовное право. Особенная часть : учебник для вузов / под общ. ред. Л.М. Прозументова. - Томск : Издательский Дом Томского государственного университета, 2019. - 159 (844) с.

6. Rustambayev M.X. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 4. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, to'ldirilgan va qayta ishlangan - T.: O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. - 66 bet (529 бет).

7. Узбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг «Жиноий хдракатлар окибатида етказилган моддий зарарни коплаш масаласига доир суд амалиёти тугрисида»ги 1998 йил 11 сентябрь 21-сонли карори // Узбекистон Республикаси Олий суди Пленуми карорлари туплами. Биринчи жилд. - Т., 2007. - Б. 172.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.