Научная статья на тему 'Интерпретационный подход к поэзии Абдували Кутбиддина'

Интерпретационный подход к поэзии Абдували Кутбиддина Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
66
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
имажинизм / перипетия / модерн / драма / онтология / трагизм / эмоция / духовный мир / внутренний опыт / лирический герой / притча / диагностика / анализ красоты. / Imagism / vicissitudes / modernity / drama / ontology / tragedy / emotion / spiritual world / inner experience / lyrical hero / parable / diagnostics / analysis of beauty.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Элнур Ниёзматов

В статье рассматриваются стихи талантливого поэта Абдували Кутбиддина, занимающего особое место в узбекской литературе. Будут обсуждены вопросы чтения и понимания стихов поэта, про чувствования и анализа его чувств. Автор акцентирует внимание на значении, стиле, эффективном использовании искусства, а также на различиях и сходстве между произведениями других поэтов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Abduvali Qutbiddin’s interpretation of poetry

The article examines the poems of the talented poet Abduvali Qutbiddin, who occupies a special place in Uzbek literature. Questions of reading and understanding the poet’s poems, feeling and analyzing his feelings will be discussed. The author focuses on the meaning, style, effective use of art, as well as differences and similarities between the works of other poets.

Текст научной работы на тему «Интерпретационный подход к поэзии Абдували Кутбиддина»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Abduvali Qutbiddin's interpretation of poetry Elnur NIYOZMATOV1

Urgench Lyceum named after "Temurbeklar maktabi"

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2021 Received in revised form 20 August 2021 Accepted 15 September 2021 Available online 11 October 2021

Keywords:

Imagism,

vicissitudes,

modernity,

drama,

ontology,

tragedy,

emotion,

spiritual world,

inner experience,

lyrical hero,

parable,

diagnostics,

analysis of beauty.

The article examines the poems of the talented poet Abduvali Qutbiddin, who occupies a special place in Uzbek literature. Questions of reading and understanding the poet's poems, feeling and analyzing his feelings will be discussed. The author focuses on the meaning, style, effective use of art, as well as differences and similarities between the works of other poets.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Abduvali Qutbiddin she'riyatiga talqiniy yondashuv

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

imajinizm,

peripetiya,

modern,

dramatizm,

ontologiya,

tragizm,

hissiyot,

ruhiy olam,

ichki kechinma,

lirik qahramon,

tashbeh,

tashxis,

husni ta'lil.

Ushbu maqolada O'zbek adabiyotida o'ziga xos o'rin tutgan iste'dodli shoir Abduvali Qutbiddin she'riyati haqida so'z yuritiladi. Shoir she'rlarini o'qish hamda anglash, tuyg'ularini htis qilish, tahlil qilsh masalalariga to'xtalib o'tiladi. Muallif ijodkorning ayrim she'rlarining ma'no-mazmuniga, uslubi, badiiy san'atlardan unumli foydalanilishi hamda boshqa shoirlar ijodidan farqli va o'xshash jihatlariga e'tibor qaratgan.

1 Native language teacher, Urgench Lyceum named after "Temurbeklar maktabi", Urgench, Uzbekistan.

Интерпретационный подход к поэзии Абдували Кутбиддина

АННОТАЦИЯ_

В статье рассматриваются стихи талантливого поэта Абдували Кутбиддина, занимающего особое место в узбекской литературе. Будут обсуждены вопросы чтения и понимания стихов поэта, про чувствования и анализа его чувств. Автор акцентирует внимание на значении, стиле, эффективном использовании искусства, а также на различиях и сходстве между произведениями других поэтов.

Abduvali Qutbiddin shaxsi haqida , noyob she'riyati haqida qalam tebratishdan oldin yana bir bor taniqli adabiyotshunos olimlar Ibrohim G'ofurov, Botirxon Akram, Qozoqboy Yoldoshev, Ibrohim Haqqul kabi bu soha vakillarining mehnatlari-yu zahmatlarini dildan his etdim. Ularning shoir ijodiga oid fikr-mulohazalaridan, tahlil-u talqinlaridan bir qancha ma'lumotlar,tushunchalar oldim. Ustozlarning hayratomuz mushohadalari, she'riyat ilmi-ning haqiqiy darg'alari ekanliklaridan lol qoldim. Adabiyotshunos olim Abdug'ofur Rasulov "tahlil va talqinlar - badiiiy asar bahosini belgilashda bosh mezon" [1. B. 4] deganlarida naqadar haq ekanliklariga amin boldim.

Abduvali Qutbiddining ilk to'plami 'Nayson" (1988) ga so'zboshi yozgan ustoz shoir Rauf Parfi: "Abduvali she'riyati dunyoni obrazli idrok etishning ajoyib namunasidir. U borliqni yalong'och tasavvur qila olmaydi Qalbida har bir lahzani, voqea va hodisani his qilib, kamalakdek jilo beradi" [2. B. 4], - deydi. Bu gaplar 28 yoshli shoir ijodiga berilgan yuksak bahodir va bunga shoir she'rlarini o'qigan hamda uqqan har bir o'quvchi amin bo'lishi shubhasiz. Ustozning yuksak e'tirofidan ruhlangan shoirning "Humo", 'Baxtli yil", 'Xayol kechasi", "Sen va sen uchun", "Uzoqdan olisga" va boshqa she'riy to'plamlari nashr etildi. Shoir ijodi haqida bir qator ilmiy va publitsistik maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yozilgan. Shu o'rinda Ibrohim G'ofUrovning 'Tafakkur shakllari" (2019), Maftuna Xolovaning "O'zbek modern she'riyati poetikasi", (Samarqand-1918), Gulnoza Oripovaning "Mustaqillik davri o'zbek she'riyatining g'oyaviy-estetik va badiiy xususiyat-lari" (Farg'ona, 1919), Mahfuza Davronovaning "Hozirgi o'zbek she'riyatida individual uslub poetikasi (Usmon Azim, Iqbol Mirzo,Faxriyor va Abduvali Qutbiddin she'riyati misolida)" (Samarqand, 2019), Dishod Xursanovning "Hozirgi o'zbek she'riyatida xrono-top poetikasi" (Samarqand, 2020) kabi doktorlik ishlarida Abduvali Qutbiddin she'riyati xususiyatlari ham ilmiy tahlil qilingan.

Taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim G'ofurov ta'kidlashicha: "Abduvali so'zni chin bozingar kabi o'ynatadi.So'z she'rning tasvir predmetiga aylanadi. So'z badiiy tasvirning chinakam manbai, so'z-obraz Bu imajinizm-ku deyishingiz mumkin. Ha, ta'bir ko'tarsa imajinizm" [3. B. 4].

So'z orqali o'quvchining tasavvur olamini kengaytirish, ruhiyatiga ta'sir etish, o'z o'y-xayollariga, iztiroblari-yu, qalb nolalariga o'quvchini sherik qilish, sevish, sevdirish, menimcha, har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Bu faqat ilohiydan berilgan ne'mat - so'z sehri va tug'ma iste'dod mevasidir. Ayrim hollarda "shoir ijod jarayonida gayri shuuriy tarzda yozadi yoxud asarini yaratadi: obrazlarning qilmishi, xatti-harakati, voqealar yechimi ijodkor inon-ixtiyoriga bo'ysunmay qoladi" [4. B. 25]. Bunday holatga tushmagan ijodkor bolmasa kerak Haqiqatan ham ayrim she'rlar, misralar uchun soatlab, kunlab, oylab bosh qotirilsa, ayrimlari tuxumdan chiqqan jo'jalarday potirlab chiqaveradi. hatto ijodkor shu misralar o'ziniki ekanligiga ishongisi kelmaydi. Kutilmagan kulminatsiya, kutilmagan peripetiya,

Ключевые слова:

имажинизм,

перипетия,

модерн,

драма,

онтология,

трагизм,

эмоция,

духовный мир,

внутренний опыт,

лирический герой,

притча,

диагностика,

анализ красоты.

kutilmagan chiroyli yechim va xotimalar ilhom parilari yordamida ilohiy qudrat, kuchli qobiliyat yordamidagina yuzaga keladi.

Professor Qozoqboy Yoldosh shoirning lirik qahramoni haqida: "Abduvali Qutbiddinning lirik qahramoni - 80-yillar farzandini tuigunlik yillari tarbiyalab, hayotga yol ko'rsatgan edi. 80-yillar avlodi oldida mashaqqatli vazifa - juda kop yolgon aralash-gan kechagi va bugungi hayotdan insoniy haqiqatni zarra- zarralab terib Buyuk Haqiqat-ning yaxlit vujudini yaratish zarur edi " [5, b. 6] deb yozadi "She'rlar" to'plami so'zboshi-sida. Ohorli tashbehlarga boy she'rlarining ko'pchiligida shoirning o'zi lirik qahramon obrazida gavdalanadi.

'Zarbof to'n kiygan darg a mendirman", "Tonglari boshingdan sepaman quvonch", "Ko'zimdan o'pib qo'y, Osima", 'Taxayyul tunida seni esladim", "Ne deyin sahroda dardkashim sarob" kabi she'rlari fikrimiz dalili bo'la oladi. Hech kim sevgan emas meni senchalik, Qaqnus tumshugida yongan alanga. Azizam, azizam, gamgin azizam, Saodat olmoqqa yeturmi tangam.

Naqadar mo'jizakor, jozibador misralar! Ularni o'qib, uqib hayrat daryosiga sho'n-g'ib ketasiz."Qaqnus tumshug'ida yongan alanga", "Saodat olmoqqa yeturmi tangam" bu chin baxtga talpingan, hajr o'tida yongan qalb nolasi emasmi!? Mumtoz adabiyotimizda "o't" (olov, alanga) obrazi juda ko'p uchraydi. Buni biz hazrat Navoiy ijodida, Lutfiy, Ogahiy ijodida va ulardan oldin yashab o'tgan tasavvuf yo'nalishidagi otashnafas shoirlar ijodida uchratish mumkin. Xususan, Ahmad Yassaviy ham hikmatlaridan birida o't obrazini qo'llagan: Muhabbat jomin ichgan devonalar Qiyomat kun o't og'zidan sochar, do'stlar. Qudrat bilan yaratilgan yetti tamug, Oshiqlarning na'rasidan qochar do'stlar.

Bu yerda Yassaviy hazratlari ilohiy ishq dardiga mubtalo bolgan oshiqlarning bu dunyo hoy-havaslaridan voz kechib, devona bolib qolganliklarini, qiyomat kuni kelganda ishq olovi battar avj olib, og'zidan o't sochishi va u o't oshiqlar na'rasi-la chiqishidan yetti do'zax qochishi juda mahorat bilan tasvirlangan. Oshiqlarning o'tli na'rasidan yetti do'zaxning qochishi, albatta, o'ta kuchaytirilgan mubolag'a. Shu bilan birga bu o'ziga xos topilma, chiroyli tashxis va orifona izlanish natijasidir.

Abduvali Qutbiddin ana shunday an'anaviy mushohadalar, mubolagalar, husni ta'lil, tashxis, tashbeh-u, iyhom san'atlaridan zamonaviy usulda yaratgan she'rlarida ham unumli foydalangan. Shoirning "Ahmad Yassaviy", "Munojot" she'rlarini bir necha marta qayta-qayta o'qimas ekan o'quvchi shoir mushohadasini anglay olmasligi turgan gap. Odamning o'zidan ozod qil ozod, Menga ham odamlík baxtin ato qil ... Yo, rabbim ...

Xaslar tushmoqdalar xaslar ustina ...

Bu misralarda hayotda o'zini odam qiyofasida ko'ringan manqurtlar,beburdlar, boqibeg'amlar va odam-shaytonlardan ozod qilinishini, odamlik baxtini berishini Allohdan so'rayotganini va hayotning ma'nosini tushunmay, unga befarq qarab, bema'ni hayot kechirib shunday o'tib ketayotgan kishilar xaslarga qiyoslanilayotganini ko'rish mumkin.

Abduvali Qutbiddinning ishq-muhabbat mavzusidagi she'rlari ham betakrorligi bilan kishini o'ziga jalb etadi. Ulardagi oshiq holati, qandaydir sirlilik va kutilmaganlik holatlari o'zgacha-o'zgacha ranglarda jilolanadi.

Muyassar bolmagay husni jamoling,

Yomg'irdan esdalik nuqtaday xoling Uzilgan argamchi misoli holing, Cir- g'ir oqib qoldi aql-u hushim ham, Yostiging ustiga tushgan tushim ham.

Birinchi misraning o'zidayoq qafiy ta'kid, tushkun holat ko'zga tashlanadi. Xolning yomg'irdan esdalik bo'lishi, aql-u hushning shaxslantirilishi, tushning tushib qolishi bular hammasi aql bovar qilmaydigan yangi topilmalar. Shunday jozibador she'rlaridan misollar keltiramiz: Orazi ko'zguda ayni hiloldur,

Kamolin soqchisi, jangchi maloldur.

* * * *

Boshingda gulchambar, qarogida oy,

Sevdim dedim seni, manglayi yalpiz.

* * * *

Ninachi qanotin hijob qilsaydi, Qil ko'prik yol topib bera bilsaydi, G'am cheksak Binafsha ovuntirsaydi, To! - go - na, to! - go - na Jon

Berar edik

Bu misralarda ifodalangan dramatizmni, ma'no-mazmunni har kim o'zicha tushunishi, tahlil qilishi turgan gap. Ninachining qanotini parda qilishi, binafshaning ovuntirishi, tolgona so'zining bo'ginga ajratib yozilishi, jon so'zining alohida bir qatorda turishi - hammasining o'ziga xos ma'no mohiyati, ohangdorlikni kashf etishi, har bir so'z-ning jozibasi, yangicha talqini haqiqiy mahorat nishonasi desak mubolag'a emas.

Abduvali Qutbiddinning zamonaviy (modern) yo'nalishda yozgan ko'pgina she'rlari safdoshlari Aziz Said, Faxriyor, Bahrom Ro'zimuhammad kabi shoirlar ijodiga hamohang. Shoirning sof o'zbekcha so'zlarni mohirona qollashi, ularga yangi-yangi ma'nolar yuklashi, shiddatli hukmlar chiqarishi, betakror ifodalar, tashbehlar yaratishi o'zbek adabiyotida, o'zbek she'riyatida o'ziga xos o'ringa ega shoirlardan ekanligini ko'rsatadi. Uning she'riy asarlarini adabiyot atalmish bo'stonning solmas chechaklariga mengzasak adashmaymiz. Abduvali Qutbiddin she'rlarini to'g'ri kelgan kitobxon o'qib tushunishi qiyin. Uning she'rlaridagi mavhumlik, dramatizm, tragizm ontologik, gayrishuuriylik tushunchalarini faqat adabiyotshunoslik dargalarigina har tomonlama, tolaqonli tahlil qila oladi. She'rlarida dialektik unsurlardan mohirona foydalanib so'z jozibasini, qadr-qimmatini oshirishga harakat qilgan, ijodining dastlabki namunalaridanoq ustozlar e'tirofiga sazovor bo'lgan shoirning biror so'zni noo'rin qo'llaganini uchratmadim. O'ylaymanki, kelgusida Abduvali Qutbiddin ijodining ochilmagan qirralari ochiladi, keng kitobxonlar orasida shov-shuvga sazovor boladigan asarlar, ilmiy va publisistik maqolalar hali ko'p yoziladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI:

1. Abdug ofur Rasulov "Tanqid, talqin, baholash". T., "Fan" nashriyoti. 2006.

2. A. Qutbiddin "Nayson" T.G'. G'ulom nashriyoti. - 1988. - B. 4.

3. A. Qutbiddin "She'rlar" kitobi so'z boshisi Ibrohim G'ofurov "Tafakkur shakllari" jurnali. - B. 4.

4. Botirxon Akram "Fasohat mulkining sohibqironi" T., "O'zbekiston" 1991.

5. A. Qutbiddin Hayol kechasi. T., "Yozuvchi". 1994.

6. Ahmad Yassaviy "Devoni Hikmat". T.G'. G'ulom nashriyoti. - 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.