Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-826-830
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA TA'LIM YO'NALISHI TARBIYACHILARINING PEDAGOGIK QOBILIYATLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
Gulnoza Ilhom qizi Xasanova
JDPI, Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yo'nalishi tarbiyachilarining pedagogik qobiliyatlarini takomillashtirishda integrativ yondashuvning mazmuni xaqida so'z borgan.
Kalit so'zlar: Kasbiy mahorat, pisixologik bilimlar, o'tkir iroda, pedagogik mahorat, mahorat, tarbiyachi modeli, tarbiya samaradorligi, insonparvar munosabat.
ABSTRACT
This article discusses the content of an integrative approach to improving the pedagogical skills of preschool educators.
Keywords: Professional skills, psychological knowledge, sharp will, pedagogical skills, skill, educator model, educational effectiveness, humane attitude.
KIRISH
Xozirgi kundagi global o'zgarishlar, fan texnika va axborot kamunikatsiya texnalogiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr tarbiyachisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik pisixologik bilimlarni, o'z ishini chuqur bilishini va yuksak tafakkurini, siyosiy savoxonlikni, fkrlash doirasi keng va mulohazali bo'lishni talab qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat ko'rsatiyotgan tarbiyachilar tarbiya shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakklantirish nazariyasini, turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Jamiyatda tarbiyachi modeli o'z mahoratiga ega bo'lishi tarbiya samaradorligini ta'minlovchi shaxs bo'libgina qolmasdan ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro e'tiborini ham oshiradi, tarbiyalanuvchilarga unga nisbatan hurmat yuzga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan hatolardan holi bo'lish, tarbiyachilar, hamkasblar, hamda ota - onalar bilan munosabatda muvofaqqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lgan tarbiyachi bolani
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-826-830
tushina olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholasa, yuzaga kelishi ehtimoli bo'lgan ziddiyatlarni o'z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg'orligi jami yat taraqqiyoti hamda pedaggik jarayonda tarbiyalanuvchilar ongida singdirilayotgan ezgu g'oyalarni hayot bilan bog'lay olishi lozim.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Barchamizga ma'lumki, shaxsning jamiyat hayotida faol ishtirok eta olishi unda shakllangan kompetensiyalarga bevosita bog'liq. Tarbiyachi jamiyatda o'z o'rni va ahamiyatini rivjlantirishda uning o'z faoliyati davomida egallagan bilim ko'nikma va malalakalri muhim ahamiyat kasb etadi. V.A.Slasttelin tariflashicha, pedagogik qobiliyat shaxsining kasbiy yo'nalishidagi yuqori ko'rinishi bilan har qanday faoliyat qobiliyatning asosiy ko'rsatkichi uning fikricha, maxsus umumlashgan malakalarni egallaganligidir. Tarbiyachilik kasbiy bilimlarining xuxusan pedagogik pisixalogik bilimlarining yetishmasligi yoki uning rad etilishi va hatti - harakati unga yetarlicha e'tibor bermaslik ko'pgina xollarda tarbiyachi tayyor materiallardan foydalanib o'z ustida izlnishlarni to'xtati qo'yadi. Bu esa tarbiyachi shaxsiga nisbatan bilimsizlik darajasini olib keladi.Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg tarbiyachining jamiyatda o'z o'rnini egallash uchun doimiy ravishda fanlarni mutola qilish bilan shug'ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: "Tarbiyachi muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmog'i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o'xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday tarbiyachidan hech qanday natija kutib bo'lmaydi. " Tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi o'zi yashab turgan tabiyat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fizalogiyasini egallashi va bolalarning yosh hususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagok tarbiyachining hodisalarnitahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tamonlama rivojlantirishmufaqqiyatni amalaga oshirishga imkon beradi. L.Y.kolnlmskiy o'z Tadqiqotida tarbiyachining bolalarga munosabati so'ssiz tarbiyachi mehnati muafaqqiyatlarida hal qiluvchi ro'l o'ynashi hamda pedagogik mahoratning muhim tamoni bo'lib hisoblanishini takidlagan edi. Uning fikricha tarbiyachi bilan bolalarning o'zaro munosabati ko'p jihatdan aynan mana shu jarayon harakteriga bog'liqdir. Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o„z asarlarida o'qituvchining kasbiy fazilati to'g'risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: "Pedagog darsda ma'lum bir
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-826-830
o'ziga xos rolni o'ymmasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o'ynashni bilmaydigan o'qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma'lum ma'noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe'limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo'lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko'ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg'ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo'l qo'yib bo'lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko'ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo'lsa, pedagog ham ko'ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo'ladi. O'quvchiga ba'zan muloqotda ko'ngil azobini namoyish etishga to'gri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o'ynashni ham bilishi kerak.
NATIJALAR
Qobiliyat bu- shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'lib, muay-yan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisi hisoblanadi. Tarbiyachi bolalarni o'qitish emas, o'qishga boshqarib turishi tarbiyalash emas, tarbiya jarayoniga raxbarlik qilish uchun yaratilgan bu vazifani u qanchalik chuqur anglab yetsa u o'z bolalariga shunchalik erkinlik, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash uchun sharoit yaratib bergan bo'ladi. Tarbiyachilik qobiliyatini haqiqatdan ham yuqori darajada egallagan tarbiyachi ta'lim tarbiya jarayonini go'yo chetdan kuzatib turgandek tuyuladi aslida esa bu jarayon boshqarilib boriladi.
Buyuk grek faylasufi Suqrot o'sha davrlardatoq mutaxasis tarbiyachilarni "fikr akusherlari" deb nomlagan edi. Tayyor haqiqatni e'lon qilish emas balki bolalarongida yangi fikr tug'ulishini taminlash zarur. Tarbiyachi ta'lim - tarbiya jarayonini boshqarishdagi birinchi vazifasi - maqsadni belgilaganidadir. Maqsad esa pedagogik faoliyatda tayanch omildir. Tarbiyachi va bolalarning umumiy mehnatini ma'lum yo'nalishga boshqarib boradi. Bu esa o'z o'rnida kutilgan natijalarga yetaklaydi. Boshqarish jarayoning mohiyati ana shundan iboratki, pedagogik jarayon ishtirikchilari harakatini muofiqlashtirb turadi. Tarbiyachi shaxsi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Tarbiyachi tomonidan bajariladigan vazifalarning ko'pligi uning kasbida boshqa ko'plab boshqa ko'plab mutaxasisliklar elementlaridan foydalanishni taqqozo etadi, aktyorlik, rejissiyorlik, menjerlik, tadqiqotchilik kabilardir. Ya.A Komenskiyning takidlashicha tarbiyachilikning asosiy belgisi shundan iboratki, u o'zining yuqori darajadagi axloqiyligi, kishilarga muhabbati, bilimi va mexnatsevaarligi va boshqa sifatlari bilan tarbiyachiga namuna bo'lsin va namuna ko'rsatib ularda insoniylikni tarbiyalasin.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-826-830
MUHOKAMA
Integrativ yondashuv asosida maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'qituvchilarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonlarda turli xildagi o'yinlardan foydalanish kutilgan samaradorlikka erishish imkonini beradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi, ushbu metod yordamida shaxsiy, intellektual, umumiy, kommunikativ ko'nikmalar o'zaro uyg'unlashib refleksiv kompetensiya shakllanadi.
Pedagogik ensiklopediyada keltirilishicha, pedagogik refleksiya - o'quv tarbiya jarayonlarining subyektlarining o'zaro munosabat jarayonida o'z- o'zini tenglashtirishini anglatadi. Pedagogning refleksiv kompitentsiyasi subyektlarning o'z xatti- harakatlari va ularning asoslarini tushunib yetishi anglashga qaratilgan nazariy faoliyat jarayoni xisoblanadi.
Integratsiyalashuv printsipi zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishda yetakchi tamoyil hisoblanmoqda. Integratsiyalashuv tamoyilning mohiyati shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalarga dunyoning yaxlit ko'rinishi haqida tasavvur beradigan sintetik, yaxlit bilim tizimini yaratish istagi xisoblanadi. Natijada ularda o'zlikni anglash xissi rivojlanib ijtimoiylashish, muammoli vaziyatlarga echim topish layoqati shakllanadi. Natijada jamiyat qonunlariga amal qilish asosida maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'qituvchilaridafaol fuqarolik kompetensiyasi shakllanadi. Keys metodi esa o'quvchilarni amaliy faoliyatga jalb etish bilan bir qatorda o'yin ko'lamini kengaytirish, uni real xayotiy voqelik bilan bog'lashga ham xizmat qiladi. Mazkur metod o'quv jarayonini aniq hayotiy vaziyatlar bilan bog'lab, o'quvchilarni qo'yilgan muammolarning echimini faol izlash, birgalikdagi faoliyat natijalarini bosqichma-bosqich muhokama qilishga undaydi.
XULOSA
Jamiyatda tarbiyachi modelini shakllantirishning ijtimoiy va pedagogik, psixalogik tayyorgarligi - tarbiyachining ta'lim tarbiya jarayonining qonun qoidalarinio'zlashtirishi, pedagogik , psixalogik bilim malakalarga ega bo'lishi, ta'lim oluvchi shaxsining yosh va individual xususiyatlarini bilishi hamda ularning psixalogik holatni boshqara olish, ta'lim jarayonini , uning mazmuni, tamoyillari, ta'limni tashkil etishning shakl, metod, va vositalari haqida dastlabki nazariy ma'lumotlarga egalik darajasi bilan taqqoslanadi. Tarbiyalanuvchilarni boshqarishga moyil, qiziquvchan bo'lganliklari uchun tarbiyachi o'z metodlarini to'g'ri va aniq qo'llashi zarur jamiyatda tarbiyachi modelining ijtimoiylashuvida uning pedagogik
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-826-830
mahorati, qobiliyati, har bir tarbiyalanuvchilaming yosh hususiyatlariga etibor berishi, davlat talablari asosida olib borilishi va bu jihatlarnng to'g'ri yo'lga quyishi eng avvalo tarbiyachi shaxsiga bog'liqdir. Tarbiyachidan tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlariga mos bo'lgan mashg'ulotni oson o'zlashtirishlarini bilimlarini mustahkam o'rganishni taminlaydigan metodlarni tanalshi va foydalanishni talab etadi.
REFERENCES
1. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: «Istiqlol», 2006.
2. Педагогика: энциклопедия. Ш жилд / тузувчилар: жамоа. -П 29 Тошкент: «Узбекистан миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2017. - 424 бет.
3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б
4. Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782