Научная статья на тему 'INTEGRATIV-KOGNITIV TOPSHIRIQLAR ORQALI BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI'

INTEGRATIV-KOGNITIV TOPSHIRIQLAR ORQALI BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
16
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integrativ-kognitiv topshiriq / nutqiy kompetensiya / lingvistik kompetensiya / oʻqib tushunish / tinglab tushunish / ogʻzaki nutq / mulohaza yuritish / kritik fikrlash. / integrative-cognitive task / speech competence / language competence / reading comprehension / listening comprehension / oral speech / reflection / critical thinking.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Karimova K.K.

Ta’lim jarayonida oʻqituvchining bilimi, mehnatini xolis baholovchi, pedagogik faoliyati davomida qoʻllayotgan usul, metodlarining samaradorligini koʻrsatib beruvchi yagona shaxs oʻquvchi hisoblanadi. Ushbu maqolada ham ona tili darslarida integrativkognitiv topshiriqlarning oʻrni, bu kabi topshiriqlarni qoʻllashning oʻquvchilar uchun har tomonlama ahamiyati haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF IMPROVING COMPETENCES IN PRIMARY GRADE STUDENTS THROUGH INTEGRATIVE-COGNITIVE TASKS

In the educational process, the student is the only person who objectively evaluates the knowledge and work of the teacher, showing the effectiveness of the methods and techniques used in pedagogical activity. This article also discusses the role of integrative-cognitive tasks in native language lessons, the importance of using such tasks for students.

Текст научной работы на тему «INTEGRATIV-KOGNITIV TOPSHIRIQLAR ORQALI BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI»

Karimova K.K.

Buxoro davlat pedagogika instituti

Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) ixtisosligi tayanch doktoranti

INTEGRATIV-KOGNITIV TOPSHIRIQLAR ORQALI BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KOMPETENSIYALARNI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya. Ta'lim jarayonida o'qituvchining bilimi, mehnatini xolis baholovchi, pedagogik faoliyati davomida qo'llayotgan usul, metodlarining samaradorligini ko'rsatib beruvchi yagona shaxs o'quvchi hisoblanadi. Ushbu maqolada ham ona tili darslarida integrativ- kognitiv topshiriqlarning o 'rni, bu kabi topshiriqlarni qo'llashning o'quvchilar uchun har tomonlama ahamiyati haqida so Z boradi.

Kalit so'zlar: integrativ-kognitiv topshiriq, nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya, o'qib tushunish, tinglab tushunish, ogZaki nutq, mulohazayuritish, kritik fikrlash.

Karimova K.K.

PhD student in the specialty Theory and Methodology of Education and Upbringing (Primary Education) Facility of Preschool and Primary Education Bukhara State Pedagogical Institute

THE IMPORTANCE OF IMPROVING COMPETENCES IN PRIMARY GRADE STUDENTS THROUGH INTEGRATIVE-COGNITIVE

TASKS

Annotation. In the educational process, the student is the only person who objectively evaluates the knowledge and work of the teacher, showing the effectiveness of the methods and techniques used in pedagogical activity. This article also discusses the role of integrative-cognitive tasks in native language lessons, the importance of using such tasks for students.

Keywords: integrative-cognitive task, speech competence, language competence, reading comprehension, listening comprehension, oral speech, reflection, critical thinking.

Bugungi kunda ta'lim tizimida bir yo'nalish yoki yondashuv asosida faoliyatni olib borish eng katta fojea desak adashmagan bo'lamiz. O'z qolipida qotib qolgan, bir xillikni xush ko'ruvchi o'qituvchi-pedagog nafaqat jamiyatda , balki o'quvchilar yuragidan ham muhim o'rin egallay olmaydi. O'z ustida tinimsiz ishlaydigan o'qituvchigina yuksak marralarni zabt eta oladigan, o'zining har bir faoliyatini tahlil qilgan holda yuqori suratlarda ijobiy tomonga o'zgartirishga erisha

oladigan o'quvchini yetishtira oladi. Bir so'z bilan aytganda, o'quvchilar natijasi pedagog faoliyatining ko'zgusi hisoblanadi. Yurtimizda maktab ta'lim tizimini yaxshilash, pedagog kadrning mavqeyini, huquqini barqarorlashtirish, o'quvchilarning har bir vaqtini unumli tashkil etishga doir bir qancha qaror, loyiha va qonunlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning "Maktab-bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi", - deya aytgan so'zlaridan ham bu dargohning qanchalik ahamiyatli ekanligini bilib olish qiyin emas.

Darhaqiqat, jamiyatda ulkan o'zgarishlar bo'lishini istagan inson o'quvchi faoliyatiga alohida urg'u berishi kerak. O'quvchilarning bilim sifatini oshirish, ularda turli ko'nikma va kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.

Kognitiv jarayon bir nechta aqliy faoliyatlarni o'z ichiga oladi. O'quvchilar oddiy darsda egallash lozim bo'lgan aqliy faoliyatni to'liq amalga oshirishi ko'zda tutiladi.

Shunday ekan, integrativ-kognitiv topshiriqlarni ta'lim tizimi, dars jaraniga olib kirishi bir necha karra ijobiy natijaviylikni ta'minlab beradi. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilar bajaradigan mashqlarning integrativ, kognitiv hamda integrativ-kognitiv yondashuvga qanday munosabatda ekanini bilmoqchi bo'lsak, quyida sinflar kesimida tahlil qilingan diagrammani keltirish mumkin.

Diagramma yordamida ko'rishimiz mumkinki, darsliklarda integrati, kognitiv yondashuvga asoslangan mashqlar juda kam miqdorni egallamoqda.

Mashq. Shaharlar nomini yozing. Yozgan so'zlaringizda tovushlar va harflar sonini sanang. Tovushlar va harflar soni tengmi? Mazkur mashqda matematika fani bilan o'zaro aloqadorlik yuzaga keltirilganini ko'rish mumkin. O'quvchilar harflar va tovushlar bilan birgalikda "katta", "kichik", "teng" tushunchalarini ham mustahkamlab oladilar. Bundan tashqari, bu mashq orqali o'quvchilarda Milliy dasturga binoan Nutqiy kompetensiyaning og'zaki nutq bandiga ko'ra nutq tovushlarini to'g'ri talaffuz qilish(OTMT.l.NK.ON.l); anglash(tinglab tushunish): berilgan savolni tushunishva mantiqli javob bera olish(OTMT.1.NK.A.TT.3) kabi ko'nikmalar yuksalishiga erishish mumkin.

20

■ Integrativ yotfdSshuv asosidagi mashqlar

■ Kognitiv faoliyat ko'zlangan mashqlar

- Integrativ-kognitiv xarakterdagi mashqlar

Har kuni dunyodagi barcha lardan

taxminan 2 million tonna sog'ib olinadi.

10 litr =1 kg

21 litr

15 litr

= 1 litr ?

M

Экономнка h соцнумм №12(127)-1 2024

www.iupr.ru

Ushbu mashq ham matematika fani bilan aloqadorlikda. Bundan tashqari ushbu mashqda kognitiv faoliyat tarkibiga kiruvchi hisob-kitob masalasi ham yotadi. O'quvchilar ham ona tilidan mashq bajaratilar, ham matematik misol bilan shug'ullanadilar. Bundan tashqari boshlang'ich sinf ona tili darslarida matematika faniga taaluqli geometrik shakllar, fazoviy shakllar, misol yechish kabi topshiriqlar orqali berilgan mashqlar ham mavjud.

Darslikda ferma o'yini bilan bog'liq mashq ham integrativ ham kognitiv yondashuvga ega. Mashqda bitta qog'ozni to'rtga bo'lib, har bir parchasiga uy hayvonlari rasmini chizish va nomini yozish topshirig'i berilgan. Ushbu mashqda rasm chizish kerakligi integratsion jihatdan tasviriy san'at fani bilan bog'lansa, kognitiv jihatdan miyaning chap yarimsharida kechadigan faoliyatga borib taqaladi. Ayniqsa, integrativ-kognitiv mazmundagi mashqlar orasida tillar bilan bog'liq variantlari juda kerakli va dolzarb hisoblanadi. O'quvchilar ingliz tili va rus tili bilan bog'liq ravishda miya o'ng yarimsharida kechuvchi faoliyatni olib boradilar. Bunday mashqlar ham o'z-o'zini rivojlantirish hamda kommunikativ kompetensiyalarni oshirishga xizmat qiluvchi topshiriqlar tarkibiga kiradi.

Bu mashqda tabiatda suvning ko'rinishlari bilan bog'liq ma'lumotlar mavzuni tabiiy fan bilan bog'lashga xizmat qiladi. Mazkur mashqni quyidagi ravishda integrativ-kognitiv topshiriq tarzida to'ldirish ayni muddao.

Mazkur topshiriq bir emas bir nechta fanlararo aloqadorlik hamda bir qancha kognitiv faoliyatni o'zida mujassam qilgan. Bu esa o'quvchilarda mulohaza yuritish, kritik fikrlash ko'nikmalari yetarli darajada rivojlanib borishida o'z o'rniga ega.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, integrativ-kognitiv topshiriqlar orqali o'quv mashg'ulotini tashkil etish barcha o'quvchilarning jarayonga faol munosabatda bo'lishlarini ta'minlaydi. Zero, har bir o'quvchining individual qarashlari, imkoniyatlari hisobga olinishi ularni, albatta, befarq qoldirmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi o'quv qo'llanma Toshkent - .ILM ZIYO. - 2009

2. Kuranov S.D. 2-sinf uchun darslik, Toshkent "Novda Edutainment", 2023.- 88 b

3. Baynazarova D.D. 3-sinf uchun darslik, Toshkent "Novda Edutainment", 2023.96 b

4. Baynazarova D.D. 4-sinf uchun darslik, Toshkent "Novda Edutainment", 2023.96 b

5. Saidova M.J. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari // Sovremennyye innovatsionnyye issledovaniya aktual'nyye problemy i razvitiye tendentsii: resheniya i perspektivi.. 2022 - T. 1. - №. 1. - C. 101-104. https://doi.org/10.5281/zenodo.8040089

6. Karimova K.K. Advantages of using integrative-cognitive tasks in developing professional competence in future primary class teachers. Web of teachers: Inderscience Research IFSIJ JIF:8.325 Volume 2, Issue 5, May - 2024 ISSN (E): 2938-379X

7. Karimova K.K. Integrativ-kognitiv topshiriqlar orqali bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning mazmuni. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities ISSN (E): 2835-3196 SJIF 2024: 6.723 Volume 3, Issue 6, June 2024

мЭкономнка h соцнумм №12(127)-1 2024

www.iupr.ru

191

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.