INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
YANGI AVLOD DARSLIKLARI - O'QUVCHILARDA KOLLABORATIV KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA
© I.S. Temirova1H_
1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada yangi avlod darsliklari va kollaborativ ta'lim yondashuvlari yordamida o'quvchilarda 4k ko'nikmalarini rivojlantirishning ta'lim jarayonidagi o'rni tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - yangi avlod darsliklari va kollaborativ yondashuvlar yordamida o'quvchilarda 4k ko'nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirish va o'quvchilarni jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlashda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklarini aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda yangi avlod darsliklaridagi topshiriq va vazifalar, shuningdek, kollaborativ ta'lim texnologiyalari va ularning o'quvchilarni 4k ko'nikmalariga tayyorlashda qo'llanishi bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar yangi avlod darsliklari va kollaborativ yondashuvlar yordamida o'quvchilarning kommunikativ, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va hamkorlik ko'nikmalarining sezilarli darajada oshganini ko'rsatdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari yangi avlod darsliklarida va kollaborativ yondashuvlarda o'quvchilarni 4k ko'nikmalariga tayyorlash, ta'lim jarayonini yanada samarali va amaliyotga yaqinlashtirish mumkinligini tasdiqladi.
Kalit so'zlar: ta'lim jarayoni, darsliklar, kollaborativ ta'lim, 4k ko'nikmalar, kompetensiya, intensivlashtirish, ijodkorlik, analitik fikrlash, muloqot ko'nikmalari, mashq, ijtimoiy rivojlanish
Iqtibos uchun: Temirova I.S. Yangi avlod darsliklari - o'quvchilarda kollaborativ ko'nikmalarni shakllantirish vositasi sifatida. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B.314-322.
УЧЕБНИКИ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ - КАК СРЕДСТВО ФОРМИРОВАНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАВЫКОВ СОВМЕСТНОЙ РАБОТЫ_
© И.С. Темирова1И
1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются современные подходы к обучению в образовательном процессе, а также роль использования новых методик, таких как
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10(1)
Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
коллаборативное обучение и инновационные подходы, в развитии навыков 4k у учащихся.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — повысить эффективность образовательного процесса и развитие навыков 4k у студентов через внедрение новых методик обучения, включая использование учебников и коллаборативных подходов.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании проведен анализ использования новых методик в учебном процессе, направленных на развитие 4k навыков у студентов. Рассматриваются учебники, которые способствуют развитию этих навыков, а также использование коллаборативного обучения в образовательном процессе.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показали, что использование коллаборативного подхода и новых методик обучения значительно повышает уровень коммуникативных и коллаборативных навыков студентов, а также их способность к критическому и креативному мышлению.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтверждают, что внедрение новых образовательных технологий, включая учебники и коллаборативное обучение, помогает развивать у студентов навыки, необходимые для успешной профессиональной деятельности в будущем.
Ключевые слова: образовательный процесс, учебники, коллаборативное обучение, 4K навыки, компетенции, инновационное образование, креативность, критическое мышление, коммуникация, социальное развитие.
Для цитирования: Темирова И.С. Учебники нового поколения - как средство формирования у учащихся навыков совместной работы. // Inter education & global study. 2024. №10(1). С.314-322.
TEXTBOOKS OF THE NEW GENERATION - AS A MEANS OF DEVELOPING STUDENTS' TEAMWORK SKILLS_
© Iqbol S. Temirova1®
1 Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes the technologies of teaching educational materials based on the collaborative approach in modern educational processes, with a focus on the development of 4k skills (creativity, critical thinking, communication, and collaboration) among students through the use of textbooks and collaborative teaching methods.
AIM: the main objective of the study is to improve the effectiveness of teaching educational materials in schools and universities through the use of modern educational methods, particularly collaborative learning approaches, to develop 4k skills among students.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
MATERIALS AND METHODS: the study involved analyzing scientific literature on collaborative teaching methods, textbooks, and their application in educational processes aimed at fostering 4k skills. The integration of new methods and collaborative approaches was explored for its impact on students' development of critical and creative thinking.
DISCUSSION AND RESULTS: the results demonstrated that the use of collaborative methods in teaching significantly improved students' communication, critical thinking, creativity, and collaborative skills, thereby preparing them for future professional activities.
CONCLUSION: the study confirms that the integration of collaborative learning approaches and modern textbooks into the educational process helps improve the development of essential 4k skills, making the learning experience more effective and aligned with real-world applications.
Keywords: educational process, textbooks, collaborative learning, 4K skills, competence, innovation, creativity, critical thinking, communication skills, social development.
For citation: Iqbol S. Temirova. (2024) 'Textbooks of the new generation - as a means of developing students' teamwork skills', // Inter education & global study, (10(1)), pp. 314-322. (In Uzbek).
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma'rifat va ta'limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bugungi kunda maktablarning ta'lim berish faoliyati yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo'lmoqda. Yoshlarimiz sog'lom hamda go'zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo'yicha muhim o'rniga ega bo'lish, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti, ammo bu jarayonda ta'lim olish bilan birga muloqot qila olish, o'zgalar bilan birgalikda ishlay olish, birgina tugmani bosish orqali ma'lumot olish mumkin bo'lgan bugungi kunda ma'lumotlarning ishonchli yoki ishonchli emasligini aniqlay olish va ijodkorlik eng asosiy shartlar bo'lib hisoblanadi. Mamlakatimizda 2019 -yilning oktyabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab amaliyot integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olingani buning yaqqol dalilidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida ta'lim sohasida boshlangan islohotlarni davom ettirish zarurligini ta'kidlab, 2023-yilga oid Davlat dasturi to'g'risidagi farmoni loyihasida "2023-2024 o'quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
o'quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko'nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan yangi o'quv dasturlarini amaliyotga kiritilish" [1] vazifasini belgilagani ham bu islohotlarning muhim qismi ekanligini anglatadi.
Shunga muvofiq ilg'or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi. Yangi darsliklardagi topshiriq va vazifalarni bajarish orqali o 'quvchilarimizda boshlang'ich sinflarda bilimni baholaydigan xalqaro dasturlarning masalalarini yechish malaka ko'nikmasi shaklanadi. Darsliklar zamonaviy axborot jamiyatiga muvaffaqiyatli moslashish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan. Jumladan, Ta'limni rivojlantirish markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengash tomonidan tavsiya etilgan, "Novda Edutaiment" nashriyot uyi tomonidan 2023-yil nashr qilingan yangi avlod darsliklari 4K ko'nikmalarini ya'ni kommunikativlik, tanqidiy fikrlash (critical thinking), kreativlik va kollaboratsiya (jamoada ishlash ko'nikmalari, jamoaviy qaror qabul qilish qobiliyati) va ta'lim jarayonini intensivlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib ular o'quvchilarda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun muhim bo'lgan kasbiy hamda ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu ko'nikmalarni egallash o'quvchilarga o'zgaruvchan dunyoda faol ishtirok etish, muammolarni hal qilishda analitik yondashuvni qo'llash, yangi g'oyalarni ishlab chiqish va boshqalar bilan muvaffaqiyatli muloqot qilishga tayyor bo'lishni o'rgatadi [2].
Yangi darsliklarda o'quvchining munosib portreti, ta'lim muhitini yaratishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu darsliklar har bir o'quvchining muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi, uzluksiz kasbiy o'sishi va barkamol rivojlanishi uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan. Yuqorida ko'zda tutilayotgan 4K ko'nikmalarining har birining o'rni beqiyosdir. Masalan, kollaboratsiya- bu o'quvchilarning juftlik yoki guruhlarda hamkorlikda ishlayotgan har qanday faoliyatidir. Buni boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslari misolida olib qaraydigan bo'lsak, umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlarida ona tili fanini o'qitishning asosiy vazifalari quyidagicha belgilangan (1-rasm).
Yuqorida keltirilgan birinchi vazifa: "O'quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun ona tili fani bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo'llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish"ni qaraydigan bo'lsak, o'quvchilarda adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, matnni tinglab tushinish jarayoni bilan uzviy bog'langan holda grammatik bilimlarni kolloborativ yondashuvga asoslangan innovatsion usullar vositasida nutqiy kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga zamin yaratadi.
Shu bilan birga darslikda o'quvchining fanga oid kompetentsiyalarni hamda hayotiy ko'nikmakarni puxta egallab borishlarida ushbu barcha vazifalar bir-birini o'zaro integrativ tarzda to ldirib, maqsadni ta'minlash uchun xizmat qilishga yo'naltirilgan.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1-rasm. Ona tili fanini o'qitishning asosiy vazifalari.
Ikkinchi vazifa: "O'quvchilarning ona tilida og'zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish"ga oid harakatlarni amalga oshiradi. Ma'lumki, lingvistik kompetensiyalar insonning tilni to'g'ri va muvaffaqiyatli qo'llay olish qobiliyatini belgilaydi va u turli sohalarda muhim rol o'ynaydi (2-rasmga qarang).
Leksika: so'zlami bilish, anglash va qo'llash, so'z zaxtiasi, so'z ma'nolarini anglash, so'zlami to'g'ri qo'llash
✓
Grammatika: til qoidalarini bilish va qo'llash; siiitaksis
va morfologiya: jimila tiizish qoidalari, so'zlaming shakllarini o'zgartirish qoidalari, fonetika va orfografiya: to'g'ri talaffiiz qilish va yozish qoidalari
Fonetika: tilriiiig ovoztizimirii bilish va qo'llash; to'g'ri talaffiiz: so'zlami to'g'ri va tushunarliravishda talaffiiz qilisli; o'ziga xos talaffiizlanii tushunish: tuili dialektlar va regionlaming o'ziga xos talaffiizlariiii
tushunish;orfbgrafiya: to'g'ri yozish qoidalari va belgilar tizimini bilish, harfva
so'zlami to'g'ri va xatosiz yozish; punktuatsiya qoidalarini bilish: jumlalami to'g'ri pmikniatsiya belgilari bilan yozish
2-rasm. lingvistik kompetensiya mazmuni.
Boshlang'ich sinflarda ona tilidan amaliy mashg'ulotlar jarayonida kichik yoshdagi o'quvchilarning nutqini rivojlantirishga yo'naltirilgan ijodiy mashq va topshiriqlardan foydalangan holda ularning lingvistik kompetensiyalarini kolloborativ yondashuv asosida shakllantirish ona tili va o'qish savodxonligi darslari jozibadorligini oshirish orqali o'quvchilarning o'zaro hamkorlik qilish, mustaqil fikrlash, muloqot qilish, ijodiylik va ijtimoiy moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ushbu yondashuv o'quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali bo'lishini ta'minlaydi.
Uchinchi vazifa: "O'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlari asosida o'zini o'zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko'nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo'llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish" dars jarayonida o'quvchilarga
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
mustaqil topshiriqlar berish va ularning natijasini baholash interfaol usullar va ijodkorlikni rivojlantiruvchi mashqlar asosida amalga oshiriladi.
Ona tili fani dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda 4K tamoyilidagi kolloborativ yondashuvga asoslanish kichik yoshdagi o'quvchilarning bilim salohiyatini oshirish, ularni kelajakda funksional savodxon bo'lish kabi ko'nikmalarga egalik darajalarini oshirib boradi.
Natijalar va munozara.
1-4- sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsliklari o'quvchilarda bu kabi lingvistik bilimlar bilan bir qatorda hayotiy zaruratga asoslangan matnlarni o'rganishga majbur qilmoqda. Bunda o'quvchilar beixtiyor mavzu asosidagi matnni o'qishi va munosabat bildirishi, matnda noto'g'ri qo'llangan so'zlarni topishi, ma'nosini topish uchun keyingi berilgan topshiriq orqali bajarib bilimini mustahkamlashi mumkin. Darslikda berilgan bunday topshiriqlarni o'quvchilar juftlikda, jamoa bilan hamkorlida bajarishlari esa ularning adabiy nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etish bilan birga o'z fikrini ifoda qilish, boshqalar bilan fikr almashish va jamoada birlikda yechim topish qobiliyatlarini rivojlantiradi va bu orqali ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va ishonchli kommunikatsiya qobiliyatlari ustida ishlashlarini ta'minlaydi.
Bugungi kunda amalda bo'lgan ona tili hamda o'qish savodxonligi darsliklarida hamkorlikda, juftlikda ishlashga undaydigan topshiriqlar qamrovi o'rganilib quyidagilar aniqlandi (1-jadvalga qarang).
1-jadval
"Ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklarida kolloborativ yondashuvdan foydalanib
Sinflardagi /Darsliklar 1-sinf 2-sinf 3-sinf 4-sinf
Ona tili - 21 ta mashq 12 ta mashq 17 ta mashq
O'qish savodxonligi 8 ta topshiriq 31 ta topshiriq 17 ta topshiriq 24 ta topshiriq
Ushbu jadvaldan shuni ko'rish mumkinki, yangi avlod darsliklari mazmuni o'quvchilarga nazariy bilimlar berish bilan birga ularga hayotiy ko'nikmalarga egalik sifatlarini ham tarkib toptirish uchun katta imkoniyat yaratishga yo'naltirilgan holda tayyorlangan.
Aslida o'quv yili davomida har bir sinf ona tili darsi uchun 136 soat, o'qish savodxonligi uchun esa, 102 soat ajratiladi. Ammo, ushbu 1- jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki hamkorlikda, juftlikda ishlashga undovchi topshiriqlar bu ko'rsatkichlarning 30 %ini ham tashkil etmaydi(ona tili- 2-sinf 15%, 3-sinf 8%, 4-sinf 12%; O'qish savodxonligi- 1-sinf 11%, 2- sinf 30%, 3-sinf 16%, 4-sinf 23%).
Ushbu natijalarni diagramma orqali ko'rsatadigan bo'lsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi (1-diagrammaga qarang).
Diagrammadagi natijalardan ko'rinib turibdiki, 1 -sinf ona tili darsligida esa birorta ham kollaborativ yondashuvga asoslangan toshiriqlar yo'q. Holbuki, hamkorlikda o'qitish o'qituvchining ta'lim- tarbiya jarayonida o'quvchilar guruhi, yakka tartibda, jamoa bilan o'zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi, o'quvchilarning o'zaro qo'llab-quvvatlovchi
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hamkorligini amalga oshirishdagi interfaol jarayon hisoblanadi. O'quvchilar topshiriqlar ustida kichik guruhlarda hamkorlikda ishlaydilar va o'zlariga hamda o'z guruhlaridagi o'rtoqlariga birgalikda yordam beradilar. Bu jarayonni o'quvchi birinchi sinfdanoq darslarda ishtirokchisiga aylansa u yangi o'rtoqlari bilan tezroq muloqotga kirisha oladi, ular bilan do'stona munosabatlarni o'rnatishda qiyinchiliklarga duch kelmaydi.
Masalan 1-sinf ona tili 1-qism darsligining 11-mavzu 1-mashqida "Do'stlar" nomli kichik hikoya keltirilgan. (2-rasm).
Boshlaug'ich sinflar kesimida ona tili fanidan kolloborativ yondashuvni talab etuvcbi mashqlarning berilish ko'rsatgichi
I 2-»nf I 3-5inf
' 4-Sinf
" 1-mashq Hikoyani o'qing.
Do'stlar
O'ktam va Erkin inoq do st Do'stlar maktabda a'lo baholarga o'qishadi. Darsdan so'ng ular o'zlari qiziqqan mashg'ulotlar bilan shug'ullanishadi
O'ktam bo sh vaqtlarida akasi Elyorga televizor, telefon va boshqa buzilgan uy-ro'zg'or buyumlari, elektr asboblarinj tuzatishga ko'maklashadi.
Erkin esa jonzotlarni boqishga qiziqadi va opasi O'g'iloy bilan birga hovlida jo'ja. o'rdak, xo'roz, qo'y va echki boqadi Hovlidagi kichik tomorqada turli ekin va sabzavot ko'chatlanni yetishtiradi
tn <
2-rasm. 1-sinf ona tili darsligi, 11-mavzu 1-mashq
Mashq shartiga ko'ra, o'quvchilar hikoyani avval mustaqil o'qib chiqishlari, keyin esa, o'qituvchi yordamida matn yuzasidan qisqa savol - javob asosida mashq mazmunini tushunib olishlari talab etiladi. Ushbu mashq o'quvchilarning adabiy-nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Biroq an'anaviy usuldan qochgan holda bu mashq shartini "pairworking" ya'ni "juftlikda ishlash" metodi bilan o'zgartirilsa, o'quvchilarda bir vaqtning o'zida nafaqat matnni tushunish, balki sinfdoshi, partadoshi bilan muloqotga kirishish, uni tinglab tushunish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllanishi uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
3-rasm. 1-sinf ona tili darsligi, 6-mavzu 1-mashq
Demak, avval hikoya o'qib chiqiladi. So'ngra shu hikoyadan kelib chiqib o'quvchilar o'z partadoshlarining qiziqishlarini so'rab, bilib olgan ma'lumotlarini 1 ta gapda ifoda etgan holda daftarlariga yozadilar. Gaplaridagi so'zlarning unli harflari tagiga chiziladi.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Shu darslikning 6-mavzu 1-mashqi (3-rasm)da berilgan shartni ham o'quvchilar juftlikda yoki guruh bo'lib bajarishsa vaqt kamroq sarflanib, o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilar faolroq o'quvchilar bilan hamkorlikda maqsadga tezroq erishadilar. Mashq mazmuni mohiyatini anglagan holda topshiriqni bajaradilar. Shu bilan birga ushbu o'quvchilarning o'zlarida ishonch, mustaqillik, faollik oshishiga erishiladi.
Dars jarayonida kolloborativ yondashuvdan foydalanishning ijobiy tomonlari o'quvchilarda quyidagi ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi:
-faol ishtirok: o'quvchilarning dars jarayonidagi faolligi oshadi, chunki ular o'z fikrlarini ifoda etish, bo'shqalarning fikrlarini tinglash va muhokama qilishga undaladi.
-muloqot qobiliyatini rivojlantirish: kolloborativ yondashuv o'quvchilarning bir-birlariga nisbatan hurmat va tolerantlik hislarini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularning muloqot ko'nikmalarini oshirishga yordam beradi.
-kritik fikrlash: o'quvchilar o'z fikrlarini tahlil qilish va boshqa fikrlarni baholash qobiliyatini rivojlantiradi.
-jamoada ishlash: kolloborativ yondashuv o'quvchilarni jamoada ishlashga o'rgatishga yordam beradi, ularning hamkorlik qilish va birgalikda muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
-ijodiylik: kolloborativ yondashuv o'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi, chunki ular o'z g'oyalarini bo'lishish va boshqa fikrlar bilan birlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
-til ko'nikmalarini mustahkamlash: o'quvchilar o'z fikrlarini rus tilida ifoda etishga harakat qilish orqali til ko'nikmalarini mustahkamlaydilar va o'zlashtiradilar.
-ma'lumotga asoslangan ta'lim: kolloborativ yondashuv o'quvchilarni ma'lumotlarni tahlil qilishga, manbalardan foydalanishga va xulosalar chiqarishga o'rgatadi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy darsliklar ta'lim jarayonini intensivlashtirish va o'quvchilarda 4K ko'nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarning hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, ya'ni kollaboratsiya, ta'lim jarayonida alohida e'tiborga molikdir. Kollaborativ o'qitish metodlari orqali o'quvchilar birgalikda muammolarni hal qilish, fikr almashish va jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Bular o'z navbatida, ularning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy ko'nikmalarini mustahkamlashda sezilarli rol o'ynaydi.
Darsliklarda taqdim etilgan topshiriqlar o'quvchilarga o'zaro hamkorlikda ishlash imkoniyatini beradi, bu esa ularning ishonchini oshirib, jamoa ichida samimiy muloqot va munosabatlarni rivojlantiradi. O'quvchilar guruhlarda ishlash orqali bir- biriga yordam berishni, bir-biridan o'rganishni va innovatsion fikrlashni o'zlashtiradilar. Bularning barchasi ta'lim jarayonining zamonaviy talablarga javob berishini ta'minlaydi va kelajakda muvaffaqiyatga erishishlariga tayyorlaydi.
Shunday qilib, darsliklar va ta'lim metodlari o'quvchilarda ijodkorlik, analitik fikrlash va kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish bilan birga, ularni jamiyatda faol va raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Bu esa, o'z navbatida,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
jamiyatning intellektual taraqqiyotiga xizmat qiladi va kelajakda raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashda muhim omil bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida
2. "Yangi O'zbekiston" gazetasi № 163 (952), 2023-yil 17-avgust
3. Azizxo'jaeva, N. (2006). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Sharq.
4. Xodjiyev, M. (2005). Ta'limda zamonaviy texnologiyalar. Toshkent: O'qituvchi.
5. Qosimova, X. (2010). Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent: O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.
6. Sattarova, G. (2013). Nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodlari. Toshkent: Fan.
7. Karimova, M. (2015). Kollaborativ ta'lim asosida o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Toshkent: Innovatsiya.
8. Ismoilov, D. (2018). Adabiy kompetensiyalarni shakllantirishda zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: Ilm Ziyo.
9. D.Sh.Yuldasheva, S.D.Kuranov, D.D.Baynazarova,M.E.Toirova Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-4-sinf Ona tili darsliklari—Toshkent: "Novda Edutainment" nashriyoti, 2023.
10. U.B.Aydarova, N.K.Azizova Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-4-sinf O'qish savodxonligi darsliklari—Toshkent: "Novda Edutainment" nashriyoti, 2023
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Temirova Iqbol Sadriddinovna, tayanch doktoranti [Темирова Икбол
Садриддиновна, докторант], [Iqbol S. Temirova doctoral student]; manzil: Buxoro
shahar Piridastgir ko'chasi 2-uy, [адрес: Бухара г. Пиридастгир улица, д. 2], [address:
Bukhara, Pyridastgir str., 2]