Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI'

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9073
381
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
o‘quvchi / ona tili / sinf / darslik / tahlil / mashq / student / native language / class / textbook / analysis / exercise

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnoza Nurmat Qizi Xayrullayeva

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili darsliklari tahlili haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYSTEM OF CREATIVE EXERCISES AND TASKS IN PRIMARY SCHOOL MOTHER TONGUE TEXTBOOKS

This article discusses the analysis of primary school mother tongue textbooks.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA TOPSHIRIQLAR TIZIMI»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI IJODIY MASHQ VA

TOPSHIRIQLAR TIZIMI

Dilnoza Nurmat qizi Xayrullayeva

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf ona tili darsliklari tahlili haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, ona tili, sinf, darslik, tahlil, mashq

SYSTEM OF CREATIVE EXERCISES AND TASKS IN PRIMARY SCHOOL

MOTHER TONGUE TEXTBOOKS

ABSTRACT

This article discusses the analysis of primary school mother tongue textbooks.

Keywords: student, native language, class, textbook, analysis, exercise

Istiqlol tufayli xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qo'ydi. Bu esa, o'z navbatida, ta'lim tizimiga, jumladan, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitishning maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. "Ta'lim to'g'risida"gi hamda Xalq ta'limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to'g'risidagi qarori va talablaridan kelib chiqib, boshlang'ich sinflar uchun mo'ljallangan yangi ona tili darsliklari nashr qilinmoqda. Ushbu darsliklar oldiga bir qator talablar qo'yilmoqda. Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda berilgan o'quv topshiriqlari o'quvchini faol ishlashga, shuningdek, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o'rgatadigan shaklda tuzilmog'i zarur. Hozirda amaldagi boshlang'ich sinf ona tili darsliklari zamon talablariga javob beradimi degan savolga javob izlash maqsadida mazkur darsliklarni tahlil qilamiz. Boshlang'ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof. A.G'ulomov va H.Ne'matovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga tayanamiz. Ushbu tasnifga ko'ra darslikdagi mashqlar o'quvchilarni izlanishga o'rgatish jihatidan quyidagi guruhlarga ajratiladi:

1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar.

2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar.

3. Ijodiy mashqlar.

Darsliklarida o'quvchini mustaqil ishlash, fikrlashga undovchi ijodiy xarakterdagi mashqlar nihoyatda oz miqdorni tashkil qiladi.

S.Fuzailov va M.Xudoyberganova, Sh.Yo'ldoshevalarning 3-sinf 2019-yilgi "Ona tili" darsligida ham o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatishga alohida e'tibor qaratilgan. Buni 2-sinf "Ona tili" darsligida berilgan "Gap va so'z", "Tovushlar va harflar", "Unli

tovushlar va harflar", "Undosh tovushlar va harflar", "Nutq. Matn. Gap" kabi mavzulaming 3-sinf "Ona tili" darsligidagi "Nutq. Gap. So'z", "Tovushlar va harflar", "Jarangli va jarangsiz undoshlar" kabi mavzular bilan uzviy bogliqligidagina emas, mashqlarning sharti va mazmunida, o'quvchilarni mustaqil faoliyatga chorlovchi mashqlar tizimida ham ko'rish mumkin. Jumladan, 1-8-mashqlarda so'z, gap va harflarning imlosi yuzasidan sodda mazmunli topshiriqlar berilgan bo'lsa, keyingi mashqlarda o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo'naltirilgan nisbatan murakkab topshiriqlar tavsiya etilgan.

Shuni unutmaslik kerakki, topshiriqlarda barcha o'quvchilar oldiga qo'yilgan talab bir xil, ammo o'quvchilarning saviyasi bir xil emas. Tabiiyki, topshiriqlarni hamma bir xilda to'g'ri bajara olmaydi. Bunday holda qo'shimcha topshiriqlar berish orqali mashq shartini soddalashtirish yo'li bilan o'quvchilarni qiziqtirish mumkin.

O'quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda ular nutqini narsa va shaxslarni bildirgan so'zlar bilan boyitish ham muhim rol o'ynaydi. Birinchi sinfda narsa va shaxsni bildirgan so'zlar haqida tushuncha berishda o'quvchilar faolligiga asoslanish lozim. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so'zlarni o'zlashtirishga savod o'rgatish jarayonida tayyorlangan. Predmetlarga qarab ularning nomlarini aytishgan. Bundan tashqari o'qituvchining "Bu nima?","Bu kim?", "Kim ishdan qaytdi?", "Kim ertalab maktabga yo 'l oldi? " kabi savollaridagi «kim», «nima» so'roq so'zlari o'rniga shaxs, narsa nomlarini qo'yib javob berishgan. Shuning uchun ham savod o'rgatish jarayoni predmet bildirgan so'zlar ustida ishlashning birinchi bosqichi sanaladi.

O'quvchilarda predmet tushunchasini shakllantirishda quyidagicha ta'limiy o'yin va test topshiriqlaridan foydalanish mumkin: O'qituvchi predmet nomini aytadi. O'quvchilar ularga Kim? Nima? so'roqlarini beradi. Qaysi o'quvchi o'yinda faol ishtirok etsa, golib deb topiladi.

Predmet tushunchasini shakllantirishga doir test topshiriqlari.

1. Kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar berilgan qatorni toping.

A. Alisher Navoiy, shifokor, o'quvchi.

B. Bobur, kitob, daftar.

C. Zafar Diyor, ruchka, kitob.

2. Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar qatorini toping.

A. Kabutar, musicha, toshbaqa.

B. Inson, odam, kishi, chol.

C. Quruvchi, paxtakor, paxta.

3. Gul nomlari berilgan qatorni toping.

A. Gulkaram, guldon, gulchehra.

B. Sariq gul, paxta, beda.

C. Gulsafsar, chinnigul, binafsha.

Bundan tashqari pedagogik faoliyatim davomida bir qancha topshiriqlar tizimini topib, ulardan foydalanib bir qancha yaxshi natijalarga erishganman. Bulardan amaliy mashg'ulotlar paytida, bo'lim yuzasidan takrorlash darslarida foydalanilsa o'quvchilar bilimlari yanada mustahkamlanadi degan umiddaman.

Shahar, daraxt, o't, baliq, badiiy asar nomlarini aralash keltirilgan so'zlar guruhi ichidan ajratib aytish yoki yozishga yo'naltirilgan mantiqiy mashqlar ham yaxshi natija berishi mumkin. Masalan, "beda", "laqqa", "she'r", "ertak", "o'rik", "chinor", "sazan" va hokazo. "U kim? Bu nima?" didaktik o'yin

Stol ustiga ber nechta predmetlar qo'yiladi. Oqituvchi o'quvchilarga shu predmet haqida fikrlarni bildiradi o'quvchilar bu predmet nomini topishlari kerak bo'ladi.

Masalan:

U juda xushbo'y, uni tug'ilgan kun, bayramlarda sovg'a qilishadi. (Gul) Ta'limiy jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko'nikmalarni mustaqil egallashga, ularni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam beradi. Tarbiyaviy ma'noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas'uliyatlilik kabi xislatlarini tarbiyalaydi.

Umuman, o'quvchilar predmet bildirgan so'zlarni boshqa so'zlar ichidan ajrata olishlari uchun ularning diqqat-e'tibori tevarak-atrofga qaratiladi. Ko'z bilan ko'rib turgan narsalarni aytish, ularga so'roq berish bilan predmet, narsa, shaxs tushunchalarini bildiradigan so'zlarni bilib oladilar. Masalan, 8-mashq (5-bet) matni ikki ustunga yozilgan bo'lib, chap va o'ng tomondagi gaplarni solishtirish, qaysi ustunda alohida gaplar, qaysi ustunda matn berilganini aniqlash va matnga sarlavha topish topshirig'i havola etiladi.

O'quvchilar mashq bilan tanishtirilgach, "Chap tomondagi nima uchun matn sanalmaydi?" (Chunki gaplar mazmunan bir-biri bilan bog'lanmagan. Alohida-alohida xabar bildiryapti), "Nima uchun o'ng tomondagi gaplarni matn deb hisoblaysiz?" (Chunki gaplar mazmunan o'zaro bog'langan va ular bir hikoyachani tashkil qiladi) kabi savollari bilan murojaat qilinsa, masalaning mohiyatiga teranroq nazar tashlashga majbur bo'ladi. Xulosa chiqariladi: Matn - bu mazmun jihatdan bog'langan gaplardir.

Darslikdagi yana bir mashqda ham shunga o'xshash berilgan so'zlarni shaxslar, narsa nomlari, tabiat hodisalari nomlari shaklida alohida-alohida qatorga yozish so'ralgan.

Unga qo'shimcha tarzda "O'zingiz ham shaxs, narsa, tabiat hodisalari nomlaridan topib qatorlarni davom ettiring" topshirig'i berilsa, o'quvchilar "shaxs nomlari" qatorini "ota-ona", "kosmonavt", "shofyor", "daftar", "ruchka", "parta", "mashina"; "Tabiat hodisalari nomlari" qatorini "yong'in", "zilzila", "vulqon", "toshqin" kabi so'zlar bilan davom ettirishi mumkin. Vaqt imkoniyatiga qarab topshiriqni og'zaki bajartirish ham yaxshi samara beradi.

O'qituvchi ot so'z turkumiga oid so'zlarni guruhlashtirib yozish shartini "Kim ko'p so'z topib yozadi?" topshirig'i bilan davom ettirsa, o'ziga xos musobaqa vaziyati yuzaga keladi. Musobaqa esa ijodiy izlanishga, tashabbuskorlikka da'vat etadi.

Darslikdagi 229-, 230-, 236-, 241-, 252-, 257-, 288-mashqlarda ham o'quvchilarni ijodiy fikrlashga qaratilgan topshiriqlar berilgan. Ayniqsa shaxs, narsa nomlarini bildiruvchi so'zlar (ot) yuzasidan keltirilgan mashqlarda matnlar tarkibi bir turdagi narsa, shaxs nomlariningkiritil ishi o'quvchilarning mavzuni chuqurroq o'zlashtirishlariga xizmat qiladi. Masalan: "sichqon", "mushuk", "xo'roz", "kuchuk", "tulki", "o'rdak", "g'oz", "maymun", "yo'lbars", "sher" (204-mashq); "charos", "daroyi", "husayni" (195-mashq); "quyosh", "oy", "yulduz", "daryo", "dengiz", "qir", "adir", "o'rmon", "osmon" (197-mashq) va boshqalar.

Lekin darslikda keltirilgan barcha topshiriqlar ham o'quvchilarning ijodiy imkoniyatlari darajasida emas. Masalan, 12-mashqda "Matnni o'qing va qaytadan hikoya qiling. Hikoyaga sarlavha qo'yib, tushunganlaringizni yozing" deyilganda edi o'quvchi o'qib o'zlashtirganlarini yozish orqali mustaqil faoliyatga o'rganar edi.

3-sinf "Ona tili" darsligida 2-sinf darsligida o'rganilgan nazariy tushunchalarning aynan takrorlanishini ham oqlab bo'lmaydi.

3-sinf "Ona tili" darsligining o'zida ketma-ket takrorlarga yo'l qo'yilgan. Solishtiring: "Matn - bu mazmun jihatidan bog'langan gaplardir" (5-bet) "Matnda gaplar mazmun jihatidan bog'lanadi" (7-bet).

Nazariy tushunchalarning shu xilda takrorlanishi o'quvchilarning ijodiy izlanishini chegaralab qo'yishini unutmasligimiz lozim.

4-sinf uchun 2020-yilda nashr etilgan "Ona tili" darsligiga nazar tashlansa undagi mashq topshiriqlari oldingi sinflarda egallangan bilimlarni eslash, shu asosida vazifalarni mustaqil bajarish, tegishli xulosalar chiqara olishga qaratilganini ta'kidlash mumkin. Darslikda o'quvchilarning tildan amaliy foydalana olishlariga, og'zaki va yozma nutqning savodli bo'lishini ta'minlashga yo'naltirilgan topshiriqlarga alohida e'tibor berilgan.

"Tugro - gerb"

"qopqa"-darvoza (3-bet).

"shon -dovrug', dong, shuhrat"

"nishon-belgi,iz"

"naql- hikmatli gap" (5-bet)

"Iqbol - baxtli taqdir, baxt, omad" va hokazo.

"Olqish - yaxshilik tilash so'zlari"

Ba'zi o'rinlarda so'zlarning ma'nosini izohlashga yo'naltirilgan topshiriqlarning berilishi o'quvchilarning so'z boyligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, 2-mashqda "samo", 3-mashqda "horg'in", 4-mashqda "kulsin", 7-mashqda "piyoda" so'zlarining

ma'nodoshlarini izlash natijasida topilgan so'zlar, shubhasiz, o'quvchilarning lug'atini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi.

19-mashqda "o'qiydi", "keltiradi", "topadi", "so'zlaydi" so'zlarining qanday ma'noda qo'llanishi ustida izlanish natijasida tilning ichki qatlamlariga chuqurroq nazar tashlash imkoni tug'iladi.

Darslikda so'z ma'nosini izoxlashdan tashqari, so'zlarni gapda o'rinli qo'llashga doir berilgan topshiriqlar o'quvchilar nutqini boyitadi hamda muammoni hal etish orqali mastaqil fikrlashga ham o'rgata boradi.

Lug'at ustida ishlashning yana bir usuli o'quvchidan qo'shimcha adabiyotlarni o'qishni talab etadi. Masalan, 14-mashq (10-bet)da 6 turdagi qovun rasmi berilgan bo'lib, O'zbekistonda qovunning necha xil turi bor? Javobingizni yozing deyilgan. O'quvchiga bu mashq sharti bir kun oldin aytib yuboriladi. U ota-onasi, bobo-buvilaridan javob izlaydi. (O'zbekistonda 15 dan ortiq qovun turi mavjud: qizilurug', bosvoldi, doniyor, gurvak, qoraqosh va hokazo.)

104-mashq (46-bet)da qushlar, 112-mashq (50-bet)da gullar nomini aniqlab yozish, shuningdek, 3-mashq (6-bet)da "Gapni qanday harf bilan boshlaysiz?", 7-mashq (7-bet)da "Gapning oxiriga qaysi tinish belgilari qo'yilgan? Nima uchun?" tarzidagi grammatik topshiriqlar ham mustaqil fikrlashga yo'naltirilgan.

22-mashq (14-bet)da A.Akbarning "Insholardan ko'chirma" she'ri keltirilgan. She'rda bolalarning paxtani turli narsalarga o'xshatishi xususida so'z boradi. Mashq shartidagi "Siz paxtani nimaga o'xshatgingiz keladi? Bitta gap bilan yozing" topshirig'i o'quvchini jiddiy izlanishga da'vat etadi

Ma'lumki, grammatik tushunchalar muammoli izlanish metodi asosida shakllantirilsa, uzoq vaqt esda saqlanadi. Har bir mavzuni tushuntirishda o'quvchilar matnni o'qish, yozish va tahlil qilish orqali o'z fikr-mulohazalarini aytishi kerak. Ularning fikr-mulohazalari darslikdagi nazariy tushunchalar yoki o'qituvchining izohi yordamida tasdiqlanadi. Masalan, 313-mashq (129-bet)ni bajarish jarayonida o'quvchi sifat so'z turkumiga doir so'zlarning yozilishini kuzatadi, taxlil qiladi va "Belgini kuchaytirib va ozaytirib ko'rsatadigan sifatlar qanday yoziladi?" savoliga javob qaytarish uchun izlanishga majbur bo'ladi.

Boshlang'ich sinflarda tilning fonetikasi ham, leksika, morfologiya va sintaksis ham gap, matn asosida o'zlashtiriladi. So'zning ifodalaydigan ma'nosi ham gap tarkibida oydinlashadi. So'z turkumlarining tildagi roli va vazifasi ham gap tarkibida namoyon bo'ladi. Shu nuqtai nazardan boshlang'ich sinflarda har bir til hodisasi gap va matn tarkibida o'rganilishi maqsadga muvofiq.

Gaplarda so'zlarning sintaktik munosabati gap bo'laklarini belgilab beradi. Gap bo'laklari gapni shakllantiradi. Gap bo'laklaridan bosh bo'laklar 2-sinfda amaliy o'rgatiladi. 3-sinfda amaliydan elementar nazariy tushuncha sifatida o'rganishga o'tiladi. Bu sinfda o'quvchilar bosh bo'laklarning gapni shakllantirishdagi roli va ahamiyatini

bilib oladilar. Gap bo'laklarini o'rgatish jarayonida hozirgi zamonga mos holda, xalqaro baholash dasturlari talablari doirasida ish olib borish lozim. Chunki O'zbekiston ham 2021-yilda yuqoridagi dastur asosida o'quvchilar bilimini baholash bo'yicha ushbu dastur ishtirokchisi bo'ladi. Ushbu baholash dasturi 4-sinflarga ham PIRLS dasturi ( PROGRESS IN INTERNATIONAL READING LITERACY STUDY- boshlang'ich sinf o'quvchilarini matnni o'qish va tushunish savodxonligi sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi) bo'yicha boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan matnni o'qish va tushunish darajalarini solishtirish imkonini beradi. Ilk bora 2001-yilda o'tkazilgan (35 mamlakat) tadqiqot har 5 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Shundan so'ng bu dasturning ishtirokchi mamlakatlari soni oshib borgan. 2006-yilda 40 mamlakat, 2011- yilda 45 mamlakat, 2016-yilda 50 mamlakat ishtirok etgan. Tadqiqotning doimiy ishtirok etuvchi davlatlarida shuni sezish mumkinki, o'quvchilarning o'qish savodxonligi bo'yicha natijalari yildan yilga yaxshilanmoqda.

REFERENCES

1. Fuzayilov S, Xudoyberganova M, Yo'ldosheva Sh. 3-sinf uchun ona tili darslik-Toshkent: "O'qituvchi" , 2019.-152bet

2. Hamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. -2019. - Т. 2019.

3. Kamroev A. STUDENTS'CREATIVE ACTIVITIES IN DESIGNING MOTHER TONGUE EDUCATION //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. -Т. 1. - №. 7. - С. 285-296.

4. Adizov B. R., Khamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //Ilmiy xabarnoma. - С. 69.

5. Azimov Y. Hamroyev A//Husnixat va uni oqitish usuliyoti (Maruza matnlari). -2003.

6. Хамраев А. Моделирование деятельности учителя при проектировании творческой деятельности учащихся //Педагопчш тновацп: где!', реалп, перспективи. - 2018. - №. 2. - С. 23-26.

7. хамроев А. БОШЛАНЕИЧ СИНФ ОНА ТИЛИ ТАЪЛИМИДА У^УВЧИЛАРНИНГ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИНИ ЛОЙИХАЛАШТИРИШ МЕТОДИК МУАММО СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 1. - №. 1.

8. Hamroyev A. R. Designing students' creative activity in primary school mother tongue education as a methodological problem //Middle European Scientific Bulletin. -2021. - Т. 11.

9. Hamroyev R. A., Qoldoshev A. R., Hasanova A. M. Methods of teaching 1st grade students to use writing tools effektively //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2021. - Т. 10. - №. 1. - С. 168-174.

10. Hamroyev A. Quality and effectiveness for design of learning outcomes in the language teaching //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 549-558.

11. Avezmurodovich O. R. Difficulties in learning to write and read left-handed children //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (8), 40. - 2020. - Т. 45.

12. Qo'ldoshev R. CHAPAQAY BOLALARNI MAKTABGA QANDAY TAYYORLASH KERAK? //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2021. - Т. 2. - №. 2.

13. Qoldoshev, Avezmurodovich Rustambek, and Farhodqizi Gulruh Yodgorova. "How to find out right or left." Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) 10.1 (2021): 154-163.

14. Qo'ldoshev A. R. G'aforovna Habiba Jumayeva.(2021). Forming Writing Skills in Left-Handed Students. Middle European Scientific Bulletin, 10 (1).

15. Quldoshev, R. A. "Assistant pedagogue to children left-handed reading in the last year." Globe Edit.-2020 (2020).

16. Qo'ldoshev A. R. Psychological aspects of left-handedness: concept, causes, and peculiarities //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 49814988.

17. Qo'ldoshev A. R. et al. Forming Writing Skills in Left-Handed Students //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

18. Qo'ldoshev, Rustambek. Кумаки педагоги, ба кудакони чапдаст дар соли якуми хониш. GlobeEdit, 2020.

19. Azimov, Yunus, and Rustambek Qo'ldoshev. Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari. GlobeEdit, 2020.

20. QO, R. LDOSHEV. Chapaqay bolalarni maktabga qanday tayyorlash kerak, 145147.

21. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo'ldoshev. "Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet."

22. Qo'ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. - Т. 5. - С. 277-281.

23. Qo'ldoshev, R. A., SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARINING MAKTABGA BIRINCHI, and MAKTABGA MOSLASHISHI DAVRIDAGI PEDAGOGIK YORDAMNING MOSLASHISHI. "MAZMUNI//Pedagogik mahorat." (2020).

24. Qo'ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. "Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохдзалар." НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» Ш-Международная научно-практическая конференция. 2020.

25. Qo'ldoshev, R. A. "THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY." Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

26. Qo'ldoshev, R. A. "LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE." MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

27. Qo'ldoshev, R. A. "Cognitive activity of left-handed children.«НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция." (2020): 132-136.

28. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o 'quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

29. Кулдашев Р. А. ЧАПА^АЙ У^УВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлангич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 198-217.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.