Научная статья на тему 'INSONNING HUQUQ VA ERKINLIGINING KAFOLATI – HUQUQ USTUVORLIGIDADIR'

INSONNING HUQUQ VA ERKINLIGINING KAFOLATI – HUQUQ USTUVORLIGIDADIR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
451
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Huquq / doktrina / deklaratsiya

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Botir Obidjon O’g’li Boboyev

Butun dunyo miqyosida, ayniqsa xalqaro tashkilotlar, rivojlangan mamlakatlarda, hozirda Huquq ustuvorligi tushunchasining ko’p qo’llanilib kelinayotganini ko’rishimiz mumkin. Ushbu maqolada Huquq ustuvorligi tushunchasi, Huquq ustuvorligi holatini baholash, dolzarb muammolarni yechimini topish, insonlarni katta-kichik adolatsizliklardan himoya qilish va asosiy huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo’lish xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSONNING HUQUQ VA ERKINLIGINING KAFOLATI – HUQUQ USTUVORLIGIDADIR»

INSONNING HUQUQ VA ERKINLIGINING KAFOLATI - HUQUQ

USTUVORLIGIDADIR

Botir Obidjon o'g'li Boboyev botir2000boboyev@gmail .com Termiz davlat universiteti

Annotatsiya: Butun dunyo miqyosida, ayniqsa xalqaro tashkilotlar, rivojlangan mamlakatlarda, hozirda Huquq ustuvorligi tushunchasining ko'p qo'llanilib kelinayotganini ko'rishimiz mumkin. Ushbu maqolada Huquq ustuvorligi tushunchasi, Huquq ustuvorligi holatini baholash, dolzarb muammolarni yechimini topish, insonlarni katta-kichik adolatsizliklardan himoya qilish va asosiy huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo'lish xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Huquq, doktrina, deklaratsiya

GUARANTEE OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS IS IN THE

PRINCIPLES OF RIGHTS

Botir Obidjon oglu Boboyev botir2000boboyev@gmail.com Termez State University

Abstract: We can see that the rule of law is widely used around the world, especially in the current context, in the regions. From the point of view of the rule of law, it is about the state of the rule of law, the protection of people from injustice and respect for the rule of law.

Keywords: Law, Doctrine, Declaration

Hech kim qonundan ustun bo 'lolmaydi. Har qanday shaxs martabasi va holatidan qat'iy nazar qirollik (davlat) qonunlariga bo'ysunishi shart va sud oldida javobgar bo 'ladi. Albert Venn Daysi

Huquq ustuvorligi atamasi ko'plab xalqaro hujjatlarda uchrashi mumkin, ammo unga normativ ta'rif berilmagan. Ba'zilar huquq ustuvorligini ilmiy doktrina, ya'ni olimlarning ilmiy qarashlari mahsuli sifatida qaraydilar. Albatta, bu to'g'ri fikr. Lekin, huquq ustuvorligini prinsip deb hisoblaydiganlar ham mavjud. Zero, bu huquq ustuvorligi tushunchasi olimlar tomonidan ilgari surilib, tadqiq etilib doktrinaga aylangan va keyinchalik mazkur tushuncha xalqaro va milliy hujjatlarda aks etib, unga davlat hokimiyatini amalga oshirishning prinsiplaridan biriga aynlangan. Huquq ustuvorligi to'g'risida ilk g'oyalar qadimgi yunon va o'rta asr mutafakkirlarining

I icclT^^^^H 209 http://oac.dsmi-qf.uz

qarashlari bilan bog'liq. Dastlab qirolliklarda qirol ilohiy huquqlarga ega bo'lganligi uchun u davlat qonunlaridan ustun deb hisoblashgan.

Huquq ustuvorligi tushunchasining zamonaviy tarzdagi ilk g'oyasini taqdim etgan konstitutsiyaviy huquq sohasi bo'yicha olim, ingliz yuristi va "Konstitusiyaviy qonunni o'rganishga kirish"(1885) nomli asarning muallifi (1835-1922) Albert Venn Daysi hisoblanadi.

Huquq ustuvorligi - bu bir xil darajada ijro qilinadigan, mustaqil sudlar tomonidan ishni ko'rishda tayaniladigan, ommaviy e'lon qilinadigan, inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar va normalar talablariga muvofiq keluvchi qonunlarga barcha shaxslar, davlat va xususiy muassasalar hamda tashkilotlar, shu jumladan, davlatning o'zi ham rioya qiladi va ayni paytda qonunning ustunligi, qonun oldida hammaning tengligi, qonun oldida javobgarligi, qonunlarni qo'llashda adolat, davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi, qarorlar qabul qilishda xalqning ishtiroki, qonunlarning tushunarliligi, hokimiyat vakolatlarini suistemol etishdan tiyilish, huquqiy va protsessual shaffoflik singari prinsiplarni ta'minlashga qaratilgan choralarning ko'rilishini talab etadigan boshqaruv tizimidir.

Huquq ustuvorligi olimlarning turli xil qarashlari va ilmiy izlanishlari asosida rivojlantirilgan va natijada, huquq ustuvorligini tushunishning ikki xil yondashuvi vujudga kelgan. Huquq ustuvorligining quyidagicha yondashuvlari mavjud:

1. Huquq ustuvorligiga formal yondashuv.

2. Huquq ustuvorligiga mazmun jihaddan yondashuv.

Birinchi yondashuv ya'ni Huquq ustuvorligiga formal yondashuv amerikalik yurist, faylasuf Lon Fuller (1902-1978)

"Qonun axloqi" (1964) asarida quyidagicha to'xtalib o'tganini ko'rishimiz mumkin:

Umumiylik. Bunda qonun jamiyatning barcha a'zolariga qaratilishi kerak bo'ladi.

Ommaviy e'lon qilinish. Qonunlar ommaga e'lon qilinishi va shuningdek, fuqarolar istalgan vaqt ularni topa olishi kerak.

Prospektivlik. Qonunlar o'tmishdagi muayyan xulq-atvorni ta'qiqlashdan ko'ra fuqarolarning kelajakdagi xulq-atvori qanday bo'lishi kerakligi taqdim etishi kerak.

Tushunarlilik. Qonunlar fuqarolarga tushunarli bo'lishi va qonunlarda qanday xulq-atvor ta'qiqlanayotgani, qanday xulq-atvor talab qilinayotgani, qanday xulq-atvorga ruxsat berilayotgani aniq bayon etilishi kerak.

O'zaro zid kelmaslik. Qonunlar bir-biriga zid kelmasligi va Bir qonun boshqa qonun ruxsat bergan xulq-atvorni ta'qiqlamasligi kerak.

Ilojsiz xulq-atvorni talab qilmaslik. Qonunlar fuqarolardan ularning imkoniyat doirasidan tashqarida bo'lgan, bajarilishi ilojsiz bo'lgan xulq-atvorni talab etmasligi kerak.

210

http://oac.dsmi-qf.uz

Barqarorlik. Qonunlar tezda o'zgarishi kerak emas va qabul qilingan qonunlar barqaror bo'lishi kerak ekanligini Lon Fuller o'z asarida keltirib o'tgan.

Ikkinchi yondashuv esa Huquq ustuvorligiga mazmun jihaddan yondashuv bo'lib, Buyuk Britaniyalik sudya va professor Tom Bingxem (1933-2010) "Huquq ustuvorligi" (2010) nomli asarida huquq ustuvorligiga formal yondashishdan ko'ra qonun hujjatlarining mazmuniga e'tibor berish kerakligiga urg'u beradi. Umumiy qilib aytganda, ush bu yondashuvning mazmun-mohiyati insonning tabiiy huquqlarini hurmat qilish, e'tiborga olish asosiy o'rinda ekanligin ko'rishimiz mumkin.

Huquq ustuvorligi - bu bir tizim. Bu tizim qonun ustuvorligini ham o'z ichiga oladi. Bundan kelib chiqadiki huquq ustuvorligi qonun ustuvorligini ham o'z ichiga qamrab oladi. Biroq, har qanday qonunning ustunligini ta'minlash, huquq ustuvorligi o'rnatildi, ta'minlandi desak noto'g'ri xulosa chiqargan bo'lamiz. Buni atroflicha muhokama qilishimiz kerak bo'ladi. Sababi, insonning huquq va erkinliklarini poymol etuvchi, adolatsiz qonunlarning qabul qilinishi va ularning amalga oshirilishi, ustunligini ta'minlanilishi va intilishi bu huquq ustuvorligini keltirib chiqarmaydi. Aksincha insonning huquq va erkinliklariga to'siq bo'lib qolaveradi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar va normlar huquq ustuvorligiga erishish uchun, eng avvalo, adolat, erkinlik va tenglikni ta'minlovchi qonunlarni qabul qilinishini talab etadi.

Har kim huquq ustuvorligining barqaror bo'lishi, ta'minlanishi va unga erishishdan mafaatdor bo'ladi. Xo'sh nega bunday?

Chunki bunda, aynan huquq ustuvorligining o'rnatilishi insonlarni qashshoqlik va kasallikdan, katta-kichik adolatsizlikdan himoya qilishga va korrupsiyaning kamayishiga xizmat qiladi. Zero, Adolat - huquq ustuvorliligidadir!

Dunyo hamjamiyati huquq ustuvorligining holatini baholash va tegishli tartibda reytingini shakllantirish bo'yicha maxsus xalqaro nodavlat tashkiloti tashkil etilgan (2006). Ushbu tashkilot Butunjahon odil sudlov dasturi xalqaro notijorat tashkiloti (The World Justice Project - WJP)dir. Ushbu tashkilot dunyoning 120 dan ortiq davlatlari o'rtasida huquq ustuvorligi sohasidagi ma'lumotlarni tadqiq etadi va o'ta dolzarb va xolis ma'lumotlarni aks ettiradi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2012 yilda oliy darajadagi uchrashuvi natijasi sifatida "Huquq ustuvorligi barcha davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan bir xilda qo'llanilishi to'g'risida" Deklaratsiya qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunchiligida Huquq ustuvorligining formal va mazmun jihaddan yondashuv xususiyatlari o'z aksini topgan.

Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo'lib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma me'yoriy hujjatlar va yo'riqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik ta'minlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu

I ibiSi^^Bl 1 http://oac.dsmi-qf.uz

tamoyil O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qat'iy hukmronligini bildirib, yuqorida ta'kidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga so'zsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti o'rnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon bo'ladi.

Mamlakatda hokimiyatlar bo'linishi prinsipining real joriy etilganligi O'zbekistonda konstitutsiya va qonunlar ustunligini ta'minlashning muhim kafolatidir. Unga ko'ra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'g'inlari o'zlarining konsti-tutsiyada, qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishda eng oliy hakam qonundir.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U o'z farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning , qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga to'la joriy etilishi uchun yo'l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. O'zbekiston Respublikasi Preziden-tining "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida" farmoyish qabul qilganligi (2001-yil 4 yanvar) jamiyatda Konstitutsiyaning mavqei va nufuzini ko'tarishga qaratilgan muhim tadbir bo'ldi. Garchand, farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat bo'lsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning e'zozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi.

O'zbekiston Respublikasida ham xalqaro indekslarda yaxshi ko'rsatkichlarga erishish masalasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

2019-yil 25-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rnini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori qabul qilindi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta'minlash holatini aniqlashning samarali mexanizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Shu asosda, Mamlakatimizda inson

I icclT^^^^H 212 http://oac.dsmi-qf.uz

huquqlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish va bartaraf etish bo'yicha izchil islohatlar olib borilmoqa.

Bugungi kunda huquq ustuvorligi dunyo hamjamiyati intilayotgan global idealdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Albert Venn Daysining "Konstitusiyaviy qonunni o'rganishga kirish" (1885)

asari;

2. Lon Fullerning "Qonun axloqi" (1964) asari;

4. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta'minlash holatini aniqlashning samarali mexanizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori (14.01.2021, PQ-4951-son);

213

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.