Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOT TAMOYILI'

KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOT TAMOYILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
311
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiya / davlat / fuqaro / jamiyat / qonun / norma / yuridik / bo‘lim / huquq. / Constitution / state / citizen / society / law / norm / legal / agency / law.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qodirova Feruza Mamurovna, Nurmuxammedova Guzal Baxodirovna

Ushbu maqolada Konstitutsiyaning inson hayotidagi muhim o'rni, undagi huquq va majburiyatlar, Konstitutsiyaning bo'limlari va ularda nazarda tutilgan moddalar, jamiyat hayotidagi qonun ustuvorligi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONSTITUTION THE PRINCIPLE OF A GOOD LIFE

This article describes the important role of the Constitution in human life, the rights and obligations in it, the sections of the Constitution and their articles, the rule of law in society.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOT TAMOYILI»

KONSTITUTSIYA - FAROVON HAYOT TAMOYILI Qodirova Feruza Mamurovna

O'zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universiteti Xorijiy tillarni o'rganish

kafedrasi katta o'qituvchisi Nurmuxammedova Guzal Baxodirovna O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Konstitutsiyaning inson hayotidagi muhim o'rni, undagi huquq va majburiyatlar, Konstitutsiyaning bo'limlari va ularda nazarda tutilgan moddalar, jamiyat hayotidagi qonun ustuvorligi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiya, davlat, fuqaro, jamiyat, qonun, norma, yuridik, bo'lim,

huquq.

Аннотация. В данной статье описывается важная роль Конституции в жизни человека, права и обязанности в ней, разделы Конституции и их статьи, правовое государство в обществе.

Ключевые слова: Конституция, государство, гражданин, общество, закон, норма, юридический, ведомство, закон.

Abstract. This article describes the important role of the Constitution in human life, the rights and obligations in it, the sections of the Constitution and their articles, the rule of law in society.

Key words: Constitution, state, citizen, society, law, norm, legal, agency, law.

Konstitutsiya har bir davlatning asosiy qonuni hisoblarnadi. Uning normalari nafaqat davlat qurilishi, davlat hukumati va boshqaruvni tashkil qilish tamoyillarini, shu bilan birga ijtimoiy hayot normalarini ham tartibga soladi. Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar yuridik asosni hosil qiladi, unga tayangan holda huquqning boshqa barcha tarmoqlari - fuqarolik, moliyaviy, jinoiy, mehnat va boshqalarning nomlari yaratiladi. Barcha me'yoriy - huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, qarorlar va h.k) konstitutsiyaga asoslanadi. U barcha qonun hujjatlarining asosiy manbai hisoblanadi. Konstitutsiyada barcha joriy qonunlar uchun asosni tashkil qiladigan g'oyalar va nizomlar mustahkamlangan. Har bir davlatning huquqiy tizimida kositutsiyaning ustuvorligi ayanan shu bilan belgilanadi. Kositutsiyaning yetakchi o'rni shunda ham ko'rinadiki, mazkur davlatning fuqarolari bilan birga davlat va uning organlari ham unga amal qilishga majbur. Huquq va davlatning aynan shunday mutanosibligida jamiyatda konstitutsiya va qonunlarning amaliy ijrosi ta'minlanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Inson butun hayoti davomida qonunga bevosita bog'liq bo'ladi. Kishi samolyotda uchganda, uy sotib olganda, mashina haydaganda, uylanganda, o'qiganda yoki ishlaganda shu singari - hamma hollarda u yoki bu qonunlarga ishi tushadi.

y.f.f.d. (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.6660174

КОНСТИТУЦИЯ - ПРИНЦИП благополучной жизни

THE CONSTITUTION - THE PRINCIPLE OF A GOOD LIFE

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining tarkibiy qismi, davlat va jamiyat hayotining muhim jihatlari, asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy munosabatlar, o'z navbatida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoy, madaniy va ma'naviy sohalarda namoyon bo'ladi. Shu bilan birgalikda, ushbu ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayotini yo'lga qo'yish, davlat hokimiyatini amalga oshirish, boshqa ijtimoiy hokimiyatlar maqomini belgilash, shuningdek inson va fuqarolar huquq, erkinlik hamda burchlari bilan bevosita bog'liq. Bir so'z bilan aytganda, inson, fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog'liq eng asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi konstitutsiyaviy huquning asosi hisoblanadi va aynan shu munosabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakillanadi va rivojlanadi.

Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O'zbekistoin respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi deb keng ma'noda konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvot deb topilgan xalqimizning hayot tarzi tushuniladi. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalarining tan olinishi kabi qoidalar bugungi kunda konstitutsionalizmning asosi sifatida qaralmoqda.

Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko'plab huquq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta'kidlash joizki, huquq fanida "konstitutsiyaviy huquq" atamasi turli ma'nolarda qo'llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq bir tarmog'i, bunda "konstitutsiyaviy huquq"ning ko'plab xilma xil tarmoqlaridan bir sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama "konstitutsiyaviy huquq"ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi. Uchinchidan esa bu atama ostida ta'lim muassasalarida o'rganiladigan o'quv predmeti tushuniladi. Huquqning tarmog'i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilish, shaxs va fuqaroning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o'rganadi. O'quv predmeti sifatida esa ma'rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada to'plangan bilimlarni tarqatadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Konstitutsiyaviy tuzumning mazmun mohiyatini anglash borasida konstitutsiya tomonidan o'rntilgan tamoyillar salmoqli ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy huquq tizimining asosi hisoblangan tamoyillarning ahamiyati, avvalo, ularning mazmunida umuminsoniy qadriyatlarining yotganligi, xalqaro umum e'tirof etilgan qoidalarning ustuvorligi asosida yaratilganligi va ular o'z navbatida milliy huquq tizimining poydevori bo'lib xizmat qilishi bilan ifodalanadi. Konstitutsiyaviy tamoyillarning ahamiyatli jihati yana shunda namoyon bo'ladiki, ushbu tamoyillar shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarining ustuvor yo'nalishlarini, eng ahamiyatli jihatlarini o'zida ifoda etadi. Birgina davlat tuzumi yoki konstitutsiyaviy tuzum deb ifodalanuvchi konstitutsiyaviy tushunchalarni qo'llashda qaysi manfaatlar ilgari surilayotganligini ilg'ab olish qiyin emas. Agar davlat tuzumi tushunchasining zamirida davlat manfaatlari yoki davlat hokimiyatining ustuvorligi kabi g'oyalar mujassam bo'lsa, konstitutsiyaviy tuzum tushunchasi asosan konstitutsiyaviy qoidalarning ustuvorligi, ya'ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini namoyon etadi va shu orqali konstitutsiyaviy huquqiy munosabat himoya qilinayotganligi ko'proq anglanadi.

Konstitutsiya fuqarolarning, ular qayerda bo'lishlaridan qat'i nazar, qonun tomonidan kafolatlangan davlat himoyasida ekanliklarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, asosiy qonunda

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

jamiyatning hayot faoliyati sohalaridan kelib chiqib, huquq va erkinliklar taqsimlab berilgan. Shaxs va davlat munosabatlari nafaqat har bir milliy huquq tizimi, balki xalqaro huquqning ham eng muhim obyekti hisoblanib, ushbu munosabatlarni insoniylik mezonlari asosida tashkil qilish har bir jamiyat va davlat zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Konstitutsiyamiz insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqlarini qat'iy belgilabgina qolmay, uning sha'ni va obro'yini ham Konstitutsiyaviy tamoyillarning ahamiyatli jihati yana shunda namoyon bo'ladiki, ushbu tamoyillar shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarining ustuvor yo'nalishlarini, eng ahamiyatli jihatlarini o'zida ifoda etadi. Birgina davlat tuzumi yoki konstitutsiyaviy tuzum deb ifodalanuvchi konstitutsiyaviy tushunchalarni qo'llashda qaysi manfaatlar ilgari surilayotganligini ilg'ab olish qiyin emas.

MUHOKAMA

O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e'tirof etgan insonparvarlik prinsiplariga ko'ra, xalqimiz farovonligini ta'minlsh uchun xizmat qilmoqda, inson haq huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta'minlamoqda. Bu esa xalqaro huquqning umume'tirof etilgan, umumjahon miqyosida tan olingan barcha muhim qoidalari va prinsiplariga to'la mos keladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalariga birlashish huquqini beruvchi Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligi belgilab qo'yilgan. Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish-bu fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri bo'lib, bu huquq-fuqarolarning siyosiy faolligini namoyon qilishlarini, shuningdek, o'zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vositalaridan biridir. XULOSA

So'nggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini tubdan isloh qilish, jumladan, inson huquqlarini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat hokimiyatini "xalq xizmatkori" tizimiga aylantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, hozirgi kunda qomusimiz bo'lgan konstitutsiyaga ham o'zgartirish kiritish bo'yicha takliflar qabul qilinyapdi. Shu bilan birga, yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida ilgari surilgan keng ko'lamli vazifalar, xususan, adolatli davlat barpo etish, inson huquq va manfaatlarini, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta'minlash kabi muhim maqsadlarga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Ularni amalga oshirish uchun zarur huquqiy asoslarni ta'minlovchi konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish oliy majlis tomonidan ko'rib chiqilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. https://uzsm.uz/uz/press_center/uzb_news/konstitutsiya-va-qonunustuvorligi-huquqiy-demokratik-davlat-va-fuqarolik-jamiyatining-eng-muhimmez/

2. V. A. Kostetskiy. (davlat va huquq asoslar) -T.(Ynagiyo'l Poligraf Servis)

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.