Научная статья на тему 'INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI TA’LIM – INSON HUQUQLARI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSI'

INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI TA’LIM – INSON HUQUQLARI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
194
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson huquqlari / inson huquqlari sohasidagi ta’lim / madaniyat / huquqiy madaniyat / inson huquqlari madaniyati.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sadikova Shaxnoza Muhammadsobirovna

Maqolada inson huquqlari sohasidagi ta’lim, inson huquqlari sohasidagi ta’lim tus hunchasi, ushbu sohaning amalga oshrilishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, inson huquqlari madaniyati tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va inson huquqlari madaniyatini ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar haqida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI TA’LIM – INSON HUQUQLARI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSI»

INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI TA'LIM - INSON HUQUQLARI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSI

Sadikova Shaxnoza Muhammadsobirovna

Andijon Yuridik Texnikumi Mutaxassislik fanlar o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7358485

Annotatsiya: Maqolada inson huquqlari sohasidagi ta'lim, inson huquqlari sohasidagi ta'lim tus hunchasi, ushbu sohaning amalga oshrilishi va rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, inson huquqlari madaniyati tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va inson huquqlari madaniyatini ta'minlash sohasidagi asosiy vazifalar haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Inson huquqlari, inson huquqlari sohasidagi ta'lim, madaniyat, huquqiy madaniyat, inson huquqlari madaniyati.

Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat'iy nazar ajralmas huquqlaridir. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir hilda foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu huquqlar o'zaro bog'liq va ajralmasdir.

Insonning umumbashariy huquqlari ko'pincha shartnomalar, xalqaro odat huquqi, huquqning umumiy prinsiplari va xalqaro huquqning boshqa manbalarida qonun ko'rinishida mustahkamlangan va kafolatlangan. Inson huquqlari universal va ajralmasdir.

Inson huquqlarining universalligi xalqaro huquqning inson huquqlari sohasidagi asosidir. Bu prinsip 1948 yilda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" qabul qilinishi bilan birinchi marotaba muhim ahamiyat kasb etgan va doimiy ravishda inson huquqlari sohasiga oid ko'plab xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar va rezolutsiyalarda namoyon bo'lgan.

Inson huquqlari hamda erkinliklarini ta'minlash amaliyotining tahlili shuni ko'rsatadiki, ularning samarali ro'yobga chiqarilishi muayyan omillar majmuiga bog'liq bo'lib, ular orasida fuqarolarning huquqiy madaniyati muhin o'rin tutadi. Binobarin, madaniyat, bu bevosita jamiyatdagi muayyan jarayonlar asosida doimiy ravishda o'zgarib, takomillashib boruvchi hayotiy bilimlar va ko'nikmalar hamda ularning majmuini tashkil etar ekan," Insonning o'z huquq va erkinliklari, ularning milliy va halqaro organlar tomonidan himoya qilish usullari va vositalari to'g'risidagi bilimlari majmui, ularga o'z havfsizligini ta'minlashning muhim omili sifatida munosabatda bo'lish "inson huquqlari madaniyati" tushunchasini tashkil etadi.

Kop hollarda jamiyatda "huquqqiy madaniyat" va "Inson huquqlari madaniyati" tushunchalari bir hil tushunchalar degan fikrlar bor.

"Huquqiy madaniyat" tushunchasini aniqlash uchun bir necha yondashuvlar mavjud. Huquqiy adabiyotlarda bu tushuncha huquq, huquqiy ong, huquqiy munosabatlar, qonuniyklik, huquqiy tartib, huquqqa rioya etishni qamrab oladi.

Huquqiy madaniyat shartli ravishda ikki madaniyatga bo'linadi. Jamiyatning huquqiy madaniyati - huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks etteradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarini qamrab oladigan ijtimoiy madaniyat turi. Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va havfsizligi, inson huquqlarini ta'minlash, uning huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun asos hisoblanadi.

Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo'ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi. Huquqiy madaniyat tushunchasini tahlil qilish asnosida, bu tushuncha bilan chambarchas bog'liq bo'lgan "inson huquqlari madaniyati" ni alohida ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, bu tushuncha huquqiy madaniyatni ham qamrab olishi bilan birga, huquqshunoslikdan ham kengroq darajadagi munosabatlar, g'oyalar, qarashlarni qamrab oladi.

" Madaniyat" (lotincha "cultura" so'zidan olingan bo'lib - "ishlov bermoq", "qayta ishlamoq" ma'nosini beradi) muhitni qayta o'zgartirishga yo'naltirilgan turmush va ongning barcha sohalaridagi insoniyatning ijtimoiy - progressiv ijodiy faoliyatidir.

Inson huquqlari madaniyati - muayyan davlat va jamiyatda yashovchi har bir shaxsning, shaxslar guruhining, bu jamiyatning to'la huquqli a'zosi va a'zolari sifatida mamlakatda amal qiluvchi xalqaro va milliy huquqiy normalarda o'z aksini topgan huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini mukammal darajada bilishi, ularni tegishli ravishda talab eta olishi va qonuniy mexanizmlar vositasida amalga oshira olish ko'nikmalariga ega bo'lishi, shuningdek, o'zining va boshqalarning inson huquqlarini buzilishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishida ifodalanadigan faoliyatdir.

Inson huquqlari madaniyatining tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- Jamiyatda huquqiy ongning holati, yani huquqqa oid bilim va tushunishning, qonun talablarini talabchanlik bilan bajarilishining zaruriyatini anglashning darajasi,

- Qonuniylik va huquq tartibotni ta'minlashning holati,

- Qonunchilikning holati, uning mazmun va shaklini takomillashtirish,

- Sud, prokuratura va huquqni qo'llash bilan shug'ullanuvchi organlarning huquq sohasidagi amaliy faoliyatining holati,

- Inson huquqlari ta'limining darajasi

Inson huquqlari sohasidagi ta'lim bu - ta'lim inson huquqlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarni singdirish va nuqtai nazarni shakllantirish, bu bilimlardan xabardor qilish, ularni o'qitish va tarqatish yo'li bilan inson huquqlari bo'yicha

umumiy madaniyatni yaratish tizim va maqsadga yo'naltirilgan faoliyat hisoblanadi.

Inson huquqlari sohasida ta'limning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

1) Inson huquqlari sohasida ta'limning maqsadi va mazmunini umumiy tushunishga yordam berish.

2) Inson huquqlari sohasida ta'limga taaluqli minimal standartlarni birinchi o'ringa chiqarishni ilgari surish,

3) Inson huquqlari sohasida ta'lim bo'yicha tuzilgan milliy rejalarni amalga oshirilishi yuzasidan aniq va maqsadli rejalarni belgilab olish,

4) Inson huquqlari sohasida ta'lim bo'yicha ishlab chiqilgan milliy yondashuvlarni tarixan o'zining ijobiy isbotini topgan xalqaro tajribalarga asoslangan xolda boyitish,

5) Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi milliy va xalqaro tashkilotlarning samarali o'zaro hamkorligini rag'batlantirish va milliy darajada inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni amalga oshirishga yordam berish,

6) Inson huquqlari sohasida ta'limning maqbul bo'lgan maqsadlari va ularga erishishning darajalarini baholash uchun mexanizmlarni yaratish.

Inson huquqlari madaniyatini shakllantirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari davlat faoliyatining muayyan shakllarida, jumladan barcha turdagi va darajadagi ta'lim tizimi ( universitetlar,institutlar, maktablar, kollejlar, litseylar, malaka oshirish tizimlari) inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar faoliyatida ifodalanadi.

BMT ning Inson huquqlari sohasida ta'lim va tayyorgarlik to'g'risidagi deklaratsiyasi va Inson huquqlari sohasidagi ta'limning butunjahon dasturi inson huquqlari sohasidagi ta'limni keng tarqatishga ko'maklashishda mahalliy, milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligini ko'zda tutadi. Bugungi kunda 20 dan ortiq BMT ga a'zo davlatlarining inson huquqlari sohasida ta'lim bo'yicha milliy harakatlar dasturlari qabul qilinib, davlatlar inson huquqlari sohasidagi ta'lim masalasiga o'zining e'tiborini kuchaytirmoqda.

Jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish fuqarolarning huquqlari madaniyatini shakllantirish fuqarolarning huquqlarini ta'minlash va himoya qilish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir.

Inson huquqlari (Human rights) Inson huquqlari - irqi, jinsi, millati, etnik kelib chiqishi, tili, dini yoki boshqa har qanday maqomidan qat'iy nazar, barcha insonlarga xos bo'lgan huquqlardir.Inson huquqlari yashash va erkinlik huquqi, qullik va qiynoqlardan ozod bo'lish, fikr va so'z erkinligi, mehnat va ta'lim olish huquqi va boshqa ko'plab huquqlarni o'z ichiga oladi. Human rights are rights inherent to all human beings, regardless of rase, sex, nationality,ethnicity, language, religion, or any other status. Human rights include the right to life liberty, freedom from slavery and torture, freedom of opinion and expression, and many more. Everyone is entitled to these rights, without discrimination.

Inson huquqlari sohasida ta'lim (Human rights education) Inson huquqlari bo'yicha keng qamrovli ta'lim nafaqat inson huquqlari va ularni himoya qilish mehanizmlari haqida bilim beradi, balki inson huquqlarini ilgari surish, himoya qilish va kundalik hayotda qo'llash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni ham beradi. A comprehensive education in human rights not only provides knowledge about human rights and the mechanisms that protect them, but also imparts the skills needed to promote, defend and apply human rights in daily life.

Huquqiy madaniyat (Legal culture) Huuqiy madaniyat - bu qonun bilan bog'liq qadriyatlar va munosabatlar tarmog'i bo'lib,odamlar qachon va nima uchun va qayerda qonun yoki hukumatga murojaat qilishlari yoki murojaat qilmasliklarini belgilaydi. Huquqiy madaniyatlarni tubdan farq qiluvchi huquqiy tizimlarga murojaat qilish orqali tekshirish mumkin. Legal culture - is that it is the network of values and attitudes relating to law, which determines when and why and where people turn to law or government, or turn away. Legal culture can be examined by reference to fundamentally different legal systems.

Inson huquqlari madaniyati (Culture of human rights)

Madaniy huquqlar xar bir shaxsning alohida va boshqalar, shuningdek, odamlar guruhlari bilan birgalikda o'z insoniyligini, dunyoqarashini va o'z mavjudligi va rivojlanishiga beradigan ma'nolarni, jumladan, qadriyatlar orqali rivojlantirish va ifoda etish huquqlarini himoya

qiladi.E'tiqodlar, tillar, bilimlar.

Cultural rights protect the rights for each person,invidually and in community with others, as well as groups of people, to develop and express their humanity,their world view and meanings they give to their existence and their development through, inter alia, values, beliefs, convictions, languages, knowledge.....

Adabiyotlar ro'yxati:

1. "Inson huquqlari". Darslik. Toshkent. "Adolat" 2014 yil.

2. "Pravo cheloveka" Uchebnik - Hrestomatiya. A. X. Saidov. Toshkent.

3. An introduction to international law and procedure,2007. Robert CryerISBN 9780521876094Cambridge University Press. Page № 295.

4. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi. Mualliflar jamoasi: A.X.Saidov. F. Bakayeva. K. Arslanova va boshqalar. "O'zbekiston" 2010 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.