Научная статья на тему 'TARIX FANINI ILG'OR INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH'

TARIX FANINI ILG'OR INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2702
287
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarix / texnologiya / pedagogik texnologiya / innovatsiya / ilg‘or pedagogik-innovatsion texnologiya / interfaol ta’lim / o`qitish vositalari / o`qitish uslublari / tushunchalar tahlili. / history / technology / pedagogical technology / innovation / advanced pedagogical-innovative technology / interactive education / teaching aids / teaching methods / concept analysis.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruza Maxmudovna Maxmudova

Mazkur maqolada tarix fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy innovatsion-pedagogik texnologiya usullarini qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchining fikrlash doirasini kengaytirishi, mavzularni tez va oson tushunishga ko‘maklashadigan pedagogik texnologiyalar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING HISTORY BASED ON ADVANCED INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

In this article, it's stated that pedagogical technologies help the development of students' ability to think independently, analyze, draw conclusions, express their opinions and defend, healthy communication, debate skills. Also there's information about the use of modern pedagogical technologies, which expands the scope of the student's thinking as result of the use of modern innovative pedagogical technology methods in the teaching of history.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI ILG'OR INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH»

TARIX FANINI ILG'OR INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH

Feruza Maxmudovna Maxmudova

G'allaorol tumani 44-umumiy o'rta ta'lim maktabi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tarix fanini o'qitish jarayonida zamonaviy innovatsion-pedagogik texnologiya usullarini qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash o'quvchining fikrlash doirasini kengaytirishi, mavzularni tez va oson tushunishga ko'maklashadigan pedagogik texnologiyalar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: tarix, texnologiya, pedagogik texnologiya, innovatsiya, ilg'or pedagogik-innovatsion texnologiya, interfaol ta'lim, o'qitish vositalari, o'qitish uslublari, tushunchalar tahlili.

TEACHING HISTORY BASED ON ADVANCED INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

Feruza Makhmudovna Makhmudova

The 44th general secondary education school, Gallaorol district

ABSTRACT

In this article, it's stated that pedagogical technologies help the development of students' ability to think independently, analyze, draw conclusions, express their opinions and defend, healthy communication, debate skills. Also there's information about the use of modern pedagogical technologies, which expands the scope of the student's thinking as result of the use of modern innovative pedagogical technology methods in the teaching of history.

Keywords: history, technology, pedagogical technology, innovation, advanced pedagogical-innovative technology, interactive education, teaching aids, teaching methods, concept analysis.

KIRISH

Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonimiz tarixini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu esa o'sib kelayotgan yosh avlodni tariximizni chuqurroq o'rganish imkonini bermoqda.Tariximizdan faxrlanish va xulosa chiqarish imkoniyatlarini ham taqdim etmoqda [1].

Tarixni o'qitishda innovatsion-pedagogik texnologiyalarning ahamiyati bo'lajak tarix o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda fanni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash uchun zarur bo'lgan metodik bilim, ko'nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.

Ta'lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashmoqda. Hozirda inson faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya'ni "texnologiya" ga aylanib bormoqda [2]. Shu asosda ta'lim-tarbiya sohasida so'nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Darslarni o'tishda bugungi kundagi o'quvchilarning qiziqishi, orzulari, imkoniyatlariga katta e'tibor berish lozim. Buning uchun birinchi navbatda o'qituvchining o'zi ham mohir ustoz bo'la olishi kerak. Shundagina o'quvchilarning qalbiga yo'l topa olsa bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xususan, mashg'ulotlar ilg'or innovatsion-pedagogik texnologiyalar vositasida tashkil etilsa,o'qituvchi tom ma'noda maqsadga erishgan bo'ladi.

Texnologiya,pedagogik,innovatsion texnologiyalarning bir necha ta'riflari mavjud bolib, ulardan ayrimlarini keltirib o'tamiz:

Texnologiya - biror ishda, mahoratda, san'atda qollaniladigan usullar, yollar yig'indisi. (Izohli lug'at).

Pedagogik texnologiya - o qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffakqiyatni kafolatlay oladigan, o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko) [3].

Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilik demakdir.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda oqituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalgam oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.

Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug'ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo'ladi, shuningdek, umuman ta'lim tizimi

rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Innovatsiya - ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo'llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma'lum bo'lgan oxirgi natijadir [4].

Interfaol ("Inter"- bu o^zaro, "ast"- harakat qilmoq) - ozaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo'lishni anglatadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, o' qitishning interfaol uslublari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'ladilar, ular biladigan va o'ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Interfaol darslarda o'qituvchining o'rni qisman o'quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo'naltirishga olib keladi

[5].

MUHOKAMA

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari) dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayishi tabiiy. Zamonaviy texnologiyalar qollanilgan mashgulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarlarni ozlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham ozlari keltirib chiqishlariga qaratilgan.

Bugungi kunda ta'lim muassasalarining oquv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagicha izohlashimiz mumkin:

Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida.

Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o'quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiya oqituvchini ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.

To^rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo'llashga asoslanganligi sababli, ularning qollanilishi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablarini amalga oshirishni ta'minlaydi.

O'quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko'proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.

Pedagogik texnologiya asosida otkazilgan mashgulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, oz nuqtayi nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi [6].

Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi Texnologik yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o'xshash) olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qollaniladigan usul va metodlar toplami tushunilib, qoyilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul metodlari majmuasi tushuniladi [7, 8]. Agar metod bilish yo'li, tadqiqot yo'li yoki biror faoliyatdagi ma'lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashni haraka tlar, usullar majmuasi deb tushunsak, pedagogik texnologiyaning ta'lim usuli, ma'lum ma'noda ta'lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi.

Darslarda fikrlar xilma-xilligini erkinlashtirish jarayonlari demokratik hayot tarzining tarkibiy qismi ekanligini, shu bilan birga erkinlikning haqiqiy mohiyati uning ma'naviy chegaralari bilan belgilanishi o'quvchilar ongiga yetkazishga alohida e'tibor berishi zarur. Bu sohada eskicha tashviqot va targ'ibot tamoyillarini qo'llash, sayoz fikr va siyqasi chiqan misollardan foydalanish yo'lidan mutlaqo voz kechish lozim.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar - ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'zaro faolligini oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirishga va shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiya metodlarini qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shu bilan birga katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega. quyida keltirilgan metod barcha fanlarda qo'llanilsa ta'lim samaradorligini oshirishga ko'mak beradi [9].

NATIJALAR

Quyida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tarix fanini o'qitishning bir nechta metodlarini keltirib o'tamiz (1-jadval):

1-jadval

METOD NOMI "Tushunchalar tahlili"

Metodning maqsadi O'quvchilarni mashg'ulotda o'tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirib olinganlik darajasini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarining bilim

darajalarini baholash, yakka va guruhda ishlash, guruhdoshlari fikrini hurmat qilishga va o'z bilimlarini tizimga solish

Metodning qo'llanilishi O'quv mashg'ulotlarining barcha turlarida, darsning boshlanishida, dars oxirida, bir bo'lim tugaganda o'tilgan mavzuning o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun, o'quvchilarni joriy va oraliq, yakuniy baholash,yangi mavzuni boshlashdan oldin o'quvchilarning mavjud bilimlarini tekshirib olishga mo'ljallangan. Ushbu uslubni mashg'ulotning ayrim bosqichlarida yakka, kichik guruhda yoki jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Shuningdek uyga vazifa sifatida ham foydalanish mumkin.

Mashg'ulotda foydalaniladigan vositalar Tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro'yxati, qalam, ruchka, slayd

Izoh Reja bo'yicha belgilangan mavzu asosida hamda o'qituvchining qo'ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos ravishda tayyorlangan tarqatma materiallar guruh o'quvchilari yoki guruhlar soniga qarab mo'ljallanishi kerak.

Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: a • o'quvchilar guruhlarga ajaratiladi. • o'quvchilar mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi. • tarqatma materiallar guruh a'zolariga tarqatiladi. • o'quvchilar yakka tartibda tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishib, ularning izohini yozadilar. • belgilangan vaqt tugagach, o'qituvchi tarqatma materialda berilgan tushunchalarni o'qiydi,ishtirokchilar javoblarini eshitadi va ekranda slayd orqali to'g'ri javobni e'lon qilib boradi. • har bir o'quvchi o'z javobi bilan to'g'ri javob o'rtasidagi farqlarni aniqlaydi, to'g'ri javoblarini belgilaydi, o'z o'zini tekshiradi, baholaydi.

Ushbu metod o'tilgan (chorak, semestr, yoki o'quv yili tugagach) o'quv predmeti yoki bo'limning barcha mavzularini o'quvchilar tomonidan yodga olish, biror mavzu bo'yicha o'qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda izoh berishga, shu orqali o'z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va

o'qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o'quvchilarni baholay olishga yo'naltirilgan.

Tarix faning ilm-fan va madaniyat mavzularini kengroq yoritishda "Mening kimligimni top" metodini qo'llash dars samaradorligini oshiradi. O'quvchi unda tezroq fikrlashga, tezroq javob aytishga harakat qiladi. Jumladan, buyuk allomalarimizning nomlaridan foydalangan holda metodni qo'llaymiz (1-rasm).Masalan:

1-rasm. "Mening kimligimni top" metodi tuzilmasi.

Buyuk ajdodlarning hayot va ijod yo'li ajdodlar uchun hamisha namuna maktabi bo'lib kelgan. Biz ularning ibratli turmush tarzidan chin insonlik sabog'ini o'qib bu dunyodan odam bolasi o'z oldiga muayyan maqsad qo'yib shu yo'lda izlanib, intilib yashashi lozimligini o'rgansak bebaho asarlarni mutolaa qilib qalbimizga quvvat olamiz.Shunday qilib, o'zaro hamkorlik pedagogikasi o'qituvchi va o'quvchi orasida hamfikrlik,ishonch,o'zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa o'z navbatida yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarni anglash va e'tirof etishni kafolatlaydi [10].

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, o'qituvchi innovatsion faoliyatga tayyor bo'lib, darsga eng so'ngi yangiliklarni olib kirib, o'quvchiga qiziqarli va uni ehtiyojiga mos ravishda tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlashi mumkin. Bunday sharoitda o'qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo'yicha mushohada yuritishga, muammolarni o'z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo'lishi kerak. Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o'quvchi shaxsini rivojlantirishni o ziga o zi zamin yaratishdan boshlash kerak.O'qituvchidan

innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib yangi bilimlarni berish, ko'nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo'llash mashg'ulotlarida, hamda o'quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo'yicha mashg'ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo'lgan innovatsion pedagogik texnologiya metodlarini to'g'ri tanlashtalab etiladi. To'g'ri tanlangan metodlarni qo'llash mash g'ulotning qiziqarli va samarali bo'lishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh., — Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz

2. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» gi qonuni. Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.

3. Беспалько, В.П. Слагаемые педагогических технологий. - М: 1989. - 192 с.

4. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. - T., Nizomiy nomidagi TDPU, 2009.

5. A.Abduqodirov, R.Ishmuhammedov. "Ta'limda innovatsion texnologiyalar" T.:2008

6. M.Ochilov "Yangi pedagogik texnologiyalar". Qarshi, 2000.

7. S.Usmonov. "Pedagogik texnologiya asoslari" T.:

8. Xodiyev B.Yu., Golish L.V., Rixsimboyev O.K. Keys-studi - iqtisodiy oliy o'quv yurtidagi zamonaviy ta'lim texnologiyasi: Ilmiy-uslubiy qo'llanma / "Zamonaviy ta'lim texnologiyalari" turkumi. - T.: TDIU, 2009.

9. J.Yo'ldoshev, F.Yo'ldosheva, G.Yo'ldosheva. "Interfaol ta'lim sifat kafolati" -T.:2008 .

10. Ochilov E., —Barhayot siymolar.Toshkent . —O'zbekiston 2012-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.