Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR'

O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7961
1022
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
maktab / innovatsiya / pedagog-texnolog / metod / ta’lim / tarbiya / bilim / ko‘nikma / kreativ / tasnif / innovatsiya / obyektiv. / school / innovation / pedagogue-technologist / method / education / upbringing / knowledge / skill / creative / classification / innovation / objective.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Humoyunbek Eraliyevich Akbarov

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchisining innovatsion metodlardan foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS USED IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS

The article describes ways to improve the quality of education of English teachers in general secondary schools through the use of innovative methods.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR»

O'QUVCHILARGA INGLIZ TILINI O'QITISHDA QO'LLANILADIGAN

METODLAR

Humoyunbek Eraliyevich Akbarov

201-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablari ingliz tili o'qituvchisining innovatsion metodlardan foydalanish orqali ta'lim sifatini oshirish yo'llari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: maktab, innovatsiya, pedagog-texnolog, metod, ta'lim, tarbiya, bilim, ko'nikma, kreativ, tasnif, innovatsiya, obyektiv.

METHODS USED IN TEACHING ENGLISH TO STUDENTS

Humoyunbek Eralievich Akbarov

Teacher of 201st General Secondary School

ABSTRACT

The article describes ways to improve the quality of education of English teachers in general secondary schools through the use of innovative methods.

Keywords: school, innovation, pedagogue-technologist, method, education, upbringing, knowledge, skill, creative, classification, innovation, objective.

KIRISH

Pedagogikaning rivojlangan tajribalari hamda ta'limda erishilgan yutuqlarni amaliyotga olib kirish bugungi kunning muhim shartlaridan hisoblanadi. Hozirda o'qituvchi o'z faoliyati davomida foydalana olishi mumkin bo'lgan ulkan tajribalar bazasi shakllangan va u kundan-kunga yanada boyib bormoqda. Lekin shunga qaramasdan, o'qituvchilar va bo'lg'usi kasb egalari tomonidan ana shu tajribalarni o'zlashtirib olishlari birmuncha mushkullik bilan amalga oshmoqda [1-4] . Pedagogning mavqeyi ilg'or tajribalarni vujudga keltirishda va ularni kasbdoshlari o'rtasida ommalashtirishda, ayniqsa, ahamiyatlidir. Ta'lim beruvchi yangi ilg'or pedagogik tajribani amaliyotga joriy etishda uning qimmati hamda qay darajada samarali ekanligiga e'tibor berishi kerak. O'qituvchi amaliy faoliyatining innovatsiyaga yo'nalganligi nazariy pedagogik tadqiqotlar natijasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etish imkoniyatini beradi. Aynan mana shunday tadqiqotlar natijalarini ommalashtirish uchun ularni keng jamoatchilikka tanishtirish talab etiladi. Bunday yangiliklarni soha mutaxassislari tomonidan tezkor maslahatlar berish, maxsus seminar

www.scientificprogress.uz

hamda treninglar o'tkazish, konferensiyalarda chiqishlar qilish, bo'lg'usi pedagoglarga esa turkum ma'ruzalar havola etish orqali boshqa pedagogika vakillariga etkazish mumkin [5-9].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shu o'rinda bir savol tug'iladi: «Ilg'or pedagogik g'oyalar va texnologiyalarni keng jamoatchilik vakillariga etkazuvchilari hamda targ'ibotchilari kimlar?». Alohida pedagog yoki ta'lim muassasi tajribasini o'rganib chiqish, ommalashtirishda oliy ta'lim muassasalarining professor o'qituvchilari, umuta'lim dargohlarida faoliyat olib boradigan etuk pedagoglar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababini quyidagicha izohlash mumkin:

- innovatsiya muallifi muayyan pedagogik g'oya yoki yangilikning istiqboli to'g'risida kerakli va aniq bahoni bera olmaydi;

- ilg'or pedagoglar har doim ham o'z g'oyalarini ommalashtirish haqida o'ylayvermaydilar. Sababi yangilik pedagogning qo'shimcha vaqti, mehnatini talab qiladi;

- g'oya har doim ham uning yaratuvchisi tomonidan ilmiy-metodik jihatdan etarlicha asoslanmaydi;

- mualliflar o'zlarining innovatsiyalari va ularni amaliyotga joriy etish yo'llarini bayon qilishda o'zlari va kasbdoshlarining indvidual xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan to'siqlarga ro'baro' keladilar;

- nafaqat pedagogik innovatsiyalarni targ'ibqilish va ommalashtirish, balki ular asosida pedagoglar qaoliyatiga tuzatishlar kiritish bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy bilimdonligi va mahoratini boyitish vazifasi ham ijodiy guruh zimmasiga yuklanadi;

- innovatsiyalarni tizimli tanlash, monitoring o'tkazish, innovatsion g'oyalar, texnologiyalarga baho berish, oliy o'quv yurtlari ish tajribalarini boyitish vazifalari ham ijodiy guruh a'zolari zimmasidadir.

Innovatsion g'oya muallifi amaliyotda qo'llashga yo'naltirilgan faoliyatni boshqarishda ishtirok etmaydi [10-14]. Bu tarzdagi yondashuv innovativ pedagogning imkoniyatlarini kengaytirish va uni muayyan maqsadga yo'naltirishga zamin yaratadi. Innovativ pedagogika asoschisi va ommalashtiruvchining quvvatlari shu tariqa bir nuqtaga jamlanib, ma'lum bir maqsadga yo'naltiriladi. Pedagogik innovatsiyalar o'zining muayyan o'lchovlariga ega. Pedagogik innovatsiyalar bo'lg'usi o'qituvchining kreativ faoliyatini shakllantiradigan quyidagi o'lchovlardan iborat hisoblanadi: innovatsion usullarning naqadar yangi ekanligi; uning optimalligi; qanchalik samara berishi; omaviy tajribada qo'llash imkoniyati va shu kabilar. Innovatsion usullarning asosiy o'lchovi ularning yangiligi, ilmiy tadqiqot natijalari hamda ilg'or pedagogik tajribalar bilan tengligidadir. Shu sababdan ham innovatsion jarayonda faoliyat olib

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

borish istagida bo'lgan o'qituvchilar uchun yangilikning asl mohiyati nimadan iborat ekanligini tushunish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [15-17].

MUHOKAMA

O'tkazilayotgan tajriba ma'lum bir o'qituvchi uchun yangilik bo'lsa, boshqasi uchun esa bu usul yangi bo'lmasligi mumkin. Qolaversa, bo'lajak pedagoglar uchun ayni bir usulning yangilik darajasi turlicha bo'lishi mumkin. Shularni e'tiborga olgan holda bo'lajak pedagoglar ham, ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar ham innovatsion ijodiy faoliyatga o'zlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda yondashishlari lozim bo'ladi.

Bo'lg'usi pedagoglarning kreativ funksiyalarini rivojlantirishga ko'maklashuvchi innovatsion usullar yangiligi darajasiga ko'ra bir qancha shakllarda namoyon bo'ladi: absolyut daraja; lokal-absolyut daraja; shartli daraja; sub'ektiv daraja. Innovatsion pedagogik yangiliklarni ommaviy tarzda amaliyotda qo'llash ularni baholashning me'zoni sifatida talqin etiladi. Bu asosan o'quv jarayonining texnik ta'minoti va o'qituvchi faoliyatining o'ziga xosligi bilan bog'liq [18].

Ommaviy pedagogik tajribalarda pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo'llash alohida o'qituvchilar ish faoliyatining boshlang'ich bosqichida namoyon bo'ladi. Mazkur innovatsiyalar tajriba-sinovdan o'tkazilib, ob'ektiv baholangandan so'ng ommaviy tarzda qo'llash uchun taqdim etiladi [19]. Keng ommalashgan, ijobiy natijalarga erishish imkonini beradigan innovatsion usullardan foydalangan holda bo'lajak o'qituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'qituvchining innovatsion faoliyatini o'rganishga yo'naltirilgan tashxislash metodlari ham rang-barangdir. Tashxislash metodlaridan foydalanish o'qituvchi faoliyatining kuchli jihatlarini namoyon qiladi [20]. Shuning uchun ham bo'lajak o'qituvchilarni tashxislashning zamonaviy metodikalari bilan qurollantirish davr talabidir. Bo'lg'usi pedagoglarning kasbiy ehtiyoj va xohishlarini hisobga olgan holda ularda kasbiy-pedagogik etikani shakllantir ish va uzluksiz rivojlantirishga yo'naltirilgan to'laqonli maqsadli faoliyatni amalga oshirish lozim.

NATIJA

Pedagogik innovatsiyalarni tashxislash asosida o'rganishda har bir pedagog tajribasida ijobiy, rivojlantiruvchi holatlar bilan bir qatorda salbiy ko'rinishlar ham mavjudligini hisobga olish zarurligini unutmaslik kerak. Yosh pedagog ta'lim dargohida samarali faoliyat ko'rsatishi uchun uning ish tajribasida mavjud bo'lgan ijobiy hamda salbiy jihatlarni tashxislash asosida yaqqol ko'rsatish talab etiladi. Innovatsion

jarayonlarni o'rganish maqsadida qo'llaniladigan tashxislash metodlari quyidagilardan iborat ekanligini bo'lajak o'qituvchilar ongiga aniq etkazish lozim.

- bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarni tizimli tarzda o'rganish, bunda o'qituvchilarning faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish imkoniyatlarini aniqlash;

- ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan g'oyalar, konsepsiyalar hamda ilg'or pedagogik tajribalarni izlab topish va oliy pedagogik ta'lim amaliyotiga joriy etish;

- bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik innovatsiyalarni o'zlashtirish va qo'llash jarayonidagi o'ziga xoslik va ularning turli-tuman ko'rinishlarini aniqlash, bunda namoyish qilish, tasvirlash, ochiq darslar o'tkazish, yangi manbalar ustida ishlash, ma'ruzalar tashkil etish, tajriba-sinov ishlarida ishtirok etish singari ish turlaridan keng foydalanish kabilar. Pedagogik innovatsiyalarni tashxislash asosida o'rganishga yo'naltirilgan amaliy ishlarni ham bir necha bosqichlarda o'tkazish tavsiya etiladi. Bo'lajak o'qituvchilardan dastlabki bosqichda anketa so'rovlari, anketa savollariga olingan javoblarni ekspertizadan o'tkazish, indvidual suhbatlar tashkil etish va anketa savollariga olingan javoblardagi ma'lumotlarni tasdiqlash, tashxis natijalari asosida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish [21]. Mazkur bosqichda birinchi bosqich natijalari asosida bo'lajak o'qituvchining kasbiypedagogik malakasini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlar rejalashtiriladi hamda ularni amalga oshirish yo'llari ko'rsatiladi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan ishlar yakunlanib, takroriy tashxislash o'tkaziladi. Mazkur jarayonda bo'lajak o'qituvchining oraliq hamda yakuniy natijalarni olishga yo'naltiriladi. Guruhdagi talabalar faoliyatida ro'y bergan o'zgarishlar chuqur tahlil qilinadi. Buning natijasida bo'lajak o'qituvchilarning hosil qilgan kasbiy ko'nikma, malakalari va tajribalarini tashxislash hamda ularni tashxislash metodlari bilan qurollantirish hamda kasbiy pedagogik ta'lim jarayonini innovatsion g'oyalar asosida qayta qurish talabalarning kreativ faoliyatini samarali rivojlantirish imkonini beradi. Buning natijasida bo'lajak o'qituvchilarni ijodiy faoliyat ko'rsatishga, tashabbuskorlikka undash imkoniyati vujudga keladi [22].

O'qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati inson ongi, xulqini shakllantirishga, eng muhimi barkamol insonlar avlodini yaratishga bo'ysundirilgan vazifalarni ijobiy hal qilish jarayonidir. Shuningdek, loyihalashtirilgan o'quv maqsadi engil amalga oshadi hamda kutilayotgan natijaga tezroq erishiladi. Ya'ni;

- innovatsion ta'lim texnologiyasi tizimida o'qituvchining o'rni va vazifalari aniq belgilanishi zarur;

- o'qituvchi yangi kasbiy lavozim - «o'qituvchi-texnolog», - «pedagog-texnolog» darajasiga ko'tarilishi kerak;

- «o'qituvchi-texnolog» maxsus bilim, ko'nikma, malakaga ega bo'lishi kerak;

- «o'qituvchi-texnolog»ning pedagogik jamoa o'rtasida nufuzi, salohiyatining ortishi, ma'naviy, moddiy manfaatdorligining ta'minlanishi bo'yicha aniq tadbirlar amalga oshirilgan bo'lishi zarur.

Ta'lim sifatini rivojlantirishda mashg'ulotlarda o'qituvchilar dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishlari, albatta, samarali natijalarni beradi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytganda, yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy faolikka, mustaqil fikrlashga, o'z vazifalarini qiyinchiliksiz hal qila olish qobiliyatiga ega bo'lgan etuk mutaxassislarni tarbiyalash uchun bugungi kunda pedagogo' qituvchilarimiz zamonaviy yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishlari ta'lim-tarbiyaning sifat va samaradorligini oshirishning asosiy omili ekanligini, buni esa davr talab etayotganligini tushunib etishlari lozim.

REFERENCES

[1] Artemov V.A. Pcixologiya obucheniya inoctrannomu yazbiku. - M.: "Pedagogika", 1989.- S.103.

[2] Bim I. L. Nekotorbie aktualnbie problembi covremennogo obucheniya inoctrannbim yazbikam.- YAISH. 2001, № 4.- S.39

[3] Yoralieva U.Q. Maktabgacha ta'lim tizimida xorijiy tillarni o'qitishning o'ziga xosxususiyatlari va unda interfaol usullardan foydalanishning imkoniyatlari. Zamonaviy ta'lim jurnali. -T., 2014, 9-son.-27 b.

[4] Мансуров, Н., & Жалилова, В. (2021). МЕТОДИКА ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ-НАУЧНАЯ ОТРАСЛЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКИ. Збгрник наукових працъ SCIENTIA. https://ois.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/issue/view/26.03.2021/487

[5] Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. Зб1рник науко вихпрацъ SCIENTIA. Вилучено i3 https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540

[6] BULATOV, S., & JABBAROV, R. (2016). № 2 National traditional basis of symbol of Khumo. Central Asian Journal of Education, 1.

[7] Жаббаров Рустам Равшанович (2016) Узликни англашнинг психологик асослари. The organization of innovative activities of the teachers: Problems and solutions. pp-444-445.

[8] BULATOV, S., & JABBAROV, R. (2016). № 2 National traditional basis of symbol of Khumo. Central Asian Journal of Education, 1.

[9] Hasanov, A. A. (2020). PECULIARITIES OF PREPARING TEACHERS FOR THE DEVELOPMENT AND USE OF E-LEARNING RESOURCES. Theoretical & Applied Science, (9), 15-17.

[10] Khasanov, A. A. (2018). Didactic Foundations of Interdisciplinary Connections at Subject Teaching. Eastern European Scientific Journal, (6).

[11] Авазбаев А.И., Худайберганова М.Э.Формирование необычного или креативного мышления у учащихся в процессе обучения. Международный научный журнал «ВЕСТНИКНАУКИ»№ 5 (26) Т. 3 МАЙ2020 г.

[12] Malikov, K. G. (2020). THEORY AND PRACTICE OF CONSTRUCTION OF AXONOMERTIC PROJECTS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

[13] Халимов, М. К., & Жабборов, Р. Р. (2018). Сравнение продуктивности учебной доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл инженерной графики. Молодой ученый, (6), 203-205.

[14] Расулов, М. (2021). НАУЧИТЬ СТУДЕНТОВ ВО ВНЕШКОЛЬНЫХ УЧЕРЕЖДЕНИЯХ СОСТАВЛЯТЬ КОМПОЗИЦИИ НА УРОКАХ РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ. Збгрник наукових праць ЛОГОЕ.. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.44

[15] Tashimov Nurlan, Samandar Zaitov. (2021) Improving the quality and efficiency of teaching descriptive geometry in a credit-modular system. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal. Volume:11, Issue:2, pp-730-733. DOI: 10.5958/2249-7137.2021.00398.0

[16] Jabbarov, R. (2021, March). PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF

[16] Jabbarov, R. (2021, March). PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PAINTING. In Конференции.

[17] Talipov, K. N. (2021). Is graphics important in painting?. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(1), 984-990. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00117.8

[18] Talipov, N. X., & Aliev, N. S. (2021). The importance of perspective in teaching art to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 97-103. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.00051.3

[19] Akhmedov, M. U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць ЛОГОЕ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

[20] Bulatov, C. S., & Jabbarov, R. R. (2010). Philosophical and psychological analysis of works of fine arts (monograph). Science and Technology Publishing House.

[21] Валиев, А. Н. (2021). Об Особенностях Перспективы Простых Геометрических Фигур И Проблемах В Ее Обучении. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 2(4), 54-61. http://caiotas.centralasianstudies.org/index.php/CAJOTAS/article/view/116

[22] Khalimov, M., & Soliddinova, S. (2021). The knowledge gained by students in engineering graphics and its transformation to experience and skill. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(1), 260-264. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.00040.9

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.