Научная статья на тему 'ILMIY MATNNING KOMPLEKS TAHLILI'

ILMIY MATNNING KOMPLEKS TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiy matn / strukturaviy tuzilma / an’anaviy tahlil / publitsistik matn / pedagogik faoliyat / ilmiy tahlil / dialektologiya. / научный текст / структурный анализ / традиционный анализ / публицистический текст / педагогическая деятельность / научный анализ / диалектология.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shohista Bahodir Qizi Xaiytbayeva

Ushbu maqolada ilmiy matnlarning ifodalanish shakllari hamda ularning tahliliy jarayonlarida uzviy tarzda aloqadorlikni yuzaga keltiradi deyish mumkin. Ilmiy matnlarning hajm va shakllar bilan uzviy aloqadorlikda amalga oshishi bilan boshqa matnlardan farqllilik haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В этой статье можно сказать, что формы выражения научных текстов, а также их аналитические процессы неразрывно связаны. С реализацией научных текстов в тесной взаимосвязи с Хадзимэ и шк было высказано предположение об отличии от других текстов.

Текст научной работы на тему «ILMIY MATNNING KOMPLEKS TAHLILI»

ILMIY MATNNING KOMPLEKS TAHLILI

Shohista Bahodir qizi Xaiytbayeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Biologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada ilmiy matnlarning ifodalanish shakllari hamda ularning tahliliy jarayonlarida uzviy tarzda aloqadorlikni yuzaga keltiradi deyish mumkin. Ilmiy matnlarning hajm va shakllar bilan uzviy aloqadorlikda amalga oshishi bilan boshqa matnlardan farqllilik haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ilmiy matn, strukturaviy tuzilma, an'anaviy tahlil, publitsistik matn, pedagogik faoliyat, ilmiy tahlil, dialektologiya.

Аннотация: В этой статье можно сказать, что формы выражения научных текстов, а также их аналитические процессы неразрывно связаны. С реализацией научных текстов в тесной взаимосвязи с Хадзимэ и шк было высказано предположение об отличии от других текстов.

Ключевые слова: научный текст, структурный анализ, традиционный анализ, публицистический текст, педагогическая деятельность, научный анализ, диалектология.

Annotation: in this article it can be said that the forms of expression of scientific texts as well as their analytical processes create an inextricable connection. With the implementation of scientific texts in continuous communication with hajime and shklar, there was a thought of differentiation from other texts.

Keywords: scientific text, structural structure, traditional analysis, publicistic text, pedagogical activity, scientific analysis, dialectology.

1989-yil 21-oktabr kuni «O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida»gi alohida qonuni qabul qilindi. Har yili 21- oktabr yurtimizda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi

Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e'tibori, ehtiromi namoyon etildi.Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat o'zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo'lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug'vor ahamiyat kasb etadi. Til - har bir millat o'zligining ajralmas belgisidir. O'zbek tili - O'zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko'pchiligi bo'lmish o'zbek xalqining ona tilidir. U O'zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi.

O'zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo'llanilayotgani, xorijdagi ko'plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o'zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o'rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda.O'zbekistonda nafaqat o'zbek tili, balki boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan. Uning amaliy isbotini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi me'yor misolida ko'rish mumkin: «O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va ananalari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». «O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va me'yorlariga rioya etiladi.

Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 8-moddasida O'zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e'lon qilinishi belgilangan. Mazkur norma «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to'g'risida»gi Qonun 26-moddasining to'rtinchi qismida yanada aniqlashtirilgan.1

"Ilmiy matnlar ma'lum bir o'ziga xos yondashuvni tqlab qiladigan mavzular va vaziyatlarni ko'rib chiqqani uchun boshqa turdagi matnlardan masalan, adabiy yoki publisistik turdangi matnlardan, masalan, adabiy yoki publitsistitik matnlardan ajralib turadigan bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ya'ni har bir aniq yo'nalishga( matematiki, fizika, biologiya va kimyo va boshqalar) xos bo'lgan maxsus terminologiyaga ega bo'ladi yoki sohaning so'z boyligidan foydalaniladi. Ilmiy matnlar turli fanlarga oid ma'ruzlar, tezislar, maqolalalr, monografiyalar, darsliklar yoki didaktik qo'llanmala, targ'ibot ishlari, umuman, hare xil shakldagi nashrlar ko'rinishida namoyon bo'ladi". Haqiqatdan ham, ilmiy matnlarning oPzaro tahlil etilishida, ilmiy nazariya va qarashlarning ifodalanishi, mutaxasislikka oid nazariy qarashlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda, shuningdek, ma'lum bir qarashlar va nazariyalarni jamoaatchilikka oid terminlar bilan ilmiy matlarga oid qarashlar yuzasidan farqlilikni saqlab qolgan. Shunga ko'ra ilmiy matnlarning boshlang'ich qismi ham boshlang'ich nuqatasi bilan ham ahamiyatlidir. Badiiy va publitsistik uslublarda ifodalanilgan matnlar bilan ilmiy uslubdagi matnlarning farqli jihatlari ham mavjudligi bilan ham yaxlitlilikni saqlab turadi. Ilmiy matnlarning maktablar darsliklari, o'quv qo'llanmalarida izohlanishiga ko'ra ham tahlil qilinisshi kuzatiladi. Tahlil jarayonida ilmiy matnlarning uzviyligini ta'minlash maqsadida o'ziga xos tarzda yondashuvli tarzda amalga oshirilishi ham tahlilning o'ziga xosligini ochib beradi. Ilmiy matnlarning

1 Husanov N., Xo'jaqulova R., Dilmurodova N. "O'zbek tili". Darslik. Toshkent: "Excellent Polygraphy", 2020.

2 Kurboniyozov Gulmirza, Jalilov Sadaddin. Amaliy o'zbek tili. Nukus "Nur-Turan-Print" 2023

tahlil qilinishida sarlavha nomi, kirish qismining umumiy yaxlitlikda amalga oshirilishida yozma ishlarning strukturaviy tarzda amalga oshirilishi ham ahamiyatlilik darajasini yuizaga keltirishi kuzatiladi. Ilmiy matnlarnimng boshq aturdagi matnlardan farqli jihatlari ham manashunday holatlarda namoyon bo'ladi, deyish mumkin.

Ilmiy matnlarning pedagogik faoliyatda tutgan o'rni va roli katta bo'lib, nazariyalar, qarashlarning umummilliy asoslari natijasida amalga oshiriluvchi matn shakli bo'lib, ilmiy matnlarning strukturaviy birliklar natijasini yuzaga kelishi bilan akloqadorlikni tashkil etadi. Ilmiy matnlar o'zaro intellektual yondashuv asosida yuzaga kelish bilan ham aloqadorlini tashkil etishi bilan boshqa turdagi matnlar bilan o'zaro farqliliklni tashkil etishi bilan izohlaniladi. Ilmiy mavzudagi matnlar maqsad va vazifalardidan ko'ra ma'ruza yoki tezis shakliga ko'ra, darsliklar umumiy darsliklar doirasida qo'llanilish xususiyatlarini nam,oyon etadi. Umumiy qilib aytganda, matnlarning katta yoki kichik ekanligi yuzasidan ularda ifodalanilayotgan mavzu doirasidan kelib chiqib, ilmiy matnlarning o'ziga xos belgilaridan ham mutanosiblikdan foydalaniladi deyiladi. "Dialektal matnlarning leksik tahlili amaliy mashg'ulotlarda talabalar bilan amalga oshirilardi. Ilmiy tadqiqotlarda esa bunday tahlilning amalga oshirilganligini eslay olmadim. Bugungi kunda ko'p nar sa dolzarb masalalar jumlasiga kiradi. Su jumladan dialektal matnlarning leksik tahlili ham. Ya'ni sheva so'zlarimizni dialektal matnlar asosida saqlab qolish va tarix sahifalariga muhrlash, dialektologiya metodologiyasi bo'yicha metod, usul va omillarni aniq shakllantirish hisoblanadi. Bunday dolzarb masalalarda o'zbek dialektologlari ayni vaqtda jiddiy ilmiy kuzatishlarni olib borishmoqda. Ammo dialektologiya metodologiyasi bo'yicha metod, usul va omillarni aniqlashtirish masalasida jiddiy biror bir ilmiy ish qilinmagan.

"5

Olimlarimiz o'quv qo'llanma, darslik va ilmiy maqolalar yozishib, dialektologiyaning metodologiyasi masalasiga e'tibor berishmagan. Shuning uchun "O'zbek dialektologiyasi" fanining metodlar bilan o'qitilishi ham oqsab turibdi"4. Ilmiy matnlarning ahamiyati shundaki, badiiy yoki publisistik matnlarning o'zaro, uzviylik shaklari bilan muatnosiblikning shkali, ko'p hollarda maktab darsliklarida, o'quv qo'llanmalarda, ilmiy maqolalarda namoyon bo'lishi bilan xarakterlanadi. Imiy matnni tahli qilishning kompleks usullaridan kelib chiqib, olmiy matnlarni tahlil qilishda kalit so'zlar, kirish so'zlar vositasida amalga oshirilishi bilan boshqa tahlillardan farq qiladi. Bunda, yozma nutqning ifoda shakllari va qo'llanilishida tezislar, ilmiy o'quv qo'llanmalar matni bilan farqlilikni yuzaga keltiradi deyishadi. Imiy matnlarning tahlilida tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlarning izohlanishi, shuningdek, maxsus qo'llaniluvchi qoliplarnung ham ofodalanishi yuzasidan ilmiy matnlarning kompleks tahlili amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi bilan farqli jihatlarni tashkil etadi.

3 Enazarov Tolib Djumanazarovich. Dialektal matnlarning leksik tahlili metodining amaliy tahlili. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences - 2022

4 Yuldasheva Sh, Kabulova D, Sobirova M. "O'zbek tili". O'quv qo'llanma Nukus: Bilim, 2013

Ilmiy matnlar ilmiy jurnallar va ilmiy qopllanmalar vositasida yuzaga keluvchi toifalar yuzasidan ham anglashiladi deyish mumkin. Matnlarning mukro va makro turda yaxlitlikda ilmiy jihatdan tahlil qilinishi hamda tahlilning o'zaro prinsp va strukturaviylikka asoslangan holatda amalga oshirilishi ham yaxshi samaralarni berishi bilan izohlaniladi. Shuningdek, bunda, asosan, matnning sarlavhasi tahlili, asosiy qism muhokamasi hamda xulosaviylik kommunikatsiyasi bilan ham aloqadorlikni kasb etadi. "Ilmiy uslubning har bir matnida qurilishning o'ziga xos mantiqi mavjud bo'lib, u tuzilish qonunlariga mos keladigan aniq bir shaklga ega.

Odatda tadqiqotchi quyidagi sxemaga rioya qiladi: -Muammoning mohiyatiga kirish, uning dolzarbligi va yangilanishi; -Tadqiqot mavzusini tanlash (ba'zi hollarda ob'ekt); -Maqsadlarni belgilash, muayyan vazifalarni bajarish davomida hal qilish; -Tadqiqot mavzusiga har qanday tarzda ta'sir etadigan ilmiy manbalarni ko'rib chiqish, ish uchun nazariy va uslubiy asoslarni tavsiflash; Terminlarning asoslanishi; -Ilmiy ishning nazariy va amaliy ahamiyati; -Ilmiy ishning mazmuni; Eksperimentning tavsifi, agar u amalga oshirilsa; -Tadqiqot natijalari, uning natijalari bo'yicha tuzilgan xulosalar.

Haqiqatdan ham, ilmiy uslub va umumiy qoidalarga asoslangan ilmiy matnlarning o'zaro, aloqqadorlikda tahlil etilishi bilan ham aloqdorlik saqlab qolgan holatdanamunaviy tahlil amalda qo'llaniladi deyish mumkin. Xulosa qilib aytganda, ilmiy matnlar ustida ishlash, ularning tahlil etilishida yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishning amaliy jihatdan tavsiyalar bilan uzviyligini ta'minlash masalasi ham ahamiyatlidir. Shuningdek, ilmiy matnlar tarkibida kelgan so'zlar va izohlanishi bilan qolaversa, namunadagidek, ifodalanish yo'l-yo'riqlari bilan ham taqqoslilik yuzaga keladi. Ilmiy matnlarning o'zaro mutanosiblikda tahlil etilishi yuzasidan tilshunoslikka oid birlik va ifodalar, ilmiylik mazmunini o'zida saqlab qoluvchi jumlalar bilan ham aloqadorlikni saqlagan holda ilmiy matnlarning tahliliga qat'iy ravishda e'tibor qaratish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Husanov N., Xo'jaqulova R., Dilmurodova N. "O'zbek tili". Darslik. Toshkent: "Excellent Polygraphy", 2020.

2. Mirzayev I., Qodirova B. "O'zbek tili". Darslik. Samarqand: SamDU, 2019.

3. Yuldasheva Sh, Kabulova D, Sobirova M. "O'zbek tili". Nukus: Bilim, 2013.

4. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov Y. "Davlat tilida ish yuritish". Amaliy qo'llanma. Toshkent: "O'zbekiston", 2021.-528 b.

5. Kurboniyozov Gulmirza, Jalilov Sadaddin. Amaliy o'zbek tili. Nukus "Nur-Turan-Print" 2023

6. Enazarov Tolib Djumanazarovich. Dialektal matnlarning leksik tahlili metodining amaliy tahlili. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences - 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.