Научная статья на тему 'ILMIY MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH – O‗QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA MUHIM VAZIFA SIFATIDA'

ILMIY MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH – O‗QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA MUHIM VAZIFA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

197
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / ilmiy matn / kompetensiya / fizika / ilmiy matn bilan ishlash kompetensiyasi / savodxonlik / metodologik bilim / epistemik bilim / kognitiv daraja. / PISA / научный текст / компетентность / физика / компетентность работы с научным текстом / грамотность / методологические знания / эпистемические знания / когнитивный уровень.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Maftunaxon Ravshanbek Qizi G‗ulomova

Ushbu maqolada PISA 2022 natijalari, xalqaro baholash dasturlari talablari asosida o‗quvchilarda ilmiy matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‗yicha tavsiyalar fizika fanini o‗qitish misolida tahlil etilgan va tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье на основе результатов PISA 2022 и требований международных оценочных программ анализируются рекомендации по развитию компетентности студентов в работе с научными текстами и даются рекомендации на примере преподавания физики

Текст научной работы на тему «ILMIY MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH – O‗QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA MUHIM VAZIFA SIFATIDA»

Qo'qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va yechimlar

Kokand State Pedagogical Institute Pedagogical Researches: Current problems and Solutions

ILMIY MATN BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH - O'QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA MUHIM VAZIFA SIFATIDA

Maftunaxon Ravshanbek qizi G'ulomova

Qo'qon DPI, 13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi 2-

bosqich tayanch doktoranti, gulomovamaftuna042@gmail .com.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada PISA 2022 natijalari, xalqaro baholash dasturlari talablari asosida o'quvchilarda ilmiy matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar fizika fanini o'qitish misolida tahlil etilgan va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar. PISA, ilmiy matn, kompetensiya, fizika, ilmiy matn bilan ishlash kompetensiyasi, savodxonlik, metodologik bilim, epistemik bilim, kognitiv daraja.

АННОТАЦИЯ

В данной статье на основе результатов PISA 2022 и требований международных оценочных программ анализируются рекомендации по развитию компетентности студентов в работе с научными текстами и даются рекомендации на примере преподавания физики.

Ключевые слова. PISA, научный текст, компетентность, физика, компетентность работы с научным текстом, грамотность, методологические знания, эпистемические знания, когнитивный уровень.

ABSTRACT

In this article, based on the results of PISA 2022 and the requirements of international assessment programs, recommendations for the development of students' competence in working with scientific texts are analyzed and recommendations are made in the example of teaching physics.

Keywords. PISA, scientific text, competence, physics, competence to work with scientific text, literacy, methodological knowledge, epistemic knowledge, cognitive level.

Mamlakatimizda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va xalqaro ta'lim standartlariga mos milliy ta'lim tizimini joriy etish bo'yicha keng ko'lamli harakatlar olib borilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar O'zbekiston

153

May 15, 2024

gogi

gogi

Respublikasining prezidenti va tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5538-sonli farmoni 5-bandida o'quvchilarning bilim darajasini baholash bo'yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar ) umumta'lim muassasalari o'quvchilarining ishtiroki tashkil etilishi belgilab qo'yilgan. [1]

Respublika xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o'rnatish, o'quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 997-sonli qarorida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etildi va PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish yuzasidan vazifalar berildi. [2] Yuqorida keltirib o'tilgan xalqaro baholash tadqiqotlari yurtimizda bosqichma -bosqich o'tkazilib kelinmoqda. 2022-yilda yurtimizda ilk bor o'tkazilgan PISA xalqaro baholash tadqiqoti misolida tahlil qiladigan bo'lsak, ushbu tadqiqot natijalari 2023-yil 5-dekabrda e'lon qilindi.

PISA - dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud bo'lgan talablar doirasida xalqaro baholash dasturlarini o'tkazishga asoslanib, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini qo'llash, fikrlash, mulohaza qilish va muloqot qilish qobiliyatlariga e'tibor qaratadi. PISA hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi yoki targ'ib qilmaydi yoki umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o'quvchilarda tabiiy fanlardan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikma darajalari shakllanishi va mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e'tirof etadilar. [3, 9-b]

PISA tadqiqoti ham pedagogik, ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan puxta dasturlangan tadqiqotdir. Unda o'quvchilarga o'quv reja asosida emas balki maktabda egallangan bilimlar asosidagi turli kundalik hayotga xos bo'lgan vaziyatlar, topshiriqlar taqdim etiladi. Bu topshiriqlarni bajarishda albatta savodxonlik yo'nalishiga mos holda matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya kabi fanlardan egallagan bilim va ko'nikmalaridan foydalanishlari talab etiladi. PISA

154

May 15, 2024

gogi

gogi

p

tadqiqoti insonlarni "Hayot davomida o'rganish " ga undaydi desak xato qilmagan bo'lamiz. Chunki inson yashashi, butun umri davomidagi faoliyati uchun bilmlarni faqat maktab, oliygohlardan to'liq egallab chiqa olmaydi. Inson hayoti davomida turli xil muommo va hodisalarga duch keladi va bu jarayonlarda undan oqilona fikrlash, muommolarga to'g'ri yechim topa olish uchun ham doimo o'qib-o'rganishi kerak. Insonlardan doimo izlanish,o'qish, rivojlanib borish yorqin kelajak uchun muhim omil hisoblanadi. O'qish va izlanishdan to'xtagan odam zamondan va rivojlanishdan ortda qoladi.

Yurtimizda o'tkazilgan ushbu tadqiqotda maktablar tasodifiy tarzda tanlab olindi, ma'lum muddat davomida tayyorlandi va o'quvchilar o'qish (matnni tushunish), matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlik yo'nalishlari bo'yicha topshiriqlarni bajardilar. Har bir savodxonlik yo'nalishi 1000 ballik tizimda baholandi. PISA 2022 tadqiqoti natijalariga ko'ra O'zbekistonlik bolalar 81 mamlakat orasida matematika bo'yicha 72-o'rinni, tabiiy fanlar va o'qish savodxonligi yo'nalishlarida 80-o'rinni egalladi. Matematik savodxonlik bo'yicha 364 ball, O'qish savodxonligi bo'yicha 336 ball, Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha 355 ball. Bu natijalar birinchi bor tadqiqotda ishtirok etish uchun qoniqarli deb hisoblandi, lekin keyingi tadqiqot davrida yuqori natijaga erishish lozim. Tadqiqotning har 3 yilda o'tkazilish davriga ega bo'lganligi sababli PISA 2025 tadqiqotini o'tkazish muddatigacha o'quvchilarni puxta tayyorlab borish hozirgi kunda ta'lim tizimimiz oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Bunda o'quvchilarda ilmiy matnlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish muhim hisoblanadi. Chunki tadqiqotda foydalaniladigan har bir topshiriq o'quvchidan matnlarni o'qib tushunishni, fikrlashni, mulohaza yuritishni talab etadi. Tadqiqotda topshiriqlar aniq fan yo'nalishi bo'yicha emas, fanlararo integratsiya asosida fikrlashni, muomolarni hal qilishga qaratilganligi sababli o'quvchi matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, astronomiya fanlarining mazmunini bilishi; Ilmiy ma'lumotlar olish uchun qo'llaniladigan turli xil metodlarni, shuningdek, standart tadqiqot jarayonlarini bilishga oid metodologik bilim; epistemik bilim, ya'ni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlari imkoniyatlarini tushunishimiz natijasiga aylanishi, ularning asoslanishi, shuningdek, faraz, gipoteza va kuzatish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilish. [4, 19-b] ko'nikmalariga ega bo'lishlari kerak.

"Ilmiy matnlar ma'lum bir o'ziga xos yondashuvni talab qiladigan mavzular va vaziyatlarni ko'rib chiqqani uchun boshqa turdagi matnlardan masalan, adabiy yoki publitsistitik matnlardan ajralib turadigan bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ya'ni har bir aniq yo'nalishga( matematika, fizika, biologiya va kimyo va boshqalar) xos bo'lgan maxsus terminologiyaga ega bo'ladi yoki sohaning so'z boyligidan

155

May 15, 2024

gogi

a

p

foydalaniladi. Ilmiy matnlar turli fanlarga oid ma'ruzlar, tezislar, maqolalar, monografiyalar, darsliklar yoki didaktik qo'llanmalar, targ'ibot ishlari, umuman, har xil shakldagi nashrlar ko'rinishida namoyon bo'ladi" [5]

Ilmiy matn bilan ishlash kompetensiyasi - Ilmiylikka asoslangan matnlarni o'qib tushunish, ilmiy dalillarni aniqlash, bir ko'rinishda berilgan ma'lumotni boshqa turdagi ma'lumotga aylantirish, xulosalar chiqarish va matn asosida tegishli g'oyalarni ilgari surish qobiliyatidir. Ilmiy matn bilan is hlash kompetensiyasi tayanch kompetensiyalar tarkibida rivojlanadi va fanga oid kompetensiyalar asosida takomillashib boradi. Ilmiy matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

• O'quvchilarni fan yo'nalishi bo'yicha ilmiy adabiyot, darsliklarni mustaqil o'rganishlariga erishish;

• Turli axborot manbalaridan zarurlarini ajratib olish ko'nikmalarini shakllantirish;

• Ilmiy ma'lumotlarda berilgan turli atama, hodisa va tushunchalarni qanday ma'no anglatishi haqida ilmiy dunyoqarashga ega bo'lishi;

• Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish va ilmiy farazlarni taklif etish;

• Ma'lum ko'rinishda berilgan ma'lumotlarni boshqa ko'rinishda ifodalay olish, bu orqali ma'lumotlar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi;

• Ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalar orqali fikr yuritish;

• Egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni ilmiy ko'rinishda tushunarli tarzda bayon etishga e'tibor qaratish.

Yuqorida qayd etilgan jihatlarni o'quvchilarda shakllantirishda asosan ilmiy matnlar o'quvchiga taqdim etiladi va ularga topshiriq yuzasidan quyi, o'rta, yuqori kognitiv darajadagi savollar taqdim etiladi. Misol uchun "Suyuqliklarning qaynash harorati" haqidagi topshiriqqa quyi, o'rta, yuqori darajada javob berish mumkin:

Quyi darajada: Suyuqlikning butun hajmi bo'ylab bug' hosil bo'lish jarayoni qaynash deb ataladi. Suv 100 0 C haroratda qaynaydi. (Javob oddiy, qaynash jarayoniga ta'rif bera oladi, faqatgina suvning qaynash harorati misolida javob berilayapti)

O'rta darajada: Suyuqlikning butun hajmi bo'ylab bug' hosil bo'lish jarayoni qaynash deb ataladi. Turli tarkibli suyuqliklarning qaynash harorati har xil bo'ladi. Bunda suyuqlik turgan muhitning bosimi ham ahamiyatga ega. Normal sharoitda spirt 78 0 C da, suv esa 100 0 C da qaynaydi. Bosim qaynash haroratiga to'g'ri proporsional bo'ladi. ( hodisani tavsiflaydi, tushuntirishda tegishli bilimdan foydalana oladi)

156

May 15, 2024

Qo'qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va yechimlar

Kokand^tate^edagogical^nstitute^^^^^^^^^^^^^^^dagogi

Yuqori darajada: Suyuqliklarning qaynash haroratlari suyuqliklar tarkibi, tashqi bosimga bog'liq bo'ladi. Misol tariqasida suv normal sharoitda 1000 C da qaynaydi. Spirt esa 78 0 C. Tashqi bosim kata bo'lsa qaynash harorati ham kata, kichik bo'lsa qaynash harorati kichik bo'ladi. Tog'ning 5 km balandligida atmosfera bosimi kamayganligi sababli suv 84 0 C da qaynaydi, biroq ichiga go'sht solinsa pishmaydi, go'shtni pishirish uchun idishni germetik ravishda berkitish kerak bo'ladi. Tibbiyot muassasalarida jarrohlik asboblari yuqimli bakteriyalardan zararsizlantirish uchun yuqori bosimda qaynatiladi. ( murakkabroq ma'lumotlar beradi, dalillarni umumlashtiradi va asoslaydi, muommoni hal qilish rejasini taklif eta oladi).

Biz hozirda olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishimizda umumiy o'rta ta'lim maktablarining VIII-IX sinf o'quvchilariga fizika fanini o'qitish mobaynida ilmiy matn bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish masalasiga e'tibor qaratib, o'quvchilarni xalqaro tadqiqotlar talablariga mos holda tayyorlashga qaratilgan ilmiy izlanishlarni olib bormoqdamiz. Ilmiy izlanishlarimiz kelgusi PISA 2025 kabi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi o'quvchilarimiz uchun foydali bo'lishiga ishonamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalqa ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-5538-sonli farmoni 5-bandi.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 997-sonli qarori.

3. D.M.Maxmudova, I.E.Shernazarov va boshqalar. Xalqaro baholash asoslari.Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun darslik Toshkent: 2022-y, 9-b.

4. A.A.Ismoilov va boshqalar, Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning tabiiy fanlar bo'yicha savodxonligini baholash. Metodik qo'llanma. Toshkent 2019.15-b.

5. Kurboniyozov Gulmirza, Jalilov Sadaddin. Amaliy o'zbek tili. Nukus "Nur-Turan-Print" 2023.

157

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.