Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
DIALEKTAL MATNLARNING LEKSIK TAHLILI METODINING AMALIY AHAMIYATI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-4-14-24
Enazarov Tolib Djumanazarovich
Filologiya fanlari doktori, dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Toshkemt davlat o'zbek tili va adabiyoti unversiteti, enazrov@navoiy-uni.uz; tolibenazarov61 @mail.ru
ANNOTATSIYA
O 'zbek dialektologiyasiga oid ilmiy manbalardan shu narsa ayonki, dialektal so'zlar o'zbek xalq sheva va lahjalarida faol qo'llanib, adabiy til sathida kam yoki umuman qo'llanmaydigan leksik birliklar majmui sanaladi. Ular adabiy tildagi so'zlardan dialektal ma'no(lar)ga egaligi hamda faqat shevalardagina faol qo'llanishi bilan farqlanib turadi. Ularning miqdori va turlari to'g'risida fikr bildirilgan. Dialektal so'zlarni yig'ish bo'yicha "Savol-javob", "Anketa" usullari kabi bir necha amaliy usullar borligi e'tirof etilgan. Ammo ularning hech biri "dialektal matnlarning leksik tahlili" usuli kabi natijador usullar emas. Chunki bunda sheva vakillaridan yozib olingan matnlar tarkibini leksik tahlil qilish asosida dialektal so'zlarni aniqlab olish mumkinligi dialektologik amaliyotlar vaqtida qo 'llanilgan. Sheva vakillari nutqini dialektal matnlar sifatida yozib, transkripsiya qilib, undagi dialektal so'zlarni aniqlash jarayoni "dialektal matnlarning leksik tahlili" usuli deyilishi maqolada bayon etilgan. Aytilgan fikrlarning isboti sifatida sheva vakillaridan yozib olingan dialektal matnlar ham berilganki, bu metodning dialektologiyaning metodlari sirasiga kirishiga imkoniyat yaratadi.
Dialektologik kuzatishlar jarayonida ilgari surilayotgan dialektal matnlar tahlili metodining tarkibiy qismlari bo'lgan quyidagi xususiy metodlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq: 1) Dialektal matn(lar)ni yozish metodi; 2) u(lar)ni transkripsiya qilish metodi; 3) dialektal matnlarni leksik tahlil talablari asosida dialektal so 'z turlarini aniqlash metodi; 4) dialektal so 'z turlarini dialektal matnlar asosida tahlil etib o'qitish metodi; 5) "Bir sheva lug'ati"ni tayyorlash orqali sheva materiallariniyig'ish metodi. Ular bir-biriga bog'liqdir.
Ilmiy tadqiqotlarda bu metoddan faol foydalanilsa, shevalarning leksik boyligi bo 'lgan dialektal so 'zlarning eng kami ikki yarim-uch milliontasini bemalol topish, ularga lug'at maqolalar tayyorlab, zamonaviy tipdagi elektron lug'at hamda atlaslarini yaratish imkoniyati paydo bo'ladi. Shuningdek, dialektal so'z turlari haqida to 'xtalib, ular o'nta ekanligi dalillab berilgan.
Kalit so'zlar: O'zbek dialektologiyasi, sheva, dialektal matn, dialektal matnning leksik tahlili, umumiy metod, xususiy metod, metodika, dialektal matnlarning leksik tahlili usuli (metodi), dialektal lug'at maqola, dialektal lug'at maqola tayyorlash, dialektal lug'at, elektron dialektal lug'at.
14
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ABSTRACT
It can be seen from scientific sources that dialect words are actively used in Uzbek folk dialects and represent a set of lexical units that are rarely or not used at all at the level of the literary language. They differ from the words of the literary language in that they have a dialectal meaning(s) and are used only in dialects.
Opinions are expressed about their current number and types. It is recognized that there are several practical ways to collect dialect words, such as question-answer and questionnaire methods. But none of them is as effective as the "lexical analysis of dialect texts" method. This is due to the fact that the ability to identify dialect
words based on lexical analysis of text written in dialects was used in practical experiments during dialectological practices. The article describes the process of transcription of Sheva's speech as dialect texts and the identification of dialect words in it as a "lexical analysis of dialect texts". As proof of the above ideas, dialect texts written by representatives of the dialect are also given, which makes this method one of the methods of dialectology.
In the process of dialectological observations, it is advisable to use the following special techniques that are part of the method of analyzing dialect texts: 1) the method of writing a dialect text (texts); 2) the method of its (their) transcription; 3) a method for determining the types of dialect words based on the requirements of lexical analysis of dialect texts; 4) a method of teaching dialect types of words by analyzing dialect texts; 5) The method of collecting dialect materials by compiling a "dictionary". They are interconnected.
If this method is actively used in scientific research, then it will be easy to find at least two and a half to three million dialect words with the lexical richness of dialects, prepare dictionary entries and create modern electronic dictionaries and atlases. It should also be noted that there are ten types of dialect words.
Keywords: Uzbek dialectology, dialect, dialect text, lexical analysis of dialect text, general method, special method, technique, method of lexical analysis of dialect texts, dialect dictionary entry, preparation of dialect dictionary entry, dialect dictionary, electronic dialect dictionary.
АННОТАЦИЯ
Из научных источников видно, что диалектные слова активно используются в узбекских народных говорах и представляют собой набор лексических единиц, редко или вообще не употребляемых на уровне литературного языка. Они отличаются от слов литературного языка тем, что имеют диалектное значение(я) и употребляются только в диалектах. Высказываются мнения об их текущем количестве и типах. Признано, что существует несколько практических способов сбора диалектных слов, таких как методы «вопрос-ответ» и «анкета». Но ни один из них не является столь эффективным, как метод «лексического анализа диалектных текстов». Это
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
связано с тем, что способность идентифицировать диалектные слова на основе лексического анализа текста, написанного диалектами, использовалась в практических экспериментах во время диалектологических практик. В статье описывается процесс транскрипции речи Шевы как диалектных текстов и выявление в ней диалектных слов как «лексический анализ диалектных текстов». В качестве доказательства вышеизложенных идей приводятся также диалектные тексты, написанные представителями диалекта, что делает этот метод одним из методов диалектологии.
В процессе диалектологических наблюдений целесообразно использовать следующие специальные приемы, входящие в состав метода анализа диалектных текстов: 1) метод написания диалектного текста (текстов); 2) способ его (их) транскрипции; 3) метод определения типов диалектных слов, основанный на требованиях лексического анализа диалектных текстов; 4) метод обучения диалектным типам слов путем анализа диалектных текстов; 5) Метод сбора диалектных материалов путем составления «словаря». Они взаим освязаны.
Если этот метод активно использовать в научных исследованиях, то можно будет легко найти не менее двух с половиной-трех миллионов диалектных слов с лексическим богатством диалектов, подготовить словарные статьи и создать современные электронные словари и атласы. Следует также отметить, что существует десять типов диалектных слов.
Ключевые слова: Узбекская диалектология, диалект, диалектный текст, лексический анализ диалектного текста, общий метод, специальный метод, методика, метод лексического анализа диалектных текстов, диалектная словарная статья, подготовка диалектной словарной статьи, диалектный словарь, электронный диалектный словарь.
Dialektal matnlarning leksik tahlili amaliy mashg'ulotlarda talabalar bilan amalga oshirilardi. Ilmiy tadqiqotlarda esa bunday tahlilning amalga oshirilganligini eslay olmadim. Bugungi kunda ko'p narsa dolzarb masalalar jumlasiga kiradi. Su jumladan dialektal matnlarning leksik tahlili ham. Ya'ni sheva so'zlarimizni dialektal matnlar asosida saqlab qolish va tarix sahifalariga muhrlash, dialektologiya metodologiyasi bo'yicha metod, usul va omillarni aniq shakllantirish hisoblanadi. Bunday dolzarb masalalarda o'zbek dialektologlari ayni vaqtda jiddiy ilmiy kuzatishlarni olib borishmoqda. Ammo dialektologiya metodologiyasi bo'yicha metod, usul va omillarni aniqlashtirish masalasida jiddiy biror bir ilmiy ish qilinmagan. Olimlarimiz o'quv qo'llanma, darslik va ilmiy maqolalar yozishib, dialektologiyaning metodologiyasi masalasiga e'tibor berishmagan. Shuning uchun "O'zbek dialektologiyasi" fanining metodlar bilan o'qitilishi ham oqsab turibdi. Xuddi "Ona tilini o'qitish metodikasi" fanining metodlari kabi bu fanning metod va
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
usullari majmuini ishlab chiqilishi lozim. Bizning bu ishimiz esa shu sohadagi ilk izlanishlardan biri hisoblanadi.
Muhokama va natijalar
Bilamizki, ilmiy manbalardan shu narsa ayonki, dialektal so'z bu shevalarda faol qo'llanib, adabiy til sathida kam yoki umuman qo'llanmaydigan leksik birliklardir. Bunday leksik birliklar sheva vakillari nutqida faol ishlatiladi. Shuning uchun ham ular qatnashgan matnlar dialektal matnlar hisoblanadi. Ular o'zbek dialektolog olimlarining asarlarida maxsus o'rganilmagan, ya'ni nomigagina o'rganilgan. Tadqiqotlar olib borish jarayonida sof leksik dialektizm, frazeologik va leksik-fonetik o'zgarishlarga uchragan dialektal so'zlarni u yoki bu darajada qayd etib o'tishgan. "Sheva leksikasini o'rganish bir shevaning yoki o'xshash shevalar guruhning leksikologiya tahlili bilan birlikda o'sha shevaning umiumiy xususiyatini yaratish (jamlash - ta'kid bizniki) imkoniyatini beradi"[ Nazarov K., G'ulomov Y. 1993.].
O'zbek xalq shevalari mavjud leksikon nuqtai nazaridan olib qaralganda juda boy. Faqat dialektal so'zlarning dilaektal matnlarga asoslanib o'rganilishi ilm-fan talablariga, ya'ni dialektologiya metodologiyasi talablariga mos keladi. Shuning uchun shevalarning dialektal so'zligini dialektal matnlarga asoslanib saqlab qolish lozim, deb bilamiz. Zero, Urxun-Enasoy yodgorliklari matn sifatida saqlanganligi uchun bugun ham ilmiy qiymatga ega ekanligini hisobga olsak, shevalarimizning dialektal manbalari bo'lgan dialektal matnlar ham hali ming-ming yillar davomida o'rganiladi.
Haligacha ba'zilar umumlingvistik (tarixiy, qiyosiy, tavsifiy) metodlar bilan birga tilshunoslik sohalaridan birining, masalan, "O'zbek dialektologiyasi" sohasining individual metodlari borligini e'tirof etishmaydi. Chunki "O'zbek dialektologiyasi"ning metodlari masalasida juda kam tadqiqot olib borilgan. Shu sababli ham oldinlari "Savol-javob", "Anketa", "Sheva so'zlarini yig'ish uchun so'roqlik" kabi metodlaridan olim va tadqiqotchilar foydalanishib, sheva so'zlarini yig'ishga harakat qilishgan. Ammo ular sheva vakillari nutqidagi dialektal so'zlarni to'liq qamrab ola olmaydi. Shuning uchun biz bir necha yillik tajribalarimizdan kelib chiqqan holda dialektal matnlarning leksik tahlili metodini ilgari surayapmiz [Enazarov T. 2020.]. Bunda sheva vakillari ma'lum bir mavzular doirasida suhbatlashiladi va ularning suhbati yozib olinib, keyin dialektal matnlarning leksik tahlili amalga oshiriladi. Bu metod bilan yuqorida ko'rsatilgan metodlar bilan yig'ilgan dialektal so'zlardan ko'prog'ini jamlab, dialektal so'zlik sifatida saqlash mumkin. Dialektal matnlarning leksik tahlilida quyidagilarga e'tibor berish lozim:
1.Bunday matnlarni qaysi transkripsiyada yozilganligiga va matnlardagi so'zlarning to'g'ri transkripsiya qilinishiga e'tibor berib, ularning qaysi bir sheva va lahjaga oidligini ko'rsatish.
2. Undagi fonetik hamda fonomorfologik o'zgarishlarni ko'zdan qochirmaslik.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
3. Dialektal so'z va uning turlarini bilib, matndagi so'zlarni belgilab borish.
4. Dialektal matnning axborotchisi va yozib oluvchisiga e'tibor qaratish.
5. Unda dialektal so'z hamda uning turlari deb belgilangan so'zlarni alohida guruhlab yozisb, dialektal matnlarni dialektal leksika talablari asosida tahlil qilib, ularda aniqlangan dialektal so'z turlarining miqdori qancha ekanligiga e'tibor qaratib, ulardagi faol uchragan dialektal so'z turlarini aniqlashtirish va ularga lug'at maqolalar tayyorlash lozim.
Bundan ko'rinib turibdiki, dialektal matn tahlilida fonetik, leksik, fonomorfologik va grammatik xususiyatlarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Shuning uchun ham bu tahlilni "Hozirgi o'zbek adabiy tili" fanidagi tahlildan farqlagan holda dialektal matnlarning neKCUK tahlili deb nomlasak, o'rinli. Darslarda bu tahlildan foydalangan holda uni dialektal matnlarning tahlili metodi deb atash maqsadga muvofiq. Bunda ham dialektal matnga e'tibor qaratiladi, ham u asosida shakllangan metodga ham e'tibor qaratiladi.
Shu o'rinda quyidagi dialektal matn va uning mazmun-mohiyatiga murojaat
qilsak:
Izoh: matndagi bir qancha so'zlar oldingi dialektal matnda turli rangda berilgani uchun bu ikki matndagi dialektal so'zlar qavs ichida qoraytirib, so'ng ma 'nosi berilgan.
MENING YANGAMBA XOHAKATTAM1 (Mening H9Hr9M Ba xolskattSM)
Mening yangam(jängäm // H3Hr3M - kelinoyi) ajoyib ayol. U har qanday ishni chin dildan bajaradi. Mana hozir ham u dalada. Boshida zaynovi (zäynavi - yashil), bika (bi'Kä - pushti rang (och qizil) va qara (qapä- qora rang) ranglar aralash kassingka qo'lida grabl (gräbl - haskash(mehnat quroli)) olib ishlamoqda. Daladan bo'sh vaqtlarida u tikuvchilik bilan shug'ullanadi. U joynomoz (dzafinamaz -joynomoz), lo'la (Lolä- bolish), qariyalar uchun jelaklar (dzeläK^ä: -yubqa ust kiyim), quroq (quraq - turli xil matolar parchalaridan tikiladigan narsa) dasixonlar (däsHxän - dasturxon) tikadi. Butun oila a'zolari undan xursand, ayniqsa, kattam (kättäm - buvi). Shu xotinni kelin qilganlaridan ko'ngillari to'q (ko^li toq -xoTHp^aM). Har doim yangamni(jängäm) maqtab: uvali-juvali bo'l(uväli-dzuväri bol - uyli joyli bo'l) qo'sha qaringlar (qosä qäri'n^ä:-umrlaringni oxirigacha birga bo'linglar) kabi olqishlarni aytadilar.
Hammasidan ham zo'ri yangam(MHräM) shirin-shirin ovqatlar pishiradi. Ular tayyorlagan qatig'laosh(qäTtF^äs- quyuq qatiqqa ugra solib pishiriladigan taom), ichiga boyimjon (bafiimdzan - baqlajon sabzavot turi) va karchishka (KäpcHmKä- kartoshka sabzavot turi) solib pishiriladigan kovob (KäBäb- taom turi), cho'mich (noMiH-oshxona buyumi) bilan kovlab turiladigan atala (äTäM- unni yog'da qovurib tayyorlanadigan suyuq taom), arvoypirda (ärvanpir-marosim turi). Bu marosimni ko'pincha avto-ulovi borlar o'tqizadi) pishiriladigan halvoytar
Dialektal matn sarlavhasi.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
(halvaytar), shirvirich (sirbirc - sirguruch). Sutga guruch solib tayyorlaniladigan taom), kodipichak (KaatpicHaK - qovoq solib pishiriladigan taom), g'ilvindi (ybilbindi - somsaning bir turi), yupqalarni (yubqa - somsaning bir turi) ichiga qaymoq solib pishiriladi) yemabsiz bu dunyoga kelmabsiz. Biz bo'lalarimiz (bolala: - xolavachchava amakivachcha) bilan yig'ilib tez-tez kattamniki (KaTTam) kelib turamiz. Yangam (jangam) dan ko'p narsalarni o'rganishga harakat qilamiz. Zero, bir kun kelib biz ham bir oilaning bekasi bo'lamiz. O'sha kunlarga qadar o'zimizda kelinlik ko'nikmasini shakllantirib boramiz.
Xalqimizda "Qariganda ham tinch o'tirmaydi" degan gap ko'p ishlatiladi. Bu bejizga aytilmagan, albatta. Xolakattam (xalakattaM- otaning xolasi) ham shundaylar sirasiga kiradi. Qarib, bukchayib qolgan bo'lsalar ham yosh juvonlar (dzuvanla :- turmushga chiqqan ayol) singari serharakatlar. Buning isbotini jonli (dzanli- har qanday uy jonzoti. Uy hayvoni) boqishni kanda_qilmasliklaridan (kanda qilmaslik - to'xtatmaslik) ko'rishimiz mumkin. Ularning uyida juvana (dzuvana-ho'kiz), inak (inak-CHrnp) 6h30b (bizav- 6y30K) , takalar (TaKa- echki) judayam ko'p. Dadam va pochchom (paccam) jonlilarga(dzanli) juda qiziqishadi. Shuning uchun tez-tez ularnikiga borib turishadi. Hovlilari ham anchagina katta bo'lib, jonzotlarga yemish bo'lsin deb yung'ichqa (yunyicqa - beda), jugori (dzugart - makka jyxori) ekib qo'yilgan.
Qorin ochqoganda (KapiH anKaraHga- qorin ochganda ma'nosida) nima ovqat qilamiz?- deb o'ylashning ham hojati yo'q, sut-chakki (naKKi - quyuq holdagi qatiq) mo'l. Borsak maza qilib yeb kelamiz. Shu bilan birgalikda uy ishlariga ham qarashib kelamiz. Buni ko'rgan xolakattam (xalakaTTaM) xursand bo'lib bizni alqaydilar: qadding terakday bo'lsin (qaddin terakday bolsin g'amdan bukilmasin ma'nosida), uying bug'doyga to'lsin (ynmr boygajga tolsin- risq nasibang mo'l bo'lsin), suvday serob bo'l (suvday serab bol), nasibang ulug' bo'lsin (nasiban uluy bolsin -risq nasibang mo'l bo'lsin) kabi. Biz ham alqovlardan xursand bo'lib, ishimizga yanada shijoat qo'shamiz.
QARISIBOR UYNING PARISIBOR2
"Qarisi bor uyning parisi bor"-, degan naql qachon, kim birinchi bo'lib aytganini hech kim bilmaydi. Ammo hamma bu naqadar to'g'ri fikr ekanligini anlaydi. Nuroniy bobolarimiz, dona kattalarimiz (KaTTaM) barcha hovlidagi (havli -uy) turli mavzudagi turli nasihatlar bora-bora qiziqarli gurunglarga (rypyHr -suhbat) aylanadi. Oiladagi mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashda, kattalarga hurmat, kichiklarda izzat fazilatlarini o'rganishda qarilarning (^apt-qariya. Yoshi ulug' kishi) o'rni katta.
Bobo va kattalarimiz (kaTTaM) uyimizning fayzi hisoblanadi. Bobolarimizning ustlariga jelak (dzelak) kiyib, kattalarimizning zaynovi (3aHHaBt), bika (SiKa), qara(qara) kassinka (Kasinka - ro'mol) yopinib, tutaki (tytakt -
! Dialektal matn sarlavhasi.
19
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ochÍK ranglarga nisbatan) sinovoncha (sinäväncä - paxta solib qavilgan kamzul) kiyib, chakkalariga nazväylar (näzväy - rayhon(o'simlik)) taqib yurishlari bizga o'zgacha ko'tarinki kayfiyat uyg'otadi. Ayniqsa, ularning: "Uying bug'doyga to'lsin"( uyin boydäygä tolsin), " Umriginangdan baraka top"(Umriginändä: bäräkä täp-hayotda qiyinchilik ko'rma ma'nosida), "Qadding terakday bo'sin"( qädi': terä:gä: bolsin- ), "Uvali-juvali bo'l" (Uväli- dzuväli' bol - baxtli bo'l ma'nosida) kabi olqishlarini eshitganimizda qalbimizda ularga bo'lgan hurmat yana ham ortadi. Qarilarimizning (qapi') yana bir o'ziga xos xususiyati har bir gurunglarida (rypyH) maqollardan unumli foydalanishlaridir. Bu esa aytilgan fikrning ta'sir kuchini oshiradi. Masalan: "Ayg'ir qanday bo'lsa, ot shunday" (äjyi'r qändä: bolsä, äT sundä:) "Bog'ing bo'lsa, qo'ra qil, O'g'ling bo'lsa, mulla qil" (Bäy'mr bo^cä, Qärä q'm, oyl'mr bo^ca, mullä qil), "Igna qayäqqa yursa, Ip
1 V __/*••••_•• •• • 1 •• V — •• •• 1 1 • • L
ham su yäqqa yurar(irHä qäyäqqä yursä, ip häM sy yäqqä yurär) kabi. Bir so z bilan aytganda bobo va kattalarimiz uyimizning farishtalari. Ularni e'zozlaylik.
Bu matnlarni tayyorlash va ularni "O'zbek dialektologiyasi"dan dars o'tganda tushuntirish uchun umumiy o'qitish metodlari bilan birga dars o'tish va sheva bo'yicha ilmiy kuzatishlar olib borish jarayonlarida shakllangan dialektal matnlar tahlili metodining tarkibiy qismlari bo'lgan quyidagi xususiy metodlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq:
1. Dialektal matn(lar)ni yozish metodidan dialektal matnlar sheva vakillarining o'zaro muloqot vaqtidagi nutqlarini yozib olishda foydalaniladi.
2. U(lar)ni transkripsiya qilish metodidan esa dialektal matnlarni ilmiy yozuv bo'lgan transkripsiyada qayd etishda qo'llaniladi.
3. Dialektal matnlarni leksik tahlil talablari asosida dialektal so'z turlarini aniqlash metodidan shu matnlarni tahlil etish jarayonida leksik tahlil talablarini amalga oshirish vaqtida qo'llanadi.
4. Dialektal so'z turlarini dialektal matnlar asosida tahlil etib o'qitish metodidan "O'zbek dialektologiyasi" fanidan ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlarida vaqti va o'rniga qarab foydalaniladi.
5. "Bir sheva lug'ati"ni tayyorlash orqali sheva materiallarini yig'ish metodi. Bunda bir shevaga xos leksik, fonetik, grammatik xususiyatlar o'rganiladi. Ushbu metodning tavsiya qilinayotganiga sabab shuki, juda ko'pchilik yoshi ulug' insonlar o'z shevalarining xususiyatlarining qariyib 20 foizini yaxshi bilishadi. Mana shu holatning o'zi ham bir sheva bo'yicha katta hajmli dialektal materiallarni to'plashga imkon beradi.
Ular bir jarayonning umumlashma va xususiy ko'rinishlari sifatida dialektal matnlar tahlili metodiga birlashishlari tabiiy holdir. Demak, ko'rsatilgan kichik metodlar va ularning majmui bo'lgan dialektal matnlar tahlili metodi kabi metodlaridan ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlarida vaqti va o'rniga qarab foydalanish maqsadga muvofiq.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Biz dialektal matnlar tahlili metodi hamda uning mazmun-mohiyatidagi kichik to'rtta metoddan unumli foydalanib, o'zbek va rus dialektolog olimlarining ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek, bir qancha nazariy va amaliy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar bilan qiyosiy holda tanishib, ularni ham tanqidiy, ham qiyosiy o'rganib, shevalarda dialektal so'z turilarning quyidagi turlari borligini aniqladik. Bular dialektolog olimlarning asarlarida u yoki bu darajada qayd etilganligini manbalar asosida kuzatib, quyidagi turlari borligini ta'kidlab o'tmoqchimiz, ammo ularga bir tekis amal qilinmagan [AögynnaeB O. 1961. AögynnaeB O, A. 2-coh. -B. 39. HrnaeB A. 1990. Nafasov T. 2010. To'ychiboyev B., Yo'ldoshyev Q. 2012.].
Yuqoridagi fikrlardan bilinib turibdiki, oldin bu masalaga e'tibor bo'lmagan. Ushbu masalani asoslash va amalga oshirish uchun avval kichik hajmli bir necha maqolalar yaratdim. Keyin esa "Dialektologiya metodologiyasi" nomli monografiya va "O'zbek dialektologiyasi: nazariya va amaliyot"nomli o'quv qo'llanmalarimni tayyorlab, nashr qildirdim (Enazarov T. 2020. -B.3-120. Enazarov T. 2021. -B.66-91). Kelajakda bu masalaning mazmun-mohiyatini yanada keng va mukammal tarzda yoritishga anchagina materiallar tayyorladim.
Asoslab berilgan beshta kichik metod ham dialektal matnlarning leksik tahlili metodi jarayonining umumlashma va xususiy ko'rinishlari sifatida dialektal matnlar tahlili metodiga birlashishlari tabiiy holdir. Demak, ko'rsatilgan kichik metodlar va ularning majmui bo'lgan dialektal matnlar tahlili metodi kabi metodlaridan ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlarida vaqti va o'rniga qarab foydalanish maqsadga muvofiq[Bu metodlar oldinlari ilmiy tadqiqotlarda nomlanmasdan foydalanilgan bo'lishi mumkin. Ularni jamlab, nom berish bizning chekimizga tushdi. Shuning uchun ularni individual shaklda nomladik. Bu metod to'g'risida qisqa to'xtaldik, alohida maqolalarimizda ularni maxsus yoritamiz.].
Biz dialektal matnlar tahlili metodi hamda uning mazmun-mohiyatini ifodalovchi kichik to'rtta metoddan unumli foydalanib, o'zbek va rus dialektolog olimlarining ilmiy ishlari bilan tanishib, shuningdek, bir qancha nazariy va amaliy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar bilan qiyosiy holda tanishib, ularni ham tanqidiy, ham qiyosiy o'rganib, shevalarda dialektal so'z turilarning quyidagi turlari borligini aniqladik. Bular dialektolog olimlarning asarlarida u yoki bu darajada qayd etilganligini manbalar asosida kuzatib, quyidagi turlari borligini ta'kidlab o'tmoqchimiz[7, adabiyotlarga qarang]:
1) sof leksik dialektal so'zlar (enä, surxäk, naxas, murt, gäzät - ikki o'rgajli tuya; KäpcHmKä - kartoshka sabzavot turi);
2) leksik-semantik dialektal so'zlar (äkä so'zi ayrim shevalarda: "ota" va hatto, "pochcha" ma'nolarida qo'llanadi);
3) leksik-fonetik dialektal so'zlar (Masalan, so'z boshida qo'llanadigan adabiy tildagi y undoshi o'rniga qipchoq lahjasiga oid dj-lashgan sheva vakillari, ko'pincha, jd undoshini talaffuz etadilar: djaman-yomon, djoq-yo'q; o'sha shevalarda ayrim unlilar so'z boshida diftonglashadi; tari(q), sari(q) kabi so'zlar oxiridagi q undoshi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
talaffuz etilmaydi. Ef cy3H ^OHeraK y3rapHmnapra ynpaö jdav xonarnra KenraH. F. A. Abdullayev "...fonetik o'zgalik ma'nodagi o'zgalik bilan bog'liq bo'lsa, bunday so'zlar lug'atga kiritilishi kerak" [AögynnaeB O. A. 1966.];
4) morfologik-fonetik dialektal so'zlar (äpängilä - opanglar; itäluv' //itäluy' - otalari; hämmäliys' - hammalari singari morfologik dialektal so'zlar bor.);
5) morfologik-leksik dialektal so'zlar (mäldär - mollar);
6) leksik-derivatsion dialektal so'zlar (bergi < ber + -gi - qarz; chapqu < chap + -qu - poygaga qatnashadigan ot; dzänli - har qanday uy jonzoti; yur + -mel (QQASSR-o'g'.) - yurmel - tez yuradigan, yurag'on; quyash+ + - lama -quyashlama - oftobro'ya; qavur + -bishma - qavurushma - ziyofat);
7) frazeologik-dialektal iboralardan iborat dialektal so'zlar (äyäg'ini qoliga älli - shoshdi; uväli-dzuväli bol - baxtli bol; suvgäH seräb öol - bola-chaqali bo'l);
8) atoqli ot (toponim) hamda ular joy nomlari shaklidagi dialektal so'zlar ham (Borigul, Itälmas, Teshiktäsh, Älaqarg'a, Sinabäg' // Sinaväg', Akuläva);
9) etnografik dialektal so'zlar (nän sinni, javchi, päccaburän);
10) hikmatli so'z shaklidagi dialektal so'zlar (Assalämu alaykum, balli, ming rahmat, ämad, ätangga rahmat, carcamang kabilar).
Bular shevalarning benihoya katta lug'aviy boyligini ko'rsatuvchi asos hamda dalillar majmuidir. Chunki sheva vakillari bormi, demak, nutqda bir qancha so'zlar konnotativ ma'noda, ya'ni dialektal ma'noda qo'llanadiki, bu holatga ham haligacha tadqiqotlarda jiddiy e'tibor berilgani yo'q. 1971-yilda nashr etilgan "O'zbek xalq shevalari lug'ati"dagi so'zlardan ko'rinib turibdiki, hozirgacha sof leksik dialektal so'zlar va qisman fonetik o'zgarishga uchragan so'zlar o'rganilgan, xolos. Qolgan dialektal so'zlar esa xalq shevalarida turganicha qolmoqda., unutilishi mumkin.
Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda quyidagi umumlashmalarga kelindi: Dialektal so'zlarlarni o'rganish va tadqiq etish o'zbek tilining leksik boyligini saqlashga imkon beradi. Dialektal so'z maqomi va dialektal matnni yozib olish metodi alohida fanga oid xususiy metodlar ekanligi uning "O'zbek dialektologiyasi" fan doirasida faol qo'llanishini anglatadi.
Dialektal so'z maqomi va uning turlarini bilmasdan turib, dialektal matnlarni yozib olishga kirishmaslik kerak. Chunki so'zlovchi dialektal so'zlarni qo'llab gapiradigan yoki ularni qo'llamasdan gapiradigan holatda bo'ladi;
So'zlovchi biror dialektal so'zni qo'llashni boshladimi, keyingi gaplarida ham shunday so'zlarni qo'llashi aniq. Shuning uchun ularning gaplarini yozib olishga bildirmasdan kirishish o'rinli.
Dialektologiya metodologiyasiga tayanilgan holda dialeKtal matnlarni tahlili metodi o'z ichida quyidagi kichik metodlarni jamlagan mazmun-mohiyat jihatidan katta metod sanaladi: 1) dialektal matn(lar)ni yozish metodi; 2) u(lar)ni transkripsiya qilish metodi; 3) dialektal matnlarni leksik tahlil talablari asosida dialektal so'z turlarini aniqlash metodi; 4) dialektal so'z turlarini dialektal matnlar asosida tahlil
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
etish orqali o'qitish metodi. "Xullas, lahjalar va shevalar tilimizdagi bitmas-tuganmas boylikdir. Ularni mumkin qadar tezroq va to'liqroq yozib olishga harakat qilish asosiy burchimizdir"[ Pa«:a6oB H. 1996.]. Albatta, mana shu metod(lar)dan foydalansak, eng kamaytirib aytilganda ham sheva vakillari nutqida saqlanib qolayotgan ikki yarim milliondan ortiq dialektal so'zlarimizni to'la, tadqiq eta olamiz. Shuningdek, yuqoridagi metod(usul)lar bilan "O'zbek dialektologiyasi", dialektal leksikografiya va dialektal leksika sohalarida quyidagi ilmiy texnologik jarayonlarni amalga oshirish mumkin:
1) sheva vakillarining gaplarini dialektal matnlar sifatida yozib, transkripsiya qilishni amalga oshirish;
2) yozib olingan dialektal matnlarni dialektal leksik tahlil qilish;
3) ularni dialektal leksik tahlil etish asosida dialektal so'z, uning turlarini ajratishni boshlash;
4) ajratib olingan dialektal so'zlardan dialektal lug'at maqolalar tayyorlash;
5) dialektal lug'at maqolalarni dialektologiya nuqtai nazardan tahlil etib, sheva lug'atlarini shakllantirish;
6) tayyorlangan va muhoka qilingan dialektal lug'at maqolalardan shakllangan elektron lug'atlarni nashrga tayyorlab, ulardan lingvistik atlaslarni yaratishga kirishish;
7) nashrga tayyorlab, muhokama qilingan dialektal lug'at maqolalardan elektron sheva lug'at(lar)ini shakllantirish;
8) dialektal lug'at maqolalardan lingvistik atlaslarni tayyorlashga kirishish.
Bularning to'liq shakllanishi natijasida dialektal lug'at tuzish tamoyillarining
[Abdullaev, F, A. 1966] talablarini bajarish mumkin bo'ladi va lug'at tuzishning yangi tamoyillarini ham shakllanishi ham oson bo'ladi.Ushbu ilmiy texnologik jarayon dialektal elektron lug'atlarni tayyorlashda yuqorida sanab o'tilgan metod (usul)lar bilan birgalikda qo'llanishi maqsadga muvofiq. Demak, dialektal so'zlarni aniqlab, jamlab, leksik tahlil qilib, ularga dialektal lug'at maqolalar tayyorlab borish bilan dialektal lug'atlarga, xususan, elektron dialektal lug'atlarga yo'l ochib boriladi. Bu bilan esa keng qamrovli dialektologik tadqiqotlarni boshlab yuborishga imkon beradi. Buz ilgari surilgan hamda dialektologik amaliyotlar davomida sinalgan dialektal matnlar tahlili metodi va uning tarkibidagi quyidagi xususiy tadqiq metodlardan kelajakda faoliyat ko'rsatishi mumkin bo'lgan "Qarluq, qipchoq va o'g'uz lahjalarining materiallari asosida elektron lug'at tuzish va atlas yaratish" nomli innovatsion loyihada bemalol qo'llanishi maqsadga muvofiqligi ham bir qancha amaliy jihatlardan asoslanilgan mulohaza va dalillar bilan ko'rsatib o'tilganki, bu metodning amaliy ahamiyati, albatta, katta bo'ladi.
Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
REFERENCES
1. Абдуллаев, Ф. 1961. Узбек тилининг Хоразм шевалари.-Тошкент: Фанлар академияси нашриёти. Абдуллаев, Ф, А. 1966. Диалектал лугат тузиш принциплари хдквда // Узбек тили ва адабиёти. 2-сон. -В. 39. Ишаев, A. 1990 Узбек шеваларининг диалектал лексикографияси. -Тошкент: Фан. -В. 4-12. Nafasov, T. 2010. Qashqadaryo o'zbek shevalari lug'ati. -Toshkent: O'qituvchi. To'ychiboyev, B., Yo'ldoshyev, Q. 2012. Zomin so'zligi. -Toshkent: O'qituvchi.
2. Абдуллаев, Ф, А. 1966. Диалектал лугат тузиш принциплари хдвдда // Узбек тили ва адабиёти. 2-сон. -В. 39.
3. Абдуллаев, Ф. А. 1966. Диалектал лугат тузиш принциплари хдкида // Узбек тили ва адабиёти. 2-сон. -В. 39-42.
4. Ражабов, Н. 1996. Узбек шевашунослиги.-Тошкент: Укдтувчи. -В.294.
5. Назаров, К., Еуломов, Ё. 1993. Узбек диалектологияси. -Тошкент, Университет. -В.25.
6. Enazarov, T. 2020. Dialektologiya metodologiyasi (monografiya). -Toshkent: Innovasiya-Ziyo. -В.109-120.
7. Enazarov, T. 2021. O'zbek dialektologiyasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Mahalla va oila, 2021. -В. 66-91.