Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
HUNARMANDCHILIK MARKAZLARI
Umarov Aziz Mirfozilovich
TAQI Arxitekturaviy loyixalash kafedrasi dotsenti Nurjonov Ulug'bek Ilxomovich
UrDU Magistratura bo'limi, Bino va Inshootlar Arxitekturasi 211-guruh magistranti.
O'zbekiston, Urganch shahar
Maqolada hunarmandchilik markazlari haqida ma 'lumotlar keltirib o 'tildi. Kalit so'zlar: Hunarmand, hunar-hunardan, hayotiy, lug'at, zamonaviy, san'at, ma 'naviy, madaniy.
В статье была приведена информация о ремесленных центрах. Ключевые слова: Ремесленник, ремесло-от ремесла до жизни, лексика, современность, искусство, духовность, культура.
The information in the article about the center of the craft was causing. Keywords: Craftsman, craft-from craft to life, vocabulary, modernity, art, spirituality, culture.
Xalqimizda hunar-hunardan risqing unar, hunari bor och qolmas, hunari yo'q kishining mazasi yo'q ishining, hunarsiz birni yiqitsa, hunarli mingni yiqitar kabi ma'noli iboralar ming yillik hayotiy tajribalardan hosil bo'lgan bebaho maqollardir.
Hunarmand atamasi turli lug'at va darsliklarda deyarli bir xil ta'rif ma'no va ma'zmun kasb etgan. Hunarmandchilik sohasining tarmoqlari ko'payib ijtimoiy, ma'naviy - madaniy ma'no kasb etgan, shu tariqa hunarmandchilik san'at asarlari zamonaviy san'at mahsulotlari ishlab chiqarish darajasiga ko'tarilgan.
Bu haqda o'zbek va xorijiy olimlar, XIX-XX asrlarda yashab o'tgan ustoz kosiblar, arxeolog va tarixchi olimlar asarlar, qo'llanma-ko'rsatmalar, nizom va viyatnomalar yozib qoldirganlar.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Jumladan atoqli sharqshunos olimlar S.P.Tolstov, A.Asqarov, I.Jabbarov, S.Bulatov, I.O.Tursunov, M.F.Gavrilov, V.N.Razvadovskiy, Z.D.Kostelovskaya, S.Baratov va boshqalarning asarlarida xalq amaliy san'ati, kosibchilik, hunarmandchilik, tosh, sopol (keramika) mis, temir, yog'och, teri jun, tola kabi hom-
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ashyolardan kundalik turmush extiyoji uchun mahsulot, kiyim-kechak ishlab chiqarish hunarmandchiligining rivojlanishi keng yoritilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'lkamizning ko'hna qal'alari, qo'rg'on va xarobaga aylangan tepaliklardan S.P.Tolstov va uning yo'ldoshlari kavlab topgan ibtidoiy ov qurollari, ishlab chiqarish, ro'zg'or buyumlari qadimiy Xorazmda neolit davridan boshlangan Kaltaminor, Suvyorgan, Tozabog'yop madaniyati izlari Sultonuvaysi hamda janubiy xorazmdan kavlab topilgan ov qurollari, kamon uchi, nayza, suyak va sopol idish qoldiqlari hunarmandchilik tarixining naqadar uzoq o'tmishga borib taqalishini isbotlagan.
Dunyo olimlarining bir ovozdan ma'qullashlariga qaraganda agarda qaysibir qal'a, shaharni arxeologik jihatdan kavlaganda 15 xil hunarmandchilik mahsuloti qo'lga kiritilsa o'sha joy hunarmandchiligi rivojlangan shahar xisoblangan. O'zbeksitonda bunday qal'a shaharlar sirasiga Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Termiz, Xiva, Xazorasp, Mazdaxqon, Gavur va boshqa qal'alar kiradi. Ma'lumki insonlar ishlab chiqarish faoliyatini mexnat taqsimoti: ovchilik, chorvachilik, dexqonchilik, hunarmandchilikdan boshlaganlar. Natijada ovchilik uchun kamon, pichoq, nayza, dexqonchilik uchun o'roq, bolta, bel-kurak, bug'doy-don yanchish uchun tegirmon (xoroz) hunarmandchilik uchun nina bigiz, po'stin - telpak uchun xayvon terisi, osh tuzi kabilar asta-sekin takomillasha borganligi sababli ularni jamoa tarzida ishlab chiqarish ustaxonalari oddiy bo'lsa ham boshlang'ich fabrikalar kasb -hunarmandlar uyushmasi-markazlari hosil bo'lgan.
Shu tariqa Yevropa va Osiyo mamlakatlarida shamol tegirmonlari, suv tegirmonlari, qo'l tegirmonlari, ot, eshak, tuya bilan xarakatlantiriladigan tegirmon -xorozlarda don yanchilgan-un hosil qilingan yoki juvoz yog'i ishlab chiqarilgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida daryo, dengiz okean bo'yi mamlakatlarida qayiq, kemalar yasalgan va qo'shni yerlarni o'zlashtirish, bosib olish (XVII-XIX) asrlarda paydo bo'lib-kapitalistik tuzum paydo bo'lgan. O'rta Osiyo xususan O'zbekiston, Xorazm zabt qilinganidan so'ng ming yillardan buyon davom etib kelayotgan sopol hunarmandchiligi uy-shaharsozlik, kiyim-kechak, zargarlik, chetga sotish biroz kasod topsa ham yo'q bo'lib ketmagan. XX asrning 20-30 yillarida Xiva, Xazorasp, Gurlan, Xonqa kabi shahar va tumanlarda hunarmand artellari ochilgan va ustoz-shogird usuli bilan Xivada gilam to'qish fabrikasi, etikdo'zlik, sartaroshlik chopchilik (kigiz, sholcha to'qish), temirchilik, misgarlik, duradgorlik, sangarlik (marmarga naqsh o'yish) uyushmalari ochilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Hamyurtimiz Iso Jabborovning yozishicha, XIX asrning 60-70 yillarida Xivada hunarmandchilikning 27 turi, Xazoraspda 25turi ishlab turgan va jami 556 do'kon mavjud bo'lgan. Vohada taxminan 2528 xo'jalik (oila) hunarmandchilik (tikuvchilik, to'qimachilik, temirchilik) bilan mashg'ul bo'lishgan. Xiva xonligi Rossiya tomonidan bosib olinganidan so'ng hunarmandlar chet ellarga jun po'stin, shoyi mato, xom-teri, zargarlik buyumlari eksport qiladigan bo'lganlar va o'z navbatida u tomonlardan po'lat temirdan yasalgan buyumlar, anjomlar, garmonika sozi, yevropacha kiyim-kechak namunalarini olib kelishgan.
Tabiiyki Xorazmning uzoqlarda joylashgan el-elat, ovul-qishloqlarida yashovchi aholining hunarmandchilik asboblariga, sopol idishlarga bo'lgan talab va extiyojlarini qondirish amri mahol bo'lganligi sababli ayrim tumanlarda oddiy kasonachilik avvalgidek davom etavergan. Jumladan Xonqa yaqinidagi Madir, Xiva-Buxoro yo'lidagi Yangiariq tumani Kattabog' qishlog'ida sopolchilik, tandirsozlik avvalgidek ishlab turgan.
Xazoraspda pichoqchilik, egar-jabruqchilik, yog'och o'ymakorligi ustaxonalari Xivadagi mahalla elatlarda (bo'yoqchilik, kandakorlik, ipakchilik, elakchilik, yamoqchilik, misgarlik, taqachilik, sangarlik) ustaxona uyushmalari ishlab turgan. Dastlabki davrlarda ular o'z uylarida ishlagan bo'lsalar so'ngra soliqqa tortilib artellarga (jamoalar) birlashib ishlashga majbur bo'lganlar.
Tan olish joizki, sho'rolar davrida davlat magazinlari ittifoqning turli shaharlarida ishlab chiqarilgan uy-ro'zg'or buyumlari, o'zbekcha choynak-piyola, yog'och idish, sopol tavoq, cho'mich, ko'za, xum, gubi kabi anjomlar aholining azaldan odatga aylangan urf hoxish-istaklarini qaytara olmadi, ya'ni sopol tovoqda qo'l bilan palov yeyoish an'anasi va boshqalar avvalgicha saqlanib qolaverdi.
Aynan shuning uchun ham mahalliy aholi o'zining ming yillardan buyon davom etib kelayotgan sopoldan yasalgan idishlar, chinni, piyola, kosalar, non yopadigan tandir, tuncha sho'rva tayyorlaydigan mis o'choq qozonchalarini ishlab chiqarishga talab ehtiyoj katta edi. Natijada Xonqa tumani markaziga yaqin Madir qishlog'ida tandirchilar ustaxonasi, zangori kulolchilik markazida Rahimbergan Matchonov raxbarligidagi uch avlod vakillari faoliyat ko'rsatib keldi.
Xalqaro YUNESKO tashkilotining O'zbekiston Respublikasi bo'limi grant loyihasi asosida Madir sopolchilik markazi kengaytirildi, 1998-yilda nuroniy otaxon Bexzod nomli davlat mukofoti ordeni bilan taqdirlandi. O'g'li Odilbek AQSHning Arizona shtatiga borib o'z tajribalarini xorijliklarga o'rgatib keldi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Xuddi shuningdek, Yangiariq tumani Kattabog' qishlog'ida ham kulolchilik, koshinchilik, xum, ko'za, gubi ishlab chiqarish markazi ishga tushirildi va bu yerda 30 ishchi o'rni ochilib shogirdlar tayyorlandi.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng ko'p o'tmay hunarmandlarning 1-Respublika xalq amaliy san'ati "Usto" ijodiy uyushmasi tashkil topdi. Mamlakat Prezidentning "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida" maxsus farmoni imzolandi. Keyingi yillarda o'nlab tanlovlarda qatnashib g'oliblik diplomlariga, unvonlarga sazovor bo'ldilar.
Yangibozor tumanida biznes-fond va tadbirkorlik palatasi tuzildi. Unga Davlat Matsafoyev rahbar etib tayinlandi, "Yulduz" kichik korxonasi, un tegirmoni, sholi xarozi, to'quvchilik va boshqa xunarlar bo'yicha 1997-yilda 13 nafar, 2000-yilda 178 kishi, 2006-yilda 341 nafar ishchi, xotin-qizlar ishlab 15-16 xil mahsulot ishlab chiqardilar.
Bunday misollarni viloyatning boshqa shahar, tumanlari misolida ham ko'plab keltirish mumkin. So'ngi yillarda Xiva, Urganch, Xazorasp kabi shahar va tumanlarga minglab xorijlik va mahalliy sayyoxlarning kelishi munosabati bilan xalq hunarmandchiligi mahsulotlariga talab oshib bormoqda va lekin viloyatda Xiva shaxridan boshqa joyda hunarmandchilikning maxsus-ixtisoslashgan zamonaviy markazi yo'q. To'g'ri, minglab hunarmandlar ustoz-shogirt taomiliga muvofiq yoshlarga o'z hunarlari sir asrorlarini o'rgatmoqdalar. Hukumatimiz ular uchun katta mablag' ajratib bermoqda. Ustozlar yoshlarga o'z uyida yoki moslashtirilgan xonalarda saboq bermoqdalar. O'zbekiston badiiy akademiyasining a'zosi, rassom Sotimboy Qosimov viloyatda yagona mis, lotun metalga o'yma naqsh-minyatyura san'atidan saboq bermoqda. Shogirdlar atigi 10 nafar oddiy sharoitda murakkab kasb metal o'ymakorligining sirlarini o'rganib mustaqil ish boshlashiga hech kim kafolat bera olmaydi, albatta.
Yuqorida keltirilgan faqt va xolatlardan kelib chiqqan xolda biz ko'hna va hamisha navqiron Xorazm voxasidagi meros hunarmandchiligini zamon talablariga mos ravishda rasmona hunarmandchilik markazlari bunyod etish vaqti keldi deb xisoblaymiz. Bu birinchidan, katta iqtisodiy daromad keltiradi ikkinchidan, Markaziy Osiyoda ilk sivilizatsiya vatani Xorazmning obro'-e'tiborini yanada yuqori ko'taradi. Hunarmandchilikning 200 dan ortiq turi-tarmoqlari borligi ma'lum. Shunga yarasha talab va ehtiyojdan kelib chiqib har bir tumanda ayniqsa azaldan mavjud kasb-hunar
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
egalari yashab-ishlab kelayotgan makonlarda ixtisoslashgan hunarmandchilik markazlari bo'lsa edi degan taklifni o'rtaga qo'ymoqchimiz.
REFERENCES
1. "O'zbekiston nomoddiy madaniy merosi" YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, 2017
2. Bulatov S."O'zbekiston xalq amaliy bezak san'ati" 1991
3. Abdullaev Timur po'latovich "XII-XV asrlarda Xorazm hunarmandchiligi" 2016
y