Научная статья на тему 'SO‘NGI O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA HUNARMANDCHILIK MARKAZLARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI'

SO‘NGI O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA HUNARMANDCHILIK MARKAZLARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

5339
200
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hunarmandchilik / tikuvchilik / to„quvchilik / temirchilik / kulolchilik / ijtimoiy-iqtisodiy hayot / savdo-iqtisodiy va madaniy markazlar. / handicrafts / sewing / weaving / blacksmithing / pottery / socio-economic life / trade / economic and cultural centers.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nasimbek Odilbekovich Mahmudov, Saboхon Abdusatorovna Norimova, Dilshodjon Raхmonovich Ehsonov

Ushbu maqolada O„rta Osiyo xonliklarida hunarmandchilikning taraqqiyoti, shaharlarning ahvoli va ularning savdo munosabatlarini ilmiy jihatdan o„rganish, ichki va tashqi savdo munosabatlari, ularning holati va rivojiga ta‟sir ko„rsatgan omillarni tarixiy va mantiqiy izchillikda komleks ilmiy taxlili yoritib berildi. O„rta Osiyo shaxarlarining ahamiyati, hunarmandchilik shaxarlarining vujudga kelishi, turlari, rivojlanishi va ularning ichki va tashqi savdo aloqalari, xamda savdo aloqalarining muhim o„rin tutgan karvon yo„llariga ta‟siri haqida ba‟zi tarixiy manbalarga asoslangan ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE BASICS OF IMPROVING CRAFT CENTERS IN CENTRAL ASIA IN THE LATE MIDDLE AGES

This article provides a comprehensive scientific analysis of the development of handicrafts in the Central Asian khanates, the state of cities and their trade relations, domestic and foreign trade relations, the factors influencing their status and development in historical and logical sequence. Some historical sources provide information on the importance of Central Asian cities, the emergence, types and development of craft cities,and their impact on domestic and foreign trade relations, as well as on the impact of trade links on important caravan routes.

Текст научной работы на тему «SO‘NGI O‘RTA ASRLARDA O‘RTA OSIYODA HUNARMANDCHILIK MARKAZLARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

SO'NGI O'RTA ASRLARDA O'RTA OSIYODA HUNARMANDCHILIK

MARKAZLARINI TAKOMILLASHTIRISH ASOSLARI

Nasimbek Odilbekovich Mahmudov

Assistent, Arxitektura kafedrasi, Farg'ona politexnika instituti E-mail: n.maxmudov@ferpi.uz; ORCiD: 0000-0001-7045-4145

Saboxon Abdusatorovna Norimova

Assistent, Arxitektura kafedrasi, Farg'ona politexnika instituti E-mail: s.norimova@ferpi.uz; ORCiD: 0000-0003-0764-6616

Dilshodjon Raxmonovich Ehsonov

Katta o'qituvchi, Arxitektura kafedrasi, Farg'ona politexnika instituti E-mail: d.ehsonov@ferpi.uz; ORCiD: 0000-0001-7692-9033

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'rta Osiyo xonliklarida hunarmandchilikning taraqqiyoti, shaharlarning ahvoli va ularning savdo munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganish, ichki va tashqi savdo munosabatlari, ularning holati va rivojiga ta'sir ko'rsatgan omillarni tarixiy va mantiqiy izchillikda komleks ilmiy taxlili yoritib berildi. O'rta Osiyo shaxarlarining ahamiyati, hunarmandchilik shaxarlarining vujudga kelishi, turlari, rivojlanishi va ularning ichki va tashqi savdo aloqalari, xamda savdo aloqalarining muhim o'rin tutgan karvon yo'llariga ta'siri haqida ba'zi tarixiy manbalarga asoslangan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: hunarmandchilik, tikuvchilik, to'quvchilik, temirchilik, kulolchilik, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, savdo-iqtisodiy va madaniy markazlar.

THE BASICS OF IMPROVING CRAFT CENTERS IN CENTRAL ASIA IN THE

LATE MIDDLE AGES

ABSTRACT

This article provides a comprehensive scientific analysis of the development of handicrafts in the Central Asian khanates, the state of cities and their trade relations, domestic and foreign trade relations, the factors influencing their status and development in historical and logical sequence. Some historical sources provide information on the importance of Central Asian cities, the emergence, types and development of craft cities,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

and their impact on domestic and foreign trade relations, as well as on the impact of trade links on important caravan routes.

Keywords: handicrafts, sewing, weaving, blacksmithing, pottery, socio-economic life, trade, economic and cultural centers.

KIRISH

XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo'lgan davr so'nggi o'rta asrlarni o'z ichiga oladi. Bu davrda O'rta Osiyoda shakllangan o'zbek xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida shaharlarning tutgan o'rni beqiyos edi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, shahar tarkib topishining asosiy omillaridan biri ijtimoiy-iqtisodiy negizga borib taqalib, bu mahalliy aholining asosiy mashg uloti bo'lgan dehqonchilikdan hunarmandchilikning mustaqil soha sifatida ajralib chiqishi bilan belgilanadi. Bu bo'linish oqibatida aholi shug'ullanadigan mashg'ulot turlariga qarab O'rta Osiyo hududidagi davlatlarning turli joylarida istiqomat qilganlar. Feodallarning ma'lum mulklari asosida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy markazlar shakllanib borgan. Odatda, bu markazlarda joylashgan mahalliy hukmdor va yer egalari qo'rg'onlari atrofi savdo-hunarmandchilik bilan mashg'ul aholi tomonidan band etib borilgan. Ijtimoiy-iqtsodiy hayotining rivojlanishi natijasida ular egallagan hududda chegaralari yanada kengaygan [1,2,3,4]. Oqibatda, bunday markazlar asosida shaharlar shakllanib, asrlar mobaynida ular taraqqiyotida pillapoyalari va inqirozli bosqichlarni boshlaridan kechirganlar.

So'nggi o'rta asrlar mobaynida o'zbek xonliklari hududida katta-kichikligi, aholisining soni va joylashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning rivojlanish darajasi turlicha bo'lgan, madaniy taraqqiyotning ayrim jixatlari bilan bir-biridan farqlanuvchi ko'plab shaharlar mavjud edi. Bunday shaharlar jumlasiga kelib chiqishi qadim o'tmishga borib taqaluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Toshkent, Termiz, Qarshi va ko'plab boshqa markazlarni kiritish mumkin.

Bu shaharlarning katta-kichikligi xaqida oz bo'lsada ba'zi manbalarda ayrim ma'lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, XVI asrda yashagan Xasanxoja Nisoriy Buxoro xaqida yozar ekan: "Buxoro yerining masofasi o'n ikkiga o'n ikki farsangdir", - deb qayd etib o'tadi.

O'rta Osiyo shaharlarining o'z davriga nisbatan kattaligi xaqida boshqa manbalarda xam ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, ko'pgina Evropa shaharlarini ko'rgan, Moskva va Rus davlatining bir qator shaharlarini bosib o'tgan "Moskva savdo kompaniyasining" vakili ingliz Antoniy Jenkinson XVI asrning 50-yillari oxirlarida Buxoro haqida: "Shahar juda katta", - deb yozganligi diqqatga sazovordir [5,6,7,8,9]. Jumladan, XIV asr muallifi, arab sayyohi Ibn Battuta Urganch xaqida yozar ekan: "Bu turklarning katta, muhim, chiroyli va ulug'vor shahri bo'lib, ajoyib bozorlari, keng ko'chalari, juda ko'p

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

imoratlari va jozibador, ko'rkam joylari bor. Shaharda hayot qaynaydi, aholisi shunchalik ko'pki - u mavjlanib turgan dengizni eslatadi", -deb qayd etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shaharlarning jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o'rni turli darajada bo'lgan. Ko'p hollarda shaharlar qulay geografik va topografik shart-sharoitlar mavjud bo'lgan yerlarda shakllanishi va ravnaq topishi bilan xarakterlanadi. Bunday shaharlar jumlasiga o'rta asrlarning yirik siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy markazlari bo'lmish Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qarshi, keyinchalik Qo'qon va boshqalarni kiritih mumkin. XVII asr muallifi Maxmud ibn Vali Samarkand xaqida yozar ekan, quyidagilarni alohida qayd etib o'tadi: "Samarkand keng hududlari, yaxshi iqlimi, mukammallik va ulug'vorlikning boshqa vositalari mavjudligi tufayli dunyoning eng go'zal va sarishta shaharlaridan biridir".

Yuqoridagi shaharlar O'rta Osiyo o'zbek xonliklarida mavjud asosiy ijtimoiy kuchlar mujassamlashgan siyosiy markazlar edi. Ularda oliy Hukmdor - xon boshliq xukmron sulola vakillari, turli amaldorlar, ruxoniylar kabi siyosiy kuchlar to'plangan bo'lib, barcha ichki va tashqi siyosat shu markazlardan turib boshqarilgan. Ular poytaxt shahar - mamlakatning asosiy savdo-iqtisodiy va madaniy markazlari sifatida rivojlanib borgan.

So'nggi o'rta asrlar shaharlarining rivoj topishida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyat muhim rol o'ynagan. Bu davrda Markaziy Osiyo hududda shakllangan davlatlar - Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarida kechgan suronli, qarama-qarshiliklardan iborat jarayonlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ko'plab nomutanosibliklarni keltirib chiqardi. Siyosiy notinchlik va o'zaro urushlar avj olgan kezlarda shaharlar va ulardagi hayot chuqur inqirozni o'z boshidan kechirgan [10,11,12,13]. Ma'lum bir viloyat yoki shahar hududiga xukmronlikni da'vo qilgan shaxslar o'rtasidagi, o'zaro nizo va urushlar ko'p hollarda mazkur viloyatning poytaxt shahri yoki qo'rg'onining qamal qilinishi bilan kechar edi. Hukmdorlar o'rtasidagi bu kurash qamalda qolgan shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini keskin yomonlashuviga olib kelar edi. Bunday hol ko'pincha shahar va qishloqlar iqtisodiy aloqalarinig izdan chiqishiga, ulardagi hayotning vaqtinchalik turg'unlik holatiga tushib qolishiga sabab bo'lar edi.

Xukmron sulola vakillari o'rtasida hokimiyat uchun bo'lgan kurashlarda va boshqa siyosiy voqealar tizimida shaharlar aloxida o'rin tutgan. Ular markazlashgan davlatning kuchsizlanishi va ba'zi mahalliy hukmdorlar orasida separatik kayfiyat avj olgan yillarda qo'ldan-qo'lga o'tib turgan. Bu jarayon oqibatida shaharlar va ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot izdan chiqqan, aholining turmush darajasi keskin yomonlashib borgan. Buning yorqin misoli sifatida XVI asr boshlaridagi Muhammad Shayboniyxon va temuriyzoda Zaxiriddin Muxammad Bobur o'rtasidagi davomli kurashlarni eslab o'tish joizdir. 1500-1501 yillarda bo'lgan bunday kurashlarning biri natijasida poytaxt shahar Samarqandda yuzaga kelgan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

holat haqida muarrix Muxammad Solih ichkaridagi xalqning och qolganligini chiroyli satrlar bilan yoritib bergan.

Shaharlarning o'rta asrlar jamiyatidagi o'rnini belgilashda ularning siyosiy-ma'muriy markaz ekanligini ham e'tibordan qochirmaslik darkor. Shaharlar va ularga qarashli viloyatlarda o'ziga xos boshqaruv tizimi shakllangan bo'lib, hokimlar orqali idora qilingan. Ularga shahar ma'muriyatining mansabdor shaxslari bo'lmish qozi va raislar bo'ysunganlar. Bu shaxslar shaharning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, shaharliklarning turmushini bir maromda ushlab turishga harakat qilganlar [14-19].

Shaharlar so'nggi o'rta asrlar jamiyatining turli vakillari: mansabdor shaxslar, turli kasb-hunar egalari, savdo ahli, olimu fozillar, yozuvchiyu shoirlar va boshqalar bilan bir qatorda yirik yer egalari ham istiqomat qiladigan va faoliyat ko'rsatadigan markazlar edi. Katta yer egalari bo'lgan va ulardan behisob daromadlar olgan bu shaxslar ko'pincha o'z mablag'larini ko'chmas mulk sotib olishga sarflaganlar. Ular odatda bozorlar, karvon -saroylar, do'konlar hamda boshqa ko'chmas mulk turlarini sotib olib, egalik qilganlar va ulardan daromad olish bilan o'z boyliklarini ko'paytirib borganlar. Bu holni XVI-XVII asr Buxoro xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta mavqega ega bo'lgan Jo'ybor shayxlarining yer va turli ko'chmas mulklarning oldi-sotdisi rasmiylashtirilgan xujjatlaridan kuzatishimiz mumkin. Xususan, ularning birida (1559) Buxorodagi mulklar jumlasida marxum amir Latif Mirakka qarashli karvonsaroy va vaqf etilgan yer maydoni eslatib o'tiladi. Shaharlarda yirik yer egalari vakillarining shu tariqa yashashi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga faol kirib borishini o'rta asrshunos olima R.G.Mukminova so'nggi o'rta asrlarda O'rta Osiyo shaharlari tarixiy taraqqiyotning ayrim davrlarida G'arbiy Evropa shaharlaridan ajratib turuvchi xususiyati sifatida ko'rsatadi. Darhaqiqat, Evropaning o'rta asrlardagi taraqqiyoti shuni ko'rsatadiki, ulardagi yirik feodallar odatda shaharlarda emas, balki o'z mulklari bo'lgan yer uchastkalaridagi qurronlarda istiqomat qilganlar.

So'nggi o'rta asrlar shaharlarining jamiyat hayotidagi o'rnini aniqlashda ularning hunarmandchilik va savdo markazlari sifatidagi roli aloxida diqqatga sazovor. Shaharlarda odatda turli xil kasb-hunar egalari istiqomat qilganlar. Hunarmand ahli mashg'ulotlarining turli-tumanligi xaqida XVI asr oxiriga oid dalillar asosida fikr yuritish mumkin. Birgina Samarkandga oid qozilik xujjatlarida XVI asrda shaxarda 61 ta hunar turi mavjudligi qayd etilib, ular ichida mato tikuvchilar (bofandagon), ro'mol to'quvchilar (chahor-gulbafon), salla to'quvchilar (futabafon), bo'yoqchilar (sabbog'on), degrezlar (oxangaron), kulollar (kulolgaron), pichoqsozlar (kordgaron) qog'ozgarlar (qog'azgaron) va boshqalarni uchratish mumkin [20-26]. Ular yaratgan mahsulotlar faqat shahar ahlining emas, balki qo'shni qishloqlar, o'zga shahar va viloyatlar, qo'shni dasht ahlining ehtiyojlarini qondirar edi. Shahar hunarmandlari yaratgan mahsulotlarning dovrug'i o'zga yurtlarda xam keng tarqalgan bo'lib, bu haqida XVI asr muarrixi Xasanxoja Nisoriyning so'zlari aniq ma'lumot beradi. U Buxorolik hunarmand-usta Mavlono Moiliy Sirroj haqida yozar ekan,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

quyidagilarni qayd etadi: "Ustalikda shaharga shuxrati yoyilgan va zamonaning yagonasi bo'lgan kishi ekan. Yoshu qari sirrojlarning sirroji (chirog'i). Savdogarlar Mavlono Moiliy yasagan bezak-ziynatli egar-jabduqlarni bulg'oru Chingacha eltib, ajoyib namuna sifatida xavola etishgan".

Shahar hunarmandlari tomonidan yaratilgan turli-tuman mahsulotlarni sotish ichki va tashqi savdoning xamda savdo-iqtisodiy inshootlar - bozorlar, do'konlar, karvonsaroylar tizimining kengayishini talab etar edi. Hunarmandchilik va savdo o'rtasida ushbu o'zaro aloqadorlik savdo ahli faoliyatining yanada rivojlanishiga, hunarmandlar va savdogarlar o'rtasida ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishiga, savdo-sotiq, jarayonlariga aholining boshqa ijtimoiy qatlamlari vakillarining faol tortilishiga olib kelgan. Xususan, XVI asrga oid Jo'ybor shayxlari xujjatlaridan ayon bo'ladiki, Buxorodagi savdo-hunarmandchilik inshootlaridan sanalmish do'konlardan biri muftiy Mavlono Muhammad Aminga, xammomlardan biri amir Abdualiga, sovut tikish va sotishga ixtisoslashgan uchta do'kon aka-uka amirlar - Mirza Mashhadi va Mirza Ulug'beklarga, "Sarroflar karvon-saroyi" nomi bilan mashxur saroy esa amir Tinqilich o'gli Mirza Bog'iga qarashli bo'lgan. Shahar ahli turli tabaqa vakillarining savdo bilan faol shug'ullanganliklarini ko'rsatuvchi daliliy materiallarni boshqa davrlar va boshqa shaharlar misolida, xam kuzatishimiz mumkin. Bu xolat qurilayotgan davr mobaynida shahar ahli ijtimoiy tarkibining o'zgarishiga, shahar jamiyatining mulkiy tabaqalanishida sezilarli natijalarga olib kelib, iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biriga aylangan [27-31].

Aloxida ta'kidlab etmoq darkorki, shaharlar hukmron doira vakillarini moddiy ta'minlovchi markazlar edi. Yuqorida nomi zikr etilgan Antoniy Jenkinson 1558 yilda quyidagilarni qayd etgan edi: "Buxoro qiroli na yirik qudratga, na boylikka ega, uning daromadi juda ozdir, u asosan shahar hisobiga yashaydi". Shahar va qishloq, ahlidan turli soliqlar sifatida tushadigan daromad hisobiga yashovchi oliy tabaqa vakillarining siyosiy notinchlik va iqtisodiy buxronlar davrida nochor axvolga tushib qolganligini XVIII asr muallifi - Petr I ning O'rta Osiyoga yuborilgan elchisi Florio Benevenining quyidagi so'zlaridan xam kuzatish mumkin.

Rus elchisining qayd etishicha, XVIII asrning 20 yillarida "Xonning (Buxoro xoniga) o'zi tuyalari, otlari va qoramollarining katta yarmini yo'qotib", ularni pulga sotib olishga majbur bo'lgan. Bu holat O'rta Osiyoning boshqa davlatlari - Xiva va Qo'qon xonligi shaharlari misolida xam yaqqol kuzatiladi.

Shaharlar - uning atroflari va qishloqlardagi iqtisodiy hayotning rivojlanishiga ijobiy turtki beruvchi markazlar xam edi. Shahar atroflari va qishloqlarda yetishtirilgan mahsulotlar - paxta, zig'ir, g'alla, sholi, tamaki, chorvachilik mahsulotlari va ko'pgina boshqa mahsulot turlariga shaharlarda talab katta edi. Bu mahsulotlarning ayrimlari shahar hunarmandlari uchun xom ashyo edi. Qishloq ahli esa hunarmandlar yasagan turli-tuman narsalarning asosiy iste'molchilaridan biri edi [32-37]. Bu esa ko'plab hunar turlarining,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

xususan, qishloq ehtiyojlarini qondirishga ixtisoslashgan sohalarning rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatgan. Shu tariqa, shahar iqtisodiyotining yetakchi sohasi - hunarmandchilik bilan qishloqlar o'rtasida vujudga kelgan o'zaro aloqadorlik bir tomondan, qishloqdagi iqtisodiy taraqqiyotni, ikkinchi tomondan esa shahar xo'jaligi rivojini ta'minlagan asosiy omil buldi.

NATIJALAR

O'rta Osiyo o'zbek xonliklaridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning rivojlanishi va xo'jalik aloqalarining taraqqiy etib borishi, ba'zi shaxarlarning iqtisodiy hayotini tartibga solib turuvchi, shaharlarning rivojlanishini boshqarib boruvchi markaz sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Bunday shaharlar jumlasiga Buxoro, Xiva, Qo'qon, Toshkentlarni kiritish mumkin. Ayni vaqtda ayrim shaharlarning ma'lum turdagi mahsulotlarni yaratishga va xomashyo xillarini yetkazib berishga ixtisoslashuvi xam kuzatiladi. 1834 yilda rossiyalik P.I.Demezon yozib qoldirgan ma'lumotlardan ko'rinadiki Buxoro shaxrining iqtisodiy hayotni boshqarib turuvchi markaz sifatidagi axmiyati beqiyos edi. Jumladan shaxarga Shaxrisabzdan guruch va anorlar, Qarshidan tamaki, Qo'qondan ishlov berilmagan "sariq-shoyi", Qo'qon va Xo'jand atrofidan sholi, Xivadan juda ko'p miqdorda ot, mol va tuya terilari, yarim shoyi yo'l-yo'l matolar keltirilgan va o'zaro ayirboshlangan.

Shaxarlarning so'nggi o'rta asrlar jamiyati hayotida tutgan o'rnini belgilashda ularning mamlakatdagi boshqa shaxarlar, qishloqlar, qo'shni mamlakatlar, dasht va uzoq xorij mamlakatlari ahlini bog'lovchi siyosiy, savdo, iqtisodiy va madaniy markazlar sifatidagi roliga aloxida ahamiyat bermoq lozim. Poytaxt va siyosiy hayotning yirik markazlari bo'lmish boshqa shaharlarga yaqin va uzoq, mamlakatlarning elchi va sayohatchilari tez-tez tashrif buyurib turganlar. Shuningdek, yirik markazlar, boshqa shaxarlar, dasht va turli mamlakatlar savdogarlari kelib to'xtaydigan va o'z mahsulotlari bilan savdo-sotiq qiladigan hududlar hisoblangan. Mahalliy savdo ahli xam o'z mollarini karvonlarga yuklab, uzoq va yaqin yerlarga jo'natar edilar. Bu o'rinda shaxarlarning qulay karvon yo'llarida joylashuvi ularning tranzit savdo markazlariga aylanishida va iqtisodiy rivojlanishida muhim ro'l o'ynaganini aloxida ta'kidlab o'tmoq darkor. Bunday shaxarlar jumlasiga so'nggi o'rta asrlarning yirik shaxarlari - Buxoro, Shaxrisabz, Qarshi, Qo'qon, Andijon, Toshkent bilan bir qatorda ko'plab karvon yo'llari tutashib ketgan Xivani xam kiritish mumkin. Xiva hududdan Buxoro, Eron, Moskva davlati (keyinchalik Rossiya) Kavkaz, Rum va u orqali xaj safariga elituvchi yo'llar bo'lgan. Bu o'rinda tarixchi Abulg'oziyning quyidagi xabari diqqatga sazovordir. U Rumga yo'l olgan buxorolik savdogarlar xaqida quyidagilarni qayd etadi: "...Xoji Qo'tas degan ko'p xojilarga va karvonga bosh bo'lib Xevak keldi".

Qo'shni shaxarlar, uzoq va yaqin mamlakatlar, dasht ahli vakillari savdo ishlari bilan O'rta Osiyo shaxarlariga kelib, bu yerda ba'zan uzoq yillar qolib ketar edilar. Bundan tashqari shaxarlarda urushlar natijasida kelib qolgan turli xalqlar vakillari xam yashaganlar.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

Yirik shaxarlar bo'lmish Buxoro, Xiva, Toshkent, Samarqandga kelib, o'rnashib qolgan qozoqlar, turkmanlar, ruslar, tatarlar, xindlar, afg'onlar, eroniylar, yaxudiylar savdo va hunarmandchilikning turli sohalari bilan shug'ullanib, bu markazlarning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga baholi qudrat hissa qo'shganlar.

Diniy qarashlari, ijtimoiy kelib chiqishi, kasb-korlari turlicha bo'lgan shaxarliklar tarixiy taraqqiyotning og'ir damlari - siyosiy nomutanosibliklar va o'zaro urushlari davrida bir tan, bir jon bo'lib, o'z shaharlari ximoyasiga olinganlar.

Shaxarlarning ko'rkam va obod, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barqaror bo'lishda ayollarning ishtiroki katta bo'lgan. O'sha davr manbalarida juda oz bo'lsada uchraydigan ba'zi ma'lumotlardan ayon bo'ldiki, ayollar shaxarlarda katta ko'chmas mulk turlari -xovlilar, do'konlar va x.k.larga egalik qilganlar, hunarmandchilikning xar xil turlari va savdo bilan shug'ullanganlar. Madaniy-maishiy sohadagi yutuqlarga xam sezilarli xissa qo'shganlar. So'nggi o'rta asrlar O'rta Osiyo shaxridagi vaziyat va shart-sharoitlar ayollarning imkoniyati, qobiliyati va iqtidorining ochilishiga hamda ravnaq, topishiga olib keldi. Ayollar o'zlarining kamtarona mehnati bilan shahar xo'jaligi va uning ijtimoiy-madaniy ravnaqiga o'z xisslarini qo'shganlar.

Shaxarlar asosiy ilmiy kuchlar, ma'naviy va badiiy madaniyat yodgorliklarining ijodkorlari qo'nim topgan madaniyat markazlari hisoblangan. Ularda ko'plab dunyoviy va diniy inshootlar - bozorlar va ularning o'ziga xos nomlar bilan atalgan turlari - gilamlar, toklar chaxorsuklar, karvonsaroylar, masjidlar, madrasa, xonaqolar barpo etilgan. Bunday inshootlar qurilishi iqtidorli usta va quruvchilarni, mahoratli me'morlarni talab qilar edi. Asosan mahalliy yoki boshqa yerlardan kelib yashab qolgan ustalar mehnati bilan O'rta Osiyoning katta va kichik shaxarlari go'zal va sarishta ko'rinish kasb etgan.

Shu tariqa, shaxarlarning jamiyat hayotida tutgan o'rni ko'p qirrali bo'lib, ularni o'rganish so'nggi o'rta asrlar voqeyligini to'g'ri anglash va talqin qilishga imkon beradi, hamda O'rta Osiyo xonliklaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyotida shaharlarning tutgan o'rni beqiyos ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, shaharlarning so'nggi o'rta asrlar jamiyati hayotidagi o'rnini aniqlash ularning ko'rilayotgan davr mobaynidagi taraqqiyotiga xos bir qator umumiy va xususiy xolatlari mavjudligini ko'rsatib, O'rta Osiyo shaharlari hayotini atroflicha o'rganishga imkon beradi.

So'nggi o'rta asrlar mobaynida O'rta Osiyo shaharlarida turli hunarmandchilik sohalari mavjud bo'lgan, uning ayrim tarmoqlari taraqqiy etgan va boshqa sohalari rivojlanish bosqichlarini o'z boshidan kechirayotgan yirik markazlar edi. Shaharlarda turli kasb-hunar egalari mavjud bo'lib, ular o'z mehnatlari bilan bu markazlar iqtisodining rivojlanishiga muhim hissa qo'shganlar. Ular o'zlarining takrorlanmas mahsulotlarini did bilan, o'z mamlakatining talab va odatlaridan kelib chiqqan holda yaratganlar. 1697 yilda Buxoro va Xivada bo'lgan F. Skibinning Buxoro xaqida "odamlari hunarmand,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

savdogardirlar", Xiva haqida esa "odamlari jangari emas, hunarmanddirlar", deb qayd qilishi bejiz emas. Darxaqiqat bu qadim o'lkada hunarmandchilikning turlari ko'p edi.

Xususan, Buxoro xonligiga oid XVI asr xujjatlarida 6G dan ortiq, hunar turlari: kulollar, temirchilar, buyoqchilar, qog'oz ishlab chiqaruvchilar, tikuvchilar, to'quvchilar, nayza yasovchilar, duradgorlar, namat bosuvchilar va boshqalar haqida so'z yuritiladi. Bu holni boshqa ko'pgina shaharlar misolida ham kuzatishimiz mumkin.

Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarining ko'pdan-ko'p shaharlarida hunarmandchilikning turli-tuman sohalari xar xil darajada rivoj topgan edi. Ba'zi shaharlarda hunarmandchilikning biron-bir turi rivojlangan bo'lsa, boshqa birida esa o'zga sohaning rivoji ko'zga tashlanadi.

Shaxarlarda turli qurol-aslaxalar yasovchi hunarmandlar bo'lgan. Arqon eshuvchi, savat va bo'yra to'quvchi, supurgi tayyorlovchi va boshqa ko'plab hunarmandlar o'z hunarlari bilan shaxarlar ravnaqiga o'z xissalarini qo'shganlar.

MUHOKAMA

O'rta Osiyoning barcha shaharlarida matolar to'qish keng rivojlangan edi. Matolarga xamma yerda talab katta bo'lgan. XVI asr muarrixi Fazlullox ibn Ro'zbexonning yozishicha dasht ahliga ko'ylak va kiyim zarur bo'lib, ularning asosiy qismini karbas tashkil qilgan. Muarrixning ko'rsatishicha bu gazlama turi asosan O'rta Osiyo shaxarlarida to'qilib, "kiyim va kafan" uchun zarur edi. Bo'z yoki karbasdan tashqari Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlarida zandanachi, mitqol, qumoch, doka kabi matolar xam to'qilib qo'shni davlatlarga olib borib sotilgan. Bu gazlamalar nafaqat sotilgan, balki ayrim hollarda to'lov vositasi vazifasini ham bajargan. XVI asr muarrixining ko'rsatishicha, Muxammad Shayboniyxon "Buxoro va Samarqandga tobe yerlar" aholisiga Dashti Qipchoqdagi o'z asirlarini almashtirib olish uchun ko'p tuyalarda karbas bergan.

O'sha davr muarrixi Xasanxo'ja Nisoriy o'z hunarining ustasi "to'quvchilik kasbi bilan shug'ullanuvchi nassoj usta" Mavlono Komiy haqida xabar beradi.

XVIII asrning 7G-yillarida Buxoroda bo'lgan F. Yefremov shaharda turli gazlamalar, xususan, ipakdan oltin va kumush bezakli yo'l-yo'l parchalar, atlaslar, baxmallar, paxtadan esa doka, olacha, bo'z va boshqalar to'qilgani haqida xabar beradi. Ular o'zining to'qilishi, eni, rangi bilan bir-biridan farq qilib, turli ko'rinish kasb etgan. Birgina bo'zning o'zi, tadqiqotchi R.G. Mukminovaning ko'rsatishicha 8 xil rangda - qora, ko'k, sariq, bargrang, chumoli rangi, binafsha rang va boshqa ranglarda bo'lgan. Bu gazlamalar Buxorodan chet mamlakatlarga xam olib borilgan. Jumladan 1639-1672 yillarda gazlamalar Tara va Tobolskka keltirilgani haqida ma'lumotlar zikr etilgan. Xususan, bular zandananing turli xillari, jumladan qora zandana, ishlov berilgan bo'z, ensiz bo'z, ishlov berilgan ensiz bo'z, keng olacha, rangli olacha va boshqalar [35-39].

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

O'rta Osiyoning boshqa shaharlarida xam ip gazlamalar ko'plab to'qib chiqarilgan va ularning ichida bo'z asosiy o'rin tutgan. Xiva va Qo'qon xonligi shaharlarida, hususan, Xivada ip gazlamalar ichida bo'z ko'p to'qiladigan mato bo'lib, uning ko'k rangga bo'yalgani - bo'yoq deb atalgan. Toshkentda esa ko'k bo'z, oddiy bo'z hillari to'qilgan.

To'qilgan gazlamalarning katta qismini olacha tashkil etgan. Bu gazlama turini to'qish shaharlarda nechog'lik keng rivojlanganligini XVI asrda Buxoroda Olachaboflar maxallasi bo'lganligi xam tasdiqlaydi. XIX asrda Buxoroda bo'lgan A. Vamberi bu yerda "ikki rangli yo'l-yo'l va yupqa olacha deb ataluvchi ip gazlamalar" to'qilganligini aytib o'tgan. Xivada xam bu gazlama turini to'qish keng tarqalgan. Olacha Qo'qon xonligi shaxarlarida xususan, Namangan va Toshkentda xam keng ishlab chiqarilgan. XIX asr boshlarida Namangan xaqida yozgan. F. Nazarov, u yerda "ip matolar fabrikalari" mavjudligini qayd etib o'tgan edi.

Shaxar hunarmandlari ishlab chiqargan olacha doimo ham ipdan to'qilmagan. U ipakdan ham to'qilgan. Oddiy olachaning eng yaxshi navi zibak deb atalgan. Ipaklik olacha esa cheklangan miqdorda va ko'roq Buxoroda ishlab chiqarilgan, bu o'rinda 1640 yilada Tobolskka Imomqulixon elchilari tomonidan 2460 o'ram "oddiy" olacha va 26 o'ram "kengrangdor olacha" olib kelinganligi xaqidagi ma'lumot diqqatga sazovordir.

To'quvchilar ishlab chiqargan ip matolar ichida chit aloxida o'rin tutgan. Bu hunar turi bilan shug'ullanuvchilar "chitgarlar" deb atalgan. Ular bo'z yoki karbasga turli rangdagi gullarni bosganlar. Gurli qoliplar yordamida matoga gul bosish ancha murakkab ish jarayonini tashkil etgan va hunarmanddan katta mahoratni talab etgan [37-43]. Buni Toshkent chitgarlari misolida kuzatish mumkin. XIX asr muarrixlarining qayd etishicha, Toshkent bo'zga gul bosishning yirik markazlaridan biriga aylangan edi. Qo'qon va Qashg'ardan Tohkentga juda katta mikdorda oq bo'z keltirilib, ular gul bosuvchi chitgarlarga topshirilar edi. Hunarmandlarninig ustaxonalari shaxar va uning atroflarida joylashar va "Chitgarxona" deb atalardi. Matoga gul bosuvchi chitgarlar o'simliklardan olinadigan mahalliy bo'yoqlar - buzg'unj, tuhak, safsar rang, mosh rang, ruyan va boshqalardan foydalanganlar. So'nggi o'rta asr rus manbalarida "voboyka" nomi bilan mashxur chit boshqa mamlakatlarga xam olib ketilgan. Tobolsk bojxonasining 1639-1672 yillardagi xujjatlarida qayd etilishicha bu yerga keltirilgan "keng chitlar", "tor chitlar", "o'rtacha chitlar" va "buxoro chitlari" qayd etiladi. Chit ishlab chiqarish Xivada ham rivojlangan.

O'rta Osiyo shaxarlarida, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qonda turli ipak gazlamalar to'qilar edi.Bularga shaxarlarning o'zida, qo'shni mamlakatlarda ehtiyoj katta edi. XVI asrda Samarqandda ipak gazlamalardan bo'lgan baxmal keng ishlab chiqarilgan. Zaxiriddin Muhammad Bobur "Samarqandning yana bir matoi qirmizi bahmaldurkim, atrof va javonibqa eltarlar", -deb yozgan edi. Bu xil mato boshqa shaxarlarda xam ishlab chiqarilgan bo'lishi kerak. Buni quyidagi daliliy materiallar xam tasdiqlaydi. Xususan, 1676

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 j ISSUE 11 j 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

yilda Xivadan Rossiyaga kelgan elchi Nodir Baxodir o'zi bilan sovg'a sifatida "9 ta qizil baxmal" keltirganini bildiradi. XIX asrga oid Xiva davlat xujjatlaridan ayon bo'ladiki, xonlik shaxarlarida qazma baxmal-guldor baxmal, qipchama baxmal - qizil gulli baxmal turlari ishlab chiqarilgan. Baxmal Qo'qon xonligi shaxarlarida ham keng ishlab chiqarilgan. XIX asrning boshlarida F. Nazarov to'qimachilik keng rivojlangan Marg'ilonda "turli fabrikalar joylashgan bo'lib, ularda fors parchalari, baxmallar va turli Osiyo gazlamalarini tayyorlaydilar. Ularni Buxoro va Qashg'arga yuboradilar", - deb qayd etadi.

Shaharlarda parcha, kimxob, tafta va zarboft kabi qimmatbaxo matolar ham to'qilgan. Abulg'oziy o'zining "Shajarayi turk" asarida XVI-XVII asrda mashhur bo'lgan matolardan "zarboft" va "yipak kumash"ni eslatib o'tadi.

Ipak gazlamalardan yana bir turi shoyi kanaus bo'lib, u Buxoro xonligiga qarashli shaharlarda keng ishlab chiqarilgan. Bu gazlama Qo'qon va Marg'ilonda atlas yoki jibaarqoq nomida mashhur edi. Qo'qon hunarmandchiligi haqida olim A.P.Xoroshxin "Uni turli deb bo'lmaydi. Uning diqqatga sazovor yagona sohasi bu Namangan, Qo'qon va Marg'ilon fabrikalarida ipak gazlamalari ishlab chiqarishdir. Bu gazlamalar shoyi (kanaus); adras va beqasabdir. Oxirgi ikkitasi yarim ipakdir. Ularning shu nomdagi Buxoro gazlamalaridan sifati ancha pastroqdir", - deb yozgan [44-48]. Toshkentda shoyi-ipak arqoqlar ishlab chiqarish cheklangan miqdorda bo'lgan. Bozorlarda bu gazmol turlari juda kam uchrar, "ularni to'qib berishlarini so'rab buyurtma berilar yoki tasodifan sotib olish mumkin edi. Chunki bu gazlamalar oila ehtiyoji uchun to'qilardi", - deb qayd etadi XIX asr namoyondasi.

Hunarmandlar jun gazlamalar ham to'qiganlar. Buxoro xonligi shaharlarida, xususan, "bosma" nomli gazlama - movut to'qilgan. Tuya junidan to'qiladigan bu mato "qora va och jigarrangda" bo'lgan. Momiqdan foydalanib to'qiladigan yana bir jun matosi "bosmai tibit" deb atalgan. Bu mato turi ancha yumshoq, va nafisligi bilan ajralib turgan. Bulardan tashqari tuya, echki va qo'y junidan to'qilgan "qoqma" matosi ham ma'lum edi. Jundan qoplar ham to'qilganki, ulardan karvon savdosida keng foydalanilgan.

O'rta Osiyo davlatlarida futa to'qish ham keng tarqalgan. Bu mato asosan salla va belbog'larga ishlatilgan. Masalan XIX asrning 7G yillariga, oid ma'lumotlarga ko'ra birgina Samarqandda futa to'qiydigan ustaxonalar soni 4G ta edi.

O'sha davrlarda hunarmandchilikning rivojlangan turlaridan yana biri bo'yoqchilik edi. So'nggi o'rta asrlar hujjatlarida bo'yoqchilik bilan shurg'ullangan hunarmandlar -sabbog'lar deb (XVI asrga oid xujjatlarda Do'st Sabbog', Ibn Ali Sabbor, Mirak Sabbor, Sayd Islom Sabbog'lar) atalganligi eslatib o'tiladi.

Bo'yoqchilik to'quvchilik hunari bilan uzviy bog'liq bo'lib, matolar odatda maxsus ustaxonalar yoki hunarmandlarning uylarida bo'yalar edi. Bo'yoqchilik ustaxonalari ko'pincha bozor yaqinida yoki ular hududida joylashgan bo'lardi. Bo'yoqchilik ustaxonalarining ko'p hollarda shahar markazlari yoki bozorlarda joylashganini XIX asrga

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

oid xujjatlarda ham kuzatish mumkin. Shu asr namoyondasi Kattako'rg'on misolida quyidagilarni qayd etgan. Shaharning masjiddan Payshanba darvozasigacha yo'nalgan ko'chasining "O'ng va chap tomonlarida yaxudiy-bo'yoqchilarning do'konlari cho'zilib ketgan; bostirmalar tagida ularning egalarining o'zlari o'tiradi... Ularning xammasining qo'li tirsakkacha yorqin ko'k rangdadir. Terining odatdan tashqari bu rangda bo'lishiga asosiy sabab bo'yoqchilarning ko'p xollarda indigo bilan ishlaganlaridadir".

Bo'yoqchilar o'z hunarlari bilan shahar markazi yoki bozordan tashqari uning chekkalari va odatda ariqlar bo'yida ham shug'ullanishlari mumkin bo'lgan. Xususan, Toshkentga oid XIX asr ma'lumotlarida "ariqlarda endigina bo'yalgan matolarni chayayotganlarini ko'rasiz" - deb qayd etilgan. Bo'yoqchilik O'rta Osiyoni deyarli hamma shaharlarida keng rivojlangan.

Bo'yoq tayyorlash xam bir san'at bo'lib, hunarmandlar asosan rang beruvchi mahalliy tabiiy vositalardan foydalanganlar. Qizil rang ruyandan, sariq rang isparakdan, tut daraxtida o'suvchi po'pakdan sarg'imtir barg rang, bog'larda o'suvchi daraxtlardan barg rang-tuxmak bo'yog'i, qora rangni gulhayridan olganlar. Qirmiz bo'yog'ini tayyorlash ancha mashaqqatli jarayon hisoblangan. Chunki u "qirmis" deb ataluvchi hashoratdan olinar edi. XVIII asrning 20-yillarida Buxoroda bo'lgan F.Beneveni "cho'lda hashoratlarning biridan qirmiz deb ataluvchi bir qimmatbaxo bo'yoq. olinadi", - deb guvoxlik berar ekan, "yaxudiylar bu hasharotlarni ezib ushbu bo'yoqni oladilar", -deb qo'shimcha qilardi. Bo'yoqchilar guli-maxsarni qaynatib pushti rang tayyorlaganlar.

Bo'yoqlar nafaqat gazlamalar va iplarni bo'yashda, balki hunarmandchilikning boshqa sohalarida - ko'nchilik, qog'oz ishlab chiqarish, qo'lyozma kitoblarni bezash, siyohlar tayyorlashda xam ishlatilgan [46-49].

O'rta Osiyo shaxarlarida ishlab chiqarilgan bo'yoqlarga boshqa davlatlarda xam talab bo'lgan. Bu esa ushbu mahsulotning sifati yuqori bo'lganidan dalolat beradi. Jumladan, 1585 yidda Abdullaxon tomonidan Moskvaga yuborilgan elchi Muxammad Ali Podsho Fiyodr Ivanovichga olib kelgan mollari qatorida "40 pud bo'qokni" xam eslatib o'tadi.

So'nggi o'rta asrlar O'rta Osiyo shaharlarida tikuvchilik bilan bog'liq hunarlar xam keng rivojlavgan. Bu hunar turi bilan mashg'ul ustalar tikkan ko'ylak, ishton, bosh kiyimlar, hususan, do'ppi, qiyiq., salla, to'n va boshqalarga shaxar bozorlarida talab katta bo'lgan.

O'sha davrda to'n asosiy kiyim bo'lib, uning xillari ko'p edi. Xususan, XVI asr muarrixi Muhammad Solix Shohruxiyaga yurish qilgan Muxammad Shayboniyxonning ukasi Sulton Maxmud boshchiligidagi qo'shinning kiyim-boshi jumlasida sovuqda chidamli "Ichu tosh tunlari borcha tuk-luk" kabi tavsifni keltiradi [488-53]. Tikuvchilar to'nlarning turli xillarini aloxida buyurtma asosida ham tikkanlar. XIX asrga oid xujjatlarda yozilishicha ayrim shaxslarga "latta to'n", "chit to'n", "shoyi to'nlar" tiktirib berilgan.

Bosh kiyimlar tayyorlash xam aloxida o'rin tutgan. Buxoroda do'ppi tayyorlash bilan mashg'ul ustalar "taqiyado'zlar" deb atalgan. XVI asrga oid xujjatlarda bunday

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

hunarmandlardan Mir Xoshim Taqiyado'z va ustoz Xovand Taqiyado'zlar nomi qayd etiladi.

Shaharlarda taqiyalar bilan bir qatorda sovuq iqlim sharoitida kiyish uchun turli qalpoqlar, movutdan yasalgan bosh kiyimlar tikilgan. Muxammad Solixning "Shayboniynoma" asarida askarlardan birining boshida quloqlarini yopib turuvchi junli bosh kiyimlar bo'lgan deyilgan satrlar bor. Hunarmandlar dasht ahli uchun xam movutdan turli bosh kiyimlar tikkanlar.

Maxalliy kiyim tikuvchilar orasida po'stindo'zlar o'z ishining moxir ustalari hisoblanib, ular tikkan po'stinlarning dovrug'i ketgan edi. Bu o'rinda Abulg'oziyning quyidagi ma'lumoti diqqatga sazovordir. Uning yozishicha, XVI asr Xorazm hukmdorlaridan biri Aqatoyxonning o'g'li Temur Sultonning "ustunda, zarboft toshli, oltin tugmali qish po'stini bor" edi.

Po'stindo'zlar o'z navbatida turli qimmatbaxo mo'ynalardan po'stin tikuvchi mo'ynado'zlarga va shuningdek, ancha arzon qo'y po'stagidan po'stin tikuvchi po'stindo'zlarga bo'linar edilar. Buni XVI asr muarrixi Zayniddin Vosifiyning quyidagi ma'lumoti ham tasdiqlaydi. Uning yozishicha, XVI asr boshlarida Samarqandda kuzatilgan sovuq paytida unga "mo'ynali po'stin", o'n xurosanlik talabaga esa "qo'y po'stini, ko'ylak va ishton" taqdim etilgan. 1637-1698 yili Taraga keltirilgan mollar ro'yxatida "mo'ynali po'stinlar va oddiy po'stinlar" qayd etiladi. XIX asr birinchi yarmida xam shaxarlarda po'stinlar ko'plab tikilgan. Xususan, Buxorodagi Abdullajon karvonsaroyida po'stin bilan savdo qiluvchilar turli shaxarlardan olib kelingan po'stinlarni saqlaganlar va sovuqlar boshlanishi bilan bu mahsulot turi savdosini amalga oshirganlar.

Tikuvchilar nafaqat kiyim bosh, balki kundalik turmush uchun zarur bo'lgan ko'rpa, ko'rpacha va yostiqlar xam tikkanlar. Xiva xonlari xujjatlaridan birida yozilishicha, Xivada Otajonto'ra ismli shaxsga "farangi ko'rpa", xon hazratlariga "qazma baxmal ko'rpacha" bozordan sotib olib berilgan edi.

Shahar va qishloqlar ahli orasida doimo arzon va pishiq sopol idishlarga talab katta bo'lgan. Bu talabni qondirishda kulollarning mehnati diqqatga sazovor. Ular o'z mahsulotlari bilan nafaqat shahar, balki qishloqlar va dasht ahlining ehtiyojlarini xam qondirar edilar. XIX asr muallifi A.Kushakevich shaxarlarda kulollar yasagan mahsulotlarni 3 guruhga bo'lgan. Bular oddiy tuproqdan tayyorlangan va sirlanmagan mahsulotlar (tandirlar, xumlar, ko'zalar, ko'zachalar, xumcha va x.k.); oddiy tuproqdan tayyorlanib, sirlangan mahsulotlar (sirlangan g'isht-koshinlar, uy-ro'zg'or buyumlari, piyolalar, laganlar, kosalar va boshqalar); oq tuproqdan tayyorlanib sirlangan fayans (ganch aralash loy) idishlardir.

XVI asrga oid xujjatlarda Buxoroda kulollarni "ko'sagar", sopol kosalar, tovoqlar ishlab chiqaruvchilar "kosataroshlar" deb atalgani haqidagi ma'lumotlar keltiriladi. Xususan, ularning birida Xuja Kosataroshning o'g'li Bobo Alining "mulla Amir bozori yaqinidagi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

do'koni" va G'ijduvonda paxta tituvchilar darvozasi yaqinida joylashgan kosagarlar kvartali eslatib o'tiladi.

Katta qurilishlar olib boriladigan shaharlarda doimo g'ishtga extiyoj katta bo'lgan. G'isht xumdonlar odatda shahar chetida joylashar edi. Masalan, XVI asrga oid ma'lumotlarga qaraganda buxorolik Xasan g'ishtpazning g'isht xumdoni Buxoroning Namozgox darvozasiga yaqin yerida joylashgan.

Qarshi kulollari "turli shaklga ega juda yupqa idishlar" yasashda mohir bo'lganlar. XIX asrning 70-yillaridagi ma'lumotlarga ko'ra Toshkentning Ko'kcha qismida 7 ta kulolchilik ustaxonasi bo'lgan.

XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligining yirik kulolchilik markazlaridan biri Rishton edi. "Rishtonda bizning ko'z o'ngimizda sopol idishlarni yasaganlarini va ularni havo rang bilan sirlaganliklarini ko'rdik", -deb yozadilar guvoxlar. Ko'hna Urganch xarobalaridan "sirlangan va sirlanmagan chirordonlar"ning topilishi esa Xorazmda xam hunarmandchilikning bu turi rivojlanganligidan darak beradi.

Bu davrda O'rta Osiyo shaxarlarida hunarmandchilikning temirchilik turi xam rivojlangani ma'lum. Shaxarlarda turli metall buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o'z kasbining mohir ustalari ko'plab mavjud bo'lib, ular aqlni lol qoldiradigan mahsulotlarni yaratganlar. Bu o'rinda XVI asrda yashab o'tgan Xofiz Tanish Buxoriyning Buxoro hukmdori Abdullaxon II Samarqand xokimiga qarshi jangga "oltin dubulg'a" va "yuzlab ko'zlar ochilib turgan sovut" bilan qurollangan holda kirganligi haqidagi ma'lumot diqqatga sazovordir. Bu o'sha davr ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beradi.

Temirchilar temir, mis, bronza, cho'yan, kumush, oltin kabi metallardan turli-tuman uy-ro'zg'or buyumlari, mehnat qurollari, binolar qurilishida ishlatiladigan turli buyumlar, zeb-ziynatlar va boshqa buyumlar ishlab chiqarganlar. Qanday buyumlar ishlab chiqarishlarga qarab Buxoro xonligida XVI asrda temirchilar - oxangarlar, bronza bilan ishlovchilar - rextagarlar, cho'yan buyumlarni quyuvchilar - cho'yangarlar, mix yasovchi ustalar mix chagarlar deb atalardilar. Buxoroga oid yuridik xujjatlarda Amir So'zangar (igna yasovchi)ning o'gli Mir kalon, ustoz Aziz Mixchagar (mix yasovchi) va Qorako'llik Ustoz Muhammad Kordgar (pichoqchi)larning nomlari eslatib o'tiladi. XIX asr ning 20-yillarida Buxoroda bo'lgan ruhoniy Budrin, shaxarda "juda ko'p temirchilik va chilangarlik ustaxonalari bo'lib, ularda turli xil mis idishlar, temir va cho'yan buyumlar tayyorlanadi"-deb qayd etgan edi.

Xivalik temirchi ustalar ham xilma-xil mahsulotlarni moxirona yasashda buxoroliklardan qolishmas edilar. Ular uy-ro'zg'or buyumlari bilan birga panjaralar yasash ilmini ham olganlar. Bunga 1811 -yilda Xivada qurilgan Polvon-ota masjididagi Muxammad Raximxon qabrining mis panjara bilan o'ralganligi ham dalil bo'la oladi. 1835 yili shaxarda qurilgan Sayd Boy masjidining derazalari "oynasiz, lekin temir panjarali edi. Shuningdek,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

misdan choynaklar, kosalar, laganlar, barkashlar, ko'za va qumg'onlar ham yasash san'at darajasiga ko'tarilgan.

Temirchilar ustaxonalari asosan bozorlarda joylashgan. Qo'qon bozorlarini tahlil etgan Nalivkin va M.Nalivkinalar do'konlarda temirchilar, sarrojlar, egarchilar, tikuvchilar, kumush bilan ishlovchi hunarmandlar va misgarlar ishlab shu yerning o'zida o'z mahsulotlarini sotganliklarini ko'rsatib o'tadilar.

Temirchilik Qo'qon xonligining boshqa shaxarlarida ham keng rivojlangan. Namanganda xam temirchilar o'zlari yasaydigan mahsulot turiga qarab xilma-xil mutaxassisliklarga bo'linar edilar. Ular orasida ayniqsa pichoqsoz ustalar mashxur bo'lib, Chust va Namangan pichoqsozlari yaratgan mahsulotlarga ehtiyoj yuqori edi. Toshkent temirchilari esa qaychilar, ustaralar, taqalar va boshqalarni yasashga ixtisoslashishgan. Qizil misdan turli-tuman uy-ro'zg'or buyumlari yasashda Qo'qonlik temirchilarga yetadigani yo'q edi. Cho'yandan turli buyumlar quyuvchi ustalar - degrezlar deb atalib, ular qozonlar, chirog'donlar, ko'chma o'choqlar va boshqalarni yasaganlar. E.K.Meyendorf XIX asrning 20-yillarida Buxoro haqida yozar ekan "Qozonchilarning taqur-tuquriga qaraganda ularning ishlari ko'p bo'lsa kerak", -deb qayd etgan edi. Rixtagarlar deb ataluvchi hunarmandlar asosan bronzadan turli buyumlar yasaganlar. Masalan, qozonlar, kosalar, shamdonlar, eshiklar uchun dasta shular jumlasidandir. Ular yana atirlar, turli yoqimli hidli yog'lar, bo'yoqlar uchun kichkina idishchalar, qoshiqchalar yasab, bularga bezak berganlar. Zargarlik xam o'sha davrda rivojlangan bo'lib, shaxar hayotida muhim ro'l o'ynagan zargarlik ustaxonalari shaxarlarning markazida joylashardi. Zargarlar turli metallar va qimmatbaxo toshlar yordamida xilma-xil zeb-ziynat buyumlarini - ziraklar, soch popuklar, bargak, tillaqosh, tumor, burunbuloq, bilaguzuklar yasaganlar. Toshkentda xatto kumushdan paranji tugmalarini yasash rasm bo'lgan. Bu mahsulotlar shaxar bozorlarida sotilib, ularga talab katta bo'lgan. Ular xatto boshqa shaxar, qishloq, qo'shni dasht hamda uzoq, mamlakatlarga ham olib ketilgan. Shaxar hunarmandlari dasht ayollari uchun oltin bilan birgalikda ancha arzon metallar-kumush va misdan ziraklar, bilaguzuklar, to'g'nog'ichlar va boshqalarni yasaganlar.

Yuqori tabaqa vakillari uchun zeb-ziynat buyumlaridan tashqari turli idish-tovoqlar yasalgan, sovg'a uchun tayyorlangan ko'pgina mahsulotlarga oltin va kumush bilan ishlov berilgan. XVI asr ma'lumotlarida (Muhammad Solih), oltin va kumush qadaxlar tilga olinadi. Xofiz Tanish Buxoriy esa "Nafis asbob, nozik chinnilar, kumush va oltin idish-tovoqlar"ni qayd etib o'tdi. 1585 yili rus podshosi Fyodor Ivanovichga Abdullaxon tomonidan yuborilgan sovg'alar ichida oltin bilan ishlov berilgan pichoqlar, pichoq qinlari, qadaxlar va boshqalar bo'lganligi eslatib o'tilsa, xuddi shu yili Xiva xoni tomonidan rus podshosiga yuborilgan mollar ichida oltin bilan ishlov berilgan po'lat qilich, qini kumushdan ishlangan po'lat pichoqlar, 2 ta oltin bilan ishlov berilgan egar bo'lganligi qayd etilgan. Muhammad Yusuf Munshiy (XVII-asr) esa Subhonqulixon tomonidan Maxmudbiy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

otaliqqa tortiq, etilgan sovg'alar orasida qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan kamarni eslatib o'tadi.

Shaxarlarda yog'ochdan turli mahsulotlar ishlab chiqaradigan hunarmandchilik turlari ham keng rivojlangan edi. XVI asrga oid manbalarda ular bilan shug'ullanuvchilar shonagarlar, xarrotlar, najjorlar tarzida keltiriladi. XVI asr muallifi Xasanxo'ja Nisoriy kasbi najjorlik bo'lgan, she'riyatda ham moxirona qalam tebratgan Mavlano Kasiriy nomini qayd etadi.

Yog'ochsozlar turli narsalar - sandiqlar, beshiklar, eshiklar, xassalar, taroqlar va turli uy-ro'zg'or buyumlari, ayrim hunarmandchilik sohalari uchun mehnat qurollari va boshqalarni ishlab chiqarganlar. Muxammad Yusuf Munshiy (XVII-asr) Buxoroning oliy hukmdori Nodir Muxammadxonning xazinasida "olov rang farang duxobasi saqlangan to'rt yuz sandiq" haqida ma'lumot beradi.

Duradgorlarning ustaxonalari odatda shaxarning markazida - bozorlarda joylashar va ular aholining buyurtmasiga binoan sandiqlar, eshiklar, beshiklar va boshqa narsalarni, mehnat qurollari, matolarni to'qish uchun charxlar, gazlamalarga gul bosishda asosiy qurol bo'lgan qoliplar va shuningdek zirk daraxtidan to'qimachilikda ishlatiladigan "kudung" ham yasar edilar. Daryolar, ularning xavzalari va kanallar yaqinida joylashgan shaxarlarda qayiqsozlik va kemasozlik keng rivojlangan edi. Bunday hunarmandchilik ustaxonalari shaxar chekkalarida, suvga yaqin yerlarda joylashar edi.

O'rta Osiyo shaxarlarida kemasozlik rivojlanganligidan habar beruvchi ko'pgina ma'lumotlar o'sha davr manbalarida ham saqlanib qolgan. Xususan, Fazlullox Ibn Ruzbexon Isfaxoniy Muhammad Shayboniyxonning Marvga yurishi haqida yozar ekan, Amudaryo bo'yida xon qo'shini to'xtab turgan chog'ida podsho askarlarining yasavullariga qo'shinni daryodan olib o'tish uchun kema va qayiqlarni yig'ish topshirilganligini qayd etib, ular "Jayxunning yuqori va quyi oqimi bo'yidagi yerlarni tekshirib, topish mumkin bo'lgan hamma kemalarni olib keldilar", - deydi. XVI asrdagi bu ma'lumotni Mir Muhammad Amin Buxoriy xam tasdiqlab, Balxga yurishga otlangan Buxoro hukmdori Ubaydullaxon Ashtarxoniy kemalar va qayiqlarni tayyorlashni buyurgani haqida yozadi.

Kemalar va qayiqlar ko'p hollarda daryo bo'yida joylashgan shaxar xokimlarining qo'l ostida bo'lgan. XIX asr o'rtalarida Buxoroda asirlikda bo'lib qaytgan Kornilo Suvorovning yozishicha, Karkida shaxar bekining qo'l ostida ko'plab kemalar bo'lib, ular yordamida Amudaryodan kechuv amalga oshirilgan. Bu xolatni Qo'qon xonligidagi Namangan shaxri misolida ham kuzatish mumkin. Shaxar Sirdaryo yaqinida joylashgan bo'lib, N.Aristovning yozishicha "Sirdaryoning chap qirg'og'i bilan Namangan ahli ko'p sonli qayiqlar va paromlar orqali bog'langan".

Xiva xonligiga qarashli shaxarlarda xam kemasozlik va qayiqsozlik keng rivojlangan. M.Ivaninning yozishicha, Xiva "aholisining ancha ko'p qismi o'zining qayiqlariga, boylar esa 1 ta va 2 tadan qayiqlarga ega bo'lganlar". Xiva hunarmandlari bir necha hil qayiqlar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

yasaganlar. Ularning kattalari - "o'choq", ancha kichiklari - "o'zarcha" va "qayiqlar" deb atalgan. Aholi ulardan bug'doy, tuz, yog'och va boshqa narsalarni bir shaxardan ikkinchisiga tashishda savdo karvonlarining mollarini Amudaryodan o'tkazishda keng foydalangan.

Shaxarlarda aravasozlik hunari xam rivojlangan edi. Xofiz Tanish Buxoriy Buxoro hukmdori Abdullaxon olib borgan janglardan biri haqida yozar ekan, uning g'animi Bobo sulton "Turkiston dashti, Sabron, Toshkent, Andugon, Axsikat va Koson viloyatlaridan olib keltirilgan ko'plab aravalarni bir-biriga mahkam zanjirlab va (mustaxkam) bandlar bilan bog'lab saf oldiga qo'ydilar", -deb qayd etgan edi. Buxoro xonligi haqida yozgan Y.K.Meyendorfning XIX asrning 20 yillarida qishloq xo'jalik ishlarida, hosilni tashishda keng qo'llanilgan ikki g'ildirakli aravalar xaqida gapirib, bu hunar turi xonlik shaxarlarida keyingi davrlarda xam keng rivojlanganligidan dalolat beradi. Aravasozlik Buxoro shaxarlari bilan birgalikda Qo'qon, Namangan, Marg'ilon va Toshkentda ham keng rivojlangan edi.

So'nggi o'rta asrlar shaxarlarida teri oshlash hunarmandchiligi ham muhim o'rin kasb etgan. Odatda ot, qo'y, xo'kiz, tuya terilari oshlangan. Bunday hunar turlari bilan mashg'ul hunarmandlarning ustaxonalari ko'proq shaxar chetida, suvga yaqin yerlarda joylashib, "charmgarlar" deb atalganlar. Xususan, XVI asrga oid xujjatlarning birida "Buxoro kanali bo'yida joylashgan Mirza Ali Charmgarning do'koni" qayd etib o'tiladi.

Charmgarlar turli xil charmlarni oshlaganlar. Qora echki charmi- qayroqi deb atalib, u asosan poyabzal uchun ishlatilgan. Uni qizil, qora va sariqqa bo'yash mumkin bo'lgan. Eshak terisidan barg rang charm tayyorlanib, u kemuxt deb atalgan. Eshak va ayrim xollarda otlar terisidan tayyorlangan sag'ridan ham ko'proq etik va kavushlar tikishgan. Poyabzalning tagcharmi uchun ishlatiladigan xom ashyo esa tuya va xo'kiz, terilaridan tayyorlangan. Shaxarlarda bunday teri turlarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan ko'plab do'konlar mavjud edi. Xususan, XIX asrning 60-yillariga oid ma'lumotlarga ko'ra, Toshkentda 60 ta bunday do'konlar bo'lgan. Terini oshlash va uni tayyor mahsulot holiga keltirish uchun ancha vaqt va ko'p mehnat talab qilinar edi. Sag'ri terini tayyorlashga oid quyidagi ma'lumotdan ma'lumki, uni tayyorlash uchun 32 kun vaqt sarflanardi. 12 kunda teri oshlanardi, 20 kun esa bo'yashga ketar edi.

Shaxarlarda turli xil terilardan oyoq-kiyim tikuvchi kosiblar ko'p bo'lgan. Buxoro manbalaridan XVI asrda ular muzado'z (etikdo'z), kavushdo'z, etiklarga gul tikuvchi -muzapardozlar deb atalishi ma'lum bo'lgan. Xususan, XVI asrga oid xujjatlarda Buxoroda yashagan Boqi muzado'z, Xo'ja Yor Muhammad muzado'z, Nasim muzapardozlar haqida ma'lumotlar berilgan.

O'rta Osiyo shaxarlaridagi poyabzal tikuvchi ustalarning mahoratiga baxo berib A.Vamberi "Erkaklar va ayollarning poyabzali ancha yaxshi ishlangan, ayollarning oyoq kiyimlari ajoyib ipak iplar bilan bezatilgan", - deb yozadi. XIX asrning 20-yillarida, Buxoro

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

kavushdo'zlari qalin kavushlarning tag charmini mayda mixlar yordamida ancha maxorat bilan bezatganlar. Bu haqida o'sha davr manbalarida ham ma'lumot bor.

Toshkent kosiblari tomonidan tikilgan etik, maxsi, kavushlarga talab katta bo'lgan. Shu sababli shaxar bozorlarida bu turdagi mahsulot bilan 100dan oshiq do'konda savdo qilingan. Toshkent kavushdo'zlari tomonidan sag'ri teridan tikilgan kavushlar juda mashxur bo'lib, XX asr boshlaridan oldingi davrda "oliftalar ham, kam ta' minlangan odamlar ham o'zlariga tiniq barg rang sag'ridan mahalliy hunarmandlar yasaydigan kavushlarga buyurtma berganlar. Bu sag'richilarning oltin asri edi", - deb qayd etilgan edi.

Xivada ham hunarmandchilikning bu turi rivojlangan bo'lib, Xiva kavushdo'zlari orasida "tatar kavushlari" tikuvchi, rus charmidan kavush tikuvchi, rangdor kavushlar tayyorlaydigan ustalar bor edi.

Hunarmandlar charmdan boshqa kiyim-bosh turlarini xam tikkanlar. Xususan, telpaklar, ov qo'lqoplari, kamzullar, ishtonlar shular jumlasidandir. XVI asr shoiri Xakim Shaxrisabziyning "Gul tikmoq ne darkor bulg'oriy charm qo'lqopga" degan she'riy misrasi bu turdagi mahsulot yuksak did bilan tayyorlanganligidan dalolat beradi. XVII asrda Sibirga O'rta Osiyodan keltirilgan mollar ichida echki terisidan tikilgan kiyim va charm ishtonlar borligi qayd etilgan.

Charmdan shuningdek egar-jabduqlar, meshlar, daryoni kechib o'tishda ishlatiladigan gubsorlar, pichoq qinlari va ko'pgina boshqa narsalar ham yasashgan. Bu o'rinda A.Vamberining quyidagi so'zlari xarakterlidir. U Samarqanddagi egar-jabduq yasovchi ustalar haqida yozar ekan, bozorlarida "sotish uchun mashxur charm mahsulotlar, did bilan ishlangan egarlarni qo'yadilar, ularning bezagi xatto yevropalik ustaga ham shuxrat keltirishi mumkin edi", - deb qayd etgan.

Shaxarlarda oziq-ovqat turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hunarmandchilik ham rivojlangan edi. Buni o'sha davrdagi xujjatlardan ham bilish mumkin. Masalan, Malik Buxoriy degan kimsa (XVI asr o'rtalari) o'g'li Mir Xoshimning Jo'ybor shayxlariga tegirmon sotganligi haqidagi xujjatni qoldirgan. Un tayyorlovchi bu tegirmon, tegirmonni aylantiruvchi hayvonlar uchun xona, pichanxona, tosh va yog'och asbob-uskunalari bilan sotilgan bo'lib, uning bir tomondagi chegarasi kanalga borib taqalishi aytilgan.

XIX asrning 20-yillarida Xiva haqida yozgan N.Murav'ev "Xivaliklar g'allaning serobligiga qaramay, na suv, na shamol tegirmonlariga egadirlar. G'allani uncha katta bo'lmagan qo'l tegirmoni toshida maydalaydilar" - deb qayd etadi. Albatta bu ma'lumotni e'tirozsiz qabul qilib bo'lmaydi. Chunki azim daryo Amudan ko'plab sun'iy sug'orish kanallari qazib chiqarilgan bu mamlakatda suv tegirmonlarining bo'lmasligi mumkin emas edi. Boshqa bir manba esa "Xivaliklar tegirmoni qo'l bilan ishlatiladi, lekin boylar ot bilan ishlatiladigan tegirmonlarga egaliklari" haqida yozgan edi.

Shaharlarda juvozlar ham bo'lib, ular yordamida hunarmandlar zig'ir va kunjutdan yog'lar tayyorlaganlar. Bunday yog'larni tayyorlashda ularga paxta chigiti ham qo'shilgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

Bunday juvozlar hamma shaharlarda bo'lgan. XIX asrning 70 yillariga oid ma'lumotlarga ko'ra birgina Toshkentning o'zida 500 ta yog' ishlab chiqaruvchi juvoz bo'lgan.

O'sha davrlarda novvoylar, qo'y kalla-pochasini pishiruvchilar, baliq qovurib sotuvchilar, alohida go'shtli sho'rva turi - yaxna tayyorlovchi yaxnapazlar, qandolatchilar ham ko'p bo'lgan. Xiva davlat xujjatlarida ham "pishirilgan qo'y kallasi va qovurilgan baliq ustalari - kallapaz va baliqchilar", novvoylar eslatib o'tiladi.

Qandolatchilar turli xil shirinliklar - qand, xolva, novvot, nisholda, pashmak va boshqalarni tayyorlaganlar. Qarshi qandolatchilari ham Buxoro va Samarqand qandolatchilaridan qolishmas edilar. F.Beneveni (XVIII asr) Qarshi yaqinida aholining qandga o'xshash "manna" to'plaganliklarini va undan shirinliklar tayyorlashda shakar sifatida foydalanganliklarini yozgan. O'rta Osiyo qandolatchilarining mahoratidan XX asr boshlariga oid quyidagi ma'lumot xam xabar beradi. Bu yerda "shakar va qo'y yog'i aralashmasidan o'rik, shaftoli, nok, olma, bexi shaklidagi mahalliy konfetlar tayyorlangan. Bo'yoqlar yordamida ustalar tabiatga taqlid qilishga erishganlar".

Shaharlarda shishasozlik hunari xam rivojlangan edi. Buni Ko'xna Urganch misolida kuzatish mumkin. Shaxarni arxeologik o'rganish chog'ida topilgan "dastasi shaffof barg rang shishadan tayyorlangan idishlar" buning dalilidir. Lekin asta-sekinlik bilan bu hunar turi inqirozga yuz tutib borgan. XIX asrda bu haqida shunday qayd etilgan edi: "Shisha tayyorlash haqida Xivada, butun O'rta Osiyoda bo'lgani kabi tushunchaga ega emaslar".

Hunarmandlar orasida sovungarlar ham bo'lib, ular mahalliy aholi ehtiyojlarini qondirishga harakat qilganlar. N.Murav'ev Xivada "yana shunday hunarmandchilik turi borki, uni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Xiva sovuni Sharqda o'zining sifati va odatdan tashqari arzonligi bilan mashxurdir", - deb qayd etgan. Sovun ishlab chiqarish Toshkentda ham yaxshi rivojlangan. XIX asrda yashagan shaxslardan biri, unda mahalliy aholi extiyojini qondiruvchi kul rang sovun bor edi deb yozgan.

O'rta Osiyo shaxarlarida qog'oz, yozuv anjomlari ham ishlab chiqarilgan. Amaliyotda kitoblarni muqovalash ishlari ham qo'llanilardi. Ilm-fan va madaniyat rivojlangan bu qadim diyorda doimo yozuv qog'oziga talab katta bo'lgan. Bu mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan markazlardan biri Samarqand edi. Samarqandlik hunarmand ustalar turli qog'oz xillarini yaratganlar. Mutaxassislar bu qog'ozlarning ipak qog'oz (qog'ozi abrishum), yarim ipak qog'oz, uchinchi tur qog'oz esa paxtadan tayyorlanganligini ko'rsatib o'tadilar. Samarqand qog'oz ishlab chiqarishning yirik markazi sifatida XIX asrda xam mashxur bo'lsada, XVIII asrning ikkinchi yarmi - XIX asrda Qo'qon qog'oz ishlab chiqarishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Qo'qonga yaqin Qog'ozgar va Chorku qishloqlarida mashxur Qo'qon qog'ozi ishlab chiqarilgan va O'rta Osiyo shaxarlarida u bilan keng savdo amalga oshirilgan.

Shaharlarda qog'oz bilan bog'liq yana bir hunar muqovasozlik keng rivojlangan edi Muqovasozlar ustaxonalarida usta - "saxxof"lar turli qo'lyozmalarni muqovalash bilan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

shug'ullanganlar. Bunday ustaxonalar odatda shaxarlarning gavjum yerlarida joylashgan. XVI asr boshlarida muqovasoz Mullazodaning do'koni Samarqanddagi "Bozori Attorog'" da joylashgan edi. Zayniddin Vosifiyning xabariga ko'ra u yerga "Samarqand shoirlari va ma'rifatli kishilari to'planar edi". Muqovasozlik ustaxonasining shaxar madaniy hayotidagi o'rni xususida Yu.O.Yakubovskiy (XIX asr) "Muqovasozlik ustaxonasi odatda madrasaning biror-bir tolibi kirib, o'qish uchun kitob oladigan kitob do'koni va xatto kutubxona vazifasini ham o'tagan", - deb qayd etadi.

Muqovasozlik rivojlangan markazlardan biri bo'lib, bu haqida XIX asrda "Eng yaxshi muqovasozlar Qo'qondadirlar. U yerda uncha murakkab bo'lmagan muqovalash asboblari xam tayyorlanadiki, ularni Samarqandda topish qiyin", deyilgan.

Bu soha Namanganda xam rivojlangan bo'lib, bu yerda xam qo'lyozmalar charm va qog'oz muqovalar bilan kitob xoliga keltirilar edi. Bu yerlik ustalar mahorati mashhur Samarqand va Xiva muqovasozlari mahoratidan sira qolishmas edi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shaxarlarda muxrlar tayyorlovchi hunarmandlar - muxrkanlar deb atalgan. Abulg'ozixon Xiva hukmdori Avaneshxonning o'gli Dinmuxammad-sulton "bozordan bir muxrkanni keltirib otasining nomiga muxr tayyorlatdi", - deb yozgan. Qo'qon muxrkan ustalarining yuksak mahorati haqida (XIX asr) xabar berilib, "chiroyli bosma naqsh bilan bezatilgan uchburchak, to'rtburchak, yulduzcha va boshqa shakldagi" misdan yasalgan muxrlarni tayyorlaganlar, - deyilgan.

XULOSA

O'rta Osiyo xonliklari shaxarlarining tashqi va tranzit savdoning markazi sifatidagi ahamiyati XVI asrdayoq ko'zga tashlangan edi. Birgina Buxoro shaxrida Xindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa davlatlar savdogarlari to'plangan. Bu davrda shaxar bozorlarida hind savdogarlari keltirgan harir oq matolarni forslar keltirgan paxtadan to'qilgan gazlamalar, qalin matolar va rang-barang shoyilarni, ruslar tomonidan keltirilgan xom terilar, jun matolar, yog'och idish-tovoqlar, egar-jabduqlar va boshqalarni uchratish mumkin edi.

Davrlar o'tishi bilan xorijiy savdogarlar tomonidan O'rta Osiyo shaxarlariga keltiriladigan mollar turlari o'zgarib bordi. XVIII-XIX asr birinchi yarmi mobaynida Buxoro shaxriga Hindistondan kimxob, doka, haydar shoyi, chit, shol ro'mollarning turli xillarini, nil bo'yog'i (indigo), ziravorlar - murch, dolchin, zarcho'ba; oziq-ovqat mahsulotlari - guruch, shakar, novvot; xaqiq serdolik; Peshavordan lungi, guruch, charmdan tayyorlangan tarozular; Qobuldan o'sma, zarchuba, afg'on miltiqlari qilichlar, pichoqlar, o'q-yoylar va guruch; Xitoydan esa "to'ktachoy", "oqquyruq" (ko'k choy) chinni buyumlar va boshqalar keltirilganligi manbalarda qayd etib o'tiladi. Bu mahsulotlar ichida hunarmandchilikda talab katta bo'lgan nil bo'yog'i (indigo) shaxarlarga katta xajmda

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

keltirilib, XIX asr 30-yillar muallifi P.I.Demezonning yozishicha "Qarshi, Buxoro va Xiva karvonsaroylari" bu mahsulot bilan to'la edi.

Bugungi kunda hunarmandchilik, tadbirkorlik va savdo-sotiq bozor iqtisodiyoti sharoitida o'zini to'la oqlamoqda. O'zbekistonda tadbirkorlik, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkiy o'zgarishlarning muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi. Bu jihatdan yaqin o'tmishda faoliyat ko'rsatgan tadbirkorlar, hunarmandlar va savdo-sotiq tarmoqlarining tajribalarini o'rganish muhim ahamiyatga egadir.

O'zbekiston xalqlarining boy madaniy merosi va tarixiy an'analarini to'liq saqlab qolish va ko'paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta'minlangan oilalar bandligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni chiqarildi. Bundan ko'rinadiki bizning diyorlar qadimdan hunarmandchilik markazlari bo'lgan. Buni rivojlantirish, jaxon bozorlarini egallash uchun davlat tomonidan barcha shart sharoitlar yaratilmoqda.

REFERENCES

1. Мухаммадамин Каримжонов (2020). OeoöeHHoera примeнeния дисциплинарных взысканий в отношeнии отдeльных катeгорий работников в условиях карантина. Review of law sciences, (2), 93-95. doi: 10.24412/2181-1148-2020-2-93-95

2. М.Каримжонов (2017). Опыт зарубeжных стран в отношeнии рeгулирования пeнсий по инвалидности. Review of law sciences, 1 (1), 84-88.

3. Muhammad-Sultanhan, P., Mukhsinjonugli, S. M., & Abdurakhimugli, X. A. (2020). Materials processing in the solar furnace. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(10), 1233-1237.

4. Saidvalikhanovich, P. M. S. (2020). Xolmatov Abdurashid Abdurakhim ugli, Sobirov Muslim Muhsinjon ugli. Magnetic materials synthesized in the sun furnace. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(4), 1499-13505.

5. Пайзуллаханов, М. С. С., Холматов, А. А. У., & Собиров, М. М. У. (2020). Титанаты бария и стронция, синтeзированныe на солжчной течи. Universum: технические науки, (6-1 (75)).

6. Rustam, А., & Nasimbek, M. (2021). А New Method Of Soil Compaction By The Method Of Soil Loosening Wave. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 6-16.

7. Ахунбаeв, Р., Махмудов, Н., & Хожиматова, Г. (2021). Новый способ уплотнeниe грунта мeтодом волна разрыхлeния грунта. Scientific progress, 1(4).

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

8. Norimova, S. A., & Ehsonov, D. R. (2021). Analysis of the architectural image of the ancient city of tashkent. Scientific progress, 2(1), 851-856.

9. Abdusatorovna, N. S., Raxmonovich, E. D., & Odilbekovich, M. N. (2021). Architectural and planning solutions for microdistricts. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 31-36.

10. Karimova, M. I. Q., & Mahmudov, N. O. (2021). The importance of elements of residential buildings based on uzbek traditions. Scientific progress, 1(6), 865-870.

11. Zakirova, G. M. Q., & Axmedov, J. D. (2021). Architectural appearance of khudoyorkhan palace: requirements for preservation and restoration. Scientific progress, 1(6), 717-719.

12. Каpимжoнoв, М. (2017). Опыт заpубeжныx стран в oтнoшeнии peryrapoBaHM жжий no инвалиднocти. Review of law sciences, 1(1).

13. Raxmonov, D., & Toshpo'Latova, B. (2021). Preservation of historical monuments of ferghana regioN. Scientific progress, 1(6), 458-462.

14. Holmurzaev, A. A., Madaminov, J. Z., Rahmonov, D. M., & Rasulzhonov, I. R. (2019). Metodika razvitija professional''noj kompetentnosti informacionno-tehnicheskih sredstv budushhih uchitelej cherchenija. Aktual'naja nauka, 4, 112-115.

15. Салимoв, О. М., & Жуpабoeв, А. Т. (2018). Рoль peкpeациoнныx 3oh в гopoдcкoй cTpyKType (на пpимepe гopoда Фepганы). Проблемы современной науки и образования, (12 (132)).

16. Zikirov, M. C., Qosimova, S. F., & Qosimov, L. M. (2021). Direction of modern design activities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 11-18.

17. Rahmonov, D. M., & Rahmonova, G. A. (2020). Scientific-proposal projects on designing agro industrialized small cities in the territory of Uzbekistan. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 778-785.

18. Karimjonov, M. (2017). Experience of foreign countries with regard to the regulation of disability pensions. Review of law sciences, 1(1), 13.

19. Rahmonova, G. A., Goncharova, N. I., & Rahmonov, D. M. (2020). Tourism-The future of economy. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 1319-1324.

20. Zikirov, M. (2012). Development of Small business in transition economies of Tajikistan. Bulletin of Tajik National University of Republic of Tajikistan, 2/5 (92), 48-51.

21. Sultonmurodovich, A. B. The Regulation of Fixed-term Employment Contracts in Uzbekistan. JournalNX, 573-579.

22. М. (2013). Фopмиpoваниe croTeMbi инфpаcтpyктypнoгo o6ecne4eHM пpeдпpиниматeльcкoй дeятeльнocти. Вестник Педагогического университета, (1), 169-172.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

23. Жураев, У. Ш., & Турсунов, (2020). Фаргона вилояти тарихий шахдрларидаги турар-жой биноларида ганч ва ёгоч уймакорлигининг шакилланиши ва ривожланиши. Science and Education, 1(3).

24. Жураев, У. Ш. (2010). Численное решение плоской задачи Лемба. Пробл. мех, (4), 5-8.

25. Sagdiyev, K., Boltayev, Z., Ruziyev, T., Jurayev, U., & Jalolov, F. (2021). Dynamic Stress-Deformed States of a Circular Tunnel of Small Position Under Harmonic Disturbances. In E3S Web of Conferences (Vol. 264). EDP Sciences.

26. Юсупов, Н. (2021). Факторы формирования и развития патриотического духа у студентов. Общество и инновации, 2(2/S), 339-348.

27. Xaminov, B., & Shamshetdinova, G. A. (2021). Buddhist temple in the city of kuva in the eyes of architects. Теория и практика современной науки, (4), 10-13.

28. Siddiqov, M. (2021). Urban planning measures in the preservation of architectural monuments. Теория и практика современной науки, (4), 6-9.

29. Qosimov, L. M., Qosimova, S. F., & Tursunov, Q. Q. (2020). Specific aspects of using Ferghana region's pilgrims for touristic purposes. Academic research in educational sciences, (3).

30. Abdatov, U., & Tursunov, Q. Q. (2021). Tabiiy landshaft hududlarining o 'ziga xos antropogen xususiyatlari. Science and Education, 2(5), 41-44.

31. Нодирбек Юсупов (2021). Рабочее время как элемент индивидуального трудового правоотношения и как институт трудового права. Общество и инновации, 2 (2/S), 339348. doi: 10.47689/2181-1415-vol2-iss2/S-pp339-348

32. Abdatov, U., & Tursunov, Q. Q. (2021). An'anaviy choyxona hovli uylarini me'moriy loyihalari. Science and Education, 2(5), 305-309.

33. Набиев, М., Турсунов, & Турсунов, У. (2020). Фаргонанинг тарихий шахдрларида турар жойларни шаклланиши. Science and Education, 1(2), 152-157.

34. Kosimov, L., & Kosimova, S. (2021). Optimization of the composition of dry slag-alkaline mixtures. Зб1рник наукових праць Aosoa.

35. Muminova, N. Z., Toshmatov, U. T., & Norimova, S. A. (2020). In Uzbekistan roof landscaping-the need for environmental health, convenience, beauty. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 213-215.

36. Набиев, М., Турсунов, & Турсунов, У. (2020). Асфальт бетон ва цемент бетон цопламали йулларнинг узига х,ос афзалликлари. Science and Education, 1(2), 265269.

37. Зикиров, М. С., ^осимов, С. Р., & Турсунов, (2020). Дизайнда инновация истицболлари. Science and Education, 1(7).

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

38. Мамажoнoв, А., & kootmob, Л. (2021). Oco6eHHocra cвoйcтв цeмeнтныx cиcтeм в пpиcyтcтвии минepальныx напoлнитeлeй и дoбавки ацeтoнoфopмальдeгиднoй cмoлы. Грааль Науки, (5), 102-108.

39. Набдав, М., & TypcyHoB, К. (2020). Из иcтopии аpxитeктypы. Science and Education, 1(1).

40. Salimov, A. M., Qosimova, S. F., & Tursunov, Q. Q. (2021). Features of the use of pilgrims for tourism in the Fergana region. Scientific-technical journal, 3(4), 42-47.

41. Abdujalilovich, Y. N. Impact of International Standards in the Legal Regulation of Working Hour S in the Republic of Uzbekistan. JournalNX, 623-630.

42. Tursunova, D. (2021, August). Architectural history of margilan city: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1231. In Research Support Center Conferences (No. 18.05).

43. Аxмeдoв, Ж. Д. (2010). Оптимизация пpeднапpяжeнныx ^pe^eCT^^ фepмeнныx OTCTeM. Промислове буд1вництво та тженерш споруди. К.: ВАТ "Укрднтроектстальконструкщя iм. ВМШимановського, 4.

44. Kosimova, S. H., & Kosimov, L. M. (2020). Principles of forming a garden-park landscape design around historical monuments of the fergana valley. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 1582-1589.

45. Юнycалиeв, Э. М., Абдyллаeв, И. Н., Аxмeдoв, Ж. Д., & Рахмашв, Б. К. (2020). Иншвации в cтpoитeльнoй тexнoлoгии: пpoизвoдcтвo и пpимeнeниe в yзбeкиcтанe cтpoп из тeкcтильныx лeнт и кoмбиниpoванныx канатов. In Энергоресурсосберегающие технологии и оборудование в дорожной и строительной отраслях (pp. 421-431).

46. Abdullaev, I. N., Akhmedov, Z. D., Rakhmanov, B. K., & Zhurabaeva, R. T. (2020). State and prospects of production and operation of synthetic woven belts (table) for load-handling devices (hd) in the republic of Uzbekistan. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16(4), 106-109.

47. Razzakov, S. J., Rakhmanov, B. K., & Akhmedov, J. D. (2021). Study Of The Influence Of Light Weather On The Mechanical Properties Of Para-Aramid Filaments. The American Journal of Engineering and Technology, 3(04), 35-41.

48. Axmedov, J. (2021). The preservation of ancient architectural monuments and improvement of historical sites-factor of our progress. Збiрник наукових праць A'OrOZ.

49. Axmedov, J. (2021). The development of landscape architecture in Uzbekistan. Збiрник наукових праць SCIENTIA.

50. kootmob, С., ypMoHoB, Б., & Раxмoнoв, Д. (2021). Typиcтcкoe pайoниpoваниe тeppитopий ocнoвнoй фактop pазвития тypизма. Scientific progress, 2(3), 125-128.

51. Saidjon, K., & Bakhrom, U. (2021). Energy-Saving Materials In Residential Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(01), 44-47.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-692-715

52. Saidjon, Q., & Bakhrom, U. (2021). The Influence Of Interior Psychology On Uzbek Architecture. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(06), 31-35.

53. ^осимов, С. Р. (2020). Узбекистан республикасида замонавий интерьерларнинг мавжуд полати ва фаолияти. Science and Education, 1(2), 213-217.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.