Научная статья на тему 'HARBIY XIZMATCHI KASBIY MAHORATINI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI'

HARBIY XIZMATCHI KASBIY MAHORATINI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professional tayyorgarlik / profesional malaka / mahorat / milliy qadriyatlar / umuminsoniy qadriyatlar / harbiy islohatlar. / professional training / professional skills / abilities / national values / universal values / military reforms.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Muinov, Alisher Musinovich

Mazkur maqolada harbiy xizmatchi kasbiy mahoratini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni, harbiy professianalizm nima, professional harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda buyuk avlodlarimizning o‘g‘itlari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NATIONAL AND PUBLIC VALUES IN STRENGTHENING THE PROFESSIONAL SKILLS OF A MILITARY SERVANT

This chapter describes the role of national and universal values in strengthening the professional skills of military personnel, as well as what professionalism is, the legacy of great ancestors in educating professional military personnel.

Текст научной работы на тему «HARBIY XIZMATCHI KASBIY MAHORATINI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(9), Oct., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

HARBIY XIZMATCHI KASBIY MAHORATINI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O'RNI

Muinov Alisher Musinovich

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitaг fanlaг kafedгasi katta o'qituvchisi, dotsent

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada harbiy xizmatchi kasbiy mahoratini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rni, harbiy professianalizm nima, professional harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda buyuk avlodlarimizning o 'g 'itlari haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: professional tayyorgarlik, profesional malaka, mahorat, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, harbiy islohatlar.

АННОТАЦИЯ

В данной сатье излагаются роль национальных и общечеловеческих ценностей в укреплении профессионального мастерства у военнослужащих, а также что такое профессионализм, наследие великих предков по воспитанию профессиональных военнослужащих.

Ключевые слова: профессиональная подготовка, профессиональные навыки, умения, национальные ценности, общечеловеческие ценности, военные реформы.

ABSTRACT

This chapter describes the role of national and universal values in strengthening the professional skills of military personnel, as well as what professionalism is, the legacy of great ancestors in educating professional military personnel.

Keywords: professional training, professional skills, abilities, national values, universal values, military reforms.

KIRISH

Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, shovinizm, millatchilik, diniy ziddiyatlar bosh ko'taimoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura bazasiga aylanmoqda.

Ana shunday murakkab vaziyatda mamlakatimizda turli millat va dinga mansub inson^ o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun borgan

Research BIB / Index Copernicus

sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hech shubhasiz, bu bizning zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning muhim kafolati, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo'lgan ishonchini oshirishning asosi bo'lib xizmt qiladi.

Yanada ogoh va sergak bo'lish, eng asosiy boyligimiz bo'lgan va bi haqli ravishda faxrlanadigan ko'pmillatli xalqimizning birdamligi va jipsligini ko'z qorachig'idek asrash hamda yanada mustahkamlash O'zbekistonni o'z Vatani deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir [1].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda bizning harbiy xizmatchilarimiz o'zlarining professional tayyorgarlik darajasi bo'yicha jahondagi yetakchi mamlakatlar armiyalarining harbiy xizmatchilaridan aslo qolishmasligini so'zde emas, amalda isbotlamoqda. Xalqaro harbiy o'quv musobaqalarda, armiyalar o'rtasidagi va sport bellashuvlarida O'zbekiston vakillari o'zlarini mahorati, ruhan baqquvatligi, g'alabaga bo'lgan irodasini namoyon etmoqda, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklarini yaqqol ko'rsatmoqda. Hech shubhasiz, bularning barchasi butun O'zbeksiton xalqida, ayniqsa, yoshlarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg'usini, Vatan himoyachisidek sharafli kasbga hurmat-ehtirom hissini uyg'otmoqda.

Mutaxassislar fikricha, professional malaka har bir kadrning xizmat vazifalarini bajarish imkoniyatini ta'minlovchi malakaviy bilimdonlik, kasbiy tashabbuskorlik va mahoratni o'zida mujassamlashtirgan integrativ qobiliyatdir.

Shunday ekan harbiy professionalizm Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini yuqori tayyorgarlikka ega bo'lgan kadrlar bilan ta'minlashdir. Professional tayyorgarlikdan o'tgan harbiy kadrlar haqiqiy harbiy xizmatda yoki zahirada turishlari mumkin. Jangovar holatlar yuzaga kelgan paytlarda safarbarlik e'lon qilish, qo'shinlarni tuzish, Qurolli Kuchlar jangovar shayligini ta'minlash va ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda haqiqiy harbiy xizmatda bo'lgan professional harbiy kadrlar faoliyati alohida ahamiyatga ega.

Harbiy kadrlarning jangda g'alabaga erishish uchun qurol-yarog' va harbiy texnikadan samarali foydalanishi, dushmandan ustun kelishi jangovar mahoratni baholashning muhim mezonidir.

Mutaxassisda professionalizm ko'rinishlari zamonaviy texnikani boshqarish, foydalanish kabi bilim, mohirlik va ko'nikma mavjudligi bilan izohlanadi. Professionalizm maxsus fanlar uslubiyatlaridan foydalanib murakkab vazifa va muammolarni yechishda, ular mazmunini tasvirlashda namoyon bo'ladi.

Professional harbiy faoliyat, shaxsiy-ijodiy jarayon sifatida, kasbiy mahorat esa, ijodiy xarakterga ega, ijtimoiy-siyosiy natijaga erishish uchun yo'naltirilga nfaoliyatning samarali darajasidir.

Research BIB / Index Copernicus

Kasb sohalarida professional mahoratni tahlil qilishda maxsus bilim, mahorat, ko'nikma, qobiliyat va shaxsning kasbiy sifatlari tizimiga e'tibor berish lozim.

Muhim kasbiy bilimlarni, mohirlik va ko'nikmalarni egallamay, hechq achon professionalizm shakllanmaydi [2].

Mahorat tushunchasi alohida mohirlikka tegishli emas. U turli darajadagi faoliyatlarni mujassamlashtiruvchi mohirlik majmuasiga tegishli. Mahoratning yuksak ko'rinishi harbiy san'at va kasbga ijodiy yondashuv hisoblanadi.

Professionalizm murakkab muammolarni yechish usullaridan tashqari, natijalarini tahlil etish, sabablarni tashxis qilish, faoliyatni takomillashtirish kabi usullarda kasbning mutaxassis shaxsi va imkoniyatiga qo'yilgan talablarni aks ettiradi.

Shaxsning kasbiy ta'lim olish jarayonida professionalizmga asos solinadi. Yurtning osoyishtaligini saqlash professional harbiy kadrlarning muqaddas burchidir. Har bir millatning g'ururi, milliy his-tuyg'ulari o'z elining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Biroq, mustabid tuzum davrida O'zbekiston Respublikasida milliy kadrlar tayyorlashdek muhim ijtimoiy-siyosiy muammo hal etilmadi. Natijada milliy kadrlar salmog'i kamayib ketdi. Markaz buyrug'ini so'zsiz bajarishga majbur bo'lgan ko'pgina yuqori lavozimdagi rahbarlar o'n yillard avomida mahalliy yoshlar orasidan milliy kadrlar tayyorlash bilan astoydil shug'ullana olmadilar. Natijada, mahalliy millat vakillarini lavozimlarga jalb qilmay millat g'ururi va qadriyatini kamsitadigan yo'ldan borib, boshqa respublikalardan tayyor harbiy kadrlarni yollash yo'lini tutdilar. Mahalliy kadrlardan ko'ra, ko'proq markaziy idoralar rahbarlari bu ishga jadallik bilan kirishib, o'zlarining g'arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun astoydil harakat qildilar [3].

Bu jarayon harbiy sohada ham o'z asosini topmay qolmadi. Milliy manfaatlar yuzasidan fikrlaydigan fuqarolarning soni keskin kamayib ketdi. Ma'lumki, har bir inson millat dardi, uning istiqboli, Vatan ozodligi va obodligi haqida qayg'urishi uchun, avvalo, u milliy manfaatlarni o'zida ifoda etgan milliy g'oya bilan qurollangan va shuningdek, ma'naviy dunyoqarashi keng bo'lishi kerak. Boshqa respublikalardan chaqirilgan tayyor harbiy kadrlarning mudofaa sohasida olib borgan faoliyati bir tomonlama xususiyatga ega edi. Ular markaz tomonidan berilgan ko'rsatmalar asosida ish ko'rib, bizning respublikamizda ham kommunistik g'oya asosida jamiyatni yalpi o'zgartirmoqchi, hamma fuqarolarni yoppasiga "tuzatmoqchi", buning uchun insoniyat asrlar maboynida yaratgan tuzumni birdaniga yo'q qilib tashlab, o'rniga yangi, "orzudagidek" tuzumni yaratmoqchi bo'ldi. Ushbu harakatda -inson omili hisobga olinmadi. Harbiy xizmatchilarimizning ongiga ko'r-ko'rona soxta va sarobga o'xshash asossiz kommunistik mafkura g'oyalarini singdirish uchun urinish odat tusiga kirdi. Kommunistik mafkura davlat mafkurasi

Research BIB / Index Copernicus

darajasiga ko'tarildi, undagi g'oyalar umuminsoniy tushuncha va aqidalardan mutlaqo yiroq bo'lib, ma'lum bir guruh manfaatlariga xizmat qildi. Uning kelajagi bo'lmaganligi bois, qattiq bosim va zo'ravonlik bilan xalq ongiga singdirishga urinildi.

Mamlakatimiz milliy g'oyasi sobiq tuzum g'oyalaridan tubdan farq qilib, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ulug'lanadi. Inson omiliga eng oliy qadriyat sifatida qaraladi. Unda shaxsni tarbiyalash, komillikka yetkazish uchun buyuk allomalarimizning boy ma'naviy merosi, jumladan Naqshbandiya tariqatidan foydalanish tavsiya etilgan. Naqshbandiya tariqatida odillik va komillikka erishish g'oyasi mustabid tuzum "odilligidan" tubdan farq qiladi. Naqshbandiya g'oyalari jamiyatni yalpi o'zgartirishga emas, shaxsni yakka tartibda tarbiyalashga, har kimning o'zini-o'zi kamolg ayetkazish uchun intilishga qaratilgan. Fuqarolar ongida insof, adolatli jamiyat kabi tushunchalarning qaror topishida va ularni rivojlanishida Naqshbandiya g'oyasining tutgan o'rni beqiyosdir.

Ingliz tasavvufshunosi J.S.Trimingem ta'kidlaganidek, tasavvuf, jumladan, Naqshbandiya falsafasi bundan buyon ham insoniyatning ma'naviy barkamolligi uchun muhim hayotiy ta'limot bo'lib qolaveradi [4].

Buyuk mutafakkir va alloma bobolarimizning ma'rifatli jamiyat to'g'rsisda g'oyalari, orzu-umid va armonlari ko'pchiligimizga yaxshi tanish. Bu borada Abu nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asarini eslash kifoya.

Avlodlarimizning ana shunday asriy intilishlarini ro'yobga chiqarish uchun ta'lim va ma'rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo'lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo'naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash zarurligini yaxshi anglaymiz.

Shu munosabat bilan harbiy xizmatchilarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Va bunda mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, umuminsoniy madaniyat markazlaridan biri bo'lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy va ijtimoiy-falsafiy konsepsiyalarni samarali amalga oshirish lozim.

Yana bir misol, Bahovuddin Naqshband ta'limotining ahamiyatini faqat uning tarixdagi o'rni bilangina cheklash to'g'ri emas. Eng muhimi, bu tariqat g'oyalari bugungi kun harbiy kadrlarining kamoloti va kelajak avlod ma'naviy saviyasini yuksaltirishda bebaho manba bo'lib xizmat qilmoqda. Ma'lumki, jamiyatning taraqqiy etib borishi bilan bir vaqtda shaxs tarbiyasi uchun zarur bo'lgan g'oyalarning mazmun-mohiyati shu jamiyatning kelajakdagi orzu-intilishlari va maqsadlarigaqarab o'zgarib boraveradi. Ammo ezgulik va yovuzlik haqidagi qarashlar, sirtdan har qancha o'zgarmasin uning asl mohiyati saqlani bqolaveradi.

Research BIB / Index Copernicus

Inson bilimi qanchalik mukammallashib borgani sari uning ezgulik haqidagi o'y-fikrlari, bunyodkorlik borasidagi orzu havaslari ortib boraveradi. O'z mehnati natijasidan ruhlanish, har bir insonnin gqalb go'zalligiga erishishi, ko'ngil xotirjamligini hisqilish, o'tgan har bir kunga shukrona qilishi, o'zini-o'z boshqarish va tarbiyalab borish, ma'rifat dunyosini zabt etish, kamolot cho'qqilarini egallash Naqshbandiya g'oyalarinin gasosini tashkil etdi. Mazkur ta'limot milliy g'oyamizning asosiy ustunlaridan biri bo'lib, professional harbiy kadrlarning ma'naviy dunyoqarashini yanada mustahkamlaydi.

Albatta, hayot bor ekan, uning o'tkir talablari, muammolari bo'lgan va bundan keyin ham bo'ladi. Lekin har qanday muammoni oqilona hal qilish uchun, avvalo ilm va ma'rifat zarur. Barchamizga, ayniqsa, rahbar, shu jumladan, harbiy rahbar va yetakchilarga chuqur bilim, aql-zakovat, sabr-toqat kerak.

Marifatli jamiyatni barpo etishning dolzarb masalalariga hozirjavob bo'lish, bu boradagi ishlarda mas'uliyatni doim chuqur his qilib yashash bugungi davr talabi bo'lib qolmoqda.

Bizning eng asosiy yutug'imiz - ko'p millatli xalqimizning har qanday qiyinchilik va sinovlarni yengishga qodirligi, zamonaviy dunyoqarashi, siyosiy ongi va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani, atrofimizdagi voqealarga beparvo bo'lmasdan, aksincha, jaxldor tuyg'usi bilan yashayotganidir.

Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga mas'uliyat hissi, ertanngi kunga ishonchi tobora ortmoqda. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti qaror topmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu-tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qurolli Kuchlarimiz jamiyatimizning bir bo'lagi bo'lgani sababli yuqarida qayd etgan jamiyatdagi islohatlar va o'zgarishlar harbiy xizmatchilarimizning ongu-tafakkuriga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida professional harbiy kadrlarni tayyorlash konsepsiyasi jahondagi ilg'or tajribalarga mos holda amalga oshirilmoqda. Mintaqamizdagi harbiy-siyosiy vaziyat, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o'tkazilayotgan harbiy islohotlarda professional harbiy kadrlarning shaxsiga xos xususiyatlari quyidagi kabilardan iborat bo'lishi kerak:

tashabbuskorlik va topqirlik;

konstitutsiyaviy burch va Vatanga qasamyodiga sodiqlik;

harbiy xizmatda o'zini tuta bilish va o'zini-o'zi nazorat qilish;

boshqarishning yuqori darajasi;

Research BIB / Index Copernicus

tashkilotchilik qobiliyatlari;

bo'ysunuvchilaming hatti-harakatlari uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga ola bilish;

xizmatdoshlar faoliyatini to'g'ri baholay olish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash;

favqulodda vaziyatlar sharoitida xizmat qobiliyatini saqlay olish; o'z burchini ado etishda dadillik va qat'iylik.

Xullas Qurolli Kuchlarda professional harbiy kadrlarni tayyorlash muhim ijtimoiy vazifagina bo'lib qolmay, balki juda zarur siyosiy masalahamdir. Shunday qilib professional harbiy kadrlarni tayyorlash milliy, ma'naviy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash va uning samarali vositalarini yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi - Toshkent, "O'zbekiston" nshriyoti, 2021.

2. Деркач А.А. Формировние и развитие профессионального мастерство руководящих кадров. - Москва, издательство "Луч", 1993.

3. Bobojonova D. O'zbekistonda milliy ishchi kadrlar tayyorlash tajribasidan // O'zbekistonda ijtimoliy fanlar. - Toshkent, 1997. № 3-4.

4. Olim Sultonmurod. Naqshband va Navoiy. - Toshkent: O'qituvchi, 1996.

5. Eshnayev N.J. Harbiy xizmatchilarda kasbiy professionalizmni mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning psixologik ahamiyati. -Chirchiq DPU, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.