Научная статья на тему 'HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR UCHUN KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA HARBIY XIZMAT TAYYORGARLIGINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI'

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR UCHUN KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA HARBIY XIZMAT TAYYORGARLIGINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
76
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurolli Kuchlar / Vatan himoyasi / mojarolar tajribasi / taktik bo’linmalar / hamkorlikni yo'lga qo'yish / zamonaviy fanlar bilan boyitish / professional kadrlar bilan ta'minlash / harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob prinsiplar asosida rivojlantirish / IIV / DXX / Milliy Gvardiya. / Armed Forces / defense of the Fatherland / experience of conflicts / tactical units / establishing cooperation / enrichment with modern sciences / providing professional personnel / developing the education system in military educational institutions on unique principles / the Ministry of Internal Affairs / DXX / the National Guard

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B. Saparov

Ushbu maqolada Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlar tayyorlashda harbiy xizmatning o'rni haqida so'z boradi. Hozirgi kundagi harbiy bilim yurtlari bilan birgalikda rezervdagi ofitserlarni tayyorlab beruvchi Harbiy o'quv markazi olib borayotgan islohotlar va istiqbollari haqida ma'lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACHES TO PREPARATION FOR MILITARY SERVICE IN THE SYSTEM OF PERSONNEL TRAINING FOR LAW ENFORCEMENT AGENCIES

This article discusses the role of military service in the training of qualified personnel for law enforcement agencies. Information is provided on the reforms and prospects of the Military Training Center, which trains reserve officers together with existing military educational institutions.

Текст научной работы на тему «HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR UCHUN KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA HARBIY XIZMAT TAYYORGARLIGINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR UCHUN KADRLAR TAYYORLASH TIZIMIDA HARBIY XIZMAT TAYYORGARLIGINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI Saparov Bobir Xudayberdiyevich

O'zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi Maxsus tayyorgarlik sikl

boshlig'i podpolkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.7046704 Annotatsiya. Ushbu maqolada Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlar tayyorlashda harbiy xizmatning o'rni haqida so'z boradi. Hozirgi kundagi harbiy bilim yurtlari bilan birgalikda rezervdagi ofitserlarni tayyorlab beruvchi Harbiy o'quv markazi olib borayotgan islohotlar va istiqbollari haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: Qurolli Kuchlar, Vatan himoyasi, mojarolar tajribasi, taktik bo'linmalar, hamkorlikni yo'lga qo'yish, zamonaviy fanlar bilan boyitish, professional kadrlar bilan ta'minlash, harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob prinsiplar asosida rivojlantirish, IIV, DXX, Milliy Gvardiya.

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПОДГОТОВКЕ К ВОЕННОЙ СЛУЖБЕ В СИСТЕМЕ ПОДГОТОВКИ КАДРОВ ДЛЯ ПРАВООХРАНИТЕЛЬНЫХ ОРГАНОВ Аннотация. В данной статье рассматривается роль военной службы в подготовке квалифицированных кадров для правоохранительных органов. Приводится информация о реформах и перспективах Военно-учебного центра, который готовит офицеров запаса совместно с действующими военно-учебными заведениями.

Ключевые слова: Вооруженные Силы, оборона Отечества, опыт конфликтов, тактические подразделения, налаживание сотрудничества, обогащение современными науками, обеспечение профессиональными кадрами, развитие системы образования в военно-учебных заведениях на уникальных принципах, МВД, DXX, Национальная гвардия.

MODERN APPROACHES TO PREPARATION FOR MILITARY SERVICE IN THE SYSTEM OF PERSONNEL TRAINING FOR LAW ENFORCEMENT AGENCIES Abstract. This article discusses the role of military service in the training of qualified personnel for law enforcement agencies. Information is provided on the reforms and prospects of the Military Training Center, which trains reserve officers together with existing military educational institutions.

Keywords: Armed Forces, defense of the Fatherland, experience of conflicts, tactical units, establishing cooperation, enrichment with modern sciences, providing professional personnel, developing the education system in military educational institutions on unique principles, the Ministry of Internal Affairs, DXX, the National Guard.

KIRISH

Davlat organlari tizimida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tutgan o'rni ularning davlatning huquqni muhofaza qilish funktsiyasini bajarish uchun maxsus yaratilganligi bilan belgilanadi. Bu esa ularning asosiy vazifasi bo'lib, ushbu xususiyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini boshqa davlat va boshqaruv organlaridan ajralib turishini belgilaydi. Bu huquqni muhofaza qiluvchi organlarining davlat boshqaruv organlarini bo'ysinishini istisno etmaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbek xalqining asriy orzusi ushalib, mustaqillikni qo'lga kiritgan davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri- mustaqil O'zbekistonning mudofaasini mustahkamlash va milliy havfsizligini ta'minlashga qaratildi. Bugungi kunda fanning eng yaxshi ixtirolari harbiy sohada tez qo'llanilishi va taraqqiyotning yuksak darajada rivojlanganligi sharoitida, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash ishlarining ahamiyati o'z-o'zidan oshib bormoqda. Xalqaro terrorizmning, separatchilik harakatlarining ko'p davlatlarda avj olishi, global urush xavfi bartaraf bo'lib lokal urushlarni paydo bo'lishi askarning ruhiy, jismoniy va maxsus tayyorgarligiga yangi talablarni qo'ymoqda. Undan turli xolatlarda o'zini munosib tutishni va tezlik bilan vaziyatni to'g'ri baholashni, hamda eng to'g'ri qarorni qabul qilishni, o'z harakatlarini bo'linma harakatlari bilan moslashtira olishni talab qilmoqda. Yangi texnika vositalari jangovar harakatlar olib borish hususiyati va uslublarini tubdan o'zgartirmoqda. Bu hozirgi sharoitda jangovar mashinalarda, tanklarda, samolyotshturvallarida, zenit-raketa komplekslarda harbiy va maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan harbiy xizmatchilar bo'lishi kerak deganidir. Armiya davlat mexanizmlaridan biri bo'lib, ko'p tomonlama davlatning taqdirini, ichki barqarorligini, hozirgi zamondagi o'rni va rolini belgilaydi. Qurolli Kuchlar davlat hududiy yaxlitligini va uning fuqarolarini tinch hayotini ta'minlaydi. Harbiy sohadagi islohotlar shart-sharoitlarida Qurolli Kuchlar yangi sifat kasb etmoqda. Armiyamizda tuzilmaviy o'zgarishlar o'tkazilib, harbiy doktrina mudofaa yo'nalishiga va uning rivojlanishi sifat va aqliy ustuvorliklar asosida shakllantirishga qaratilgan. Shu munosabat bilan bugun har bir Vatanimiz jangchisidan aniq ish, yuksak vatanparvarlik tuyg'usi, o'zining jangchilik burchini vijdonan bajarishi va shaxsiy ma'suliyat talab etiladi. Jangovar shaylikni yuqori darajada ushlab turish, jangchilik mahoratini takomillashtirish, tartib va intizomni mustahkamlash har bir askarning mamlakat mudofaa qudratini ta'minlashdagi ulushi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi yuksak va ma'suliyatli vazifalarni sog'lom, jismonan baquvvat va chidamli, aqlan shakllangan, yuksak ma'naviy-jangovar sifatlarga ega, Vatan himoyasi yo'lida vatanparvarlik va fuqaroviy burchini bajarishga tayyor kishigina uddalay oladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qurolli Kuchlar doim mamlakatimiz erki va mustaqilligi, demokratik islohot va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo'yicha keng miqyosli rejalarni amalga oshirish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashning ishonchli kafolati bo'lgan, bo'lmoqda va bo'lib qoladi. O'zbekiston Armiyasi istalgan sharoitda, qanday shakl va ko'rinishda namoyon bo'lishidan qat'iy nazar, har qanday tajovuzga qarshi munosib javob qaytarishga qodir bo'lishi kerak. Shiddati turlicha kechayotgan bugungi harbiy mojarolar tajribasi, taktik bo'linmalar, xususan, batalon va vzvodning jangovar harakatlarda egallagan o'rni va ahamiyati sezilarli darajada oshib borayotganidan dalolat bermoqda. Ayniqsa, jangarilarning qurollangan tuzilmalarga qarshi qurolli kurash davomida ushbu taktik bo'linmalar muhim o'rin egallaydi. Zamonaviy qurolli kurashlarda taktik bo'linmalar ahamiyati kengayib borar ekan, ushbu bo'linma komandirlarining professional tayyorgarlik saviyasiga qo'yilayotgan talablar ham oshib boradi. Bugungi bo'linma komandiri zehn-zakovatli, yuqori malakali ofitser bo'lishi, murakkab (keskin) vaziyatda nostandart qaror qabul qila olishi, bo'ysunuvchi bo'linmani jangda ham, kundalik faoliyat davomida ham mohirona boshqara bilishi shart.O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida davom etayotgan islohotlarning asosiy vazifasidan biri bugungi kunda - professional kadrlar bilan ta'minlash, ularni tayyorlash va imkoniyatlardan foydalanish. Buning uchun esa harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarlik darajasiga alohida e'tibor qaratish lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mazkur masala esa o'ziga xos harbiy - siyosiy, psixologik ahamiyatga ega. Bugungi kunda Respublikamizda oliy harbiy bilim yurtlaridagi ta'lim tizimini noyob prinsiplar asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Yangi harbiy ta'lim jihatlariga erishish uchun yoki bosqich samaradorligini oshirish uchun, davlat mudofaasidagi harbiy ta'lim-tarbiya tizimini yangidan barpo etish va ta'minlash lozim. Buning uchun nazariy va amaliy bilimlar, ilmiy qo'llanmalar va dars berish metodlari, malakali professor o'qituvchilar bilan ta'minlash maqsadga muvofiq. Ma'lumki, 2017-2021 yillar davomida mudofaa tizimidagi harbiy qism va ta'lim muassasalarida barcha talablarga javob beruvchi eng zamonaviy moddiy-texnik baza yaratildi. Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi qaroriga asosan Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti negizida va uning shonli harbiy an'analarini hamda mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalarida to'plangan faoliyat tajribasini o'ziga qamrab olgan holda Qurolli Kuchlar Akademiyasi yangidan tashkil etildi.

TADQIQOT NATIJALARI

2019-yilning oktyabr oyida Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari harbiy kafedralari qisqartirilib, uning o'rniga har yili 700 dan ortiq rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi tashkil qilindi. Butun jamiyatimizda bo'lgani singari Qurolli Kuchlarimiz faoliyatida ham katta o'zgarishlar yuz beryapti. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining kafolati va asosiy ramzlaridan biri bo'lib yangidan barpo etildi. Davlatimiz mudofaasini yetuk harbiy xizmatchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu o'rinda harbiy kadrlarni tayyorlashda ularning quyidagi asosiy sifatlari va fazilatlariga katta e'tibor qaratish kerak:

1. Vatanga sadoqati va muhabbati, fidoiyligi, adolatliligi, tashabbuskorligi, omilkorligi va uddaburonligi, izlanuvchanligi va yangilikka intilishi, talabchanligi, iqtisodiy va huquqiy savodxonligi, ma'naviy yetukligi, xushmuomalaligi, intizomliligi va boshqalar.

2. Shu bilan birga, harbiy kadrlarning Vatan rivoji uchun o'z vazifa va majburiyatlarini nazarda tutish lozim:

- mamlakatimiz Prezidenti va hukumati olib borayotgan siyosatni teran anglashi va qo'llab-quvvatlashi;

- topshirilgan vazifa uchun jonkuyarligi, mas'uliyatni his etishi, o'z sohasining bilimdoni ekanligi, o'z ustida izlanishi va mehnatsevarligi;

- ishlayotgan lavozimi bo'yicha topshirilgan vazifalarni mukammal bilishi va puxta bajara olishi;

- vazifalarni amalga oshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga sola bilishi;

- o'zi mehnat qilayotgan sohani yanada rivojlantirish uchun aniq takliflar bera olishi va shu masalaga oid izlanishi;

- o'z fikrini boshqalarga tushuntira olishi;

- odamlar bilan ishlay bilishi;

- ish faoliyatining natijalari;

- turmush tarzi, oilaviy ahvoli, yashash joyidagilar bilan munosabati. Bularning hammasi hozirgi kunda harbiy kadrni tanlash uchun lozim bo'lgan talablardir. Bu talablardan kelib chiqqan holda harbiy kadrlarni har tomonlama yetuk, hozirgi va kelajak zamon talablariga javob berishlari va ularning professional, intellektual darajasiga erishishlari uchun eng avvalambor ta'lim, tarbiya va harbiy psixologiya masalalariga katta ahamiyat berish lozimligidan dalolat beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUHOKAMA

Dunyoda kasb-hunarlar ko'p. Lekin ular orasida eng muqaddas sharafli kasb bu - ona vatanni himoya qilish, uning sarhadlarini ko'z qorachig'idek asrash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta'minlashdir. Tinchlik hukmron yurtda esa inson buyuk va ezgu orzularni ko'ngliga tugadi, o'z iste'dodi va salohiyatini to'la namoyon etadi.Jahondagi vaziyat shiddat bilan o'zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida ahvol keskinlashib borayotgan bir paytda Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat burchini sidqidildan ado etayotgan mard va jasur o'g'lonlarimiz mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta'minlash yo'lida tunu kun xizmat qilmoqda. Ularning mashaqqatli xizmatlari evaziga yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Xalqimiz o'z hayotidan rozi bo'lib, amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlamoqda.Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida harbiy xizmatchilarning kechayu kunduz xizmatlarini sergaklik bilan olib borishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, harbiy jamoalarga uyg'oq ruhni olib kirish, jangovar tayyorgarlik, ta'minot va boshqa yo'nalishlarda to'plangan muammolarni hal qilish, armiyaning qiyofasini tubdan o'zgartirish uchun amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar samarasidir.Binobarin, global iqtisodiy inqiroz ta'siriga qaram ay, harbiy xizmatchilarimiz va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, harbiy shaharchalarni obodonlashtirish, ularda zamonaviy infratuzilmalar barpo etish bo'yicha katta ishlar qilindi. Harbiy xizmatchilarning oila a'zolari uchun qo'shimcha ravishda ko'plab yangi ish o'rinlari yaratilib, ularning mingdan ortiq farzandlariga oliy o'quv yurtlarida ta'lim olishlari uchun davlat grantlari ajratildi.O'tgan qisqa davrda yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilinib, harbiy tuzilmalarning tarkibi va vazifalari chuqur qayta ko'rib chiqilgani natijasida bugungi kunda O'zbekiston Qurolli Kuchlari respublikamiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishning chinakam kafolati bo'lmoqda. Quvonarlisi, milliy armiyamiz har qanday tahdid va xavf-xatarga qarshi munosib zarba bera oladigan el-yurt tayanchi va suyanchiga aylandi.Har qanday davlat mustaqilligining birinchi galdagi kafolati uning mustahkam armiyasi, Qurolli Kuchlaridir. Bugun mard va jasur o'g'lonlarimiz xalqaro harbiy-o'quv mashg'ulotlari, armiya va sport musobaqalarida dunyodagi yetakchi mamlakatlarning harbiy xizmatchilariga aslo bo'sh kelmasdan, g'alabaga bo'lgan irodasini yaqqol namoyish etib, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari ekanini isbotlamoqda. O'zbekistonda harbiy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va bu borada erishilayotgan yutuqlar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilayotir.Hozirgi davr mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi ishlarni yana-da samarali tashkil etishni taqozo etmoqda. Shu jihatdan joriy yilda qo'shinlarni zamonaviy qurol-yarog' va texnikalar bilan ta'minlash, bo'linmalarni boshqarishda axborot texnologiyalarini keng qo'llash, jangovar tayyorgarlik va kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom ettirilishiga aminman. Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimiz Qurolli Kuchlari faoliyatiga alohida to'xtalib, O'zbekistonning hududiy yaxlitligi va xalqimizning osoyishta hayotini himoya qilishda ishonchli kafolat, tog'dek tayanch bo'lib kelayotgan milliy armiyamiz qo'shinlarida jangovar tayyorgarlik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta'minot, ijtimoiy muhofaza yo'nalishlarida boshlangan ishlar izchil davom ettirilishini ta'kidladi. XULOSA

"Harbiy tayyorgarlik o'quv markazida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash siyosatini samarali amalga oshirish uchun quyidagilar taklif etiladi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- birinchidan, Harbiy tayyorgarlik o'quv markazidagi ta'lim-tarbiya tizimining ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan boyitib borishni ta'minlash va bu o'rinda asosiy e'tiborni harbiy xizmatchilarni tayyorgarligida zamonaviy texnik va texnologik vositalar (kompyuter, internet va boshqalar) yordamida amalga oshirilishi. Shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiya tizimining ilmiy uslubiyatini takomillashtirishda horijiy mamlakatlar tajribasidan keng foydalanish;

- ikkinchidan, harbiy xizmatchi (ofitser) shaxsini professional zamon talablari darajasiga yetkazish uchun, tanlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalari katta e'tiborni jalb etadi. Shu nuqtai nazardan harbiy xizmatchi (ofitser)larni uzluksiz ta'lim jarayonini mukammallashtirish yuzasidan o'quv metodik bazasini yaratish;

- uchinchidan, ta'lim-tarbiya tizimining moddiy ta'minoti darajasini yaxshilash maqsadida harbiy tayyorgarlik o'quv markazida, oliy harbiy bilim yurtlari, harbiy qism va okruglarning o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda va shu bilan bir qatorda, mahalliy hokimiyat va oliy o'quv yurtlari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish;

- to'rtinchidan, Harbiy tayyorgarlik o'quv markazida kursantlarni o'qitish jarayonida ijtimoiy va boshqa fanlar o'rtasida o'zaro mantiqiy bog'liqlikni kuchaytirish, o'qitilayotgan har bir mavzuning, harbiy xizmatchilarda g'oyaviy barkamollikni vujudga kelishiga xizmat qilishi va zamonaviy fanlar bilan boyitilishi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni otash tartibi togrisidagi nizomi. Toshkent - 2006 yil.

2. https://lex.uz/docs/-3372089?0NDATE=24.03.2020

3. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentyabrdagi O'RQ-564- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son

4. https://mudofaa.uz/21780/

5. HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR , Toshkent - 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.