Научная статья на тему 'HARBIY KADRLAR TAYYORLASH MASALASIDA O‘ZARO HAMKORLIK ALOQALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI'

HARBIY KADRLAR TAYYORLASH MASALASIDA O‘ZARO HAMKORLIK ALOQALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

34
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klaster / harbiy fan / kompetentlik / professionalizm / professiogramma / konseptual yondashuv / kompetensiya. / cluster / military science / competence / professionalism / professiogram / conceptual approach / competence.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. B. Zoxidov

Yangi O„zbekistonda o„tkazilayotgan dasturiy islohotlarning pirovard maqsadi, o„z tarkibida davlat talablari darajasida tayyorlangan va mudofaa sohasida maxsus ta‟lim olgan, o„z xalqi, Vatanining sha‟ni va qadr-qimmatini mardona himoya qila oladigan ofitser kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Bu jarayon Qurolli Kuchlarni nafaqat professionallik asosida tashkil qilishni, balki harbiy-siyosiy, ijtimoiy-siyosiy va strategik xarakterdagi tayyorgarlikni samarali amalga oshirish uchun turkiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o„rnatish muhim hisoblanadi. Harbiy kadrlarni tayyorlash siyosati bu davlatimizning kadrlar tayyorlash va ularni o„z o„rniga qo„yish strategiyasi bo„lib, aynan davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan jarayondir. Shu bois, bugungi Yangi O„zbekistonning Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlarda asosiy e‟tibor qo„shinlarning tarkibiy tuzilishi, joylashuvi, kasbiy va jangovar tayyorgarligi, o„quv-moddiy ta‟minotining takomillashuvi, ularni zamonaviy qurol-aslaha bilan ta‟minlash, harbiy infrastrukturani yaratish, mamlakatimiz iqtisodiyoti, sanoat imkoniyatlari safarbarligini moslashtirishga qaratilmoqda. Bunda boshqa turkiy davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va ularning erishgan yutuqlaridan samarali foydalanish ham nazarda tutiladiki, maqolada harbiy mutaxassis kadrlarni tayyorlashning turkiy davlatlar tajribasi nazariy-metodologik jihatdan taqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The ultimate goal of the program reforms carried out in New Uzbekistan is the training of officers trained at the level of state requirements and who have received special education in the field of defense, capable of courageously defending the honor and dignity of their people. In this process, it is important not only to organize the Armed Forces on the basis of professionalism, but also to establish cooperative relations with Turkic countries for the effective implementation of military-political, socio-political and strategic training. Military training policy is our country's strategy for training and deploying personnel in the field, and it is a process carried out by government organizations. Therefore, in the reforms carried out today in the Armed Forces of the new Uzbekistan, the main attention is paid to the structural structure, deployment, professional and combat training of troops, improving training and material support, providing them with modern weapons, creating a military infrastructure, adjusting the mobilization economy and industrial potential of our country. In this regard, it is planned to strengthen cooperation with other Turkic countries and effectively use their achievements. The article theoretically and methodologically prohibits the experience of Turkish countries in training military specialists.

Текст научной работы на тему «HARBIY KADRLAR TAYYORLASH MASALASIDA O‘ZARO HAMKORLIK ALOQALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI»

HARBIY KADRLAR TAYYORLASH MASALASIDA O'ZARO HAMKORLIK ALOQALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI

SH. B. Zoxidov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi, Chirchiq, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Yangi O'zbekistonda o'tkazilayotgan dasturiy islohotlarning pirovard maqsadi, o„z tarkibida davlat talablari darajasida tayyorlangan va mudofaa sohasida maxsus ta'lim olgan, o„z xalqi, Vatanining sha'ni va qadr-qimmatini mardona himoya qila oladigan ofitser kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Bu jarayon Qurolli Kuchlarni nafaqat professionallik asosida tashkil qilishni, balki harbiy-siyosiy, ijtimoiy-siyosiy va strategik xarakterdagi tayyorgarlikni samarali amalga oshirish uchun turkiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish muhim hisoblanadi.

Harbiy kadrlarni tayyorlash siyosati bu davlatimizning kadrlar tayyorlash va ularni o„z o'rniga qo'yish strategiyasi bo'lib, aynan davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan jarayondir. Shu bois, bugungi Yangi O'zbekistonning Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlarda asosiy e'tibor qo'shinlarning tarkibiy tuzilishi, joylashuvi, kasbiy va jangovar tayyorgarligi, o'quv-moddiy ta'minotining takomillashuvi, ularni zamonaviy qurol-aslaha bilan ta'minlash, harbiy infrastrukturani yaratish, mamlakatimiz iqtisodiyoti, sanoat imkoniyatlari safarbarligini moslashtirishga qaratilmoqda. Bunda boshqa turkiy davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va ularning erishgan yutuqlaridan samarali foydalanish ham nazarda tutiladiki, maqolada harbiy mutaxassis kadrlarni tayyorlashning turkiy davlatlar tajribasi nazariy-metodologik jihatdan taqiq etiladi.

Kalit so'zlar: klaster, harbiy fan, kompetentlik, professionalizm, professiogramma, konseptual yondashuv, kompetensiya.

ABSTRACT

The ultimate goal of the program reforms carried out in New Uzbekistan is the training of officers trained at the level of state requirements and who have received special education in the field of defense, capable of courageously defending the honor and dignity of their people. In this process, it is important not only to organize the Armed Forces on the basis of professionalism, but also to establish cooperative relations with Turkic countries for the effective implementation of military-political, socio-political and strategic training.

Military training policy is our country's strategy for training and deploying personnel in the field, and it is a process carried out

March, 2024

85

by government organizations. Therefore, in the reforms carried out today in the Armed Forces of the new Uzbekistan, the main attention is paid to the structural structure, deployment, professional and combat training of troops, improving training and material support, providing them with modern weapons, creating a military infrastructure, adjusting the mobilization economy and industrial potential of our country. In this regard, it is planned to strengthen cooperation with other Turkic countries and effectively use their achievements. The article theoretically and methodologically prohibits the experience of Turkish countries in training military specialists.

Keywords: cluster, military science, competence, professionalism, professiogram, conceptual approach, competence.

Jahonda klaster yondashuvi asosida oliy harbiy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim transformatsiyalashuvini takomillashtirish uchun xavf va tahdidlarni mintaqaviy va global darajada doimiy tarzda monitoringini amalga oshirib, harbiy qudratni takomillashtirish bo'yicha turli pedagogik modellarni ishlab chiqishga doir qator tadqiqotlar olib borilmoqda [16, 17, 18, 19, 20, 21]. 2020 yilda dunyoda bo'lib o'tgan 56 ta harbiy nizolarda 38 davlat qatnashgan. U davlatlar 8 tasi bu nizolarni chinakam urush deb baholagan. Bu esa, klaster yondashuvi asosida oliy harbiy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'limning transformatsiyalashuvini takomillashtirishni taqozo etadi. BeHrepna, Turkiya (Türkiye Ulusal Güvenlik Stratejileri Merkezi Tusam), Ozarbayjon, Qozog'iston kabi davlatlarda transformatsiyalashuv jarayonida pedagogik ta'limning takomillashtirishga struktraviy-funksional yondashib, bunda ta'lim texnologiyasi potensial va real xavflarning tarkibini inobatga olgan holda harbiy texnologiya va harbiy-professionallik masalalari taktik hamda strategik darajalarda o'rganilib, jismoniy va moddiy-texnik yo'qotishlar sonini kamaytirishga yo'naltirilgandir.

Harbiy to'qnashuvlar tarixi[12, 124-394-bet] shuni ko'rsatadiki, mudofaa va hujum jangida qo'llanilgan taktik usullar, harbiy texnika va qurol-aslahalarni qo'llash tajribasi harbiy ta'limni takomillashtirish maqsadida doimiy tarzda: taktik harakatlar elementlari, umumiy taktika doirasida; qurol qo'llash, otish tayyorgarligi doirasida;

boshqa kuch va tuzilmalar bilan hamkorlikda harakatni amalga oshirish, harbiy boshqaruv;

harbiy xizmatni tashkil etish, har tomonlama ta'minot turlari kabi fanlar doirasida o'qitilishi lozim.

KIRISH

March, 2024

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mudofaani ta'minlash Qurolli Kuchlaming asosiy funksiyasi sanalib[13, 1136-bet], uning jangovar qudrati harbiy xizmatchilarni harbiy-professional tayyorgarligiga hamda harbiy texnika va qurol-aslahalarni zamonaviyligiga bog'liqdir deb ta'kidlaydi, general-mayor A.Ikramov. Qurolli Kuchlarning safida harbiy-professional tayyorgarligi - bazaviy harbiy-kasbiy kompetensiyasi mujassamlashganda har qanday tajovuzkor harakat va qurolli nizolarning oldini olishga, mamlakat hududining barqarorligini ta'minlashga qodir bo'ladi. Bu o'z navbatida, taktik harakatlar, qurol-aslaha va harbiy texnikaga doir bo'lgan texnologiyalarni harbiy ta'limga tatbiq etishni taqozo etadi.

Harbiy ta'lim jarayonida professional bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga ishontirishni ta'minlash birinchi navbatda, harbiy pedagogdan chuqur harbiy -professional tayyorgarlikka ega bo'lishni talab etib, komandirlik tayyorgarligi, uslubiy tayyorgarligi harbiy pedagogning tajribasini kursantga etazishni ta'minlovchi vosita sanaladi. Bunda ishontirish algoritmi, harbiy-professionallikni egallashning substansiyasi sanaladi. Chunki, ommaviy tartibsizlikni bartaraf etishda "Dinamik" va "Yashirin" usullarni qo'llagan holda "Kamon", "Qaychi", "Ilmoq", "Yondosh", "Pona", "Burchak", "Ilon" kabi taktik harakatlarni kursant faqatgina harbiy ta'lim amaliyotida o'zlashtirib, harbiy psixologiya fanlarini o'zlashtirishda uni axloqiy-ruhiy jihatlarini ham bilib oladi.

Harbiy ta'lim tizimini zamonaviy harbiy to'qnashuvlar xarakterini inobatga olgan holda takomillashtirish harbiy kadrlarni tayyorlashning asosiy g'oyasi sanalishi lozim, O.N.Leuxin bu masalada "harbiy ta'lim muassasasi - qo'shinlar" tizimi tarzida munosabatda bo'lishni afzal ko'rib, qo'shinlardagi real vaziyat (talab, majburiyat, funksiyalar, qurol-aslaha va texnikalar bilan jihozlanganlik, ularni qo'llash tajribasi) harbiy ta'limda o'z ifodasini topishi lozim deb hisoblaydi [14, 47-bet]. T.S.Slivin va V.V.Tananayko SSSR harbiy ta'lim muassasalarining so'ngi yildagi holatini o'rganib [15, 48-51-bet], ta'limda asosan NATO bloki shartli dushman tariqasida tanlanib, harbiy tayyorgarlikni ularga qarshi kurashish tarzda olib borilganligini ko'rsatib o'tgan.

Hozirgi davrda amaliyotda mavjud kasblarning sifatlari, professiogrammalari ishlab chiqilgan bo'lsa-da, ammo mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida professional harbiy kadrlar professiogrammasi ishlab chiqilmagan[8, 23-26-bet]. Shuning uchun biz "professiogramma", "psixogramma", "professiya", "professionalizasiya" kabi tushunchalarga ta'rif berib, professional harbiy kadrlar faoliyatida nima uchun professiogramma zarurligi ko'rsatib

o'tilgan.

March, 2024

Olimlar tomonidan oliy harbiy ta'lim muassasalari (bundan keyin OHTM tarzda ifodalanadi) uchun tayyorlangan darslikda professiogramma - aniq faoliyat, mehnatning texnik va axborot vositalari, sanitariya-gigiena va ijtimoiy sharoitlari to'g'risida, texnik, texnologik, ergonomik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy -madaniy tavsiflar haqida axborot beruvchi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatlar majmuidir[9, 464-bet] deyiladi. Harbiy professiogramma - insonning shaxsiy sifatlari, tafakkur yuritish imkoniyatlari, ushbu kasbni muvaffaqiyatli egallay olishi uchun zarur bo'lgan bilimlari, mahorati, ko'nikmalarini o'z ichiga olgan, harbiy kadrlarga qo'yiladigan talablar tizimidir.

O'zbekistonda ofitserlarning kasbiy sifatlari va professiogrammasini ishlab chiqish muammosi hozirgacha ilmiy tadqiq etilmagan bo'lsada, bir qator mavzuviy ishlar bajarilgan. Aynan shuning uchun OHTM (oliy harbiy ta'lim muassasalari) kadrlarni tayyorlashga doir turli davlatlarning tajribasini o'rganish va ahamiyatliligini belgilash, milliy mudofaani ta'minlash uchun xizmat qiladi.

Harbiy kadrlarning professionalligi, safarbarlik va shaylikni amalga oshirish imkoniyatini rivojlantirish, bevosita harbiy kasbga doir bilim, ko'nikma va malaka asosida vujudga keladi. Yu.A.Lenev o'tkazilgan tadqiqotida uning algoritmini harbiy ta'lim va qo'shinlar faoliyatida aloqa tizimi tarzida ko'rib chiqib, harbiy ta'lim fan va texnika yutuqlariga tayanishi lozimligini ko'rsatib o'tgan[10, 277-bet]. Harbiy professionalizm, bu Vatan himoyachisining xizmat faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo'lgan, bilim, ko'nikma, malaka va tajribalar majmui sanalib, doimiy tarzda takomillashuvni taqozo etadi. Harbiy xizmatni professional darajada o'tash, uning mazmunan yuqori darajada amalga oshirilishini nazarda tutadi. Harbiy professionalizm jamiyat rivoji uchun salohiyatli mehnat qilish, ijtimoiy boylik va ma'naviy qadriyatlarni bunyod qiluvchi kuchdir. Shuning uchun ham u harbiy mutaxassis xizmatini yuksaltiruvchi qadriyat bo'lib qoldi. Professionalizm murakkab ijtimoiy-falsafiy majmua ekanligi uchun olimlar uni turlicha izohlaydilar. N.Yu.Klochkoning ta'kidlashicha, harbiy professionalizm:

mutaxassislikni mukammal egallash uchun zarur bo'lgan imkoniyatlar, mahorat va ko'nikmalar, shaxsga oid intellektual sifatlarning rivojlanishini nazarda tutadi:

malaka yuqori bo'lsa, harbiy mutaxassis xizmatining sifati, ijtimoiy ahamiyati fuqaro va mamlakatga kutilgan foyda keltiradi;

professionalizm, shaxsning xizmatida o'zi va boshqalar foydasi uchun rivojlanishning asosi, faoliyatning erkin namoyon bo'lishi va faol ijodiy mehnat uchun yuqori motivni shakllantirishga yordam beradi[11].

Harbiy kadr o'z kasbini bilish chegaralarini insoniyatning umumiy madaniyati boyligi talablari asosida kengaytirishga,

March, 2024

88

ijodiy vazifalarni echishga, tanlagan mutaxassisligining ko'nikma va mahoratini chuqur egallashga intiladi. Harbiy kadrlar professionalizmi, xizmatning sermahsulligi bo'lib qolmay, balki harbiy kadrlarni xizmatga bo'lgan shaxsiy munosabati, ruhiy holatining mavjudligi hamdir[1, 38-41-bet]. Harbiy kadrlarning professionalligi yangi harbiy texnologiyalarni boshqarish mahoratini egallash va amaliyotda qo'llay olishni bilishdir. Harbiy kadrlar professionalizmi baholanayotganida harbiy xizmatchining uni nima faollikka undashi, u qaysi qadriyatlarga suyanishi, nima uchun aynan shu faoliyat bilan shug'ullanishi kabi omillar e'tiborga olinadi[2, 25-33-bet]. Yangi texnologiyalar tizimini egallash izidan quvish oqibatida ba'zida, xizmatda texnika va qurol-aslahalarning mavjudligi, lekin ma'naviyat yo'qligiga duch kelamiz. Bir yoqlama, ya'ni texnokratik yondashuvning harbiy professionallar uchun xavfliligi tushuniladiki, E.A. Vorobev bu masalaga doir aniq misolni tankni qo'llash tarzida keltirib o'tgan[3, 22-bet].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Professional harbiy kadr kasbiga doir bazaviy komponentlarni mukammal o'zlashtirib, uni qo'llay bilish ko'nikmasiga ega bo'lib, harbiy xizmat faoliyatida o'zining o'rnini (professional mutaxassis sifatida) topib, harbiy jamoada obro'li mutaxassis ekanligini namoyish etishi lozimdir[4]. Kasbiy professionalizm qanday belgilanadi, uning tarkibiy qismlari qanday tasniflanadi degan savollar bugungi kun nazariyasi va amaliyoti uchun dolzarb, tadqiqiy masalalardan biri hisoblanadi. Kasbiy tizim doirasida o'zlarini mutaxassis sifatida namoyon etishlari uchun gohida ob'ektiv va sub'ektiv sabablar mone'lik qilayotganligini kuzatish mumkin. Mazkur masala amaliy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, unga konseptual yondashish maqsadga muvofiqdir. Aynan konseptual yondashuv asosida harbiy nazariya va harbiy amaliyot birligi (harbiy ta'lim va qo'shinlar) tamoyili ta'minlanadi. Agarda, so'nggi yillardagi qurolli to'qnashuvlarda zamonaviy psixologik otryad (PsO)larning rivojlanishi va shakllanishi alohida tashkiliy tuzilmaga ega bo'lgan mustaqil operativ ta'minot tizimini ko'rishimiz mumkin. Tarkibi va tuzilishidan kelib chiqib, mazkur tuzilmalar shartli ravishda G'arbiy va Sharqiy deb nom olgan ikkita modeldan iboratligini, ularning har biri o'ziga xos tashkiliy shaklga ega deb ko'rsatilganligini inobatga olsak, harbiy ta'lim tizimini uzluksiz tarzda "harbiy ta'lim - qo'shin" konsepti asosida takomillashtirish lozim bo'ladi. Chunki, professionalizm real harbiy amaliyotda mudofaaviy vazifalarni aniq bajarib, maqsadga erishishni nazarda tutadi.

Harbiy-kasbiy professionalizmning tarkibiy qismlarini muloqot, moslashuvchanlik, ko'nikma va bilim kabi xossalar majmuasi tarkib toptirib, mutaxassisni kasbiy layoqatmandligini baholashda (ekspertli baholashda) asosiy omillar sifatida quyidagi muhim

March, 2024

89

ko'rsatkichlar majmuaviy tarzda inobatga olinishi lozim: - mutaxassisni ixtisoslikka egaligi haqida ma'lumot (diplom), kasbiy malakaga egaligi, umumiy xizmat staji, kasbiy stereotipi, psixofiziologik holati, xizmat sharoiti, xizmatga bo'lgan munosabati, harbiy-kasbiy bilimdonligi, harbiy-kasbiy tayyorgarligi, harbiy-kasbiy identifikasiya hodisasi, kasbiga sodiqligi, harbiy xizmat mahsuli va b.

Harbiy-ilmiy tadqiqotlarning natijalariga ko'ra[5, 434-bet], agarda, kasbiy layoqatga ega bo'lgan mutaxassislar kasbiy amaliyotda uni qo'llash uchun qiziqmasalar (manfaatdor bo'lmasalar), u shunday o'z holicha qolib ketadi[6, 18-bet]. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, quyidagi omillar, ya'ni shaharda jangni rejalashtirilishi, dushmanning jangovar-miqdoriy tarkibi va uning harakatlanish tasnifi, jang olib borish usuli va tavsifi, bo'linmalarning jangovar imkoniyatlari hamda dushmanning nishonlar tasnifi ta'sirida ishg'ol tuzilmalarning tarkibi va tuzilishiga o'zgartirishlar kiritilishi talab etilgan. Natijada, quyidagi yangi elementlar, merganlar, to'siqlar ochish va qo'yish, buzish, razvedka qilish, maxsus vositalarni qo'llash guruhlari va boshqalar paydo bo'lgan. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan omillar, ishg'ol tuzilmalarni harakatlarini siklli: "razvedka - yakson qilish -siljish - tozalash - pozitsiyalarni mahkamlash" prinsipial chizmasi asosida jangovar qo'llashni talab etgan.

Shu bois, harbiy kasbiy tizim doirasida (harbiy boshqaruv nuqtai nazaridan) mutaxassislar kasbiy faoliyati dinamikasini o'rganib borish tavsiya etiladi. Bu vazifani harbiy psixolog yoki sotsiolog amalga oshirishi maqsadga muvofiq, negaki individual harbiy-kasbiy professionalizmni namoyon etish yoki namoyon etmaslik o'z maqsadlariga ega bo'lishi mumkin.

Harbiy kasb muhitida individual kasbiy professionalizmning ifodalanishi quyidagi maqsadlarda kuzatiladi:

egallagan kasbiy mahoratini ish joyiga moslashtirishga ishtiyoqmandligi;

ish joyini (lavozimini) saqlash kafolati;

kasbiy o'sish uchun aniq asoslarning mavjudligi;

qo'shinlarga mutaxassis sifatida kirib borishi;

yuqori pul ta'minotini olishning ta'minlanganligi;

kasbiy jamoada shaxsiy nufuzini ko'tarish imkoniyatining mavjudligi;

mutaxassislar tomonidan kasb ustasi sifatida e'tirof etilishi;

an'anani davom ettirish va b.

Harbiy-kasbiy kompetentlik nafaqat harbiy jamoa, balki alohida mutaxassis faoliyatining (bu holat boshqaruvda yoki xizmat faoliyatida kuzatilishi mumkin) mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois, harbiy-kasbiy professionalizmni oshirish shaxsiy va jamoaviy ahamiyat kasb etadi. Harbiy-kasbiy professionalizmni oshirish deganda,

March, 2024

90

mudofaani ta'minlash amaliyotida samaradorlikni ta'minlash uchun tayanch hisoblangan shart-sharoitlarni yaratib, kasbiy ta'lim, kasb sohasi va yo'nalishini boshqarish, trening va seminarlar, namunaviy o'quv mashqlar yordamida strategiyani amalga oshirishni tushunish lozim bo'ladi.

XULOSA

Xullas, harbiy to'qnashuvlar va harbiy siyosiy nizolarning dinamikasi harbiy kadrlarni tayyorlash tendensiyasini belgilab, P.I.Obrazsov va V.M.Kosuxinning ko'rsatib o'tishicha, harbiy didaktikaning asosiy tamoyillari asosida harbiy bilimlar kursantlarga berilishi lozim, harbiy-kasbiy bilimlarini, harbiy kasbning ko'nikma va malakasini shakllantirishda esa dala-o'quv mashqlari jarayonida olingan baho, mezon hisoblanishi lozim[7, 317-bet]. Shu tariqa, harbiy kadrlarni tayyorlash tendensiyasini nafaqat harbiy fan va harbiy texnikaning yutuqlari, balki harbiy to'qnashuvlar dinamikasi belgilab beradi. Bu harbiy-pedagogik va harbiy-tarixiy xususiyatlarni inobatga olib:

birinchidan, harbiy kadrlarni tayyorlash tarixiy davriylik asosida rivojlanib, harbiy to'qnashuvlarning takomillashuvi natijasida harbiy kasbning talablari shakllanib, ortib bormoqda. Bu o'z navbatida, "harbiy fan - harbiy ta'lim - harbiy amaliyot - harbiy-ilmiy faoliyat - harbiy pedagog - ilmiy-uslubiy manba - kursant -qo'shin" tarzida mantiqiy aloqadorlikni ta'minlashni;

ikkinchidan, o'tmishda harbiy kasb talablari har bir mintaqani geosiyosiy vaziyati va dushmanlarni real va potensialligini inobatga olgan holda rivojlangan. Bugungi kunda, harbiy kadrlarni tayyorlashda umumiylik va xususiylik asosan qurol -aslahalar darajasida, kiyim-kechak va suvoriy usullarida kuzatiladi deb ko'rsatish mumkin. Agarda harbiy meros, harbiy-professional kadrlarni tayyorlash nuqtai nazari asosida o'rganilsa, milliy harbiy ta'lim tarixi tiklanib, harbiy xizmatchilarimizda milliy iftixor, milliy g'urur va sharaf ruhida shaxsiy va harbiy-professional darajada rivojlanadi.

REFERENCES

1. Алимардонов З.Ш. Мустакил таълим жараёнида булажак офицерларнинг касбий компетентлигини шакллантиришни такомиллаштириш //УР Миллий гвардияси Х,Т Институтининг Ахборотномаси, 2018. № 2. -Б. 38-41.

2. Данилов А.Н. Компетентностная модель: опыт проектирования / А.Н. Данилов, Н.В. Лобов, В.Ю. Столбов // Высшее образование сегодня. - 2013. -№6. - С. 25-33.

3. Воробьев Э.А. В интересах высокого профессионализма (о ввузах) // Войсковой вестник. - Москва, 1994. -№ 2. - С. 22.

March, 2024

91

4. Кудрявцев Ю. Подготовка командных кадров к воспитательной деятельности в вузах США, ФРГ и Великобритании. -http://pentagonus.ru/publ/9-1-0-218, Ленев Ю.А. Формирование профессиональных качеств у курсантов (исследование на материалах ВВУЗов войск связи) // Дис.... канд.. пед.. наук. -М.: 1993. - 277 с.

5. Кравчун Н.С. Развитие теории и практики воспитания советских воинов // Дис. ... д-ра пед. наук. - М., 1973. - 434 с.

6. Leadership in the Canadian Forces: Leading People. - Kingston, ON: Canadian Defence Academy, 2007. - р. 191., Hoffman Frank. Bridging the Civil-Military Gap // Armed Forces Journal December, 2007. -Р. 18.

7. Образцов П.И., Косухин В.М. Дидактика высшей военной школы: учебное пособие. - Орел: Академия Спецсвязи России, 2004. - 317 с.

8. Глебов В.А. Сущность профессиональных компетенций курсантов военного вуза // Современные проблемы науки и образования, 2013. №5. - С.23-26.

9. Психология и педагогика. Военная психология: Учебник для вузов. / Под ред. А.Г.Маклакова. - СПб.: Питер, 2005. - С. 464.

10. Ленев Ю.А. Формирование профессиональных качеств у курсантов (исследование на материалах ВВУЗов войск связи) // Дис. ... канд.. пед.. наук. -М.: 1993. - 277 с.

11. Клочко Н.Ю. Профессионализм и ценностные ориентации. - http: // nostalgia. ncstu.ru / content /_ docs /pdf/conf/ past / 2002 / skgti 2 /philos / 05.

12. История войн и военного искусства. - Москва, 1970. - 560 с., Дюпюи Р.Э., Дюпюи Т.Н. Война полная энциклопедия / Все битвы, сражения и военные компании мировой истории с 4-го тысячелетия до нашей эры до конца ХХ века. - М.: Центрполиграф, 2015. - 1183 с.

13. Военная энциклопедия Белорус^ - Мшск: Белорус, 2010. - 1136 с.

14. Леухин О.Н. Процесс адаптации курсантов к военно-профессиональной деятельности в системе «военный вуз - войска» // Дис. ... канд...пед...наук. -Казань, 2006. - С.47.

15. Сливин Т.С., В.В.Тананайко Военно-учебные учреждения СССР в послевоенные годы // Мир образования - образование в мире. 2015. - №1(57). -С.48-51.

16. Abdinazarovich, R. D., Jo'rayevna, N. N., & Saparbayevna, J. N. (2023). MARKAZIY OSIYO MINTAQASIDA IJTIMOIY XIZMATNING SHAKLLANISH GENEZISI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 6(4), 1005-1009.

17. Abdinazarovich, R. D. (2023). SOME COMMENTS ON THE DEVELOPMENT OF MILITARY SOCIOLOGY IN

March, 2024

92

UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11 (5), 646-

18. Abdinazarovich, R. D. (2023). PATRIOTIC HYMN IN THE NATIONAL SPIRITUAL HERITAGE (AS AN EXAMPLE OF UZBEK FOLK PROVERBS). Academia Science Repository, 4(5), 1049-1058.

19. Abdinazarovich, R. D., Saparbayevna, J. N., & Jo'rayevna, N. N. (2023). OILALARNING O „ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI SOTSIOLOGIK TAHLILI (HARBIY XIZMATCHILARNING OILASI MISOLIDA). World of Science, 5(5), 29-33.

20. Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2024). Socio -Philosophical Reflection of the Social Sphere Model. Modern Science and Research, 3(1), 1-6.

21. Nosirov, R., Yunusova, N., Nazarova, N., & Shamsiddinova, E. (2023, June). Occupational problems in youth competitiveness. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.

650.

March, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.