Научная статья на тему 'HAMKORLIK ASOSIDA UMUМTA`LIM MAKTABLARIDA TA`LIM-TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH'

HAMKORLIK ASOSIDA UMUМTA`LIM MAKTABLARIDA TA`LIM-TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2019
158
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hamkorlikda o‘qitish / hamkorlik pedagogikasi / o‘quvchi / o‘qituvchi / tanqidiy fikrlash / interfaol metodlar / mustaqil fikr / do‘stona munosabat. / cooperative teaching / cooperative pedagogy / student / teacher / critical thinking / interactive methods / independent thought / friendly attitude.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Самигова, Комила Абдурауфовна

Hamkorlikda o‘qitish pedagogikasi pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan. Bu texnologiya ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta’lim sifati va samardorligini oshirishga xizmat qiladi. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarning asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalarni bajarish, masalalar yechishni o‘z ichiga oladi. Maqolada aynan hamkorlik pedagogikasining rivojlanish tarixi, uning o‘qitish jarayonidagi o‘rni haqida va o‘tkazilgan tajriba asosidagi fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE EDUCATIONAL PROCESS IN SECONDARY SCHOOLS ON THE BASIS OF COOPERATION

Cooperative teaching pedagogy is based on improving the pedagogical process and focusing it on the personality of the student. This technology serves to create a creative environment aimed at the formation of a creative personality, to increase the quality and efficiency of education. Collaborative teaching includes the main processes of training: collaborative exchange of ideas, conversation, analysis, discussion, negotiation, performance of practical tasks, problem solving. The article describes the history of the development of cooperative pedagogy, its role in the teaching process, and opinions based on the experience.

Текст научной работы на тему «HAMKORLIK ASOSIDA UMUМTA`LIM MAKTABLARIDA TA`LIM-TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

HAMKORLIK ASOSIDA UMUMTALIM MAKTABLARIDA TALIM-TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

Hamkorlikda o 'qitish pedagogikasi pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni o'quvchi shaxsiga yo'naltirishga asoslangan. Bu texnologiya ijodkor shaxsni shakllantirishga yo 'naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta 'lim sifati va samardorligini oshirishga xizmat qiladi. Hamkorlikda o 'qitish mashg 'ulotlarning asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalarni bajarish, masalalar yechishni o 'z ichiga oladi. Maqolada aynan hamkorlik pedagogikasining rivojlanish tarixi, uning o'qitish jarayonidagi o'rni haqida va o 'tkazilgan tajriba asosidagi fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: hamkorlikda o'qitish, hamkorlik pedagogikasi, o'quvchi, o 'qituvchi, tanqidiy fikrlash, interfaol metodlar, mustaqil fikr, do 'stona munosabat.

Cooperative teaching pedagogy is based on improving the pedagogical process and focusing it on the personality of the student. This technology serves to create a creative environment aimed at the formation of a creative personality, to increase the quality and efficiency of education. Collaborative teaching includes the main processes of training: collaborative exchange of ideas, conversation, analysis, discussion, negotiation, performance of practical tasks, problem solving. The article describes the history of the development of cooperative pedagogy, its role in the teaching process, and opinions based on the experience.

Keywords: cooperative teaching, cooperative pedagogy, student, teacher, critical thinking, interactive methods, independent thought, friendly attitude.

совершенствовании педагогического процесса и ориентации его на личность учащегося. Данная технология служит для создания творческой среды, направленной на формирование творческой личности, на повышение качества и эффективности образования. Кооперативное обучение включает в себя основные процессы обучения: совместный обмен мыслями, беседу, анализ, дискуссию, переговоры, выполнение практических заданий, решение проблем. В статье описывается история развития кооперативной педагогики, ее место в учебном процессе, мнения, основанные на опыте.

Самигова Комила Абдурауфовна

603- ДМТТ психологи ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Кооперативная педагогическая педагогика основана на

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ключевые слова: кооперативное обучение, кооперативная педагогика, ученик, учитель, критическое мышление, интерактивные методы, самостоятельное мышление, доброжелательное отношение.

HamkOTlikda o'qitish pedagogika fanida ancha yillardan buyon amalga oshirlimoqda. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi nimanidir birgalikda bajarish emas, balki birgalikda o'qishdir. Hamkoгlik ta'limi pedagog va o'quvchilami ta'limiy faoliyat jarayonida birgalikda rivojlanishi, bir-birini chuqur tushuna olishi, bir-birlariga nisbatan qalban yaqinlikni his qilishi, faoliyat bosqichlari va shu bosqichlaгda erishilgan natijalami hamkoгlikda tahlil qilishdan iborat bo'lib, ilg'oг, гivojlantiгuvchi g'oyalarni o'zida aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

O'tgan asming 70-yillarida J.Dyui ham- koгlikda o'qitishda natijalami oldindan ko'ra bilish, amaliy faoliyatni tashkil etish g'oyasini ilgaгi surdi. Ta'lim jarayonida kichik guгuЫaгda o'qitishdan Geгmaniya, Nideгlandiya, Buyuk Bгitaniya, Avstraliya, Isroil, Yaponiyada foydalanilgan.

Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (Sh.A.Amonashvili, S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, Y.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o'qituvchi va o'quvchilaг) o'rtasida insonpaгvaгlik tamoyiliga asoslangan o'zaгo munosabatlami tashkil etishini ta'kidlab o'tadilaг [1]. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalaг A.Avloniy, G'.G'ulom, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers va boshqa- laming pedagogik qarashlarida o'z ifodasini topgan.

Pedagogik hamkoriik g'oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va «XXI asr ta'limi konsepsiyasi» asosini tashkil etadi.

Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta'limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o'rin tutadi. Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iboratdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Shaxsga yo'naltirilgan (rivojlantiruvchi)texnologiyalar asosida quyidagi fikrlar

1. Shaxsga ta'limning maqsadi sifatida yangicha qarash [2]: bola maktabda to'la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub'ekt; shaxsning rivojlanishi -ta'lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o'z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta'lim maqsadining asosi kabi g'oyalarlarni aks ettiradi.

2. Pedagogik munosabatlarni insonpar- varlashtirish va

KIRISH

muhim o'rin tutadi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo'lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolani o'z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o'qituvchi va o'quvchining huquq jihatdan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o'z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo'lish kabi holatlarni ifodalaydi.

3. Individual yondashishning yangi tal- qini. Uning mazmuni o'quv fanini o'quvchiga emas, balki bolani o'quv faniga yo'naltirishdan iborat. Individual yondashish quyida- gilarni o'z ichiga oladi: materialni o'rtacha o'zlashtiruvchi o'quvchilarga mo'ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko'ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.

4. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Men-konsepsiyasi - bu shaxsning o'zi haqidagi tasavvur- lari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo'lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o'zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag'batlantirib, shaxsninng ijo- biy namoyon bo'lishiga yordam beradi [3]. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o'zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo'nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o'qish natijalarini yomon- lashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O'qituvchining vazifasi har bir o'quvchi timsolida komil shaxsni ko'rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat.

5. «Nimaga?» va «Qanday ta'lim?» masa- lasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta'lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.

Zamonaviy maktabda tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g'oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o'quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo'yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg'unlikda olib borish.

Hamkorlik ta'limi quyidagi maqsadli yo'nalishlarga asoslanadi [4]:

• pedagogik talabni inkor etgan holda ta'limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish;

• o'quvchilarga insonparvarlik g'oyalari asosida individual yondashish;

• ta'lim jarayonida kasbiy va ma'naviy birlikning qaror topishiga erishish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hamkorlik ta'limining asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlarini birgalikda bajarish hamda birgalikda ta'lim olishni nazarda tutadi. Bunday ta'lim texnologiyasini qo'llashda o'quvchilar o'quv topshiriqlarini sheriklari bilan hamkorlikda to'g'ri bajarishlari bilan birga, guruhning har bir a'zosida ta'limiy faollikni yuzaga keltirishga ham e'tibor qaratilishi lozim.

6. Hamkorlikda o'qitish o'qituvchining ta'lim- tarbiya jarayonida o'quvchilar guruhi, yakka tartibda, jamoa bilan o'zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi, o'quvchilarning o'zaro qo'llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi interfaol jarayon hisoblanadi. O'quvchilar topshiriqlar ustida kichik guruhlarda hamkorlikda ishlaydilar va o'zlariga hamda o'z guruhlaridagi o'rtoqlariga birgalikda yordam beradilar.

Hamkorlikda o'qitish metodlari quyi- dagi beshta xususiyatga ega:

1. O'quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o'rganilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, guruhiy ish natijasida mavzu (material) yaxshi o'zlashtiriladi.

2. O'quvchilar 2-3 kishilik kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.

3. O'quvchilar umumiy vazifalarning yechi- mini topishga erishish yoki o'rganish faoliya- tini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilin- gan hulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.

4. O'quvchilar mustaqil bo'lishadi. Umumiy vazifalarning yechimni topishga erishadilar. O'qituvchi o'rganish faoliyati bo'yicha ishlarni tashkil etadi, tayyorlaydi, ularni talab darajasida sifatli amalga oshirilishni ta'minlaydi, muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil qiladi. Mashg'ulot va topshiriqlar o'quvchilarning bir-birlariga ko'maklashishlarni talab etadigan holda tuziladi.

5. O'quvchilarning ta'lim olish jarayonidagi mas'uliyati oshadi.

Hamkorlikda o'qitish nimadan boshlanadi?

guruhda har bir sherik bilan birgalikda harakat qilish;

• berilgan topshiriqlarga jiddiy qarab, faol ishlash;

• sheriklar bilan muloyim va samimiy muloqotda bo'lish;

• butun guruh, jumladan sherik yutuqlarini o'z yutug'i singari qabul qilish va birgalikda quvonish.

Hamkorlikda o 'rganish o 'quvchiga nima beradi?

• o'quvchining o'rganish jarayonini boyitadi;

• o'quvchilarga kognitiv (atrof olam haqidagi bilim doirasini kengaytirish, bilish ehtiyojlarini rivojlantirish ta'limi) axborot beradi;

• o'quvchilarda materialni o'rganishga ishtiyoq uyg'otadi;

300

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences A ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

• o'quvchilarning o'z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarni shakllantirish imkoniyatlarnikengaytiridi;

• axborotni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;

• o'quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlar beradi;

• turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy darajadagi guruhlar o'rtasida ijobiy o'zaro munosabatlarni ilgari suradi;

hamkorlik shunday holatki, ta'lim jarayoni su'bektlari birgalashib faoliyat qi ladi, o'rtoqlik, o'zaro yordam, jamotchilikyuzaga keladi.

Hamkorlikda o'qitish konsepsiyasi quyidagilardan tarkib topadi [S]:

• o'quvchi bilan hamkorlik munosabati;

• o'quvchida ijobiy emotsional qoniqishhosil qilish;

• maktab ta'limini muvaffaqiyatli amalga oshirish;

• muloqot va mehnat qilish ko'nikma vamalakasini hosil qilish;

• o'quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontirish;

• o'quvchiga yordam berish g'oyasi;

• har bir o'quvchi sinf ishida erkin qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak;

• o'quvchilar ishini rag'batlantirish maqsadida baholash.

Hamkorlikda o'qitish texnologiyasiga asoslangan mashg'ulotlarda bir qancha

metodlar-dan foydalanish mumkin (1-rasm).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1-rasm. Hamkorlikda o'qitish metodlari [4]

Hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridansamarali foydalanishning o'ziga xos pedagogik-psixologik va uslubiy asoslari:

• tashkiliy-pedagogik asoslar - o'quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o'zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida o'quv mashg'uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit imkoniyatlarini belgilash va amalga oshirish;

• psixologik asoslari - o'quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish, o'quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, dars mazmunidagi tushuncha, atama va boshqa shartlarning o'quvchi uchun sodda va tushunarli bo'lishi;

• uslubiy asoslari - mashg'ulot uchun zarur vositalarni oldindan tayyorlash, ularning talab darajasida, sifatli bo'lishni ta'minlash;

• muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish.

Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari o'quvchilarning kreativ (tadqiqotchilik xarakteriga ega, ijodiy tafakkurni jadal ravishda rivojlantirish ta'limi) qobiliyatlarini takomillashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi ma'lum. O'quvchilarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishiga quyidagi fazilatlar katta ta'sir ko'rsatadi:

• ijodiy fikrlash;

• o'quvchi qadr-qimmatini tan olish;

• atrof-muhit ta'siriga bolalar sezgirligini rivojlantirish;

• g'oyalar va ob'ektlarni erkin egallashga yo'naltirish;

• ijodiy jarayonlar to'g'risida asoslangan axborot bera bilish ko'nikmasini shakllanti-rish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• tanqidni to'g'ri asoslab bera bilishni rivojlantirish;

• o'zini hurmat qilishni rag'batlantirish;

• baho olishda qo'rqish hissini jilovlashga o'rgatish.

Hamkorlikda o'qitish jarayonidan kelib chiqib quyidagi xulosalarni chiqarishimiz

• o'quvchilar dars mazmuniga ijodiy yondashadi;

• dars jarayonidagi axborotni tahlil va tanqid qilib, o'z xulosalarni

• bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llaydi;

• hamkorlikda o'qiyotgan o'quvchilar muvaffaqiyatga erishish uchun bir-

XULOSA

mumkin:

asoslaydi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

birlariga ko'maklashadilar.

Hamkorlikda o'qitishga asoslangan pedagogik jarayonda yuqorida qayd etilgan g'oyalar asosida shaxsga yo'naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta'lim texnologiyasining mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta'lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-sharoit yaratish emas, balki unga o'z o'zini tarbiyalashga yordam berishdan iborat bo'lishi lozim.

REFERENCES

1. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N., Matnazarova K., Xolmatov P., Shirinov M.Pedagogika. (2016). Darslik. - T.: «Navro'z».

2. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S.A. (2008). Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotgajoriy qilish. - T.: «Fan va texnologiyalar».

3. Safin D.V., Musina R.G. (2017). Ta'lim berish va o'qishning interaktiv usullari. O'quv qo'llanma. 5-modul, - T., -43-b.

4. Obrazovanie: odnim bolshe, drugim menshe? (2017). Regionalnoe issledovanie v oblasti obrazovaniya v sentralnoy i Vostochnoy Yevrope i SNG. YuNISEF. -M., -S. 48.

5. Umarova F. va boshqalar. (2018). Samarali maktab va hamkorlik madaniyati: Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilarining metodik guruhlarni o'qitish modullari. - T.: «Ipak yo'li poligraf».

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.