Научная статья на тему 'TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA HAMKORLIKDA O’QITISHNING O’RNI'

TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA HAMKORLIKDA O’QITISHNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
597
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodkor shaxs / ijodiy yondashuv / ijodiy qobiliyat / hamkorlik pedagogikasi / hamkorlikda o’qitish texnologiyasi / shaxsga yo’naltirilgan ta’lim / creative personality / creative approach / creative ability / collaborative pedagogy / collaborative learning technology / person-centered learning.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Davronova, Go’zal Mardonovna

Ushbu maqolada talabalarda zamonaviy kasbiy mahorat ko’rsatkichlarini aniqlashning asosiy mezonlaridan biri bo’lgan, ijodiy qobiliyatlarni takomillashtirishda hamkorlikda o’qitishning ahamiyati va o'ziga xos jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF COOPERATIVE TEACHING IN STUDENTS DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES

This article discusses the importance and specifics of collaborative learning in improving students ’creative abilities, which is one of the main criteria for determining modern professional skills.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA HAMKORLIKDA O’QITISHNING O’RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA HAMKORLIKDA O'QITISHNING O'RNI

Davronova Go'zal Mardonovna

Samarqand davlat universiteti dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalarda zamonaviy kasbiy mahorat ko 'rsatkichlarini aniqlashning asosiy mezonlaridan biri bo'lgan, ijodiy qobiliyatlarni takomillashtirishda hamkorlikda o'qitishning ahamiyati va o'ziga xos jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: ijodkor shaxs, ijodiy yondashuv, ijodiy qobiliyat, hamkorlik pedagogikasi, hamkorlikda o 'qitish texnologiyasi, shaxsga yo 'naltirilgan ta 'lim.

THE ROLE OF COOPERATIVE TEACHING IN STUDENTS DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES

ABSTRACT

This article discusses the importance and specifics of collaborative learning in improving students 'creative abilities, which is one of the main criteria for determining modern professional skills.

Keywords: creative personality, creative approach, creative ability, collaborative pedagogy, collaborative learning technology, person-centered learning.

РОЛЬ КООПЕРАТИВНОГО ОБУЧЕНИЯ В РАЗВИТИИ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ СТУДЕНТОВ

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются значение и специфика совместного обучения в совершенствовании творческих способностей студентов, что является одним из основных критериев определения современных профессиональных умений.

Ключевые слова: творческая личность, творческий подход, творческая способность, коллаборативная педагогика, технология коллаборативного обучения, личностно-ориентированное обучение.

KIRISH

Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy sharoitida ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarini, jumladan, oliy ta'limni isloh qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu o'zgarishlarning asosiy maqsadi, ijodiy faoliyatga qodir bo'lgan tashabbuskor

763

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shaxsni shakllantirishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish ta'limni insonparvarlashtirish g'oyasi bilan uzviy bog'liq bo'lib, oliy ta'limning maqsadli tamoyillaridan biri sifatida bo'lajak o'qituvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish muammosini dolzarblashtirishni o'z ichiga oladi.

"Ijodkor shaxs", "ijodiy yondashuv", "ijodiy yutuqlar"," ijodiy o'ylang","ijodkorlikning namoyon bo'lishi"... Ushbu tushunchalar jamiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlashda, zamonaviy kasbiy mahorat ko'rsatkichlarini aniqlashning asosiy mezonlaridan biri bo'lib, eng yaxshilar orasida eng yaxshisi hisoblanadi.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida, uning kelajagini belgilovchi yoshlarni har tomonlama yetuk, komil, yuksak madaniyatli va ma'naviyatli bo'lib yetishishint ta'minlash yo'lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining asosiy bo'g'ini sifatida musqa ta'limi pedagog xodimlarning yuqori ilmiy metodik bilimlarga, yuksak maxoratga ega bo'lishi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamizda inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy strategik vazifalar sifatida belgilangan [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy - ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'rsida" PQ 5040- son Qarori [2], O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida" PQ 5039-son Qarori [3], O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6000-son Farmoni [4], Madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash maqsadida, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora- tadbirlar, hamda, mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda va ularni ijrosini ta'minlashda ushbu mavzuga oid izlanishlar va ularning natijasi muayyan darajada muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Oliy ta'lim muassasalari oldiga qator muhim vazifalarni belgilanishi, pedagogik kadrlar tayyorlash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Shuni alohida takidlash joizki, yangi O'zbekistonimizni yuksalishi yo'lida xalqimizning ma'naviyati va ma'rifatini takomillashtirishda musiqa darsi nafaqat fan sifatida, balki, jamiyatimizda shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Zamonaviy fanda bo'lajak o'qituvchining ijodiy salohiyatini rivojlantirish muammosini shakllantirish va hal etish uchun zarur bo'lgan bilimlar majmui mavjud. Ushbu muammoni hal etish ijodkorlikni rivojlanish mexanizmi sifatida faoliyatli yondashuv va pedagogik hamkorlikda o'qitish bilan bog'liq bo'lgan masalalar respublikamiz olimlaridan B.R.Adizov, B.Ziyomuhamedov, R.Ishmuhamedov, O.Musurmonova, Z.A.Xolmatovalarning ishlarida, musiqiy pedagogikada ijodning turli qirralarini o'rganish, o'qituvchilarning zamonaviy sharoitda ijodiy izlanishlari bo'yicha Rossiyalik olimlar L.G. Archazxnikova, V.K. Tevlina, T.V. Petrova, O.I. Evdokimova, A.N. Baskakova va boshqalar tadqiqot ishlarini olib borishgan.

Zamonaviy musiqa va pedagogik tadqiqotlarning tahlili musiqa o'qituvchilarini tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlari muammosiga qiziqishning ortganligini ko'rsatadi, chunki musiqa ta'limi mohiyatan jamiyatni ma'naviy yuksalishida, madaniyatini oshirishda asosiy omili hisoblanadi.

Jamiyatimizda yetishib chiqayotgan mutaxassis musiqa o'qituvchilari musiqa ta'lim tizimining barcha jabhalarida birdek musiqa darslarining spesifik xususiyatiga qo'yilgan talablarni mukammal darajada bajarishga qodir deb bo'lmaydi. Talabalarda pedagogik maxorat, musiqiy va ijodiy qobiliyatlarni shakillantirish, bir qadar darslarni samarali va qiziqarli, tashkil qilish imkonini beradi.

Musiqa darslarining spesifik xususiyatlarining 4- bandida "Musiqa bolaga faol emosional ta'sir ko'rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar ug'otadi. Yaxshi, mazmunli qiziqrarli musiqa darslaridan bolalar badiiy va ma'naviy ozuqa oladilar. Musiqa darsi o'zining faol psixologik ta'siri hamda qizg'in ijodiy faoliyati bilan boshqa fanlardan farq qiladi [5]

Dars, o'quvchi-talabalarning tarbiyalashning uzluksiz jarayonidagi muayyan bir bosqich hisoblanadi. O'z navbatida ularni tarbiyaviy vazifalari musiqa o'quv ishini tashkil etishga va uning metodikasiga jiddiy ta'sir o'tkazadi. Masalan: talabalarda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bilim olish faoliyatini shakllantirish, darsda ijrochilik maxoratini oshiruvchi topshiriqlarini, ijodkorlikka yo'naltiruvchi vositalarni mustaqil ravishda ishlashning har - xil turlariga ko'proq e'tibor berilishini taqozo etadi. Musiqa darsining o'ziga xos tomoni shundan iboratki, darsda musiqa ta'limi vazifalaridan tashqari, badiiy ijodkorlik vazifalari ham qo'yiladi. Ijodkorlik-o'quvchi-talabalarning xotirasini faollashtiradi, fikrlashni, kuzatuvchanlikni, maqsaga intilishni rivojlantiradi.

Oliy ta'lim muassasalarini asosiy vazifasi, har bir yoshning shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning tashabbuskorligi va ijodkorligini kuchaytirishdir. Bunda hamkorlik pedagogikasi- bu talaba shaxsiga yo'ldir.

Shaxsga yo'naltirilgan pedagogika tamoyiliga asoslangan ijodiy hamkorlik natijasida va o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar jarayonida talabalarning ijodiy qobiliyatlari to'liq amalga oshiriladi. Ijodiy qobiliyatlar xususida so'z borganda, Rossiyalik olimlardan I.P Volkov, "ijodiy qobiliyatlarni aniqlash va rivojlantirish - talabalarni turli xil ijodiy faoliyat bilan tanishtirish", G.S. Alsxuller -"ijodiy faoliyat bilan shug'ullanish"; "ijodiy xayolot texnikasi bilan tanishtirish"; I.P. Ivanovda- " Bu ijtimoiy madaniyatni yuksaltirishga qodir, ijtimoiy faol ijodkor shaxsni tarbiyalash"[6] - deb ta'kidlashgan.

Har bir Talabaning shaxsiy xususiyati, imkoniyatiga qarab ijodiy qobiliyati, ishtiyoqi, qiziqishini samarali rivojlantirish:

- yechimi aniq bo'lgan ijodiy vazifalar berish;

- pedagogik faliyatda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarni mustaqil hal qilishga o'rgatish;

- musiqa darslarida faoliyat turlarini samarali va qiziqarli tashkil qilishda ijodiy muxitni yarata bilish;

- Mutaxassislik fanlarining amaliy mashg'ulotlar jarayonida talabalardagi ijodiy qobiliyatlarni faollashtirish va yo'naltirish usullari bilan amalga oshirilishi mumkin.

- Talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish ularning qiziqishi, xohish-istaklari bilan ham bog'liq.

Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish ta'lim jarayoniga ijodiy yondashuv asosida amalga oshadi. Ijodiy yondashuv esa shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarini to'la amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Shunday shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalaridan biri - hamkorlikda o'qitish texnologiyasidir. Bunda ayniqsa, guruhlarda o'qitish, muammoli o'qitish, modulli o'qitish, individual ta'lim asosida o'qitish kabilar yuqori samara beradi.

Hamkorlikda o'qitishning barcha texnologiyalari, o'qituvchi va talabaning psixologik aloqasi uchun imkoniyat yaratadi. Shaxslararo aloqalarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

demokratlashtirish talabaning asosiy psixologik xususiyatlarini rivojlantirish uchun qulay vositadir.

Ijodiy qobiliyatlar - bu turli ijodiy faoliyatning samarali bajarilganligini aniqlaydigan talabaning individual psixologik xususiyatidir. Talabaning faoliyatida turli ijodkorlik ko'rinishlari mavjud bo'lib, badiiy ijodiy, mutaxassislik fanlarini o'zlashtirish jarayonida ("Cholg'u ijrochiligi, "vokal ijrochiligi", "an'anaviy xonandalik", "dirijyorlik" fanlarini samarali o'rganish imkonini beradi; "musiqa o'qitish metodikasi" va "musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" "musiqa to'garaklarini tashkil etish "va boshqa fanlarining amaliy mashg'ulotlarida o'qituvchilik maxoratini shakllantirishda) kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko'rishga oid topshiriqlarni bajarishda: asarlar ijrosida, asar mazmunini ifodalashda, slaydlar tayyorlashda, dars ishlanmalar tayyorlashda, ssenariylar tuzishda, musiqiy to'garaklarni rejalashtishda musiqiy diklomasiya qilishda, musiqiy foliyat turlarini olib borishda, metod va texnologiyalardan foydalanishda va pedagogik texnikani oshirishda ijodiy qobiliyati shakllanadi, rivojlanadi, va takomillashib boradi. Bunda professor- o'qituvchining talaba bilan hamkorlikda ishlash jarayonida to'g'ri yo'nalish berishi va natijani nazorat qilib borishi muhim ahamiyatga ega.

Talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda o'quv faoliyatining asosi bo'lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o'qituvchi va talaba faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta'lim jarayonining sifatini ta'minlashga xizmat qiladi.

Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida bo'lajak o'qituvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasini quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirish mumkin: -talabalar e'tiborini masalani hal qilishda qo'llanilgan usulning universalligi, keng qamrovligiga qaratish;

-talabalrda ijodiy takomillashuvni darsning maqsadi sifatida emas, balki darsda qo'yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo'l, imkoniyat sifatida qaralishi;

-talabalar o'zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g'oyalar ijodkorlik darslarinining asosiy mahsuli sifatida qaralishi;

-kasbiy tayyorgarlik jarayonida, berilgan topshiriqga oid axborotlarni yig'ish, tahlil va talqin qilishda, ijodkorlikni yo'lga qo'yishning muhim jihati sifatida qaralishi;

-shaxsda ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashni ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan mashg'ulotlarining muhim jihati sifatida qaralishi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa o'mida, talabalarda ijodiy qobiliyatni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari ularga musiqiy asarlarni o'rgatishda texnologik va ijodiy-tadqiqiy yondashuv asosida ta'lim-tarbiya berishda hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Talim jarayonini samaradorligini oshirish, ta'lim oluvchilarning musiqiy kompetensiyalarini o'zlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda, talabaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hamkorlik o'qitishni tizimli tarzda qo'llash muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni// Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y.;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy - ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'rsida" 26.03 2021 yildagi PQ 5040- son Qarori;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida" 26.03.2021 yildagi PQ 5039-son Qarori;

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6000-son Farmoni;

5. Sharipova, G. Najmetdinov, Z. Xojdjayevlar, "Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari" Darslik, "TURON-IQBOL" - 2018 yil. 28- bet.

6. Selevko G.K. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari - M, 2001y. 236 b.G.

7. Abdullayeva Sh., Choriyev R. Hamkorlik pedagogikasi. -T.: «Kamron Press», 2016.-73-74-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.