Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI HAMKORLIKDA TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI HAMKORLIKDA TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

638
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa madaniyati / hamkorlik / texnologiya / pedagogika / metodika / tahlil / musiqiy terminlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umida G‘ayibayevna Matyaqubova

Rеspublikamizda yangi pеdagogik tеxnologiyaning nazariy asoslarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati ta„lim tizimini isloh qilish, uning salohiyatini jahon miqyosiga olib chiqish, ta„lim bozorini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasidan kеlib chiqadi. Hamkorlikdagi munosabatlar shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakillanishida katta rol o„ynaydi. Hamkorlikda o„qitish texnologiyasi o„quvchi va o„qituvchi o„rtasida o„rganilayotgan mavzuni noan„anaviy tarzda o„zlashtirib, dars jarayonida har ikki tarafning faol harakatda bo„lishini ta„minlaydi. Ushbu maqolada musiqa darslarida hamkorlikda o„qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI HAMKORLIKDA TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-595-600

MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI HAMKORLIKDA TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI

Umida G'ayibayevna Matyaqubova

Urganch Davlat Universiteti Sanatshunoslik fakulteti "Musiqa talimi" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Rеspublikamizda yangi pеdagogik tеxnologiyaning nazariy asoslarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati ta'lim tizimini isloh qilish, uning salohiyatini jahon miqyosiga olib chiqish, ta'lim bozorini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Hamkorlikdagi munosabatlar shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakillanishida katta rol o'ynaydi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida o'rganilayotgan mavzuni noan'anaviy tarzda o'zlashtirib, dars jarayonida har ikki tarafning faol harakatda bo'lishini ta'minlaydi. Ushbu maqolada musiqa darslarida hamkorlikda o'qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, hamkorlik, texnologiya, pedagogika, metodika, tahlil, musiqiy terminlar.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF TECHNOLOGY OF COOPERATION OF

MUSIC CULTURE COURSES

ABSTRACT

The need to create and introduce new pedagogical technologies and theoretical foundations in our country is based on the reform of the education system, bringing its potential to the global level, creating an education market, and training highly qualified professionals. Collaboration plays a major role in forming the consciousness and human personality. Collaborative teaching technology ensures that learners and teachers have a non-traditional knowledge of the subjects studied and that both participants are active in the course.

Keywords: music culture, collaboration, technology, pedagogy, methodology, analysis, musical terms.

KIRISH

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich va

muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyati, uning kasbiy

nufuzini oshirish bilan bog'liqdir. Shunday ekan, sog'lom va har tomonlama

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 595 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-595-600

barkamоl avlodni tarbiyalash uzluksiz ta'lim tizimida mеhnat qilayotgan pеdagоgning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidоiyligiga, uning yosh avlоdni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bоg'liqdir. O'qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig'ini bajaradi, har tоmоnlama еtuk mutaхassislami tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimоiy-siyosiy, pеdagоgik va shaхsiy talablarga javоb bеrishi lоzim. Shunday ekan, o'qituvchi mustaqillik g'oyasiga e'tiqodli, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma'lumoti bor, ya'ni o'z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo'lishi hamda turli pedagogik vazifalarni tezda echishi, vaziyatlarni sezishi, o'rganishi va baholay olishi kerak. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo'lishi lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan avlodni tarbiyalash nozik va nihoyatda katta diqqat-e'tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib etadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lgan o'qituvchi, avvalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko'pchiligi ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar. Shu sababli ular o'z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga, hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o'zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar.

Ta'lim jarayonini tubdan isloh etish, ta'lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularning moddiy texnik bazasini tubdan yangilash borasidagi amaliy faoliyat yuritish ishlariga bugungi kunga kelib keng imkoniyatlar yaratib berildi va bu borada katta yutuqlarga erishildi. Shu bilan bir qatorda, ta'lim sohasida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash va interfaol usullardan foydalanish o'quvchi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-595-600

yoshlarda ilmga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirishda muhim omil bo'lib hizmat qilish va samaradorlikni oshirish imkoniyatini yaratadi.

Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida o'rganilayotgan mavzuni noan'anaviy tarzda o'zlashtirish, dars jarayonida har ikki tarafning faol harakatda bo'lishini ta'minlaydi. Zamonaviy pedogogik texnologiyalardan keng foydalanish, dars jarayoni ishtirokchilarini birgalikda, umumiy topshiriqlar yoki o'rganilayotgan faoliyat ustida hamkorlikda, guruh bo'lib ishlashlari uchun zamin yaratadi. Bu jarayon o'rganilayotgan mavzuni yaxshi o'zlashtirish va mohiyatini tushunib olishlarida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Hamkorlik ta'limi pedagog va o'quvchilarning ta'limiy faoliyat jarayonida birgalikda rivojlanishi, bir - birini chuqur tushuna olishi, bir-birlariga nisbatan qalban yaqinlikni his qilishi, faoliyat bosqichlari va shu bosqichlarda erishilgan natijalarni hamkorlikda tahlil qilishdan iborat bo'lib, ilg'or, rivojlantiruvchi g'oyalarni o'zida aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlik texnologiyalariga yo'naltirilgan ta'lim, o'quv jarayonida birgalikda ta'lim olish nazarda tutiladi va o'quv faoliyati hamkorlikda amalga oshiriladilar hamda hamkorlikda ishlash jarayonida har bir guruh o'quvchilari guruhlaridagi o'rtoqlariga birgalikda yordam berish bilan birga, o'zlari ham guruhidan ma'naviy ko'mak yoki yordam oladilar.

Hamkorlik texnologiyalariga yo'naltirilgan ta'lim o'z-o'zidan pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan interfaol usullardan foydalanish jarayoni bilan bog'liqlikda kechadi. Hamkorlik texnologiyalariga yo'naltirilgan ta'lim dars jarayonida o'qituvchi ^ o'quvchi, o'quvchi ^ o'qituvchi va o'quvchilar ^ o'quvchilar shaklidagi faol munosabatlar majmuidan iboratligini ko'ramiz. Hamkorlik texnologiyalariga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida interfaol usullardan juftlikda ishlash (diadat), uchlikda ishlash (triada), to'rtlikda ishlash (kvartet) va kichik guruhlarda ishlashni kabilarni qamrab oladi.

Hamkorlikdagi munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakillanishida katta rol o'ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich ta'lim jarayonidagi yangilanishlarga o'tayotgan o'zbekiston sharoitini oladigan bo'lsak, yangicha o'zgarishlar, sifat, raqobat, ta'lim jarayonlarini ya'ni erkinlashtirish va shunga o'xshash yangiliklar har bir shaxsning ana shularga bo'lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning ongi, tafakkuri va xulqi normalarini belgilaydi.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rinni tutgan, inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Musiqa tarbiyasi esa,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-595-600

nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. O'quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta'lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. O'quvchilar nafosat hissini, san'at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san'atdan bahramand bo'lishni, avvalo maktablarga o'rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati darslari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to'garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi. O'sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go'zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir.

Shaxsni rivojlantirish uchun avvalo, uning hulqiga ta'sir etuvchi omillarni, uning tabiatini, qiziqishini o'rganish lozim. Buning uchun shaxsni turli hamkorlik munosabatlar doirasiga qo'yib kuzatish kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy hulqi, ma'naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro'yobga chiqadi. «Har bir inson - degan edi Abu Nosir Al-Farobiy - o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak etuklikka erishish uchun, insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi, shu sababli u ko'p narsalarni o'zaro yordamlashuvi orqali yetuklikka erishadi».

Bolani shaxs sifatida rivojlantirishda nasl, atrofidagi muhit, tarbiya muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi bu omillarni kuzatib, o'rganib chiqib, o'quvchilarni qiziqishi, qobiliyati, musiqaga, go'zallikka, mehnatga munosabatlariga qarab, musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarini singdira borishi lozim. Inson musiqadan umrbod zavq topadi va madad oladi. Shu bois o'quvchilarga musiqa madaniyatini tarbiyalash, yuksak did bilan qurollantirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish musiqa o'qituvchisini vazifasidir. Musiqa inson ruhiyatiga emotsional ta'sir ko'rsatish bilan birga, musiqiy tovush yordamida vujudga keladigan musiqiy ohanglar bilan ta'sir etadi, bolalarni quvontiradi, o'ylantiradi, yaxshilikka, go'zallikka etaklaydi va nafosat olamiga olib keladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Shunday ekan, musiqa madaniyati darslariga e'tibor yanada kuchayib, musiqa o'qituvchisi oldiga katta vazifalarni qo'yadi. Shu bilan birga, iqtidorli o'qituvchilarni, maktab hayotiga ommaviy va to'garak ishlariga jalb etish ham o'qituvchisi zimmasidadir. Musiqa madaniyati darslarida hamkorlikda o'qitish texnologiya va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-595-600

metodlaridan to'laqonli foydalanish va bugungi zamonaviy asarlarni musiqa darslarida qo'llash, o'qituvchidan ish mazmunini va uslubini yangilashni talab etadi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi o'z fanini puxta bilishi, bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o'qitish metodikasidan chuqur bilimga ega bo'lishi lozim. Maktab hayotida musiqa o'qituvchisini faoliyat miqyosi kengdir. Musiqa madaniyati darslaridan tashqari, o'quvchilar bilan tarbiyaviy musiqali ochiq darslar o'tkazadi. Bu hozirda ishlayotgan o'qituvchilardan ish mazmuni va uslubida yangilanish jarayonini talab etadi. Bunday talablar yangi nashrdan chiqqan qo'llanmalar, tavsiyanomalar, dasturlar, darsliklarda keng ma'noda mazmunli qilib yoritilgan. Musiqa o'qituvchisi dars jarayonida qo'shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqaga mos bolalar cholg'u asboblaridan jo'r bo'lish musiqiy ritmga harakatlar bajarish kabi dars faoliyatlarida hamkorlikda o'qitish texnologiyalarini qo'llagan holda musiqaga qiziqtira olish, ularni musiqiy qobiliyatlarini o'stirishga harakat qilish lozim. Chunki, musiqa o'quvchilarga tez ta'sir eta oladigan ta'lim-tarbiya vositasidir. U o'qituvchilarni shaxs bo'lib shakllanishi uchun ommaviy va ahloqiy tomondan ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham, musiqa madaniyati darslari, avvalo o'zaro hamkorlik darslari deb ataladi. Dars samaradorligini oshirish musiqa o'qituvchisidan mehnat, o'z faniga muhabbat, bolalarni go'zallik va nafosat olamiga olib kirish uchun bilim, musiqaga mehr va shijoat talab etadi.

Pedagogik texnologiya turini tanlash dars va mashg'ulotlarda qaysi darajadagi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish nazarda tutilganligiga bog' liqdir. O'qitish jarayonida hamkorlikda qo'llaniladigan usullar juda ko'p. Bu usullar o'quvchilarning yosh xususiyatlariga, ko'pchilikni o'qitishga yoki individual ta'lim berishga mo'ljallangan bo'ladi.

Musiqa fanlarini o'qitishda hamkorlik texnologiyalariga yo'naltirilgan ta'lim asosida tashkil etish o'quvchilarning topshiriqlarni guruhlarga bo'linib hamkorlikda to'g'ri bajarishlari bilan birga, har bir guruh a'zosining topshiriqlarni faol va tezkorlikda bajarishlariga ham e'tibor qaratish o'qituvchidan talab etiladi. O'z navbatida o'qituvchining ham o'quvchilar bilan birgalikda dars jarayonida faol kasbiy va individual hamda insonparvarlik, demokratizm tamoyillari asosidagi yondashuvni talab etadi. Bundan tashqari, o'quvchi o'z guruhidagi sheriklari bilan samimiy muloqotda bo'lishiga, butun guruh, jumladan sheriklari yutuqlarini xuddi o'z yutug'i singari qabul qilishini ham e'tibordan chetda qoldirmasligi shart.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-595-600

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni musiqa darslariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish pedagoglarda katta tajriba, mas'uliyat va o'quvchilar bilan hamkorlikda ishlashni talab etadi. Chunki, maktab yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga oladigan bo'lsak, ular musiqa madaniyati fanlaridagi musiqiy atamalarni ma'nosini tushunib olishlarida qiyinchiliklar tug'diradi. Ana shu atama va so'zlarni umuman mavzuni yoritish jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati darsni o'zlashtirishda bir qancha qulayliklar yaratadi.

O'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini ya'na qaytadan tiklab, e'tiborlarini dars jarayoniga qaratish uchun ko'proq hamkorlikda qiziqarli rolli va o'yinli interfaol usullardan foydalanish, ular o'rtasidagi munosabatlarda birgalikda bajarishni taqozo etadi. O'qituvchi dars jarayonini hamkorlikda ishlash, masalani yechimini o' quvchilar bilan birgalikda muhokama qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida, interfaol usullar yordamida dars jarayonlarini tashkil etish, o'quvchilarni bilim saviyasini va musiqa faniga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi.

Hamkorlikdagi o'quv faoliyati-bu keng ma'noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo'nalishida namoyon bo'lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, musiqa fanini o'rgatishda hamkorlik texnologiyalari asosida tashkil etish, o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, musiqaning mohiyatini tushunish, o'quvchilarning musiqa fanidagi atamalar, tushunchalar, umuman olganda fanda yoritilayotgan mavzularning o' zlashtirishlarini osonlashtiradi.

REFERENCES

1. Azizxojayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T., 2006y

2. Karimova D. Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T., Iqtisod moliya.2008y.

3. Omonov H.T., Xo'jaev N.X., Madyarova S.A., Eshchonov E.U. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T., 2012y.

4. Ismailov Tohir. "Musical currents and the formation of Russian classical music". "BecTHHK магистратуры" 2021. №5 (116) ISSN 2223-4047;

5. Ismailov Tohir. "Musiqa madaniyati darslarida rus kompozitorlari ijodi orqali o'quvchilarning estetik didini rivojlantirish" SCIENCE AND EDUCATION IN VOLUME #2 ISSUE #4, APRIL 2021;

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 600 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.