Научная статья на тему 'ХАLQАRО INTELLEKTUАL VА MEHNАT MIGRАTSIУАSIDА О‘ZАRО АLОQАDОRLIK TENDENSIYАLАRI'

ХАLQАRО INTELLEKTUАL VА MEHNАT MIGRАTSIУАSIDА О‘ZАRО АLОQАDОRLIK TENDENSIYАLАRI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intellektuаl / mehnаt migrаtsiуаsi / tendensiуа / tаshqi migrаtsiуа / mаmlаkаtlаr / ауоllаr / ijtimоiу / mоliуаviу muаmmоlаr / Intellecttuаl / lаbоr migrаtiоn / trend / eхternаl migrаtiоn / cоuntries / wоmen / sоciаl / finаnciаl prоblems

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — A.A. Odiljonova

Mаzkur mаqоlаdа Хаlqаrо intellektuаl vа mehnаt migrаtsiуаsidа о‘zаrо аlоqаdоrlik tendensiуаlаribоrаsidа muhоkаmа уuritilаdi. Bugungi kundа intellektuаl migrаtsiуа ichki migrаtsiуаdаn kuchli оqimlаrni hоsil qilib, bir tоmоndаn intelektuаl migrаtsiуаsi ulushi оshib bоrsа, ikkinchi tоmоndаn, mаjburiу tаshqi migrаtsiуа sаldоsiо‘smоqdа. Nаtijаdа, qаbul qiluvchi mаmlаkаtlаr, migrаntlаrning nisbаtаn оjiz qаtlаmlаri sаnаlgаn ауоllаr vа bоlаlаrni jоуlаshtirish vа ulаr uchun zаruriу ijtimоiу shаrt-shаrоitlаrni уаrаtib berishdа mоliуаviу muаmmоlаrgа duch kelmоqdа

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONSHIP TENDENCIES IN INTERNATIONAL INTELLECTUAL AND LABOR MIGRATION

This аrticle discusses the trends оf interdependence in internаtiоnаl intellectuаl аnd lаbоr migrаtiоn. Tоdау, intellectuаl migrаtiоn creаtes strоnger flоws thаn internаl migrаtiоn, оn the оne hаnd, the shаre оf intellectuаl migrаtiоn is increаsing, аnd оn the оther hаnd, the bаlаnce оf fоrced eхternаl migrаtiоn is grоwing. Аs аresult, receiving cоuntries fаce finаnciаl prоblems in аccоmmоdаting wоmen аnd children, whоаre relаtivelуvulnerаble grоups оf migrаnts, аnd in creаting the necessаrуsоciаl cоnditiоns fоr them

Текст научной работы на тему «ХАLQАRО INTELLEKTUАL VА MEHNАT MIGRАTSIУАSIDА О‘ZАRО АLОQАDОRLIK TENDENSIYАLАRI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

p y v HW^ ,1 1

vfirm-

EURASIAN JOURNAL OF

RELATIONSHIP TENDENCIES IN INTERNATIONAL INTELLECTUAL AND LABOR MIGRATION

A.A. Odiljonova

Department of General Psychology of ASU

associate professor, etc. https://doi.org/10.5281/zenodo.13994657

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th October 2024 Accepted: 25th October 2024 Online: 26th October 2024

KEYWORDS Intellecttual, lаbоr migration, trend, external migration, countries, women, social, financial problems.

This article discusses the trends of interdependence in international intellectual and labor migration. Today, intellectual migration creates stronger flows than internal migration, on the one hand, the share of intellectual migration is increasing, and on the other hand, the balance of forced external migration is growing. As a result, receiving countries face financial problems in accommodating women and children, who are relatively vulnerable groups of migrants, and in creating the necessary social conditions for them.

ТЕНДЕНЦИИ ВЗАИМООТНОШЕНИИ В МЕЖДУНАРОДНОЙ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ И ТРУДОВОЙ МИГРАЦИИ

A.A.Одилжонова

Кафедра общей психологии АГУ доцент и т.д. https://doi.org/10.5281/zenodo.13994657

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th October 2024 Accepted: 25th October 2024 Online: 26th October 2024

KEYWORDS Интеллектуальная, трудовая миграция, тренд, внешняя миграция, страны, женщины, социальные, финансовые проблемы.

В данной статье рассматриваются тенденции взаимозависимости международной

интеллектуальной и трудовой миграции. Сегодня интеллектуальная миграция создает более сильные потоки, чем внутренняя миграция, с одной стороны, увеличивается доля интеллектуальной миграции, а с другой стороны, растет баланс вынужденной внешней миграции. В результате принимающие страны сталкиваются с финансовыми проблемами при расселении женщин и детей, которые являются относительно уязвимыми группами мигрантов, и создании для них необходимых социальных условий.

XALQARO INTELLEKTUAL VA MEHNAT MIGRATSiyASIDA OZARO ALOQADORLIK TENDENSIYALARI A.A.Odiljonova

ARTICLE INFO

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

ADU Umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti v.b. https://doi.org/10.5281/zenodo.13994657

ABSTRACT

Received: 18th October 2024 Accepted: 25th October 2024 Online: 26th October 2024 KEYWORDS

InteUektual,

migratsiyasi,

tashqi

mamlakatlar,

ijtimоiy,

muammоlar

mehnat tendensiya, migratsiya, ayоllar, mоliyaviy

Ma zkur maqоlada Хalqarо intellektual va mehnat migratsiyasida o'zaro aloqadorlik tendensiyalari borasida muhokama yuritiladi. Bugungi kunda intellektual migratsiya ichki migratsiyadan kuchli oqimlarni hosil qilib, bir tomondan intelektual migratsiyasi ulushi oshib borsa, ikkinchi tomondan, majburiy tashqi migratsiya saldosi o'smoqda. Natijada, qabul qiluvchi mamlakatlar, migrantlarning nisbatan ojiz qatlamlari sanalgan ayollar va bolalarni joylashtirish va ular uchun zaruriy ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratib berishda moliyaviy muammolarga duch kelmoqda.

Kirish

Intellektual migratsiyaning asosiy sababi oylik maosh miqdoridagi keskin farq bo'lib, bir xil kvalifikatsiya talab qilinadigan ish faoliyati uchun boshqa davlatda yuqori maosh olish imkoniyati yaratiladi. Ayrim sohalarda mutaxassislar tanqisligi esa, malakali kadrlarni chetdan jalb qilish maqsadida oylik maosh miqdorining o'sishiga olib keladi. Natijada, tashqi migratsiyada malakali intellektual mutaxassislar oqimi ko'payadi. Huddi shunday shartlar asosida bugungi kunda rivojlanayotgan davlatlarda intellektual salohiyatli mutaxassislarning rivojlangan davlatlar (AQSh, Kanada, G'arbiy Yevropa) ga ko'chib ketish tendensiyasi kuchaymoqda. Xalqaro migratsiya omillaridan biri harbiy nizolar va to'qnashuvlar bo'lib, so'nggi paytlarda Yaqin Sharq va Afrika davatlaridan AQSh va Yevropaning rivojlangan davlatlariga ommaviy ko'chib o'tuvchilar soni oshib bormoqda. Harbiy nizolar bilan bir qatorda, tabiiy ofatlar ham migratsiyani shakllantiruvchi omillar qatorida turadi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, intellektual migratsiyaning har qanday turi yetarlicha murakkab va ziddiyatli jarayon sanaladi. Ko'chayotgan kishilar ushbu jarayonning qaror qabul qilish, hududiy ko'chish va moslashish bosqichini boshidan kechirsalar, tegishli davlatlar vakolatli organlari olidiga vazifalarni qo'yadi. Xususan, migratsion jarayonni boshqaruvchi ikki tomon (jo'natuvchi va qabul qiluvchi davlatlar) ning iqtisodiyotida foyda va zarar, talab va taklif o'rtasidagi muvozantning mustahkamlanishi yoki buzilishi kuzatiladi. Alohida olingan oilalarda migratsiya moliyaviy ahvolni yaxshilasa-da, oilaning katta yoshli a'zolari doimiy ish bilan bandligi tufayli bolalar tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanilmaydi [6]. Davlat miqyosida esa uning siyosiy, demografik va iqtisodiy oqibatlari qatorida ommaviy va tartibsiz migratsiyalar bois sanitar-epidemiologik vaziyat yomonlashadi.

Asosiy qism

Bugungi kunda intellektual migratsiya ichki migratsiyadan kuchli oqimlarni hosil qilib, bir tomondan intelektual migratsiyasi ulushi oshib borsa, ikkinchi tomondan, majburiy tashqi migratsiya saldosi o'smoqda. Natijada, qabul qiluvchi mamlakatlar, migrantlarning nisbatan ojiz qatlamlari sanalgan ayollar va bolalarni joylashtirish va ular uchun zaruriy ijtimoiy shart-

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

sharoitlarni yaratib berishda moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Xalqaro darajada migrantlarni qabul qiluvchi davlatlar AQSh, Yevropa davlatlari, Lotin Amerikasi, janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari, JAR, Isroil kabi davlatlar bo'lib, ushbu davlatlarda ishchi kuchiga bo'lan ehtiyojning 70%i migrantlar hisobidan to'ldiriladi. Jahon mehnat bozorida ishchi kuchini yetkazib beruvchi davlatlar ro'yxatida esa Hindiston, Pokiston, Jazoir, Meksika, Irlandiya, Turkiya va MDH davlatlarining ulushi katta [9].

BMTning statistik ma'lumotlariga muvofiq dunyo miqyosida aholi ko'chish intensivligi nazorat qilib bo'lmas darajada kuchaygan. Insoniyat tarixining turli davrlarga nisbatan bugungi dunyoda aholining katta qismi o'zi tug'ilgan davlatda emas, ko'chib borgan davlatlarda muqim o'rnashmoqdalar. So'nggi ma'lumotlarga muvofiq, xalqaro miqyosda 2019 yilda migrantlar soni 272 mln. ga yetdi. Qisqa 20 yil ichida ushbu ko'rsatkich 100 mln.ga oshganligi xalqaro ekspertlarni tashvishlantirmoqda. Zero, 2000 yilda bu ko'rsatkich 173 mln.ni tashil etgan edi [10]. E'tiborlisi, migrantlar yalpi ulushining 48% ini ayollar tashkil etsa, 38 mln. bolalar ushbu jarayonning faol ishtirokchisi bo'lmoqda[9]. Migrantlarning atiga 4,4 mln. xalqaro talabalar bo'lsa, 164 mln. mehnat migrantlaridir. Migrantlarning 75% ayni mehnatga layotqatli yosh (20-64 yosh)dagi kishlardan iborat bo'lib, o'zining jismoniy va aqliy quvvatini ko'chib o'tgan davlat iqtisodiyotiga sarflamoqda. Qit'alar kesimida doimiy aholi tarkibi bo'yicha migrantlar ulushi Osiyoda - 31%, Yevropada - 30% Shimoliy va janubiy Amerikada - 26% Afrikada - 10%. Okeaniyada - 3% ni tashkil qilmoqda [12].

Migratsiya bugungi kunda geometrik progressiyada o'sib borayotgan giperdinamik jarayonga aylandi. Xalqaro migratsiya tashkiloti hisobotlariga muvofiq ushbu jarayon xuddi shunday intensivlikda davom etsa 2050 yilda migrantlar dunyo aholisining 405 mln.ni tashkil etish ehtimoli baland [8]. Ushbu jarayonda faol ishtirok etuvchi davlatlar funksiyalariga ko'ra, migrantlarni chiqaruvchi, tranzit qiluvchi, qabul qiluvchilar kategoriyalariga ajralmoqda. Ayniqsa mehnat migratsiyasining ko'lami uchala turdagi davlatlar uchun ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni shakllantirmoqda.

Shunday bo'lsada, qabul qiluvchi mamlakatlar uchun mehnat migratsiyasi ishchi kuchining yosharish, ayrim sohalarni intensiv rivojlanishi (qishloq xo'jaligi, qurilish, shaxsiy xizmatlar, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, kadrlar tanqisligi)ga turtki bo'lmoqda. O'z o'rnida, migrantlarni yetkazib berayotgan davlatlar esa valyuta transferlari ulushidan katta moliyaviy manfaat ko'rmoqdalar. Rivojlangan davlatlarga ko'chib borgan kishilar esa, o'z yurtiga investitsiya, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion mehnat ko'nikmalari va tajribani olib kirmoqdalar.

Har qanday ilmiy kategoriya qatori ijtimoiy hodisa sifatida migratsiyaning xos tushunchalariga mavjud. Xususan, bir hududdan ikkinchi hududga ko'chib o'tgan kishilar -migrantlar deyilsa, boshqa davlatga chiqib ketganlar - emigrantlar sanaladi. Ma'lum davlat hududiga kirib kelganlar esa immigrantlar kategoriyasiga mansub bo'ladi. Emigrant va immigrantlar ulushi o'rtasidagi tafovut migratsion saldoni hosil qiladi. Migratsiya jarayon sifatida quyidagi komponentlardan tashkil topadi (1-rasm):

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

yo^nalishiga koYa

ichki

tashqi

muddatiga koYa

iga

USj

vaqtinchalik

uzoq muddatli

shakliga koYa

tartiblangan

tartiblan-magan

sababiga koYa

iqtisodiy

qishloqdan shaharga urbanizatsiy

shahardan qishloqqa ruralizatsiya

ijtimoiy

madaniy

harbiy

a

1-rasm. Zamonaviy migratsiya yo'nalishlari va uning turkumlanishi

Migratsion jarayonlar ko'lamining oshib borishi, migrantlar va ularning oila a'zolari manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirish talabini ilgari surmoqda. BMT Bosh Assambleyasi 1990 yil 18 dekabrda 45/158-sonli rezolyusiya bilan «Ishchi-migrantlar va ularning oila a'zolarining haq-huquqlarini muhofazalash to'g'risida»gi Xalqaro Konvensiyani qabul qildi. 2000 yil ayni sanada esa BMTning 55/93-sonli qaroriga muvofiq 18 dekabr sanasi «Xalqaro migrantlar kuni» deb e'lon qilindi [7].

Xalqaro tashkilotlarning sa'yi-harakatlari bois, zamonaviy migratsiya jarayonlarini tartibga solish va boshqarishda «adolatli migratsiya» tamoyili qo'llanilmoqda. Ushbu tamoyil 2014 yilda Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilib, unga ko'ra, zamonaviy migratsiya oqimida bosh masala migrantlarga nisbatan munosabatda adolat tamoyillariga qat'iy rioya etish masalasi bo'ldi[13]. Mazkur tamoyil asosida ishlangan dasturga muvofiq ishchi-migrantlarning insoniy xaq-huquqlarini hurmat qilish va ijtimoiy muhofazalash, ularga ishlash va yashash uchun munosib shart-sharoitlarni yaratib berish ustuvor vazifa qilib o'rnatildi. Zero, BMT Bosh kotibi Antonio Gutterish ta'kidlaganidek: «Xavfsiz, tartibli va rasmiy migratsiya umuminsoniy tamoyillarga mos keladi. Migratsiya jarayonlarida milliy masalalar esa xalqaro hamkorlikda o'zining samarali yechimini topadi» [4]. Chunki, aynan migrantlarda o'z kelajagi borasida xavotir kuchli kuzatiladi. Shunday bo'lsa-da, ayni damda 141 mln. migrantlar Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida o'troqlashdilar. Ularning 50 mln.dan ortig'i esa birgina AQSh ulushiga to'g'ri keladi.

Muhokama/Natijalar

Markaziy Osiyo davlatlarida mehnat migratsiya postsovet makonda yuzaga kelgan iqtisodiy krizis bois o'tgan asrning 90-yillaridan boshlandi. Ayni paytda, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonda ishchi kuchining xorijga chiqib ketish tendensiyasi shakllandi. 1991-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlarida dastlab ichki

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

migratsiya kuchaygan bo'lsa-da, qisqa fursatlarda tashqi migratsiya (MDH doirasida) ko'lami o'sib ketdi. Jumladan, ko'rsatilgan yillarda O'zbekistondan chqib ketgan aholi soni tahminan 700 ming kishi atrofida bo'ldi. Ularning deyarli 580 mingdan ortig'ini Rossiyadagi mehnat migrantlari tashkil qildi [5].

YeXHT tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlarida mehnat migratsiyasi borasidagi tadqiqotlariga ko'ra, 2000 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy faol aholisining deyarli 20% qo'shni davlatlar Qozog'iston va Rossiyada mehnat migratsiyasida bo'ldi [14]. Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O'zbekistonda migratsiya jarayoniga tortilgan aholining ijtimoiy kayfiyati borasida o'tkazilgan xalqaro tadqiqotlarga muvofiq 2005-2017 yillar davomida 150 davlatdan chiqqan migrantlarning 36 ming nafari bilan o'tkazilgan intervyulardan olingan xuloslarga ko'ra, migrantlar o'z maqsadiga yetgach (ya'ni, boshqa davlatga ko'chib o'tgach) baxt tuyg'usini his qilish darajasi 9% oshadi. Mazkur tadqiqot eksperti doktor Martin Xendriksning aniqlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari (shu jumladan, O'zbekiston)dan, G'arbiy Yevropa davlatlariga ko'chib o'tgan migrantlar ijtimoiy kayfiyatida ko'tarinkilik boshqalarga nisbatan baland bo'ladi [11]. Mazkur band yakunida shuni alohida ta'kidlash lozimki, migratsiya global jarayon sifatida tobora dunyo mamlakatlarini o'z qamroviga olmoqda.

Birinchidan, bunday jarayonning shiddatli tus olishida zamonaviy axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning hissasi katta bo'lmoqda. Sababi, aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali mehnat migratsiyasining asosiy oqimlari va yo'nalishlariga oydinlik kiritilmoqda. Kishilar ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlar orqali boradigan davlat va shug'ullanadigan kasb-kor turini oldindan aniqlab olishga harakat qilmoqda.

Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda shuningdek, migratsion jarayonlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va qulayliklar. Mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan ishchi-migrantlarning erishgan yutuqlari ko'pchilikning diqqatini tormtoqda. Shu sababli, mehnat migratsiyasiga chiqib ketish aksariyat ishchi migrantlar uchun eng to'g'ri qaror sifatida qabul qilinmoqda.

Uchinchidan, mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlari, migrantlarning zamonaviy qulchilikning ayrim turlaridan jarblanayotganligi, ayol migrantlar orasida esa jinsiy segregatsiya bois turli zo'rvaonliklar va tahqirlanishlarga uchramoqdalar. Ularning aksariyatida ortda qolgan yaqin qarindoshlari va ayniqsa farzandlarining taqdiri mavhumligicha qolib, migratsiyadagi ota-onasi tomonidan pul jo'nata olmaslik oqibatida turli murakkab hayotiy vaziyatlarga tushib qolish, ayanchli tashvivshlarni boshidan kechiirish holatlari kuzatilmoqda.

Migratsion jarayonlar ko'lamining oshib borishi global miqyosda bo'lgani kabi, O'zbekiston hukumati oldida migrantlar ijtimoiy haq-huquqlarini muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish vazifasini qo'ydi. 2018 yil 5 iyulda «Tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi [1]. Ushbu Qaror tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni tashkillashtirilgan tarzda yig'ish yuzasidan xalqaro shartnomalar tuzish, ularning respublika tashqarisida ish joylariga xavfsiz tarzda yetkazib borishni ta'minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo'yicha chora-tadbirlarni yanada takomillashtirishga xizmat qildi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning tashkiliy shakllarini tubdan kengaytirish, migratsiyadagi fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tashkil etildi. Shuningdek, ushbu vazirlik huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi yuridik shaxs maqomida tashkil etildi.

Mehnat migratsiyasi ishtirokchilarining ijtimoiy manfaatlari himoyasi borasida ishlar yanada takomillashib, 2019 yil 20 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to'g'risida»gi Farmoni qabul qilindi [2].

Mazkur hujjatda vaqtinchalik ishlash uchun chet elga ketayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash bilan birga, mehnat migrantlari va ular oila a'zolarining yashashi, mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish borasida ham qator vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari uchun uy-joy, maishiy sharoitlarni yaxshilash, moliyaviy yordam, hayoti va sog'lig'ini himoya qilish masalalarida ijtimoiy qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Mehnat migratsiyasi ishtirokchilarining ijtimoiy manfaatlarining muhofazasi borasida kechayotgan konstruktiv jarayonlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qoshida «Xususiy bandlik agentliklari to'g'risida»gi qonun qabul qilinishiga turtki berdi. Bugungi kunda respublikamizda mazkur qonun asosida 88 ta yuridik shaxs Xususiy bandlik agenti sifatida Mehnat vazirligi reestridan ro'yxatdan o'tkazildi va ularning 65 tasiga fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziyalandi. Natijada, birgina 2019 yilda ushbu agentliklar tomonidan 1655 nafar fuqaro chet elda ishga joylashtirildi. 33 838 nafar fuqaroga zaruriy axborot va maslahat ko'magi berildi [3]. Ammo, bu borada muammolar kuzatilib, yangi ish faoliyatini boshlagan agentliklardan 30 tasi fuqarolarga zaruriy xizmat ko'rsatmaganligi aniqlandi.

Xulosa

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanovga "Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha ko'rilayotgan choralar to'g'risida" Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament so'rovini yuborish haqida qaror qabul qilindi. Jenevada Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT)ning Toshkentdagi to'laqonli vakolatxonasini ochishni ko'zda tutuvchi O'zbekiston va XMT o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi bitimni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

References:

1. Узбекистан Респyбликaси Президентининг «^шки Mex,HaT мигрaция тизимини янaдa тaкoмиллaштириш бyйичa кyшимчa чoрa-тaдбирлaр TyFp^^Aa»ra K^apopH. 2018 йил 5 июль.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

2. Узбекистон Республикаси Президентининг «Хорижда вацтинчалик мех,нат фаолиятини амалга ошираётган Узбекистон Республикаси фуцаролари ва уларнинг оила аъзоларини х,имоя цилиш кафолатларини янада кучайтириш чоралари тугрисида»ги Фармони. 2019 йил 20 август.

3. Узбекистон Республикаси Конунчилик Палатаси матбуот хизматининг маълумотлари. РагИатеП:^оу.^. Ташриф санаси 2020.08.03.

4. Безопасная и легальная миграция отвечает всеобщим интересам - ООН. https://www.gаzetа.uz/

5. Исламов Б. Социально-экономические аспекты миграционных процессов в независимых государствах Центральной Азии. // ACTA SLAVICA JAPONICA. Vоlume 16 (1998).

6. Илимбетова А.А. Глобальный процесс феминизации миграции. // Век глобализации. Журнал. - 2013. - №1. - С. 79-91.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. «Ишчи-мигрантлар ва уларнинг оила аъзоларининг х,ац-хуцуцларини мух,офазалаш тугрисида»ги Халцаро Конвенция. БМТ Бош Ассамблеяси 1990 йил 18 декабрда 45/158-сонли резолюцияси.

8. Житин Д.В., Краснов А.И., Шендрик А.В. Географические особенности миграционных связей Европы. // балтийский регион. 2016. №3. - С. 75-92.

9. Migratton dаtа роЛа1. The tоtаl number оf ^егпайопа1 migrants аt mid-уеаг 2019. Sоurce: UN DESA, 2019.

10. Общее будущее общими силами. Цели в области устойчивого развития. Глобальные вопросы: миграция.

11. Счастье в миграции: какова ситуация в Центральной Aзии // 26 март 2018. CAA, NETWORK. https://cаа-netwоrk.оrg

12. Tоtаl number оf internаtiоnаl migrants аt mid-уeаr 2019. Migrаtiоn dаtа pоrtаl. UN DESA, 2019. http://www.migrаtiоndаtаpоrtаl.оrg

13. Трудовая миграция (Восточная Европа и Центральная Aзия). https://www.Ilо.оrg.

14. Трудовая миграция в Центральной Aзии. // Сообщество безопасности. Журнал ОБСЕ. №1. 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.