Научная статья на тему 'AYOLLAR MEHNAT MIGRATSIYASINING MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI'

AYOLLAR MEHNAT MIGRATSIYASINING MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

6
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ayollar / migratsiya / migrant / feminizatsiya / ijtimoiy yoʻnaltirilgan boshqaruv / migratsiya jarayonlari / tashqi mehnat migratsiyasini qonunchilik bilan tartibga solish / migratsiyaning uyushgan shakllari / mehnat migratsiyasi tushunchasi / qonuniy migratsiya. / women / migration / migrant / feminization / socially oriented management / migration processes / legislative regulation of external labor migration / organized forms of migration / concept of labor migration / legal migration.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — N. Kaxarova

Maqola jahon iqtisodiyoti globallashuvining eng ogʻir oqibatlaridan biri – boshqa davlatlarda ishga joylashish maqsadida davlat chegaralarini kesib oʻtayotgan xalqaro migrantlar orasida ayollar soni va salmogʻining oshishiga bagʻishlangan. Maqolada ayollar mehnat migratsiyasi muammolari hamda imkoniyatlari tahlil qilingan. Muallif migratsiyaning zamonaviy xususiyatlaridan biri – migrantlar orasida ayollar salmogʻining ortishi, migratsiyaning feminizatsiyasi va undan keyingi muammolar va istiqbollarga katta e‘tibor bergan. Migratsiyaning feminizatsiyasi qabul qiluvchi va joʻnatuvchi mamlakatlar uchun muhim oqibatlarga olib keladi. Migratsiya oqimlarida ushbu toifadagi migrantlarning mavjudligi ularning xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda migratsiya va ijtimoiy siyosatni qayta koʻrib chiqishni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS AND OPPORTUNITIES OF FEMALE LABOR MIGRATION

The article is devoted to one of the most serious consequences of the globalization of the world economy the increase in the number and weight of women among international migrants crossing state borders in order to find work in other countries. The article analyzes the problems and opportunities of female labor migration. The author paid much attention to one of the modern features of migration the increasing weight of women among migrants, the feminization of migration and the ensuing problems and prospects. The feminization of migration has important consequences for both receiving and sending countries. The presence of this category of migrants in migration flows requires a revision

Текст научной работы на тему «AYOLLAR MEHNAT MIGRATSIYASINING MUAMMOLARI VA IMKONIYATLARI»

AYOLLAR MEHNAT MIGRATSIYASINING MUAMMOLARI VA

IMKONIYATLARI

N. Kaxarova

O'zbekiston Milliy universiteti Sotsiologiya kafedrasi tayanch (Phd) doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqola jahon iqtisodiyoti globallashuvining eng og'ir oqibatlaridan biri -boshqa davlatlarda ishga joylashish maqsadida davlat chegaralarini kesib o'tayotgan xalqaro migrantlar orasida ayollar soni va salmog'ining oshishiga bag'ishlangan. Maqolada ayollar mehnat migratsiyasi muammolari hamda imkoniyatlari tahlil qilingan. Muallif migratsiyaning zamonaviy xususiyatlaridan biri - migrantlar orasida ayollar salmog'ining ortishi, migratsiyaning feminizatsiyasi va undan keyingi muammolar va istiqbollarga katta e'tibor bergan. Migratsiyaning feminizatsiyasi qabul qiluvchi va jo'natuvchi mamlakatlar uchun muhim oqibatlarga olib keladi. Migratsiya oqimlarida ushbu toifadagi migrantlarning mavjudligi ularning xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda migratsiya va ijtimoiy siyosatni qayta ko'rib chiqishni talab qiladi.

Kalit so'zlar: ayollar, migratsiya, migrant, feminizatsiya, ijtimoiy yo'naltirilgan boshqaruv, migratsiya jarayonlari, tashqi mehnat migratsiyasini qonunchilik bilan tartibga solish, migratsiyaning uyushgan shakllari, mehnat migratsiyasi tushunchasi, qonuniy migratsiya.

PROBLEMS AND OPPORTUNITIES OF FEMALE LABOR MIGRATION

N. Kaxarova

National University of Uzbekistan basic doctoral student (PhD) of the Department of Sociologye

ABSTRACT

The article is devoted to one of the most serious consequences of the globalization of the world economy - the increase in the number and weight of women among international migrants crossing state borders in order to find work in other countries. The article analyzes the problems and opportunities of female labor migration. The author paid much attention to one of the modern features of migration - the increasing weight of women among migrants, the feminization of migration and the ensuing problems and prospects. The feminization of migration has important consequences for both receiving and sending countries. The presence of this category

April 20, 2024

333

of migrants in migration flows requires a revision of migration and social policies, taking into account their characteristics and needs.

Keywords: women, migration, migrant, feminization, socially oriented management, migration processes, legislative regulation of external labor migration, organized forms of migration, concept of labor migration, legal migration.

Migratsiyaning chiqish mamlakatiga ham, kirish mamlakatiga ham ta'siri jiddiy, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy tizimlariga, shuningdek, aholining tarkibi va uning o'sish yoki pasayish dinamikasiga ham ta'sir qiladi. Aholining ichki va tashqi mehnat migratsiyasi jamiyat va davlatda sodir bo'layotgan etnosiyosiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ta'sir qiluvchi eng muhim ko'rsatkichlaridan biridir. Migratsiya oqimlarining ko'rsatkichlari bo'yicha jamiyatning ochiqligi va demokratiyasi darajasi, uning urbanizatsiya darajasi, iqtisodiyot va infratuzilma samaradorligi, rivojlanishning mintaqaviy nomutanosibliklari, millatlararo munosabatlarning holati bo'yicha tahliliy xulosalar qilish mumkin [5, - C.11]. Migratsion jarayonlarning davlatga ta'sirini oldindan tadqiq etish, uning salbiy oqibatlarini oldini olishga turtki bo'ladi. Buni amalga oshirishning eng samarali usuli esa migratsion jarayonlarni hisob qilishdir. Bugungi kunda, taxminan 281 million xalqaro migrantlar mavjud -dunyo aholisining 3,6 foizi. So'nggi yillarda xalqaro migratsiya ko'lami muttasil o'sib bormoqda, 2020-yilda dunyoda 1990-yilga nisbatan 128 million va 1970-yilga nisbatan uch baravar ko'p. Umuman olganda, odamlarning 60 foizdan ko'prog'i daromad va yaxshi hayot izlab Yevropa va Osiyo mamlakatlariga boradilar. Yevropada 87 million migrant, Osiyo mamlakatlarida esa 86 million migrantlar yashaydi. Ulardan keyin Shimoliy Amerika, 59 million xalqaro migrantlar ishlaydi, bu barcha global migratsiya oqimlarining 21 foizini tashkil qiladi. Muhojirlarning 9 foizi Afrikaga, uch foizi Okeaniya mamlakatlariga to'g'ri keladi.

Mamlakatlar kesimida mehnat migratsiyasining harakatiga qaraydigan bo'lsak, xalqaro muhojirlarning 40 foizi Osiyoning oltita davlatidan: Hindiston, Xitoy, Bangladesh, Pokiston, Filippin va Afg'onistondan kelgan. Meksika Hindistondan keyin xalqaro muhojirlar orasida ikkinchi o'rinda, Rossiya esa uchinchi o'rinda turadi. Aholini harakatlanishini hisob qilish va, ayniqsa, migratsion jarayonlarni o'lchash murakkab va shunga qaramay O'zbekiston Respublikasida migrant aholini hisob qilish tizimi faoliyat olib boradi. 2021-yildan boshlab Respublikada tashqi migratsiya tizimi butkul isloh qilingan. Xalqaro migratsiya jarayonlarini tadqiq etishda, ayollar mehnat migratsiyasiga ham alohida e'tibor qaratiladi. Ayollarning mehnat migratsiyasi bir necha shakllarda mavjud: qonuniy, noqonuniy va yarim qonuniy. Qonuniy shakl - ayollarning mehnat migratsiyasining eng yaxshi, ammo eng kam sonli shakli, bu yerda ayollar qabul qiluvchi mamlakatlarda is h beruvchilar

April 20, 2024

334

bilan mehnat shartnomalarini imzolash orqali to'liq xavfsiz bo'lishadi. Noqonuniy shakl ayollarning mehnat migratsiyasining eng ko'p sonli va xavfli shakllaridan biri bo'lib, ayollar noqonuniy yoki qisqa muddatli turistik vizalar bilan qabul qiluvchi davlatlar hududiga kirganda va ular faqat iqtisodiyotning noqonuniy yoki yarim qonuniy sektorlarida ishlashlari mumkin, chunki ularning qabul qiluvchi mamlakatlardagi noqonuniy mavqei tufayli ular ayniqsa zaif va ko'pincha xo'rlik, zo'ravonlik, zulmga duchor bo'lishadi.

Yarim qonuniy shakl - ayollarning mehnat migratsiyasining eng ko'p sonli va xavfli shakllaridan biri bo'lib, unda ayollar kelib chiqish mamlakatlaridan chiqishdan oldin ham qabul qiluvchi mamlakatlarda qonuniy ish va rasmiylashtirishni va'da qilishlari mumkin, ammo chegarani kesib o'tishda ular pasportlarini olib qo'yishadi va ular amalda odam savdosi qurboniga aylanishadi. Mehnat yoki jinsiy qullikka tushib qolishadi [3].

Ayollarning mehnat migratsiyasining sabablari nimada? Ayollar migratsiyasi tarqalishda davom etmoqda, chunki:

birinchidan, dunyoning ko'plab mamlakatlarida aholi qarib bormoqda va tobora ko'proq qariyalarga g'amxo'rlik kerak;

ikkinchidan, ba'zi mamlakatlarda aholining farovonligi o'sib bormoqda va uy xo'jaliklari uy bekalari, enagalar, oshpazlar va boshqalarni yollashga qodir. Ayollar migratsiyasi - ayollar aholisini ish topish imkoniyati mavjud bo'lgan ba'zi mintaqalar va mamlakatlardan boshqalarga ko'chirish jarayoni. Shu bilan birga, ayollarning mehnat migratsiyasining asosiy sabablari ishsizlik, qashshoqlik, oiladagi nizolar, qarzlar, bolalarni tarbiyalash va o'qitish uchun mablag'larga ehtiyoj, o'z uylarining yo'qligi, yaqinlarini davolash uchun mablag'larga ehtiyoj va boshqalardir [3].

Xalqaro mehnat migratsiyasining zamonaviy xususiyatlaridan biri bu uning -feminizatsiyalashuvidir. Og'ir jismoniy mehnat talab qilmaydigan sohalarning, xususan xizmat ko'rsatish tarmoqlarining rivojlanishi va bandlik tarkibining transformatsiyalashuvi kabi jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar, xususan xizmat ko'rsatish sohalarining rivojlanishi global mehnat migratsiyasining muhim bir qismiga aylangan ayollar mehnat migratsiyasining shakllanishiga va rivojlanishiga turtki berdi. Bandlik tarkibidagi bunday transformatsiyalashuv bilan bir qatorda rivojlangan mamlakatlarda tug'ilishning kamayishi va kishilarning o'rtacha umr ko'rish davomiyligini ortishi qariyalar sonining ko'payishiga va ularni parvarishlovchilarga, mazkur mamlakat aholisining moddiy farovonligini yaxshilanishi va ayollarning jamiyat hayotidagi ishtirokining faollashuvi esa, uy xizmatchilariga bo'lgan talabning ortishiga olib keldi. Ayollar mehnat migratsiyasining rivojlanishiga bir qancha omillar ta'sir ko'rsatmoqda. Tahlillarning ko'rsatishicha, Rossiyadan Qirg'izistonga yo'naltirilgan mehnat migratsiyasining

April 20, 2024

335

40%ini, Tojikiston va O'zbekistonda esa, 20%ga yaqini ayollar mehnat migratsiyasi tashkil etadi [4].

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ayolllar mehnat migratsiyasining sabablari mamlakatlar kesimida farqlanadi. Masalan, tojikistonlik va qirg'izistonlik ayol mehnat migrantlari uchun daromad topish, oila qurish va shahsiy hayotini yo'lga qo'yish kabi omillar, boshqirdistonlik ayol migrantlar uchun esa, farzandlariga ta'lim va tarbiya berish, uy-joy qilish, qarzlarda qutilish, yaqin kishilarini davolatish uchun daromad topish kabi holatlar ularning boshqa mamlakatga borib ishlari uchun turtki bermoqda. Sotsiologik tadqiqotlarning natijasiga ko'ra, respondentlarning 84%i ayollar mehnat migratsiyasi ularning hayoti va karyerasi uchun ijobiy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlasa, respondentlarning 62,4%i esa mazkur jarayon resipient mamlakat va hudularga ijobiy ahamiyat kasb etishini ta'kidlaganlar. 2021-yil holatiga ko'ra, dunyo bo'ylab migrantlar soni 281 million kishini, ularning 48%ini, ya'ni 135 milionini ayol migrantlar tashkil qiladi [4].

Bunday ayol migrantlar orasida bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan tajriba va ko'nikmalarning mavjudligi ularning zamonaviy va yirik kompaniyalardagi bo'sh ish o'rinlariga bo'lgan intilishlarini oshiradi. Oliy ta'limga ega bo'lgan mehnat qilish yoshidagi ayol migrantlar mintaqalarda taqsimlanishiga e'tibor qaratsak, yuqori daromadli mamlakatlarda ularning ta'lim darajasi yuqoriroq ekanligiga guvoh bo'lamiz [4]. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 2,5 millionga yaqin fuqarolarimiz chet el davlatlarida mehnat migranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Shulardan 600000 nafarini ayollar tashkil qiladi [5]. 2022-yilning 9 oyida 27,2 ming nafar fuqaro xorijga xavfsiz, manzilli va tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborildi, shundan 472 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi.

Hududlar kesimida Samarqand va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahar hamda vodiy hududlari ayol-mehnat migrantlarni etkazib beruvchilar hisoblanadi. Birgina Samarqand viloyatidan 90000 nafar dan ortiq ayol mehnat migranti sifatida xorijga chiqib ketgan.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini o'tkazish va xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish hamda nazorat qilish orqali ularga xorijda mehnat faoliyatini olib borishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko'maklashish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu o'rinda, tashqi mehnat migratsiyasiga ayollarni tayyorlash va undan qaytganidan so'ng moslashtirish mexanizmlari qay darajada amalga oshirilayotgani muhim masaladir.

O'zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi asosida quyidagi yo'nalishlarda ishlar tashkillashtirilgan bo'lib, ular, birinchidan, vaqtincha

April 20, 2024

336

mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarni kasbga va chet tillariga o'qitish bo'yicha: xorijga ishlash uchun ketmoqchi bo'lgan fuqarolarni kasbga va chet tillariga o'qitish bo'yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida 17 ta "Ishga marhamat" monomarkazi hamda 59 ta kasb-hunarga o'qitish markazi faoliyati yo'lga qo'yildi; Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda 26 ta o'rta maxsus o'quv yurtlari bazasida qisqa muddatli kasb-hunarga va chet tillariga o'qitish kurslari tashkil etildi [5].

O'zbekistonda migratsiyani tartibga solish, xususan, qonuniy va tartibli mehnat migratsiyani tashkillashtirish, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish, shuningdek, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni ta'minlash yo'nalishlarida huquqiy asoslar yaratilmoqda. Migratsiya jarayoni son jihatdan dinamik xususiyatga ega bo'lish bilan bir qatorda, uning sifat ko'rsatkichi, ya'ni tarkibi o'zgaruvchandir. So'nggi yillarda migratsiya jarayonida xotin-qizlarning ulushi ko'payayotganini kuzatishimiz mumkin. Ayol migrantlarning mehnati ko'pgina sohalarda, asosan, xizmat ko'rsatish bilan bog'liq ishlarni bajarishda keng qo'llanmoqda va bunga ehtiyoj oshib bormoqda.

Shu bois ilgari xalqaro migratsiya sahnasida ayollar o'z o'rniga ega bo'lmagan, erkak migrantning oila a'zosi sifatida olib qaralgan bo'lsa, hozirda ularni mehnat migrantlarning mustaqil guruhi sifatida ularga nisbatan "unattached migrants", ya'ni "biriktirilmagan" maxsus atama qo'llanmoqda. Shuningdek, migratsiya sohasidagi tadqiqotlar uni mukammal va qarama-qarshiliklari mavjud jarayon sifatida tan oladi. Ayol migrantlarga nisbatan ko'pgina kamsitish, muammolar va noqulay sharoitlar bo'lishi bilan birga, ularning aksariyat qismi migratsiyani o'zining yashash sharoitini yaxshilash, iqtisodiy mustaqillik va shaxsiy o'sish uchun imkoniyatlar eshigi deb biladi. Migratsiya gender tengsizlik bilan kurashish, gender o'rindan voz kechish va gender qoliplarni sindirish hamda ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarga xizmat qiladi.

REFERENCES:

1. Паточкина Н.А., Кочнева Е.В. Мигрaция и преступность // Вестн. Совета молодых ученых и специалистов Челябинской области. 2015. № 1 (8).Платон. Лисис, 214а. Полн.собр.соч. - М., 1929. 4.IV. - С.251.

2. Генеральная Ассамблея Организaции Объединенных Шций 2013 года. Меморандум о позиции МОМ. - C.167.

3. Ганжа, А. О. К истории создания работы У.Томаса и Ф.Знанецкого «Польский крестьянин в Европе и Америке» // Социологические исследования. - 2007. - №7. - С.1-24.

337

^_April_20,_2024_

International Scientific and Practical Conference

4. Илимбетова А.A. Социально-экономические последствия женской трудовой миграции в Россию. - М., 2013.

5. Комарова О.Д., Тишков В.А. Мигрatsiя и миграционная политика // Миграции и новые диаспоры в постсоветских государствах / Отв. ред. В. А. Тишков. М.: Ин-т этнологии и антропологии РАН, 1996. - С.11.

6. Alikariev N.S. Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari mehnat samaradorligining ШйШЪм 7 № 1 (2024): ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. - B. 4-12. http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.11052521

7. Хусанова Х.Т. Талаба ёшлар социал категориясини урганишда мультидисциплинар ёндашув. Ижтимоий фанлар электрон журнали № 2 (2019) 02-12-2019.

8. Ahmedova F.M, Ta'limni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar//Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallar to'plami. - Toshkent, .2023

9. Заитов Э.Х. Институционал муассаса битирувчиларини жамиятга ижтимоийлашувининг устувор йуналишлари //Журнал социальных исследований. - 2020. - №. SI-1.

10. Jiyanmuratova G.Sh., Gofurov O.Ul. Mehnat bozori. Bandlik va ishsizlik muammolari. Risola. - Toshkent: O'zMU, 2023. - 117 b. / https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=fdboTmY AAAAJ&pagesize=80&citation for view=fdboTmYAAAAJ:b1wdh0AR-JQC

11. Sabirova U. Foreign experience of university-enterprise cooperation: the development of a communicative environment //Thematics Journal of Social Sciences. - 2021. - Т. 7. - №. 5.

12. Alikarieva A. Sociological survey in the implementation of the educational quality management system// International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023| https://doi.org/10.5281/zenodo.8003531

13. Isropilov M.B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society//Open Access Repository. - 2023. - T. 4. - №. 2. - S. 729735.

338

^_Apnl_20,_2024_

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.