Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA OILAVIY XO‘JALIKLAR KOOPERATSIYASINI RIVOJLANTIRISHGA SINERGETIK YONDOSHUV
Mambetnazarov Baxit Bisenbayevich
Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali E-mail: mambetnazarov0190@mail.ru
Allayarov Sherali Shamshiyevich
mustaqil tadqiqotchi,
E-mail: sherallayar@gmail .com
ANNOTATSIYA
Maqolada, Qoraqalpog'iston Respublikasida oilaviy xojaliklarni rivojlantirish uchun mavjud shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning o'zaro va boshqa xojalik shakllaridagi tadbirkorlik sub ’ektlari bilan birgalikda kooperatsiyalashuvini, ularning barchasiga manfaatli tarzda rivojlantirish uchun sinergetik yondoshuv masalasining nazariy va amaliy jihatlariga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: oila, oilaviy xojaliklar, qishloq xojaligi, fermer xojaligi, tadbirkorlik, kooperatsiya, transformatsiya, integratsiya, agrobiznes, kooperativlar.
ABSTRACT
The article deals with the theoretical and practical aspects of the existing conditions for the development of family farms in the Republic of Karakalpakstan, including their cooperation with other and other forms of business, the development of a synergetic approach for the benefit of all. focus on aspects.
Keywords: family, family farms, agriculture, farming, entrepreneurship, cooperation, transformation, integration, agribusiness, cooperatives.
АННОТАЦИЯ
В статье рассматриваются теоретические и практические аспекты существующих условий для развития семейных фермерских хозяйств в Республике Каракалпакстан, включая их взаимодействие с другими и другими формами бизнеса, развитие синергетического подхода на благо всех. аспекты.
Ключевые слова: семья, семейные фермы, сельское хозяйство,
фермерство, предпринимательство, кооперация, трансформация, интеграция, агробизнес, кооперативы.
KIRISH
Jahonda aholi soni oshishi bilan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, iqtisodiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni saqlashda qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi,
589
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
xususan, oilaviy xo‘jalik faoliyati muhim o‘rin tutadi. Jahonda 608 milliondan ortiq oilaviy xo‘jaliklar mavjud bo‘lib, ular qishloq xo‘jaligi maydonining 70-80 foizini egalladi va oziq mahsulotlarining 80 foizini ishlab chiqarmoqda1 . Shu bois, mamlakatimizda oila xo‘jaligi ishlab chiqarish foliyatini, oyniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni yanada rivojlantirish muhim vazifalar qatoriga kiradi.
Jahonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda qishloq joylarida oilaviy asosdagi tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, barqaror iqtisodiy rivojlantirishga oid nazariy-metodologik muammolarni o‘rganish, hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan samarali foydalanish va yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish kabi masalalar tadqiqiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qishloqda oilaviy xo‘jaliklarning aholi daromadlarini oshirish, ishsizlik darajasini pasaytirish, o‘rta mulkdorlar qatlamini o‘stirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ishtirokini kengaytirish ilmiy tadqiqotning dolzarb yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda qishloq xo‘jaligi tadbirkorligida oilaviy xo‘jaliklarni rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilab berilgan. 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida1 2 belgilangan vazifalarga mos ravishda qishloq xo‘jalligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab - quvvatlash, fermer, dehqon va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish kabi masalalar ustuvor vazifa qilib belgilab olindi3. Mazkur vazifalarning bajarilishi qishloq joylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, daromadi va tadbirkorlikni shakllantirishning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan oila xo‘jaliklarining faoliyatini rivojlantirish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz davomida aniqlanishicha, oilaviy xo‘jaliklarni rivojlantirish borasidagi eng dolzarb muammolar - moddiy-moliyaviy resurslar yetishmasligi, yetishtirilgan mahsulotni o‘z vaqtida va
1 http://www.fao.org/3/ca4672en/ca4672en.pdf
2 Узбекистан Республикаси Президентининг “Узбекистан Республикасини янада ривожлантириш буйича харакатлар стартегияси тугрисида”ги ПФ-4947- сонли Фармони, 1-ИЛОВА УзР Крнун Хужжатлари туплами 2017 йил, 6-сон, 70-модда.
3 Фермер, дехкон хужаликлари ва томорка ер эгаларининг хукуклари ва конуний манфаатларини химоя килиш, кишлок хужалиги экин майдонларидан самарали фойдаланиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида”ги Узбекистан Республикаси Президентининг ПФ-5199-сонли Фармони. 2017 йил 9 октябрь.
590
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
foydali baholarda sotish imkoniyatlarining chegaralanganligi va aholining tadbirkorlik bilimdonligini past darajada ekanligi kabi muammolaridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR:
Iqtisodiyotda oilaviy xo‘jalikni tashkil etish, unda oila tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash muammosi uzoq yillardan buyon iqtisodiy nazariya fanining predmeti bo‘lib kelgan. Oila xo‘jaligi muommosi iqtisodchi olimlardan S.R.Makkonell, Stenli J.I., Bryu L., Veber M., Druker P., Kantilon R., Klark Dj., Marshall A., Nayt F., Robert X., Piters M.. Xayek F., Shumpetter Y. va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z ifodasini topgan.
Mamlakat agrar iqtisodiyot va oila xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishning nazariy-uslubiy, tashkiliy iqtisodiy rivojlantirishning turli jihatlari O‘zbekistonlik olimlar A.A.Radjapov, B.B.Berkinov, U.P.Umurzaqov, R.Xusanov, T.Farmanov, N.Xushmatov, M.K.Pardayev U.A. Nazarova, F.T.Egamberdiyev, Aimbetov N.K. Mamatqulov A.V., Ubaydullaev Q.,. T. Mamadvaliev, Seilbekov.B.B. va boshqalarning tadqiqotlarida keltirilgan.
Shu bilan bir vaqtda, bajarilgan ilmiy tadqiqot ishi respublikamiz oilalarining milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligida sohalarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini institusional tarzda, o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishga qaratilgan taklif va xulosalarning dolzarblik darajasini yanada oshiradi.
NATIJALAR
Tadqiqot davomida oilaviy xo‘jaliklar faoliyatini barqaror rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni tasniflashga harakat qildik. Shu bilan birga, tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar hisoblanadi:
> Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrar ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan oilaviy xo‘jaliklarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish va daromadlarini oshirish yo‘llari asoslangan;
> oilaviy xo‘jaliklar faoliyatida qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida infratuzilma tashkilotlari bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
> hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib oilaviy xo‘jaliklarni kreditlashning shakl va usullari, qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorva mollarini sug‘urtalash hamda fyu’chers shartnomalari asosida moliyalashtirish manbalarini kengaytirish imkoniyatlari asoslab berilgan.
591
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
> Qoraqalpog‘iston Respublikasida oilaviy xo‘jaliklarning qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish va boshqa kichik biznes faoliyatining tashkiliy, xo‘jalik shakllari transformatsiyalashuvini rag‘batlantirish orqali kelgusida yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayorlangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari esa:
> qishloq joylarida oilaviy xo‘jaliklarning daromadlari, xarajatlari va ularning shakllanishining uslubiy jihatlarini takomillashtirish asosida takliflar ishlab chiqish;
> Qoraqalpog‘iston Respublikasi olaviy xo‘jaliklarning qishloq xo‘jaligida kelgusida rivojlantirishning prognoz moddellari ishlab chiqilgan;
> Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq joylarida oilaviy xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, mulk huquqini himoyalash hamda bozor infratuzilmalarini yanada rivojlantirish yo‘llari taklif etilgan.
> oilaviy xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan iste’mol talablari va iste’mol darajalarini hisobga olib prognozlashtirilgan.
> oilaviy xo‘jaliklarni shakllantirish va rivojlantirish borasidagi xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot davomida oilalar daromadiga bog‘liq alohida so‘rovnoma o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu so‘rovnomadan ko‘zlangan asosiy maqsad - qishloq xo‘jaligi faoliyati yuritayotgan oilaviy xo‘jaliklarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatish darajasiga baho berish edi. O‘tkazilgan so‘rovnomada aniqlanishicha, dehqon xo‘jaliklarining daromadi asosan ularning yer maydonlari o‘lchami bilan bog‘liq. Ular daromadining o‘sishi yer maydonlarining oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi bilan birga, mehnatni tashkil etish darajasiga ham bog‘liqligi aniqlandi. O‘tkazilgan so‘rovnoma asosida dehqon xo‘jaliklariga biriktirilgan yerlarni guruhlashtirish asosida ma’lumotlar tahlil etildi. Bu ma’lumotlardan dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari oshgani sayin ularning qishloq xo‘jaligi faoliyatidan olinayotgan sof daromadlarining o‘sib borishini ko‘rish mumkin. Natijada, 0,12 gektargacha bo‘lgan 1-guruh oilaviy xo‘jaliklarda yalpi daromad 1,2-1,3 mln.so‘mni, 0,13-0,20 gektargacha bo‘lgan 2-guruhda olingan yalpi daromad 1,3- 1,5 mln.so‘mni, 0,5 gektardan yuqori maydonga ega bo‘lgan 3-guruh dehqon xo‘jaliklaridan olingan foyda esa 2,0-2,5 mln.so‘mni, oiladagi bir ishchiga to‘g‘ri keladigan daromad esa 0,4 mln. so‘mni tashkil etgan. 4-guruh dehqon xo‘jaliklari, asosan, shimoliy-cho‘l zonasida joylashgan bo‘lib, ular ko‘proq chorvachilikka ixtisoslashgan.
592
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Qoraqalpog‘iston Respublikasining dehqonchilik nisbatan yuqori rivojlangan: Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida oilaviy xo‘jaliklar tomonidan ishlab chiqarish jarayoni uchun xizmatlardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan anketa so‘rovlari natijalari bo‘yicha amalda, uy xo‘jaliklari 10 ta tur xizmatlarning faqat ayrim turlaridan foydalanadi. So‘rovlar o‘tkazilgan tuman Qishloq fuqarolar yig‘inining 126 ta uy xo‘jaligining 61,1 foizi urug‘likni o‘zi yetishtirishini, 45 foizi bozordan va 8 foizi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan olishini ma’lum qilgan. O‘g‘itdan foydalanish to‘g‘risidagi savolga, qariyb 90 foiz respondentlar mahalliy o‘g‘itdan foydalanishini, yana 20 foiz agrokimyo xizmati ham o‘zi tayyorlagan o‘g‘itdan foydalanishini ko‘rsatgan.
Aholi o‘rtasida so‘rovga jalb etilgan respodentlarning 97 foizi o‘z ehtiyojlari uchun sut, tuxum, turli ko‘katlar ishlab chiqaradilar, 75 foizi esa har xil sabzavot va poliz mahsulotlari, 60 foizi esa go‘sht ishlab chiqarishlari aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy va markaziy tumanlarida esa oilaviy xo‘jaliklarning katta qismi bozorga mo‘ljallab mahsulot yetishtiradilar. So‘rov o‘tkazilgan respodentlarning 60 foizi sut mahsuloti, 40 foizi go‘sht, 30 foizi sabzavot va poliz mahsulotlarini bozorda realizatsiya qilish uchun ishlab chiqaradilar. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ichida eng tovarbop mahsulot sut va sut mahsulotlari bo‘lib, so‘rovlar natijasida ular shaxsan bozorda (qishloq va shahar aholisiga) va yirikroq ishlab chiqaruvchilar orqali realizatsiya qiladilar. Ishlab chiqarilgan go‘sht va sabzavot, don-dukkakli mahsulotlar asosan, tijoratchilar orqali realizatsiya qilinadi. Umuman aytganda, har kuni tayyor bo‘lishi hisobiga faqat sut mahsulotini realizatsiya qilish kanali mavjud. Yetishtirilgan boshqa mahsulotlarni sotishning aniq tizimi yo‘lga qo‘yilmagan, ya’ni, mahsulotlarni kimga sotish masalasida doimiy noaniqlik mavjud.
So‘rov o‘tkazilgan individual xo‘jalik vakillarining 70 foizi o‘z moddiy holati to‘g‘risidagi savolga oxirgi 3 yil mobaynida sharoiti o‘zgarmaganligi, 17 foizi yaxshilanganligini va 13 foizi esa ahvoli yomonlashganligini bildirishdi.
MUHOKAMA
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilib, o‘ziga xos yondashuvlarni talab etuvchi murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonining pirovard natijalari samarali bo‘lishini ta’minlash uchun esa barcha salbiy va ijobiy omillar, o‘ziga xos shart-sharoitlarni inobatga olgan holda kompleks yondoshuv va tashkiliy jihatdan kompleks tadbirlar qo‘llanilishini taqozo etadi.
593
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
Sinergetika tushunchasi (yunoncha “synergetikos” - “hamkorlik”, “hamdo‘stlik”, “birgalikda harakat”) ma’nolarini anglatadi. Ushbu terminni G. Xaken o‘zining “Sinergetika” nomli kitobida ikki jihatini ajratib ko‘rsatadi. Birinchidan, birgalikda, kooperativ harakat qilishga intilayotgan elementlarning o‘zaro hamkorligi, birgalikda harakat qilish natijasida o‘z-o‘zini tashkillashtirib bir butun tizimning vujudga kelishi, ikkinchidan, turli fan sohalarida faoliyat yurituvchi olimlarning hamkorligi, birgalikdagi faoliyati tushuniladi.
Aksariyat sinergetik g‘oyalarda turli iqtisodiy tizimlar kabi kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik sohasida ham muvafaqiyatli qo‘llanilib, yuqori iqtisodiy samara berishi ta’kidlanadi.
Ayni vaqtda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sharoitida sinergetik rivojlanishning asosiy poydevori mavjud bo‘lib, fikrimizcha, ushbu poydevor ustiga aniq hisob-kitoblar asosida, har tuman bo‘yicha barcha shart-sharoit va o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan aniq dastur ishlab chiqilishi lozim.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shuning uchun, tadqiqiotlarimiz natijasi shunday xulosaga keldik-ki, oilaviy xo‘jaliklarni keng ko‘lamdagi qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini yuqorida ko‘rsatigan mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib, oilaviy xo‘jaliklar ishtirokidagi kooperatsiyani rivojlantirishning quyidagi yo‘nalishlarda boshlashni istiqbolli deb hisoblaymiz:
- Qarindosh oilaviy xo‘jaliklar o‘rtasida ishlab chiqarish kooperativlarini tashkil etish;
- “Tomorqa-xizmat” ma’suliyati cheklangan jamiyatlari bazasida tuman va hududiy kooperatsiya birlashmalarini tashkil etish;
- Oilaviy xo‘jaliklarning o‘zaro, hamda mahalliy fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalari ishtirokidagi kooperativlar;
- Individual oilaviy xo‘jaliklar, yuridik shaxs maqomiga ega dehqon xo‘jal iklari va o‘z-o‘zini bandligini ta’minlagan yakka fuqarolar, kasanachi, yakka tadbirkor, oilaviy korxona, tashkiliy-huquqiy shakldagi kichik tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lgan qayta ishlovchi korxonalar ishtirokidagi agrofirmalar;
- Oilaviy xo‘jaliklar va barcha turdagi qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchi, tayyorlov-savdo tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokidagi assotsiativ kooperativlar.
Ilmiy tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, koopersiyalashtirishning quyidagi
yo‘nalishlarini rivojlantirishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
594
November 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423
-oilaviy xo‘jaliklarning o‘zaro va mahalliy fermer xo‘jaliklari bilan moddiy-texnik ta’minot, yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash va sotish borasida birlashgan kooperativlar (mahalliy kooperativlar);
-oilaviy xo‘jaliklarning qishloq xo‘jalik korxonalari, agroklasterlar, qayta ishlovchi korxonalar bilan hududiy darajada o‘zaro manfaatdorlik asosida birlashgan kooperativlar (hududiy kooperativlar).
REFERENCES
1. Quvondiqov Sh. O., Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga sinergetik yondoshuv, “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2018 yil. 3/2018 (№ 00035). www.iqtisodiyot.uz.
2. Бозоров Д. Синергетик парадигма. Монография. Тафаккур нашриёти. - Т.: 2010.
3. Хакен Г. Синергетика. - М.: Мир, 1980. 404 с.
4. Тураев Б.О., Эргашева М.Х., Рахмонов Б.У., Муминова З.О., Очилов Ж. Синергетика: мохдяти, конуниятлари ва амалиётда намоён булиши. Т.: Навруз нашриёти, 2017, 12-13 бет.
5. Бозоров Д. Синергетик парадигма. Монография. Тафаккур нашриёти. - Т.: 2010., ва Лихтенберг Г. К. Деградация философии. - М., 2004
6. Узбекистан Республикаси Давлат статистика кумитаси маълумотлари (20152020 йй) ва Узбекистан Республикаси Кишлок ва сув хужаликвазирлиги маълумотлари (2007-2018 йй.).
7. ^оракалпогистон Республикаси Давлат статистика бошкармаси маълумотлари. (2015-2020 йй.).
8. Коракалпогистон Республикаси Кишлок ва сув хужалиги бошкармаси ва унинг тизимидаги корхона ва ташкилотлари йиллик хдсоботлари (2015-2020 йй).
595
November 2021
www.oriens.uz