Научная статья на тему 'GO‘RO‘G‘LI TURKUMIDAGI DOSTONLARNING O‘RGANILISHI'

GO‘RO‘G‘LI TURKUMIDAGI DOSTONLARNING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

9272
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Go‗ro‗g‗li (Ko‗ro‗g‗li) / doston / baxshi / shoxobcha / folklor / variant / versiya / qahramon / Gorogly (Korogli) / epic / bakhshi / branch / folklore / variant / version / hero.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibrahim Jovliyev

Ushbu maqolada O‗rta Osiyo hamda Kavkaz orti atrofida keng tarqalgan ―Go‗ro‗g‗li‖ turkum dostonlarining kelib chiqishi, ularning tarqalish hududi, umumiy xususiyatlari hamda milliy xosliklari, turkum doirasidagi dostonlarning o‗rganilishiga doir kuzatuvlar o‗rin olgan. Bu borada ―Go‗ro‗g‗li‖ turkum dostonlarining o‗zbek baxshilari tomonidan kuylangan variantlar asosiy obyekt bo‗lishi bilan birga, Go‗ro‗g‗li shaxsiyati bilan bog‗liq xorijiy olimlarning fikr va qarashlari muhokama qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides an overview of the origin, distribution, general and national characteristics of the Gorogly series of epics, which are widespread in Central Asia and beyond the Caucasus, and the relationship of the epics within the series. In this regard, the main object of the series of epics "Gorogly" sung by Uzbek bakhshis, as well as the views of foreign scholars on the personality of Gorogly were discussed

Текст научной работы на тему «GO‘RO‘G‘LI TURKUMIDAGI DOSTONLARNING O‘RGANILISHI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

GO'RO'G'LI TURKUMIDAGI DOSTONLARNING O'RGANILISHI

Ibrahim Jovliyev

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

magistranti Ibrahim.j ovliyev@inbox.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'rta Osiyo hamda Kavkaz orti atrofida keng tarqalgan "Go'ro'g'li" turkum dostonlarining kelib chiqishi, ularning tarqalish hududi, umumiy xususiyatlari hamda milliy xosliklari, turkum doirasidagi dostonlarning o'rganilishiga doir kuzatuvlar o'rin olgan. Bu borada "Go'ro'g'li" turkum dostonlarining o'zbek baxshilari tomonidan kuylangan variantlar asosiy obyekt bo'lishi bilan birga, Go'ro'g'li shaxsiyati bilan bog'liq xorijiy olimlarning fikr va qarashlari muhokama qilindi.

Kalit so'zlar: Go'ro'g'li (Ko'ro'g'li), doston, baxshi, shoxobcha, folklor, variant, versiya, qahramon,

STUDY OF THE EPICS OF THE GOROGLY SERIES

Ibrahim Jovliyev

Master of Tashkent State university of Uzbek language and literature named after

Alisher Navai Ibrahim.j ovliyev@inbox.ru

ABSTRACT

This article provides an overview of the origin, distribution, general and national characteristics of the Gorogly series of epics, which are widespread in Central Asia and beyond the Caucasus, and the relationship of the epics within the series.

In this regard, the main object of the series of epics "Gorogly" sung by Uzbek bakhshis, as well as the views of foreign scholars on the personality of Gorogly were discussed

Keywords: Gorogly (Korogli), epic, bakhshi, branch, folklore, variant, version,

hero.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

KIRISH

O'zbek folklor adabiyoti har tomonlama boy, ulkan xazinadir. Zero, undagi birgina Go'ro'g'li turkumidagi dostonlarning o'ziyoq shajaralangan holda murakkab va o'zaro bog'langan poemani tashkil qiladi. Ularning har biri alohida mukammal asar bo'lishi bilan birga, Go'ro'g'lining atrofida bo'layotgan voqealarni aks ettiruvchi umumiy va yaxlit epos hamdir. Bu bir asarning boblari turli xil baxshilar tomonidan aytilgan katta asarning tugal qismchalaridir. Shuning uchun ham folklor olimlarini eng ko'p o'ziga tortadigan asarlar bu "Go'ro'g'li" turkumi dostonlaridir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Go'ro'g'li" turkumi dostonlari Osiyo xalqlari orasida nihoyatda keng tarqalgan. O'zbek, tojik, turkman, qozoq, qoraqolpoq, gruzin, kurd va boshqa xalqlar og'zaki ijodida Go'ro'g'li ismi bilan bog'liq turli xil voqealar hikoya qilinadi. Ushbu asarlar keng tarqalganligi, turli xil tarmoqqa ega ekanligi bilan butun folklorchilarni hayratda qoldiradi. Ularni ilmiy doiraga olib kirgan ilk olim A.Xodzko bo'ladi. U "Go'ro'g'li" turkumining ozarbayjoncha versiyasining 13 dostonini yozib olib 1842-yil nashr ettiradi. U asar haqida "Osiyoda biror burchak yo'qki, u yerda Ko'ro'g'lining nomi aytilmasin. Hatto Bessarabiya va Moldaviyada ham uning otini eshitasiz. Agar adiblarning shuhrati va mashhurligi ularning o'quvchilarining soni bilan hisoblansa, unda Firdavsiy Ko'ro'g'lidan biroz ortiq bo'ladi", — deb yozgan edi.

"Go'ro'g'li" turkumi dostonlari fanda ikki katta tarmoqqa bo'linadi. Ularning biri Zakavkazye versiyasi deyilsa, ikkinchisi Yaqin sharq versiyalari deb ataladi. Birinchi turga ozarbayjon, arman, gruzin, turk va boshqa millatlar orasida yashayotgan turkum dostonlar kirsa, ikkinchisiga o'zbek, qozoq, qoraqolpoq, turkman, tojik va boshqa Markaziy Osiyo xalqlari orasida yashab kelayotgan Go'ro'g'li bilan bog'liq asarlar kiradi. Garchi ikki katta tarmoqdagi asarlar Go'ro'g'lining atrofida voqe bo'lsa-da, ammo asarning epik ko'lami, voqealar rivoji kabi jihatlari bilan bir-biridan jiddiy farq qiladi. O'zbek "Go'ro'g'li"si boshqa xalqlar "Go'ro'g'li"sidan turkumga birlashgan dostonlarning hajman kattaligi (monumentalligi) va xilma-xilligi, turkumlashishning murakkab jihatlariga asoslanganligi bilan ajralib turadi.

Hatto o'zbek xalqi orasida keng tarqalgan "Go'ro'g'li" turkum asarlari ham ikki katta versiyaga bo'linadi. Bu versiyalardan biri Xorazm "Go'ro'g'li" dostonlari bo'lib, ular turkman versiyasiga juda o'xshash, Ozarbayjon "Ko'ro'g'li"siga ancha yaqin turadi. Turkumga birlashgan Xorazm dostonlari o'n uchta - o'n to'rtta bo'lib,

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

syujeti, ijodiy uslubi, va kuylanish jihatidan jiddiy tafovutlarga ega, ularning hajmi nisbatan qisqa.

O'zbekistonning Xorazmdan bo'lak yerlarida tarqalgan "Go'ro'g'li" dostonlari ham alohida mustaqil bir versiyani tashkil etib, hajmining kattaligi, "monumental"ligi bilan ajralib turadi.

Xorazm turkum dostonlari ichida "Go'ro'g'lining do'rayishi", "Arab tang'an", "Avaz keltirgan", "Avaz uylantirgan", " Avazning ozod etilishi", "Qirq minglar", "Bozirgon", "Kampir", "Xiromon dali", "Gulruh pari" kabi dostonlari kuylanib yurgan. Tabiiyki, bular O'zbekistonning Xorazmdan tashqari hududlarida kuylangan dostonlardan syujeti va hajmi bilan biroz farq qiladi. Chunki Xorazm dostonlari ijro uslubi dostonlarning hajmi ko'p ham katta bo'lmasligini taqozo qiladi.

Xorazm "Go'ro'g'li" turkum dostonlarining o'ziyoq katta dostonlar birlashmasini tashkil qiladi. Turkumning variantlari va Xorazm "Go'ro'g'li"si bu hisobga kirmaydi. Xorazm dostonlarini maxsus o'rgangan professor S.Ro'zimboyevning fikricha, vohada tarqalgan "Go'ro'g'li" dostonlarining umumiy soni yigirma to'rttadir. Shundan o'n sakkiztasi yozib olingan. Bunga haligacha yozib olinmagan, unutilib ketgan "Shodmonbek", "Doniyorxo'ja", "Oydinoy", "Xoldor buvish", "Bektosh arab", "Ahmad Sardorning suyagi", "Ahmad Sardor va Hasanxon", "Ahmad Sardor va Avaz", "Sherali" kabi o'nlab dostonlarni qo'shsak, ... yuz raqamiga yaqinlashib qolamiz.

Birgina Xorazm "Go'ro'g'li" turkumi raqami shuncha bo'lsa, O'zbekistonning boshqa hududlaridan yozib olingan varinatlarni tasavvur qilib olishimiz mumkin. Folklorshunos T.Mirzayev ularning sonini yuzdan ortiq deb ko'rsatadi. Olim birgina O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Folklor arxivida "Go'ro'g'li" turkumi dostonlarining soni oltmishdan ortiq ekanligini aytib o'tgan. Qolaversa, baxshilar tomonidan yozib olingan "Go'ro'g'li" turkumiga mansub asarlar sonini aniq keltiradi. Uning aytishicha, Ergash Jumanbulbul o'g'lidan 5 ta, Fozil Yo'ldosh o'g'lidan 10 ta, Po'lkan shoirdan 16 ta, Bekmurod Jo'raboy o'g'lidan 2 ta, Saidmurod Panoh o'g'lidan 1 ta, Umir Safar o'g'lidan 3 ta, Mardonqul Avliyoqul o'g'lidan 2 ta, Rahmatulla Yusuf o'g'lidan 27 ta doston yozib olingan.

Ushbu dostonlarning ba'zilarini alloma Hodi Zarif Go'ro'g'li hayotining bosqichlariga qarab tasniflab chiqqan. Bunda Go'ro'g'lining yoshi asos bo'lgan: 1. "Go'ro'g'lining tug'ilishi" 2. "Go'ro'g'lining bolaligi" 3. "Chortoqli Chambil". 4. "Zaydinoy". 5. "Yunus pari". 6. "Misqol pari". 7. "Gulnor pari". 8. "Qirq yigit bilan qirq qiz". 9. "Hasan ko'lbar". 10. "Rayhon arab". 11. "Shohdorxon" 12.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

—Zamonbek". 13. —Xidirali elbegi". 14. —Berdiyor otaliq". 15. — Elomon". 16. —Xoldorxon". 17. —Soqibulbul". 18. —Go'ro'g'lining Qrimga borishi". 19"Govdaroz dev". 20. —Besh podshoning Chambilga yov bo'lib kelishi". 21. —Shoqalandar". 22. —Ro'zaxon". 23. —Yosqila". 24. —Hasanxon". 25. —Chambil qamali". 26. —Dalli". 27. —Avazxon". 28. —Gulqizoy". 29. — Oygul qizning vafoti". 30. —Intizor". 31. —Malika ayyor". 32. —Mashriqo". 33. —Zulfizar". 34. —Bo'tako'z". 35. —Qunduz bilan Yulduz". 36. —Sarvinoz". 37. —Balogardon". 38. —Avazning arazi". 39. —Ahmad Sardorning o'limga buyurilishi". 40. —Avaz o'g'lonning Rumga qochishi". 41. —Avazxonning o'limga hukm etilishi". 42. —Girdob". 43. —Xonimoy". 44. —Avaz va Gultan". 45. —Xushkeldi". 46. —Oltin qovoq". 47. —Zayidqul". 48. —Gulixiromon". 49. —Zarnigor". 50. —O'g'a Yunusning olib qochilishi". 51. —Ravshan". 52. —Nurali". 53. —Nuralining yoshligi". 54. —Balxivon". 55. —Jorxon maston". 56. —Sumbulsoch beka". 57. —Nurali va Qari Ahmad". 58. —Nuralining yutilishi". 59. —Malla savdogar". 60. —Jahongir". 61. —Ero'g'li" (—Shahidnoma", —Go'ro'g'lining o'limi", —Go'ro'g'lining g'oyib bo'lishi").

Shu o'rinda aytish kerakki, o'zbek —Go'ro'g'li" turkumining tasnifi faqat Hodi Zarif tomonidan qilingan emas. O'tgan asrning eng katta baxshilaridan Rahmatulla Yusuf o'g'li ham bu tasnifni tuzgan: 1.—Go'ro'g'lining tug'ilib o'sishi", 2. —Go'ro'g'lining bolaligi", 3. —Chortoqli Chambil", 4. —Rayhon arab", 5. "Yunus bilan Misqol", 6. —Hasanxon", 7. —Qirq yigit va qirq qiz", 8. —Go'ro'g'libekning Avazxonni olib kelgani", 9. —Xon dalli" (—Hasanxon"), 10. —Avazxonning qochishi", 11. —Avazxonning uylanishi", 12. —Govdaroz dev", 13. —Chambilga besh podshoning yov bo'lib kelishi", 14. —Sarvinoz", 15. —Hasan ko'lbar voqeasi", —Go'ro'g'lining Ahmad Sardorni o'limga buyurishi", 17. —Avaz o'g'lonning Rumga qochishi", 18. —Balogardon" 19. —Chambil qamali", 20. —Oygulqizning vafoti", 21. —Xushkeldi", 22. —Qunduz bilan Yulduz", 24. —Shoqalandar", 25. —Ro'zaxon", 26. —Yosqila", 27. —"Xiromon dalli", 28. —Ravshanxon", 29. —Bozirgan arab", 30. —Shahidnoma" (Go'ro'g'lining o'limi).

Baxshi —Go'ro'g'li" turkumidagi uzviy bog'liq, voqealar xronolgik jihatdan to'g'ri shakllantirilgan dostonlarning soni 30 ta deb aytib o'tgan.

Hodi Zarif Go'ro'g'li shaxsi va u haqdagi dostonlar haqida aytib o'tarkan, —...ularning ba'zilari uzoq tarixda O'rta Osiyoda islom dini tarqalishidan burungi zamonlarda maydonga kelgan" degan xulosani o'rtaga tashlaydi. Ammo —Malika ayyor" dostonidagi so'zboshisida —Go'ro'g'li" dostonlarining yaratilishi VIII - XII asrlarga borib taqaladi degan xulosani beradi. V.M.Jirmunskiy bilan hammualliflikda

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

yaratgan monografiyasida "Go'ro'g'li" turkum dostonlari tarixini ozarbayjon folklor qahramonining yon xalqlarga ko'chganini ta'kid etadi.

Olim "Go'ro'g'li" turkumiga kiruvchi ko'plab dostonlarni yozib oldi hamda nashr ettirdi. Xususan, "Yakka Ahmad", "Intizor", "Malika ayyor", "Xoldorxon", "Zulfizar bilan Avazxon" kabi dostonlar shular jumlasidandir.

"Go'ro'g'li" turkum dostonlarining o'rganilishida Z.Husainovaning mehnati alohida. Olima turkum dostonlarni nashr etishda eng ko'p ishtirok etgan folklorshunos sanaladi. U "Qirq yigit bilan qirq qiz", "Gulshanbog"', "Nurali va qari Ahmad", "Mashriqo", "Malika ayyor", "Malla savdogar", "Gulnor pari", "Misqol pari" kabi dostonlarning ba'zilarini yozib olishda, ba'zilarini esa nashr etishda jonbozlik ko'rsatdi. Bu borada T. Mirzayevning mehnati ham alohida. Olim "Go'ro'g'lining tug'ilishi", "Go'ro'g'lining bolaligi", "Chortoqli Chambil", "Rayhon arab", "Yunus bilan Misqol", "Hasanxon", "Qirq yigit bilan qirq qiz", "Hasan ko'lbar", "Avazxon", "Gulqizoy", "Govdaroz dev", "Besh podshoning Chambilga yov bo'lib kelishi", "Sarvinoz", "Zulfizar", "Ahmad sardorning o'limga buyurilishi", "Avaz o'g'lonning Rumga qochishi", "Balogardon", "Oygulqizning vafoti", "Nuralining yoshligi", "Sumbulsoch beka", "Shoqalandar", Ro'zaxon", "Yosqila", "Xiromon dali", "Bozirgan", "Go'ro'g'lining o'limi" kabi dostonlarni Zubayda Husainova bilan birgalikda nashrga tayyorladi. T.Mirzayev "Go'ro'g'li" turkum dostonlarini kompleks ravishda tadqiq qilgan olimdir. Bundan tashqari M.Afzalov, B.Sarimsoqov, Q.Muhiddinov, B.Karimov, M.Saidov, S.Asqarov kabi olimlar ham "Go'ro'g'li" turkum dostonlarini o'rganishda alohida o'ringa egalar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Go'ro'g'li" turkum dostonlari boshqa turkiy xalq orasida ham mashhur. Shuning uchun ham har bir xalq Go'ro'g'lini o'ziniki qilib aytadi. Turk folklorshunos olimlari Go'r'og'li shaxsini Eron bilan bog'lagan holda ko'rsatadi.

"Qayerlik bo'lgani aniq bo'lmagan, dostonlarda ham bu mavzuda ochiq ma'lumot berib o'tilmagan Ko'ro'g'li shaxsiyati haqida Sharqiy Azarbayjon rivoyatlarining birinchi shaxobchasida aytilarkan, uning otasi Murodiya shaharchasida o'tgani hikoya qilinmoqda... Turkman rivoyatlarida Ko'ro'g'lining turkmanlarga mansub ekanligi aytilsa-da, turkmanlarning bu dostonni Eron ozarbayjonlaridan o'rganib o'zlariniki qilib olganliklariga, turkmanlar tarixidan bahs etuvchi "Shajarayi tarokima" hamda "Shajarayi turk" asalarida Ko'ro'g'li ismi aytib o'tilmaganiga diqqat etilsa, turkman xalqidagi Ko'ro'g'li o'zlashtirilganligi ayon bo'ladi. Demak, turk olimlarining qarashiga ko'ra Sharqiy turkiston va g'arbiy turk

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

xalqlaridagi Go'ro'g'li Eron turkiylaridan o'zlashgan qahramon sanaladi. Go'ro'g'li borasidagi fikrlar ichida uning shaxsiyati bilan bog'liq ma'lumotlar qimmatli. Chunki unda Go'ro'glining janubiy Xurosonda tug'ilib, Eron ozarbayjonlari ichida Eron shohi Abbos II zamonida (1617 - 1648-yillarda) yashaganligi aytiladi. Qolaversa, manbada Go'r'og'li bilan bog'liq ma'lumotlar tarixiy fakt - 1656-yilda Van ko'li tomon sayohatni amalga oshirgan Avliyo Chalabiyning —Sayohatnoma" sida Go'ro'g'li haqida xabar bergani keltiriladi. Bu ma'lumotlar Go'r'og'li shaxsiga eng yaqini sanaladi. Chunki Go'ro'g'li bilan bog'liq aksar voqealarda uning eronliklarga qarshi kurashgani aytiladi. Tarix esa turk olimlari Go'ro'g'li yashagan deb ko'rsatayotgan davrda Eron shialarining turkiy xalqlar bilan kuchli ziddiyatda yashaganini ko'rsatadi. Eng qiziq tomoni shundaki, —Munajjimi yazdiy" da Go'ro'g'li Usmonlilar tarafidan siquvga olingani, Abbos shohning huzuridan panoh topgani aytiladi. Turk olimlari Go'r'g'lining hayotini uch bosqichga bo'ladi. Birinchi bosqichda Go'ro'g'li o'z mamlakati Bo'luda qaroqchilik qilib yuradi. Ikkinchi bosqichda Go'ro'g'li hayoti Chamlibel (Chambil)da kechadi va u yerda odamlardan yo'l boji olib yigitlari bilan tiirkchilik qiladi. Uchinchi bosqichda Usmonlilarning tazyiqidan qochib Eronga boradi. Va nihoyat, —Go'ro'g'li" turkumidagi dostonlarning ozarbayjon variantida Go'ro'g'li Eron shohi Abbos tomonidan o'ldiriladi.

G'arbiy turk xalqlari orasida —Go'ro'g'li" turkumidagi asarlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida yozma ravishda tarqala boshladi. Xususan, —Ko'ro'g'li hikoyalari" 1885 - 1914-yillar mobaynida qayta-qayta tosh bosmadan chiqadi. Keyinchalik esa Nizamittin Nazif Tepedelenli o'g'li 1928-yil, Pertev Naili Boratov 1931-yil, Muharrem Zeki Korgunal 1931 - 1933-yillar, Jemol Baki 1949-yil, Murat Serto'glu 1959, 1962-yillar, Mehmet Seyda 1969-yil Ibrahim Zeki Burdurlu 1969-yil va Tahir Kutsi Makal 1970-yillarda —Go'ro'g'li" turkumidagi hikoyalarni nashrdan chiqardilar. Mehmet Kaplan, Mehmet Akalin, Muhan Bali, Ah Onk, Fikret Turkmen, Ferruh Arsunar kabi olimlar —Go'ro'g'li" turkumi dostonlarining genezisi, tarmoqlari, shaxsiyati va boshqalarni jiddiy tadqiq etishdi.

Turk folklorshunos olimi Metin Ekiji Onaduluda keng tarqalgan —Go'ro'g'li" turkum dostonlarining shaxobchalarini va har bir shaxobchadan o'sib chiqqan asar voqealarini tasnif etdi. Unga ko'ra —Go'ro'g'li" turkumining turk versiyasi uch shaxobchadan iborat:

1-shaxobcha: Go'ro'g'lining maydonga kelishi va Chamlibelda joylashishi haqidagi shaxobcha:

a) Ko'ro'g'lining o'rtaga chiqishi yoki Ilk shaxobcha;

b) Ko'ro'g'lu va Demirjio'g'lu;

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

c) Demirjio'g'lu va Rayhon arab;

d) Ko'ro'g'lu va Nig'dali kiyik Ahmad;

e) Ko'ro'g'lu va Ayvaz (Avaz);

f) Ko'ro'g'luning Sevastopol safari;

2-shaxobcha: Ko'ro'g'lu va uning ulkalarga qilgan safari va uylanishlari haqidagi shaxobcha:

a) Ko'ro'g'lining Istanbul safari va Nigor xonim bilan turmush qurishi;

b) Ko'ro'g'lining Dog'iston va Darband safari va o'g'li Hasan yoki Husayn;

c) Ko'ro'g'lining Qaysariga safari

d) Ko'ro'g'lining Gurjiston safari'

e) Ko'ro'g'lining Kanonga safari

f) Demirjio'gluning Arzrumga safari

g) Ko'ro'g'lining Bog'dodga safari;

h) Ko'ro'g'li va Kiziro'g'li Mustafa bey;

i) Ko'sa Kanon va Dono xonim;

j) Ko'ro'g'li va Ko'ja bey va Silistrali Hasan posho;

k) Ko'ro'g'lining Qirotni o'g'irlashi va To'qatga safari;

l) Ko'ro'g'lining Madiyanga safari;

m) Ko'ro'g'li va Bolu bey

n) Ko'ro'g'li va Qambar;

o) Ko'ro'g'lining Rusiyaga safari yoki Oltuga safari;

3-shaxobcha:

Ko'ro'g'lining qarishi va qirqlarga qo'shilishi;

XULOSA

Ko'rinib turibdiki, shaxobchalardagi voqealar "Go'ro'g'li" turkumining O'rta Osiyo versiyasiga yaqin. Ushbulardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin:

1. "Go'ro'g'li" turkum dostonlari turkiy xalqlarning umumiy mushtarak eposi sanaladi.

2. Go'ro'g'li Eron hududida yashagan va eroniylarga qarshi chiqqan hukmdor sanaladi. Chunki o'zbek "Go'ro'g'li" dostonlarida Go'ro'g'li eron shialariga qarshi kurash olib borgani anglashiladi.

3. Go'ro'g'li shaxsiyatini ochuvchi eng so'ng doston "Ero'g'li" yoki "Shahidnoma'lar sunniy mazhab vakillari bo'lmish turkiylarni Eron shialaridan himoya qilgan va bu yo'lda qurbon bo'lgan Go'ro'g'lining hayotiga bag'ishlangan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-339-346

Garchi keyinchalik doston talqini o'zgarihsga uchragan bo'lsa-da, tarixiy faktlar Go'ro'g'lining (Ko'ro'g'lining) el orasida shahid hisoblanishiga asos bo'lgan.

REFERENCES

1. Go'ro'g'li. O'zbek xalq dostonlari. T. Mirzayev yozgan so'zboshi, "SHARQ" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2006. Toshkent, B. - 3.

[Gorogly. Uzbek folk epics. T. With a foreword T. Mirzaev, Main editorial office of the joint-stock company "SHARQ". 2006. Tashkent, p. 3.], [Гороглы. Узбекские народные эпосы.. Т. С предисловием Т. Мирзаева, Главная редакция акционерной компании "SHARQ". 2006. Ташкент, стр - 3.]

2. Раззоков X,. ва бош;., Узбек хал; огзаки поэтик ижоди, Тошкент, 1980. "УКИТУВЧИ" нашриёти, Б. - 229 -230. Razzakov and others. Uzbek folk oral poetry literature, Tashkent, 1980. Publishing house "OQITUVCHI", P. - 229-230. [Раззаков и др. Узбекская народная устная поэтическая литература, Ташкент, 1980. Издательство "УЩТУВЧИ", C. - 229 -230.],

3. Ходи Зариф, "Равшан" достони хдкида, Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги урни, тадкикотлар, 2 китоб, Тошкент, "ФАН" нашриёти, 1971, Б. - 60 - 61. Hody Zarif, About the epic "Ravshan", poet Ergash and his place in oral poetry, research, 2-book, Tashkent, Publishing house "FAN", 1971, P. - 60 - 61. Ходи Зариф, Про эпос "Равшан", поэт Эргаш и его место в устной поэзии, исследования, 2-книга, Ташкент, Издательство "ФАН", 1971, Б. - 60 - 61.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Islam Ansiklopedisi. 26-cild. 2002. S. - 268 - 270.

5. Metin Ekici: Türk dünyasi incelemeleri dergisi. Savi iL Izmir. 1997. S. - 239.

6. Faruk Sümer, Köroglu'nun tarihi §ahsiyeti hakkinda vesikeler, Uluslar arasi folklor ve halk edebiyati semineri bildirileri, Ankara 1976 S. - 46.

7. Zhirmunsky V.M., Khadi Zarif. T. Uzbek folk heroic epic. - Moscow: GIHL, 1947. - pp. 165-279; [Ж и р м у н с к и й В. М., З а р и ф о в Х. Т. Узбекский народный героический эпос. - Москва: ГИХЛ, 1947. - С. 165-279];

8. Khaldarkhan. Narrator: Ergash Jumanbulbul oglu, Written by: Hody Zarif and Ergash Jumanbulbul oglu, T., Publishing house of literature and art named after Gafur Gulyam, P. - 55. Халдархан. Рассказчик: Эргаш Джуманбулбул оглы, Написавший: Ходи Зариф и Эргаш Джуманбулбул оглы, Т., Издательство литературы и исскуства им Гафура Гуляма, C. - 55.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.