Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARI'

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
144
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / mafkura / g‘oya / milliy g‘oya / millat / jamiyat / mafkurafiy tahdid / ma’naviyat / ma’anaviy xuruj / madaniyat / ommaviy madaniyat / fan / tahdid / глобализация / идеология / идея / национальная идея / нация / общество / идеологическая угроза / духовность / традиционная атака / культура / массовая культура / наука / угроза.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Meyliyev Ulmas

Mazkur maqolada “globallashuv”, sharoitida “mafkuraviy tahdid” va “ommaviy madaniyat” tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritilib, unda mazkur kategoriyalarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqidagi mamlakatimiz va G‘arb mutaxassislarining fikrlari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuvning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy o‘rganilgan va tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISMS OF FIGHTING AGAINST IDEOLOGICAL THREAT IN GLOBALIZATION

В данной статье говорится о значении понятий «глобализация», «идеологическая угроза» и «массовая культура», а также сопоставляются мнения наших и западных экспертов о роли этих категорий в обществе. Также была проанализирована роль глобализации в развитии общества

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARI»

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MAFKURAVIY TAHDIDLARGA QARSHI

KURASHISH MEXANIZMLARI

U. Meyliyev -

MTTDMQTMOI katta o'qituvchisi

d https://doi.org/10.24412/2181-7294-2023-2-188-193

Bugungi kunda globallashuv sharoitida dunyo mamlakatlari barcha sohalarda, barqaror taraqqiyot yo'lida o'zlarining o'rinlariga ega bo'lib bormoqda. Albatta, bunda har bir davlatning tabiiy va iqtisodiy omillari bilan birga inson omili, jumladan, yosh avlodlarni tarbiyalash, shart-sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish muhim. Globallashuv fenomeni zamonaviy dunyoda nafaqat iqtisodiyot va xususiy sektorni, balki siyosiy va ijtimoiy jabhalarda ham o'z aksini ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda yangi ma'lumotlar hayotimizning iqtisodiy hamda ijtimoiy transformasiya jarayonida muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda. Globallashuvning asosi ham aynan shu ma'lumotlarni qabul qilish, o'zlashtirish, tahrir etish va uzatishdan tashkil topgan.

Yoshlar har qanday jamiyatning ajralmas qismidir va globallashuv davrida avvalambor uning muammolari birinchilardan bo'lib yuzaga chiqadi. Insoniyatning global muammolari, globallashuvning real jarayonlari va shakllarini aniqlashda, birinchi navbatda, yoshlar parametri turadi. Aynan yoshlar iqtisodiy va ijtimoiy tomondan aziyat chekadilar va mojarolar markaziga bo'lib qolishlari mumkin. Avvalo, yoshlar yangilanib borayotgan dunyoviy etikani puxta egallab, uning asosida yashashni o'rganishlari kerak. Mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarimiz tinchlik madaniyatini anglashlari va tushunib etishlari, globalizasiya jarayoniga ijtimoiy masofadan qarashlari muhimdir[1].

Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi sifatida O'zbekiston Recpublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikaci Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi, Oliy Majlis Senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik palatasi qoshida 250 nafar faol va tashabbuskor yoshlardan iborat «Yoshlar parlament»lari, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo'yicha komissiya tashkil qilindi[2].

Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda, shuni ob'ektiv tan olish kerak-bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo'shnilar, balki jahon miqiyocida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog'lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.

O'zbekistondagi taraqqiyotning harakterli xususiyatlaridan biri shiddat bilan kengayib borayotgan globallashuv jarayonida ijtimoiy, siyosiy madaniy, ma'naviy hayotning yalpi axborotlashuvidan iboratligidir. Qayd qilish lozimki globallashuv va axborotlashuv o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lgan dialektik birlikdagi ijtimoiy voqelikdir. Globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma'noni anglatishini ta'kidlash lozim, globallashuv-bu avvalo hayot sur'atlarini beqiyos darajada tezlashuvi demakdir[3].

Global (fransuzcha, lotincha-er shari)-imsoniyat hayotiga tegishli muhim masalalarning majmuasini, ta'sir doirasini, qo'llashni ifodalaydi, hozirgi davr ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotining taqdiriga dahldor masalalarning hal etilishi bilan bog'liq. Global mauammolar jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan, unga xos bo'lgan muammolarning echimini topish va hal etishda yalpi axborotlashuv, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, informasion madaniyatini shakllantirish va muntazam takomillashtirish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Axborot texnologiyalari jamiyatning hamma sohalarini egallab, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tobora zamonaviylashuvini, takomillashuvini ta'minlamoqda va fundamental, ijtimoiy-gumanitar

fanlarning eng yangi yutuqlaridan unumli foydalangani holda barcha fanlarning muntazam rivojiga shart-sharoit yaratdi. Buning natijasi o'laroq biotexnologiya, genmuhandisligi (geninjeneriya)ga asoslangan qishloq xo'jaligi, turli innovasiyalar, yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat va telekommunikasiya aloqalari va kompyuter texnologiyalariga asoslangan xizmat ko'rcatish sohalari vujudga keldi. Hozirgi davrning mazmuni va mohiyati intellektual bilim davri va "bilimga asoslangan" jamiyatdir.

Bugungi kunda yoshlarning aksariyati bo'sh vaqtlarini, hattoki, ta'lim muassasalarida bo'lish paytlarini ham internet-klublarda o'tkazmoqda. Natijada Internet ular uchun faqat o'yinlar olamiga aylanib borayapdi. Bunday o'yinlar bozorlarda kontrafakt disklarda sotilmoqda.

Qolaversa, Internet tarmogida o'z joniga qasd qilishning oson yo'llarini targ'ib qiladigan 9 mingta, erogik mazmundagi 4 mingdan ziyod sayt mavjudligi ko'pchilikni tashvishga solmoqda. Kompyuter o'yinlarining deyarli yarmiga yaqini zo'ravonlik va yovuzlikni targib qilmoq- da, 42 foiz bola va o'smirlar onlayn tizimi orqali tarqatiladigan pornografiya ta'siriga butunlay qaram bo'lib qolgan. Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38 foiz bola millatchilik ruhidagi veb-sahifalarni muntazam kuzatib borishini aniqlashgan[4].

Ustiga ustak, Yevronyus kanalining telexabarlariga qaraganda, hatto skandinav davlatlarida ksenofobiya va radikalizm bilan bog'liq yoshlar harakati jonlanib qolgan.

Demak, mafkuralar to'qnashuvi olamidagi bunday noxush holatlar yangi noan'anaviy muammo tajovuzkor mafkuralarga qarshi mustaqil pozitsiyani mustahkamlashning yangi davrini ilmiy idrok etish, ommaviy axborot vositalarining geosiyosiy darajadagi masalalarni hal qilishdagi rolining aniq ifodalanashini talab etadi. Binobarin, butungi kunga kelib ayni mafkuraviy ta'sir va tazyiq o'tkazish davlatning eng asosiy geosiyosiy potensiali bo'lmish - milliy mentalitet, madaniyat, odamlarning axloqi va e'tiqodi, mustaqil pozitsiyasini o'zgartirish qudratiga ega. Bularning barchasi axborot makonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish uchun OAVning siyosiy funksiyalaridan unumli foydalana olayotibmizmi, bundan buyon ommaviy kommunikatsiyalarining, ayniqsa, elektron ommaviy kommunikatsiyalarining shiddatli taraqqiyoti inson ongini manipulitsiyalashni qay tariqa davom ettirib boradi, axborot olamidagi raqobatning aniq ilmiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy talqiniga ega bo'la oldikmi, degan savol- larni oldimizga dolzarb qilib qo'yadi.

Bugungi kunda O'zbekistonda boshqaruvni liberallashtirish, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish jarayonlari ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish mavzusiga mutlaqo yangicha yondashuvlarni taqozo etmoqda. Chunki, davlat va jamiyat oldida ayni ommaviy axborot kommunikatsiyalari taraqqiyotigina siyosiy-g'oyaviy, ma'naviy-ruhiy kommunikatsiyaning asosiy tayanchi sifatida ulkan imkoniyatlarni keltirib chiqarish qudratiga ega.

Jamiyat taraqqiyotining yangi bocqichida internet bepoyon axborot maydoniga aylandi. Axborotlashuv jarayoning asosiy sub'ekti va harakatlatiruvchi kuchlari manfaatlariga xizmat qiladigan bunday sa'y-harakatlardan ko'zlangan maqsad milliy manfaat va qadriyatlarga tayangan ananaviy tafakkur tarziga zarba berib, butun dunyoda g'arbona andozalarga asoslangan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy jihatdan yagona tamaddun hukumronligini o'rnatishdan iborat[5].

Shaxsning informasion madaniyatini shakllantirishning eng ta'sirchan kuchli vositasi bo'lib, unda ijtimoiy fikr ommaviy tarzda va turli yondashuvda aks ettiriladi, shu ma'noda internetni ommada ijtimoiy fikrni shakllantirishi, qaror toptirish va informasion madaniyatini shakllantirish maydoni hisoblanmoqda. Internet inson uchun o'z ilmiy, mafkuraviy, ma'naviy ehtiyojlarini qondirishning juda qulay shaklidir. Internet orqali inson shaxs sifatida o'zini namoyon qiladi, ma'naviy dunyosi ilmiy saviyasini rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. Internetda har bir shaxs ijod qilishi, ilmiy yangilik yaratishi, intellektual imkoniyatlarini namoyon qilishi mumkin.

Internet tufayli shaxs o'zi istagancha, cheklanmagan holda o'zining shaxsiy kamoloti haqida qayg'urishi va ilmiy ijodiy faoliyat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Internet tizimida shaxs o'zining aqliy qobiliyati va ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish uchun keng shart-sharoitlar mavjud internetda, uning erkin ijodi yuzaga chiqadi. Bu o'rinda mavjud shart-sharoitlardan ijodiy

foydalanish nazarda tutiladi. Bunday shart-sharoitlar axborot olamida endigina o'z-o'zini namoyon etib kelayotgan va axborotlarga muntazam ehtiyoj sezadigan yoshlarga zarur bo'ladi.

Bugungi kunda internet tarmog'ida foydali ma'lumotlar bilan bir qatorda tarqatilayotgan buzg'unchi (diniy ekstremizm, terrorizm, shafqatsizlik, konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan) va axloq me'yorlariga to'g'ri kelmaydigan axborotlar, ayniqca, yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Bu borada O'zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlarida fuqarolarni nomaqbul axborotlardan himoyalashga qaratilgan qat'iy talablar mustahkamlab qo'yilgan. Avvalo, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno ekanligi belgilab qo'yilgan[6].

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish harakatiga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan. Shuningdek, pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish harakatlariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 189-moddasi va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasida javobgarliklar belgilangan. Bundan tashqari, zo'ravonlik yoki shafqatsizlikni targ'ib qiluvchi mahsulotni tarqatish harakatlari O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'ricidagi Kodekcning 189-moddasi 1-bandi va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasi 1-bandi talablariga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi [7].

Qolaversa, Respublikamizning bir qator qonunlarida fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni nosog'lom axborotlardan himoya qilishga doir talablar mavjud. Jumladan, "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi talablariga ko'ra, axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi. Mazkur Qonunning 14-moddasi talablariga ko'ra, qonunga xilof ravishda, ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta'sir ko'rsatishga, uni chalg'itishga yo'l qo'yilmaydi[8].

Shuningdek, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'ricida"gi (2008 yil 7 yanvar) O'zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi talablariga ko'ra, pornografiya, shafqatcizlik va zo'ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo'luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi[9].

Yurtimizning kelajagi yoshlar qo'lida. Shuning uchun "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi (2016 yil 14 centyabr) O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida ham yoshlarni axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish — yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida keltirilgan. Ayni paytda, shuni ham ta'kidlash joizki, yuqoridagi qonun hujjatlarida ko'rsatib o'tilgan barcha talablar Internet tarmog'ida axborotlar tarqatilishiga ham birdek taalluqlidir[10].

Bundan tashqari, 2014 yil 4 sentabrda "Axborotlashtirish to'g'ricida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga blogerlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qo'shimchalar kiritildi, ya'ni mazkur Qonunning 3-moddasida "bloger" atamasiga izoh berilgan bo'lsa, 12-moddasi 1-bandida blogerga qo'yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq, veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger Internet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan O'zbekiston Respublikasining davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga zid keladigan harakatlarni sodir etmasligi belgilab qo'yilgan[11]. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining 2018 yil 21 maydagi 173-son buyrug'iga muvofiq "Ma'lumotlar uzatish tarmog'i, shu jumladan Internet xizmatlarini ko'rsatish qoidalari" to'g'risidagi hujjati tasdiqlandi.

Shuningdek, "Axborotlashtirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda butunjahon Internet tarmog'ida axborot xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada

takomillashtirish, axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-sonli "Butunjahon Internet tarmog'ida axborot xavfsizligi yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra, qarorida quydagilar taqiqlangan:

- O'zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo'rlik bilan o'zgartirishga da'vat etish;

- urush, zo'ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g'oyalarini targ'ib qilish;

- davlat siri bo'lgan ma'lumotlarni yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni oshkor

etish;

- milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo'zg'atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur etkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo'l qo'yuvchi axborotni tarqatish;

- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ'ib qilish;

- pornografiyani targ'ib qilish kabi holatlar[12].

Qolaverca, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27-iyundagi Qaroriga muvofiq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida Axborot xavfsizligi ta'minlash markazi tashkil etildi. 2018 yil 21 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4024 sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq bir qator tashkilotlar tugatilib, Yangi O'zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi. Unga ko'ra Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari:

- aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish sohacida qonun hujjatlari, normativ hujjatlar va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

- o'z vakolati doirasida pochta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikasiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilishi, davriy bosma nashrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va EHM uchun dasturlar tarqatilishida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini ta'minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi[12].

Shuningdek, mamlakatda faoliyat olib boruvchi "Texnik ko'maklashish markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va to'plash, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta'minlaydigan samarali tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni tezkor qabul qilish bo'yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu tashkilot davlat axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, Internet tarmog'i milliy segmentining axborot xavfsizligi ta'minlash cohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog'i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo'layotgan tahdidlar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni himoya qilish bo'yicha ishlarni tashkil etadi.

Qolaversa, 2019 yil 2-fevraldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4151 sonli qaroriga asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminictrasiyaci huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tashkil etildi. Agentlik O'zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, nashirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha vakolatli organ hicoblanadi[13].

Dunyo bo'ylab yuqoridagi kabi Internet foydalanuvchilarini virtual tarmoqdagi xavfsizligi ta'minlashga qaratilgan me'yoriy hujjatlarning qabul qilinishi va ijro etilishi hamda ushbu yo'nalishdagi tuzilmalarning samarali faoliyat yuritishi, shu bilan birga, agressiv axborotlardan

jamoat manfaatlarini, fuqarolarni, xususan, yosh avlodni himoyalashga qaratilgan hukumatlar o'rtasida kelishuvlarga erishish va ularni hayotga izchillik bilan tatbiq etish global maqsabda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda har bir insonning axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog'liq ekani hech kimga sir emas. Istalgan ma'lumotni qiynalmasdan osongina topish va foydali ma'lumotlarni izlash, o'rganish kabi qulayliklar bilan birga, g'oyaviy jihatdan bo'sh va yomonlikni targ'ib qiluvchi, milliy mentalitetimizga zid bo'lgan vayronkor ma'lumotlar olami ham Internet tarmog'ida mavjuddir.

Hozirda, Internetdan foydalanuvchilarning soni kundan-kunga ortib bormoqda, dunyoning bir qator davlatlarini axborot inqilobi sharoitlarida vujudga kelayotgan global tarmoqlar jamiyatlari jiddiy tashvishlarga solayapti. Bu turdagi jamiyatlar diniy oqimlar, ekstremistik harakatdagi saytlar, ommaviy madaniyat va psixologik qaram qiluvchi saytlardan iboratdir.

O'zbekistonda ham ma'lumotlar qidiruvi, elektron pochta, yangiliklar, videoxosting, tarjimon, savdo platformasi, disk, ob-havo, ensiklopediya, ish izlash kabi yuzlab servislarni jamlagan, kuchli himoyalangan va qulay ishlash tizimiga ega bo'lgan milliy Internet korporasiyasiga ehtiyoj bor. Aks holda axborot xavfsizligi haqida qancha qayg'urmaylik, boshqa servislarga qaram bo'lib qolaveramiz.

Bugungi kunda yurtimizda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar ommalashgan. Xususan, o'zbek tilida yangilik etkazuvchi OAV larning kanallari O'zbekistonda eng ommabop hisoblanadi. Masalan, "Daryo.uz" nashri bugungi kunda 200 mingdan ko'proq o'quvchilariga ega, "Kun.uz" ning kanaliga esa 357301 kishi a'zo bo'lgan. Mamlakat Prezidentining kanali ham ancha mashhur bo'lib, a'zolari soni 285897 ta[14].

Hozirda "Telegram" messenjerida kanal yuritish urf bo'lgan. Birgina diniy targ'ibot sohasida o'zbek tilida faoliyat yurituvchi mingdan ziyod diniy "Telegramm" kanallari mavjud. Shulardan 38 foizi bizning diniy qarashlarimizga mos, qisqa qilib aytganda radikal bo'lmagan kanallar, 44 foizi esa radikal va ekstremistik kanallar va 18 foizi esa kommersiyalashgan, ya'ni diniy ma'lumotlar taqdim etish evaziga auditoriya yig'ib, shu orqali reklama faoliyati bilan shug'ullanuvchi kanallardir[15].

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqning bir ko'rinishi bo'lgan "Telegramm" kanallarini tahlil qilindi. Xalqaro tahlil institutlari ma'lumotiga ko'ra, O'zbekistonda faoliyati taqiqlangan ISHID ekstremistik tashkiloti safiga yollanganlarning 81 foizi onlayn, ya'ni Internet orqali yollangani ijtimoiy tarmoqlar kuchini jiddiy qabul qilish kerakligini ko'rsatadi.

O'zbekistonda qonunlar asosan aholini Internetdan kelayotgan tahdidlardan ximoya qilishga va yoshlarni to'g'ri tarbiyalashga qaratilmoqda. Shu bois ham yuzlab turli xorijiy davlat tashkilotlarini millat tarixini, ma'naviyatini, madaniyatini yo'qotishga qilgan xarakatlari samarasiz yakunlanmoqda.

ADABIYOTLAR:

1. Бaбaджaнoв C.C. Хрзирги мeдиaмуx,ит шaрoитидa ёшлaрни дecтруктив aхбoрoтлaрдaн x,hmoa килишнинг caмaрaли BocrnaOT cифaтидa мeдиaтaълимнинг 3apyprara. Зaмoнaвий тaълим / CoBpeMeHHoe o6pa3oBaH^ 2017, 57 б.

2. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 19 сентябрь куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида нут; сузлади. https://www.uzavtoyul.uz/cy/post/ozbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-72sessiyasida-nutq-sozladi.html

3. "Узбeкиcтoндa ёшлapгa oид дaвлaт cиёcaтини 2025 йилгaчa pивoжлaнтиpиш кoнцeпцияcини тacдиклaш туFpиcидa"ги Узбeкиcтoн Рecпyбликacи Вaзиpлap Мax,кaмacининг 18.01.2021 йилдaги 23-coн кapopи. https://lex.uz/docs/5234746

4. "Узбекистонда ёшларга оид давлат сиёсатини 2025 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тугрисида"ги Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 18.01.2021 йилдаги 23-сон карори. https://lex.uz/docs/5234746

5. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Тошкент: Маънавият, 2008. -111 б.

6. Ахборот асрида ёшларнинг дунёкараши. https://staff.tiiame.uz/storage/users/418/ presentations/0Jj3MFSl0 rkhgxDX5isMoeDPNUZjkxUoxOePP4ig.pdf

7. Ахборот асрида ёшларнинг дунёкараши. https://staff.tiiame.uz/storage/users/418/ presentations/0Jj3MFSl0 rkhgxDX5isMoeDPNUZjkxUoxOePP4ig.pdf

8. Б.Алиев, А.Меликулов. Ахборот хуружларидан хабардормисиз?. -Тошкент: Маънавият. 2015.-13 б.

9. Узбекистон Республикаси Конституцияси Тошкент "Узбекистон" 2020 й. 8-б.

10. Узбекистон Республикасининг Жиноят кодекси 130-1-моддаси. / https://www.lex.uz/acts/111453

11. Узбекистон Республикаси Ахборот эркинлиги принсиплари ва кафолатлари тугрисидаги ^онунининг 7- ва 14- моддаси, 23.03.2020 йил. / https://lex.uz/acts/52268

12. Узбекистон Республикаси "Бола хукукларининг кафолатлари тугрисида"ги ^онунининг 16-моддаси, 23.03.2020 йил. / https://www.lex.uz/acts/1297315

13. Узбекистон Республикаси "Ёшларга оид давлат сиёсати тугрисида"ги конунининг 5-моддаси, https://www. lex.uz/acts/3026246

14. Узбекистон Республикаси "Ахборотлаштириш тугрисида"ги конуни, https://lex.uz/mobileact/83472

15. 2019 йил 2-февралдаги Узбекистон Республикаси Президентининг П^-4151 coнли карори. https://lex.uz/ docs/4188851

REZYUME:

Mazkur maqolada "globallashuv", sharoitida "mafkuraviy tahdid" va "ommaviy madaniyat" tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida so'z yuritilib, unda mazkur kategoriyalaming jamiyat hayotida tutgan o'rni haqidagi mamlakatimiz va G'arb mutaxassislarining fikrlari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuvning jamiyat taraqqiyotidagi o'mi ilmiy о'^аш^ап va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: gtoballashuv, mafkura, g'oya, milliy g'oya, millat, jamiyat, mafkurafiy tahdid, ma'naviyat, ma'anaviy xuruj, madaniyat, ommaviy madaniyat, fan, tahdid.

РЕЗЮМЕ:

В данной статье говорится о значении понятий «глобализация», «идеологическая угроза» и «массовая культура», а также сопоставляются мнения наших и западных экспертов о роли этих категорий в обществе. Также была проанализирована роль глобализации в развитии общества.

Ключевые слова: глобализация, идеология, идея, национальная идея, нация, общество, идеологическая угроза, духовность, традиционная атака, культура, массовая культура, наука, угроза.

RESUME:

This агйск talks аЬоШ; Ше meaning of Ше concepts of '^^Ьа^айо^', '^ео^юа! threat" and "mass сЫШге", and ако ^mpares the opinions of our and Western experts on the role of these categories in society. The role of globalization in the development of society was also analyzed.

Key words: globalization, ideology, idea, national idea, nation, society, ideological threat, spirituality, traditional attack, culture, popular culture, science, threat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.