Научная статья на тему 'AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI SHAROITIDA VOYAGA YETMAGAN BOLALARNING SHAXSIY-NOMULKIY HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI'

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI SHAROITIDA VOYAGA YETMAGAN BOLALARNING SHAXSIY-NOMULKIY HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
229
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / ota-ona / axborot erkinligi / shaxsiy-nomulkiy huquq / majburiyat / zararli axborot. / child / parent / freedom of information / personal and non-property rights / obligation / harmful information.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mahmudxodjayeva, Umida Muminovna

Maqolada voyaga yetmagan bolalarning zararli axborot muhitidan himoya qilishda ota-onalarning majburiyatlari yoritilgan. Shuningdek huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy xulosalari tahlil etildi hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF PROTECTION OF PRIVATE AND PROPERTY RIGHTS OF MINORS IN THE CONTEXT OF DEVELOPMENT OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES

The article highlights the responsibilities of parents in protecting minors from harmful information environments. Also, the scientific and theoretical conclusions of legal scholars were analyzed and proposals and recommendations were developed.

Текст научной работы на тему «AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI SHAROITIDA VOYAGA YETMAGAN BOLALARNING SHAXSIY-NOMULKIY HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI SHAROITIDA VOYAGA YETMAGAN BOLALARNING SHAXSIY-NOMULKIY HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI

Mahmudxodjayeva Umida Muminovna

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi katta-o'qituvchisi, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Maqolada voyaga yetmagan bolalarning zararli axborot muhitidan himoya qilishda ota-onalarning majburiyatlari yoritilgan. Shuningdek huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy xulosalari tahlil etildi hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar: bola, ota-ona, axborot erkinligi, shaxsiy-nomulkiy huquq, majburiyat, zararli axborot.

В статье освещаются обязанности родителей по защите несовершеннолетних от вредоносной информационной среды. Также были проанализированы научно-теоретические выводы ученых-правоведов и разработаны предложения и рекомендации.

Ключевые слова: ребенок, родитель, свобода информации, личные и неимущественные права, обязанность, вредоносная информация.

The article highlights the responsibilities of parents in protecting minors from harmful information environments. Also, the scientific and theoretical conclusions of legal scholars were analyzed and proposals and recommendations were developed.

Keywords: child, parent, freedom of information, personal and non-property rights, obligation, harmful information.

Yuqori texnologiyalarning rivojlanishi va buning natijasida "axborot erkinligi" tushunchasi o'rnini "axborotning erkin oqimi" tushunchasi egallab borayotganligi, bu esa insoniyat hayotida, ayniqsa voyaga yetmagan bolalarning axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi dolzarb muammoga aylanib ulgurdi. Shu bilan birga voyaga yetmagan bolalarning axborot-telekomunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishi, ularning o'z fikrini bildirish erkinligini ta'minlash bilan chambarchas bog'liq hisoblanadi. Mazkur ijobiy jihatlar bilan birga salbiy holatlar, xususan bolalar savdosi, bolalar pornogarfiyasi, fohishalik, turli noqonuniy oqimlarga a'zo bo'lish, o'z joniga

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qasd qilish bilan bog'liq muammolami keskinkinlashuviga sabab bo'lmoqda. Ma'lumotlaгga ko'гa, internet tamoqlarida o'z o'zini o'ldiгishga taгg'ib etuvchi 10 mingta (o'zini o'zi o'ldirish bo'yicha hoziг g'aгb biгinchi o'rinni egallagan), shahvoniy hiгsni qo'zg'atuvchi 5 mingga yaqin saydto mavjud. Mavjud saydlaming 12 foizida poгnogгafik xususiyatdagi g'oya^ taгg'ib qilinmoqda, oddiy bolalartop o'yinlaming qaгib 50 foizida zo'rovonlik, 40 foizidan ko'pгog'ida jangaгilik namoish etiladi. Undan tashqari, 10 foiz bolalar - kompyuterbozlik (geymbllik)1 dardiga mubtalo bo'lishgan.

So'nggi paytlaгda bola^ va o'smiгlaгda o'z joniga qasd qilish tendentsiyalarining shakllanishiga Intemetning ta'siri muammosi ayniqsa keskinlashdi. Bugungi kunda o'z joniga qasd qilishlaming umumiy soni bo'yicha Rossiya Federassiyasi dunyoda oltinchi o'гinda (Litva, Koгeya, Qozog'iston, Belams va Yaponiyadan keyin). Biroq, Rossiya 15-19 yoshli o'smiгlaг o'z joniga qasd qilishlari soni bo'yicha Yevrapada biгinchi va dunyoda birinchi o'гinlaгda tuгadi. Mamlakatda haг yili o'rtacha 200 dan oгtiq bola va 1500 nafar o'smiг o'z xohishi bilan vafot yetadi. Misol uchun, 2013 yil iyun oyida Pern o'lkasida voyaga yetmagan qiz abadiy saodatga qo'ng'iraqla! bilan to'la sayt sahifalarida ko'p vaqt o'tkazib, o'z joniga qasd qildi2. Shu boisdan har bir bolaning faravon va xavfsiz hayotini ta'minlash ustuvo! vazifalaráan bin ekanligini ta'kidlash joiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Axborot texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar (Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Polsha, Braziliya, AQSh, Xitoy, Rossiya, Xindiston) da "O'lim gumhlari". "Ko'k kit" kabi ijtimoiy tarnoqdagi o'yinlaг sabab bolalaming o'z joniga qasd qilish3 holatlari oгtib ketganligini tahlil etadigan bo'lsak, bolalarning ommaviy avxborot vositalaridan himoya qilish bo'yicha ota-onalarning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishda muamшolaг mavjudligi ko'zga tashlanadi.

Ma'lumki 1959 yilda qabul qilingan "Bola huquqlari deklaгatsiyasi"4 "Insoniyat o'zida mavjud bo'lgan eng yaxshi narsalaгning hammasini bolalaгga beгishga majbuг" deb elon qilgan. Mazkrn- halqara noгmativ xujjat haT biг bolaning ma'naviy, jismoniy, ma'rifiy гivojlantiгish qadг-qiшшat va imkoniyat huquqiga egaligini e'tirof

1 http://www.jeevajyothi.org.

2 Е.А Брылева. О реализации права на информационную безопасность несовершеннолетних (на примере Пермского края) // Информационное право. 2015. N 1. С. 31-34.

3 А.П. Суходолов, A.M. Бычкова. К вопросу о роли средств массовой информации в противодействии пропаганде суицида в социальных сетях. [Электрон ресурс]: www/http/cyberleninka.ru

4 Декларация прав ребенка. Принята резолюцией 1386 (XIV) Генеральной Ассамблеи ООН от 20 ноября 1959 года. https://www.un.org > decl_conv > declarations > childdec

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etadi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda qabul qilinib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabráagi qarori bilan ratifikatsiya qilingan "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya esa "Bola huquqlari deklaratsiyasi" qoidalarini rivojlantirdi. Konvensiya bolalarning barcha mulkiy va shaxsiy-nomulkiy huquqlari bilan birga turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari ayniqsa ijtimoiy, ma'naviy va axloqiy faravonlikka, shuningdek bolaning sog'lom, jismoni va rnhiy rivojlanishiga ko'maklashishga qaratilgan axborotdan foydalanishini kafolatlab beradi. Shu bilan birga, bolaning ommaviy axborot vositalaridagi ma'lumotlaгdan foydalanishi, uning mxiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishi bo'yicha asosiy majburiyatni ota-onalar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar) zimmasiga yuklaydi. «Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining «Inson huquqlaгi va asosiy eгkinliklaгi to'g'risida»gi Konvensiyasining 17-moddasiga binoan har bir voyaga yetmagan shaxs oilasi, jamiyat va davlat tomonidan o'z holatidan kelib chiqqan holda talab qilinadigan alohida himoya choralari ko'rilishi huquqiga ega5 ligi belgilab qo'yilgan.

Mazkur qoida milliy qonunchiligimiz normalarida xususan O'zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvaráagi "Bola huquqlaгining kafolatlari to'g'гisida"gi O'RQ-139-son qonunida ham o'z aksini topgan bo'lib, unga ko'ra Har bir bola o'zining sog'lig'i, axloqiy va ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega. Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno. Pomografiya, shafqatsizlik va zo'ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqiñovchi, bolala^a zarañi ta'siï ko'reatuvchi va h^^b^a^k^ sodiг etilishiga sabab bo'luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlami ta^atish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi6 deb kafolatlab qo'yilgan.

Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 8 sentyabráagi "Bolalarni ulaming sog'lig'iga zaгaг yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida" 7gi O'RQ-444-son qonuni bilan bolalarni ulaming sog'lig'iga za^ yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi munosabatlar tartibga solindi hamda bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat

5 Мустакил Дaвлaтлaр Х,амдустлигининг инсон хукуклари Ba aсосий эркинликлари тугрисидаги конвенцияси Минск, 1995 йил 26 май 1998 йил 11 августда кучга кирган. [Электрон ресyрс]:

6 Узбекистон Респyбликaсининг 2008 йил 7 январдаги Бола хукукларининг кафолатлари тугрисидаги урк-139-сон конуни Крнунчиликмаълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

7 Узбекистон Республикасининг 2017 йил 8 сентябрдаги "Болаларни уларнинг соглигига зарар етказувчи ахборотдан химоя килиш тугрисида'ТИ УРК^-444-сон конуни И,онунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон; 26.01.2022 й., 03/22/747/0064-сон

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

siyosatining asosiy yo'nalishlari ishlab chiqildi. Qonuga muvofiq bolalarning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotlari jumlasiga quyidagilar kirtildi:

bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog'lig'iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'lig'iga zarar yetkazishga, o'z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ'ib qilishga undaydigan;

bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni iste'mol qilish, qimor o'yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g'ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan shug'ullanish istagini paydo qiladigan;

odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo'ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo'ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;

oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ'ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a'zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;

g'ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;

jamiyatda buzg'unchilik g'oyalarini targ'ib etishga chaqiradigan; uyatli so'zlarni o'z ichiga olgan;

pornografiya xususiyatiga ega bo'lgan axborotni o'z ichiga olgan; shafqatsizlik, jismoniy va (yoki) ruhiy zo'ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi boshqa xatti-harakatlar tasviri yoki bayoni tarzida taqdim etiladigan;

bolalarda qo'rquv, vahima yoki sarosima uyg'otadigan, shu jumladan kuch ishlatilmagan o'limni, kasallikni, o'z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani yoki falokatni va (yoki) ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;

erkak va ayol o'rtasidagi jinsiy munosabatlarni tasvirlash yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan;

uyatli so'zlar jumlasiga kirmaydigan haqoratli so'zlarni o'z ichiga olgan axborot mahsuloti.

Xususan Bolalarning sog'lig'i yoki rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborot turlari Rossiya Federatsiyasining 2010 yil 29 dekabrdagi "Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi ma'lumotlardan himoya qilish to'g'risida" Federal qonuni, Qozoqiston Respublikasining 2018 yil 2 iyuldagi "Bolalarni ularning salomatligi va rivojlanishiga zararli axborotlardan himoya qilish haqida"gi, Donesk

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

xalq Respublikasining 2015 yil 20 oktyabrdagi "Bolalarni ulaming salomatligi va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish haqida"gi Qonunlarini tahlil etadigan bo'lsak, MDHga a'zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining o'ttiz uchinchi yalpi majlisida 2009-yil 3-dekabrdagi 33-15-son qarori bilan "Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"8gi namunaviy qabul qilingan qonundan kelib chiqqan holda belgilab qo'yilganini ko'rishimiz mumkin.

Milliy qonunchiligimizga ko'ra bolalarning zararli axborotlardan himoya qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi va voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) idoralararo komissiyalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta'lim muassasalari, davlat sog'liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshirish mehanizmi ishlab chiqildi. Biroq bolaning zararli axborot oqimidan himoya qilishda avvalo jamiyat emas balki uning ota-onasining ma'sulligini oshirish, bolaning aqliy, ruhiy, jismoniy kamol topishida dastlabki qadam oiladan boshlanishi zarurligini e'tirof etish joiz. Zamonaviy tadqiqotlarga ko'ra bolaning uch yoshgacha bo'lgan davrida bosh miyadagi xujayralarning 70-80 foizini shakllanib ulguradi9. Bu yoshda bolaga bir paytning o'zida to'rt va besh tilni o'rgatish mumkinligi o'z isbotini topgan bo'lsa, 6 oylik chaqoloqni 8 minutgacha suvda suza olish imkoniyati o'z tasdig'ini topdi10. Mazkur vaqt oralig'ida esa bola faqatgina oilasi aniqroq aytganda ota-onasi bilan muloqatga va munosabatga kirishadi.

O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73 moddasiga muvofiq ota-ona o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shuningdek ota-ona o'z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgarligi, ular o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishlari shart ekanligi belgilab qo'yilgan. Ayni patyda shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot oqimining bola tarbiyasidagi ta'siri murakkab muhitni vujudga keltirmoqda. Shu boisdan bolani noqulay axborot muhitining ta'siridan himoya qilish masalasida ota-onalarning huquq va majburiyatlarini hal etish markaziy o'ringa ega bo'lmoqda. Bolaning axborot maydonidan foydalanishini fuqarolik huquqiy va oilaviy huquq

8 "О защите детей от информации, причиняющей вред их здоровью и развитию: модельный закон" от 03.12.2009 № 33- 15// Информационный бюллетень. -2010.- № 46. -С. 190 - 228.

9 Масару Ибука. После трех уже поздно. Тошкент.: 2021.й. 22 с

10 Масару Ибука. После трех уже поздно. Тошкент.: 2021.й. 38 с

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

sohasida tahlil etish glaballashuv jarayonidagi masala hisoblanadi. Chunki birinchidan, bolaning axborotga bo'lgan huquqning mazmunini tahlil qilish va uning sub'ektining ruxsat etilgan xatti-harakati turini qonun chiqaruvchi nuqtai nazardan tavsiflash ayni paytda fuqarolik huquqining alohida vazifasi bo'lib turibdi. Chunki bolaning axborotga qiziqishi faqat oilaviy huquqiy munosabatlar bilan cheklanmaydi. Shuningdek, u korporativ huquqiy munosabatlarda (bola ulush yegasi sifatida korporativ axborot huquqining sub'ektiga aylanadi), shuningdek, chakana savdoda tovarlarning xususiyatlari bilan tanishish yoki bilishda ifodalanishi mumkin. Bu yehtiyojni qondirish bolaning iste'molchi sifatida to'g'ri tanlashi uchun juda muhimdir11. Ikkinchidan esa, bolaning zararli axborot oqimidan himoya qilishda oilaning asosiy huquq va majburiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa ota-ona zimmasiga bolalar oldidagi shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishdagi yangicha yondashuvlar paydo bo'layotganligini ko'rsatadi.

N.F.Imomov shaxsiy nomulkiy munosabatlarga nisbatan huquqiy ta'sir mexanizmi masalasi bo'yicha doktrinal masala qayta ko'rib chiqilishi lozimligini ta'kidlaydi12. X.B.Abduraxmonova esa, globallashuv jarayonida vujudga kelayotgan yangi shaxsiy nomulkiy huquqlar tizimi konsepsiyasi va ularni himoyalash bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqligini aytib, ota-ona va bolalar o'rtasidagi munosabatlar nafaqat huquqiy, balki diniy axloqiy me'yorlar bilan ham tartibga solinadi13 degan fikrni ilgari suradi. N.A.Ashurova, Sh.R.Yuldasheva, F.M.Otaxo'jaev, X.B.Abduraxmonovalarning ta'kidlashicha, shaxsiy nomulkiy huquqlariga ota-ona huquq va majburiyatlarining tengligi, bolalarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ota-onalik huquqini amalga oshirish, ota-onaning bolalariga ta'lim-tarbiya berishdagi huquq va majburiyatlari kabi huquqlar kiradi. Fikrimizcha, N.F.Imomovning fikriga qo'shilgan holda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilar rivojlanib borayotganligini inobatga olgan holda ota-onaning o'z bolalariga ta'lim-tarbiya berish bilan bog'liq shaxsiy-nomulkiy huquqlarini amalga oshirishda, bolalarning zararli axborot muhitidan himoya qilishning yangicha usul va mehanizmlarini ishlab chiqish zaruriyat hisoblanadi. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga maxsus norma, bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan, ularning sog'ligi va

11 Н.Ш.Курбоналиев. Проблемы защиты гражданских информационных прав ребенка в Республике Таджикистан. дисс ... кандидата юридических наук : Тадж. нац. ун-т.- Душанбе, 2014.- 195 с.

12 О.Окюлов, Ш.Н.Рузиназаров. Н.Ф.Имамов, Ж.И.Бабаев. Фукаролик конунчилигининг ривожланиши ва

такомиллаштириш истикболлари (ахборот-тахлилий материал). - Т.: ТДЮУ, 2016 й, 66-бет.

13 Х.Б.Абдурахмонова Халкаро хусусий хукукда ота-она ва фарзандлар уртасидаги муносабатларнинг тартибга солиниши. Дисс...юридик фанлар доктори. ТДЮУ, 2016 й, 29-бет.

1154

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

rivojlanishi uchun zararli bo'lgan ma'lumotlarga kirishini cheklash ota-onalar, farzandlikka oluvchilar vasiylar yoki homiylarning majburiyati sifatida belgilash, internetdagi axborot tahdidlarining oldini olish va bolalarga salbiy ta'sir ko'rsatish bilan bog'liq xavflarni kamaytiradi. Chunki, bolaning manfaatlarini uning farovonligi uchun shartlar sifatida tushunish kerak. Ushbu kontseptsiyani qonuniylashtirish taklif yetiladi, Chunki u voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini ustuvor himoya qilish tamoyiliga mos keladi.14

Bolani tarbiyalash va rivojlantirish bo'yicha majburiyatlarni to'g'ri bajarish deganda: voyaga yetmagan bolaning xatti-harakatlarini nazorat qilish tushunilishi kerak. zararli ma'lumotlarni iste'mol qilishni cheklash, ota-onalarning bolaning faoliyatidan xabardorligi; uning aloqalari, Internet va boshqa axborot manbalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.15

Xorijiy davlatlarda ota-ona va bolar o'rtasidagi shaxsiy-nomulkiy munosabatlarda bolaning axloq-odob, milliy qadriyat va urf odatlar, diniy me'yorlar huquqqa aylantirilishini istisno etmaydi. Shu bilan birga bolaning zararli axborot oqimidan himoya qilishda ota-onalar asosiy o'rin tutishini ham e'tirof etish lozim. Zararli ma'lumotlarning tarqalishini bostirishning kompleks yondashuvi ota-onalarning bolani tarbiyalash bo'yicha majburiyatlarini tartibga solishda huquqiy va diniy me'yorlarning o'zaro ta'sirida o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi16. Gruziya davlatining 2021 yil 16 martda qabul qilingan "Bola huquqlari to'g'risidagi kodeksi"ning

25-moddasi 2 qismiga ko'ra ota-ona, bolani tarbiyalash uchun ma'sul bo'lgan boshqa shaxs bolaning tarbiyasiga ma'sul, shu jumladan bolaga nisbatan tarbiyaviy ta'sir choralarini qo'llash, bundan tashqari bola uchun xavfili bo'lgan ma'lumotlardan himoya qilish choralarini qo'llaydi17 deb belgilab qo'yilgan bo'lsa, Finlandiyaning "Bolalarning himoya qilish to'g'risida"gi qonuning 2 moddasiga muvofiq ota-onalar va bola nisbatan vasiylik huquqiga ega bo'gan boshqa shaxslar bolaning faravonligi uchun javobgardirlar. Ota-ona va bolaga nisbatan vasiylik huquqiga ega bo'lgan boshqa shaxs bolaga muvozanatli rivojlanish imkoniyatini ta'minlashi, uning faravonligini kafolatlashi shart. Xususan, Xitoyda davlat oilalar bilan hamkorlikda

14 Н.М.Савельева. Правовое положение ребенка в Российской Федерации: гражданско-правовой и семейно-правовой аспекты.

15 С. Л. Банщикова, И.Ю. Гольтяпина Обязанности родителей по обеспечению информационной безопасности несовершеннолетних детей и административная ответственность за неисполнение обязанности. Вестник Сибирского института бизнеса и информационных технологий № 1 (25) 2018 Б.96

16 Курбоналиев, нурулло шамсуллоевич Проблемы защиты гражданских информационных прав ребенка в республике таджикистан. дисс ... кандидата юридических наук : тадж. нац. ун-т.- душанбе, 2014.- 195 с.

17 Контролныйтекст по состоянию на 16.03. 2021 N346 Кодекс о правах ребенка.

1155

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bolalarni internet orqali tarqaladigan zararli ma'lumotlardan himoya qiladi. Bolalarning internetga qaramligining oldini olish uchun bolaning qarindoshlari mas'ul bo'lib, davlat o'smirlarni salbiy ma'lumotlar ta'siridan texnologik himoya qilishni o'z zimmasiga oladi. Shuning uchun 1992 yilda qabul qilingan voyaga yetmaganlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunda "Buyuk Xitoy xavfsizlik devori" bundan tashqari, 2003 yilda Xitoyda "Oltin qalqon" server tizimi ishga tushirildi, bu xalqaro axborot tarmoqlaridan kelayotgan ma'lumotlarni filtrlash uchun javobgardir. 2004 yilda esa Xitoyda Shikoyat markazi ochildi, u yoshidan qat'iy nazar barcha fuqarolarni salbiy ma'lumotlar ta'siridan himoya qilish uchun mo'ljallangan. Bu pornografiya, zo'ravonlikka chaqiriqlarni o'z ichiga olgan materiallar, etnik adovat targ'iboti va boshqalarga tegishli18. AQShda esa ota-onalarga bolaning yoshiga mos keladigan dasturlarni qabul qilish uchun qurilmalarni sozlash imkonini beruvchi maxsus kodlash tizimi bilan jihozlanmagan televizorlarni sotishga ruxsat berilmaydi. Eshittirish kanallariga, shuningdek, agar ijrochi nomaqbul xatti-harakatlarda gumon qilinsa, ehtiyot choralarini ko'rishga buyuriladi. Fikrimizcha ota-onalar zimmasiga bolani u tomonidan zararli ma'lumotlar qabul qilishdan cheklangan bo'lib, uning xulq-atvorini nazorat qilish, bolaning faoliyati va uning aloqalari xaqida hamda Internet tarmogi va boshqa ma'lumotlar manbalaridan foydalanish madaniyatini xosil qilish borasida majburiyat yuklash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa sifatida aytganda, Axborot jamiyati rivojlanishining hozirgi sharoitida yosh avlod ota-onalar tomonidan alohida himoyaga muhtoj va voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari alohida e'tiborga loyiqdir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy-nomulkiy huquqlari sifatida axbort xavfsizligini ota-onalar tomonidan ximoya qilish quyidagilar bilan izohlanadi.

Birinchidan, bolalarni zararli axborot ta'siridan himoya qilishda ota-onalarning bolani tarbiyalash va nazorat qilish bo'yicha majburiyatlarini tartibga solish talab etiladi.

Ikkinchidan, ota-onalarning bolani ijtimoiy foydali faoliyatga tayyorlash uchun uning jismoniy va intellektual rivojlanishiga barqaror ma'naviy ta'sir o'tkazish

18 Н.Н.Телешина. Novations in the legal environment of the children's information security in the Russian Federation. Protection of the rights of the child N 2 (7) Июнь 2017 й 199 p

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chorasi sifatida huquqiy va diniy normalarning uyg'unligini ta'minlagan holda o'ziga hos ahloq normalarini amalga orishish zarur hisoblandi.

Uchinchidan, bolani zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha ota-onalar uchun milliy dastur ishlab chiqish ya'ni bolaning internet tarmog'idan foydalanishda ota-onalar nazoratini o'rnatuvchi dasturlar ishlab chiqish va joriy etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bolaning zararli axborot muhitidan himoya qilish bo'yicha ota-ona zimmasiga kompleks majburiyat yuklovchi normalarni ishlab chiqish va joriy etish oldimizdagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksning 741 moddasi bilan to'ldirilishi maqsadga muvofiq hisoblanai "Ota-ona bolaning zararli axborotlardan himoya qilish majburiyati. Ota-onalar bolani axborot muhitining xavf-xatari bilan tanishtirishga majburdirlar Ota onalar o'z bolalarini zararli axborot vositalaridan himoya qilish huquqiga ega va himoya qilishi shart.", xususan , Oila kodeksning 742 moddasi bilan to'ldirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi."Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan, ularning sog'ligi va rivojlanishi uchun zararli bo'lgan ma'lumotlarga kirishini cheklashga ota-onalar, farzandlikka oluvchilar vasiylar yoki homiylar majburdirlar" degan normalarni qonunchilikka kiritish va amliyotga joriy etish lozim.

REFERENCES

1. Курбоналиев, нурулло шамсуллоевич Проблемы защиты гражданских информационных прав ребенка в республике Таджикистан. дисс ... кандидата юридических наук : тадж. нац. ун-т.- душанбе, 2014.- 195 с.

2. Контролныйтекст по состоянию на 16.03. 2021 N346 Кодекс о правах ребенка.

3. Н.Н.Телешина. Novations in the legal environment of the children's information security in the Russian Federation. Protection of the rights of the child N 2 (7) Июнь 2017 й 199 p

4. О.Окюлов, Ш.Н.Рузиназаров. Н.Ф.Имамов, Ж.И.Бабаев. Фукаролик конунчилигининг ривожланиши ва такомиллаштириш истикболлари (ахборот-тахлилий материал). - Т.: ТДЮУ, 2016 й, 66-бет.

5. Х.Б.Абдурахмонова Халкаро хусусий хукукда ота-она ва фарзандлар уртасидаги муносабатларнинг тартибга солиниши. Дисс...юридик фанлар доктори. ТДЮУ, 2016 й, 29-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Н.М.Савельева. Правовое положение ребенка в Российской Федерации: гражданско-правовой и семейно-правовой аспекты.

7. С. Л. Банщикова, И.Ю. Гольтяпина Обязанности родителей по обеспечению информационной безопасности несовершеннолетних детей и административная ответственность за неисполнение обязанности. Вестник Сибирского института бизнеса и информационных технологий № 1 (25) 2018 Б.96

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.