GEOGRAFIYA DARSLARIDA FINLANDIYA TA'LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Odina Baxtiyor qizi Berdiqulova
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika Instituti Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi(Geografiya) bo'limi, 1-kurs magistr
ANNOTATSIYA
Mamlakat kelajagi uning ta'lim tizimi darajasi bilan belgilanadi. Geografiya inson hayotida muhim ahamyatga ega bo'lgan fanlardan sanaladi. O'quvchilarning geografiya fanini o'zlashtirishi, ko'nikma va malakaga ega bo'lishi, shuningdek, tarbiya jarayonlarida ta'lim tizimi rivojlangan davlatlardan biri Finlandiya ta'lim tizimini tahlil qilgan holda yo'lga qo'yish juda ahamyatlidir. Ushbu ilmiy ishda O'zbekiston maktablarida geografiya fanini o'qitish jarayonida Finlandiya ta'lim tiziminiga xos usullardan foydalanib darslarni tashkil qilishga e'tibor qaratiladi.
Kalit so'zlar: ta'lim , metod, pedagogik-psixologik metodlar, tatqiqot metodlar, taqqoslash metodlari, statistik tahlillar, sog'lom va erkin muhit.
KIRISH
Ta'limdagi samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berish bilan belgilanadi. Buning uchun jahon pedagogikasidagi, xususan, geografya ta'limidagi o'ziga xos jihatlarni keng o'qituvchilar ommasiga yetkazish katta ahamyatga ega. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi ta'lim tizimini yetarlicha tahlil qilish, mamlakatimizda xalq ta'limini jahon standartlari darajasiga olib chiqishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Ushbu maqolada Finlandiya davlati ta'lim tizimini O'zbekiston maktablarida qo'llash metodikasi afzallik taraflari haqida to'xtalib o'tilgan.
Asosiy qism: Davlat xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilib, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb hunarlarini egallashi, ularni qobiliyat va iste'dodlarini yuzaga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda tasdiqlangan "Ta'lim to'g'risidagi" qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Negaki , unga muvofiq, ta'lim olishning masofaviy ,inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta'lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo'shma fakultet va o'quv markazlari tashkil qilishga ruxsat berilib, o'qituvchilarga mualliflik dasturi va o'qitish uslublarini joriy qilish, zamonaviy pedagogik shakllar, o'qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Bugungi kunda ta'lim tizimidagi yutuqlar bilan birga qatorda kamchiliklarini ham sanab o'tish mumkin. Masalan ,o'qituvchilar ta'lim berish jarayonida o'quvchilar qobilyatini yetarli darajada aniqlash darajasining pastligi, aksaryat maktab bitiruvchilarning bilim va ko'nikmalari yetarli darajada emasligi va kelajakda ular tanlagan kasbning yetuk mutaxasisi bo'lishlariga to'sqinlik qilmoqda.
Ma'lumki, so'nggi paytlarda Finlandiya ta'lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim hisoblanib kelinmoqda. Xo'sh, Finlandiya ta'lim tizimi bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? Zero, aksaryat hollarda fin talabalari AQSH va Buyuk Britaniya talabalaridan yuqoriroq natijalarini qayd etishadi.
Finlandiyada majburiy ta'lim to'qqiz yil davom etadi, o'quvchilar 16 yoshdan maktabni tark etishlari mumkin. Ushbu g'oya Finlandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. Finlandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o'qituvchilar va hatto o'quvchilar o'rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, hamkorlikk muffaqiyat kalitidir deb hisoblashadi. Fin o'qituvchilari dunyodagi eng malakali o'qituvchilardir. Finlandiyada o'qituvchlikka bo'lgan talab juda yuqori.
Finlandiya ta'lim tizimi test natijalarini ko'paytirish matematika, tabiiy fanlar va ingliz tillariga ustuvorlik berish o'rniga, o'qish uchun sog'lom va uyg'un muhit yaratishga etibor beriladi. Bunda ta'lim "Ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bolishi kerak", degan mafkuraga ega. O'qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan amaliy mashg'ulot o'tkazishadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratildi. Bu esa o'z navbatida o'qituvchilarga tushadigan stressni kamaytiradi.
Finlandiya ta'lim tizimida o'quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini o'rganishga katta e'tibor beriladi. Geografiya ta'limi tadqiqotlari psixologlar ishtiroksiz deyarli amalga oshirilmaydi.
Geografiya ta'limida turli matnlar, o'yinlar, immitatsiya keng qo'llaniladi. Masalan, o'quvchi biror kompaniya prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o'zi xulosalar chiqaradi. Umuman , bunda ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarni kelgusi hayotga, ya'ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat.
Quyi sinflar qo'llanmalarida esa deyarli xarita yo'q, ular o'rnini xarita sxemalar egallagan. Tekstda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo'lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan.
Mavzu yoki bo'limdan keyin qo'yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo'yiladigan savollarning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o'yinlar tarzida berilgan. O'quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida kompyuterlar bilan ishlash
uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli o'yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o'rin berilgan. Oquvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida tadqiqotchi rolini o'ynaydilar. Demak, geografiya darsligi kapitalistik mamlakatlar geografiya ta'limi metodikasida eng yetakchi o'rinni egallaydi.
Finlandiya ta'lim tizimida geografiya fanining o'rni va ta'lim samaradorligi bir jihati bo'lsa , yana bir tomondan mavzuning ba'zi muammolari, kelajakda rivojlanishiga tahdid solib turgan ayrim jihatlari ko'rib chiqiladi.
Finlandiya ta'lim tizimida geografiya, biologiya, fizika, kimyo tabiiy fanlari bir birlariga bog'liq holda bitta fan sifatida olib boriladi.
O'rta maktablarda geografiya ta'lim mazmuni bo'yicha aniqlangan mavzular quyidagilardan iborat:
- "Yer - insonning uy sayyorasi",
- "Yevropa",
- "Dunyo va Finlandiya"
- "Umumiy muhit".
Ushbu mavzular ro'yxatdagi muammolar bilan izohlandi. "Nima?" va "qanday?" o'quvchilar o'rganishi va hal qilishi mumkin bo'lgan savol namoyish etiladi. Bu turdagi olib boriladigan darslarning ijobiy jihatlari: "idrok etish", "tan olish", "tasvirlash", "muayyan masalalarni tasvirlash", "solishtirish", "tahlil qilish va tushuntirish", "geografik bilimlarni qo'llash" va "kichik tadqiqotlarni rejalashtirish va o'tkazish". O'quvchilarni o'z bilim tajribalari va bilim ko'nikmalaridan kelib chiqan holda bajarishadi.[2]
O'zbekiston maktablarida ijtimoiy-iqtisodiy geografiyani o'rganish bosqichida o'quvchilar faqat darslikda keltirilgan nazariy bilim olishlari bilan chegaralanib qolishmoqda.
Hozirgi kunda bizning davlatda geografiya darslarini rivojlantirish orqali davlatni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini rivojlatirish jahon talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish bilan bir qatorda iqtisodiy sohalarimizdagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarni o'quvchilar e'tiboriga havola qilish, ularni erkin fikrlashga o'rgatish, har bir masala yuzasidan raqobat va munozarali jarayonlarni tashkillashrish bilan darslarni olib borish, o'quvchilarni kelajakda ishbilarmon yetuk shaxs sifatida shakillanishlari uchun sog'lom muhit yaratish maqsadga muvofiqdir. Darslarda asosan o'quvchilarni psixologik nuqtayi nazardan baholab borish, ularni geografik muhitni shakllantirish maqsadida turli xil metodlarni qo'llash ta'lim tizimini o'zgartirish orqali dars jarayonida faol bo'lishlarini ta'minlash lozim.
Masalan, Mamlakatimizda geografiya darslarini tashkillashtirishda quyidagi maqsad va vazifalarni ilgari sursak:
1. Dunyo xaritasi va mintaqalari:
• xaritaning asosiy tushunchalari
• turli dala xaritalari va tematik xaritalar
• dunyoni bir butun sifatida idrok etish
• O'zbekiston va dunyoning asosiy joy nomlarini o'rganish.
2. Hozirgi o'zgaruvchan dunyo
• so'nggi yangiliklarni kuzatib borish va ularni xaritada aniqlash
• geografik ko'nikmalar bilan tanishishi
3. Yerda hayotning asosiy shartlari:
• kun, mavsum va iqlimning o'zgarishi
• o'simlik zonalari
• hayotning asosiy shartlarini, ularning paydo bo'lishi va barqaror ishlatilishini o'rganish
4. Landshaftlar va yashash muhitining o'zgarishi
• kuzatish ...
• mahalliy va O'zbekiston landshaftlarining o'ziga xos xususiyatlarini kuzatish
• mahalliy sharoitda dala tadqiqotlarini o'tkazish
• xilma -xillikni saqlash, qulaylik va xavfsizlikni rejalashtirish va yaxshilashda ishtirok etish
•dunyoning turli hududlarining tabiiy va madaniy landshaftlarini o'rganish
5. Yer yuzidagi odamlar va madaniyatlar
• madaniyatlar, odamlarning turmush tarzi, O'zbekiston va dunyoning boshqa qismlar sanoati
• atrof -muhit, uy -joy va boshqa inson faoliyatiga ta'siri
• inson huquqlari va yaxshi hayot uchun zarur shart -sharoitlarni muhokama qilish, xususan, bolalar va yoshlarning nuqtayi nazarlari
6. Barqaror turmush tarzi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
• O'zbekistonda va dunyoning boshqa joylarida bioiqtisodiyot imkoniyatlari
• shaxsiy iste'molchi tanlovi va faolligini mas'uliyatli fuqaro sifatida ko'rib chiqish
• atrof -muhit o'zgarishi, ayniqsa, iqlim o'zgarishi va biologik xilma -xillikning yo'qolishi
• atrof -muhit holati va davlatlar aro hamkorlik qilish imkoniyatlari
• globallashuv ta'siri va mintaqaviy rivojlanish masalalari
Ushbu keltirilgan mavzular va tushunchalarni yana ko'plab keltirish mumkin. Ya'ni bu mavzular asosan o'quvchilarni pisixologik fikrlashlari, dunyoqarashlarini kengayishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini o'rganish bilan bir qatorda dunyo mamlakatlariga nisbatan taqqoslash ishlarini olib borish, har xil munozarali o'yinlar tashkil qilish, keltirilgan biror bir muammoni hal qilishlari va yechim topishlariga zamin yaratadi va o'zlariga bo'lgan ishonchni ortishi bilan keyingi darsga qiziqishlarini yuqori darajaga olib chiqishlari mumkin. Bu esa o'z navbatida dars sifatini oshirib o'quvchilar o'zlarini kelajakdagi o'rnilarini topishda qanday sohada ish olib borishlari to'g'risida to'g'ri tushunchaga ega bo'lishga undaydi.
XULOSA
Kelajagimiz yoshlarimiz qo'lidadir. Bugun mamlakatimizni iqstisodiy-ijtimoiy jihatdan o'rganayotganda faqatgina sanoat korxonalari, xomashyo resurslar, ishlab chiqarish salohiyatini tanishish bilan cheklanmagan xolatda dars jarayonini tashkillashtirish, o'quvchilar olayotgan bilim va ko'nikmalarini rivojlangan kelajagi buyuk davlat bilan koprik sifatida mustahkamlash lozim. Geografiya darslariga qo'yilayotgan talab va vazifalar o'quvchilarni erkin fikirlashga, darslarga qiziqishlarini ortishiga asos boladigan darajada olib kelish uchun Finlandiya ta'lim texnalogiyalari asosida ta'lim tizimini olib borish va tashkillashtirish foydali bo'ladi.
Finlandiya maktablarida geografiya fanini o'qitishning o'ziga xos xuxusiyatlari, ya'ni darslarda geografiyaga oid faqat birgina obyekt emas balki bir qancha ob'ektlarni umumiylashgan holatda o'quvchilarni o'zlashtirishi oson va qizqarli dars jarayonini shakillantirishga alohida etibor qaratilgan.
O'quvchilarimizni ko'proq imtihonlarga, test sinovlariga tayyorlashdan ko'ra sog'lom hayotga tayyorlash, bolalar kimdandir yoki nimadandir qo'rqqanidan emas, balki o'zlari qiziqqanidan fanlarni o'zlashtirishi, dars davomida shakllangan yangi g'oya va fikrlarini erkin tadbiq etishlari va qo'llab quvvatlashlariga zamin yaratishimiz lozim.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Www.uz edu.uz
2. https//.kun.uz
3. S.A.Abduvohidov, Z.A.G'aniyev. "Geografiya ta'lim metodokasi" SamDU nashiryoti, 2021-328 b.
4. O.A.Mo'minov. "Geografiya ta'lim metodikasi" ,-T..:O'qituvchi, 1986 y.