Научная статья на тему 'MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI О‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QО‘LLASH'

MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI О‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QО‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

544
194
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / didaktik o‘yinlar / metodlar / Markaziy Osiyo / innovation / didactic games / methods / Central Asia

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sherzod Ibroimov, Muhayyo Madaminova

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitish va uning samaradorligini oshirish uchun foydalaniladigan innovatsion o‘yinlarning ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO INCREASE THE EFFICIENCY OF TEACHING GEOGRAPHY IN SCHOOLS

This article discusses the importance of innovative games used to teach Geography and increase its effectiveness in general secondary schools.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI О‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QО‘LLASH»

MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI O'QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH

Sherzod Ibroimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti uslubchisi

Muhayyo Madaminova

Toshkent viloyati Chirchiq shahar 12-umumiy o'rta ta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiya fanini o'qitish va uning samaradorligini oshirish uchun foydalaniladigan innovatsion o'yinlarning ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: innovatsiya, didaktik o'yinlar, metodlar, Markaziy Osiyo

USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES TO INCREASE THE EFFICIENCY OF TEACHING GEOGRAPHY IN SCHOOLS

Sherzod Ibroimov

Methodologist of the Faculty of Natural Sciences, Chirchik State Pedagogical Institute

Muhayyo Madaminova

Teacher of Geography, School 12, Chirchik Town, Tashkent Region

ABSTRACT

This article discusses the importance of innovative games used to teach Geography and increase its effectiveness in general secondary schools. Keywords: innovation, didactic games, methods, Central Asia.

KIRISH

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiyaning o'quvchilarga qiziqarli, shu bilan birga qiyin o'zlashtirilayotgan qismi bu Geosiyosat asoslari bo'limidir. Geosiyosat asoslari bo'limi ham uch bobdan iborat bo'lib, uning har bir mavzusi o'quvchi uchun qiziqarli, uning hayotiy tajribasiga yaqin va tushunarlidir.

Ushbu bo'limni o'qitishda o'quvchi-talabalarni solishtirish yoki bo'lmasa, tanqidiy yondashuv asosida tahlil qilishga alohida urg'u berish, bilim va ko'nikmalarni hosil qilishning eng maqbul usullaridan hisoblanadi.

Solishtirish metodi mohiyatini xitoy olimi X.Shu va N.Chjoular to'la ochib beradilar: «Agarda millat vaqt o'qida o'zining turgan joyini tarixiy yoki "vertikal" solishtirishlar bilan aniqlay olsa shunda u millatlararo yoki "gorizontal" solishtirishlar yordamida dunyodagi o'z o'rni to'g'risida yaxshiroq tasavvurga ega bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"O'zbekistonning geosiyosiy o'rni" mavzusini o'qitishda o'quvchilarni faollashtirish va dars samaradorligini oshirish uchun muammoli vaziyatlarni hal qilishga qaratilgan treninglardan foydalanish maqsadga muvofiq hiosoblanadi. Mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rishning asosiy bosqichi-o'quv jarayonini loyhalashtirish hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

■ Darsning maqsadi va natijasini belgilash.

■ Nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish.

■ Ta'lim usullarini eng maqbullarini tanlash.

■ O'qitish va o'qish strategiyasini belgilash.

■ Dars turini tanlash va texnologik xaritasini ishlab chiqish.

Dars maqsadi va natijasini belgilash - o'qitish va o'qish jarayonlarining eng muhim omili bo'lib, dars jarayonida aynan ular yetakchi o'rin tutadi. Darsning maqsad va natijasi DTS talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Demak, biz tanlagan mavzu bo'yicha treningning maqsadi-o'quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, muammoni yechish uchun turli xildagi mavjud vaziyatlarni taxlil qilish, solishtirish, qiyoslash, natijalarni asoslash, ma'lum xulosalarga kelish kabi ko'nikma va malakalarni shakllantirishdir. Trening ishtirokchilarining rollari va vazifalari:

> O'qituvchi trening mazmunini, asosiy bosqichlari va ishtirokchilar vazifalari bilan tanishtiradi.

> Ikki raqobatbardosh 6-8 o'quvchidan iborat guruhlar mavzuga oid qiziqarli savollar bo'yicha munozaraga kirishadilar. O'qituvchi o'yin mazmunini lozim topgan oqimiga yo'llab, uning a'zolari faolligini ta'minlab turadi.

NATIJA

O'zbekistonning geosiyosiy o'rni mavzusi bo'yicha tashkil etiladigan treningda quyidagi muammoli metod va usullarni qo'llash tavsiya etiladi:

"Baliq skleti", "Mantiqiy chalkash zanjir" strategiyasi, "SWOT"taxlili, "Nilufar guli" texnologiyasi, "Skarbey", "Assesment" texnologiyalari va xakozo. Ushbu metodlar bo'yicha qisqacha misollar keltiramiz:

"Baliq skleti" - talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo'llashda talabalarda mantiqiy fikrlash- ya'ni O'zbekistonning tabiiy geografik, iqtisodiy, siyosiy va geosiyosiy o'rin xususiyatlari, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar - davlat, mamlakat, siyosiy karta, chegara, hudud, quruqlik mili, dengiz mili va x.k, ma'lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko'nikmalari rivojlanadi. Ushbu texnologiyani qo'llash quyidagicha amalga oshiriladi: o'qituvchi o'quvchi (talaba)larni usulni qo'llash sharti bilan tanishtiradi; o'quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi; guruhlar topshiriqlarni bajaradi; guruhlar o'z yechimlarini jamoaga taqdim etadi; jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi.

"Mantiqiy chalkash zanjir" metodi. Ushbu metod Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlar va unda O'zbekistonning tutgan o'rni bo'yicha bildirilgan fikrlar o'rtasida bog'liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda to'g'ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o'qituvchi mavzuni yorituvchi ma'lumotlarni to'g'ri va noto'g'ri tartibda bayon etadi. Masalan: Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi transchegaraviy daryolar, O'zbekiston-Turkmaniston o'rtasidagi eksklav (tegishli davlat hududining asosiy qismidan boshqa davlat hududi bilan ajralib turgan yerlar) va ba'zi chegara hududlari, Qozog'iston bilan davlat chegarasida oxiriga yetkazilmagan delimitatsiya (chegara chizig'ini aniqlashtirib, mustahkamlash) ishlari bo'yicha yuzaga kelgan muammolar birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo'lgan muhim geosiyosiy muammolardan bo'lib hisoblanadi. Bunda talabalarning vazifasi mantiqiy jihatdan noto'g'ri ifodalangan ma'lumotlarni to'g'ri dalillarga aylantirish, ya'ni bu chegara hududlari bo'yicha esa Qozog'iston davlati o'rnida Tojikiston davlati ekanligini, eksklav shaklga ega O'zbekiston-Turkmaniston emas, balki Qirg'iziston davlatlari javobida yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to'g'ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni "ulash"dan iborat. Mashg'ulotda strategiyani qo'llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi O'qituvchi talabalarni strategiyaning mohiyati bilan tanishtiradi. Kichik guruhlarga chalkash ma'lumotlarni o'zida ifodalagan tarqatmali materiallar beriladi. Topshiriqlarni bajarish uchun vaqt hajmi (5 daqiqa) belgilanadi, kichik guruhtarqatmali materialda ifodalangan matndagi mantiqiy xato va chalkashliklarni aniqlab, uzilgan zanjirni "ulash"ga harakat qiladi.

"Swot-tahlil" metodi- Muammoning asosiy to'rt jihatini yoritishga xizmat qiladi. Bunda hududi yadroviy quroldan xoli bo'lgan, qo'shilmaslik siyosatini

qo'llabquvvatlovchi davlatga aylanishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan O'zbekiston siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish, iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun qator davlatlar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yishi sababi mazmuniga mos muammolarni atroflicha o'rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi. U yordamida muammoning quyidagi to'rt jihati tahlil qilinadi:

S- Kuchli (ustun) jihatlari (amalga oshirilayotga xamkorlik bo'yicha mavjud muammolarning afzalliklarini yoritish);

ffKuchsiz (zaif) jihatlari (maqsadga erishish yo'lida tashkil etilayotgan harakatlarga ichki omillarining ta'sirini o'rganishadi);

O- imkoniyatlarni chamalash (belgilangan vazifalarni hal etishning eng maqbul yo'llarini izlashadi);

T- Tahdidni o'rganish (maqsadga erishish yo'lida tashkil etilayotgan harakatlarga tashqi omillarining ta'sirini aniqlashadi). Ushbu metodni qo'llash muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda o'qituvchi talabalarning bilimi darajasiga moslab, unga tushunarli so'zlar bilan ifodalashi (o'zgartirishi) mumkin. Guruhlarning ishlari o'qituvchi va jamoa tomonidan muhokama qilinadi O'qituvchi jamoaning fikriga tayangan holda eng yaxshi ishni e'lon qiladi hamda har bir guruh ishiga bahoberib, mashg'ulotni yakunlaydi.

MUHOKAMA

"Qaror qabul qilish" metodi. Talabalarga ma'lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, muammo yuzasidan bildirilayotgan bir nechta xulosa orasidan eng maqbul hamda t o'g'risini topishga yo'naltirilgan texnik yondashuvdir. U avvalgi muammoli vaziyatlar bo'yicha qo'llanilgan metodlarda qabul qilingan qarorlarni yana bir bora tahlil qilish, uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Ushbu metodni q o'llash o'rganilayotgan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish) uchun talabalar tomonidan bildirilayotgan har bir variantni tahlil qilish, maqbul va nomaqbul jihatlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Unga ko'ra mashg'ulotlarda talabalar quyidagi chizma asosida ishlaydi (u yoki bu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadi): umumiy muammo. "O'zbekistonning geosiyosiy imkoniyatlari":

1-qaror variant: Afzalligi- Kamchiligi: O'zbekistonning geosiyosiy imkoniyatlaridagi ijobiy va salbiy omillari;

2-qaror variant: O'zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavqeini belgilab beruvchi strategik xususiyatlari;

3-qaror variant: O'zbekistonning mikroiqtisodiy-geografik o'rni,mezoiqtisodiy geografik o'rin, makroiqtisodiy geografik o'rin xususiyatlarida ijobiy va salbiy omillarini taxlil qiladi va o'z fiklari yuzasida qaror qabul qilishadi.

Agarda barcha guruhlar muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo'lsa, o'qituvchi buning sababini izohlaydi. Ekspert talabalar munozara ishtirokchilariga baho beradi, guruhga va uning a'zolariga quyidagi meyyorlarga asoslangan holda baho qo'yadi:

1) Topshiriq javoblarining mantiqiyligi va asoslanganligi;

2) Mazmunan ketma-ketligini, mavzu boyicha tayanch iboralarini egallaganligi;

3) Xulosalarning isbotliligi;

4) Bahs usullaridan rang-barang va samarali foydalana olishi va x.k. Tanlangan ekspertlar vazifasi quyidagicha bo'ladi:

S Jamoaning g'alabasini asoslash;

S a) eng xushmuomala; b) eng aqlli; c) eng obro'li; d) eng ijodkorlarini aniqlash. XULOSA

O'yin yakunida o'qituvchi tahlil qilib beradi va yakun yasaydi. Ayniqsa o'qituvchi o'yinni borishi, uning muvaffaqiyati va kamchiliklariga urg'u berishi lozim. Shuningdek, istiqbolda e'tibor berilishi kerak bo'lgan muvaffaqiyatli, munozarali, ijodiy vaziyatlarni farqlab berishi kerak. Bu o'yinni darsning ma'ruza qismi tugagandan so'ng, mavzuni mustahkamlash va o'quvchilarni baholash uchun darsning so'ngida qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Yuqoridagi shu kabi o'yinlar kelajakda o'quvchining tafakkurini o'stirishga hizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Ma'rifat, 2017 yil 23 dekabr.

2. Allayorov R.X., Bo'ribekov M.F., Xidirov M.SH., Raxmonqulov A.N. O'zbekiston tog'-vodiy landshaftlarining ekoturistik imkoniyatlari // Geografiya va geografiya ta'limidagi muammolar. Respublika konferentsiya materiallari. - Jizzax: JDPI, 2018. B. 75-77.

3. Allayorov R.X., Xidirov M.SH., Bo'ribekov M.F. Tangilar ekoturistik ob'ekt va resurs sifatida // Oliy ta'lim tizimida tabiiy fanlar: ilmiy tadqiqot, o'qitish va malaka

oshirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi. Farg'ona, 2018. B. 162-164.

4. Amanbaeva Z.A. Tog'li hududlar-geoekologik tadqiqotlar markazida // Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to'plami. -T.: TDPU, 2015. B. 34-35.

5. Nizomov A., Amanbaeva Z., Safarova N. O'zbekistonning ekoturistik resurslari va yo'nalishlari. - T.: Fan va texnologiya, 2014. 104 b.

6. Qarakulov N.M., Allayorov R.X. ?zbekstanni? tau geoj?yelerindegi ekoturistik m?mkindikter // Geosistemniy podxod k izucheniyu prirodnoy sredi Respubliki Kazaxstan. Materyali Mejdunarodnuyu nauchno-prakticheskuyu konferentsii. Tom II. Astana, 13-14 aprelya 2018. s. 250-252.

7. Xasanov I.A., G'ulomov P.N. O'zbekiston tabiiy geografiyasi. - T., 2006.

8. Xasanov I.A., G'ulomov P.N., Qayumov A.A. O'zbekiston tabiiy geografiyasi (2-qism). - T., 2010.

9. Shamuratova N.T. O'zbekistonda ekologik turizm va uning tabiiy geografik jihatlari. G.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taq. et. diss. avt. -T.,2011. 27

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Ma'rifat, 2017 yil 23 dekabr.

2. Allayorov R.X., Bo'ribekov M.F., Xidirov M.SH., Raxmonqulov A.N. O'zbekiston tog'-vodiy landshaftlarining ekoturistik imkoniyatlari // Geografiya va geografiya ta'limidagi muammolar. Respublika konferentsiya materiallari. - Jizzax: JDPI, 2018. B. 75-77.

3. Allayorov R.X., Xidirov M.SH., Bo'ribekov M.F. Tangilar ekoturistik ob'ekt va resurs sifatida // Oliy ta'lim tizimida tabiiy fanlar: ilmiy tadqiqot, o'qitish va malaka oshirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi. Farg'ona, 2018. B. 162-164.

4. Amanbaeva Z.A. Tog'li hududlar-geoekologik tadqiqotlar markazida // Geografiya fani va ta'limning zamonaviy muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to'plami. -T.: TDPU, 2015. B. 34-35.

5. Nizomov A., Amanbaeva Z., Safarova N. O'zbekistonning ekoturistik resurslari va yo'nalishlari. - T.: Fan va texnologiya, 2014. 104 b.

6. Qarakulov N.M., Allayorov R.X. ?zbekstanni? tau geoj?yelerindegi ekoturistik m?mkindikter // Geosistemniy podxod k izucheniyu prirodnoy sredi Respubliki

Kazaxstan. Materyali Mejdunarodnuyu nauchno-prakticheskuyu konferentsii. Tom II. Astana, 13-14 aprelya 2018. s. 250-252.

7. Xasanov I.A., G'ulomov P.N. O'zbekiston tabiiy geografiyasi. - T., 2006.

8. Xasanov I.A., G'ulomov P.N., Qayumov A.A. O'zbekiston tabiiy geografiyasi (2-qism). - T., 2010.

9. Shamuratova N.T. O'zbekistonda ekologik turizm va uning tabiiy geografik jihatlari. G.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taq. et. diss. avt. -T.,2011. 27

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.