Boboyeva N. T.
Termiz davlat universiteti o'qituvchi p.f.f. d. PhD. Surxondaryo, O'zbekiston
G'O'ZANING BARG SATHI MAYDONI VA QURUQ MASSA
TO'PLASHI
Annotatsiya. Maqolada g 'o 'za navlarining bir o 'simlikdagi barg sathlarini o 'zgarish dinamikasini o 'rganish natijalari va quruq massaning hosil bo 'lishini o 'rganish natijalari keltirilgan
Kalit so'zlar: g'o'za navlari, barg sathi, uruq massa, ko'chatlar soni, biomassa, variant.
Boboyeva N. T.
Teacher PhD Termez State University, Surkhandarya, Uzbekistan
LEAF SURFACE AREA AND DRY MASS ACCUMULATION OF
COTTON
Abstract. The article presents the results of the study of the dynamics of changes in the leaf levels in one plant of cotton varieties and the results of the study of the formation of dry mass.
Keywords. cotton varieties, leaf level, seed mass, number of seedlings, biomass, variant.
Fotosintez- quyosh nuri ta'sirida o'simliklar bargida kechadigan fiziologik jarayon bo'lib, quyosh nuri ta'sirida anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilinadi. Natijada ekinlarni o'sish va rivojlanishi jadallashadi, hosildorligi oshib, sifati yaxshilanadi.
Fotosintez jadalligi bargning anatomik tuzilishi, ferment sistemasining faolligi va boshqa omillarga bog'liq. Fotosintez jadalligini oshirishda o'simliklar selektsiyasining ham ahamiyati katta. Chunki SO2 ni tez o'zlashtira oladigan va hosil bo'lgan organik moddadan samarali foydalanadigan yangi g'o'za navlarini yaratish selektsioner olimlar oldidagi dolzarb vazifalardan biridir.
Ekinlarning fotosintetik faoliyatiga tashqi muhit keskin ta'sir ko'rsatadi. Fotosintetik faoliyatining ko'rsatkichlari bu barg soni, barg sathi maydoni, quruq massa to'plashi va fotosintez mahsuldorligidir.
Barg sathi maydoni ko'chat qalinligiga bevosita bog'liq bo'lib, bu ko'rsatkichlar gektar hisobiga chiqarilganda o'z aksini topadi. Ya'ni bitta o'simlik hisobida barg sathi ko'chat kam qoldirilgan maydonlarda yuqori bo'lgan bo'lsa,
gektar hisobiga chiqarilganda aksincha ko'chat ko'proq qoldirilgan maydonlarda barg sathining yuqori bo'lganligi kuzatildi [6; 17-18-b.]
Ekinlarning hosildorligi fotosintez jarayonida hosil bo'ladigan organik moddalar evaziga shakllanadi. Bitta o'simlikdagi barg sathi maydonining qay darajada rivojlanishi oziqlanish maydoniga bog'liqdir. Har bir pagonometrga o'simlik barobar taqsimlanishi - bu o'simliklarni optimal joylashtirish demakdir. A. V. Nichiprovichning fikricha, o'simliklar fotosintezini tartibga tushirish uchun ularning barg sistemasini erta muddatlarda tez o'sishini ta'minlash lozim. Iloji bo'lsa ertapishar navlar yoki barg plastinkasining o'sishini ta'minlaydigan sharoit yaratib berish kerak, buning uchun yorug'lik, issiqlik, namlik, karbonat angidrid gazi, kislorod, oziq elementlari yetarli darajada bo'lishi lozim. Shundagina fotosintez mahsuldorligi ikki marta ortadi.
Ekinlardan mo'l hosil olish uchun yuqori assimilyatsiya yuzasiga ega bo'lgan barglarni yetishtirish kerak. Chunki, barg sathi yuqori bo'lsa, o'simlikda fotosintez yaxshi bo'ladi va natijada fotosintez mahsuldorligi ortadi. Olib borilgan tajribalarda ham barg sathi maydoniga ko'chat qalinligi va chilpish usullarini ta'siri o'rganildi.
G'o'zaning barg sathi maydoni o'simlik rivojining shonalash, gullash, hosil to'plash va pishish davrlarida aniqlandi. Shonalash davrida bir tup o'simlikda barg sathi maydoni o'rta tolali g'o'za navida 448,0-537,6 sm2 ; ingichka tolali g'o'za navida 449,5-510,0 sm2 bo'lib, har ikkala navda ham bir tup o'simlikda ko'chat soni ortishi bilan barg soni va shunga mos holda barg sathi maydoni ham kamayib borgan. O'simlik rivojining hosil to'plash davrida bir tup o'simlikda o'rta tolalilarda - barg sathi maydoni 2208,4- 2728,3 sm2 bo'lsa, ingichka tolalilarda esa 2057,9-2227,7 sm2 bo'lib, ko'chat soni ortishi bilan barg sathi maydoni bir tup o'simlikda kamayib borgan. Ammo, gektar hisobida hisoblaganimizda ko'chat soni ortishi bilan barg sathi maydoni ham oshib boradi.
O'simlik rivojining pishish davrida barg sathi maydonining o'zgarishiga ko'chat qalinligining ta'siri o'rganilganda variantlar o'rtasida farqlar kuzatilib, ko'chat soni oshishi bilan barg sathi maydoni bir tup o'simlikda kamroq bo'lishi hamda gektariga esa ko'chat soni hisobiga ko'proq bo'lishi kuzatildi. Masalan, o'rta tolali "Buxoro-102" g'o'za navida o'simlik rivojining pishish davriga kelib, bir tup g'o'zada barg sathi maydoni 2084,9-2658,7 sm2 bo'lib, yuqori natija gektariga 90-100 ming tup ko'chat ekilgan variantlarda kuzatilib, ko'chat qalinligi ortishi bilan barg sathi maydoni kamayib borgan.
Barg sathi maydoni gektar hisobida aniqlanganda ko'chat soni hisobiga ko'payib g'o'za 110-120 ming tup/ga ekilganda 23225,8-26420,2 m2/ga bo'lib, gektariga 90-100 ming tup ko'chat bo'lgan variantlardan 1853,8-3099,0 m2/ga ko'p barg sathi maydoniga ega bo'lib, yuqori ko'rsatkich gektariga 110-120 ming tup ko'chat ekilgan variantlarda kuzatildi.
Ingichka tolali "Surxon-103" g'o'za navida ham yuqoridagi qonuniyatlar takrorlanib, barg sathi maydoni gektar hisobida aniqlanganda ko'chat soni hisobiga ko'payib g'o'za 140-150 ming tup/ga ekilganda pishish davrida 27560,5-
30873,3 m2/ga bo'lib, gektariga 120-130 ming tup ko'chat bo'lgan variantlardan 2072,9-3840,5 m2/ga ortiq barg sathi maydoniga ega bo'lib, o'rta tolalilarga nisbatan yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lgan.
Demak, ko'chat sonini oshishi bilan bir tup o'simlikdagi barg sathi maydoni kamaysada, ko'chat soni oshishi hisobiga gektariga hisoblaganda barg sathi maydoni ko'payadi.
G'o'za barg sathi maydoniga ko'chat qalinligi bilan birga chilpish usullarini ham ta'siri kuzatilib, chilpish o'tkazilgan variantlarda chilpish o'tkazilmagan variantlarga nisbatan barg sathi maydoni kamroq bo'lgan. Chilpish agrotexnik tadbiridan so'ng pishish davrida barg sathi maydoni aniqlanganda, o'rta tolali g'o'za navida 90-100 ming tup/ga ko'chat ekilganda bir tup o'simlikda barg sathi maydoni 2198,6-2658,7 sm2 bo'lib, chilpish o'tkazilmaganda 2658,7 sm2 bo'lsa, qo'lda chilpish o'tkazilganda 2286,8 sm2 va kimyoviy chilpish o'tkazilganda 2198,6 sm2 bo'lgan. G'o'zada Entojean qo'llanilganda g'o'za bo'yiga va yoniga o'sishdan to'xtashi natijasida barglar soni kamayishi hisobiga barg sathi maydoni kamaygan. Yuqori barg sathi maydoni chilpish o'tkazilmagan nazorat variantda 2658,7 sm2/o's bo'lib, chilpish o'tkazilmagani hisobida barglar soni ko'payishi hisobiga ortgan.
O'rta tolali "Buxoro-102" g'o'za navida ko'chat soni 110-120 ming tup /ga bo'lgan variantlarda ham chilpish o'tkazilmagan nazorat variantida barg sathi maydoni chilpish o'tkazilgan variantlardan ortiq ekanligi aniqlandi. Chilpish o'tkazilmagan variantda barg sathi maydoni bir tup o'simlikda 2380,2 sm2 bo'lsa, Entojean qo'llanganda 2107,4 sm2/o's. bo'lib, 272,8 sm2 barg sathi maydoni ortiq bo'ldi.
Ingichka tolali "Surxon-103" g'o'za navida ham kuzatuvlar olib borilganda yuqoridagi qonuniyatlar takrorlanib, bir tup o'simlikda barglar soni kam bo'lishiga qaramasdan bir gektar hisobida barg sathi maydoni ko'chat qalinligi hisobiga barcha rivojlanish davrlarida ham o'rta tolalilarga nisbatan ko'proq bo'lganligi kuzatildi. G'o'za barg sathi maydoniga chilpish usullarini ham ta'siri kuzatilganda, gektariga 120-130 ming tup ko'chat ekilganda bir tup o'simlikda barg sathi maydoni 1957,1-2380,2 sm2 bo'lib, bu navda ham g'o'zada chilpish o'tkazilmaganda yuqori natija olingan. Entojean qo'llanilganda barg sathi maydoni 1957,1 sm2 bo'lib, chilpish o'tkazilmagan variantdan 423,1 sm2 kam barg sathi maydoni hosil bo'lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Boboeva N. T. et al. The fight against avena fatua in the middle of a wheat field //International Journal on Integrated Education. - Т. 3. - №. 2. - С. 62-64.
2. Суллиева С. Х., Бобоева Н. Т., Зокиров К. Г. Виды и сорта хризантем //Экономика и социум. - 2019. - №. 10 (65). - С. 315-317.
3. Negmatova S., Boboeva N. Effect of agrotechnical measures on cotton yield in cultivation of medium-fiber cotton varieties //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 147150.
4. Boboeva N. T. Negmatova ST Effects of Improved Agrotechnical Measures on Harmful Harvesting of Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. SJIF Impact Factor. - 2021. - T. 5.
5. Boboeva N. et al. The influence of agrotechnical measures on the damage of boilers in the cultivation of strong cotton varieties //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - C. 3170-3175.
6. Boboeva N., Negmatova S. Influence of agrotechnical measures on boiler damage in growing medium grades of cotton //Science and innovation. - 2022. -T. 1. - №. A7. - C. 152-155.
7. EoSoeBa H. T., HemaTOBa C. T. YcHM^HKxyp ^aHga^aHH Fy3a xocun эtteмeffraaрнra 3apapn //SCHOLAR. - 2023. - T. 1. - №. 9. - C. 105-109.
8. Boboeva N., Negmatova S. Influence of agrotechnical measures on boiler damage in growing medium grades of cotton //Science and innovation. - 2022. -T. 1. - №. A7. - C. 152-155.
9. Tokhtamishovna B. N., Teshayevna N. S. Effects Of Improved Agrotechnical Measures On Harmful Harvesting Of Medium-Fiber Cotton Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2021. - T. 2. - C. 25-28.
10. Boboyeva N. T., Negmatova S. T. Effects of agrotechnical measures on the number of plant-eating candles and cotton yield.«Agrarnaya nauka» nauchno-teoreticheskiy i proizvodstvenniy jurnal. 11-12. 2020. C.-122-124. - DOI 10.32634/0869-8155.