AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UDK 631.315.4
G'O'ZA QATOR ORALARIDA QATQALOQNI YUMSHATADIGAN G'ALTAKMOLANING HARAKAT TENGLAMASINI ASOSLASH
Abdualiev Nuriddin Habibovich "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti dos., PhD, [email protected]
Egamov Nodirbek Murodilloevich "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti - o'qituvchisi, [email protected]
Annotasiya. Maqolada g'o'za qator oralarida qatqaloqni yumshatadigan g'altakmolaning harakat tenglamasi 1-rasmda keltirilgan sxemaga asosan matematik ifodalar orqali aniqlangan. Bunda (12)-(14) ifodalar yordamida g'altakmola prutoklarining har qanday nuqtasining absolyut traektoriyasi ifodalangan, g'altakmolalar sirpanib dumalaganligi sababli prutoklarning traektoriyalari qisqa, ya'ni sirtmoqsiz sikloida ko'rinishida bo'lishi tasvirlangan.
Аннотация. В craTbe опрeдeлeно уравнeниe движeния катка разрыxляющero почвeнную корку в мeждурядьяx хлопчатника, с помощью матeматичeскиx выражeний на 0CH0Be сxeмы, прeдставлeнной на рисунте 1. При этом с помощью выражeний (12) - (14) выражeна абсолютная траeктория любой точки прутьeв каткe. В связи с TeM, что каток катятся со скольжeниeм, описано, что траeктории прутьeв будут короткими, то eсть в видe циклоиды 6e3 пeтeль.
Abstract. The article establishes the equation of motion for a roller that loosens the soil crust in cotton inter-rows, using mathematical expressions based on the scheme presented in Figure 1. The absolute trajectory of any point on the roller rods is expressed using equations (12) - (14). Due to the roller rolling with slippage, it is described that the trajectories of the rods will be short, taking the form of a loopless cycloid.
Kalit so'zlar: qatqaloq, radius, agregat, prutok, troektoriya, koeffisient, sikloida, parabola.
Ключевые слова: окружность, радиус, совокупность, луч, траeктория, коэффициeнт, циклоида, парабола.
Key words: circle, radius, aggregate, beam, trajectory, coefficient, cycloid, parabola.
Kirish. O'zbekiston respublikаsi qishtoq xo^ligini rivоjlаntirishning 2020 - 2030 yiUm^ mo'ljаllаngаn strategiyasini tаsdiqlаsh to'g'risidаgi fаrmоnidа qishtoq xo'jаligini rivоjlаntirish bo'yichа uzоq muddаtgа mo'ljаllаngаn strategiyaning mаyjud emаsligi er vа suv resurslаridаn sаmаrаli fоydаlаnishgа, sоhаgа investisiyalаrni keng jаlb etishgа, ishlаb chiqаruvchilаrning yuqоri dаrоmаd оlishigа vа mаhsulоtlаr rаqоbаtbаrdоshligini оshirishgа to'sqinlik qilmоqdа. Ishkb chiqаrishni diversifikаtsiya qilish, er vа suv munоsаbаtlаrini tаkоmillаshtirish, qulаy аgrоbiznes muhitini vа yuqоri qo'shilgаn qiymаt zаnjirini yarаtish, kооperаsiya munоsаbаtlаrini rivоjlаntirishni qo'llаb-quvvаtlаsh, sоhаgа bоzоr mexаnizmlаrini, аxbоrоt-kоmmunikаsiya texnоlоgiyalаrini keng jоriy etish, shuningdek, ilm-fаn yutuqlаridаn sаmаrаli fоydаlаnish hаmdа kаdrlаr sаlоhiyatini оshirish dаvr tаlаb hisоblаnаdi. Qishlоq xo'jаligi аmаliёtidа yaxlit ekin mаydоnlаridа qаtqаlоq bilаn kurashishning eng keng tаrqаlgаn vоsitаsi - ьогош ёki qirrаli g'аltаkmоlа, chоpiq qilinаdigаn mаydоndа - mоtigа hisоblаnаdi. Qаtqаlоqni yumshаtish uchun ish о^п^пп^ diаmetri 520, 450 vа 340 mm li ig^li disklаrdаn ^rat bo'lgаn MVN-2,8, MVN-2,8M vа MVX-5,4 mоtigаlаr, tishli vа to'rli ьонэ^ьг qo'llаnilаdi. Qаtqаlоqqа qаrshi kurаshdа tishli ьотош^г eng sоddа vа unwell mоslаmаlаr hisоblаnаdi. Ulаrning vоsitаsidа tuproq yumshаtilаdi vа yuzаsi tekislаnаdi, begоnа o'tlаr yo'q qilinаdi, kuchli ёg'ingаrchiliklаrdаn keyin ekin mаydоnlаridа yuzаgа ke^n qаtqаlоq
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOB1L VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI yumshatiladi, chopiqdan keyin tuproq ostiga tushib qolgan o'simliklar ochiladi. Tishli boronalar ko'p hollarda ilgarilanma harakatlanadi, biroq tishlari faol harakatlanuvchi (vibroboronalar) va tuproq bilan tatsirlashish kuchlari ërdamida aylanuvchi (rotasion) boronalar ham mavjud [2; 51-53-b.]. Vazniga ko'ra tishli boronalar engil (bir tishga to'g'ri keladigan vazn 0,4-1,0 kg), o'rtacha (1,3-1,8 kg) va og'ir (1,9-2,3 kg) larga bo'linadi. Engil tishli boronalar urug'lar va o'g'itlarni ko'mish, ekishdan oldin dala yuzasini tekislash, qatqaloqni yumshatish va begona o'tlarni yo'qotish uchun mo'ljallangan. Boshqa boronalardan tishlarining yumaloqligi, kichik vazni va seksiyalar qamrash kengligining kichikligi bilan farq qiladi. SHleyf borona bahorda va ekishdan oldin kuzgi shudgor yuzasini tekislash va yumshatishda ishlatiladi. U gorizontga nisbatan qiyaligi rostlanuvchi ikkita yassi pichoq, taroq va zanjirga ulangan to'rtta metall ëki ëg'och g'o'ladan tashkil topgan. To'rli boronalar tuproqning ustki qatlamini yumshatish va begona o'tlarni yo'qotish, shuningdek nihol unib chiqish davrida qatqaloqni yumshatish, tekis va pushtaga ekilgan kartoshkani boronalashda qo'llaniladi. Ekin maydonlaridagi qatqaloq - kuchli yog'ingarchiliklar va sug'orishdan so'ng tuproq yuzasida hosil bo'ladigan qattiq qatlam hisoblanadi. Sug'oriladigan dehqonchilik erlaridagi deyarli barcha tuproqlari qatqaloqlanishga moyil. Bunga asosiy sabab - tuproqlarning haddan tashqari kam donadorligi va tuproq agregatlarining suvga juda ham chidamsizligidir. Yomg'irdan yoki ho'llatib sug'orishdan so'ng erning ustki qatlami ivib suyuladi, quriganda qotib qatqaloq hosil qiladi va yuzasi yorilib ketadi. Qatqaloq tuproq xossalari va qishloq xo'jalik ekinlari rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, chunki tuproqning suv o'tkazuvchanligi va havo almashinuvini sekinlashtiradi, shuningdek, tuproqdagi namning (20-30 foizgacha) bug'lanishini tezlashtiradi. Juda qalin qatqaloq hosil bo'lgan dalalarda maysalarning unib chiqishi 3-5 kunga kechikadi va ko'chat soni siyraklashib ketadi. Qatqaloq hosil bo'lish jarayoni tuproqlarning mexanik tarkibi, turi, madaniy holati, sho'rlanganligi va boshqalarga bog'liq. Qatqaloq, ko'pincha, sug'oriladigan bo'z va cho'l tuproqlarida hosil bo'ladi. Uning qalinligi va qattiqligi tuproqning mexanik tarkibiga bog'liq. Ayniqsa, og'ir qumoqli, soz mexanik tarkibli taqir, sur tusli qo'ng'ir tuproqlarda va taqirlarda qatqaloq qalin hamda juda qattiq bo'ladi. Sho'rlanish hamda sho'rtoblanish qatqaloq hosil bo'lishiga moyillikni kuchaytiradi. Masalan, engil qumoqli och tusli bo'z tuproqlarda qatqaloqning qalinligi 0,3-0,5 sm, och hamda to'q tusli bo'z tuproqlarda 0,8-1,5 sm, kuchsiz sho'rlangan qumoqli va soz mexanik tarkibli taqir tuproqlarda 2,4-4,5 sm ni tashkil etadi; 1 m2 erdagi qatqaloqning og'irligi 50-70 kg gacha etadi [3; 655-b.].
Buxoro viloyati sharoitida chigit ekilgandan keyin odatda tez-tez yog'ingarchilik kuzatiladi. Natijada tuproq balchiqqa aylanib, qurish jarayonida mustahkam qatqaloqqa aylanib, g'o'za nihollarining vaqtida unib chiqishiga imkon bermaydi. Qatqaloq nafaqat urug'larning unib chiqishiga to'sqinlik qiladi, balki o'simliklarning o'sish sharoitini yomonlashtiradi. Xususan, qatqaloqning paydo bo'lishi haydalgan qatlamdan namlikning ko'tarilishini tezlashtiradi. Qatqaloq o'simliklarning ildizlariga havoning etib borishini qiyinlashtiradi, natijada biokimyoviy jarayonlar va aerob mikroblarning faoliyati to'xtaydi. Oqibatda tuproqda oziq moddalarning hosil bo'lishi va ularning o'simliklarning oziqlanishi uchun ma'qul holatga o'tishining imkoni bo'lmaydi. Tuproqda gaz almashinuvi yomonlashib, o'simliklarning ildiz tizimi va bakteriyalardan ajraluvchi zararli moddalar to'planib qoladi. Natijada nihollar nobud bo'ladi. Qatqaloqning paydo bo'lishi natijasida nihollar siyraklashadi va rivojlanishdan ortda qoladi. SHu tarzda begona o'tlarning o'sishi uchun qulay sharoit yaratiladi, ularning urug'lari tezroq etiladi va ko'p miqdorda tuproqqa to'kiladi. Keyinchalik begona o'tlarning urug'lari suv orqali tuproq yoriqlari orasiga kirib qoladi va haydov qatlamiga o'rnashib oladi [4; 9-10 b.]. Natijada xo'jaliklarda qatqaloq bilan kurashish uchun katta mehnat va mablag'lar sarflanadi, chunki uni yumshatish bir-ikki kun ichida yakunlanmasa, u qattiqlashadi va yorilib ketadi.
Shundan kelib chiqqan holda, g'o'za qator oralarida hosil bo'lgan qatlamni sifatli yumshatishda asosiy e'tibor qaratish talab etiladi. Ish jarayonida g'altakmola murakkab harakat
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI qiladi, ya'ni u chopiq agregati bilan ilgarilanma va o'z o'qi atrofida aylanma harakat qiladi [1]. O nuqtadan o'tkazilgan XYZ koordinatalar sistemasida (1-rasm) g'altakmola qaralayotgan nuqtasining harakat tenglamasi uning radiusi qamrash kengligi bo'yicha o'zgarishini hisobga olganda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi
X. = Kft + R cos cot;
Y = 0-B; Z. = R (1 - sin cot),
bunda Xi, Ui, Zi - qaralayotgan nuqtaning X, U va Z o'qlari bo'yicha koordinatalari, m; Vch - chopiq agregatining harakat tezligi, m/s; t - vaqt, s;
Ri - qaralayotgan nuqtaning radiusi, m; co - g'altakmolaning burchak tezligi, rad/s.
(1) (2) (3)
1-rasm. G'altakmolaning harakat tenglamasini tuzishga doir sxema
Ri ni g'altakmolaning qamrash kengligi hamda katta va kichik radiuslari orqali ifodalab olamiz. Buning uchun yuqoridagidek g'altakmolaning prutoklari uning uzunligi bo'yicha qavariq parabola ko'rinishiga ega deb qaraymiz [2]. Bunda g'altakmolaning radiusi uning qamrash kengligi, ya'ni U o'qi bo'yicha quyidagi qonuniyatga asosan o'zgaradi
R = a + by+cY2, (4)
bunda a, b, c - aniqlanishi lozim bo'lgan koeffisientlar.
(4) tenglamaning koeffisientlarini quyidagi shartlardan foydalanib aniqlaymiz: U=0 bo'lganda Ri=R2, U=0,5B bo'lganda Ri=Rj va U=B bo'lganda Ri=R2. Bu shartlar bo'yicha a, b va c koeffisientlarni aniqlash uchun quyidagi tenglamalarga ega bo'lamiz
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
R = a;
— — 2
R = R + b — + c — 1 ^ 2 4
R
R + b—+c—
Bu tenglamalarni birgalikda echib, quyidagilarga ega bo'lamiz:
a = R;
4(R -R2).
b =
(5)
(6)
(7)
(8) (9)
(10)
— —2 (11)
Bu ifodaga U = 0, U = B/2 va U = B qiymatlarni qo'yib, yuqorida keltirilgan shartlarni bajarilishiga iqror bo'lamiz, ya'ni U = 0 bo'lganda Ri = R2, U = 0,5B bo'lganda Ri =
R1 va U = B bo'lganda Ri = R2 shartlar bajariladi.
(11) ni hisobga olganda (1) - (3) tenglamalar quyidagicha yoziladi:
С =
— '
4(R -R) —2
a, b va c ning bu qiymatlarini (4) ifodaga qo'yib, quyidagi natijaga ega bo'lamiz
R = R + 4(R - R2) у - 4(Ri - R2) y3.
X = Vt +
+ 4(R - R) Y - 4(R - R2) Y2
—
Y = 0 - —;
—
cos cot;
Z =
R R - R)y 4(R - R)^
2 т% г)2
—
—
(1 - sin ct).
(12)
(13)
(14)
Xulosa. Yuqoridagilarni inobatga olib, (12) - (14) ifodalar g'altakmola prutoklarining har qanday nuqtasining absolyut traektoriyasini ifodalaydi. Odatda g'altakmolalar sirpanib dumalaydi [3, 4, 5, 6, 7] va shu sababli prutoklarning traektoriyalari qisqa, ya'ni sirtmoqsiz sikloida ko'rinishida bo'lishi nazariy tadqiqotlar natijasida aniqlandi. Ushbu aniqlangan natijalar g'o'za qator oralarida hosil bo'ladigan qatqaloqni yumshatishda g'altakmolaning parametrlarini asoslashda xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR
1. Сивков Г.Н., Панов И.М. Teopra и pac4eT почвообрабатывающих машин. - М.: Машиностроeниe, 1977. - 328 с.
2. Abdualiev, N. K., & Egamov, N. M. (2022, August). Harness softening roller for cotton cultivators. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1076, No. 1, p. 012028). IOP Publishing.
3. Клeнин Н.И., Сакун В.А. Сeльскохозяйствeнныe и мeлиоративныe машины. -М.: Колос, 1980. - 670 с.
4. Sablikov M.V. Selskoxozyaystvennie mashini. CH.2. Osnovbi teorii i texnologicheskogo rascheta. - M.: Kolos, 1968. - 296 s.
5. Ибрагимов А. Рeжим качeства и кинeматика прикаток сeялки для посeва
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI мелкосемянных культур // Результаты научных исследований высокопроизводительных ресурсосберегающих технологий и технических средств для сельского хозяйства: Сб. науч. Трудов УзМЭИ. - Гульбахор, 2009. - С. 103-108.
6. Habibovich, A. N., & Murodillayevich, E. N. (2023). G'o'zaning rivojlanishiga qatqaloqning ta'siri (BUXORO VILOYATI SHAROITIDA). PEDAGOGS, 48(1), 90-93.
7. Egamov N.M., Abdualiev N.H. Qatqaloqni yumshatish uchun qo'llaniladigan texnologiyalar va texnika vositalarining tahlili/ AgroILM (O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali ilmiy ilovasi). - Toshkent, 2022. - №6(85). - B. 86-88.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son