Научная статья на тему 'G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IM DAVRIDA TRANSPORT VOSITALARIDAN FOYALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IM DAVRIDA TRANSPORT VOSITALARIDAN FOYALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transport vositalari / don tashish / tashishni rejalashtirish / don yo‘qotishlari / transport xarajatlari / o‘tkazish qobiliyati / yukli qatnov vaqti / kutish vaqti. / транспортные средства / перевозки зерна / планирование перевозок / потери зерна / транспортные расходы / пропускная способность / время в пути груза / время ожидания.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Kuziev Abdimurot Urokovich, Suyunov Oltibek Do‘stmurodovich

Don to‘liq pishib yetilganda o‘rim-yig‘im jarayoni kechikmasdan o‘z vaqtida tezkorlok bilan amalga oshirishni taqoza etadi. Chunki o‘rim-yig‘im jarayoning kechikishi tufayli don boshoqlaridan o‘zidan-o‘zi yerga to‘kilib ketishi natijasida sezilarli yo‘qotishlarga olib keladi. Bunda kombayin – transport vositasi elementlari logistik operasiyalarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada g‘alla o‘rim-yig‘im davrida transport vositalaridan foyalanish samaradorligini oshirish, tashish imkoniyatlarini tezkor rejalashtirish va transport vositalarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan unumli foydalanish muammolari qaralgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Increasing the efficiency of using motor vehicles during grain harvesting

Когда зерно полностью созрело, процесс уборки нужно провести быстро и вовремя, без задержек. Из-за задержки процесса уборки зерно самопроизвольно ссыпается с колосьев и причиняет значительные потери. Важно правильно организовать логистические операции элементов комбайна. В данной статье рассматриваются проблемы повышения эффективности использования автотранспорта во время уборки зерна, оперативного планирования вариантов перевозки, эффективного использования грузоподъемности автотранспорта.

Текст научной работы на тему «G‘ALLA O‘RIM-YIG‘IM DAVRIDA TRANSPORT VOSITALARIDAN FOYALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI UO'K 656.1/.5-045.52 (575.151)

G'ALLA O'RIM-YIG'IM DAVRIDA TRANSPORT VOSITALARIDAN FOYALANISH

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Kuziev Abdimurot Urokovich Termiz davlat universiteti, texnika fanlari doktori, dotsent, [email protected]

Suyunov Oltibek Do'stmurodovich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, stajyor-o'qituvchi, [email protected]

Anotatsiya. Don to'liq pishib yetilganda o'rim-yig'im jarayoni kechikmasdan o'z vaqtida tezkorlok bilan amalga oshirishni taqoza etadi. Chunki o'rim-yig'im jarayoning kechikishi tufayli don boshoqlaridan o'zidan-o'zi yerga to'kilib ketishi natijasida sezilarli yo'qotishlarga olib keladi. Bunda kombayin - transport vositasi elementlari logistik operasiyalarini to'g'ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Mazkur maqolada g'alla o'rim-yig'im davrida transport vositalaridan foyalanish samaradorligini oshirish, tashish imkoniyatlarini tezkor rejalashtirish va transport vositalarining yuk ko'tarish qobiliyatidan unumli foydalanish muammolari qaralgan.

Аннотация. Когда зерно полностью созрело, процесс уборки нужно провести быстро и вовремя, без задержек. Из-за задержки процесса уборки зерно самопроизвольно ссыпается с колосьев и причиняет значительные потери. Важно правильно организовать логистические операции элементов комбайна.

В данной статье рассматриваются проблемы повышения эффективности использования автотранспорта во время уборки зерна, оперативного планирования вариантов перевозки, эффективного использования грузоподъемности автотранспорта.

Abstract. When the grain is fully ripe, the harvesting process must be carried out quickly and on time, without delays. Due to the delay in the harvesting process, the grain spontaneously falls from the ears and causes significant losses. It is important to properly organize the logistics operations of the combine elements.

This article discusses the problems of increasing the efficiency of using motor transport during grain harvesting, operational planning of transportation options, and the efficient use of vehicle capacity.

Kalit so'zlar: transport vositalari, don tashish, tashishni rejalashtirish, don yo'qotishlari, transport xarajatlari, o'tkazish qobiliyati, yukli qatnov vaqti, kutish vaqti.

Ключевые слова: транспортные средства, перевозки зерна, планирование перевозок, потери зерна, транспортные расходы, пропускная способность, время в пути груза, время ожидания.

Key words: transport vehicles, grain transportation, transportation planning, grain losses, transportation costs, throughput, cargo transit time, waiting time.

Kirish. Mamlakatimizda davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyotini bekor qilib, xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligini oshirish va manfaatdorlikni ta'minlashga qaratilgan qulay agrobiznes muhitini yaratish maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli Farmoni va 2020-yil 6-martdagi "G'alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4634-sonli Qarori qabul qilingan [1,2].

Bugungi kunda mamlakatimiz Markaziy Osiyo davlatlari ichida bug'doy doni

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI hosildorligi bo'yicha yetakchi o'rinlarda turadi. Hozir nafaqat g'alla bilan o'zini ta'minlovchi mamlakat, balki uni eksport qiladigan davlatlar qatoriga kirdi. Respublika hududlarida barcha toifadagi fermer xo'jaliklarida bug'doy yetishtirish 1-jadvalda keltirilgan[8].

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi hududlarida barcha toifadagi fermer xo'jaliklarida bug'doy

2019 2020 2021 2022 2023

Qoraqalpog'iston Respublikasi 172,6 175,7 147,2 173,7 173,7

Andijon viloyati 479,9 511,8 519,5 544,6 544,6

Buxoro viloyati 443,2 428,8 460,7 481,2 481,2

Jizzax viloyati 536,8 606,9 533,5 500,1 500,1

Qashqadaryo viloyati 899,2 839,2 724,5 744,1 744,1

Navoiy viloyati 205,8 204,8 212,1 216,7 216,7

Namangan viloyati 406,4 420,3 436,0 475,4 475,4

Samarqand viloyati 644,9 674,4 664,2 670,0 670,0

Surxondaryo viloyati 551,9 595,7 627,5 640,3 640,3

Sirdaryo viloyati 437,8 359,7 362,6 376,3 376,3

Toshkent viloyati 485,7 446,1 418,1 472,1 472,1

Farg'ona viloyati 548,0 612,4 614,4 686,7 686,7

Xorazm viloyati 281,3 282,0 264,2 288,9 288,9

O'zbekiston Respublikasi 6093,5 6157,8 5984,8 6270,1 6270,1

Surxondaryo viloyati mamlakatimizning eng yirik agrar mintaqalaridan biri bo'lib, qishloq xo'jaligi maydonlari katta salohiyatga ega. Statistika ma'lumotlariga ko'ra g'alla ekinlarining yalpi hosili bo'yicha Surxondaryo viloyati doimiy ravishda eng yirik viloyatlardan biri hisoblanadi (1-rasm). Surxondaryo viloyatining umumiy yer maydoni 20,1 ming gektarni tashkil etadi, Viloyatda qishloq xo'jaligi yerlarining umumiy maydoni 276 399 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni - 237 471 gektarni tashkil qiladi.

1-rasm. O'zbekiston Respublikasi viloyatlar kesimida bug'doy yetishtirish ulushi

Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan 8 tasi g'allachilik, 8 tasi paxta-to'qimachilik va 13 tasi meva-sabzavotchilik. Ularga 169 217 gektar yer biriktirilgan, shundan 11 340 gektari klasterga biriktirilgan bo'lsa, klasterga kiradigan 4961 ta fermer xo'jaligi 157 877 gektar maydonga egalik qiladi. Viloyatda 3 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. So'ngi yillarda viloyatda bug'doy yetishtirish dinamikasi 2-rasmda ko'rsatilgan.

Viloyatda 5 698 ta fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda, jumladan 1 859 tasi paxta-

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI g'allachilikga, 136 tasi g'allachilikga, 86 tasi bog'dorchilik-g'allachilikga ixtisoslashgan.

. ■ l l l l iiiiii

2018 2019 2020 2021 2022 2023

■ Surxondaryo viloyati 475,3 551,9 595,7 627,5 640,3 640,3

2-rasm. Surxondaryo viloyatida bug'doy yetishtirish dinamikasi (ming tonna)

G'alla ekinlarini zamonaviy sharoitda o'rim-yig'im davrida transport jarayonini samarali tashkil etish muhim hisoblanadi. Chunki yig'im-terim kombaynlarining ish unumini oshirish nafaqat ekinlarning yuqori hosilga ega bo'lishi bilan izohlanadi, balki ularni o'z vaqtida avtotransport vositalarida tashish jarayoniga ham bevosita bog'liq hisoblanadi. Demak g'alla ekinlarining o'rim-yig'imi va ularni tashishni tashkil etish bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish jarayonidir.

G'alla ekinlarining o'rim-yig'imida ishlab chiqarish hajmining tez-tez o'zgarishi kuzatiladi va ularni o'z vaqtida tashish uchun transportga yuqori darajadagi talablar qo'yiladi. Bunda yuk oqimlarining o'zgarishi, o'zgaruvchan sharoitlarga maksimal darajada moslashadigan transportning ishlarni tashkil qilishni taqoza etadi.

O'rim-yig'im davrida yetishtiriilgan donlarni o'zgaruvchan sharoitda o'z vaqtida yig'ishtirib olishda transport xizmatlariga ham yuqori talablar qo'yiladi. Bu transport vositalarining ishini moslashuvchan tashkil etishga ob'ektiv ehtiyojni keltirib chiqarmoqda.

Bunda tezkor ratsional transport rejasini ishlab chiqish va mavjud sharoitda minimal xarajat bilan ma'lum bir transport hajmini amalga oshirishga imkon beradigan transport vositalarining kerakli sonini aniqlash kerak.

Avtomobil transportida don mahsulotlarini tashish jarayonlari va usullari, marshrutlardagi optimal sonini aniqlash va yo'nalishlarga samarali taqsimlash hamda rivojlantirish masalalari doimo soha olimlar va mutaxassislar diqqat markazida bo'lgan[3,4].

O'z vaqtida yig'im-terim va tashish natijasida don yo'qotilishini kamaytirish uchun don ekinlarini tashish va saqlash imkoniyatlarini rivojlantirish uchun sharoitlar zarur. Hozirgi vaqtda mavjud transport-logistika infratuzilmasi-bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning to'liq salohiyatini samarali amalga oshirishga imkon bermaydigan va intensiv rivojlanish va modernizatsiya qilishni talab qiluvchi balast (cheklovchi omil) hisoblanadi.

Bugungi kunda daladan yig'ishtirib olingan g'alla kombayindan to'g'ri don qabul qilish punktlaiga tashish keng tarqalgan (3-rasm). Mazkur tashish jarayonida turli yuk ko'tarish quvvatiga ega avtotransport vositalaridan foydalaniladi. Ushbu turdagi tashishni amalga oshirishda kamchiliklar mavjud. Misol uchun kombaynlar to'ldirilgan bunkerni tushirish uchun transport vositalarining kelishini kutish va aksincha transport vositalari kutish holatlari. Bu esa tashish jarayoni to'g'ri tashkil etilmaganligidan dalolat beradi.

Transport vositalarining kelishini kutish natijasida kombaynlar rejalashtirilgan kunlik

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158X, Volume 5, Issue 2, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI hosilni to'liq yig'ib olishga erishilmaydi. Natijasida hosil yo'qotilishiga olib keladi.

Don to'liq pishib etilgan g'allani o'rib-yig'ib olishda bir xafta ichida nobudgarchilik 7-9 foiz bo'lsa, ikkinchi xaftasidan boshlab 12-15 foiz don boshoqlaridan o'zidan-o'zi yerga to'kilib ketadi[7]. Demak birgina tashishni to'gri tashkil qilmaslik natijasida sezilarli yo'qotishlarga olib keladi va don sifatiga salbiy ta'sir qiladi

Shu sababli, kombaynlarning unumdorligi, har bir turdagi transport vositalarining yuk ko'tarish qobiliyati, don omborlarining sig'imi kabi parametrlarni hisobga olgan holda don ekinlarini yig'ish jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu kombaynlarning avtotransportlarni kutish vaqtini, avtotransportlarning to'xtab qolish vaqtini qisqarishiga va kombaynlarga xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan avtomashinalar sonini hisoblashga yordam beradi. Natijada o'rim-yig'im xarajatlarining kamayishiga va yetishtirilgan donni saqlashga olib keladi.

Don ekinlarini daladan don qabul qilish punkitiga tashishda xarajatlarni kamaytirish, kombaynlarning uzluksiz ishlashini ta'minlash, zarur transport vositalarining sonini aniqlash, shuningdek transport vositalarining tushirish punktlarini aniqlash uchun matematik hisob usullardan foydalanish maqsadga muvofiq[5,6].

L yuk- Yukli masofa L b0'sh- Yuksiz masofa

3-rasm. Daladan don qabul qilish punkitiga to'g'ridan-to'g'ri don tashish sxemasi

G'allani tashishda elementar jarayonlar ma'lum ketma-ketlikda bajariladi va ular transport vositasini mos ravishda ma'lum ketma-ketlikda bir holatdan ikkinchi holatga o'tishini taqoza etadi. Masalan, g'alla donini jo'natish manzilida elementar jarayonlarni quyidagi ketma-ketlikda bajarilishini ko'rishimiz mumkin. Yuk avtomobilini haydovchisi kombayndan yukni olib ketish uchun manzilga kelishi (4-rasmdagi 1 blok), bunda ikki holat bo'lishi mumkin: kombayn transport vositasini kutishi yoki, aksincha transport vositasi kombayn bukerining to'lishini kutishi (2 blok), ortish joyiga qarab harakatlanadi va transport vositasi yuk ortish jarayonida turadi (3 blok), yukli qatnovni bajarish uchun (4 blok) harakatlanadi. Transport vositasi don qabul qilish korxonasiga kelib, yuklangan avtomobilning og'irligini o'lchash lozim bo'ladi va haydovchi uni tarozi joyiga harakatlantiradi (5 blok) va agar tarozi band bo'lmasa, unda yukli avtomobilning og'irligi o'lchanadi va qayd etiladi (7 blok), aksincha band bo'lsa, unda u ma'lum muddat tarozi bo'shashini kutib qoladi (6 blok). Haydovchi transport vositasini yukni tushirish uchun harakatlantiradi va tushirish jarayonida ma'lum muddat bo'ladi (8 blok). Transport vositasi yukdan bo'shatilgandan keyin transport vositasini yana tarozi tamon harakatlantiradi va band bo'lsa kutadi (9 blok). Bunda transport vositasi og'irligi o'lchanadi (10) gandan so'ng, yukni o'zini og'irligini aniqlashga imkon tug'iladi va "haydovchi-avtomobil" tizimi hujjatlarni oxirgi ma'lumotlarni rasmiylashtirish uchun tegishli idora tomon harakatlanadi (11 blok), keyin esa korxona hududidan chiqib (11 blok) yuksiz qatnovni bajarish uchun (12 blok) harakatlanadi. Transport vositasi yuksiz qatnovni bajarib yana yuk jo'natish manziliga

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

qaytib keladi (4-rasm).

tf fhar fkut tyuk tar .tar.kutl ^oa'lo'lchl rtush ttar.kut2 ng't.o'lch2 .huj tOSi

} L; t-q I-q t„ ''I iq tq tq

4-rasm. G'allani tashish jarayonida amalga oshirilayotgan logistik operatsiyalar

Bunda 1,2, ... - ketma-ket bajariluvchi elementar jarayonlar bloklarini raqamlari. Quyida 4-rasmda kiritilgan belgilashlarni mohiyati keltiriladi: :."'- transport vositasining yuk jo'natish manziliga kelish vaqti;

r." ' - ortish joyiga qarab harakatlanish vaqti;

kombayn transport vositasini kutishi (transport vositasi kombayn bukerining to'lishini kutishi) vaqti;

r. ""' - yukli qatnov vaqti;

t^ar- tarozi joyida turish vaqti;

r : " " - yukli avtomobilning tarozi j oyi da kuti sh vaqti ;

t°3 l-°nchl. yukli avtomobilning og'irligi o'lchash va qayd etish vaqti;

ri " - yukni tushirish uchun sarflangan vaqt;

r: '"" "- yuksiz avtomobilning tarozi joyida kutish vaqti;

t°B 1,0 lch2~ yuksiz avtomobilning og'irligi o'lchash va qayd etish vaqti;

tqU} - hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarflangan vaqt;

r." ■._. . - yuksiz yurish vaqti;

G'allani tashish jarayonida amalga oshirilayotgan logistik operatsiyalar elementlarini real holatlarini tadqiq etish va transport vositasi hamda kombayinlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak bo'ladi.

Endi g'alla yuklarini tashishdagi transport vositalarning yuk ko'tarish qobiliyatidan foydalanish imkoniyatlarini tahlil etamiz.

Ochiq kuzovli transport vositasida sochiluvchan yuklar tashilganda uning yuqori yuzasida "shapka" hajmi paydo bo'ladi. Bunday holatlarda yuklanadigan sochiluvchan yuk hajmini to'g'ri hisoblash muhim hisoblanadi. Ko'pchillik holatlarda sochiluvchan yuklarning zichligi yuqori bo'ladi va natijada yuklangan yuk hajmi transport vositasi yuk ko'tarish qobiliyatidan oshib ketishi mumkin.

Buning natijasida o'qga tushadigan yuklama me'yordagidan ortiq bo'ladi. Ochiq kuzovli transport vositasida sochiluvchan yuklarni tashishi mumkin bo'lgan hajmi quyidagi (1) formulada hisoblash mumkin:

Vyuk = Vk + (bk / 2)3 tgahar (1)

bunda Vk - kuzovning geometrik hajmi; bk - kuzovning eni, tthar - yukning harakatlanish

vaqtidagi haqiqiy qiyalik burchagi.

Tashilgan yukning maksimal massasi (2) formula yordamida hisoblanadi:

Qyuk = Vyuk A (2)

bu yerda p - yukning zichligi (bug'doy doni uchun p = 0,76 — 0,3).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI Agar Qyuk > qn bo'lsa, bunda kuzov hajmi to'liq foydalanilmagan bo'ladi va o'zi ag'daruvchi avtomobilni uning yuk ko'tarish hajmi (qobiliyati)ga mos bo'lgunicha yuklash lozim bo'ladi Vyuk = qn /p.

Agar Qyuk < qn bo'lsa, bunda mazkur transport vositasini to'liq yuklash uchun kuzov hajmi

yetarli emas.

O'zi ag'dargich TGS 41.400 8x4 BB CH K022 rusumli avtomobilda (.; , = : :■ ::■■■■ :.) necha tonna bug'doy tashilishini tahlil etamiz. Transport vositasi kuzovining ichki foydali o'lchami 6445x2290x 1430 mm ga teng. ^

Tashilgan yukning maksimal massasi esa: ^ ^

Bug'doy doni uchun .o = - ~ :■.

Demak g'alla donini tashishda transport vositasining yuk ko'tarish qobiliyatidan foydalanish koeffisienti quyidagiga teng bo'ladi:

-= 0,56.

in

Bizning misolimizda Qyuk < qn bo'lishi kuzatildi, bunda mazkur transport vositasini

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

to'liq yuklash uchun kuzov hajmi yetarli emas va uni kengaytirish talab etiladi.

Xulosa. G'allaning o'rim-yig'im jarayoni o'z vaqtida tezkorlok bilan amalga oshirilishni taqoza etadi. G'alla donini ekin maydonlaridan don qabul qilish punktlariga tashishda avtomobil transporti vositalarining yuk ko'tarish qobilyatidan (misolimizda y = 0,56) to'liq foydalanishga erishish zarur.

Bu esa, klasterlar va fermer xo'jaliklarining va o'rim-yig'im davri uchun chetdan jalb qilingan transport vositalaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Bunda, avtomobil transporti vositasining butun harakatlanuvchi tarkib bo'yicha emas, balki har bir avtomobil trasporti vositasining yuk ko'tarish qobiliyati, tashish masofasi va bug'doy donini o'rib-yig'ib olish uchun jalb qilingan kombaynlarning soni hamda har bir kombaynning texnik tavsiflari hisobga olish maqsadga muvofiq.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "G'alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 6-martdagi PQ-4634-sonli Qarori.

3. Бурьянов, А. И. Технология, организация и планирование перевозок грузов на сельскохозяйственных предприятиях [Текст]: монография / А. И. Бурьянов. - Зерноград: АЧГАА, 2010 - 267 с.

4. Есин, К. С. Методика выбора подвижного состава при уборке зерновых культур [Текст] / К. С. Есин, А. Л. Севостьянов // Мир транспорта и технологических машин. -Орел: Госуниверситет-УНПК. - №2(41). - 2013. - С. 95-102.

5. Kuziev A. U. Mathematical model of optimal distribution of freight flows in the region in the transport network and their development //Asian Journal of Multidimensional Research. -2021. - Т. 10. - №. 10. - С. 1235-1242.

6. ^узиев А. Методы оптимального развития наземной транспортной системы (на примере перевозки грузов в Сурхондарьинской области) //Каталог авторефератов. - 2010.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

- T. 1. - №. 1. - C. 1-24.

7. Igamberdiyev A.K. Aliqulov S. Qishloq xo'jaligi mashinalarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko'rsatish. O'quv qo'llanma, T;- 2022, 225-bet

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari (www.stat.uz)

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.