UO'K (UDK, UDK): 811.22.1: 81.2-5-98
FORS TILINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI d https://doi.org/10.5281/zenodo.14262423
Muminova Nazokat Jasur qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti 2-kurs talabasi muminovanazokat 171.@gmail .com
Ilmiy rahbar: G. Husainova
JIDU "Sharq tillari" kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada bugungi kundagi davlatlar va tillar sonlari, eng ko'p gaplashiladigan tillarning top 10 taligi, fors tilining vujudga kelish tarixi, qanday tillar fors tili rivojlanishida muhim rol o 'ynaganligi, O 'zbekiston fors tilida gaplashuvchi mamlakatlar bilan olib borayotgan diplomatik aloqalari haqida yoritilgan.
Annotation: It has written about governments and languages, the top 10 languages which are more spoken today, originate history of the persian, languages which were more useful to perform persian language and diplomatic relations between Uzbekistan and countries in which persian is more spoken today.
Аннотация: В этой научной статье написано и освещено о количество стран и языков , о топ 10 самых распространённых языков, об истории персидского языка и какие языки сыграли важную роль в развитии персидского языка, а также о дипломатических отношений между Узбекистаном и персоязычными странами.
Kalit so'zlar: Fors tili, alifbo, davlatlar, ko'p gaplashiladigan til, harf, eroniy tillar, tarix, diplomatik aloqalar, qardosh, aholi.
Key words: Persian language, alphabet, governments, more spoken language, letter, Iranian languages, history, diplomatic relations, cognate, inhabitants.
Ключевые слова: Персидский язык, алфавит, страны, распространённый язык, буква, Иранские языки, история, дипломатические отношения, сходный, жители.
Bugungi kunga kelib, dunyoda 256 ta davlat mavjud. Ulardan 193 tasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'lgan davlatlar hisoblanadi. 256 tadan 196
tasi mustaqil davlatlar, 3 ta davlat noaniq holatga ega, 54 ta mustaqil hududiga ega bo'lgan davlat hamda 3 ta davlatning hududi xalqaro shartnomalarda belgilab qo'yilgan maxsus chegaraga ega bo'lgan davlatlar deb e'tirof etiladi.1 Insonlar bir birlari bilan muloqot qilishda ona tillaridan foydalanishadi. Har bitta davlatning o'zining maxsus davlat tili bor. Ushbu davlat tilida hukumatga tegishli bo'lgan hujjatlar, darsliklar hamda mahalliy aholi o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ya'ni muloqotlar olib boriladi. Zamon o'zgarib borgani sayin odamlar o'rtasidagi muloqot ham o'zgarib bormoqda. Shu o'rinda har xil tillar ham yo'qolib bormoqda yoki bir nechta tillar va shevalarning qo'shilishidan yangi muloqot tili vujudga kelmoqda XXI asrga qadar tillarning 7000 dan ortiq turi mavjud bo'lgan, ammo hozirda ushbu ko'rsatkichlar ancha pasaygan va 3000 tani tashkil etadi.2 Bu degani har ikki haftada bitta til muomaladan chiqmoqda yoki boshqasi bilan aralashgan holda boshqa yangi til vujudga kelmoqda.
Germaniyaning Statistika marketing ma'lumotlar kompaniyasi tadqiqot o'tkazdi va 2023-yilda odamlar eng ko'p gapirgan 10 ta tillar ro'yxatini tuzdi. Unga ko'ra birinchi o'rinni ingliz tili egalladi, oxirgi o'rindan esa urdu tili joy oldi. Ingliz tili Yevropa mamlakatlari gaplashiladigan eng mashxur tillardan hisoblanadi. Ingliz tilining ikkiga bo'linadi: amerikaliklar o'rtasida gaplashiladigan va Buyuk Britaniya aholisi o'rtasida gaplashiladigan ingliz tili. Musulmon davlatlari o'rtasida gaplashiladigan va eng qiyin tillar ro'yxatidan joy egallagan arab tili ushbu ro'yxatning oltinchi o'rinida turibdi.3
The most spoken languages worldwide in 2023
(by speakers in millions)
English 1,456
Chinese (Mandarin) Hindi Spanish French Arabic (standard) Bengali Portuguese Russian Urdu
О
CO Statists 2024 №
1-jadval
1 www.merkator.org.ua(19.11.2024)
2 И.О.Давыдова, Языки мира. Причины и угрозы исчезновения
3 https://www.statista.com/statistics/266808/the-most-spoken-languages-worldwide/ (19.11.2024)
Eroniy tillar ba'zi bir fonetik va grammatik xususiyatlariga ko'ra g'arbiy va sharqiy guruh eroniy tillariga bo'linadilar: g'arbiy hamda sharqiy. G'arbiy guruh eroniy tillarga fors, tojik, beluch, kurd va Kaspiy bo'yi tillari(gilon, mozandaron, semnon, tolish, tot) va boshqa tillar kiradi. Sharqiy guruh eroniy tillariga esa afg'on(pushtu), osetin, yag'nob va pomir tillari(shug'non, voxon, sanglichin yazg'ulom, ishkashim, zeboki, munjon) va boshqa tillar kiradi.4 Fors tili, forsiy-hindyevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-g'arbiy tarmog'iga mansub til; asosan, Eron(Eron Islom Respublikasining rasmiy tili), shuningdek, Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSHda, Kavkazorti va O'rta Osiyo mamlakatlarida ko'p tarqalgan. So'zlashuvchilarning umumiy soni, o'tgan asrning ma'lumotlariga ko'ra 26 million kishidan ortiqdir.5 Hozirgi fors tili o'z yozuviga ega bo'lgan eng qadimiy tillardan biri hisoblanadi. Fors tilining tarixiy taraqqiyot yo'li uch asosiy davrga bo'linadi:
1. Qadimgi fors tili. Eramizdan oldingi VI-III asrlarda muloqotda bo'lgan.
2. O'rta davr fors tili. Miloddan avvalgi III va milodiy VII asrlarda fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarda muhim rol o'ynagan.
3. Yangi ya'ni hozirgi fors tili. IX asrdan shu kungacha bo'lgan davrda ishlatilgan til hisoblanadi.
Fors tilining vujudga kelishida arab tili muhim rol kasb etgan. Fors tilidagi 32 ta harfning 28 tasi arab xarflari ekanligi buning yaqqol misolidir. Fors tilida yozish va so'zlashish yanada osonroq bo'lishi uchun olimlar fors tiliga 4 ta qo'shimcha harflarni qo'shishgan. Bular j-dje, ^-chim, v-pe hamda ^-gof harflaridir. Fors tili alifbosida 16 ta belgi bo'llib, ularning 6 tasi harf va qolgan 10tasi belgi va ushbu belgilar harf hosil qilishda ishlatiladi. 32 ta harfdan 7 tasi ikki ko'rinishli va qolganlari to'rt ko'rinishli harflar tashkil etadi. Ikki ko'rinishli harflar o'zidan keyingi harfga ulanmaganligi uchun ularni yodda saqlash juda ham muhim. Ikki ko'rinishli harflarga l-alif, ^-dol, ^-zol, j-re, j-ze, j-dje va j-vov harflaridir. Fors tili yozilishi jihatidan arab tiliga o'xshasa va arab tilidan kirib kelgan so'zlar fors tilida ko'p qo'llanilsa ham, so'zlashuv jihatidan fors tili turkiy xalqlar o'rtasida gapiriladigan tojik, o'zbek, turk, uyg'ur va shunga o'xshash boshqa tillar bilan qardosh hisoblanadi. Ushbu tillar bugungi kunda musulmon davlatlarining rasmiy tili bo'lishiga qaramay, ular o'rtasidagi bog'liqlik islom dini vujudga kelmasidan oldin ham bor bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Bunga misol qilib Buddaviylik diniga mansub bo'lgan kitoblarni olsak. Bu kitobni biz Qadimgi turk tili(Uyg'ur), So'g'diylar tili hamda O'rta davr fors tilisida topsak bo'ladi.6 Islom dini tarqalishi davri boshlanganidan
4 Malik Abdusamatov, Fors tili
5 O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi(19.11.2024)
6 The Historical Role of Turkish in Relation to Persian of Iran, Iran and CAUCASUS(19.11.2024)
so'ng esa fors tilining boshqa tillarga ko'rsatgan ta'siri juda ham yorqin namoyon bo'lgan. Bunga misol qilib, Usmoniylar hukmronligi davrida ularning lug'atlari fors tiliga tegishli bo'lgan so'zlar bilan to'lganligini aytishimiz mumkin. G'aznaviylar va Saljuqiylar sulolalari davrlarida fors tili adabiyotlari muhim o'rin egallaganligi uchun ular ushbu davrda o'z yerlarini kengaytirish va fors tilini yanada rivojlantirish uchun Anatoliya hamda O'rta Osiyo davlatlarini bosib olishga harakat qilgan. Shu tariqa fors tili ham yillar davomida turli joylarga tarqalib, aholi orasida ko'p gaplashiladigan tillardan biri bo'lgan. Hattoki, Alisher Navoiy bobomizning mashhur "Hamsa" dostonlari ham fors tilida yozilgan. Lutfiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abulqosim Firdavsiy va boshqa adabiyotning mashhur namoyandalari ham fors-tojik tillarida qalam tebratishgan. Hattoki 1929-yilgacha O'zbekiston hududida ya'ni o'sha davrdagi Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo'qon xonliklarida davlat tili rasmiy holda fors tili hisoblangan.
1929-yilgacha 1929-1940-yillar 1940-1995-yiliar 1995-yilldan
l « * ea Aa Aa
■_! Bb E 6 Bb
j Dd Dd
a Ee 33 Ee
Ff Ff
S Gg Tr Gg
H h Xx H h
ci Ii il H Ii
* E» -5 Çç,Zz Jj
¿1 Kk Kk Kk
J LI Jin LI
? Mm Mm M m
j Nn Hh Nn
i Aa Oo Oo
._: ■f Pp nn Pp
1929- 1929- 1940- 1995-
yilganha 1940-yillar 1995-yiNar yilldan
3 Qq Qq
j Rr pP Rr
Ss Cc Ss
•—j ja Tt Tt Tt
j Uu Vy Uu
j Vv Bb Vv
c Xx Xx Xx
Jj H h Yy
Zz 33 Zz
s Oo Yy O'o'
t qq Fr G1 g'
!» S 5 HI ni Sh sh
Ce Ch ch
f "b 1
2-jadval
Bugungi kunda ham O'zbekistonning Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo kabi hududlarida fors-tojik tilida gaplashadigan aholini uchratish mumkin. Fors tili Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 1-moddasida O'zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi e'tirof etilgan, 17-18-moddalarida olib boradigan tashqi siyosati haqida keltirilgan. O'zbekiston 1992-yilning 10-mayida Ashhobod shahrida imzolangan protokolda
Eron Islom Respublikasi bilan do'stlik aloqalarini o'rnatgan va hozirda ushbu aloqalarni mustahkamlash maqsadida tegishli chora tadbirlarni ko'rmoqda. Masalan, yaqin 5 yil ichida fors tilini biladigan kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etayotganligi buning yaqqol misolidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O'rta davrlardagi fors tili barcha musulmon xalqlarining hayotida ko'p qo'llaniladigan tillardan biri bo'lgan, ammo hozirgi rivojlanib borayotgan zamonimizda bu holat ancha susaygan. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, ushbu Eron, Pokiston, Afg'oniston hududlarida keng tarqalgan va hozir ham muloqot qilinadigan tillar qatoridan joy egallamoqda. Fors tilida yozilgan adabiyotlarning ko'pchiligi bizgacha yetib kelmagan bo'lsa ham, ushbu tilni o'rganishni xohlovchilar soni kam emas. Chunki o'rta asrlarda fors tili- she'riyat tili hisoblangan, Vatanini qo'msagan shoir, yor ishqida yongan oshiq yurak qalbidan ushbu tilda bitilgan har bir bitik o'quvchini lol qoldirgan.
Alisher Navoiy fors-tojik tilida ijod qilganda "Foniy" taxallusini olgan. Uning tomonidan fors-tojik tilida yozilgan ko'p asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilinmagan. Bulardan eng mashhurlaridan biri "Devoni Foniy" hisoblanadi. Hozirda "Devoni Foniy" asarining ba'zi qo'lyozmalari Parij, Tehron hamda Turkiyadagi muzeylarda saqlanib kelmoqda. Ruboiyot
Ey, purgulu lola az ruxat gulshani chashm, Ravshan zi charog'i orazat maskani chashm, Gar vo nashavad ba chehraat ravzani chashm, Torik shavad du mash'ali ravshani chashm.7
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Alisher Navoiy, Devoni Foniy.
2. John Perry, The Historical Role of Turkish in Relation to Persian of Iran, Iran and CAUCASUS, vol.5, 2001, pp 193-200.
3. Malik Abdusamatov, Fors tili, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, uchinchi nashr, Toshkent, 2007, 10 b.
4. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent, F harfi 222 b.
5. И.О.Давыдова, Языки мира. Причины и угрозы исчезновения, Международный студенческий вестник, 2016, 417-419 c.
6. https://www.statista.com/statistics/266808/the-most-spoken-languages-worldwide/
7. www.merketor.org.ua
7 Alisher Navoiy, Devoni Foniy.