Научная статья на тему 'FORS TILI VA ERON MADANIYATINING O‘ZBEK MUSIQASIDAGI O‘RNI'

FORS TILI VA ERON MADANIYATINING O‘ZBEK MUSIQASIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
17
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fors tili / maqomlar / manbaashunoslik / risolalar / xor / akopella / Eron folklori / kompozitor / musiqiy risola. / Persian language / statuses / source studies / treatises / choir / acopella / Iranian folklore / composer / musical treatise.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Omonjonova, O., Husainova, G.

Ushbu maqolada fors tili va Eron madaniyatining o‘zbek musiqasidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z boradi. Musiqiy manbaashunoslik va kompozitorlik ijodiyotida fors she’riyati, tili va ohanglari qo‘llanilgani va ijodkorlarning bu boradagi murojaati borasida ma’lumot berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF PERSIAN LANGUAGE AND IRANIAN CULTURE IN UZBEKISTAN MUSIC

This article talks about the role and importance of the Persian language and Iranian culture in Uzbek music. Information was given about the use of Persian poetry, language and melodies in musical source studies and composer's creativity, and the appeal of artists in this regard.

Текст научной работы на тему «FORS TILI VA ERON MADANIYATINING O‘ZBEK MUSIQASIDAGI O‘RNI»

UO'K (UDK): 811.22.1: 81.2-5-98

FORS TILI VA ERON MADANIYATINING O'ZBEK MUSIQASIDAGI

O'RNI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14413365

O. Omonjonova

O 'zbekison davlat konservatoriyasi 1-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: G. Husainova

JIDU "Sharq tillari" kafedrasi o'qituvchisi odinaomonj onova@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada fors tili va Eron madaniyatining o 'zbek musiqasidagi o 'rni va ahamiyati haqida so 'z boradi. Musiqiy manbaashunoslik va kompozitorlik ijodiyotida fors she'riyati, tili va ohanglari qo'llanilgani va ijodkorlarning bu boradagi murojaati borasida ma 'lumot berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Fors tili, maqomlar, manbaashunoslik, risolalar, xor, akopella, Eron folklori, kompozitor, musiqiy risola.

Abstract: This article talks about the role and importance of the Persian language and Iranian culture in Uzbek music. Information was given about the use of Persian poetry, language and melodies in musical source studies and composer's creativity, and the appeal of artists in this regard.

Key words: Persian language, statuses, source studies, treatises, choir, acopella, Iranian folklore, composer, musical treatise.

Hozirgi rivojlanayotgan davrda o'zaro bog'langan dunyoda madaniyatlar o'rtasida muloqot qilish qobiliyati har qachongidan ham muhimroqdir. Til madaniyatlararo ko'prik bo'lib, turli millat, irq insonlari o'rtasida munosabatlarni shakllantiradi. Fors tili, madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan tillardan biridir.

Fors tili faqatgina muloqot vositasi emas balki, minglab yillik tarixga ega bo'lgan va asrlar o'sha davom etgan boy madaniy merosga kirish eshigidir. Fors hukmronlik imperiyasi tarixdagi eng yirik imperiyalardan biri bo'lib, uning ta'sirini hali ham san'at, adabiyot, falsafa va fanda ko'rish mumkin. Fors tilini o'rganish orqali insonlar Rumiy va Hofiz she'riyati kabi mumtoz adabiyot asarlari, shuningdek, Eronning zamonaviy kino va musiqasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Fors tili O'zbekistonda qadim zamondan beri o'rganilib kelinmoqda. O'tmish

madaniy merosimizning kattagina bir qismi fors tilida yozilgan. Hozirgi paytda fors tili O'zbekistonda ilmiy va amaliy maqsadlarida o'rganiladi[1,5-bet].

Fors tilining o'zbek musiqa madaniyati bilan bog'liqlik xususiyatlar quyidagi yo'nalishlarda namoyon bo'ladi:

1) O'zbek musiqiy tarixchiligida;

2) Kompozitorlik ijodiyotda;

O'zbek musiqiy tarixchiligida o'zbek xalq cholg'ulari va tarixiy madaniyati bevosita eron xalqlari bilan bog'liqdir. Fors tilini o'rganish tarix, manbaashunoslik, filologiya va diplomatiya yo'nalishlari qatorida musiqashunoslik (musiqiy manbaashunoslik, musiqiy-tarixchilik) kabi sohalarda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. O'rta asrlarga kelib saroyda fors va arab tili omallashadi. O'sha davrda yashab ijod qilgan olimu ulamolar o'z risolalarini fors-arab tillarida yozib, boy madaniy meros qoldirganlar. Ushbu asarlar qatorida Sharq musiqashunoslarining musiqiy risolalari ham borki, ular musiqa olamida bugungi kungacha muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, Darvish Ali Changiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Najmiddin Kavkabiylarning musiqiy risolalari aynan klassik mumtoz musiqasi tarixlarining shakllanish bosqichlari, O'rta asrlar madaniy hayoti, cholg'ular, ijrochilar, musiqiy shakl va janrlar haqida ma'lumot beradi. Hozirgi davr musiqashunoslari ushbu musiqiy risolalarni asl tillarida o'rganish orqali Sharq olamining murakkab musiqa an'analari borasida chuqurroq bilimlarga ega bo'lishlari mumkin. Bu, o'z navbatida, zamonaviy musiqashunoslik tadqiqotlari, kompozitsiya va ijrochilik masalalarini yoritishda har tomonlama izlanishda ahamiyatlidir. O'zbekiston manbaashunosligida Ishoq Rajabov, Zokirjon Oripovlar samarali ijod qildilar. Shu o'rinda Z. Oripovning "Sharq musiqiy manbashunosligi" kitobida fors-arab tilida yozilgan musiqiy risolalarning tarjimasi va shakily tuzilishlari tahlilini berib o'tgan.

Kompozitorlik ijodiyotida esa asarlarida Sharq musiqa elementary, musiqiy shakllar va fors adabiyoti muhim rol o'ynaydi. Fors she'riyati o'zining boy merosi bilan Jahon madaniyatida o'ziga hos mavqeg ega. Aynan, chet el kompozitorlarining Sharq adabiyotiga murojaati bevosita fors she'riyati bilan bog'liq. Vena klassik maktabi kompozitori L. V. Hofiz ruboiylariga yozgan kanoni, polyak kompozitori K. Shmanvskiyning 3- simfoniyasi Jaloliddin Rumiyning masnaviy she'rlari asosida ( fors tilidan polyak tiliga T. Mitsinkiy tarjimasi) yozilganligi buning yaqqol misolidir.

Shuningdek, Fors adabiyoti va mavzulariga murojaat qilish O'zbekison kompozitorlari ijodida ham ko'plab uchraydi. O'zbek milliy kompozitorlik maktabi yirik namoyondalidan Mutal Burxonov, Muxtor Ahrafiy, Dilorom Saydaminova va Mustafo Bafiyev ijodlarida Eron bilan bog'li mavzular asosida ko'lab musiqiy

kompozitsiyalar mavjud. Ushbu an'anani xor ijrochiligida boshlab bergan kompozitor Kompozitor Mutal Burxonovning "Eron xorlari" mikrotsikl asarida ikkita eron milliy folklor namunalari bo'lmish "Go'le gando'm" va "Dam ko'-dam ko'l" asarlaridan tashkil topgan. Jo'rsiz xor ya'ni akapella uchun bastalangan ijod namuna aynan fots tilida ijro etiladi. Kompozitor Muxtor Ashrafiyning "Rustami Doston" opera-oratoriyasi Abulqosim Firdavsyning "Shohnoma" asaridagi dostonlardan biridir. Kuy va mazmunda deyarli fors tili elementlari asarning asosini tashkil qiladi. Mustafo Bafoyevning "Havoye Iron" va Dilorom Saydaminovaning " Umar Hayyom bilan suhbat" kabi asarlari fors tili va musiqasi bilan uzviy bog'liqdir. Ushbu an'ani davom ettirib kelayotgan yosh kompozitorlar Said Mirzozadening Tabrizlik so'fiy Shams Tabriziy hayotiga bag'ishlangan "Darvesh" simfonik fantaziyasi, Odina Omonjonovaning zamonaviy "Omnibus" ansambli uchun yozgan "Mozandaron" asarlari fors tilini o'rganish jarayonida Eron tarixi, madaniyati va san'ati bilan yaqindan tanishib, o'z ta'sirini o'tkazganini yaqqol misolidir.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, fors tilini o'rganish musiqa olamida ham madaniy muloqotni shakllantirishda samarali til hisoblanadi. Fors tilining musiqashunoslikdagi ahamiyatini e'tirof etgan holda, olimlar va muassasalar tilni, shuningdek, u ifodalovchi madaniy va musiqiy an'analarni asrab-avaylash va targ'ib qilish zarurligini tobora ko'proq e'tirof etmoqda. Shuningdek, ular fors tilining musiqa olamida ham bugungi kunda ham, kelajak avlodlar uchun ham dolzarbligi va ahamiyatini ta'minlay oladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1) A. Quronbekov; A. Vohidov; T. Ziyayeva "Fors tili" Toshkent-2006

2) Husainova G. "Xorijiy sharq tillari (Fors tili)" Toshkent -2023

3) https://uz.wikipedia.org/wiki/Fors tili

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.