FOLKLOR SAN'ATI TARIXI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI TUTGAN
O'RNI
Arzimatov Botirali Abdumajidovich O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada folklor san'ati tarixi, uning ildizlari, asosiy mezonlari va bugungi kundagi ahamiyati qay darajada ekanligi yoritilgan.
Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, folklor, nomoddiy madaniy meros, doston.
HISTORY OF FOLKLORE ART AND ITS PLACE TODAY
Arzimatov Botirali Abdumajidovich Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The article highlights the history of folklore art, its roots, main criteria and degree of importance today.
Keywords: culture, art, folklore, intangible cultural heritage, epos.
"Folklor" atamasi "xalq donoligi" degan ma'noni bildirib, xalq tomonidan yaratilgan har qanday san'at namunalariga taalluqlidir. Musiqada xalq kuylari, xoreografiyada xalq raqslari, me'morchilikda qurilish-ta'mirlash, pardozlash, dekor, dizayn kabi yo'nalishlarga oid bilim va ko'nikmalar hamda bevosita asarlarning o'zi, og'zaki ijodda xalq doston va ertaklari, maqol, topishmoq, lof, askiya va latifalar folklor namunalari hisoblanadi.
Folklor asarining dunyoga kelish jarayoni o'zining tub mazmuni bilan ajralib turadi. U ham badiiy asar va ma'lum darajada ham ommaviy, ham individual ijodiy jarayondir. Har qanday badiiy asar konkret shaxsning hayotda ko'rgan-bilganlari, uning dunyoqarashi, tasavvuri, ehtirosi, his-hayajonlari harorati-yu qudratining uzviy birikmasidan tashkil topib, kamolotga yetib, o'ziga yarasha so'z, ovoz va boshqa jihatlari bilan dunyoga keladigan tafakkur va tasavvur mahsulidir. Folklor asarida ham ushbu holat mavjud. Chunki unda asarni yaratish mantig'i, xohishi, ijodning barcha jarayoni bilan bog'liqligi mujassam. Zero, folklor asarini davrimiz, tinglovchi yoki tomoshabinlarimiz talabiga to'la-to'kis javob beradigan badiiy asarlar sifatida qabul qilamiz.
Folklor san'ati katta tarixiy yo'lni bosib o'tdi va turli yo'nalishlarda taraqqiy topdi:
1. Madaniyatning folklor qatlami - ommaviy xalq ijodiyoti (so'z, musiqa, o'yin-raqs, tomosha va amaliy san'at), uning xalq urf-odatlari, marosimlari va bayramlari
bilan bog'liqligi, ularning yaratilishi, ijro etilishi va amalga oshirilishi jihatdan omma (jamoa)ning ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan badiiy iqtidor namunasidir. U o'z navbatida autentik folklor tarzida ifodalanadi;
2. Madaniyatning badiiy havaskorlik qatlami XX asrda shakllangan. Xalq va havaskorlik badiiy-ijrochilik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, og'zaki-yozma an'analari asosida (folklor-etnografik, oilaviy, cholg'u, dostonchilik, maqom ansambllari, folklor san'ati va hunarmandchilik bo'yicha to'garaklar, turli studiyalar).
Folklor san'atining asosiy mezonlari:
- talqin masalasi (malaka, tajriba, mahorat);
- ijro saviyasi (eshitish qobiliyati, eslash, ovozning miqdori, saboq va bilim, tabiiy iste'dod);
- ijrochilik mohiyati (ichki dunyosi, dunyoqarashi va qobiliyati, asar ruhi, obrazi, so'z va kuy uyg'unligi,);
- ijro tarkibi (har bir tarmoqning uslub-usullaridan kelib chiqadi);
- ijro repertuari (an'anaga bo'ysunish va rivojlantirish, o'quv darajasi, xonishdagi saviya, bilim miqdori, lokallik (mahalliy) mezoni);
- ijro madaniyati (saviya, jamiyatdagi o'rni, mavqei, munosabat (ayniqsa, tinglovchiga), sahna madaniyati (yurish-turishi, kiyinishi, ijrosi), did, repertuar tanlash, matn va talaffuz, so'z va kuyning uyg'unlashgan holda mutanosib talqin etilishi (uslub, usul, mahorat, an'ana).
Folklor san'ati nomoddiy madaniy meros elementlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro miqyosda ishlab chiqilgan yagona tamoyillarga asosan yondashish uchun joriy asr boshlaridan beri "nomoddiy madaniy meros" tushunchasi ham qo'llanib kelinmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlarning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan qabul qilingan tegishli konvensiya ustuvor hujjat hisoblanib, uni tan olgan davlatlar bu borada tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi. "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003 yil 17 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida" 2007-yil 12-dekabrdagi O'RQ-122-son Qonuni asosida O'zbekiston ham ushbu jarayonga a'zo davlatlar qatoriga qo'shilgan.(2)
Hozirgi kunga qadar YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga O'zbekiston tavsiyanomalariga binoan quyidagi 8 ta obyekt kiritilgan:
- Shashmaqom (Tojikiston bilan birgalikda, 2008);
- Boysun madaniy muhiti (2008);
- Navro'z (Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Pokiston va Turkiya bilan birga, 2009, mazkur davlatlarga yana Tojikiston, Afg'oniston, Iroq, Qozog'iston, Turkmaniston ham qo'shilgan yangilangan tarkibda - 2016);
- Katta ashula (2009);
- Askiya (2014);
- Palov madaniyati va an'analari (2016);
- Xorazm raqsi - Lazgi (2019);
- Miniatyura san'ati (Ozarbayjon, Eron va Turkiya bilan birga, 2019).
Mustaqillikka erishilgan yillardan boshlab davlatimiz tomonidan milliy
qadriyatlarimiz va o'zligimizni anglatuvchi xalq og'zaki ijodi namunalariga bo'lgan katta e'tibor, soha fidoyilarining mehnatlari tufayli juda ko'plab noyob durdonalarimiz qayta tiklandi va asrab qolindi.
Ayniqsa, so'ngi to'rt yil mobaynida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan qariyb 40 ga yaqin farmon va qarorlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan esa 90 ga yaqin qaror hamda farmoyishlar qabul qilinib, juda katta g'amxo'rlik ko'rsatilmoqda. Ushbu hujjatlarda xalq og'zaki ijodi va uni yuksaltirishga ham alohida e'tibor qaratilib, uning huquqiy asoslari mustahkamlanayotgani barchamizni quvontiradi, albatta.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qarori, "Xalqaro hunarmandchilik festivalini o'tkazib borishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5841-son, "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son farmonlari, Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 22-noyabrdagi 946-son, "O'zbek milliy maqom san'ati markazi huzuridagi Marg'ilon shahar musiqali maqom teatri faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2019-yil 5-sentabrdagi 732-son, "Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" hamda "Madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 30-martdagi 263- va 264-son qarorlari imzolanib, hayotga tatbiq etilayotgani, folklor san'ati sohasida "Nurli navolar", "Ipak va ziravorlar", "Boysun bahori", "Raqs sehri", "Buyuk ipak yo'li" kabi xalqaro festivallar o'tkazilishi, shuningdek, turli ko'rik-tanlovlar, "davra suhbatlari", "ustoz saboqlari", ilmiy anjumanlar tashkil etilayotgani, kitoblar chop etiishi, maqolalar bosilishi, televideniye va radio orqali ko'rsatuv va eshittirishlar yoo'llanishi bu boradagi faol amaliy ishlarga yaqqol misollardir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston milliy ensklopediyasi. "Davlat ilmiy nashryoti".Toshkent-2005. 278-279-betlar.
2. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 50-51-son, 501-modda.
3. A.Haydarov "Harakatlar strategiyasi va ma'naviy yuksalish" "Donishmand ziyosi" nashryoti. 2020-yil
4. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
5. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.
6. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.
7. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
8. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
9. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
10. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.
11. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).
12. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
13. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.
14. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.
15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
16. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.
17. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.
18. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).
19. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.
20. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).
21. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.
22. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.
23. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.
24. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.
25. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).
26. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.
27. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).
28. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.
29. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).
30. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).
31. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.
32. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.
33. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.
34. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.
35. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
36. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.
37. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.
38. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.
39. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.
40. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.