FARG'ONA XALQIGA XOS YOR-YOR QO'SHIG'I VA UNING PAYDO
BO'LISH TARIXI
Dilovar Tojiboyeva
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali talabasi
ANNOTATSIYA
Xalq qo'shiqlarini yozib olish tajribasi shuni ko'rsatadiki, yor-yorlar xalq orasida boshqa mazmundagi qo'shiqlardan kengroq ommalashgan. Ma'lumki, xalq og'zaki ijodidagi hamma janrlardan ko'ra qo'shiq o'zining tez yaratilishi bilan ajralib turadi. Bu fikr yor-yorlarga ham taalluqlidir.
Kalit so'zlar: yor-yor, marosim qo'shiqlari, ananaviy bayramlar, nikoh to'ylari.
YOR-YOR SONG FOR THE PEOPLE OF FERGANA AND THE HISTORY OF
ITS APPEARANCE
Dilovar Tojiboeva
Student of the Fergana regional branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture
ABSTRACT
The experience of recording folk songs shows that folk songs are more popular among the people than other songs. As you know, folk songs are faster than any other genre of folklore. This idea also applies to yor-yor.
Keywords: yor-yor, ceremonial songs, traditional celebrations, weddings.
KIRISH
Farg'ona vodiysi qaror topgan mahalliy musiqiy an'analar majmui. Mazkur uslubning o'ziga xos jihatlari o'zbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qo'shiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (doston, ashula, katta ashula, makom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi. O'zbek an'anaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi bo'lgan ushbu uslub doirasida xalq musiqasining eng qad. davrlarga mansub kuyohang va usul namunalari ham o'z aksini topgan. Jumladan, bolalar ("Laylak keldi", "Olatoy", "Oftob chiqdi" va boshqalar) va mavsumiymarosim qo'shiklari ("Boychechak", "Binafsha" va boshqalar)da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, so'z aytish talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim o'rin tutadi. F.—Farg'ona-toshkent musiqa uslubiu.gagina xos bo'lgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz g'azallar obrazlariga
hamohang kuychanlik bilan payvasta bo'lgan.Odatda, so'zdosh toifali ohanglar qo'llangan janrlar doira usullari qo'llanilmaydi. Bulardan farqli o'laroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, yalla, maqom va boshqalar)da jo'rnavoz cholg'ular keng qo'llanilishi kuzatiladi. Xususan, xotinqizlar davralarida raqsga tushib yalla va lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar o'z qo'shiqlariga dutor yoki doirada jo'r bo'lishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2—3 ayoldan iborat bo'lib, ular asosan doira jo'rligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari yalla, qo'shiq, lapar va to'ymarosim ("Yoryor", "Kelin salom", "O'lan" va boshqa asar)laridan tashkil topadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yallachilikning yana bir ko'rinishi Namangan an'anasida "satang" deb atalib, bular ko'proq turkumli (2 va undan ortik, qismli) "katta yalla"larni doira jo'rligida (odatda raqsga tushib) kuylaydilarKeling Farg'ona vohiasiga xos qo'shiqlardan biri yor yor milliy qo'shig'i haqida so'z yuritaylik:
Yor-yor — nikoh to'yi marosimlari jarayonida aytiladigan xalq qo'shig'i. Qadim zamonlardan o'zbek, tojik, uyg'ur va turkman xalqlari orasida keng tarqalgan. Ikkilik yoki to'rtlik shaklidagi termalardan iborat bo'lib, har bandning oxiri, ba'zan o'rtasida "Yor-yor, aylanaman" kabi so'zlar qo'shib aytiladi. Odatda, doira jo'rligida, kelinni kuzatayotgan ayollar tomonidan, Farg'ona vodiysi (Farg'ona, O'sh, Xo'jand) va Zarafshon vohasida kelinnikiga ketayotgan yigitlar tomonidan ham ijro etiladi. Yor-yorda kelinning xususiyatlari, uning hayoti, orzu-istaklari, yaxshi tilak va qutlovlari kuylanadi. Yoryorlarning favqulodda ta'sirchanligi ularda bir vaqtning o'zida ham mungli yig'i (ohangida), ham bayramona shodiyonalik (usulda) kayfiyatlari mujassam etilganligidadir. Xalq yor-yorlari ta'sirida yozma adabiyotda ham yor-yorlar yaratilgan. Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon", Boburning "Mufassal" asarlaridagi yor-yor matnlari teranligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. O'zbekiston viloyatlar i (Buxoro, Farg'ona, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va boshqalar) ning yoryorlari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuylari mungli, jozibali, o'ynoqi, mazmuni lirik, hajv, madhiya ham bo'lishi mumkin. Yor-yorlar turli folkloretnografik ansambillar repertuaridan, o'zbek bastakor va kompozitorlari ijodidan ham salmoqli o'rin olgan.O'zbek xalqining og'zaki ijodida oilaviy marosimlarning o'tkazilishi ham nazarda tutilgan. Ayniqsa, to'y marosimi, to'ylardagi o'lan aytishlar, yor-yorlar, kelin salomlar poetik ijodimizning mumtoz namunalari bo'lib qolgan.
MUHOKAMA
Yor-yorlar matni bilan tanishar ekanmiz, ularda yosh oilaning kelajakda baxtli bo'lishi, oila qurayotgan yoshlarning bir-biriga sadoqatliligi xususida umidlar bildirilganligiga amin bo'lamiz. Yor-yorlarda yosh yigit va qizning yangi hayot
bo'sag'asiga qadam qo'yayotgani alohida ta'kidlanadi. Hayot tajribasi oilaviy turmush
totuvlikdan boshlansa, inoqlik yetakchi bo'lsa, keyingi hayot ham yomon o'tmasligini
ko'rsatgan. Shuning uchun kuyov-kelinning inoq turmush boshlashi bu tur qo'shiqlarda
qayta-qayta tilga olinadi:
Shoyi ko'ylak yengiga
Tut qoqaylik yor-yor,
Kelin-kuyov ko'ngliga
O't yoqaylik yor-yor.
Xalq qo'shiqlarini yozib olish tajribasi shuni ko'rsatadiki, yor-yorlar xalq orasida boshqa mazmundagi qo'shiqlardan kengroq ommalashgan. Ma'lumki, xalq og'zaki ijodidagi hamma janrlardan ko'ra qo'shiq o'zining tez yaratilishi bilan ajralib turadi. Bu fikr yor-yorlarga ham taalluqlidir. Bu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, shoirlik iste'dodiga ega bo'lgan yor-yor ijrochisi to'yning o'tkazilish sharoitiga qarab, yangi-yangi to'rtliklarni to'qib ketavergan. Natijada, aynan to'y o'tkazilayotgan paytdagi vaziyatlar ham qo'shiq matnida o'z ifodasini topgan: Qish kunida sovuq yeb, Horib keldik yor-yor, Achchiq-tirsiq kerakmas, Koyib keldik yor-yor.
NATIJA
Ammo yor-yorlarning ayrim-ayrim namunalari qanday mazmunda bo'lishidan qat'i nazar oxir-pirovardida yosh oilaga baxt tilangan. Taxta-taxta ko'prik Taxting bo'lsin yor-yor, Payg'ambarning qizidek Baxting bo'lsin yor-yor.
To'g'ri, lirik janrga xos bo'lgan his-tuyg'ularni ifodalash jarayonida qo'shiq ijrochilari o'zlarining hayotlaridan o'rin olgan ayrim noxush holatlarni ham ifodalashdan tortinmaganlar. Bunday qo'shiq namunalarida qizning yoshi katta odamga turmushga chiqayotgani, yashash jihatidan juda uzoq manzilga uzatilayotgani kabi lavhalar ham o'z aksini topgan: To'yda qizlar o'ynashib, Ko'ngli to'lsa, yor-yor, Yosh boshiga er qildi, Chol ham bo'lsa, yor-yor. Yoki quyidagi to'rtlikka e'tibor bering: Uzoqqa borgan qizning Rangi sariq, yor-yor,
Ko'zidan oqqan yoshi Misli ariq, yor-yor.
Ammo bevosita to'yning o'tkazilish sharoitini ko'z oldimizga keltirsak, chor-atrofda o'yin-kulgilarga e'tiborning kuchliligini nazarda tutsak, yuqoridagi qo'shiqlarda aks ettirilgan qayg'u-alamlar to'y ishtirokchilariga u qadar katta ta'sir ko'rsatmasligi ham o'z-o'zidan ravshan bo'ladi. Marosim qo'shiqlaridan yor-yorlar bir qator badiiy jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi. Xususan, bu qo'shiqlarda parallelizm tasvir san'atining namoyon bo'lishi ko'proq uchraydi. Parallelizm deganda, tasvirlanayotgan bir voqea-hodisani ikkinchi bir voqea-hodisaga qiyoslash nazarda tutiladi. Masalan:
Tokchadagi qaychini Zang bosibdi yor-yor, Yangi tushgan kelinni G'am bosibdi yor-yor. Yoki:
Tog'da toychoq kishnaydi, Ot bo'ldim deb, yor-yor Uyda kelin yig'laydi, Yot bo'ldim deb, yor-yor.
XULOSA
Yuqoridagi misollarda tokchadagi qaychining zang bosishi bilan kelinning g'am bosishi, toychoqning ot bo'lib kishnashi bilan qizning o'z oilasidan yot bo'lib ketishi qiyoslangandir. Bunday tasvir san'ati parallelizm hisoblanadi. Yor-yor qo'shiqlarining qofiyalanish tarzi ko'pincha (a-b-a-b), tarzda va ba'zan (a-b-v-b) tarzda bo'ladi. Yor-yorlar matnini o'rganish shuni ko'rsatadiki, bu qo'shiq turlari mehnat va mavsum-marosim qo'shiqlaridan qofiyalanishdagi mukammallik bilan ham ajralib turar ekan. Jumladan, yor-yorlarda «baxt», «taxt», «somon», «omon», «alvon», «polvon» kabi chiroyli qofiya misollarini uchratamiz. Bu qo'shiq turlari misralararo olti-etti bo'g'indan iborat bo'lib, turoq tizimi 4+3, 5+2 tarzida belgilangan, Masalan: Qat-qat ko'rpa ustida, Piyolaman, yor-yor. Yorga salom bergani, Uyalaman, yor-yor. Yor-yor»lardan namunalar keltiramiz: Hay-hay o'lan, jon o 'lan, baxting bo 'lsin yor-yor, Payg'amharning qizidek taxting bo'lsin yor-yor, Payg'amharning qizini kim ko'rgan bor yor-yor, Ota-ona uyiga kim to 'ygan bor yor-yor.
Zargar qilgan zanjirni uzib bo 'lmas yor-yor, Xudo qilgan taqdirni buzib bo 'lmas yor-yor, Hay-hay o 'lan, jon o 'lan, mis panjara yor-yor, Har jafoga ko'nadi qiz bechora, yor-yor.
Yig'lama qiz, yig'lama, to'y saniki yor-yor, Ostonasi tillodan uy saniki yor-yor, Hay-hay o'lan, jon o'lan atoyi qiz, yor-yor, Upa-epik kerakmas, chiroyli qiz, yor-yor.
REFERENCES
1. www. Vikipedia.uz
2. www.xalq qo'shiqlari.uz
3. www. Uzbek music etnographies.uz