Научная статья на тему 'ETNOMADANIYATNING INSONLAR HAYOTIDA TUTGAN O’RNI'

ETNOMADANIYATNING INSONLAR HAYOTIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1937
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnomadaniyat / umummilliy qadriyatlar / insoniy fazilatlar / ijtimoiy-gumanitar fanlar / mafkuraviy tahdid / tarixiy meros / o’zlikni anglash / milliy ong va tafakkur tushunchalari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umid Xaitboyevich Adambayev, Gulnoza Gulmurodovna To‘rayeva

Milliy istiqlol g’oyasi jamiyatimiz taraqqiyotining mafkuraviy tamoyillarini ifoda etishi hammamizga ma’lum. Shu ma’noda, Bu g’oya, madaniyat shakllari mamlakatimiz mustaqilligini musathkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to’g’risidagi yaxlit va izchil ta’limotdir. Bu ta’limot o’z tushuncha va tamoyillariga, tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy dunyoviy va diniy ildizlariga ega muayyan tarixiy zarurat mujassami bo’lgan nazariya hamdir. Bu nazariya sifatida ijtimoiy voqelikning ifodasi tarzida namoyon bo’ladi, o’ziga xos shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlariga ega umummilliy hodisa hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ETNOMADANIYATNING INSONLAR HAYOTIDA TUTGAN O’RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

ETNOMADANIYATNING INSONLAR HAYOTIDA TUTGAN O'RNI

Umid Xaitboyevich Adambayev Gulnoza Gulmurodovna To'rayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Milliy istiqlol g'oyasi jamiyatimiz taraqqiyotining mafkuraviy tamoyillarini ifoda etishi hammamizga ma'lum. Shu ma'noda, Bu g'oya, madaniyat shakllari mamlakatimiz mustaqilligini musathkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan mafkura to'g'risidagi yaxlit va izchil ta'limotdir. Bu ta'limot o'z tushuncha va tamoyillariga, tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy dunyoviy va diniy ildizlariga ega muayyan tarixiy zarurat mujassami bo'lgan nazariya hamdir. Bu nazariya sifatida ijtimoiy voqelikning ifodasi tarzida namoyon bo'ladi, o'ziga xos shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlariga ega umummilliy hodisa hisoblanadi.

Kalit so'zlar: etnomadaniyat, umummilliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, mafkuraviy tahdid, tarixiy meros, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkur tushunchalari.

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan kunda yoshlarning har tomonlanma himoya qilish: xoh mafkuraviy tahdid, xoh har qanday "madaniyat" bo'ladimi ularni bunday holatlardan asrash dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Bunda milliy ong, milliy g'oya, milliy madaniyat, o'zlikni anglash, tarixiy xotiralarini mustahkam bilish orqali bunga erishish mumkin. Umuman olganda, bu tushunchalar hech birimizga yot bo'lgan so'zlar emas, hammamizga tanish bo'lgan, uni amaliy hayotimizda qo'llab kelayotgan tushunchalardir. Ayniqsa bugungi tez fursatlarda ilm-fanning o'sib borishi ijtimoiy-gumanitar fanlarning ma'no-mazmuni va ularni o'qitish texnologiyalarini takomillashtirishni, yoshlarni mustaqil fikrli bo'lishga, ijobiy o'zgarishlarga befarq bo'lmagan, chuqur bilimlarga intilib yashashga o'rgatishni taqozo etadi. Bular o'z navbatida tarixiy madaniy merosni chuqur o'rganish bilan bir qatorda ilg'or, zamonaviy bilimlar egasi bo'lishga intilishning oshishiga turtki bo'ladi.

Umuman olganda, "madaniyat", "etnomadaniyat" kabi tushunchalarning insonlar hayotidagi o'rni, muhim ahamiyat kasb etishiday muhim xususiyatlarini aytib o'tishdan oldin bu tushunchalarning qanday ma'no anglatishi haqida to'xtalib o'tish joiz. Zero bu xususda ko'plab olimlar turlicha xil fikrlar bildirib o'tishgan bo'lsa-da, g'oyaviy, ma'naviy mohiyati saqlanib qolaveradi.

"Etno" - yunon so'zi - elat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma'lum bir elat yoki xalqqa bo'lgan ishora, ko'rsatuv1. Bu madaniyatni aynan insonshunoslik fanlariga

1 Bu haqida qarang: http://hozir.org/pars docs/refs/316/315926/315926.pdf

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 519

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

tayangan holda o'rganiladi. Yoshlaming umuminsoniy dunyoqarshlarini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatlarini yuzaga chiqarish kabi omillarni ilmiy jihatdan tadbiq etib, yoshlarni istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash vazifasi yotadi. Et nomadaniyat elat, xalqlarning boy va o'lmas tarixini o'rganish, yoshlarga shunday madaniyat, milliy qarashlar bilan muntazam tanishtirib borishi bilan birga, sog'lom dunyoqarash va ilmga bo'lgan ishtiyoqini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga homiylik qiladi. Shu orqali jamiyat keng qatlamlari vakillarini ta'lim-tarbiyani takomillashtirishishiga safarbar etadi.

Mamalakatimizda barqarorlik muhitining qaror topganligi, etnomadaniy hamda mentalitet o'zgarishlari, ijtimoiy-siyosiy xavfsizlik holatlarining uzluksiz amal qilishi xalqimizning bunyodkorlik jarayonlarda faol ishtirok etishini taminlamoqda. Shuni qafiy ishonch bilan aytish mumkinki, bugun O'zbekistonda islohotlar muqarrar tus oldi, endi ularni ortga qaytarib bo'lmaydi, eng muhimi yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yashayotgan odamlar ularning tafakkuri, mentaliteti, hayotga o'z atrofida yuz berayotgan barcha voqealarga bo'lgan munosabati o'zgarmoqda. Mustaqillik tufayli mazkur tarixni xolisona o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik. Ittifoq davrida bir tomonlama talqin etilgan masalalar endi atroflicha yoritilmoqda. Ijodini o'rganish taqiqlangan allomalar merosi qayta tiklanmoqda. Shaxs manaviyatini yuksak ruhda, tarixiy haqiqatdan ogoh etib tarbiyalash mustaqil O'zbekistonning manaviy taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Manaviyat aql — zakovatli madaniyatli avlodni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo'yilgan ezgu maqsadlarimizga erisha olamiz.

Hammamizga ma'lumki, Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri bo'lib kelgan. Bunday baxolanish mezoni, albatta tarixiy, etnografik, arxeologik, poleontologik hamda antropologik tekshiruvlar natijalariga tayanadi. Ko'plab qazilma hamda tekshiruvlar Markaziy Osiyo zaminining barcha hududlarida olib borilganligini bilamiz. Eramizdan million yillar burun bu zaminda kishilar yashab kelganligi ham isbotlangan. Tarixchi, madaniyatshunos olimlarning fikrlariga asoslanib o'tmishdagi ajdodlarimiz madaniyati ma'lum darajada rivojlanib o'tgaligini asos deb qabul qiladigan bo'lsak, bu madaniyat rivojlanish kurtaklarini eng qadimiy poleolit davridan, ya'ni O'rta Osiyoda odam zoti paydo bo'la boshlagan - 500 ming yil avvalgi davrlarga borib yetadi. Shu bilan bir qatorda bu yarim million yil doirasidagi inson hayoti, madaniyati, rasm-rusm hamda odatlarini urganish uchun hozirgi kunimizda yetarlicha sharoitlarga egamiz. (U.Qoraboev. "O'zbekiston bayramlari", Toshkent, 1991 yil. 6-7-bb.)

Miloddan ilgarigi I-ming yilliklar boshlarida, ya'ni bundan 30-25 asrlar muqaddam Markaziy Osiyoda o'troq dehqonchilik rivoj topishi, ibtidoiy jamiyat yemirila borib quldorlik tuzumining vujudga kelishi, Sug'd, Xorazm, Baqtriya kabi davlatlarning paydo bo'la boshlashi, yangi diniy karashlarning shakllanishi natijasida o'sha davrga xos bo'lgan turmush tarzini ifodalovchi an'ana, rasm-rusumlar, marosim

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

va bayramona qadriyatlar yuzaga kelgan. Farg'ona vodiysining So'x tumanida topilgan Sulungur g'oridagi ashyoi - atiqalar, Anov va Namozgoh, Sopollitepa qazilmalarining namunalari ajdodlarimizning qadimgi makonlari qanday bo'lganligi, hayot va turmush tarzi, ma'naviy-madaniy xususiyatlari to'g'risida ma'lum tasavvurlar hosil qilishga imkon beradi .

Etnomadaniyat va unga yaqin bo'lgan yo'nalishlarning alohida fan sifatida o'rganilishi ham bejiz emas. Biror xalqning kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma'naviy-ma'rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon(davr)larda ravnaq topib, hozirgi kunimizgacha rivojlanib kelayotgan ma'naviy hamda madaniy merosini o'rganishi ham bu fanning naqadar muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatib beradi. Umuman olganda, har bir xalq, har bir jamiyat, har bir inson hozirgi kungachalik bo'lgan tarixini: xoh u ilmiy, diniy, dunyoviy tarixi bo'lsin bilishi zarur.

"Yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash biz uchun eng muhim masalalardan biridir" degan edi mustaqil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev. Darhaqiqat, bashariyat o'z aqlini tanigan, ruh va vujudning farqini, hayot ma'nosini, ezgulikning mohiyatini anglaganidan buyon ma'naviyat unga doim hamrohdir. Inson ma'naviyat orqali tarixini, bugunini, kelajagini tasavvur qilish, baholash, shu tariqa zarur saboq va xulosalar chiqarish imkoniga ega.

REFERENCES

1. Karimov B. [va boshq.], Ma'naviyat asoslari / o'quv qo'llanma. - Toshkent: "Donishmand ziyosi", 2021.

2. Milliy istiqlol g'oyasi: akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma/mualliflar jamoasi: Q. Nazarov va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2014.

3. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. O'quv dasturlari, qo'llanmalar va darsliklarni qayta ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan.

4. www.ziyonet.uz sayti

2 Bu haqida qarang: file:///C:/Users/User/Downloads/etnomadaniyat.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.