Научная статья на тему 'ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA MILLAT RUHI IFODASI'

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA MILLAT RUHI IFODASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3037
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she‟riyat / ruhiyat / mavzu / millat ruhi / poetry / psyche / theme / spirit of the nation

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы —

Istiqlol yillarida yozilgan yirik asarlar badiiy-estetik saviyasi, mavzu mundarijasi, tasvirlash va bayon etish usuli ham rang-barang, biri ikkinchisini takrorlamaydi. Bu davr avvalambor chinakkam ijod qilish, yaratish xalq so`zini, haqiqatni baralla aytish erkinligini berdi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlari muhim ahamiyatg a ega: “… dunyodagi zo`ravon va tajavvuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o`ziga tobe qilib bo`ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo`lsa avvalambor, uni qurolsizlantirishga ya`ni eng buyuk boyligi bo`lmish milliy qadriyatlar i, tarixi va ma`naviyatidan judo qilishga urinadi”. Har bir xalqning uyg`oq farzandlari esa bu kabi jaholatga yo`l qo`ymaslikka harakat qilishadi. Xalqning shunday farzandlaridan biri Abdulla Oripov sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF THE SPIRIT OF THE NATION IN THE POETRY OF ABDULLA ORIPOV

The artistic and aesthetic level of the great works written during the years of independence, the content of the subject, the method of descript ion and narration are also diverse, one does not repeat the other. This period, first of all, gave the freedom to truly create, to speak the word of the people, to tell the truth. The following words of the First President IAKarimov are important in this regard: seeks to deprive it of its rich national values, history and spirituality. ” The vigilant children of every nation try to prevent such ignorance. One of such children of the people is Abdulla Aripov .

Текст научной работы на тему «ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA MILLAT RUHI IFODASI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1171-1174

ABDULLA ORIPOV SHE'RIYATIDA MILLAT RUHI IFODASI

Raxmatilla Norbekov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Istiqlol yillarida yozilgan yirik asarlar badiiy-estetik saviyasi, mavzu mundarijasi, tasvirlash va bayon etish usuli ham rang-barang, biri ikkinchisini takrorlamaydi. Bu davr avvalambor chinakkam ijod qilish, yaratish xalq sozini, haqiqatni baralla aytish erkinligini berdi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlari muhim ahamiyatga ega: "... dunyodagi zoravon va tajavvuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o ziga tobe qilib bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa avvalambor, uni qurolsizlantirishga yani eng buyuk boyligi bolmish milliy qadriyatlari, tarixi va manaviyatidan judo qilishga urinadi" Har bir xalqning uyg'oq farzandlari esa bu kabi jaholatga yoT qo'ymaslikka harakat qilishadi. Xalqning shunday farzandlaridan biri Abdulla Oripov sanaladi.

Kalit so'zlar: she'riyat, ruhiyat, mavzu, millat ruhi

EXPRESSION OF THE SPIRIT OF THE NATION IN THE POETRY OF

ABDULLA ORIPOV

ABSTRACT

The artistic and aesthetic level of the great works written during the years of independence, the content of the subject, the method of description and narration are also diverse, one does not repeat the other. This period, first of all, gave the freedom to truly create, to speak the word of the people, to tell the truth. The following words of the First President IAKarimov are important in this regard: seeks to deprive it of its rich national values, history and spirituality. " The vigilant children of every nation try to prevent such ignorance. One of such children of the people is Abdulla Aripov.

Keywords: poetry, psyche, theme, spirit of the nation

KIRISH

Abdulla Oripov o'zbek she'riyatiga oz ohanglari, oz ifoda usuli, borliqqa-tabiat va jamiyatga, odamlarning ruhiy olamiga oz qarashlariga ega bo'lgan shoir

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1171-1174

sifatida kirib keldi. Shoir she'riyatining mavzulari tufa xil. Shoir lirikasi orqali o'zbek sheriyatiga ko'ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yo'liga kirgan davrda shaldiroq so'zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqida ekanligi muhimroq sanalardi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Abdulla Oripov tuyg'ulari quruqshagan o'zbek sheriyatiga o'ychil g'am va g'amchil o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi. Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirish, baqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi. O'tgan asrning 60-70-yillarida Abdulla Oripov she'riyati o'zbek millati tuyg'ularini samimiyatsizlikdan saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni o'zbek she'riyatida o'ziga adabiy haykal o'rnatdi. Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ularning chinligi kishini beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she'r emas, balki ayrim misralarning o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi.

Hur fikrlilik, istiqlol umidi, Vatanni hur, ozod, insonni erkin ko'rish orzusi, jamiyatdagi salbiy ko'rinishlarga ayovsiz munosabat, adolatga, haqiqatga yetishish istagi A.Oripov ijodida markaziy o'rinda turadi va lirik qahramon obrazi ko'p jihatdan shoirning mana shu hayotiy va estetik tamoyillari, ideallaridan kelib chiqib shakllanadi. Ona yurt- jonajon O'zbekiston, shoir eng baland maqomlarda qalamga olgan mavzudir. Shoir bevosita O'zbekistonga she'r bag'ishlaydimi, uning boyliklarini madh etadimi, hamma vaqt ko'z o'ngida jafokash xalqimiz turadi. Millatning muammolari, tashvishlari uning qalbini o'rtaydi. Xalqning mudrayotgan ko'ngil ko'zini uyg'onishida, milliy g'urur tuyg'ularining chuqur tomir yoyishida, vatanni tanishning teranlashishida shoir she'rlarining salmog'i beqiyos ahamiyatga egadir. Uning lirik qahramoni bevosita shoirning o'zidir. Uni shaxsan o'zi aytmasa ham, buni shoir she'rlarining satrlaridagi ovozlar orqali anglashimiz mumkin. Shoir bir she'rida shunday yozadi:

Million yillik so'z erur, paxta bizning lug'atda,

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1171-1174

Joyaklarda boshlangan, onalar to'lg'oq dardi. Mabodo o'simlikka, zabon bitsa, albatta, Paxta navi eng avval, Ozbekcha gapirardi.

Shoir Ozbekistonni otashin bir sevgi bilan sevadi. Bor og'riqlari, bor azobi bilan sevdi. Xalqning og'ir tutmush-tarzi, zahmatli mehnatini his qildi. Dard-alamlarini qog'ozga to'kdi, she'r qilib uchirma qildi ^

Shunisi xarakterliki, O'zbekistonga boTgan muhabbat balandparvoz misralar, yalang'och madhiyalar bilan emas, balki shoir qalbining tub-tubidan otilib chiqqan, vujudini vulqon cho'g'lariday kuydirgan kechinmalar, bezovta o'ylar tarzida inkishof topadi. Shoirning quyidagi she'rida Vatan timsoli qanday chizilganiga e'tibor bering: Shabnam shovullaydi bog'lar qo'ynida, Salqin tuman ichra bozarar tonglar. Quyoshning erinchak yog'dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar.

A.Oripov she'riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri - undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham g'oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta'sirli qilib, o'zbekcha ifodalay bilish shoir she'rlarining qimmatini oshiradi.

Shoirning "Men nechun sevaman O'zbekistonni'', "Istiqlol yurti", "Xalqim", "O'zbekiston", "Bu yurtda", "Vatandosh", "Ozbekiston davlati" kabi yuzlab she'rlarida Vatanga boTgan samimiy, beg'araz muhabbatini, ona xalq, Vatan hurligi va ozodligi uchun qayg'urganligini, yurtini hech qanday ta'nalarsiz sevishini korishimiz mumkin.

Shoir xalqimiz tarixi, olis moziyda va yaqin oTmishda yashab o'tgan buyuk siymolarimiz, qatag'on qurbonlari boTgan ulug' adib-u shoirlarimiz haqida millatimizning qadrini baland koTarishga, ozlikni anglab olishga da'vat qiluvchi she'rlari hali hanuz oz muxlislarining qalbida yashamoqda. Bugungi kunga osonlikcha yetib kelmaganimizni, bu yoTda anchadan-qancha ota-bobolarimizning jasoratlari-yu fidokorliklari bor ekanligini bot-bot takrorlaydi. Xususan, shoir kechagi kunini, bosib oTgan qiyinchilik yoTini unutmaslikka da'vat qilib, "Xalq" she'rida shunday yozadi:

Janggohlarda jon bergan bobolarni unutmang, Moshoq terib non bergan momolarni unutmang. E'tiqod iymon bergan duolarni unutmang, Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1171-1174

XULOSA

Biz buyuk insonlarni tiriklik chog'ida negadir buyuk ekanini aytishga o'rganmaganmiz. Ular hayotdan ketgach, ularning naqadar buyukligini, o'rni borligini anglaymiz. Abdulla Oripovsiz o'zbek she'riyati ham kemtikday go'yo. Shoirning jismi mavjud bo'lmasa ham, she'rlari, umrboqiy satrlari hali uzoq yashaydi. Uning satrlari qatiga jo bo'lgan vatanparvarlik, yurtni sevish, millat ruhi ifodasi ko'nglimizga, qalbimizga ko'chadi.

Har tong yeti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan Ozbekiston fuqarosi shoirning "Ozbekiston madhiyasi" she'rini ong-u shuuri bilan, yurak qo'ri-yu Vatanga bo'lgan muhabbati jo'rligida tinglaydi. Uning har bir misrasida millat ruhi ifodalangani sababidan ham, kozlarimizdan faxr yoshlari sizadi. Shoirning abadiy tirik ekanligini yana bir bor his etamiz.

REFERENCES

1. Karimov A.I. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent: Ma'naviyat, 2008.

2. Орипов А. Э^тиёж фарзанди.-Тошкент.: Ёш гвардия нашриёти.1988.

3. Yo'ldoshev Q, Qodirov V, Yo'ldoshbekov J. Adabiyot, Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik.-Toshkent.: Ozbekiston, -2019.

4. Oripov A. Tanlangan asarlar. -Toshkent.: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiya-dorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2019.

5. Shayxislamov, N. (2021). JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O „RGANILISHI. Scientific progress, 2(5), 333-337.

6. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

7. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi. The 21st Century Skills for Professional Activity,(9), 2325.

8. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нущий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

9. Norbekov, R. (2021). NAZAR ESHONQULNING "URUSH ODAMLARI" QISSASIDA NORMAT XARAKTERI DINAMIKASI. Academic research in educational sciences, 2(9), 901-905.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.