Научная статья на тему 'ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BOSHQARUV TAMOYILLARI'

ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BOSHQARUV TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Erkin iqtisodiy zona / eksport salohiyati / raqobatbardoshlik / boshqaruv / tamoyillar / vakolat. / Free economic zone / export potential / competitiveness / management / principles.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Saidaxmedova D.S., G’oyibnazarova Sh

Ushbu maqolada erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyati tushunchasi va uning dolzarbligi yoritilgan. Unda erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini rivojlantirishning boshqaruv tamoyillari ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT PRINCIPLES FOR THE DEVELOPMENT OF EXPORT POTENTIAL OF FREE ECONOMIC ZONES

This article examines the concept of the export potential of free economic zones and its relevance. It developed principles for managing the development of the export potential of free economic zones

Текст научной работы на тему «ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BOSHQARUV TAMOYILLARI»

Saidaxmedova D.S.

Jizpi dotsenti G'oyibnazarova Sh.

O'MU Jizzax filiali 2 bosqich magistranti

ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BOSHQARUV TAMOYILLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyati tushunchasi va uning dolzarbligi yoritilgan. Unda erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini rivojlantirishning boshqaruv tamoyillari ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar. Erkin iqtisodiy zona, eksport salohiyati, raqobatbardoshlik, boshqaruv, tamoyillar, vakolat.

Saidakhmedova D. S. associate professor of Jizpi Kheyibnazarova SH. master of 2 stages of the Jizzakh branch

MANAGEMENT PRINCIPLES FOR THE DEVELOPMENT OF EXPORT POTENTIAL OF FREE ECONOMIC ZONES

Annotation. This article examines the concept of the export potential of free economic zones and its relevance. It developed principles for managing the development of the export potential offree economic zones.

Key words. Free economic zone, export potential, competitiveness, management, principles.

Jahon standartlariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oshirish masalasi bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Iqtisodchi olimlar T.Farole va F.Dobrogonov erkin iqtisodiy hududlaming amaliy jihatiga e'tibor qaratib, "Mazkur tuzilmalar rivojlanayotgan davlatlar uchun qo'shimcha iste'mol bozorlarini egallash imkoniyatini yaratib beradi hamda davlatlarning eksport salohiyatini yuksaltiradi. Ayni bir vaqtda ushbu iqtisodiy tuzilmalar mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi", deb ta'kidlaydilar7.

Erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini oshirish bir qator ustuvor vazifalarning hal etilishiga zamin yaratadi:

- raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish orqali korxonalarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish;

7 Dobrogonov F., Farole T. An economic integration zone for the East African community: exploiting regional potential and addressing commitment challenges. World bank policy research working paper 5967. Washington, DC: World Bank

- hududning eksport salohiyatini oshirish orqali uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shish;

- hududlarda banlik masalani hal qilish orqali aholi turmush darajasi sifatini yaxshilash;

- tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish orqali hududning investitsiya muhitini yaxshilash va shu kabilar.

Ayrim tadqiqotchilar erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat yuritishi uchun quyidagilarni ham muhim, deb hisoblaydilar8:

• tashlandiq yerlarning unumdorligini tiklash va ishlab chiqarish mahsuldorliga,

• hudud aholisi uchun juda ko'p miqdorda ish joylarini yaratish;

• ijtimoiy va xususiy sektorlar o'rtasida kooperatsiyani rivojlantirish.

Erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini oshirishda unga ta'sir

ko'rsatuvchi omillarning xususiyatlarini e'tiborga olish va ularning har biriga alohida tarkibiy element sifatida qarash asosida muammoga tizimli yondashish maqsadga muvofiq.

Erkin iqtisodiy zonalarining eksport salohiyati deganda, mamlakatning imtiyozli rejimga ega bo'lgan hududini samarali boshqarish orqali raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va tashqi bozorga olib chiqish qobiliyatini tushuniladi. Erkin iqtisodiy zonalarda boshqaruv samaradorligini oshirishda direksiyasining vakolatini kengaytirish, erkin iqtisodiy zonalarni boshqaruv mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Zero, Xitoyda erkin iqtisodiy zonalarning jadal rivojlanishiga quyidagi omillar turtki bo'lmoqda:

1. Maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasiga Markaziy hukumatning roziligisiz infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha mustaqil qarorlarni qabul qilishga ruxsat berilganligi;

2. Maxsus iqtisodiy zonalardagi korxonalar o'zlarining investitsiya, innovatsiya, ishlab chiqarish va marketing qarorlarining katta qismini mustaqil qabul qilishi;

3. Maxsus iqtisodiy zonalarga xorijiy investitsiyalar uchun maxsus soliq imtiyozlari berilganligi va ularning mahsulotlari asosan eksportga yo'naltirilganligi;

4. Maxsus iqtisodiy zonalarda iqtisodiy faoliyat asosan bozor tamoyillari asosida boshqarilishi va ularga xalqaro savdoda katta mustaqillik berilganligi;

5. 2019-2020 yillarda Xitoyda 24 ta yangi transchegaraviy elektron tijorat zonalari (New Cross-Border E-Commerce Zones) ochilganligi;

6. Xitoydagi maxsus iqtisodiy zonalar asosan yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo'naltirilganligi9.

Xitoy tajribasidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, erkin iqtisodiy zonalar direksiyasiga hududlarda savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va infratuzilmani rivojlantirishda mustaqil qarorlarni qabul qilish, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarini berish hamda hududlararo tizimli joylashtirish kabi

8 Xoliqulov A.R. Erkin iqtisodiy zonalar: nazariy asoslar va jahon tajribasi. T., 2002 y

9 https://daryo.uz/2023/03/07/yim-osishining-asosiy-omili-xitoydagi-maxsus-iqtisodiy-zonalar-qanday-yaratilgan

masalalarda vakolatini kengayirishga e'tibor qaratish erkin iqtisodiy zonalarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda direksiya rahbarining erkin iqtisodiy zonalarni boshqaruv samaradorligini oshirish, xususan, eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadiga erishishi uchun muayyan boshqaruv tamoyillarni ishlab chiqishi talab etiladi.

Ma'lumki, boshqaruv tamoyillari boshqaruv jarayonning mazmuni, tuzilishi va tashkil etilishiga qo'yiladigan talablarni belgilab beradi. Qat'iy boshqaruv tamoyillari asosida qabul qilingan har qanday qarorlar xolisligi bilan ajralib turadi.

Shu nuqtai nazardan, erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini rivojlantirishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Tizimlilik. Bu tamoyil erkin iqtisodiy zonaning eksport salohiyatiga ta'sir qiluvchi omillarning o'zaro bog'liqlik jihatlarini o'rganish asosida, ularning sinergetik xususiyatini inobatga olgan holda tizimli yondashish zarurligini nazarda tutadi.

2. Majmuaviylik tamoyili. Bu tamoyil eksport faoliyati jarayonlarini har tomonlama o'rganishni, eksport natijalarini belgilovchi barcha omillar ta'sirini majmauviy hisobga olish zarurligini taqozo etadi.

3. Moslashuvchanlik tamoyili. Bu prinsipning mohiyati erkin iqtisodiy zonalarning eksport faoliyatiga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi muhit omillarning o'zgarishini hisobga olgan holda, barqaror tura olishi kerakligini ifodalaydi.

4. Teskari aloqa tamoyili erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatiga ta'sir ko'rsativchi barcha natijalarini doimiy monitoring qilishga asoslanadi.

5. Aniqlik tamoyili erkin iqtisodiy zonalarning eksport faoliyatini boshqarishning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, erishilgan har bir natijalarni chuqur tahlil qilish asosida uning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo'yicha aniq choralar ko'rish zarurligini ifodalaydi.

6. O'zaro hamkorlik tamoyili. Bu tamoyil erkin iqtisodiy zonalar uchun yangi istiqbollarni ochadigan va strategik harakatlar rejalarini kengaytiradigan manfaatdor tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish zarurlini bildiradi.

7. Rag'batlantirish tamoyili boshqaruvning muhim tamoyili bo'lib, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan bir qatorda, xorijiy va mahalliy ichchilarni qo'llab-quvvatlash, motivlashtirish zarurligini ifodalaydi.

8. Boshqaruvning strategik yo'naltirilganligi tamoyili. Bu tamoyil erkin iqtisodiy zonalarning strategik maqsadlarini amalga oshirishda, hudud tarkibidagi barcha korxonalarning rivojlanish strategiyalari bilan muvofiqlashtirish zarurligini bildiradi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirishda erkin iqtisodiy zonalarning o'rni beqiyos. Jahon bozori talablariga javob beruvchi eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish, xususan, erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini yanada oshirish yo'li bilan mamlakat eksport tarkibini sifat va son jihatdan o'zgartirish, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga sotishni rag'batlantirishga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management Model. Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN, 2456-6470.

2. Саидахмедова, Дилафруз, and Шахноза Гойибназарова. "O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini oshirishning dolzarb vazifalari." Новый Узбекистан: наука, образование и инновации 1.1 (2024): 245-247.

3. Saidaxmedova, D. S. (2024). Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etishning iqtisodiy zaruriyati. Экономика и социум, (3-2 (118)), 300-303.

4. Saidaxmedova D.S. "Menejmentga kirish" (praktikum). Darslik. "JizPI tipografiyasi" nashriyoti, 2023 yil. - 300 b.

5. Saidahmedova, D. (2024). O'zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Journal of Contemporary World Studies, 2(1), 50-54.

6. Saidaxmedova, D. S. (2024). Erkin iqtisodiy zonalar-hududlarni rivojlantirishning muhim omili sifatida. Экономика и социум, (2 (117)-1), 617620.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.