Saidaxmedova D.S.
Jizpi dotsenti, p.f.n. Kuzmina S.N.
Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
EIZLAR FAOLIYATINING EKSPORT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatiga ta'sir qiluvchi omillarni tizimlashtirish asosida eksport salohiyatini rivojlantirishning konseptual sxemasi taklif etilgan.
Kalit so'zlar. Erkin iqtisodiy zona, eksport salohiyati, raqobatbardoshlik, omil, tizim, boshqaruv.
Saidakhmedova D. S. associate professor of Jizpi Kuzmina S.N.
St. Petersburg State Electrical Engineering University doctor of Economic Sciences, professor
CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE DEVELOPMENT OF EXPORT POTENTIAL OF EEZ ACTIVITIES
Annotation. This article proposes a conceptual scheme for the development of export potential, based on the systematization of factors influencing the export potential of free economic zones.
Key words. Free economic zone, export potential, competitiveness, factor, system, management.
Bugungi kunda eksport salohiyati tushunchasi xalqaro savdoda mamlakat raqobatbardoshligini ifodalovchi va ta'minlovchi eng muhim omil sifatida tavsiflanadi. Mamlakatlar o'zlarida mavjud bo'lmagan yoki taqchil resurslarni o'zlashtirish va ehtiyojlarni qondirish muammosini hal etishda, ko'pincha eksport salohiyatiga tayanadilar.
Mamlakatimizda olib orilayotgan iqtisodiy islohotlarda ochiqlik tamoyilining amaldagi natijasi korxonalarning eksport faoliyatini kengaytirishda qaratilayotgan chora tadbirlarda o'z aksini topmoqda. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalarda ham hududlarning eksport salohiyatini oshirish alohida qayd etilib, "...Eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish bo'yicha amalga oshiriladigan vazifalarda eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar ko'paytirish, eksport tarkibida tayyor va yarim
tayyor mahsulot^ ulushini 32 foizdan 42 foizga yoki 5,9 mkd AQSH dollariga yetkazish"10 masalasini kun tartibiga qo'ymoqda.
Bugungi kunning ilmiy sohasida keng qo'llanilayotgan "eksport salohiyati" tushunchasini milliy iqtisodiyotimiz uchun biг qator afzalliklaгga ega iqtisodiy kategoriya sifatida chuqurroq o'rganish davr talabiga aylanmoqda. Eksportga yo'naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modelini tanlagan mamlakatlar, xususan Sharqiy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsulotida eksport ulushi 60% ga yaqin ko'rsatkichni ifoda etadi11 . Bunday holat eksport salohiyati tushunchasini ilmiy nazariy asoslarini chuqur o'rganish va uning mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishidagi o'rnini tahlil qilish zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.
Mamlakatimiz yosh olimlaridan R.Raxmonov ekspoгt salohiyati tushunchasini quyidagicha izohlaydi: «eksport salohiyati - bu milliy iqtisodiyot, mintaqala^ alohida olingan taimoq^ yoki koгxonalaгning ekspoгtga keгakli darajada гaqobatbaгdosh mahsulotlaг va xizmatlaг ishlab chiqarish va yetaгli hajmda yetkazib berish qobiliyatidiг12»
Koгxonalaгning ekspoгt salohiyatini oshirishda qanday omillaг muhim rol o'ynaydi? Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda eksport salohiyatiga ta'sir etuvchi omillami tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Unga ko'ra, omillar bir necha gumMa^a ajratiladi: korconaning xususiyatlaгi (hajmi, xalqaгo kompetentsiyasi, xalqaro ish tajгibasi va boshqala^, tarmoq va bozoг, psixologik xususiyatla^ maqsadli segmentni tanlash va shu kabilar
EIZlar tarkibida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning eksport salohiyatini oshirish masalasi o'ziga xos xususiyatga ega. Ma'lumki, EIZlar bu mahalliy hamda xorijiy tadb^-korteT samaгali faoliyat yuгitishi uchun maxsus imtiyozlaT amal qiladigan chegaralangan hududlardir. Zamonaviy tajribalar shuni ko'rsatadiki, EIZlar faoliyatining samaradorligiga quyidagi omillar bevosita ta'sir ko'rsatadi:
• EIZning xududiy joylashuvi;
• xududiy infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi;
• mamlakatning fiskal, moliyaviy va ma'muriy rag'batlantirish tizimi;
• shaffof va soddalashtirilgan ma'muriy rasmiyatchiliklar («bir darcha» tamoyili, kompaniyani ro'yxatdan o'tkazish va chet el ishchi kuchini jalb qilish tartibini soddalashtirish) kabilaг.
Shu nuqtai nazardan, "erkin iqtisodiy zonalarining eksport salohiyati» deganda, mamlakatning imtiyozli rejimga ega bo'lgan hududini samarali boshqarish o^ali raqobatbaráosh mahsulotlami ishlab chiqaгish va tashqi bozo^a olib chiqish qobiliyatini tushunish o'rinli.
EIZlarning eksport faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarini tizimlashtirish asosida eksport salohiyatini rivojlantirishning konseptual sxemasi taklif etiladi (1-гasm).
10 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2023 yildagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-27-son Faimoni
11 Hamedov I.A., Alimov A.M. O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "Adabiyot jamg'armasi" nashr., 2001. - 328b.
12 Rahmonov R.N. "Farg'ona mintaqasi eksport salohiyatidan oqilona foydalanish va uni takomillashtirish yo'llari" mavzusidagi avtoreferati. Toshkent: TMI, 2012 yil. - 23 bet.
Sxemadan ko'rinib turibdiki, EIZlarning eksport salohiyatini oshirishda bir-biri bilan o'zaro bog'langan bir qancha omillarning xususiyatlarini hamda bir-biriga bog'liqlik darajasini aniqlagan holda, unga ta'sir qiluvchi eng muhimlarini ajratib olish mumkin. Mamlakatda ma'muriy boshqaruv rag'batlantirish tizimini takomillashtirish boshqaruv va kadrlar salohiyatini oshirish imkoniyatini beradi. Bu o'z navbatida EIZlarda innovatsion va marketing salohiyatini oshishiga va oxir oqibat eksport salohiyati hamda ishlab chiqarish salohiyatining oshishiga olib keladi. Bu holat EIZning xududiy joylashivining xususiyatidan kelb chiqqan holda, uning infratuzilmasining rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Shuningdek, EIZlar uchun xos bo'lgan mamlakatning moliyaviy, fiskal rag'batlantirish tizimidan unumli foydalanish ElZlarning investitsion va moliyaviy salohiyatini oshirishga hamda hududning bandlik salohiyatini oshishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu jarayonlarning samaradorligi ko'p jihatdan boshqaruvning to'g'ri tashkil etilganligiga bo'gliq.
amlakatn
Mamlakatning ma'muriy
ing fisk
rag'batlantírís
Innovatsion oliyaviy
Boshqaruv
M^lily^viiyy
^port
'asm. Erkin iqti
infratuz
1II П •! Il 111. HafQIQGI
EIZning xududiy joylashuvi
Ishlab chiqarish
.4
ohiyatini rivojlantirishnk
konseptual sxemasi Xulosa o'rnida aytish joizki, arkin iqti sodiy zonalar direksiyasiga hududlarda savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va infratuzilmani rivojlantirishda mustaqil qarorlarni qabul qilish, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarini berish hamda hududlararo tizimli joylashtirish kabi masalalarda vakolatini kengayirishga e'tibor qaratish O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management Model. Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN, 2456-6470.
2. Саидахмедова, Дилафруз, and Шахноза Гойибназарова. "O'zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini oshirishning dolzarb vazifalari." Новый Узбекистан: наука, образование и инновации 1.1 (2024): 245-247.
3. Dilafruz, S., & Shaxnoza, G. O. (2023). O'zbekistonda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirsh-dolzarb muammo sifatida. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 153-157.
ilmaning
4. Saidaxmedova D.S. "Menejmentga kirish" (praktikum). Darslik. "JizPI tipografiyasi" nashriyoti, 2023 yil. - 300 b.
5. Saidahmedova, D. (2024). O'zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Journal of Contemporary World Studies, 2(1), 50-54.
6. Saidaxmedova, D. S. (2024). Erkin iqtisodiy zonalar-hududlarni rivojlantirishning muhim omili sifatida. Экономика и социум, (2 (117)-1), 617620.