Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI'

O‘ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
10
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Erkin iqtisodiy zonalar / eksport / import / salohiyat / raqobatbardoshlik / moliyaviy imtiyozlar / iqtisodiy o‘sish. / Free economic zones / export / import / potential / competitiveness / financial benefits / economic growth.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Saidaxmedova D.S., Abdiyeva D.N.

Ushbu maqolada korxonalarning eksport salohiyatini oshirishda erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni va ularni rivojlantirish omillari bayon qilingan. Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarda eksport va import faoliyati bilan bog‘liq imtiyozlar o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF INCREASING THE EXPORT POTENTIAL OF FREE ECONOMIC ZONES OF UZBEKISTAN

This article describes the role of free economic zones in increasing the export potential of enterprises and the factors of their development. The benefits associated with export-import activities in free economic zones were also studied.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI»

Saidaxmedova D.S. JizPI, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti

Abdiyeva D.N. JizPI magistranti

O'ZBEKISTONDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH MUAMMOLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada korxonalarning eksport salohiyatini oshirishda erkin iqtisodiy zonalarning o'rni va ularni rivojlantirish omillari bayon qilingan. Shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarda eksport va import faoliyati bilan bog'liq imtiyozlar o 'rganilgan.

Kalit so'zlar. Erkin iqtisodiy zonalar, eksport, import, salohiyat, raqobatbardoshlik, moliyaviy imtiyozlar, iqtisodiy o 'sish.

Saidakhmedova D.S.

JizPI, Associate Professor of the Department of "Economics and Management"

Abdiyeva D.N. master 's student of JizPI

PROBLEMS OF INCREASING THE EXPORT POTENTIAL OF FREE ECONOMIC ZONES OF UZBEKISTAN

Annotation. This article describes the role of free economic zones in increasing the export potential of enterprises and the factors of their development. The benefits associated with export-import activities in free economic zones were also studied.

Key words. Free economic zones, export, import, potential, competitiveness, financial benefits, economic growth.

Makroiqtisodiy hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan o'tkazilgan tahlil natijalariga ko'ra, eksport hajmi iqtisodiy o'sishga sezilarli va ijobiy ta'sir qiluvchi omil ekanligi va eksport hajmining 1 foizga ortishi qo'shimcha 0,4 foiz iqtisodiy o'sishga olib kelishi aniqlandi. Bunday holat ichki investitsiyalar, iqtisodiy erkinlik, ishchi kuchi va tashqi qarz ko'rsatkichlari ta'sirini olib tashlagan holda ham saqlanib qoldi [1]. Eksportni rag'batlantirishning turli strategiyalari orqali tayyor mahsulot va xizmatlar eksportini kengaytirish iqtisodiy o'sishga erishishning ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim. Shu nuqtai nazardan, jahon standartlariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish masalasi bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning eksport salohiyati tushunchasini uchta asosiy guruhga ajratish mumkin:

• Tabiiy ustunliklar, mamlakatdagi mavjud tabiiy milliy resurslar orqali aniqlanadi.

• Texnologik xarakterdagi raqobatdoshlilik ustunliklar, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida fan-texnika yutuqlari va innovatsiyalarga asoslanib mahsulotni yaratishdan tortib uni xorijiy iste'molchilarga taqdim etishgacha bo'lgan sikl orqali aniqlanadi.

• Institutsional ustunliklar, xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan milliy korxonalarning davlat tomonidan huquqiy, tashkiliy-me'yoriy qo'llab-quvvatlanishi orqali aniqlanadi.

Shu o'rinda, salohiyat va eksport tushunchalariga aniqlik kiritamiz. Salohiyat deganda, biror vazifani hal etish va ko'zlangan maqsadga erishish uchun qandaydir manba, imkoniyatlar yoki zahiralarga ega bo'lish tushuniladi [7]. Eksport (inglizcha "export" lotincha "exportare" so'zidan olingan bo'lib, chetga (tashqi bozorga) chiqarmoq, chet el hamkoriga tovarlar sotish va eksport qilish bo'yicha ko'plab tijorat operatsiyalari majmui bo'lib hisoblanadi. Demak, eksport salohiyati deganda, korxonaning zarur miqdorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va tashqi bozorlarga yetkazib berish qobiliyati tushuniladi.

Korxonaning eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishga zarur bo'lgan resurslar yig'indisi uning ichki eksport salohiyatini tashkil etadi. Bularga tabiiy, mehnat, moliyaviy, moddiy va axborot resurslari kiradi. Bunda nafaqat ushbu resurslarning mavjudligi, balki ulardan samarali foydalanish qobiliyati eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Korxonaning tashqi eksport salohiyati raqobatbardosh mahsulotlarni sotish bilan bog'liq bo'lib, u korxonaning marketing, logistika va xizmat ko'rsatish faoliyati orqali ta'minlanadi.

Korxonalarning eksport salohiyatini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o'rin tutadi. Erkin iqtisodiy zonalar innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish kabi bir qator muhim masalalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.

Shundan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini aniqlashda quyidagi ko'rsatkichlarni asosiy mezon sifatida qarash mumkin:

1. Korxonaning zaruriy resurslar bilan ta'minlanganligi va ularning sifati

2. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uning xarakteristikasi (ishlab chiqarish salohiyati)

3. Korxonaning malakali kadrlar bilan ta'minlanganligi va ularning malaka darajasi (kadrlar salohiyati)

4. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasi (raqobatbardoshlik salohiyati)

5. Ishlab chiqarish va tijoratni moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy resurslarning mavjudligi (moliyaviy salohiyat)

6. Korxonada tashqi savdo aloqalarining yo'lga qo'yilaganligi: xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik shartnomalarining mavjudligi, xorijda tijorat faoliyatining yo'lga qo'yilganligi yoki mahsulotlarni xorijda sotish uchun barqaror kanallarning mavjudligi (eksport salohiyati).

7. Korxonada yaratiladigan ishlanmalarning innovatsion xususiyati (innovatsion salohiyat)

8. Yetkazib beriladigan tovarlarni o'rnatish yoki ishlatib berish xizmatlarning mavjudligi (xizmat ko'rsatish salohiyati)

9. Korxonani va tadqiqot ishlarini rivojlantirishda iste'molchilar ta'sirining xususiyatlari (marketing salohiyati)

Erkin iqtisodiy zonalarda eksport va import faoliyati bilan shug'ullanish amaliyotining mavjudligi ularga bog'liq imtiyozlarni ham joriy etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Eksport-ishlab chiqarish hududlarida eng ko'p qo'llaniladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat[2]: eksport mahsulotini ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xomashyo yarim tayyor mahsulotlar va tayyor maxsulotlar import bojlaridan ozod etiladi; eksport qilinayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan hamda mamlakat ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo'yicha to'lanadigan soliqlardan ozod qilinadi; eksport-ishlab chiqarishida qatnashayotgan korxonalarda soliq ta'tili berish yoki foydadan to'lanadigan soliqdan qisman ozod etiladi; kommunal xizmatlar, idora xonalari, yer ijarasi bo'yicha to'lovlarga subsidiya beriladi va boshqalar.

Import yo'nalishidagi ishlab chiqarish hududlarida imtiyozlar tizimi faqatgina eksportga qaratilgan hududlardagidan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilar iborat: hududdan mamlakat ichiga kiritilayotgan tovarlar uchun bojlar va kvotalarni bekor qilish; mamlakat ichiga yo'naltiriladigan tovarlar va xizmatlarni soliqlar orqali rag'batlantirish. Hududdan tashqaridagi korxonalar bilan aloqasini moliyaviy rag'batlantirish; mahalliy xomashyo va materiallardan ishlab chiqarishda foydalanishni ma'muriy yo'l bilan majburan ta'minlash.

Xulosa qilib aytganda, erkin iqtisodiy zonalarning eksport salohiyatini oshirishda quyidagi omillarni inobatga olish muhim hisoblanadi:

- erkin iqtisodiy zonalar uchun tanlangan maydonda investitsiyaviy hamkorlikni olib borish uchun zaruriy ob'yektiv sharoitlarni yaratish;

- imtiyoz va qulayliklar tizimini yaratishda xorijiy investorlar manfaatini har tomonlama hisobga olish, qulay investitsiya muhitini saqlash kafolatini ta'minlash;

- erkin iqtisodiy zonalarda ma'muriy boshqaruv tizimining samaradorligini va moslashuvchanligini oshirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Makroiqtisodiy hududiy tadqiqotlar instituti. 2023 yarim yillik faolyatning asosiy ko'rsatkichlari -126 b.(https://imrs.uz/fïles/news/ra/418Lpdf)

2. Raimjonova M.A. O'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. - T.: "Extremum-press" nashriyoti, 2013. - B. 153.)

3. Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management Model. Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN, 2456-6470.

4. Saidbaxromovna, S. D., & Muhabbat, X. (2022). Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini boshqarishga ta'sir etuvchi

omillar. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 124-128.

5. Dilafruz, S., & Shaxnoza, G. O. (2023). O'zbekistonda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirsh-dolzarb muammo sifatida. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 153-157.

6. Saidaxmedova D.S. "Menejmentga kirish" (praktikum). Darslik. "JizPI tipografiyasi" nashriyoti, 2023 yil. - 300 b.

7. Saidahmedova, D. (2024). O'zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari. Journal of Contemporary World Studies, 2(1), 50-54.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.